53 daqiqada öqiladi

493 marta körilgan

 Tazarru

Tazarru

(Qissa)

Marhum Ğafforqulning tört yildan beri Toşkentda öqiyotgan öğli Akmal katta bir tanlovda ğolib çiqib, Angliyada magistraturada bepul öqiş yöllanmasini qölga kiritibdi. Öqişga borişi hali gumon, çunki öqiş bepul bölgani bilan uç-tört kun içida yölkira va boşqa ança-munça xarajatlar uçun naqd beş-olti ming dollar kerak, ekan.

Ğafforqul yetti-sakkiz yil burun öpkasi şamollab vafot etgaç, uning rözğori taşvişlari ham akasining böyniga tuşgandi. Usta Jabbor xotini Gavhar bilan birgalikda kelini va jiyanlarini qanoti ostiga oldi, hammalari bir qozondan ovqat yeyişar, qöllaridan kelguniça jiyanlarini ham oyoqqa turişlari uçun harakat qilişardi. Jiyanlarining kattasi qiz, uni ikki yilça avval örab-çirmab uzatişgandi. Akmal ham tört yil avval Toşkentga öqişga kirgandi. Mana tanlovga hujjat topşirgan ekan, çet elga yöllanmani qölga kiritibdi. Özlarining bolalari ham birin-ketin böylari yetib, ularni ham öqitiş,töy-imorat taşvişlaridan çiqmayotgan Jabborqul uçun jiyanini çet elga jönatiş ançagina jiddiy muammo edi. Töğri, katta öğli Zarif qanoti ostiga kirib, özi bilan yurib, yoş bölsa ham elga tuzukkina usta deb tanilib qolgan, lekin baribir katta rözğorning xarajatlari ham şunga yaraşa edi.

Akmal Angliyaga bora olişiga unçalik işonmagan bölsa ham, uydagilarini şunçalik xabardor qiliş uçun kelgan, lekin bora olmayman deb uzib ham kelmagan edi. Şunday bölsa ham usta Jabbor Akmalni öqişga yuborişga qaror qildi. Otasi hayot bölganda albatta yuborgan bölardi, bolaning köngli öksimasin, bitirib kelsa, köplaşib yana imorat qilarmiz, deb Gavhar bilan gapni bir joyga qöyib, neça yillar davomida ne-ne orzu-havaslar oğuşida öz öğillari Zarifga atab qurilgan yangi hovli-joylarini sotişga kelişişdi.

Ikrom Çavandoz bu yangilikni eşitdiyu, yuragiga ğulğula tuşdi. Gavharning oldidagi gunohkorlik hissi uning bağrini örtagandan örtab borar, bu ğaşlik undan qanday qilib xalos böliş öyi tinçlik bermas edi. Çavandoz keçasi bilan tölğanib çiqdi, tonggaça butun umrini köz oldidan bir-bir ötkazdi. Yodiga olgan qançadan-qança xato va beboşliklari uning dardini yanada oşirdi. Ayniqsa, Gavharning oldidagi gunohlarini eslaganda oltmiş beş yoşlik Çavandoz köz yoşlarini tiya olmadi.

Xudo ungayam loaqal bittagina tirnoqni ravo körganida, ehtimol şunça gunohlarining öndan birini, loaqal yarmini qilmagan bölarmidi…

Oilada bir etak – ön bir farzandning içida farzandlarning törtinçisi, uç opasidan keyin öğlilarning tönğiçi bölgan Ikrom yoşligidanoq juda tinib-tinçimas, şöx va beboş edi. Yuzi oq-sariqqa moyil, örta böyi qotmagina, hamma tomondan onasiga öxşab ketardi. Harbiyga ketgunça u bir töda tengqurlarini yiğib olib, velosipedda uzoq qişloqlarga kino körgani yoki töyga borişar, aksar borgan joylaridan muştlaşib qaytişar edi. Muştlaşişdan huzur qilar, baʼzan özi köproq muşt yeb kelsa ham xafa bölmas, lekin şunga qaramasdan könglida kir saqlamas, bugun muştlaşgan bolalar bilan keyin yana apoq-çapoq bölib, döstlaşib ketaverar edi. Keyin tört yil Qora dengiz flotida xizmat qildi. Odessada xizmati tugaşiga bir yil qolganida öşa yerlik Olesya ismli bir ukrain qizini yoqtirib, unga uylanib ham oldi. Xizmati tugagaç, besöroq-bemaslahat qilgan işidan uydagilari, ayniqsa onasi, qişloqning “Bozorgul kelini” norozi bölişidan çöçib, bir-ikki yil Odessada qolib ketdi. Örtada farzand yöq edi, keyin arzimagan bir sabab bilan xotinini raşk qilib, Olesyani qon qaqşatib, yiğlatib taşlab qişloğiga qaytib keldi. Uning bir iş qildimi, töğri yoki notöğriligidan qatʼiy nazar, aytganidan qaytmaydigan odati bor edi. Olesyaning oldiga kelişiga izn sörab, yiğlab-yiğlab yozgan xatlariga javob ham bermadi. Betöxtov xatlardan öğlining uylanganligini bilib qolgan onasi Bozorgul öğlim mabodo öşa tomonda bolalik ham bölib qolmaganmikan, degan xavotirli öyda avvaliga uni öz holiga qöydi. Lekin biror yildan keyin uning bolasi bölmaganligiga, öğli öşa tomonlik xotinini olib keliş niyati yöqligiga işonç hosil qilgaç, yana avvalgidek şöx-beboşligi qolmagan, haliyam yerga ursa osmonga sapçiydigan öğlini hovuridan tuşirib, boşini boğlab jilovlaş uçun uni uylantiriş harakatiga tuşib qoldi. Qaytib kelişiga özi rozi bölmagan bölsa ham, Olesyaning körkam çehrasi, xuşbiçim qaddi-qomati, qaynoq mehr-muhabbatini unuta olmagan Ikrom onasini ikki-uç yil ovora qildi.

U kolxozning çorvaçilik fermasida işlar, taniş-biliş, qöni-qöşni, qavmu qarindoşlar haşargami, töygami yoki boşqa xizmatga aytib qolişsa bormay qolmas, har qanday oğir işni beminnat, özi birpasda iştiyoq bilan uddalardi. Fermada ikki yuz-uç yuz qoramoldan taşqari saksonga yaqin ot ham bölib, Ikrom otlarga ham qarardi va şu sababli otga mehr qöyib qoldi. Uning otga mehri şunçalikka bordiki, hatto işga ham otda borib keladigan böldi, ön-ön beş yil ötib peşonasiga maşina bitganda ham maşinaga qiziqmay, uni inilariga berib qöydi, qişin-yozin ot minib yurganligi uçun ismiga “Çavandoz” laqabini qöşib “Ikrom Çavandoz”, bora-bora esa şunçaki “ Çavandoz” deb ataydigan bölişdi. Otga işqibozligidan uloq çopadigan böldi, bir-ikki yilda manaman degan uloqçilarni ham doğda qoldiradigan bölib, aşaddiy uloqçiga aylandi, dovruği uzoq-uzoqlarga taraldi. Keyinçalik yoşi bir joylarga borganda ham şaklu şamoyilini özgartirmagan çapaniça möylov qöyib olgan, yigirma yetti-yigirma sakkizga kirgan, elning nazarida hali böydoq Çavandoz hammaning, ayniqsa qişloq qizlarining oğzidan tuşmas edi. Xuddi ana şu kezlar u Gavharni uçratib qoldi.

Gavhar qişloqning old qizlaridan bölib, darvozasining turumini ayni sovçilar buzadigan – ön sakkiz yoşda edi. U juda çiroyli, orasta, qöl-oyoği çaqqonligi sabab ne-ne xonadon sovçilari uning eşigiga tanda qöyib olişgan edi. Oğir-bosiq, boşqa qaqajon qizlarday köp gapirmas, kulsa ham şaraqlab kulmas, bosiqqina, iboli nim kulgisi uni yanayam çiroyli körsatar edi. Otasi heç qaysi bir uyning sovçilarini hatto umidvor ham qilmasdan qaytarar, uning xaridorlarining soni esa oşgandan oşib borar edi. Çavandoz Gavharni bir kuni töyda yaqindan körib qoldi. Yurak yutdi. Paxta terimi mahali Gavharni kuzatib, u yolğiz qolgan mahal oldiga bordi:

– Horma, Gavhar, – dedi.

Qiz ögirilib qaradi.

– Bor böling, – dedi astagina, yana terimga çoğlanarkan.

– Uyingga sovçi yuboraman, menga tegasanmi, Gavhar?

Qizning yuzi duv qizardi.

– Otam sizni beboş bola deydi, sizga bermaydi, – dedi yana paxta terişda davom etib.

Ikrom uning keskin “yöq” deb aytmaganligidan qizning ham öziga befarq emasligini sezdi.

– Seni olib qoçaman, men bilan ketasanmi?

– Aytibsiz-da, bizning zotda hali heç kim qoçib ketib erga tegmagan.

– Sen birinçi bölasan.

Gavhar işidan töxtab qoşini çimirib, unga yer ostidan qaradi.

– Voy, manovi kişini, qaysi gunohi uçun otamni piçoqsiz söyib ketaman, keyin qanday qilib elda boş kötarib yuradi. Boring, yölingizdan qolmang, odamlar ikkimizni körsa nima deb öylaydi.

Doimo Burqut uruğining şevasida “Jöq, juzumdi juvib je” deb gapiradigan, tutgan joyidan kesadigan Bozorgul avlodining tozaligiga nihoyatda eʼtibor berar edi. U faqat yaxşi xonadonlarga qiz berib-kelin olar, quda bölmişlarining avlodlarini uzoq vaqt yaxşilab suriştirar, ayniqsa qizlariga xaridor bölgan tomon didiga ötirmasa çözib ötirmasdan darhol uzib yuborar edi. Yoşi ulğayib, navbat nevara-evaralarga kelganda ham öğillari tugul, hatto çiqarib yuborgan qizlarining xonadonlarida ham qiz oldi-bergi işlari faqat uning ixtiyorida bölardi. Oğir-vazmin, kamgap, qişin-yozin mudom ketmoni yelkasida, birga keçirgan umrlari davomida ön bir bolaning otasi bölgan, yetti öğlini ham doimo qavatiga olib, özidek mehnatkaş qilib östirgan – eri Mardon xotinining bu işlariga aralaşmasdi. Xotinining şu feʼli uçun ularning qizlariga unça-munçalarning xaridor bölib kelişga yuragi betlamas, lekin şu bilan birga bu xonadonga quda böliş ham yurtda nihoyatda şarafli, obrö-eʼtiborli hisoblanardi.

Onasi nihoyat öğlining uylanişga rozilik berganligidan, uning qişloqning eng yaxşi qiziga işqi tuşib qolganligidan xursand böldi. Gavharning otasi Ikromning sovçilarini bir neça marta rad javobini berib qaytardi. Onasi esa Gavharning ostonasiga yotib oldi. Oxir-oqibat qiz tomon köndi. Bozorgul qizni kelin qilib olib keldi.

