Tahririyatdan: Yaqinda “Özbekfilm” kinostudiyasiga Rossiyaning Staromaytskiy rayonidagi Novikovskaya nomli maktabning beşinçi sinf öquvçilaridan hayajonli xat keldi. Bolalar özlarining yurtdoşi bölgan yozuvçi A. Neverovning “Toşkent – non şahri” qissasi asosida yaratilgan şu nomdagi badiiy film, uning dunyoga kelişi tarixi, keyingi taqdiri va qahramonlarining qismati bilan juda qiziqişayotganliklarini yozişibdi.
Ha, haqiqatan ham ilhom va halol mehnat bilan yaratilgan asarning umri boqiy böladi. Ijodkor uçun bundan ortiqroq mukofot bölmasa kerak.
Biz maşhur “Toşkent – non şahri” filmining sahnalaştiruvçi operatori, Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi Hotam Fayziyevga murojaat qilib, mazkur kartinaning suratga oliş jarayoniga tegişli xotiralari bilan örtoqlaşişni iltimos qildik.
Öz esdaliklarini qunt bilan qoğozga tuşirib kelgan Hotam akaga minnatdorçilik bildiramiz.
* * *
1966-yilning oktyabr oyida “Toşkent – non şahri” filmi ustida iş boşlandi. Ssenariy yozuvçi Aleksandr Neverovning şu nomli qissasi asosida kinodramaturg Andrey Mixalkov-Konçalovskiy tomonidan yozilgandi.
Bu kartinada biz uçun eng muhimi – muallif qissasida tasvirlagan voqealar keçgan joylarni topiş edi. A. Neverov öz qissasida 20-yillarda Volgaböyida keçgan oğir oçarçilik asoratlarini, ulkan mintaqa aholisining azob-uqubatlarini aks ettirgan edi.
Rassom E. Kalontarov ikkalamiz esa suratga olinadigan joylarni közdan keçiriş uçun Rossiyaning Orenburg, Kuybişev, Gorkiy, Saratov oblastlarida böldik. Qişloqlarda bölganimizda mahalliy aholi bilan suhbatlaşdik, öşa voqealarga şohid bölganlarning hikoyalarini eşitdik. Qayerga bormaylik, qaysi uyga kirmaylik, mehmondöst ruslar bizni heç bölmasa qaynoq karam şörvasiz qöyib yuborişmasdi.
Odamlar bilan dildan suhbatlar asnosida biz xalq boşiga tuşgan kulfatlar, tirik qoliş uçun odamlarga hamma narsani yeyişga majbur etgan maşʼum oçarçilik yillari haqida köproq va biri ikkinçisidan dahşatli maʼlumotlar ola boşladik. Biz bu yerda uylari derazalariga taxta qoqib taşlangan, kimsasiz qişloqlarni kördik; öz umrinining yakunini sabr bilan kutayotgan yolğiz qariyalarga duç keldik. Ular heç kimga kerak emas edilar göyo. Ularga heç qanday yordam berolmasligimizni tuşunib, qayğuga botardik.
Biz köp joylarni kördik, suratga oldik va asta-sekinlik bilan özimiz iş boşlagan mavzu içiga kira boşladik.
Şu bilan suratga olinadigan joylarni körişning birinçi bosqiçi tugadi va biz Toşkentga qaytdik. Bu yerda rejissyorlik ssenariysi ustida iş boşladik.
Tasvirga tuşiriş joylari geografiyasi juda keng edi. Film voqealari Rossiya, Qozoğiston va Özbekiston hududlarida bölib ötardi. Rejissyorlik ssenariysi tayyor bölganidan keyin suratga olişning tabiiy joylarini topiş uçun ikkinçi bor ijodiy safarga çiqdik.
Bu safarda biz qahramonimiz Mişa Dodonov ötgan yöllardan yurişga qaror qildik. Qiş kelib qolganligi sababli safarimiz ança murakkablaşdi. Studiyadan biz kigiz etik – piyma va pöstinlar oldik. Safarimiz çoğida ular bizga juda asqotdi.
Filmda köp voqealar temir yöl bilan boğliq edi. Şu sababli biz oldindan mamlakatning barça temir yöllarida yuriş huquqini beradigan maxsus ruxsatnoma hujjatlarini oldik. Bu hujjatga asosan biz teplovozlar kabinalarida ham, yuk va yölovçilar poyezdlarida ham yurişimiz mumkin edi.
Dastlab Aktyubinskda töxtadik. Bu yerda mehmonxonaga moslaştirilgan köhna fransuz vagonida yaşaşimizga töğri keldi. Aktyubinskda biz eski ikki öqli vagonlar va böş temir yöl tarmoqlarini izladik. Omadimiz kelgan taqdirda şu yerning özida qolgan obyektlarni tanlaşimiz kerak edi. Afsuski, Aktyubinskda izlaganlarimizni topolmadik.
