16 daqiqada öqiladi

536 marta körilgan

Soy sohili

Soy sohili

(Hikoya)

Er-xotin oradan yigirma yetti yil ötgaç yana “Xinali qor”ga keldi va yana birinçi qavatdagi möjazgina xonaga joylaşdi.

– Avval kelganimizda bu dargohning binosi ham, jihozlari ham ança ğarib edi, – dedi ayol. – Qarang, endi qanday yaraqlab, yaşnab ketibdi. Taniş qiyin.

– Ğaribligini men unçalik sezmagan ekanman.

– Unda yoş edik-da, dadasi.

– Endi-çi, qarib qoldikmi?

– Har holda… Men yigirmada, siz yigirma beşda edingiz…

Ayol siniqqina kuldi. Avval karavotining oyoq tomoniga suyab qöyilgan bir juft qöltiqtayoqqa, söng ostonada turgan aravaçaga maʼyus nigoh taşladi. Er xotinining könglidan ötgan ökinçni sezdi – u paytlar mana bu dahmazalarga kunim qolmagan edi.

Er avval kelganlarida esida qolganlarini xotiniga tölib-toshib, qöşib-çatib, odatdagidek hazil-huzullardan aralaştirib aytgisi keldi, lekin aytolmadi. Endi heç qaçon ayta olmasligini anglab, labini tişladi. Aytsa, şikasta ayolning majruh köngliga beadad ozor yetadi. Uni piçoqsiz söygan böladi. Mayib odamga tört muçasi soğligidagi totli damlarini eslatişdan oğirroq azob bormi! Biroq aytsa aytgulik xotiralari kam emasdi. Ayniqsa, qöşni xonada turgan ellik yoşlardagi çuvakkina, kösanamo odamning Yöldoşni bir çetga çaqirib:

“Uka, sizda insof bormi özi? – deb söragani. – Na keçasi uyqu berasiz, na kunduzi? Kasalmisiz nima balo? Bu ezğilaşda beçora qizni öldirib qöyasiz-ku?..” Yöldoş yelkasini uçirgan: “Sizga nima qayğusi qoldi, amaki?” Lekin “ğamxör” qöşnining niyati buzuqroq ekan, savolining javobini ham kutmasdan muddaoga ötgan-qöygan: “Jononingizning birorta dugonasi yöqmikan, uka?.. Qança desa berardim?..” Aftidan, Mahfuzani Yöldoşning jazmani deb öylagan ekan. “Dugonasi-ku, yöq, – deb qattiq ğijingan yigit, – lekin töqsonga kirgan momosi bor. Çaqiraymi? Tanişasizmi?..”

Ayolning qöltiqtayoqqa suyanib, aravaçaga mixlanib qolganiga uç yildan oşdi. Uç yil burun, qişda, ertalab işga ketayotganida ne bir falokat bosib, uni maşina urib ketdi.

“Özingni maşinaning tagiga taşlar ekansan, – deb hazillaşgan edi öşanda oyoğini qöliga olib şifoxonaga yetib borgan eri, – kelib-kelib “Zaporojets”ni tanlaysanmi, qaddingdan! Kasofat haydovçisi ham töqsonga borib qolgan nogiron bir çol ekan. Durustroq maşina, boyvaççaroq odam topolmadingmi?”

“Nima qilay, topganim şu böldi!..”

Erning odati şu – hazillaşayotganini ham, masxara qilayotganini ham dabdurustdan biliş qiyin. Bir nima desang, javobi tayyor: “Tört kunlikkina umrimizni sud majlisiga aylantirib, bu hayotdan bir-birimizga xömrayib ötamizmi, qaddingdan?”

Bu kabi hazil-huzul gaplar öz yöliga-yu, lekin ayolning köngli ham, qaddi ham yarimta bölib qoldi – beli sinib, orqa miyasi qattiq lat yegan ekan.

“Şukr qilaylik! – deb çaynaladi endi Yöldoş xotini injiqlik qilsa. – Kasalini bergan, şifosini ham berar…”

U bundan jöyaliroq gap topolmaydi. Topolmagani uçun gapni mudom boşqa yoqqa buradi.

“Men-ku mayli, siz juda qiynalib ketdingiz, dadasi, – deydi ayol. – Mengina şörlik sizning kuningizga ham, tuningizga ham yaramasa-am!..”