Gavharga uylangan Ikrom uni faqatgina öz tabiatiga xos, alohida ehtiros bilan sevdi, xotini uning uçun yagona, göyoki husnu latofatda unga teng keladigan boşqa ayol dunyoda yöq edi. U yetti qavat osmonlarda uçib yurgandek bir neça yil huzur-halovatda, ğam-taşviş nimaligini bilmay yaşadi. Bir paytlar u Olesyani ham xuddi şunday sevgan edi. Ikromning faqat kitoblarda yoki kinolardagiga öxşaş bunday beğubor, ehtirosli sevgisini unutolmagan Olesya bejiz ikki-uç yil közda yoş bilan uning oldiga borişga izn sörab, iltijoli xatlar yozmagan edi. Gavharga uylangaç endi u Olesyani deyarli unutib yubordi, ahyon-ahyonda Olesya esiga tuşib qolganda ham uning haqidagi xotiralari Gavharni uçratguniça bölganidek yuragini entiktirmasdi. Bozorgul ena ham şu keliniga boşqaça mehr qöydi, zotan Gavharning rözğor tutişi, husni-malohati, hayo-ibosi şunga loyiq edi. Ikrom pulning ketidan quvmas, pulning özi uni quvib yurar edi. Işlab çarçamasligi, doimo jöşib turadigan kuç-ğayrati tufayli u qöli böş böldi degunça bir neçta şeriklari bilan paxsaga çiqar, yaxşigina bel otar, boşqalar bitta imorat tiklaşgunça, uning tödasi ikkita-uçta imoratni qöldan çiqarişardi. Buning ustiga uning oğilxonasida katta-kiçik moli köp bölar, tomorqasini ham guldek qilib qöyar, köpkarilardan baʼzida televizormi, gilammi yoki boşqa biror-bir qimmatbaho solim ham olib kelib turardi.

Gavhar erining topgan-tutganini sarişta qilib qöyar, qölida şunça köp pul bölsa ham baʼzi bir boşqa ayollarga öxşab latta-putta yoki tillaga öç emasdi. Faqat Çavandozning onasigina yaxşi körgan keliniga özi yoki Ikromga tayinlab yaxşi kiyimlikmi, tilla taqinçoqmi oldirar, Gavhar öşa kiyim yoki taqinçoqlarni ham töy-yiğimlarga faqat qaynonasining qistovi bilangina iymanib kiyar yoki taqardi. Odatda bolalari, kelinlariga qattiqqöl, maqtovga hasisroq Bozorgul ena uni maqtaşdan çarçamas, qayerga borsa özi bilan Gavharni olib yurar, hatto baʼzi bir oilaviy işlarini ham şu kelini bilan bamaslahat qilar edi. Kelinining maslahatlari ham doimo jöyali bölar, kamsuqumligi va örinli maslahatlari bilan u özi bilmasdan qaynonasining öziga eʼtiborini oşirar, yanada suydirar edi. Gavharning epliligi sabab, Çavandoz ikki-uç yil içida alohida yer olib, danğillama uy solib köçib çiqdi, avvaldan aroqni juda yaxşi köradigan Çavandoz içişni butkul taşlamasa ham, çegaradan çiqmay içadigan böldi.

Tabiatan xuşçaqçaq, davralarni yaxşi köradigan va özi ham el eʼtiboriga tuşib qolgan Çavandoz yoş xotini bilan bir neça yil qanday ötganini ham bilmadi. Ularning örtalarida farzand bölmadi, bundan Gavhar va Bozorgul ena taşvişga tuşib qolişdi. Qaynona-kelin har ikkisi ham taşvişda ekanliklarini avvaliga bir-birlariga bildirişmadi, lekin keyinçalik sabri çidamagan Bozorgul ena özi kelinini yetaklab ikki-uçta ayollar mutaxassislariga olib bordi. Şifokorlar Gavharni yaxşilab tekşirişgandan keyin, erini ham tekşirtirişlarini maslahat berişdi. Bozorgul ena bu gapni öğliga aytganida u onasining gaplariga parvo ham qilmadi.

– Men soppa-soğman, – dedi-yu, onasining hay-haylaşiga ham qaramay uydan çiqib ketdi.

Bozorgulning keyingi urinişlaridan ham naf çiqmadi, öğli yana öjarlik qilib gapga kirmas, haqiqatdan ham özidek kuçli, soğlom erkakdan bola bölmasligi mumkin emas deb öylar edi. Şundan keyin Çavandoz xotinining unga bildirmasdan keçalari baʼzida yiğlab çiqişini sezib qoldi, u ham qaynonasining gaplarini eriga qanday qilib aytişni bilmas, istihola qilar, bundan esa badtar qiynalar edi. Çavandoz xotinining köz yoşlarini körsa ham körmaslikka oldi.

Şundan keyin u goh-gohida öziga “Nima uçun örtamizda farzand bölmayapti?” deb savol berar, lekin yana tabiatiga xos qaysarlik bilan “ayb menda emas” degan xulosaga kelar edi. Asta-sekin ularning baxtli hayotlaridan putur keta boşladi.

– Menga qarang, – dedi Gavhar, – özimizni bir tekşirtiraylik.

– Senam enamga öxşab ezma böp qopsan, köp boşimni qotirma, – jerkib berdi Çavandoz.

– Agar bu yaqin-atrofda tekşirtirsak gap-söz bölişidan çöçiyotgan bölsangiz, tomoşaga borgan bölib, Toşkentda tekşirtirib kelaylik, u yoqda yaxşi döxtirlar köp emiş, – dedi Gavhar erining jerkib berganiga ham qaramay.

– Ana pul qölingda, enam bilan borib tekşirtirib kelaver.

– Xudo xayringizni bersin, Toşkent katta şahar bölsa, siz dunyo kezgan odamsiz, özingiz oboring, ayamniyam olamiz…

Ayollarning maşmaşalari, ayniqsa enasining qistovlari uni bezitdi, uydan janjal arimay qoldi, şu tariqa u bora-bora Gavhardan soviy boşladi, lekin şifokorlarga borib, özini ham loaqal biror marta tekşirtirişni xayoliga ham keltirmadi. Fikr-mulohazadan köra köproq könglining köçasiga qarab iş qiladigan Çavandoz bora-bora avval jonidan ham ortiq körgan xotinini hatto yomon körib ham qoldi, bu işi ham uning jöşqin, asov tabiatiga xos edi, turmuş qurişganiga sakkiz yildan oşgaç, uning ön yetti yoşli Oliyaga işqi tuşib qolib, Gavharning javobini berdi.

Oliya – bir umr kolxozda suvçi bölib işlab kelgan Oçilning qizi edi. Uning xotini Muqaddam yoşligida bir neça marotaba erga tegib, uzoq-uzoqlarga ham yengiltakligi bilan nom taratgan, oxiri akalari tinib-tinçimagan singillarini jilovlab, merovroqligi sababli yoşi öttizdan oşganda ham heç kim qiz bermagan şu Oçilga uzatişgandi. Yoşi ellikka yetib qolganda ham Muqaddamning qişloqda hali u, hali bu erkak bilan gapi çuvalib turardi. Ularning tört qizlari bölib, Halima, Salima va Olimalar turmuşga çiqqan, Oliya – oilaning kenja qizi edi. Qizlarning hammasi husnda şu yoşga kirib ham yoşlik tarovatini yöqotmagan onasi Muqaddamga tortişgan, biri-biridan çiroyli, ayniqsa Oliya opalarining içida judayam boşqaça edi. Yengiltaklikda onasiga tortgan Halima va Salimaning ham boşlari janjaldan çiqmas, Halimaning turmuşi buzilib, ikkinçi eri bilan turardi. Faqat Olimagina onasi va opalarining işlaridan nomus qilib yurar, ularning navbatdagi gaplari çiqqanida borib hammalarini itning oldidan ötkazib, urişib-sökib kelar, opalariga qöşib xotinlarini eplay olişmagan poççalari yoki otasini ham koyib kelardi. Lekin u öz oilasidan hammavaqt ham ortib ulardan xabardor bölolmas, şuning uçun opalari yoki onasi bir muddat tinç yurib, keyin yana öz bilganlaridan qolişmas, tez-tez yangi gap-sözga sabab bölib turişardi.

Onasi va Gavharning gaplaridan bezib yurgan Çavandoz bir kuni köpkarida Oliyani körib qoldi. U davradan solimni olib çiqib, tomoşabinlarga yaqin kelib şu tomonga qaraganida Oliyaning ham özi tomon tikilib turganini kördi, kördi-yu, qizning benihoya çiroyli çehrasidan köz uzolmay qoldi. Yuragi “jiz” etib ketdi. Çavandozning unga boşqaça qarab qolganligini Oliya ham sezdi şekilli, nozli kulib qöydi. Oliya buni biror-bir narsani öylamasdan, yurgan yöllarida ham şunçaki nozlanib yurişadigan opalaridan, onasidan körib-bilib örgangan tarzda qildi, lekin şu bilan özi ham bilmay Çavandozni ilintirdi-qöydi, uning yuragiga çöğ taşladi. Keyin esa Çavandoz köça-köydami, töydami, boşqa joydami Oliyaning nigohini poylaydigan böldi, butun fikru-zikri qizda bölib qoldi.

Buni sezgan Oliya ham oralarida deyarli yigirma yoş farq bölişiga qaramay, oxiri nima bilan tugaşini öylab ötirmasdan, Çavandoz bilan köz uriştiriş öyinini boşlab yubordi. Gohida duç kelişganda boşqaça salom berib, bir-ikki oğiz şunçaki gaplaşib qöyadigan ham bölişdi. Oliyaning işvalari oxir-oqibat Çavandozning ixtiyorini butunlay olib qöydi, ularning oilasi yengiltakligi bilan nom taratganligiga qaramasdan, Gavharning javobini berib Oliyaga uylanişga qaror qildi. Bir kuni Oliyani xoli topib şu haqda gaplaşişdi. Çavandozning dovruğigami, pul topişigami, nimasiga uçdi ekan, har qalay oralarida deyarli yigirma yoş farq bölişiga qaramasdan, ön yetti yoşli Oliya uning taklifiga rozi böldi. Ular yaşirinça uçraşib, gaplaşib yurişdi.

Gavhar keyingi paytlarda erining öziga rağbati yöqligidan uning xayoli buzilganligini sezib yurardi. U yana bir neça marta Çavandozga özlarini tekşirtirişlarini yolvorib-yiğlab söradi. Ammo u qançalik iltijo qilmasin – Çavandoz şunçalik tezroq u bilan ajraşiş harakatiga tuşdi. Bir kuni ertalab şeriklari bilan uzoqroq bir qişloqqa işga keta turib otini egarlarkan, dedi:

– Gavhar, endi sen bilan turmuşimiz bölmaydi. Men hafta-ön kunga ketayapman. Qaytib kelgunimça uydan nima istasang barini olib otangnikiga bor, ajraşamiz.

Gavhar işning ajraşişlarigaça borib yetişini sezib yurar, bu uning uçun kutilmagan narsa emas edi, jiqqa yoş közlari bilan eriga yer ostidan qarab:

– Qaroringiz qatʼiymi, boşqa çoramiz yöqmi? – dedi.

– Qarorim qatʼiy, qatʼiy. Böldi-da endi, – dedi jerkib Çavandoz özi uçun ham nihoyatda qiyin bölgan bu suhbatni ortiq çözişni istamay, – bor pul, tillalaringni, gilammi, boşqami, hammasini olib ketaver. Menga yotib turiş uçun bir sidra körpa-töşak taşlab ketsang böldi.

– Menga heç narsangiz kerak emas. Şu bugunoq bu uyda meni qaytib körmaysiz.

Bir neça kun ötib keçqurun Çavandoz uyiga qaytib kelganida, hovlisi suv quygandek jimjit, birorta derazada çiroq körinmas edi. U içkariga kirib, çiroqlarni yoqib hamma xonalarni közdan keçirib çiqdi. Uyda hamma jihozlar avvalgidek, saranjom-sarişta, hatto Gavharning köçalik kiyimlariyu, tillalari ham joy-joyida turar, taxmon ostida sandiqda ança pul ham tugilgança qolgan edi, göyo Gavhar biror yoqqa birrov çiqqan-u, hozir qaytib keladiganday. Çavandoz pulni çamaladi, uyda şunça puli bor deb öylamagan edi, bu pulga hozirning özidayoq yengil maşina olsa bölar edi. Gavhar uydan heç narsa olib ketmagan, u bu uyda özi uçun eng aziz, eng qadrli, hayotining mazmuni, borliği, yaʼni köz oçib körgan, sevib tekkan erini taşlab ketgan, Çavandozning qaroridan naqadar xafa bölganligini, noroziligini ana şu tariqa izhor qilib ketgan edi. Çavandozning könglida allaqanday bir xijillik qoldi, undan köra uyni şipşiydam qilib ketganida ança yengil tortardi. Bu xijillik goho esidan çiqqandek bölar, gohida esa, Gavharning oldida naqadar katta gunoh qilganligini eslatib, sim-sim qilib yuragini örtab bir neça yil uni tark etmadi.