Bizning keyingi töxtaş joyimiz Buzuluk stansiyasi böldi, bu yerdan qahramonimiz Mişa Dodonov non şahri Toşkentga qarab yöl olardi. Bu yerda filmimiz uçun mos keladigan obyektlarni topişimizga juda işonib turgandik. Axir Aleksandr Neverov öz qissasida aynan Buzulukni, uning odamlarini, qaşşoq qişloqlarini qalamga olgandi.
Temir yölni, vokzalni va yaqin-atrofdagi qişloqlarni diqqat bilan közdan keçirib çiqdik. Öşa maşʼum oçlik yillarini boşlaridan ötkazgan keksalar bilan gaplaşdik, ularning yoğoç uylariga kirib kördik.
Bizga alohida obyektlar maʼqul keldi, biroq barça körsatkiçlari bilan bizni qanoatlantiradigan obyektlar majmuasini topolmadik. Guruhimiz tasvirga oliş işlarini xotirjam olib borişi mumkin bölgan böş temir yöl tarmoği masalasida ham muammolar paydo böldi.
Bizga Aleksandrov Gayga borişni maslahat berişdi. U yerga poyezdlar kam qatnarkan, şu sababli bemalol suratga oliş işlarini olib boriş mumkin ekan.
Aleksandrov Gayga yuk sostavi ketayotganini bilib qolgaç, şoşa-pişa endi yura boşlagan poyezdning vagoniga osilib çiqib oldik. Ammo tez orada bu işimizdan afsuslandik. Vagon içi iflos va juda sovuq edi. Muzday yelvizak ohak qoldiqlarini çang qilib kötarardi. Tez orada usti-boşimiz oppoq tus oldi, özimiz Qorboboga öxşab qoldik. Bir-birimizga qarab kulardik: yuzlarimiz xuddi tegirmonçiniki dek edi.
Bir neça soatdan keyin sostav qandaydir bekatda töxtadi. Vaqtni yöqotmasdan, teplovoz tomon çopdik. Maşinistlarga ruxsatnomalarimizni körsatib, teplovozga çiqib oldik.
Avvaliga maşinistlar bizning taşqi körinişimizga ajablanib, hayron bölib qaraşdi. Nihoyat buning sababini bilişgaç, darhol bizni kabinaga ötqazişdi va qaynoq çoy bilan siylaşdi. Tez orada badanlarimizga issiq yugurdi, özimizni tetik his qila boşladik.
Teplovozdan hamma tomon yaxşi körinib turardi. Yöl böyi biz özimizga maʼqul joy qidirib har tomonga alanglab keldik.
Keçga yaqin Aleksandrov Gayga yetib keldik. Mahalliy rahbariyat bilan muloqotda bölgaç, bizning talablarimiz bu yerda ado etilmasligini tuşundik.
Tunni vokzalda ötkazib, ertalab orqaga qaytdik. Bizni temiryölçilar uçun jihozlangan vagonga joylaştirişdi. Vagon yuk sostaviga tirkalgan edi.
Vagonda yotiş mumkin bölgan polkalar bor edi. Qattiq sovuq tufayli vagonning butun oynalarini qirov va muz qoplagandi.
Qidiruvlar bizni Penza bekatiga olib keldi. Çor-atrof oppoq qor bilan qoplangan edi. Buyurtma taksida özimizga mos qişloqni izlab Penza oblasti rayonlarini aylana boşladik. Qalin yoqqan qor, ötib bölmas yöllar va qahraton sovuq işimizni qiyinlaştirardi.
Şunday kunlarning birida Emanuel Kalontarov özini yomon his qildi. U burni va quloqlarini sovuqqa oldirib qöygandi. Kalontarovni şifoxonaga yotqizişga majbur böldik, özimiz esa obyektlarni qidirişni davom ettirdik.
Penza bekatida bizga temir yöl tarmoği böylab Nijneye-Lomovo şaharçasiga borişni taklif etişdi.
Rassomimizni şifoxonada yolğiz qoldirib ketişga könglimiz çopmay turdi. Şifokorlar Kalontarov yana bir neça kun muolaja olişi lozim deb aytişdi. Men Emanuelning yaqinda birdan öziga maʼqul kelgan qandaydir manzarani körib qolib, quvonçdan qiyqirib yuborgança qiyalikdan çopib kelayotgan mahali qor uyumi içidagi çuqurlikka tuşib ketganini esladim. Öşanda uni arang qalin qor qatlami tagidan suğurib olgandik. Taraşaday qotib qolgan, faqat tişlari takillayotgan şörlik Kalontarov oyoğida tik turolmasdi. Uni qizdiradigan narsaning özi yöq edi. Guruhimizdagi kelişuvga köra özimiz bir gramm ham içmasdik, yonimizda ham spirtli içimlik olib yurmasdik.
