(Badia)
Adabiyotni hamma öz mezoni bilan baholaydi. Agar barçaning qölida tarozisi bölsa, unga turliça toş qöyiladi. Umumiylikdan xususiylikka ötadigan bölsak, men uçun adabiyot, avvalo, dars jadvalidagi maşğulot edi. Muallim qönğiroq çalingaç, kirib keladi, xuddi baxşi doston boşlaşdan oldin dömbirasining quloqlarini tortib qöygandek, tiyiqsiz bolalarni tobiga keltirib oladi-da, darsni odatdagidan boşqaçaroq boşlaydi, yaʼni “ötgan darsni baholamay”, birdaniga yangi darsni bayon etişga kirişadi.
Odatda, bugun ötiladigan mavzu muhimroq bölsa, ustoz şunday yöl tutadi: köngliga tugib kelgan gaplarini emin-erkin tökib soliş uçun vaqtdan yutiş maqsadida. Agar u hafsala qilsa, qönğiroq çalingunça, yaʼni 45 daqiqa yangi darsni tuşuntirişi (bayon qilişi) mumkin. Haytovur, muallimning qalbida ham qandaydir uçqun bor şekilli, şavq va hafsala bilan töyib gapiradi. Garçi uning maʼruzasi ança uzun bölsa ham bolalarni zeriktirmaydi (har holda matematika yoki fizika emas-ku), aksinça, ustozning zavqi öquvçilarga ham köçib, sinfxonada jonli bir hayot hukmron böladi. Unda tirik odamlar yo salbiy qahramon, yo boş qahramon qiyofasida kezib yuradi. Ular yoş qalblar uçun butunlay yangilik bölgan hayot ziddiyatlariga duçor böladilar, qiynaladilar, iztirob çekadilar, nihoyat, ötlarda kuymay, suvlarda çökmay, “murod-maqsadlariga yetadilar”, ular dunyoni asrab qoladilar. Ular borki, hayot davom etadi, ular borki, quyoş porlab turibdi. Balki ularning aynan özi Quyoşdirlar.
Ustoz mubolağani ança baland olgan, deganki, “Agar dunyoda haqiqat bölmasa, hayot bölmaydi. Quyoş hayotni osmondan taʼminlab bersa, Haqiqat yerda uning tomirini uşlab turadi”. Şunday qilib, murğak qalblarda Haqiqatni örgatadigan, uni vasf etadigan fan sifatida Adabiyot muhrlanib qoladi va “Adabiyot haqiqat fanidir, kim adabiyotni bilmasa, hayotni bilmaydi, çunki bunday odam hayotning yerdagi asosi Haqiqatdan bexabar, uni tanimaydi, uni sevmaydi, uni hurmat qilmaydi” degan momiq patli tuşunça paydo böladi.
Va tajriba orta borgaç, ana şu möjizani – Adabiyotni yaratuvçi insonlar bölişini, ular Şoir, Yozuvçi va yana boşqa nomlar (masalan, Adib, Tanqidçi degandek) yuritilişini bilib olamiz hamda ularni qidira boşlaymiz. Qaysidir kitob didimizga ötirsa, uning muallifi “Adabiyot yaratuvçisi!”. Qarabsizki, bir röyxat paydo böladi, u tölib boraveradi. Taʼbir joiz bölsa, hazrat Alişer Navoiydan boşlangan bu röyxatning neçançidir örnida …Odil Yoqubovning ism-şarifi bölgani aniq.
…Qölimga bir kitobça tuşib qolgandi, kaftdekkina, ustiga yaproqlarning surati tuşirilganmidi-yey. Bu Odil Yoqubovning ”Muhabbat” va “Tilla uzuk” qissalari jamlangan töplam edi. Uni mutolaa qilib bölgaç, uluğ orzular, inçunun, oliy öquv yurtiga kirib öqişni diliga tugib yurgan ösmir kiriş imtihonidagi qalloblikdan qattiq iztirobga tuşganman, hayotda şunaqa holga duç kelsam, nima qilardim, deya mulohazaga borganman.