Ammo şu topda tezroq Oliyaga yetişiş istagi uning könglidagi xijillikdan vaqtinça ustun keldi. Ertasi kuni ertalab yana işga ketaturib Gavharning tillalarini va tugunda ançagina pulni olib, inilaridan biri Nizomnikiga bordi-da, uning xotinini çaqirib:

– Kelin, mana buni enamga bergin, Gavharga berib qöysin, men uning javobini berdim, u otasinikiga ketgan, – dediyu, kelinini hangu-mang qoldirib otini yörttirib ketdi.

Öğlining bu qilmişidan darğazab bölgan Bozorgul ena uni izlattirdi, lekin uzoqqa işga çiqib ketganligidan uni topa olmadi.

 Çavandoz uçun eng muhimi hozir tezroq Oliyaga yetişiş edi, u şu iştiyoq bilan yonib yurar, Oliyani olib kelgunça onasining köziga körinişni xayoliga ham keltirmas edi. Oliyani olib kelsin, keyin nima bölsa bölar. Bir-ikki kundan keyin keçqurun Oliya bilan gapni bir joyga qöydi-da, uning onasini çaqirib:

– Muqaddam opa, men Oliyaga uylanmoqçiman, Gavharning javobini berib yubordim. Enamning feʼlini bilasiz, u töy qilgani qöymaydi. Xalqning közi oldida men xuddi qizingizni olib qoçib ketgan bölay, töyni keyinroq qilamiz. Hozirça mana buni olib turing, – dedi-da unga tugunçada pul berdi. Qizi bilan Çavandoz allaqaçon gaplaşib yurişganligidan xabardor, buning ustiga katta pulni körgan Muqaddam darrov rozilik berdi-qöydi.

 Çavandoz öşa kuni keçasiyoq Oliyani uyiga olib keldi. Darvoza eşiklarini tambalab, ikki-uç kun uyidan çiqmadi. Öğlining oxir-oqibat uyida ekanligi, Oliyani obqoçib kelganligidan xabar topgan Bozorgul ena darvozasiga kelib jon-jahdi bilan taqillatdi.

– Ikrom, oç darvozangni, uyda ekanligingni bilaman, tokay mendan qoçib yurasan, yo devor oşaymi, – degaç, Çavandoz çiqib darvozani oçdi.

Kampir közlari bilan teşib yuborgudek Çavandozga tikilib qaradi, u enasining qahrli köz qaraşlariga doş berolmay nigohini yerga qadadi.

– Hov nodon bola, sen nima p… jeb juripsan, sen hali mening Gavharimdi bir bölak kömirga alişdingmi? Menga berib yuborgan matohlaringdi boşiga uradimi u? – şunday deb Bozorgul ena tugunlarni Çavandozning oyoği ostiga otib yubordi. – Özi-ku, uni senga olib bergunça ena sutim oğzimga keluvdi, enam yana qaysi yuz bilan Gavharning oldiga boradi, qudalarining yuziga qanday qaraydi deb öylamadingmi? U – öz oti bilan özi Gavhar edi, bunday ayolni yurtti yuz yil piyoda kezib ham tovalmaysan. Manovi yuzsiz haştaringning javobini berib, darrov borib kelinimdi qaytarib olib kel, keyin Toşkentga borib, özingdi katta döxtirlarga körsat, hamma ayb özingda.

– Ena, bölar iş böldi, – dedi Çavandoz onasining yuziga qarolmasdan, – men Gavharni olib kelmayman, Oliyaniyam eltib qöymayman. Men soppa-soğman, mana körasiz.

– Şu gaping – gappa?

– Gapim gap, ena. Pul bilan tillalarini Gavharga oborib bering, yo birovdan berib yuboring.

– Hov bevoş bola, bilib qöy, men bu zoti pastlardi uruğini yaxşi bilaman. Sen bilan yuz yil umr qilsa, ölib qolganda bir marta közingga çöp taşlaydi. Hali Gavharimdi uvoli tutmasa seni, qirçiningdan qirqilgur, juvonmarg, – kampir şunday deb öğlining yuziga “qars” etib şapaloq tortdiyu, keyin darvozadan çiqib ketdi. Çörtkesar, uşlagan joyidan kesadigan Bozorgul ena öğlining ham öziday bir sözli, aytgan gapidan qaytmasligini yaxşi bilar edi. Ammo ena bir işni qilgunça, bir gapni aytgunça ming mulohaza qilsa, Çavandoz könglining hoyu-havasi bilan iş qilar, bu jihati bilan u onasiga butunlay öxşamas edi.

Gavhar otasining uyida neça-neça xaridorlarning javobini berib ikki yil yurdi, Bozorgul baribir şungaça Ikromni Oliyaning javobini berib, Gavharni qaytarib olib kelişga köndirmoqçi bölib köp urindi. Ikki yildan keyin u xotini ölib, ikki yoş bolasi bilan beva qolgan qişloqning ustasi – Jabborqulga tegib ketgandan keyingina öğlini tinç qöydi. Bozorgul ena naqadar diydasi qattiq, badjahl ayol körinmasin, bolalarining hammasini ham özlariga bildirmasdan sevar, lekin öğillarining tönğiçi bölgan Ikromga mehri bölakça edi, bu oğir gunohi uçun u öğlidan butunlay voz keçib-ku ketolmadi, ammo unga bölgan munosabatini butunlay özgartirdi. Qaytib Çavandozning uyiga qadamini bosmadi, unga bemuruvvat böldi, oilaviy yiğinlarda ham opa-inilari, kelinlari, kuyovlarining oldida unga qörs muomalada bölar, köpinça “hamma gapirsa ham sen jim ötir” deb uni çöqib turardi. Oliyani esa kelini sifatida mutlaqo qabul qilmadi. Uning qölidan bir piyola çoy içiş tugul, hatto birovlarning töy-maʼrakalarida ham özi ötirgan dasturxonlarga yölatmadi, kelinlari, qizlariga ham Oliyani uylariga çorlaşlarini butunlay taqiqladi. Faqat beş-olti yil ötibgina bolalari Çavandozning yuzidan ötolmay Oliyani kampirdan yaşirinça çaqira boşlaşganligini bilib, özini bilmaganlikka oldi. Baʼzida u kamdan-kam bölsa-da Çavandozning uyiga zarurat yuzasidan borar, şunda ham darvozadan kirmasdan gapini aytib qaytar, öğli uyida bölmasa gapini Oliyaga “hov, Ikromga aytib qöy, unday qilsin” kabilida topşirar, biror marta bölsin, Oliya yoki “kelin” deb aytmas edi. Holbuki Gavhardan boşqa hamma kelinlarini ismi bilan, faqat Gavharnigina “kelin” yoki “Gavhar kelin” deb çaqirar edi.

 Çavandoz Oliya bilan ham huv bir paytlar Gavharga uylangan paytlaridek yana rohat-faroğatga şönğib ketdi. Oliya ayniqsa kelinlik libosida ön kelinga tatir edi, u Çavandozning köziga naq öt-olov bölib körinar, Gavhardan farqli ölaroq his-tuyğularini köp yaşirib ham ötirmas, “quş uyasida körganini qiladi” deganlaridek, onasi, ikki katta opasidan erkak zotini sehrlab, ixtiyorini qöldan oliş sanʼatini yaxşi egallagan, şuning uçun Çavandoz uning noz-ğamzasini, navozişlarini darrov soğinib qolar, şeriklari bilan uzoqroq joyga işga çiqib ketsa ham işlagan joyida yotib qolmas, nari borsa ikki kun ötmasdan keçasi uyiga kelib ketar edi.

Uning halovatiga faqatgina uç-tört yil ötib, yaʼni Gavhar farzandlik bölganligini eşitgaçgina putur yetdi.

Köz oçib körgan eri bilan turmuşi buzilganligidan qattiq iztirobda yurgan, tirnoqqa zor bölib, tuşlarida neça martalab beşik tebratib bola allalab çiqqan, tabiat har bir ayolga ato etadigan onalik mehridan hali bir misqoli ham sarflanmagan Gavhar Jabborqulning sakkiz yoşlik maktabga boradigan qizçasini, beş yoşlik öğlini xuddi öz bolalaridek kördi, ularni oq yuvib, oq tarab, bolalarining ham, Jabborqulning ham mehrini qozondi, elning oğziga tuşdi. Evaziga taqdir uni ham siylab biror yilda özi ham farzandli böldi, orqa-oldi bola bilan tölib, ayollik baxtiga tökis yetişdi.

 Çavandoz Gavharning farzandlik bölganligini eşitib, gangib qoldi, içidan göyo bir nima uzilib ketgandek böldi. Yöq, bu Gavharga nisbatan hasad emasdi, balki şu paytgaça yuragining törida ğimirlab yurgan, u ehtimolki soxta mağrurlik bilan tan olgisi kelmay “balkim ayb özimdadir” degan fikrning endi baralla portlab xayoliga kelganligi edi. Şunda u Olesya bilan ham örtalarida farzand bölmaganligini, Olesya homilador böliş ilinjida oilasini mustahkamlaşga qançalik uringanligini, homilador bölavermagaç, naqadar taşvişga tuşib qolganligini esladi. Agar öşanda arzimagan bahona bilan Olesyani taşlab kelmaganida u ham Ikromga “özimizni tekşirtiraylik” degan gapni aniq aytgan bölardi.

 Çavandoz umrida birinçi marta çinakamiga sarosimaga tuşib qoldi. U avval Oliyaga ayollar şifokoriga borib özini tekşirtirişini aytdi. Oliya tekşirişlardan ötib, özida nuqson topilmaganligini aytgaç, yaqin atrofdagi şifokorlarga borsa gap-söz tarqalib ketişidan çöçib, öynab keliş bahonasida Toşkentga borib özini tekşirtirdi. Tekşiriş natijalari esa xuddi özi xavotir olib yurganidek, yaʼni ayb Çavandozning özida bölib çiqdi, eng yomoni, şifokor unga “beş-olti yil avval kelganingizda jarrohlik amaliyoti bilan dardingizni tuzatar edik, endi keç qolibsiz” degani böldi. Yoşi qirqdan oşguniça öylov, dardu alam nimaligini bilmagan Çavandoz uçun bu qismatga könikiş oğir edi, u iztirob içida qoldi. Har safar Gavharning yana farzand körganligini eşitganida içidan zil ketar, uning dardiga davo yöq, çorasizligidan nafaqat şuurini, balki vujudini ham örtagan alamini içkilikdan olar edi. Ammo-lekin tillaga kömilib, eng sönggi urf bölgan yaltiroq liboslar kiyib, davralarda bir gapirib-ön kulib, hammani öziga qaratib yurgan tannoz Oliyani esa örtalarida farzand yöqligi zarraça ham taşvişga solmasdi. U biror töy-haşamdan qolmas, Çavandoz obqoçib kelgan öşa paytlardagidek öyin-kulgudan, xotinlarning yiğinlaridan böşamas edi.

