Erkin Aʼzam adabiyot maydoniga 70-yillarda kirib keldi. Usmon Azim, Muhammad Rahmon, Nodir Normatov singari tengdoşlari qatorida öz ovozi, öz uslubiga ega nosir bölib yetişdi. Yozuvçining 44 yillik ijodiy tajribasi bor. Bu orada Erkin Aʼzam adabiy şaxsiyati şakllanib, prozaning qissa, hikoya, kinoqissa, drama, badiiy-publitsistika janrlarida barakali ijod etdi. Adib önlab nasriy kitoblar muallifidir. Inson qalbini çuqur tadqiq etişni maqsad etgan Erkin Aʼzam katta ijodiy tajribalar töplab, yaqinda yangi roman yaratişga muvaffaq böldi:”Şovqin”,
Adibning bu romani bir qaraşda murakkab, ammo jiddiy siyosiy-ijtimoiy ramzlarga işora beruvçi, kuçli adabiy parodiyaga töliq asar sanaladi. Roman qahramonlari kino olamining odamlari, yaʼni, kinoyulduzlar, kinodramaturglar, kinorejissyorlar, kinotanqidçilar, kinoijodkorlarning xulqi, feʼli, betartib, yengil-yelpi hayoti haqida yozilgandek taassurot qoldiradi. Asarda Farhod Ramazonning quloqdoş yozuvçi döstining şarhi asarning özak mohiyatini topişimizda kalit bölib xizmat etadi. Unda şunday deyiladi: “Mavzuma-mavzu sakrab, hamkorlikda ssenariy yozadigan böldik. Dard bor-u, darmon yöq deganlaridek, hali mazmuni, mohiyati notayin asarga nom tanlab, sarxuşlikda bir soatça talaşibmiz. “Шум в ушах и вовне” (“Botiniy va zohiriy şovqin” – zör!) deydi Farhod örisça jarangiga mahliyo bölib. Men Folknerning “Şum i yarost” romanini rökaç qilib eʼtiroz bildiraman. “Nu i çto, bölaversin!”
Nihoyat, örisçasi Farhod taklif etgandek, özbekça nomi esa dangaliga “Şovqin” deb atalişiga kelişib oldik.
Boşida şovqin-suronimiz ana şunday dunyoni buzgulik edi-yu, ammo hamkorligimiz röyobga çiqmay qolib ketdi. Bunga kaminaning quloğida va tevaragida kuçaygan (botiniy va zohiriy) şovqin sabab böldi-yov”.
Demak, qahramon oçiq-oşkor eʼtirof etganidek, bu asar nafaqat ikki quloqdoş döstning jismi, quloq aʼzosidagi şovqin, balki jamiyatdagi olatasir, şovqin-suronli, qaltis bir davr, zamon haqida hikoya qiladi. Şovqin – ramziy obrazini, umuman tiriklik, jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy özgarişlar, inson botinida keçayotgan yangilanişlar, dunyoqaraşdagi silkinişlarga işora deya izohlasak mohiyat ançayin oydinlaşadi. Yanada aniqroği, adib romanda ilgari surgan badiiy-falsafalardan biri inson yaşar ekan, tiriklik ramzi sanalgan şovqinlar, tovuşlar orasidan öziga uyğun ohangni tanlay bilişi kerak. Bu ohang aslida insonning hayot mazmuni, eʼtiqodi, aʼmolini taşkil etadi. Romanda tilga olingan asosiy voqealar zamon va makon jihatdan sobiq SSSRning parçalanib ketişi arafasidagi bir tizimdan ikkinçi yangi davrga ötiş arafasini qamrab olgan. Asarda sanʼat, adabiyot, tarix, hatto folklor ijoddagi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maşhur şaxslar nomi tez-tez tilga olinadi. Жумладан, В.И. Lenin, M.Gorbaçev, Yelsin, Alla Pugaçyova, Ivan Grozniy, Allen Delon, Diana, Platon, Suqrot, Fidel Kastro, Xöja Nasriddin, Şayx Sanʼon kabi. Adib atay yuqorida nomlari tilga olingan maşhur real va adabiy qahramonlarga taqlidan roman qahramonlari ismini adabiy parodiya sifatida yaratadi. Ularning baʼzilari taşqi jihatdan, baʼzilari esa zamondoş yoki tengdoşlari tomonidan, baʼzisi ota-onasining zamona zayli bilan atagan ismlari sanaladi. Xususan, asarning yetakçi qahramonlaridan biri kinodramaturg Farhodning asl ismi – Fidel. Bu ismni unga otasi qöygan. Sabab – öz davrining maşhur qahramoni milliy ozodlik harakatining boşçisi Fidel Kastroning faoliyati, otaşin inqilobiy nutqlari otani tölqinlantirgan. Şu bois u öğliga maşhur siyosiy arbobning ismini beradi. Ammo qahramon yillar davomida öz ismidan uyalib yuradi. Romanda adib ayovsiz ravişda zamonaparastlik, soxta qahramonlik, baynalminallik, millati nomaʼlum duragaylik, milliy genning buzilişi, maʼnaviy buzuqlik, qarsakbozlik, balandparvozlik kabi ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy illatlarni şafqatsiz realist bölib tasvirlaydi va ularni tanqid ostiga oladi. Adib tasviridagi millati nomaʼlum, qonida polyak, rus, özbek, gruzin, eroniy va yana allaqança millatning qoni aralaş bölganligi sababli duragay odam özining kimligini ham bilmaydi, deydi. Darhaqiqat, inson millati tayinsiz ekan, u qanday qilib milliy qadriyatlarni, milliy tuyğuni, milliy anʼanalarni his etsin yoki unga amal qilsin. Yozuvçi Lenin asos solgan kommunistik hayotda millat, din, til ham birlaşib, yöq bölib ketadigan zamonga talpingan duragay kişilarning ham genetik, ham maʼnaviy-ruhiy jihatdan ulkan fojialarga giriftor bölganligini romandagi köplab qahramonlar taqdiri orqali körsatib beradi.