“Ey Xudoyim! – deb tavallo qiladi er içida. – Özing taskin-tasalli ber! Özing sabr-qanoat ber!..”

Ayolga erining xayoli buzilgandek tuyulaveradi. Ilgari “qaddingdan” degan erkalaş tilidan tuşmas va bu xotiniga behad yoqar edi. “Qaddi-qomatingdan özim örgilay” degani-da. Endi “onasi”ga ötib olgan. Yarimjon xotinini ayaganidan şunday desa-ku mayli, lekin Mahfuza erining boşqa ayolga köngli sust ketganidan xavfsiraydi. Eri baʼzan işdan keç keladi. Baʼzan şirakayf böladi. Bunday kezlarda xotiniga mehribonligi yanada oşib, iyib ketadi.

Ayol çidab turolmaydi:

“Kayfingiz taroq-ku! – deydi ovozi titrab. – Kimlar bilan şakarguftorlik qildingiz?”

Er nega uşlanib qolganini aytadi: “Boşqarmada majlisda edim”, “Çorak yakunlari böyiça hisobot topşirdik…” Lekin ayol işonmaydi – qörqqanning köziga doim qöşa körinadi…

“Kimlar bilan şakarguftorlik qilardim? – Gapni hazilga buradi u. – Jononkalar bilan-da. Hammasi senga salom aytdi!..”

Yöldoş qarasa, sönggi paytda kollejdagi bozori ötib qolgan muallima qizlar, boşi oçiq ayollarning salom-aligi ança quyuqlaşgan: “Yangamiz tuzukmilar? Oyoqqa turib ketdilarmi?..” Oyoqqa turib ketolmasligini juda yaxşi biladi. Bilgani uçun ham nimadandir umidvordek astoydil söraydi. Sörar ekan, göyo “ahvoli oğir”, “umid yöq” degan javoblarni kutgandek böladi. Nigohini boş hisobçining öyçan közlariga ğamza bilan tikadi: “Dardingiz bölsa, ayting, akajon, özim darmon bölaman!..”

“Rahmat! – deydi içida Yöldoş. – Hozirça “Tez yordam”ga ehtiyojimiz yöq!”

Ayol erini zimdan kuzatadi. Sezdirmasdan uning yon telefonini titkilab köradi, köylaklarini hidlaydi, kostyumidan begona soç tolalarini qidiradi. Qidirar ekan, albatta yiğlaydi. Er buni sezib sezmaslikka, bilib bilmaslikka oladi. Eziladi.

Ayol bir kuni erining oldiga bir enlikkina yelimxaltaça taşladi:

“Buning içidagi nima? – dedi titrab-qaqşab. – Soçmi?”

“Ha, soç”, – sirli qaraş qildi er va nigohini yerga qadab, biroz sukut saqlab turdi. Xotinining rosmana jahli çiqişini kutdi. Jahli çiqqanida Mahfuza yanada çiroyli bölib ketadi.

“Kimning soçi ekanki, yoningizda tumorday olib yuribsiz?” – ovozini balandlatdi ayol betoqat bölib.

 Er sezdi: ayolining butun vujudi quloqqa aylanib, nafas olişi ham töxtab qolgandek böldi.

“Kimniki bölardi, seniki-da, – dedi Yöldoş osoyişta ohangda. – Tanimadingmi? Ötgan yili Germaniyaga borganimda yonimga solib ketgan edim. Şundan beri…”

Ayolning oyoqdan qolganini hamma – qarindoş-uruğ, taniş-biliş, naşriyotda birga işlaydigan hamkasblari birin-ketin unuta boşladi, bayramlaru hayit kunlarini hisobga olmaganda, hol-ahvol sörab keladiganlarning qadami sekin-asta siyraklaşib bordi, söng butunlay uzildi hisob. Omon bölişsin, farzandlar ham özidan ortmas ekan. Mahfuza yozmişiga – yolğizlikka könikdi. Qamoqxona tuynugidan osmonga noumid termulgan mahbusday oltinçi qavatdagi uyning derazasidan gavjum köçada emin-erkin yelib-yugurib yurgan odamlarga uzun kun qarab ötiradi. Farqi – derazaning panjarasi yöq.

Söng deraza oldiga ham kelmaydigan böldi.