Özi tengilar qiz çiqarib, öğil uylantirib, nevara köra boşlagaç, Çavandoz jiyanlaridan birortasini öz uyiga olib keliş payiga tuşib qoldi, lekin buning uçun avval onasining roziligini olişi lozim edi. U ming bir öylov içida boşini egib onasining oldiga bordi, çörtkesar kampir uning gapini eşitişni ham xohlamadi. Uning oldidan Çavandozning lattasi suvga tuşib qaytdi.

– Özing pişirgan oş, qanday jesang jeyver, mening u haştariga berib qöyadigan bolam yöq, – dedi momo. – Menga qolsa u zoti pastga eşigimdagi itimning yaloğiga bir kosa yuvindi ham soldirmas edim, bir senga qolganda dar qoldim-da. U yuzsizingning özi kim-u, uning qölida tarbiya topgan bola nima bölardi. Bor, bu narsani xayolingga ham keltirma, bu masalada mening oldimga qaytib qadamingni bosma…

Enasining oldidan dili oğrib qaytgan Çavandozning endi Oliyaning jiyanlaridan birortasini olib kelişdan boşqa çorasi yöq edi. Oliya bunga rozi böldi, hatto xursand ham böldi, Salima opasining tört-beş yaşar bir qizçasini olib kelişdi. Avvaliga Oliya uni erkalab qöğirçoqdek kiyintirib özi bilan birga olib yurdi. Biroq gödak bola qöğirçoq emas, uni zerikkanda tokçaga olib qöyib bölmas edi. Qizça gohida şamollab betob bölib qolar, bunday paytlarda şirin uyqudan keçib uni parvariş qiliş kerak, bolaga doimo eʼtibor darkor edi, bu esa xotin-xalaj davralarining guli bölib yurgan satang, Oliyaning tabiatiga töğri kelmasdi. “Könikolmadi” degan bahona bilan jiyanini yana opasinikiga qaytarib eltib qöydi. Töğri, u şundan keyin ham jiyanini tez-tez olib kelib, özi bilan yana u yer-bu yerga olib borib yurdi, lekin uni farzandlikka qabul qilmadi. Çavandozning xotinidan zehni koyidi. Ha, hamma bola tuğmagan ayol ham Gavhardek bölolmas ekan-da, yana uning oldidagi gunohkorlik hissi bağrini örtagandan-örtadi. Jiyanini Oliyaning özi qabul qilişni xohlamadimi, uni bunga majbur qiliş befoyda edi. Çavandoz oxiri bungayam könikişdan boşqa iloji qolmadi.

Ammo bu hali bir-ikki marta turmuşi buzilgan, befarzandlik dardi bağrini kemirib yurgan Çavandozning peşonasiga bitilgan körgiliklarning hammasi emas edi.

Qişloqda uloqçilar köp bölib, ulardan biri Egamberdi edi. Egamberdi Çavandozdan yigirma yoşlar çamasi yoş bölib, öttiz beş-öttiz olti yoşlarda, baquvvat gavdali, çapdast uloqçilardan hisoblanar, asta-sekin uning ham dovruği köpkari işqibozlari örtasida keng tarqalib borayotgan edi. Egamberdi nafaqat çapdast uloqçi, balki mastu-bemast töylarda bir-ikki kişini urib oğzi-burnini qon qilgan, bundan taşqari şilqimlik qilib ayrim xotin-qizlarni yöldan urgan, şu qiliqlari tufayli bir-ikki rözğorni buzganligi bilan ham nom çiqargan edi.

Bir kuni qişloqdagi bir töyda Çavandoz şirakayf Egamberdining davradan çiqib keta-keta, bazmxonaning ayollar ötirgan tomoniga qarab tirjayib borayotganligini kördiyu, u kim bilan köz öyini qilayotgan ekan, degan qiziqiş bilan öşa tomonga qaradi. Qaradiyu, laqqa çöğni yutgandek içini bir nima kuydirib ketdi: Egamberdiga kişi bilmas qarab, noz-karaşma qilib köz suzayotgan ayol – Oliya edi! Çavandozning ğazabdan ikki çakka tomirlari löqillab, köz oldi qoronğilaşib ketdi. “Hali senlarmi Ikrom Çavandozni laqillatmoqçi bölgan ifloslar”, deb öyladi ğazabini atrofdagilarga sezdirmasdan qöllarini muşt qilib.

 Çavandoz yoşlikdagi kuçi-şijoatini heç bir kamaytirmay saqlab qolganligi bilan, avvalgi öta qiziqqonliklarini yenggan, hatto eng katta köpkarilarda ham hamma sovrinlarni özi olişiga közi yetsa ham, boşqalarga ham dovni berar, qörda yolğondakam aylanib yoki özini uloqni olmaganga solib, çekkaga çiqib ketar, bu işni faqat davrani qizdiriş uçun qilar, u oçköz emasdi. U davraga uloqni oliş uçun emas, tortişiş, zavq-şavq, huzur bağişlaş uçun tuşar edi. Oxirgi bir-ikki köpkarilarda Egamberdiga ham bir-ikki marta uloqni yolğondakam tortişib, berib yuborgan edi. Keyinçalik bir-ikki davrada Egamberdining uning ortidan “Çavandozni – Çavandoz qilgan asli Sodiq çöponning böz oti edi, endi har ikkisi ham qarib, qirçanği böp qolgan” deb kulgi qilganligi ham quloğiga çalingan, bu gaplar andak uning hamiyatiga tekkan bölsa ham, keyinçalik Egamberdi bilan teng bölib yurmasdan, eʼtibor qilmay ketgan edi. Şuning uçun ekan-da, bu öziga bino qöygan axmoq Çavandozni qariganga çiqarib, özini tengi yöq uloqçi taraşlab uning dovruğiga egalik qilmoqçi, endi esa hatto xotiniga ham köz olaytirişgaça borib yetipti-da, ablah…

Ularning bu köz uriştiriş öyinlari Egamberdining davrani aylanib çiqib ketguniça bir neça daqiqa davom etdi va Çavandoz uning özidan mamnun holda, şirin xayollar oğuşida miyiğida kulib çiqib ketganligini kördi. Çavandoz Oliya tomonga qaradi, uning yuz-közida ham xuddi şunday mastona xuşnudlikni kördi. Uning bu qiliği – şubhasiz, borib turgan töqlikka şöxlikning özginasi edi, çunki Çavandoz hali özida zarraça qarilik alomatlarini sezgan emas, özining ehtiroslari Oliyaning ehtiyojlarini ortiği bilan qondirişini aniq bilar, ellik beş-ellik olti yoşga kirib ham hali boqilgan hökizdek baquvvat, unça-munça yigitlar havas qilgudek kuç-şijoatga ega edi.

Şu kunlarda Çavandoz şeriklari bilan bir katta imoratni kötariş uçun kelişib olişgan, ön beş-yigirma kunga uzoqroq joyga ketişi kerak edi. Endi u bunday qilolmas, xotinini qöriqlaş lozim edi, çunki bu köz uriştirişlardan keyin özining iflos niyatini amalga oşiriş yölida Egamberdi eng birinçi imkoniyatini qöldan çiqarmasligi aniq. Çavandozning işga yotoq bilan çiqib ketişi esa uning uçun ayni muddao bölar edi. Çavandoz keyingi kunlarda Oliya u bilan töşakda birga yotsa ham, xayoli boşqa yoqda ekanday köringanligini esladi, ularning bu öyinlari çamasi faqat endigina boşlangan, oralarida hali boşqa heç narsa bölmagan edi.

 “Huv qanjiq, qazisan, qartasan, asli zotingga tortasan, onang jalab edi, sen ham öşaning bolasisan-da” degan xayol ötdi könglidan. Avvaliga u işga ketgan kişi bölib, keçasi ularni poylab qölga tuşirib, har ikkisini çavaqlab taşlamoqçi böldi. Biroq şu yoşga kirib orttirgan endigi hayotiy tajribasi unga yoşlik paytlaridek aççiq ustida bir iş qilmaslikka, birpas sabr qilib, keyin fikr-mulohaza bilan iş körişga örgatgan edi. Çavandoz töydan sir boy bermasdan xotini bilan qaytdi-da, bu ikkalasining qanday qilib taʼzirini beriş ustida boş qotira boşladi…

Qişloqdagi qariyalar içida eng yoşi uluği – Pirnazar çöponning tört öğli, önga yaqin özini tutib olgan nevaralari qariyaning sakkiz muçali, yaʼni töqson olti yoşiga ikki-uç mol söyib, yurtga avval nahorga halisa, keyin esa katta köpkari bermoqçi bölişdi. Köpkariga gilam, televizor, mayda-katta moldan taşqari bir “Jiguli” yengil maşinasi ham ataşipti.

Ikrom ertalab otiga mindi-da, yoşlikdagi dösti Sodiq çöponning oldiga bordi. Sodiq öğillari bilan daştdagi yerda dehqonçilik qilar, ikki yuzdan oşiq qöyi, öttiz-qirq boş moli va tört-beşta oti bor edi.

– Ha, Çavandoz, bu tomonlarga sira kelmas eding, biror bir darding bormi deyman-da, – deb kulib qarşi oldi döstini Sodiq.

– Gözal qayerda, Sodiq?

Gözal öşa Egamberdi aytgan, Sodiqning bir paytlarda dong taratgan uloqçi böz oti bölib, biror yildan beri Sodiq yaxşi körgan otini ayab, endi qaridi deb, köpkarilarga olib çiqmas, şuning uçun uni xalq orasida köpkariga butkul yaramaydigan qari qirçanğiga çiqarib qöyişgan edi. Çavandoz döstining bu otida ham köp martalar solimlar olib özining ham, Gözalning ham dovruğiga dovruq qöşgan edi.

– Ha, Pirnazar buvaning töyigami, özingning oting undan ön çandon yaxşi-ku, bu bir qari ot bölsa, – dedi Sodiq.

Ular böz otning oldiga kelişdi, Çavandoz otni yaxşilab közdan keçirdi. Ot öt çaynaşdan töxtadi, kökragini kerib quloğini çimirdi va tek qotdi, u Çavandozni tanigan edi.

– Bekor aytibsan, özing qarib qopsan, – dedi Çavandoz otning tetik, hali köpkari çopişga iştiyoqi borligidan mamnun bölib. Çavandozning doimo çöntagida ot uçun bir hovuç oqqand olib yuradigan odati bor edi, uç-tört çaqmoq qand olib otga tutdi, – Abdullani çaqir.

Abdulla Sodiqning kenjasi bölib, yoşi ön yettilarda, hamma öğillarining içida otga, köpkariga havasi boşqaça, özining ham uloqçi böliş istagi kuçli edi. Çavandoz esa uning nazarida göyoki dostonlardagi qahramonlarning biri, u astoydil ixlos qilgan kişilardan edi, kelib iljayib, yuzida ehtirom ifodasi bilan qölini köksiga qöyib Çavandozga salom berdi.

– Qani, otga min-çi buvasi, – dedi Çavandoz uning salomiga alik olib, – yörttirib huv anov tepani bir aylanib kel.

 Çavandoz körsatgan masofa ançagina edi. Abdulla aytilgan joydan otni aylantirib kelganda, döstlar ikki otimdan nos çekib ulgurişgan edi. Çavandoz otning böyni, sağrisini uşlab kördi, ot terlamagan, faqat badani endi qizigan edi.

– Gap bunday, Abdulla, – dedi Çavandoz yonidan bir dasta pul çiqarib, – mana buning hammasiga arpa bilan quruq beda olasan. Ertalab bir şokosada, keçqurun yana bittada arpa berasan. Otni har kuni ertalab hozirgiga tört yuz-beş yuz qadam qöşib, yörttirib bir aylantirib kelasan, har kuni bir siqimdan arpani ham köpaytirib borasan. Ön kunlardan keyin höl öt bermasdan, istaganiça faqatgina quruq bedaga tutasan, bu paytda arpani yetti-sakkiz kosaga yetkazasan. Lekin aylantirib kelganingdan darrov suv tutma, badani sovisin, boşqa mahal suv doimo oldida tursin. Ikki-uçta şaharlik oyimtillalar çömilganda işlatadigan katta idişdagi şampundan olib kelib, otni çömiltirib tur, pulni ayama, buvasi. Men ön kundan keyin xabar olaman.