Romanda ramziylik, majoziylik, mistifikatsiya, ong oqimi tasviri, xotira-xayol elementlari, maktub, kinoyaviy modus, yengil yumor, badiiy psixologizmning turli xil vosita va usullari mujassamlaşgan. Asar özbek romançiligida sinalmagan, aytilmagan yangi uslubda yaratilgan. Mafkuraviy kuraşlar maydonida ikkiga ajralgan “Etiklilar” va “Közoynaklilar” romanda ramziy ijtimoiy-siyosiy guruhlarga işora etib turibdi. Erkin Aʼzam bu guruhbozlar nomini oddiygina sözlar bilan atab qöya qolgan. Uning mağzini çaqiş, kosa tagidagi nimkosani topiş esa kitobxon zimmasiga yuklatiladi. Etiklilar asarda şunday taʼriflanadi: “Etiklilar kolxoz turmuşidan olingan, ğira-şira oqşom tasvirlariyu quvnoq “çastuşka”larga boy, içakdek çözma-saqiç kinoromanlari bilan şuhrat qozongan edi. Közoynaklilar esa – dafʼatan tuşunilişi qiyin, diqqinafas holatlaru mavhumotga töla jumboqnamo asarlar yaratib, olislarga talpingani talpingan”. Ramziy maʼnodagi etiklilar va közoynaklilar nafaqat siyosiy maydonda, umuman sanʼat va adabiyotdagi ikki guruhni anglatadi. Binobarin, etiklilar – sobiq şöro davridagi işçi-dehqonlar sinfining tarafdorlari, sanʼat va adabiyotda anʼanaviyçilar, közoynaklilar esa maʼlum maʼnoda yangiça dunyoqaraşga ega intellegensiya, sanʼat va adabiyotda xos adabiyot, xos sanʼat yaratişni bayroq qilgan, yangilik tarafdorlari, noanʼanaviyçilardir.
“Şovqin”da sobiq şöro mafkurasi bilan qurollangan keksa avlod bilan bu tuzumning çiriganligini tuşunib yetgan yoş avlod qarama-qarşi qöyiladi. Binobarin, bu baynalminalçibobo Sobirjon Mansuroviç bilan Farhod Ramazon obrazi misolida kuzatiladi. Çolning fojiasi şundaki, u mustaqil fikrlaşdan mahrum, yod olingan soxta nazariyalar, mafkuralar qurboniga aylangan, tötiquşga aylangan muteʼ bir odam. Farhod keksa avlod vakillaridan farqli ölaroq, ularning kamçilik va nuqsonlarini mustaqil fikrli inson ölaroq tahlil eta biladi, ulardan ijirğanadi. Romanda duragay obrazlar Vika (kinoaktrisa), onasi Gulya Lagutina (kinoşunos), Elmira Kamolova (kinoşunos, kinokelin – Ustozning kelini), Salmonova Tarona Samed qizi (beva xotin), Guguşidze (gruzin, fors, eroniy qoni aralaş) va şuningdek, keksa kommunist Sobirjon Mansuroviç, Ravşan Akobirov, Farhod Ramazonlarning betartib, darveşona hayoti hikoya etilar ekan, yozuvçi maişiy, maʼnaviy-axloqiy buzuqliklar va milliy gen, milliy mentalitetning aynişini közgu misoli aniq-tiniq va şaffof holda körsatib beradi. Asarda yana bir eʼtiborli jihat köplab qahramonlarning ismi maşhur sanʼatkorlar, tarixiy şaxslar, taniqli siyosiy arboblarning nomlari bilan atalişidir. Binobarin, “Gorbaçyov” – Mosvada ilmiy faoliyat olib borayotgan asli özbek xodim (uning taşqi körinişi Mixail Gorbaçyovni eslatadi), Platon Sokratoviç (demokrat, siyosatçi – faylasuf Platon nomiga adabiy parodiya), Adham Delon (maşhur aktyor Allen Delon nomiga adabiy parodiya) sifatida yaratilgan. Şuningdek, asarda Mirzo Ramazon, Sobirjon Mansuroviç – zamonaparastlar obrazi. Tabiiy, har birimiz öz zamonamiz farzandimiz. Har bir davrning öz mafkurasi, öz qahramonlari, öz ideallari bor. Zamondan özib ketiş oson emas, bu juda muşkul. Ammo mavjud tuzum noğorasiga kör-körona ergaşiş, fikrsizlik, milliy özlikni unutiş romanda eng katta fojia sifatida talqin etilgan.