Yöldoş bir kuni qarasa, xotini deraza rafiga tirsaklarini qöyganiça pastga engaşib turibdi. Içkariga yopirilib kirayotgan yoqimsiz şamol pardalarni beayov tortqilaydi, töqqiz qavatli uyning tomigaça bostirib kelgan qora bulut yurakni ezadi. Nafas oliş qiyin.

“Tinçlikmi?” dedi er köngliga xavotir oralab.

“Ilgari eʼtibor bermagan ekanman, – dedi ayol hazin. – Oltinçi qavat ham ançagina baland bölar ekan. Deraza rafiga çiqsang-da, taşqariga qarab bir talpinsang… Bor-yöği bir marta… Hamma muammo öz-özidan hal böladi-qöyadi. Azoblar tugaydi!..”

Har qança gapdon, har qança dadil bölmasin, erning tiliga kalima kelmay qoldi. Mehr töla közlarida yoş ğiltilladi.

“Keyin men nima qilaman? – dedi derazani yopar ekan ovozi titrab. – Meni ham öylaysanmi, sen xotin!..”

“Sizni öylaganim uçun aytayapman-da!..”

“Bu gaplarni qöy! – dedi er. – Xudoning qahrini keltirma!..”

Ayol sekin aravaçasiga çökdi.

“Şunça yil birga yaşab, seni biror joylarga dam olişga ham olib bormabman”, – dedi Yöldoş aybdor ohangda.

“Olib borgansiz, – dedi ayol öyçan. – “Xinali qor”ga borgan edik… Esingizdami? Toğdagi dam oliş uyi. Hozir sanatoriy bölgan deyişadi.”

“Ha-a, esimda. “Asal oyi” edi”.

“Yana “asal oyi” deysizmi? – ayolning ovozidagi mahzunlik örnini tetiklik egallayotgani sezildi. – Özbekçada “çilla” böladi, degandim-ku…”

“Xöp, ana sen aytgança – çilla böla qolsin! Ham yozning çillasi, ham kelin-kuyovning çillasi edi! Töğrimi?..”

“Töğri! Öşanda siz meni soydan kötarib ötolmagan edingiz…”

Er labini tişladi: “Soydan kötarib ötolmagan edimmi?..”

Şu gapdan keyin – oradan bir hafta ötgaç u “Xinali qor”ga ikkita yöllanma kötarib keldi.

* * *

Mana, sanatoriyga kelganlariga ham uç kun böldi. Er ayolini aravaçaga ötqizib muolaja xonalariga, oşxonaga olib boradi, oqşomlari sayrga olib çiqadi. Közi tuşgan borki, ularning yonidan beparvo ötolmaydi – birov açiniş, birov hayrat bilan kuzatadi, yana kimningdir nigohida havas jilvalanadi. Odamzot qiziq, baʼzan nogironga ham havas qiladi.

 Bugun tuşlik mahali er-xotin oşxonaga kirib borganida tanovvulga ötirganlarning hammasi, qariyb ikki yuz kişi, yana ularga – aravaçada ötirgan qirmizi köylakli ayol bilan saxtu sumbati kelişgan basavlat erkakka baravar burilib qaradi.

“Bu ukamiz zavjingizmi, singlim?” – deb söradi ikkala quloğiga ham rayhon qistirib, qoş-közlariga qalin ösma surib olgan oltmiş yoşlardagi ayol ular dasturxonga ötirganida.

Mahfuza savol nazari bilan eriga qaradi. U “zavjingiz”ni tuşunmagan edi.

“Husband”, – dedi Yöldoş.

“Ha-a, – javob qildi Mahfuza, – erim”.

“Xudoga şukr qiling, singlim, – dedi “Bibi Rayhon” (Yöldoş unga darhol şunday nom qöydi). – Beadad şukr qiling, baxtingiz bor ekan… Oçiğini aytaymi? Maning şunday mehribon, şunday sadoqatli erim bölganida umrimni aravaçada ötkazişga ham rozi edim, dardingizni olay!..”

Mahfuza yana, bu gal minnatdor bölib eriga qaradi. Eri esa yana öz bilganidan qolmadi. Qolsa haqi ketadigandek, gap qildi. Qöying, xola, unaqa demang, biz bir körkam yigit bölsak, köngli sust ketgan xonimlarning hammasini “Zaporojets” turtib ketaversa, bu muzofotda soğ ayol qolmaydi. Innankeyin bunday maşinalar noyob matoh sifatida tarix muzeylaridan joy olganiga çorak asrdan oşgan bölsa, şunça “Zaporojets”ni qayerdan topamiz?