– Çavandoz, pulingni olib qöy, – dedi Sodiq, – har qalay ot meniki-ku, arpayam, bedayam dehqonçilik…

– Hali sen ham körasan, ayagan qari otingning nimalarga qodirligini, pulni ol dedimmi, ol.

 Çavandoz aytilgan kuni kelib otni kördi-yu, işonçi yanada ortdi. Ot göyoki tört-beş yoşga yaşarganday yurişlari yengil, çarçamas-terlamas, badani oftobda çinniday yaltirar, sağrisi va ömrovlari et olib, piça köpçigan edi. Endi uni ana şu holatda uşlab turilsa böldi edi.

– Endi arpani tört kosadan oşirma, – dedi Abdullaga, – suv, quruq beda oldida tursin, öşa aytgan masofadan har kuni bir aylantirib kelasan. Köpkari kuni uni özing minib borasan. Tamom.

Solimning kattasi yengil maşina ekanligini eşitib, köpkariga uzoq-yaqindan uloqçilarning “manaman” deganlari yiğilişdi.

Maşina ilinjida taşrif buyurişgan köpçilik kuçli uloqçilar qatori Egamberdi ham köpkarining oxirini, yaʼni dovga maşina tikilişini kutib turdi. Çavandoz bir-ikki marta davra içiga kirib, Gözalning badanini salgina qizdirib, uni kuraşga tayyorlab turdi. Oxirida maşina uçun alohida uloq taşlandi, uloq ham sovringa yaraşa, yaʼni uloq emas, ikki yaşar serkaning bir yarim pud keladigan tanasi edi.

Kuraş boşlandi.

Bu davra uzoq davom etdi, asta-sekin kuçlilarning ham kuçlilari saralanib, maşina iştiyoqmandlarining yarmi çekkaga çiqib ketdi, şunday bölsa ham oradan yarim soat ötsa hamki, davrada saksonga yaqin ot bor edi. Otlar gir aylanib, davra köçib yurar, tuyoqlar ostidan çiqqan çang kökka örlagan, tomoşabinlar baʼzan tözonda uloqçilarni taniyolmasdan ham qolişardi. Yiqilgan kim, qöl-oyoği ezilganu, qoş-qovoği yorilgan kim, kuraş ayovsiz borar, davrada borgan sari eng kuçlilar qolayotgan edi.

Egamberdi davrani yorib, uloqqaça yetib borganda Çavandoz ham davrada, uning uloqni qölga kiritişini kutib turardi. U Egamberdini közdan qoçirmas, uning har bir harakatini kuzatar, uning usullarini yaxşi bilsa ham, yana zaif tomonlarini ilğaşga harakat qilar edi. Şu bilan birga Çavandoz uning yirik gavdasiga yaraşa jismonan baquvvatliliga, mahoratiga ham amin böldi, lekin bu Çavandozni çöçitmas, har qalay özidagiçalik tajriba Egamberdida hali yöqligiga uning işonçi komil edi.

Egamberdi möğulbaşara bir uloqçi bilan uzoq tortişdi, Çavandoz möğulbaşarani tanimadi, u çamasi uzoqroqdan kelgan, pixini yorgan uloqçilardan ekanligi uning har bir xatti-harakatidan körinib turardi, raqibining uzoq yöl yurib kelgan otida çarçoq alomatlarini sezgan Egamberdi uni rosa aylantirib holdan toydirdi, nihoyat möğulbaşaraning oti pand berdi, olomonning hayqiriği ostida Egamberdi undan uloqni tortib oldi.

Endi Çavandozning gali kelgan edi. Çavandoz Egamberdi ham, oti ham haliveri çarçamasligini körib turar, endi nafaqat kuç, balki mahorat va tajriba kimda bölsa – öşa ğolib bölar edi. U bir qadar uzoqda bölsa ham Egamberdining oldiga yetib oldi-da, uloqni mahkam uşlab oldi. Egamberdi oldida Çavandozni kördi-yu, miyiğida kulib qarşi oldi, bu uning uçun ham ayni muddao edi. Hozirgina möğulbaşaradan uloqni tortib olganligi uni mamnun qilgan, öziga işonçini yanada oşirgan edi, u Çavandozga masxaraomuz, bepisandlik bilan boqdi, paytdan foydalanib raqibini tört-beş ming kişilik xalqning köz öngida sindirib, uning dovruğiga hoziroq bus-butun ega çiqmoqçi böldi.

Xuddi ana şu narsa, yaʼni – raqibini pisand qilmaganligi unga pand berdi. U Çavandozdan osonlikça qutulib ketaman deb öylagan edi. Çavandoz uloqni omburdek qöllari bilan mahkam uşlab olgan, Egamberdi bor kuçini işga solib, jon-jahdi bilan harakat qilsa ham naf bermas edi. Buning ustiga Çavandoz örtalariga boşqalarni yaqinlaştirmaslik uçun otini şunday aylantirar ediki, heç kim ularga yaqinlaşa olmas, Egamberdi ham unga qöşilib aylanişga majbur edi. U Çavandoz bunday baquvvat otni qayerdan oldi ekan degan xayol bilan razm taşlab, özi allaqaçon qari qirçanğiga çiqarib qöygan böz ot, Gözalni tanib qoldi, bu uni tang qoldirdi, Çavandoz uning bor-yöqligiga ham eʼtibor qilmay, uloqni mahkam uşlagan köyi, tortib olişga ham harakat qilmasdan, asabiga tega boşladi. Faqat şundagina Çavandoz uning jiğiga tegayotganligini, köp ming kişilik tomoşabinlar oldida uni yoş boladek öynatayotganini sezib qoldi. Davra tomoşabinlarga yaqin kelib qolgan, tomoşabinlar tomonidan, mikrofondan “ha Çavandoz, böş kelmang”, “Yaşang Çavandoz” degan olqişlar eşitilar, avval bunga eʼtibor bermagan Egamberdi, bora-bora bundan ğazablanib, sarosimaga tuşib, özini idora qilolmay, örinli-örinsiz harakatlar qila boşladi. Ana endi Egamberdini davradan olib çiqiş fursati yetgandi. Çavandoz otini aylantira-aylantira, egarga teskari ötirib olganiça Egamberdini davradan sudraklab olib çiqdi, keyin har ikki uloqçi bir-birlariga jips yopişgança qir tomonga qarab yeldek uçib ketişdi. Öziga ortiqça bino qöygan Egamberdining Çavandozga yetişiga yöl bölsin. Tödadan yetarli darajada uzoqlaşişgaç, Çavandoz bir-ikki aldamçi harakatlar qilib, uloqni undan şunday tortib oldiki, katta tezlikda ketayotgan Egamberdi otdan uçib ketdi, bir oyoğini uzangi ilib qolib ot surgab ketdi. Çavandoz uning otini jilovidan uşlab olib töxtatdi, oyoği biroz şikast yedimi yoki gavdasi oğirlik qildimi, Egamberdi hadeganda oyoğini uzangidan çiqarib özini öngara olmadi. Nihoyat u oyoğini çiqarib olganda Çavandoz egilib uning yoqasidan ikki qöllab tutib yuz ön kilolik gavdasini dast kötardi.

– Çavandozdan uloqni oladigan mard topilsa topilar, lekin uning orini sindiradigan nomardni enasi hali tuqqaniça yöq. Qadamingni bilib bos sötak, agar yana biror bejo harakatingni sezib qolsam, naq ostingdagi ikki bezingni uzib olaman, höv it emgan, – dedi-da eski pöstakni uloqtirgandek otib yubordi.

Xaloyiqning olqişidan yeru-osmon guldurab ketdi, köpkari ötkazilayotgan qir larzaga keldi.

Egamberdi alamidan titrab-qaqşab, ikki qöli bilan yerni muştlab, kökragini yerga berganiça, boşini kötarolmay qoldi.

 Çavandoz uloq bilan tomoşabinlar oldiga yaqinlaşganda xaloyiqning orasidan közi bilan Oliyani izlab topdi, Egamberdi bilan Çavandozning örtasidagi tortişuvni hayajon bilan kuzatib turgan, xayolan bu bahsda eridan ança yoşligi uçun Egamberdini allaqaçon ğolibga çiqarib qöygan Oliyaning közi eri bilan töqnaşdi.

 Çavandoz şu kuni xaloyiqni ketma-ket bir neça işi bilan qoyil qoldirdi. Qari otda Egamberdining taʼzirini berdi. Asosiy sovrin – maşinani yutib oldi. Ammo Pirnazar bobo öz qöli bilan maşinaning kalitini Çavandozga topşirgaç, u mikrofondan Sodiqni çaqirib oldi, Sodiq oqsoqollarning oldiga kelganida Çavandoz kalitni uning qöliga tutdi.

– Sodiq, ma döstim, ot seniki edi, solim ham seniki. – Xaloyiq yana gulduros qarsak va hayqiriqlar bilan Çavandozni olqişladi.

“Bunday mardlikni faqat Çavandoz qila oladi!”.

“Balli Çavandoz, yaşang!” Olqişlar ostida u davradan qölini köksiga qöyib, Sodiqni hangu mang qoldirib çiqib ketdi.

Oliya Çavandozning öziga tuşgan qahrli nigohidan uning hamma gapdan xabardor ekanligini, endi navbat öziga kelganligini tuşundi, tuşundiyu dahşatdan yuragi orqasiga tortib ketdi. Darhol uyiga keldi-yu, özini qöyarga joy topolmay, dir-dir titrab-qaltirab, erining kirib kelib taʼzirini berib qöyişini, keyin esa, şarmanda qilib haydab yuborişini kuta boşladi.

Lekin Çavandozdan darak bölmadi. U keçqurun allamahal kelganida Oliya yuragi hapriqib televizor körib ötirar, közi televizorda bölsa ham nima körayotganligini anglamas, xayoli Çavandoz bilan böladigan uçraşuvning oqibati nima bilan tugaşi mumkinligini öylab öyiga yetolmas edi. Oliya erini tik turgan köyi, qörquv içida jimgina kutib oldi, Çavandoz yeçindi, xonani aroq hidi tutib ketdi.

– Chiroqni öçir, – dedi u körpaga kirarkan.

Oliya Çavandoz urmay-sökmay ertalabgaça göyo uning tanidan jonini suğurib oldi. Erining avvallari huzurbaxş bölgan temirdek oğuşida Oliya qafasga tuşgan quş holiga tuşdi, ertalabgaça azob içida tölğanib, uning qahrli extiroslaridan suyak-suyaklarigaça tegirmonga tuşgan donday ezilib ketdi, Çavandozning xurujlarini oxiri körinmasdi. Oliya bir keçaning özida ming bor ölib, ming bor tirildi. Odatda Çavandoz tong qoronğusida turib çiqib ketguvçi edi. Bu gal bor alami va ğazabini tökib xumordan çiqqandan keyingina turib ketganida oftob kötarilib qolgan edi.