Bu hozirgaça şunday olamda yaşagan öquvçining ertaklar, afsonalar, mubolağalar olamidan jonli hayot qöyniga tuşişi edi va bu vazifani hurmatli yozuvçining aynan voqelikdan olib yozilgan va uning “nashʼu-namolari” juda taʼsirçan aks ettirilgan möjazgina asari bajargandi. Şundan keyin yoş havoyi köngilni böşliqdan zaminga tuşirib qöyişga qodir bölgan “adabiyot”ning muallifi qadrdon bölib qoldi va bu adibning yozganlarini qoldirmay öqiş odatga aylandi. Keyinroq mutolaadan çiqqan kitoblarni yiğa boşladim, ularni daftarga qayd qilib bordim. Röyxatning boşida öşa kitobçaning nomi qayd qilingan edi. Şunday qilib, köpçilik “Maʼnaviy xazinam” deb ataydigan şaxsiy kutubxonaning birinçi bisoti ham Odil Yoqubovning asari böldi.
Milliy adabiyotimiz naqadar boy, uning safini bir-biriga öxşamagan, betakror köplab söz sanʼatkorlari taşkil etadi. “Önta bölsa, örni boşqa” deganlaridek, har birining öz olami, aytar sözi bölgan, bor. Musiqa asboblari birining örnini biri bosolmaganidek yoxud ularning birini yaxşi, birini yomon, deb bölmaganidek, söz ahlining har biri ham muxlislar qalbida öziga xos timsol kaşf etgan. Afsuski, vaqt va zamon nuqtayi nazaridan qalamkaşlarning hammasini bir xil baholab bölmaydi. Ularning qay biridir ming yillarning narisida umrguzaronlik qilgan bölsa, birovlari yuz yillar ufqidan borliqqa nazar solib turadi. Lekin Odil Yoqubov bilan bizlar zamondoş edik. Yana menga u zotni köriş, qöl olib salomlaşiş nasib etgan. Qolaversa, ögitlarini tinglaş, marhamatlaridan bahramand bölişga ham ulgurganman.
“Özbekiston madaniyati” gazetasi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” nomi bilan qayta taşkil etilgaç, u tez orada muxlislar qalbini zabt etişga ulgurdi. Özbekiston xalq yozuvçisi Asqad Muxtor boş muharrir bölgan naşr matbuotimizda yangi yöl oça oldi. Uning sahifalarida eʼlon qilingan dolzarb va qiziqarli mavzulardagi tahliliy maqolalar ijtimoiy fikr osmonida çaqmoqdek iz qoldira boşladi. Albatta, qisqa davrda röy bergan bunday “portlaş effekti”ni Odil Yoqubov rahbar bölgaç, izçil davom ettiriş oson emas edi. “Çempion böliş oson, uni saqlab qoliş qiyin” deganlaridek, yangi boş muharrirning zimmasida qozonilgan işonçni oqlaş, şu bilan birga muxlislar qalbiga yana çuqurroq yöl topiş vazifasi turardi. Heç ikkilanmay aytiş mumkinki, bu talab töla bajarildi, boz ustiga oşirib uddalandi. Gazeta mavzulari yana ham kengaydi, endi bosiq, öylaşga undaydigan ruh ustivor böla boşladi.
Xullas, gazeta “çaraqlab” turgan kezlarda jurnalistika fakultetining uçinçi kurs talabasi amaliyotni ana şu naşrda ötay boşladi. Bu maşğulot unga qançalik zavq-şavq ulaşganini tasavvur qiliş qiyin emas. Amaliyotçilar tahririyatning barça maşvaratlariga ruxsat etilavermasa-da, haftalik adabiy muhokama (letuçka)da qatnaşişga ijozat bölgandi. Ana şu asnoda boş muharrirning ijodiy jamoa bilan munosabatiga yaqindan guvoh bölişga muyassar bölganman.