Bibi Rayhon ham böş kelmadi:

“Boşqa xil maşina turtib ketgani hisobga kirmaydimi, dardingizni olay?”

“Yöq, kirmaydi. Innankeyin haydovçisi ham kamida töqsonni urib qöygan frontovik çol bölişi kerak!”

“Gapga juda usta ekansiz, dardingizni olay? Artest-partestmisiz?”

“Qayoqda! Artist emasman, lekin ozgina muddat partiyest bölganman. Komfirqa davrida”.

* * *

Oromkursida ötirgan er şaxd bilan turdi:

– Ketdik! Soy böyiga boramiz:

Soy sohili – sölim-sölim,

Soy böyiga tuşsa yölim,

Sevganimning visolini

Sölim soydan sörar könglim…

– Bir zamonlar şunday bir qöşiq bölardi. Esingdami?

– Esimda… Çötga mehr qöymaganingizda, sizdan zör hofiz çiqardi, – dedi karavotda oyoğini mitti gulli oq çoyşabga örab ötirgan ayol katta-katta közlari quvonçdan çaqnab. – Soy böyiga boraylik, deyişga tortinib turgan edim… Könglim böp keting-ey!..

U qöltiqtayoqqa qöl çözdi.

– Şoşma!

Er aravaçani xotinining karavoti yoniga surib keldi va öng qöltiğidan olib, aravaçaga ötqizdi. Ayolning oyoqlarini aravaçaning yassi uzangisiga ildirgaç, paypoqlarini almaştirdi, tagi yupqa va tekis oq tuflisini kiydirdi.

Ilgari bu oyoqlar… Endi manikenning plastmassa oyoğini eslatadi – sarğimtir, sovuq, söli qoçib, terilari quriy boşlagan. Şu qusurni yaşiriş uçun Mahfuza beçora yozning çillasida ham yo lozim, yo uzun paypoq kiyişga majbur…

– Hammayoq jimjit, – dedi ayol hovliga çiqqanlarida. – Havoning issiqligini qarang.

– Ahli oromgoh orom oğuşida. “Tixiy ças”!..

Ikki çeti qalamdek tekis asfalt yölka böyidagi arçalarning oftob tomoni oq bözga öralib, tagiga halqob qilib suv quyilgan. Atrofi çimzor-stadionni eslatadi. Birorta sarğaygan, toptalgan giyoh yöq. Hammayoq köm-kök. Öngirlari oromgoh hovlisiga tutaşib ketgan baland toğ çöqqilaridagi qorga qöngan çang-ğubor uzoqdan xinaga öxşab körinadi.

Aravaçaning ğildiraklari keksa çinor tomon burildi.

– Soyning şovullaşini qarang!.. – dedi ayol yuziga urilgan salqin epkindan yayrab.

Soy yigirma yetti yil, balki yigirma yetti ming yil avval qanday oqqan bölsa, şunday şovullab oqib yotar edi.

– Yodingizdami, Yöldoş aka?.. – deb söradi ayol.

– Nima yodimdami?

– Avval kelganimizda siz meni şu çinorning tagida opiçlab olib, soydan kötarib ötmoqçi bölgan edingiz!..

“Yöq, kötarib ötolmagan edingiz!..”

Erning tomoğiga nimadir tiqilganday böldi. Ha, yonida yaqindagina visoliga yetgan tengsiz bir sohibjamolni körib, yigitning kişti kelgan, zavqiyu ğayrati jöşgan edi öşanda.

“Suv juda sovuq! – deb tipirçilagan edi kelinçak. – Şamollab qolasiz. Iltimos, qöyvoring, Yöldoş aka! Oğrimagan boşingizga bir dard orttirmang! Iltimos, jonim!..”

Bu gapni eşitib, yigit böşaşgan va şaştidan tuşgan edi. Tuşgani uçun söng köp afsus çekdi. Garçi tipirçilab, qattiq qarşilik körsatgan bölsa-da, kelinçak öşanda kuyovi soydan kötarib ötişini juda-juda istagani har gal şu voqea eslanganida uning gap-sözlaridan sezilib turadi: “Yodingizdami, siz meni soydan kötarib ötmoqçi bölgan edingiz?..” Bu savol erning quloğiga: “Yodingizdami, siz meni soydan kötarib ötolmagan edingiz?” bölib eşitiladi.