 Çavandoz ertalab uydan otini minib çiqib ketgan köyi kuni bilan öylovda yurdi: Egamberdining-ku uzil-kesil qaytib boşini kötarolmaydigan qilib belini sindirdi, endi Oliyani nima qilsa ekan? Javobini bersamikan? Unda xaloyiq nima deb öylaydi, uning xotinini yaxşi körişini hamma biladi-ku. Ayniqsa, katta köpkaridan keyin Çavandoz nima uçun bunday qildi, bunga unça-munça çiroyli qiz-juvonlarni yöldan urib yuruvçi Egamberdining aloqasi yöqmikan degan savollar tuğilmaydimi, gap-söz köpaymaydimi? Bu esa Çavandozning şaʼniga töğri kelmasdi. Javobini bermasa, uning endi xotiniga avvalgi rağbati, iştiyoqi singan, uning örniga nafrat egallagan, hatto uning qölidan qanday qilib çoy-taom yeyişini, bundan keyin qanday qilib umr qilişini ham köz oldiga keltira olmasdi.

Öylab-öylab, u ixtiyorni Oliyaning öziga qöyib beriş fikriga keldi. Harqalay, u Çavandoz bilan örtada farzand bölmasa ham yigirma yil eng şirin damlarini birga ötkazdi, ayb erining özida ekanligini aniq bilsa ham ajraşmasdan, unga biror marta taʼna qilmasdan, şunça yillik umrini Çavandozga baxş etganligi haqi şunday qarorga keldi. Qolaversa u eriga faqat xayolida xiyonat qilgan, jismi bilan esa hali xiyonat qilib ulgurmagan edi.

 Çavandoz Gavharning javobini berib, Oliyani olib qoçib kelganida onasining aytgan gaplarini esladi: “Men bu zoti pastlarning uruğini yaxşi bilaman, yuz yil sen bilan umr qilsa ölib qolganda bir marta közingga çöp taşlaydi, haliyam bölsa bu yuzsiz haştarining javobini berib, Gavharginamdi qaytarib olib kel, nodon bola…” Çavandozning onasi qançalik haq ekanligiga işonç hosil qilişi uçun yuz yil emas, bor-yöği yigirma yil kifoya qildi. Haqiqatdan ham nodon ekan, öşanda bu gaplarni u öğlining qilmişidan noroziligi sababli “enam jahl ustida şunçaki javradi-da” deb öylagan edi.

 Çavandoz turib ketganidan keyin Oliya töşakda kuçuk çaynab taşlagan bir uyum uvada teriday çalajon bölib yotib qoldi, aʼzoyi-badanining oğrimagan joyi qolmagan, boş kötariş, yengil yötaliş u yokda tursin, çuqurroq nafas olsa qattiq oğriq jonu-jahonini örtab yuborar edi. Şunday bölsa ham u it azobida kiyimlarini paypaslab topib, bir amallab egniga ildi-yu, çalği bilan örilgan ötday yana töşakka quladi. Lekin u Çavandoz hali özining oxirgi sözini aytmaganligini yaxşi bilar edi. Oliya karaxt holida şu köyi qança yotganligini bilmadi, faqat kimdir çaqirayotgani arang quloğiga çalindi, birpas diqqatini yiğib, keyin qöşnisi Fotimaning ovozini tanidi. Fotima bir neça marta:

– Oliya huv Oliya, – deb çaqirgandan keyin örnidan turişga yoki ovoz berişga ham qurbi kelmay, qayerdaligi bildiriş uçun qölini uzatib, zörğa derazani oçib yubordi. Fotima deraza oldiga keldi-yu, er-xotinning yiğiştirilmagan örniga közi tuşib, iymanib ortiga çekindi, lekin Oliyaning zaif, siniq ovoz bilan özini çaqirayotganligini eşitib, yana derazaga qaytib yuzlandi.

– Fotima opa, örgilay sizdan, – dedi Oliya deyarli piçirlagan ovozda entikib-entikib, – bolalaringizni Olimanikiga yuboring, bir kelib ketsin, mening mazam heç bölmayapti.

Olima kelib uni karavotga olib yotqizdi, aççiq mastava qilib singlisini majbur qilib ozgina içirdi, Oliyaning gapi bilan poççasiga ham boşqa ovqat tayyorladi. Uning nima gapligini sörab bergan savollariga Oliya boş çayqab, şunçaki tobim yöq dedi, lekin Olima nimadir bölganligini fahmladi, şunday bölsa ham uni boşqa savolga tutmay ertaga yana kelişini aytib uyiga ketdi.

 Çavandoz tuşlikka ham, keçki ovqatga ham kelmadi. Allamahal kelib, oğilxona tomonga ötib mollariga qaradi-da, Oliyadan xabar ham olmasdan, mehmonxona uyga uxlagani kirib ketdi.

Ertalab Çavandoz har doimgidek tong qoronğusida turib, mollarini sarişta qilib bölganida Oliya ham bir amallab turib olgan, ertalabki çoyga dasturxon tuzab qöygan edi. Ammo Çavandoz işlarini qilib bölib, çoyga kelmasdan otini egarladi, işga çiqib ketganda olib yuradigan, içiga ehtiyot içkiyim, römolçayu paypoq, oqqand, soqol oladigan anjomlari, soçiq va kapçalarini soladigan safar xaltasini egarning qoşiga ildi, otini darvoza oldiga yetaklab kelib, bir paytlar Gavharning javobini berib yuborgandagidek Oliyani çaqirdi.

– Men ön kunlarda qaytaman. Agar ketmoqçi bölsang, uydan tört devordan boşqa istagan narsangni olib ketişing mumkin, – deb taʼkidladi, u – hamma narsani, yöling oçiq. Lekin ketiş niyating bölmasa bilib qöy, bundan keyin yana biror marta şunaqa öyin qilsang, kim bilan bölsa öşa bilan qöşib, çavaqlab taşlayman. Qoliş – qolmaslikni özing hal qil.

Otini yetaklab çiqdi-da , egarga ötirib yörttirib ketdi.

Oliya ketmadi, ketolmadi. Qolsa – uning uçun Çavandoznikida qoliş mislsiz azob bölişini u tuşunib turar, lekin ketiş esa undan-da qiyin, çunki erining ardoğida şunça yillik azza-bazza bölib yurganidan ketsa, bundan keyin elda qanday boş kötarib yurişini bilolmas edi.

 Çavandoz oldiga qöygan maqsadiga erişgan, uloqda uning uçun eng katta mukofot şunça xalqning oldida Egamberdining burnini yerga işqab qöyganligi edi. Lekin endi Çavandozning hayotdan butunlay hafsalasi pir böldi, Xudo unga farzand ato etmagani yetmaganday, xotini ham uning ixlos-iştiyoqini sindirdi, endigi qiliği butunlay oşib tuşdi. Şunday bölsa ham jismiga ato etilgan bitmas kuç-ğayrati uni öz holiga qöymas, bor alamini işdan olar, özi istab-istamay hamon köp pul topar edi. Faqat endi u pullarini xotiniga keltirib bermas, bolalari birin- ketin voyaga yetib, taşvişlari köpayib qolgan inilari, opa-singillarining töyimi, qurilişimi, şunga öxşaş işlariga katta-katta pul berar, Toşkentdami, boşqa joydami öqiyotgan jiyanlariga qaraşar edi. Oliyaning haliyam kelinçaklarnikidek qaddi-qomati, husnu jamoli uni endi öt-olovdek öziga çorlamas, uning oğuşi Çavandoz uçun avvalgi sehru jozibasini yöqotgan edi. U yotoğini xotinidan bölak qilib, körpa-töşagini mehmonxona uyga olib ötdi. Şunday bölsa ham ğalayon qilgan nafsining hovurini bosiş uçun Oliyaning oldiga kirib turar, xotini bilan hissiz, sovuqqina qöşilar edi. Lekin huşi kelmasa uning yotoği ostonasidan ön beş kun-bir oylab ham hatlab ötmas, bunday paytlarda tez-tez keçasi uyda tunamasdan, tong qoronğusida kirib keladigan odat çiqardi, köp içadigan bölib qoldi.

Oliya erining oldida avvalgi eʼtiborini butunlay yöqotganini bilib turar, erinig keçalari qayerda va kimnikida tunab kelişini ham faqat tusmol qilardi xolos. U endi ilgarigidek töy-yiğinlarga köp bormas, borsa ham hammani öziga qaratişga harakat qilmas, şu hozirgi mavqeiga ham rozi edi. U uyda şarpadek yurar, erining har bir xohiş-istagini avvaldan bilib, örinlatişga harakat qilar edi.

Avvallari ham xalqni bir neça bor qoyil qoldirgan Çavandozning öşa köpkaridan keyin şusiz ham mislsiz dovruği yanada oşdi, uning bu köpkaridagi körsatgan mardliklari elda neça yillab oğizdan tuşmadi. Egamberdi esa şu-şu qaytib köpkariga tuşmay qöydi, Çavandoz bor davralarga yaqinlaşmadi. Uning xotin-qizlarga boşqa tegajoğlik qilganligini ham heç kim körmadi-eşitmadi. Xalq – Çavandoz Egamberdining tanobini kekkayib ketganligi uçun tortib qöydi deb öylaganda qisman haq edi, ammo ularning örtasidagi bu tortişuvning asl sababini faqatgina Çavandoz, Oliya va Egamberdigina bilişardi xolos, boşqa heç kim bilmas edi.

 Çavandoz yuragining tubida avvaliga nimaligini özi ham anglab yetmagan qandaydir bir tugun bezovta qila boşladi, biroq vaqt ötişi bilan u buning nimaligini yana tuşunib yetdi, tuşunib yetdi-yu, bezovtaligi yanada ortdi. Bu oradan şunça yil ötib, qayta öyğongan – Gavharning oldidagi gunohkorlik hissi edi, bu his bir neça yil ötib ham kuçaysa-kuçaydiki, uni tark etmadi.

Navbahor tumanida Navruz bayramiga katta köpkari berildi. Tumanning dehqon fermerlaridan bir neçtasi solimga özlarining ataganlarini olib kelişdi. Kim muzlatgiç, kim televizor, kimdir yana nimadir atagan edi. Solimning eng yirigi – uç yaşar yirik buqa edi. Eng qattiq tortişuv ana şu buqaning ustida böldi. Havaskor, boşlovçi yoki örtamiyona uloqçilar boşqa solimlar ilinjida tuşib, birin-ketin solimlar egasini topdi. Kuçli uloqçilardan bir neçtasi esa asosiy sovrin uçun olişiş niyatida özlari va otlarini çarçatmasdan şunçaki aylanib turişar edi. Buqaga gal kelganda örtaga köpçilik tuşdi, lekin keyinçalik yetmiştaça eng çapdast uloqçilar uzoq tortişişdi. Oxirida Çavandoz hamma uloqçilarni ayirib taşlab, öttiz beş-qirq yoşlarga borib kolgan baland böyli, keng, töğri yelkali, suyagi buzuq bir yigit bilan tortişdi. U bu yigitni ilgari körmagan edi. Buğdoy rang, oçiq çehrali bu yigit Çavandozning oyoği ostiga qisib olgan uloqni uşlab olganiça qöyib yubormas, özi ham, oti ham nihoyatda baquvvat edi, oldida tajribali, kuçli raqib turganligini bilib u bilan astoydil olişardi.

“Qarşi tomonlardan bölsa kerak”, – deb öyladi Çavandoz. Yigit baʼzida kulimsib Çavandozning köziga boqib qöyar, keyin yana har ikkala tomon halol olişayotganligidan zavqi kelib, yana yangi usullar qöllab körardi. Çavandoz uning nigohida kuçli uloqçining xuddi şunday uloqçiga hurmatini tuyar, şu topda ehtimolki, özidan-da kuçli raqibga duç kelganligini ham sezib turardi. Xaloyiqning qiyqiriqlari ostida uzoq tortişganlaridan keyin u Çavandozdan uloqni şunday kuç bilan tortib oldiki, Çavandoz ham, oti ham bir qilqib ketdi. Çavandoz raqibiga tan berdi va boşqa taʼqib qilmasdan orqada qoldi. Yigit davrani yorib çiqib marraga otini çoptirib ketayotganda şu atroflik yoşroq tört-beş uloqçi uni quvib ketişdi. Ança nariga borişgandan keyin Çavandoz ularning yigitni örab olib, qamçilab, otdan yiqitib uloqni tortib olişganliklarini kördi. Bu endi oçiqçasiga ğirromlik, Çavandoz esa bunaqa işlarga sira toqat qilolmas edi. U tödaga yetib olib, uloqni tortib olib ketayotgan uloqçining yelkasiga ikki qamçi tortdi, u ögirilib Çavandozni körib sarosimaga tuşib qoldi. Çavandoz undan uloqni tortib oldi, şeriklari ham yetib kelişdi.