Gazetaning qaynoq muhiti ohanrabodek öziga tortdi. Bizlar ham ustozlarga taqlid qilib (özi, köplab xayrli işlar yaxşi maʼnodagi taqliddan boşlanadi), muammoli maqolalar yozişga bel boğladik.
Men ham çöllarda yangidan taşkil etilgan aholi yaşaş qarorgohlari – posyolkalar bilan boğliq qandaydir masalalardan bahs etuvçi “Bugungi posyolka – ertangi şahar” sarlavhali maqola yozdim. Bölim muharriri, adabiy kotib singari bosqiçlardan ötib, maqola epaqaga keldi, bosmaxonaga tuşib, teriliş baxtiga ham muyassar böldi. Endi asosiy gap – gazeta sahifasida körinişi qolgan edi. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”da maqolang çiqibdi” degan xuşxabarni eşitaman, deb kunlarni sanab ötkaza boşladim. Bu orada amaliyot muddati ham tugadi, öqişlar ham boşlandi. Endi kunlar izidan haftalar öta boşladi, biroq maqola yoruğlik yuzini körmasdi. Haftalarni quvib, oylar ham ötdi, amaliyotdan imtihon topşiriş muddati ham yaqinlaşdi.
Rostdan ham, tahririyat papkasi maqolalarga tölib ketgan, eng yaxşilari saralanib-saralanib eʼlon qilinardimi yoki talabaning “ijodi” unçalik ohanraboli emasdimi, xullas, posyolkadan şahar paydo bölişga yetadigan muddatda ham maqola çiqmadi. Nima qiliş kerak? Quyidagi barça xodimlarga iltimoslar beiz ketgan, hatto amaliyot rahbari – bölim muharririning saʼy-harakati ham iş bermagan edi. “Yotib qolgunça otib qol” qabilida özim boş muharrirga kirişga qaror qildim. Ança tayyorgarlikdan söng şu işni amalga oşirdim.
Kotiba mening kirmoqçi ekanimni bildirgaç, rahbar, haytovur, qabul qilişni ep kördi (holbuki, ötgan yil amaliyot ötilgan boşqa bir tarmoq gazetasining rahbari özi qabul qilmay, muoviniga yöllagan edi). Rosa tölib ketgan ekanmanmi, hasratimni tökib solgan bölsam kerak-da, taniqli yozuvçi ham mutaassir bölib, öz tuyğularini izhor etgan. Şu suhbatda bir gap xotiramda alohida örnaşib qolgan: “Köplab yoşlar tuflisining izidan ergaşib yuradi, özi miyasini işlatib, harakatini boşqara olmaydi”. Keyin bir oz taskin berib, “Hali köp maqolalar yozasiz, katta jurnalist bölasiz. Har narsaga xafa bölavermang” deganlar. Şundan keyin masʼul kotibni çaqirib, “Talabaning maqolasi uç oydan beri terilgan turibdimi, nega berib yubormadinglar?” qabilida bir oz daşnom berganlar. Maqola şu sonda eʼlon qilingan. Uning çiqişi kursdoşlarim örtasida men uçun obrö bölgan.
“Bir körgan biliş, ikki körgan taniş” deganlaridek, köplab kitobxonlarga ega bölgan yozuvçi endi menga ham yaqinroq edi va bundan çinakamiga içdan faxrlanar edim. Taassurotlarim har holda teranroq mulohaza yuritişga ham undardi. Çunonçi, “Nima uçun yozuvçi böladilar? Nihoyati qozon qaynatiş uçunmi? Bunaqada tirikçilikning unğayroq yöllari ham bor-ku (bunday fikrga kelişimning sababi – oliy taʼlim tahsilidan yozuvçi-şoirlarning hayoti silliq keçmaganini, ular hamma joyda “özlarining borligi”ni bildirib, boşiga taşviş orttirib yurişlarini bilgan edim), masalan, qöliga bigiz olib, etikdözlik qilişi yoki oş damlab odamlarni boqib ham kun körişi mumkin” qabilidagi odmi mulohazalarga ham izn berardi.