Penzadan biz Nijneye-Lomovoga yöl oldik. Şaharça möjazgina edi. Şaharça rahbariyati bilan uçraşib, öz maqsadimizni bayon qildik. Ular rus yozuvçisining tilga tuşgan asari böyiça film olayotganimizdan juda mamnun ekanliklarini bildirişdi.
Bizni bir kolxoz raisi bilan taniştirişdi. Uning ismini eslab qolmaganimdan afsusdaman. Rais juda ajoyib odam ekan. Bizga bunday havoda u yoqlarga maşinalarda borib bölmasligini tuşuntirişdi va otlarga tirkalgan katta-katta çanalarda yölga tuşişni taklif etişdi.
Qalin pöstinlarga öralib olgan köyi qişloqlardan biriga yöl oldik. Aniq yölning özi yöq edi, qalin qorda uzoq yurdik. Qahraton sovuq. Közlarimizga qadar bekitib, öranib-çirmanib olganmiz. Atrofda faqat oppoq rang. Qor tagidan telefon simyoğoçlarining uçlari arang körinib turadi.
Nihoyat omad biz tomonga yuz burdi. Birinçi duç kelgan qişloqning öziyoq bizning tasavurimizdagi qişloqqa mos kelardi. Biz uzoq izlagan, ammo sira topolmagan şamol tegirmoni ham bu yerda bor edi. Eng hayratlanarlisi, qişloqda yoğoçdan bunyod qilingan çerkov ham saqlab qolingandi.
Biz yengil nafas oldik. Axir uzoq vaqt, azoblanib izlaganlarimiz oldimizdan çiqib turgandi-da. Qişloqni ham, tegirmonni ham, çerkovni ham va hattoki böş temir yöl tarmoğini ham topgandik.
Şaharçadagi kiçkina mehmonxonada suratga oliş guruhini joylaştirsa bölardi. Şaharça bozorida esa öşa paytlari ham özbeklar turli-tuman mevalarni sotib ötirişardi.
Biz turli kulbalarga kirdik, ularning egalari bilan suhbatlaşdik, turmuş tarzi bilan tanişdik, suratga oliş uçun köçalarni tanladik.
Qişloqlarda asosan keksa çol-kampirlar istiqomat qilişardi. Yoşlarning hammasi şaharga ketib qolgan. Köplab kulbalarda hatto oddiygina elektr toki ham yöq edi.
Elektr tokining yöqligi tasvirga oliş guruhimiz işiga ham taʼsir körsatişi mumkin edi. Axir texnikamiz bevosita tok bilan işlardi-da. Demak biz bu yerga tok işlab çiqaradigan uskuna bilan kelişimiz kerak böladi.
Kolxoz raisi bilan yozda uçraşişga kelişib oldik va Penzaga qaytdik. Bu yerda bizni közlarida yoş bilan rassomimiz Emanuel Kalontarov quçoq oçib kutib oldi.
Rossiyada naturani tanlab bölganimizdan keyin biz Qozoğistonga yöl oldik.
* * *
Turkiston şahriga yaqinlaşarkanmiz, vagon oynasidan qadimiy şahar xarobalarini kördik va maşinada şu yerga borişga qaror qildik.
Şaharda bölganimizda ajoyib joylarni kördik va kattagina obyektni şu yerda tasvirga olişni, Qozoğistonda yuz beradigan sahnalarning qolgan qismini esa Toşkentdan 30-40 çaqirim uzoqlikdagi “Darvoza” bekatida suratga tuşirişni rejalaştirdik. U yerda ham böş temir yöl tarmoği bor edi.
Toşkentdagi sahnalar uçun poytaxtimiz biqinida joylaşgan kolxoz uzumzori tanlangandi.
Şu bilan tabiiy joylarni tanlaş böyiça davom etgan uzoq va maşaqqatli mehnatimiz tugadi.
Maʼlumki, suratga oliş guruhining işi, taşvişi, yelib-yugurişi – hamma-hammasi aktyor uçun. Tomoşabin ekranda aktyorni, uning ijrosini köradi. Şu sababli kinofilm yaratişda aktyorlarni tanlaş juda muhim bosqiç hisoblanadi. Aktyorlarni izlaş bilan ikkinçi rejissyorlar va ularning aktyorlar böyiça assistentlari şuğullanişadi.