– Çavandoz, bu nima qilganingiz, – dedi ulardan biri Çavandozga hamla qilişga botinolmay norozi ohangda, – u begona ekan, hökiz özimizga qolardi.

– Qolganlaringniyam tortaymi hozir, – dedi Çavandoz qamçisi bilan pöpisa qilib, senlar ham şu turişingda özlaringni erkak sanab yuribsanlarmi? Bor, baring ayollarning kiyimini kiyib ol. – Yigitlar xijolat çekib yerga qaraşdi. – Tozilar şerlikni daʼvo qilişipti-da. Ikrom Çavandozdan uloqni tortib olgan uloqçidan uloqni oliş senlarning qöllaringdan keladigan işmi? Yana şunday qilsalaring belingni sindiraman hammangni!

Qarşilik yigit örnidan turib, qovoği osilgança goh-goh qamçi tuşgan yelkasi aralaş kökragini silab qöyib, otining egar-ayilini tuzatar edi. Çavandoz uning oldiga kelib uloqni uning oyoği ostiga taşladi.

– Uloğingni ol, uka, endi uzr, bir-ikkita tirriq hamma joyda böladi-da. Men özim ular bilan gaplaşib qöydim. Ahvoling yaxşimi?

– Tuzukman, – yigitning çiroyi oçilib, otiga mindi, uloqni oldiga öngardi. – Rahmat aka, mard odam ekansiz.

– Maqtoving özingga siylov, uka, men şunçaki ğirromlikka çiday olmayman. Qarşi tomonlardanmisan?

– Kasbidanman.

– Oting nima?

– Jovli.

– Böpti, Jovliboy, uloqni marradan aylantirib oborib, sovriningni ol, uloq sening haqqi-haloling edi…

Bu voqea Çavandozning esidan ham çiqib ketgan edi. May oyi kirib old pişiqçilik ham boşlandi. Paxsaçilarning ham mavsumi boşlanib, işi köpayib qoldi. Çavandoz şeriklari bilan qişloq çekkasidagi yangi hovli joylar berilgan köçada paxsa urardi. Yangi tuproq köçaga bir töda töqqiz-ön yoşlardagi bolalar ikki-uçtadan bölib, velosipedlarga mingaşib olib bolalarga xos şöxlik, qiy-çuv bilan Çavandoz işlayotgan imoratning oldiga kelişdi.

– Bova, hov, Çavandoz bova, – dedi bolalardan biri.

– Hov, buvasi, – ikki paxsa bölgan imoratning deraza örnidan Çavandozning boşi körindi, – Azamatmisan?

Bola ukalaridan birining nevarasi edi.

– Uyingizga mehmon keldi, boraykansiz, – dedi bola Çavandozga ham qaramasdan qişloq bolalariga xos qiliq bilan, imoratni tomoşa qilib.

– Kim ekan mehmonlar?

– Tanimadik.

– Mehmonlar neça kişi ekan, buvasi?

– Uçovmi-yey.

– Fozil amakingga ayt, mehmonlarni uyga olib kirsin, özida bölsa bir qöçqor, bölmasa şişakmi, töqlimi, biror nima söydirib tursin, mening ikki peşvoy loyim qoldi, yarim soatda yetib boraman

– Pozil buvam uyida yöq, Amriddin amakimga aytaman, – dedi bola yana öşanday Çavandozga qaramasdan.

– Amriddin amakingga ayt, bor, buvasi böyidan.

 Çavandoz bel otaturib mehmonlar kim böldi ekan deb, tusmol qilib ham öylab topa olmadi. Möljaldagi qolgan ozgina loyni şeriklarining öziga qoldirib uyiga ketdi. Uyiga yaqinlaşa turib uzoqdan bir yengil maşinani va bir usti yopiq qutilik yuk maşinasini kördi. Darvoza oldida turgan tört kişidan biri taniş körindi, u Jovli edi, ularni ukasining öğli Amriddin içkariga çorlayotgan edi, mehmonlar Çavandozni körib töxtaşdi.

– Çavandoz aka, mehmon olasizmi? – deb öziga xos oçiq çehrasi bilan kulib quçoğini oçib keldi Jovli.

– E, Jovliboy, kel uka, mehmon atoyi Xudo deydilar, xuş kepsilar.

Quçoqlaşib körişişdi.

– Bular otam, bu Eşpölat akam, asli amakim, aka deb ketganmiz, huv kelganda körgandirsiz, birga kelgan edik. Bu döstim, Norpölat.

Avval qariya, keyin Eşpölat körişdi, ellik yoşlardagi bu odamni Çavandoz esladi. Jovlining otasi – uzun soqolli, barvasta, baland böyli qariya yetmiş beş-yetmiş oltilarda bölsa ham hali tetik edi.

– Karmananing mard köpkariçisiğa biz ham bir mardçiliq qiğani keldik, Çavandoz, – dedi u ham quçoğini oçganiça, – dovruğingizdi köp eşitib edim.

– Qulluq, qulluq, buva, – deb körişdi Çavandoz.

– Qani, Jovliboy, Çavandoz akangga ataganingdi opkel-çi.

Jovli bilan Norpölat kötarma tuproqqa orqasi bilan taqab qöyilgan usti yopiq yuk maşinasining orqa eşigini oçib, qop-qora tusli bir toyni tuşirişdi. Toy yerga tuşib atrofga olazarak bölib, quloğining çimirdi, keyin böyni va tumşuğini çözib havoni hidladi, begona hidlarni tuyib bezovtalandi va bu yoşdagi böyniga endi arqon tuşgan hamma toylar singari qaysarlik qilib, böynidan ipni çiqarmoqçi bölib orqaga tislandi, keyin Jovlining atrofidan jon-jahdi bilan aylanib yugurdi. Jovli ipni kalta uşlab Çavandozning toyni yaqindan körişiga imkon berdi, yölda çarçab-toliqib qolgan toy birpas tek turdi.

 Çavandoz bir qaraşdayoq toyning xuşbiçim qomati, ingiçka böyni va tumşuğiga qarab, u asl zotli otlardan ekanligini payqadi. Uning qölidan şu paytgaça ança-munça yaxşi otlar ötgan bölsa ham, bunaqasi hali tuşmagan edi, uning içiga hayajonga öxşaş iliq bir nimadir kirdi, közlariga işonmadi. Toy bir yoş- bir yarim yoş örtalarida bölib, közlari ohuning közini eslatar, mijjalari uzun-uzun, qomati çiroyliligi uçunmi, Çavandozning köziga uning har bir harakati çiroyli bölib körinar edi. Qariya avval Çavandozning harakatini jim kuzatdi, keyin u toyning u yer-bu yerini uşlab körib, zotli otlardan ekanligini tuşunganligini Çavandozning yuz ifodasi va köz qaraşlaridan bilgaç, mamnun bölib gapirdi:

– Körib turibman, otni tanir ekansiz-a, Çavandoz. Bu otning bobokalonlari bilan Tojikistongaça, Afğongaça borib, solimlar olib kelganman, öşanda Jovliday qirq yoşlarda edim…

Mehmonlar bir keça qönoq bölib ertalab ketişdi.

Şu-şu Jovli bilan qadrdon aka-uka kirişib qolişdi. Jovli tortiq qilgan toy Çavandozning şunça yillik köpkariçiligida qölga kiritgan hamma solimlaridan ham qimmatliroq sovğa edi. Jovlining otasi Eşmamat buva uning mardligini ana şunday taqdirlagan, öz sözi bilan aytganda, Çavandozning mardligiga “mardçiliq qiğan” edi.

 Çavandoz toyga qop-qora tusliligi uçun “Qaldirğoç” deb laqab qöydi. Qaldirğoç Çavandozning hayotiga yangi mazmun bağişladi. Uning ham hamma tirik, orzu-havaslarga töla odamlardek bolalarga ayriça mehri bor edi, u qölidan kelguniça gödak jiyanlarini erkalab-suyar, lekin Bozorgul ena mayda nevaralarini unikida köp yurgani qöymas, şu sabab uning hayoti nursiz, köngli kam bölib yurar, endi esa keça-kunduz uning kunlarini yoritguvçi bir nur paydo bölgan edi. Çavandoz köpgina befarzand oilalalarda it, muşuk boqişlarini körgan edi, ammo u it va muşukni yoqtirmasdi, toy unga göyoki farzand qatori bölib qoldi, unga bor mehrini berdi. Çavandoz dösti Sodiqning öğli Abdullani yoniga olib, Qaldirğoçni uloqçi ot qilib tarbiyalay boşladi. Çavandoz katta köpkarilarda Qaldirğoçni köpinça bu paytga kelib yaxşigina uloqçi bölib qolgan Abdullaga berib, ham Abdullani, ham Qaldirğoçni tomoşa qilib, zavqlanib töymas edi. Çavandozning parvarişi, eʼtibori bilan asl zotli otlar naslidan bölgan, fahmu farosatli, aqlli Qaldirğoç – uç-tört yilda yaxşi ayğir, haqiqiy uloqçi ot bölib yetişdi va sohibining özidek uzoq-uzoqlarga dovruq taratdi. Qaldirğoçni tomoşa qilgani nafaqat köpkarilarga, balki Çavandozning uyiga ham kelişardi. Undan avlod oliş uçun biyalarini qoçirişni sörab keluvçilar ham kam emasdi, lekin Çavandoz har qanday biyaga ham Qaldirğoçni qöşmas, yaxşilab otni közdan keçirgaçgina didiga ötirgan biyaga qoçirişga ruxsat berardi. Çavandoz biror marta sotaman degan bölmasa ham, Qaldirğoçni uzoq-yaqinlardan otning aşaddiy işqibozlari, ayniqsa puldor boyvaçça, tadbirkorlardan sörovçi xaridor köpaygandan köpaydi. Şunday xaridorlardan biri qirq yoşlardagi eski tanişi – tadbirkor Abduraşid edi. U bir neça marta kelib Çavandozni hol-joniga qöymasdan avval aytgan narxining ustiga yana qöşib, sönggi kelişida otga “Mersedes” maşinasini almaştirişni taklif qilib ketgan edi.

 Çavandoz ertalab turib Qaldirğoçni egarladi va Abduraşidni izlab ketdi, uni yangi işga tuşirgan ğişt zavodidan topdi.

– Abduraşid, otni oliş fikridan qaytganing yöqmi? – deb söradi Çavandoz söraşişgaç. Abduraşid avvaliga öz quloqlariga işonmadi, u bundan ikki oyça avval Çavandozga “oğzingizga siqqan pulingizni ayting, qança desangiz şunça beraman” deb, hatto ellik ming dollarga olgan yangi “Mersedes” maşinasini taklif qilgan çoğida ham Çavandozni otini sotişga köndira olmagandi, endi esa uning bu işidan hayron qoldi.

– Nima uçun öşanda gapimni hatto tinglamagandingiz-u, endi öz oyoğingiz bilan kelib turganingizni tuşunmadim, lekin otingizning bahosini ayting, Çavandoz, – dedi Abduraşid.

– Ön beş ming, – bir pas turib yana dedi, – ön beş ming dollar berasan.