Asar qahramonlari asli zaranglik Ravşan Akobirov va Farhod Ramazonlar kino sohasida dunyoga çiqişadi. Roman muqaddimasidagi maktubda eʼtirof etilganidek, Farhod Ramazon ssenariysi “Hollivud” kinokompaniyasini qiziqtirib qoladi. Şu haqdagi xuşxabar, undagi dunyo bilan böylaşayotgan özbek va özbeklarning bugungi hayotini namoyiş etib turibdi.
Yozuvçi “kino” sözi vositasida bir özakdan yangi maʼnoli qöşma sözlarni paydo qiladi. Bexos özbek tilida “kino” özakli şunçalik köp söz yasalganligiga va bunda söz ustasi yozuvçi Erkin Aʼzamning xizmatlari tahsinga sazovor bölajagini his etamiz. Jumladan, romanda “kino” özakli 40 ga yaqin söz istifoda etilgan. Bular: kinobobo, kinoxonim, kinomomo, kinodarğa, kinoarbob, kinosafar, kinohujjatçi, kinojonon, kinousul, kinoqiliq, kinoqiçiq, kinoafsona, kinokatta, kinoboy, kinoqul, kinoulfat, kinoğurbat, kinoşörlik, kinokelin.
Romanda maqolada tilga olingan va tilga olinmagan 40 dan ziyod qahramonlar iştirok etadi, asar badiiy kompozitsion jihatdan pişiq tuzilgan. Eʼtirozli jihati – asarda şarq kitobxonlarining közi könikkan ideal yetakçi qahramonni topa olmaysiz. Albatta, tanqidçining yozuvçiga “Sen asarni falon mavzuda yoz, falonday ideal obraz yaratişing şart” – deya buyruq berişga haqqi yöq. Qolaversa, badiiy adabiyotda xunuklik kategoriyasi orqasida gözallik kategoriyasi ham mavjudligini esdan çiqarmasligimiz kerak.
Şu maʼnoda Erkin Aʼzamning “Şovqin” romani hozirgi özbek romançiligida yangiça tasvir uslubi bilan şov-şuvlarga sababçi böladi. Asar ommaviy ravişda qabul etilişi biroz muşkul. Intellektual jihatdan yuqori saviyali kitobxonlar uçun tuşunarli, kuçli ijtimoiy-siyosiy ramzlarga burkangan yangiça asar sifatida eʼtibor qozonişiga şubhamiz yöq. Albatta, Erkin Aʼzamda “Şovqin” romaniga asos bölgan voqealar, tilsimli ramzlar yillar davomida şakllanib, dunyoga kelgan. 1972-yilda jurnalistika fakultetini tugallagan Erkin Aʼzamning respublika radiosida diktor, adabiy eşittirişlar tahririyatida muharrir, söngra “Guliston”, “Yoşlik” jurnallari nasr bölimida, 1992-yildan Özbekiston axborot mahkamasida masʼul xodim, 1994-yildan “Tafakkur” jurnalida boş muharrir lavozimida faoliyat körsatib kelişi, kinoqissalar yaratişi mazkur romanning yaratilişiga zamin va asos bölib xizmat etganligiga şubha yöq. Qolaversa, özbek va jahon romançiligida sinalgan tajribalar, xususan, ğarb romannavislari U.Folkner, E.Xeminguey kabi XX asr amerika adabiyotining yetuk vakillari ijodi ham turtki berganligiga işonamiz. Hayotda har bir inson öziga tegişli, öziga uyğun, öziga mos ohang, tovuş topa bilişi – bular ramziy maʼnoda mazmun, maqsad bilan yaşaşi lozim, degan badiiy falsafa romanning qavat-qavatlarini nurlantirib turganligi bizni qoniqtirdi.
Marhabo QÖÇQOROVA 1976-yilda Yangibozor tumanida tavallud topgan. Hozirgi ÖzMUning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. ÖzR FA Alişer Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining doktoranti.
“Yoşlik”2013/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