Köp ötmay, bu savollarimga jonli hayotning özidan javoblar topilib qoldi. Qizil imperiya hayot-mamot damlarini keçirayotgan pallada turli millat va madaniyatning eng yetuk vakillari boş qarorgohga töplanib, maşvarat qilardi. Bu izdihom aksariyat “Motamga borgan öz dardini aytib yiğlaydi” qabilida tus olardi. Bu “aytiş”ning salobati oğir, avvalo, navbat tegişi ham dargumon, aytuvçilarning mavqei bir-biridan baland, keyin esa bu talotöpda til uçidagi gapni eplab aytiş ham alohida mahorat talab qilardi. Ana şu köpkarida xuddi xalqimiz timsolidek kamtar, kamsuqumlik bilan Odil Yoqubov ham maʼruzalar qilgandi.
Yozuvçimizning çuqur iztirob, töla dard bilan aytgan gaplari iştirokçilarni hayajonga sola olgan, ular qariyb jannat deb taʼriflanuvçi ölkada ham jiddiy muammolar borligini his eta olgan edilar. Jumladan, osmondan tonnalab yoğiluvçi zahri qotillar – gerbitsitu pestitsidlar odamlarning jigarini eritib yuboribgina qöymay, onalarning naslini ham abgor qilganligi haqidagi dardli maʼruzalar hammani huşyor torttirgandi. Şunda yozuvçi Odil Yoqubovning nutqi katta suronlarda xalqining ovozi bölib yangragan, uni millat, xalq uçun jonfido vatanparvar sifatida kaşf qilganmiz. Şu örinda yozuvçilikning mohiyati ham ayon bölgan. Bu kasb kişisida özini ötga-çöqqa uradigan jurʼat bölişi lozimligini his etganmiz.
Öşa çiqişlarning birida özbekça “xalfana” degan ibora işlatilgan, şerikçilikning talablari qadimiy qadriyatimiz misolida tuşuntirilib, umumiy qozonda har bir iştirokçining uluşi unga solgan masalliğiga qarab teng taqsimlanişi haqidagi bizda qaror topgan qadimiy udum eslatilgan. Holbuki, öşa paytlarda (umuman, şöro zamonida) bu meʼyor buzilgan, boşdan-oxir unga amal qilinmagan, kimdir nuqul masalliq taşigan, kimdir faqat tayyor oşga bakovul bölgan. Şu latif tanbeh orqali Odil Yoqubov öz xalqining farzandi, milliy qadriyatlar bilan voyaga yetgan, ulğaygan ziyoli ekanini körsata bilgan edi.
Yurtimiz mustaqilligining bir yilligi nişonlangaç, ança oldin taşkil qilingan “Amir Temur ötgan yöllar böylab” yoşlar safari ikkinçi bosqiçini Ötror yönalişi böyiça davom ettiradigan böldi. Şu safar asnosida Odil Yoqubovning kindik qoni tomgan Qarnoq qişloğiga ham taşrif buyurildi, xonadonlarning birida tunab ham qolindi. Ertasi qişloq atroflarini közdan keçirdik, köplab odamlar bilan muloqotda böldik. Bu kezişlar yana bir marta atoqli yozuvçi olamini his etişda asqotdi.
Bu göşada mubolağasiz buyuk ajdodlarimiz nafasini tuyiş mumkin edi. Bir neçta ulkan va qadimiy qabristonlar, masjidlar, ming yillar oldingi uluğ taraqqiyotni bağrida saqlab yotgan tepaliklar ana şu teran haqiqatni tasdiqlardi.