Abduraşid yana hayron qoldi.

– Men öşanda sizga deyarli uç baravar narx aytgan edim, siz esa ön beş ming deyapsiz?

– Abduraşid, sen meni asp jallob deb öylayapsan çoği, uka. Asli-ku bu otning bahosi yöq, lekin menga ön beş ming dollar kerak, ellik ming kerak bölganda ellik ming ber deb aytgan bölardim. Men senga, – Çavandoz xomuş tortib, ovozi titrab çiqdi, – buyum, mol sotayotganim yöq, eng aziz narsamni, orimni berayapman, uka.

Abduraşid Çavandozga otini sotiş oson bölmayotganligini tuşundi, şuning uçun ortiqça gap qöşmadi, unga nima uçun pul kerak bölib qolganligini ham tuşunmadi. Qöl telefonini oldi-da, kimlargadir bir-ikkita qönğiroq qildi, keyin xursand bölib ikki qölini bir-biriga işqalaganiça ukasini çaqirdi:

– Abdunazar, Çavandoz buvangga u-bu olib kel, bir bitimni yuvaylik.

– Yöq uka, boşqa safar, hozir emas. – Abduraşid unça-munça böz bola yigitlar hali Çavandozning oldida aroq içişda ip eşolmasligini bilar edi, astoydil qistadi, lekin Çavandoz könmadi. Bu orada maşinada ikki yigit Abduraşidga bir paketda pulni keltirib taşlab ketişdi, u pulni avval özi sanab, keyin Çavandozga “sanab oling” dedi. Çavandoz pulni sanab ötirmasdan paketga joyladi, qöl taşlab “bor baraka” qilişdi, keyin esa oti bilan xayrlaşiş uçun sim yoğoçga boğlangan Qaldirğoçning oldiga keldi, otning böynidan quçoqlab, bağriga bosdi, közlari jiqqa yoşga töldi, yelkalari qaltirab bir neça daqiqa unsiz yiğladi.

– Eh, Ikrom aka, odamning yuragini ezib yubordingiz-ku, – dedi buni körib Abduraşid, keyin Çavandozning oldiga kelib otning tizginini yeçib uning qöliga tutqazdi. – Mang otingiz, pulni olib ketavering, topganingizda olib kelib berarsiz, tilxatingiz ham kerak emas. Yurtda hurmatingiz bor, sizning dangal, mard odamligingizni hamma biladi-ku, axir şunday kelib, “Uka, zaril böp qoldi” desangiz şundoq ham berib turardim-ku, aka.Tuşunaman, mening ham yuragim toşdan emas-ku.

 Çavandoz otning böynini qöyib yubordi, keyin köz yoşlarini artdi-da, yana öşa qaltiragan ovoz bilan dedi:

– Men şu yoşga kirib birovdan qarz olmaganman, Abduraşid uka. Endiyam olmayman. Lafz halol, qöl taşlaşdik, ot seniki.

– Ikrom aka, töxtang, Abdunazar sizni uyingizga maşinada eltib qöyadi.

 Çavandoz ortiga qayrilib ham qaramasdan, ”kerak emas” maʼnosida qöl silkib, oğir-oğir qadamlar bilan zavod darvozasidan çiqdi.

Keçqurun pulni qöyniga solib,Jabborqul öğli Zarif bilan işlayotgan mahallaning yangi qurilayotgan maktabiga bordi. Işi tugagaç, undan gaplaşib oliş uçun biroz töxtab turişini söradi, ikkalasi yolğiz qolişdi.

– Jabborqul, yangi imoratingni sotmoqçi emişsan deb eşitdim.

– Agar xaridor bölsangiz keç qoldingiz, Çavandoz, men kelişib, vaʼda qilib qöydim, – dedi Jabborqul va içida “befarzand Çavandoz imoratga nima uçun qiziqdi ekan, birorta jiyaniga olib berib, himmat qilmoqçi bölsa kerak-da” deb öyladi.

– Agar sotmagan bölsang, şuni sotma deb aytgani keluvdim.

Jabborqul yana ajablandi:

– Nega endi, Çavandoz, tuşunmadim?

 Çavandoz ustaning oldiga pulni qöydi.

– Mana uka, ön beş ming dollar.

– Bunday tuşuntiribroq gapiring, Çavandoz, bu nima özi?

– Pul, jiyaningni çet elga öqişga ketişi uçun.

– Men sizdan pul-mul söraganim yöq edi-ku?

– Endi uka, hammaning xabari bor, imoratni qança qiyinçilik bilan, ming orzu-havas bilan qilgansan. Bu yoqda bolalaring ham katta bölib qolişdi. Rahmatli Ğafforqulning bolalarini ham otalarini yöqligini bildirmasdan öqitib töylarini qilayapsan, baraka top. Şunga şu pulni olib qöysang devdim, hovlingni sotma, mendan qarzi hasana, meniyam heç bölmasa ozgina bölsayam savobdan benasib qilma, uka.

– Imoratni sotayotgan bölsam bu meni işim: imorat meniki, bola meniki.Boş omon bölsa, bolalar pul topib öz kunini özi köradidigan bölsa, yana imorat, hovli-joy qilarmiz. Pulingiz köp bölsa özingizga, bunaqa qilib odamning hamiyatiga tegmang, Ikrom aka. Men heç kimdan sadaqa olmaganman, olmayman ham.

Jabborqul pulga qaramay ketmoqçi böldi.

– Agar sen olmasang, unda bu pulning mengayam keragi yöq.

 Çavandoz bu gaplarni öpkasi tölib, qaltiragan ovozda aytdi, Jabborqul unga ögirilib, Çavandozning közlari jiqqa yoş ekanligini kördi.

– Qiziq odam ekansiz-ku, Ikrom aka, muddaongiz nima özi?

 Çavandoz birpas töxtab turib dedi:

– Jabborqul, men Gavharning oldida köp gunohkorman, unga qança ozor berdim, uni zor-zor yiğlatib, ketişga majbur qildim. Xudo-ku uni yorlaqadi, qöşa-qöşa farzand berdi. Lekin bir paytlar qilgan gunohimdan vijdon azobini men endi tortayapman.

 Çavandoz köz yoşini töxtatolmas edi.

Jabborqul nima qilişini bilolmay qoldi. Yöq, u baribir bu pulni ololmaydi, xotiniga nima deydi: “Çavandoz berdi, yordam qilmoqçi ekan” deydimi? Gavhar bunga hatto “Çavandozdan qarz oldim”, desa ham aslo rozi bölmaydi. U bir muddat öylanib qoldi.

– Yöq, Ikrom aka, pulingizni sira ololmayman.

– Jabborqul, köngling qabul qilmasa keyinçalik qaytararsan. Men bu pul uçun Qaldirğoçni sotdim, tuşunayapsanmi, otimni sotdim. Butunlay sotdim, endi qaytib olmayman, ololmayman.

– Nima dedingiz, otimni sotdim?!

Jabborqul joyida ötirib qoldi. Bugun Çavandoz uni hayratga solişdan töxtamayotgan edi. Nahotki u şunça paytdan beri birovlarning tuşiga ham kirmagan pullarga sotmagan otini sotgan bölsa? Ikrom Çavandozday odamning şunça dovruği ketgan, yeru-kökka işonmaydigan otini şuning uçungina sotganiga aql bovar qilmas edi. Jabborqul agar u hozir pulni olmasa, şunçalikka borgan Çavandoz aççiq içida, iztirobda özini biror nima qilib qöyişdan ham qaytmasligini xayoliga keltirdi, öylovda qoldi.

– Bölmasa bunday qilamiz, Ikrom aka. Pulingizdan beş mingini olaman, uni ham qarz deb, hali Gavhar rozi bölsa. Imkonim bölişi bilan qaytaraman.

 Çavandoz buni eşitib sal çiroyi oçildi, lekin u pulning bir qismini qaytarib olib ketişga ham könmadi.

– Sen jiyaningni qayerga yuborayapsan? Angliyaga.Toşkentga yoki hatto Moskvaga emas. U yerga orqasidan sörab borolmaysan, menga bunça pul yuboring desa yana kimga borasan? Öşaning uçun qolganini ham olib qöy, hidini çiqarma. Bolani şunday uzoq joyga yuborayotganingdan keyin qölingda ehtiyot şart kattaroq pul tursin.

Jabborqul bu haqda öylab körmagan ekan, Çavandozning sermulohaza odam ekanligiga tan berdi.

– Gavharga ham tuşuntirib ayt. Faqat örtamizda bölgan oldi-berdini Gavhar, senu mendan boşqa heç kim bilmasin…

 Çavandoz Qaldirğoçni Abduraşidga berib yuborgandan keyin sevimli otiga nisbatan şafqatsizlik, ehtimolki, hatto xiyonat qilganligidan bağrini örtagan iztirobdan bir neça kun gangib yurdi.

“Keçir meni, Qaldirğoç, keçir. Seni sotib men juda katta gunoh qildim. Lekin bu işni juda köp yil oldin qilgan, bundan-da kattaroq boşqa bir gunohimni salgina bölsa-da yengillatiş niyatida qildim” degan öylar bilan bir neça kun öziga taskin berişga urindi. Könglini yana Çavandoz huv Oliya va Egamberdi bilan orani oçiq qilib olgandan keyingi kabi tuşkunlik egalladi. Lekin bu holat bir neça kundan keyin ötib ketdi. Har qalay, usta Jabbor yangi imoratini sotib yubormasdan jiyanini çet elga öqişga yuborganidan keyin ança tinçlandi. U buni Gavharning şunça yildan keyin bölsa ham, uning gunohini loaqal ozgina bölsa ham keçirganining belgisi deb tuşundi. Şunday kayfiyat bilan bir kuni onasining oldiga bordi.

– Ena, yöq demasangiz men Nasimni öz uyimga olib kelib, uylantirmoqçi edim, – dedi. Nasim – Bozorgul momoning tört qizidan eng kiçigi, Çavandozning singlisi, bir etak bolalari birdan katta bölib qolib, ularning taşvişlari bilan tirikçilikdan andak qiynalib qolgan Oysuluvning ikki-uç yil burun harbiydan qaytib kelgan traktorçi öğli edi. Keyinçalik hamma, “ Çavandozning qölida tuf deb tugib qöygan puli yöq ekan, otini jiyanining töyiga xarj qiliş uçun sotgan ekan-da” degan xayolga borgan edi. Lekin kampir öğliga otini nima uçun sotganligini, bu iş unga oson bölmaganligini va u bu pulni nima qilganligini sezib turardi. Bozorgul momo şuningdek, Jabborqul va Gavhar Çavandozdan bu pulni osonlikça olmaganliklarini ham fahmlab turar edi. Buni Çavandoz qanday qilib uddasidan çiqqanligini u bilolmadi, undan sörab ham ötirmadi. Şunday bölsa ham, Çavandoz Gavharning oldida ozgina bölsa ham öz gunohini yengillaştirganligi, şu bilan kampirning ham könglidagi xijillikni bir qadar aritganligi sababli, köngli yumşadi. Öttiz yildan beri özi unga nisbatan qattiqqöl va bemuruvvat bölib kelgan, hozir esa oldida yoş boladay közlari iltijoli möltirab turgan öğliga mehri iydi.

– Beriroq kel, Ikrom, – dedi.

 Çavandoz onasiga yaqinroq surildi, unça-munça nevara-evaralarini ham hadeganda erkalavermaydigan kampir uning boşini qöli bilan köksiga bosdi. Tölib turgan Çavandoz onasining tizzasiga boşini qöyib, yelkalari titrab-silkinib, köz yoşlarini yaşirmay baralla yiğlab yubordi.

Istam HAMROYEV

Navoiy viloyati

“Yoşlik”2012/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)