U paytlar ikkisi ham yoş, har qanday erkalik, şöxlik köngliga ham, haddiga ham siğadigan paytlari edi. Mana endi biri yarimjon, ikkinçisi, qad-qomati avvalgidek tik va soğlom bölsa-da, siyrak soçlariyu yöğon qoşlariga allaqaçon qirov qöngan, ajin tuşa boşlagan yuzlari öyçan bir qiyofada yana öşa sohilda, öşa çinor tagida turibdi.

– Yodimda, albatta!

Er aravaça ğildiraklarini tormozlab, oyoğidagi çarm çoriğini yeçdi va kulrang şalvorining lippasini sonigaça şimardi. Mayda toş aralaş qum oyoğini mörçadagi tomçiday qattiq kuydirdi.

– Öşanda anavi teraklar ingiçkagina qalamça edi, – dedi ayol atrofni suqlanib kuzatar ekan. – Qarang, köp qavatli uydan ham baland böp ketibdi. Lekin ança siyraklaşib qopti.

Er ayolni belidan uşlab, aravadan ozod kötarib oldi:

– Yo, Rabbi-im!..

– Voy, ölmasam! Voy-voy!.. Nima qilyapsiz? Qöying, qöyib yuboring! – Tipirçilaşga tuşdi ayol. – Körganlar nima deydi, axir!.. Şarmanda bölamiz!..

– Jim böl!..

Ayol beixtiyor erining böyniga osildi. Böyniga çirmaşgan oppoq bilaklarning taftiyu farang atirining böyidan erning vujudiga ajib bir sarxuşlik indi. Ayol zotining qaynoq oğuşini soğinganini sezdi. Yetmiş ikki tomiri böşaşib ketgandek böldi.

– Dori içaverib, döxtirda yotaverib, zil-zambil bölib ketganman, dadasi! – dedi ayol aybsinib. – Jonim, şu işni qöya qoling! Iltimo-os!..

– Jim böl, dedim senga! – endi çört kesdi er. Ovozi şu darajada keskin çiqdiki, ayolga eri jerkiyotganday tuyildi.

Er oyoği bilan toşlarni sekin-asta paypaslab suvga tuşdi. Qaynoq qumga könika boşlagan oyoqlari muzday suvda uvişib qolganday böldi. Etlari jimirlab ketdi.

Tölqin suv ötlarini qizlarning mayin soçlaridek tortqilab öynaydi.

“Ey Xudoyim, özing şarmanda qilma! – deb yolvordi er içida. – Özing qölla!..”

Yöldoş öziça çamayi çöt qilgan ediki, soyning eni ön beş-ön olti metrça keladi. Xotini köpi bilan, ellik kilo. Bir qop un. Nima, bir qop unni ön beş metrga kötarib boriş şunçalik qiyinmi? Töğri, soy tubi notekis – balçiq yopişgan toşloq. Oyoq bexosdan toyib ketişi mumkin. Çağir ham kam emas. Toşdan köra, oyoqni tilsa ham çağir yaxşi. Lekin oyoğingni balandroq kötarolmaysan, qadamingni kengroq taşlayolmaysan – şunisi yomon. Döppiday toşni ham toşbaqaday aylanib ötiş kerak. Mabodo munkib yoki çayqalib ketsang, tamom: gavdangni uşlab qolişing gumon.

Tizzasidan ham yuqorigaça kötarilgan suv Yöldoşning boldiriga ninaday sançilib, sovuği tos tepasigaça çiqdi. Saratonda ham şunça sovuq böladimi, bu jonivor? Toğdan erib tuşayotgan bölsa kerak. Oqimning şitobi baland.

– Ehtiyot böling, jonim! Sirpanib ketmang!

– Qörqma, kadrlar joy-joyiga qöyilgan!

Yöldoş yengi kalta havo rang köylagining etaklarini xotinining taqimi ostidan ötkazib, çap qöliga örab oldi. Öng qöli bilan belidan quçdi.