Keyinçalik qoğozga tuşgan şu kunlar şarhida şunday satrlar bor ekan: “Qarnoqda eng yayragan Iskandar böldi. Bu joy uning ota yurti, padari buzrukvori – maşhur yozuvçi Odil Yoqubov şu qişloqda tuğilgan. Ularning hovlisi Irmoq daryosi yoqasida, ilon izi suv yöli böyida. Minglab tollar şoxlarini tarvaqaylatib, qör tökib turişibdi. Şu manzarada bir ajib sehr bordek tuyuladi. Yana qimmatli tomoni şundaki, yetti xil maʼdandan Qarnoqda quyilgan doşqozonning ustalari safida şu qişloqliklar ham bölişgani tarixdan maʼlum. Agar Amir Temur unça-bunça odamga işonç bildiravermaganini hisobga olsak, bu yerda qadimdan hunarmandçilik rivojlanganiga şak-şubha yöq”.
Atoqli yozuvçi esa öz ona qişloğiga, uning odamlariga muhabbatini “Uluğbek xazinasi” romanidagi Qalandar Qarnoqiy timsoli orqali ifodalagan.
Garçi bir şaharda yaşab, matbuotda faoliyat körsatib turgan bölsam ham Odil Yoqubov bilan muttasil muloqotda böliş nasib etmadi. Katta şahar hayoti, böhronli qalamkaşlik olamida bu odatdagi hol. Agar biror tasodif yoki saxovatli odam sabab bölmasa, yon qöşningni ham tanimay ötib ketişing mumkin şaharda. Biroq adibning 80 yillik töyi bölişini eşitib, köp qatori olim akamiz Mahmud Sattorov hamrohligida ixlos bilan oşga taşrif buyurganmiz, azbaroyi mehrimiz, hurmatimiz tufayli oqşom yozuvçining xonadoniga ham “eşikni taqillatmay” (bu dargohning samimiyati şunga izn berardi) kirib boraverganmiz.
Dasturxon atrofidagi suhbat kinolentasidek tasavvurda abadiy yaşaydi. Özbekona mehmonnavozlik asnosida bepoyon kengliklar bağrida ulğaygan, zuvalasiga halollik va diyonat qorişgan muhtaram zotning elga manzur qilgan fazilatlari moyasini ilğaşga, asarlarida dölvor, şijoatli, mard kişilar qiyofasini yaratgan sanʼatkorning estetik olamini tasavvur qilişga intilganmiz…
Yana bir jonli taasssurotlar asosidagi lavha şuki, qor yoqqan, yer muzlagan bir kun, oziq-ovqat dökoni qarşisida telpagini çuqur bostirib olgan, sirpanib ketsa, yigitlar ham çarxpalak bölib ketadigan omonat köprik boşida jahd bilan turgan, “nozik mehmon” uçun tansiq taomni aynan özi tanlab xarid qiliş uçun ataylab çiqqan buzrukvor. Uning köchani töldirib turgan talʼati.har doim şu joydan ötganda goh kulgi (guvohlar bu dökonni hamon “Odil akaning magazini” deb yayraydilar), goh mahzunlik qözğab (“bino qönqayib turibdi, qani Odil Yoqubov?”), öyçan xotira sifatida bir umr saqlanib qoldi (balki keyinçalik esdalik lavhasi qöyilar).
…Köplab muhtaşam binolarga maftun bölib ulğaygan oşufta qalb egasi vaqtlar va zamonlar evrilib, özi ham biror kulba tiklaşga jahd qiladi. Bor mehri, mahorati bilan işga kirişadi. Şubhasiz, uning rejasi, xatti-harakatlarida bir vaqtlar tasavvurida qolgan, yorqin taasssurotlar asnosida jonlangan öşa imoratlar tarhi timsol bölib suratlanadi…
Hakim SATTORIY
“Yoşlik”2012/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