 Har kuni neça marta kötarib, neça marta suyab aravaçaga ötqizib – tuşirib yurgan bölsa-da, sezmagan, sezsa ham möljalni kamroq olgan ekanmi, xotini, rostdan oğirgina ekan. Ikki metr ham yurmasidan erning qöllari tolib, köylagining yoqalari böyinga solingan arğamçiday butun gavdasini pastga torta boşladi. Kötarib olgani böyçan bölsa-da, nozikkina ayol emas, göyo yarim tonnalik toş, böyniyu belida qattiq oğriq turdi. Soyning örtasiga yetişiga hali uç metrça bor. Sudrab taşlagan qadami yarim qariçdan oşmaydigan odamning yöli unmaydi. Yöldoş qarasa, xotinining paypoqlari allaqaçon höl bölib, töpiğigaça suvga botgan. Buni Mahfuzaning özi hali körgani, sezgani yöq, çoği.

Er töxtab, tobora çökib, bukilib borayotgan qaddini rostlaş uçun qattiq silkindi va xotinini balandroq kötarib oldi.

– Voy! Nima böldi? Oyoğingizga biror narsa kirdimi?..

– Yöq… hammasi joyida… –Tetik ovozda javob qildi er. – Suzişni bilasan-a?..

– Voy ölmasam! Şunday ham hazil böladimi-a!.. Qörqitmang!

Mahfuza jiqqa terga botib, yuzlari böğriqib ketgan eri holdan toya boşlaganini sezdi.

– Orqaga qayta qolaylik, dadasi! Özingizni qiynamang, iltimos!

– Aslo! – dedi er hansirab. – “Yigitlik qalʼasin bermasman bejang!” Bilasanmi, kimning şeʼri?

– Yöq. Kimniki?

– Bilsam sörarmidim?..

Munkib ketmaslik, yiqilmaslik kerak. Yiqilsa, ikkalasini ham suv oqizib ketadi va toşdan toşga urilib, kimning böyni avval sinib, kimning boşi keyin yorilişini yolğiz Xudo biladi.

– Voy! Tuflim… “Baletka” tuflimning bir poyi yöq-ku… Tuşib qopti!..

Tuşib qolmagan, suv oqizib ketgan! Uh! Şarmanda bölding, Yöldoş! Ölding, Yöldoş! Senga bu tirtanglaşni, bu bodilikni kim qöygan edi. Holingni bilibgina ötirsang ölarmiding!..

– Sadqayi sar! – dedi er oğzidan olovdek çiqib kelayotgan hansiraşini bosişga harakat qilar ekan. –Qöyaver, özi ança eskirib qolgandi… Yangisini olamiz.

U butunlay holdan toyib, oyoqlari, qöllari göyo jonsiz tayoqqa aylanib borayotganini sezdi. Töxtadi. Orqaga qaytib bölmaydi – uzoq. Oldinda yana şunça masofa bor. Savil, toşning köpligini! U yana silkindi va xotinini durustroq kötargan böldi. Lekin urinişi behuda ketdi – ayolning oyoqlarini suvdan çiqara olmadi. Aksinça, silkiniş asnosida xotini yanada pastroqqa, erining tizzasigaça tuşganday böldi. Endi, işqilib, xotinning beliga suv tegmasin! Beliga suv tegsa, şamollab qoladi.

– Biror odamni yordamga çaqiraylik, dadasi, – dedi ayol tahlika bilan. – Ana, narigi qirğoqda bir amaki biz tomonga qarab turibdi. Qölim bilan imlaymi?..

– Jim böl!

Xotinining köngli buzilib turgan ekan, yiğlab yubordi:

– Tağin bu kunimiz ham köp böp qolmasin, deyman-da, dadasi…

– Sandirama deyapman senga!..

Yöldoş suv bölib ketgan boşini arang kötarib, yon-veriga qaranib oldi va ellik qadamça narida yalanğoç töriq otini suğorib turgan oq köylakli baqaloq bir odamni kördi. Ot egasi kaftini peşonasiga soyabon qilgança ular tomonga ajabsinib qarab turardi. Yöldoş bu odam şarqiragan soydan keçib ötayotgan erkak bilan ayolning muddaosini bilolmay hayron bölayotganini taxmin qildi. Erkakning közi ojizga öxşamaydi, çinorning tagida aravaçasi turibdi. Tani-joni soğ desang, yigirma qadam naridagi köprik qolib, mayib xotinni kötarib kim suvga kiradi? Yo biror falokat bosdimikan? Yov quvmayotgandir axir! Yo er bölmiş birortasi bilan garov öynadimikan? Aqli joyida odam ayol kişini, buning ustiga majruh xotinni örtaga qöyib garov öynamaydi. Özidan xabari yöq şaharlik biror hovliqma bölsa kerak. Ha, borib turgan hovliqma, hunar körsatmoqçi! Bölmasa, oftob olov purkab turgan şu mahalda bu yerda iti adaşmagandir.

– Bu yerlarga meni soydan kötarib ötaman, deb olib kelgan ekansiz-da, dadasi, – dedi ayol hiqillab. – Eski gaplarni esingizga solgunça tilginam kesilsa bölmasmidi? Sanatoriyasiga kelmaylar ketay! Endi nima qilamiz-a?.. Anavi amakini çaqirayli-ik!

– Çaqirmaymiz! – dedi er qatʼiy va xayolidan ötkazdiki, çaqirganimda nima deyman? Aka, xotinimni kötarolmay qoldim, iltimos, kelib, kötarişib yuboring, deymanmi? Otboqar kelib Mahfuzaning bellaridan quçib, oyoqlaridan opiçlab, sohilga çiqarib qöyadimi?.. Undan köra yerga kirib, ustimga tuproq torganim durust emasmi!..

– Seni özim, faqat özim kötarib ötaman, Mahfuz! – dedi Yöldoş ehtiros bilan. – Bilib qöy, seni birovlarga xor-zor qilib qöymayma-an, Mahfuz!.. Men seni qölim nima, boşimda kötarib ötaman, Mahfuz!..

– Qiynalib ketdingiz, dadasi!..

Er xotinining gapini şartta kesdi:

– Qörqma, ölmayman!.. Mening jonim qattiq!..

U çap tovoni qattiq açişganini sezdi. Savilgina qolgir, şu yetmay turuvdi! U endi eʼtibor berdi: tinimsiz çirillayotgan çigirtkalarning tovuşi quloqni teşib yuboray deydi. Qayerdadir qöziçoqning noçorgina maʼragani eşitiladi.

– Ozgina qoldi! – dedi ayol.

– Ozgina qoldi! – deb piçirladi er. – Ozgina, Mahfuz!..

Erning oyoqlari, qöllari göyo paxtaga aylanib, öziga böysunmay qoldi. Tizzalari tinimsiz titray boşladi.

– Faqat çayqalib ketmasligim kerak, – deb piçirladi u öziga özi gapirgandek. – Yana ozgina çidaşim kerak!

U oldinga qaradi-yu, lekin heç narsani körmadi. Göyo köz oldini qalin oq parda, tuman qoplab olganday. Saratonda tuman nima qiladi? Yöq, bu tuman emas, şafaq. Közini şafaq bosdi.

Qayerdandir, uzoqdan elas-elas ovoz keldi:

– Bir qadamgina qoldi, jonim! Bir qadamgina-a!..

– Yiqilsam ham oldinga yiqilişim kerak, – deb hansiradi Yöldoş.

– Yöq, siz yiqilmaysiz, dadasi! Siz polvonsiz-ku! Özimning polvonimsiz-ku! Özimning mehribonimsiz-ku! Özimning yurakkinamsiz-ku!..

Yöldoşning böynidagi va belidagi çidab bölmaydigan oğriq yanada kuçaydi. Quloqlari çippa bitib qoldi.

– Ehtiyot böling, dadasi, oldingizda xarsang bor! – dedi ayol. – Salgina çapga, çapga yuring!..

Yöldoş közlarini oçişga madori yetmayotganini sezdi.

– Çapga, sal çapga oling, dadasi…

Yöldoş öngu sölni anglaydigan holda emasdi. Sönggi kuçini yiğib, mast odamdek gandiraklagança ikki qadam qöydi.

– Böldi, yetdik! – degan sas keldi uzoq-uzoqlardan.

“Yetdikmi?” deb piçirladi Yöldoş.

– Yetdik! – ayol ökirib yiğlab yubordi. – Sohilga yetdik, dadasi!..

Oldinga munkib ketgan er xotinining ustiga yiqilar ekan, tizzalari qaynoq qumga çökkanini sezdi.    

Qulman OÇIL

1957-yilda tuğilgan. ToşDUning (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan. 1998-yili “Jaydari falsafa” nomli hikoyalar töplami çop etilgan. “Pravda Vostoka” gazetasida xizmat qiladi.        

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 12-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)