“Toşkent – non şahri” kartinasida rus millatiga mansub personajlar köplab uçraşi bois ikkinçi rejissyorlikka “Mosfilm”dan rus aktyorlarini yaxşi biladigan Konstantin Starostin taklif etildi. Özbek aktyorlari bilan esa bizning ikkinçi rejissyorimiz Eson Karimov şuğullandi.
Aktyorlik sinovlari uçun “Mosfilm” pavilyonlaridan birida yoğoç uyning bir qismi qurilib, unda rus aktyorlari sinab körildi.
Dodonovning onasi roliga kinoda dastlabki qadamlarini qöyayotgan aktrisa Valentina Talizina sinab körildi.
Erkaklar rollariga Moskva va Leningrad teatrlari hamda “Kinoaktyor” studiyasi aktyorlari sinab körildi.
Aktyorlik sinovlari yaxşi natijalar berdi va filmga A. Susnin, YE. Gurov, V. Kolpakov, R. Kurkina, N. Arinbosarova, N. Timofeyev, S. Çekan, L. Kalyujnaya va boşqa qator isteʼdodli aktyorlar jalb etildi.
Bolalar rollari ijroçilarini topiş esa ança qiyin keçdi. “Mosfilm”ga ham juda köplab bolalarni olib kelişdi. Lekin ular orasida bizga kerak böladigan darajada salohiyatli, boş rolni ijro etadigan bola çiqmadi. Biz vahimaga tuşib qoldik.
Şunda kimdir yaqinda bolalar uçun möljallangan filmda suratga tuşgan bolakay Volodya Vorobeyni eslab qoldi. U Permda yaşardi. Volodyani darhol Moskvaga çaqirişga qaror qildik.
Tez orada bolakay buvisi hamrohligida “Mosfilm”da paydo böldi. Ş. Abbosovga ham, guruhimizga ham u darrov maʼqul keldi. Bolakayning yurişidan, gapirişidan qişloqda ösganligi körinib turardi. Yoşi ham bizga töğri kelardi.
Volodya iştirokidagi kinosinovlar juda muvaffaqiyatli ötdi. Biz yengil nafas oldik.
Seryoja roli ijroçisini topiş esa yanada qiyinroq keçdi. Rossiya oblastlarida qidiruvni davom ettirişga qaror qildik. Kuybişev (hozirgi Samara)ni tanladik. U yerda pavilyonli kinostudiya bor edi.
Bizning ikkinçi rejissyorlarimiz va assistentlarimiz oblastning maktablarida, internetlarida, bolalar havaskorlik tögaraklarida Seryoja roliga mos bolakayni izlaşga tuşişdi. Bu orada Şuhrat Abbosov ikkalamiz suratga olinadigan tabiiy joylar – natura qidirib oblastni aylanib çiqa boşladik.
Yigirmançi yillar oçarçiligi Volgaböyi rayonlarida boşlangan va Kuybişev şahri hamda uning yon-atrofidagi qişloqlarga qattiq taʼsir körsatgan. Oç odamlar olomoni Örta Osiyoga non izlab yölga çiqdi. Ularning köpçiligi Qozoğistonning söngsiz çöllarida ölib ketdi. Ammo manzilga yetib kelganlarga ham oson bölmadi. Xuddi öşa paytlari Toşkentda mayda öğrilik paydo böldi. Agar avvallari kiçik dökonlarning egalari öz dökonlarini bemalol oçib qoldirib ketadigan bölişsa, endi eşiklarga mustahkam qulf örnatişga ötişdi. Özbeklar öz bolalarini “samarska (samaralik) kelayapti” deb qörqitadigan bölişdi.
Ammo har qança oğirlik va maşaqqatlarga qaramasdan, Toşkent xalqi Rossiyaning oçarçilik hukm surayotgan mintaqalaridan kelgan beçora odamlarga joy berdi, ularning qornini töydirdi.
Kuybişev şahrida bölganimizda Şuhrat Abbosov bilan ölkaşunoslik muzeyiga kirdik. Kelişimizdan asosiy maqsadimizni bilganidan keyin muzey direktori bizga Volgaböyidagi oçarçilikning dahşatli manzaralari aks etgan noyob suratlarni körsata boşladi. Bu fotosuratlar meni larzaga soldi…
Muzey direktorining ruxsati bilan men bu fotosuratlarni rasmga tuşirib oldim. Bu suratlar filmimiz uçun dekoratsiya, libos va eskizlar yaratayotgan rassomlarimizga juda qöl keldi. Afsuski, vaqt ötişi bilan bu suratlar yöqolib ketdi.
To biz suratga olinadigan joylarni tanlab, muzey materiallarini örganib çiqqunimizga qadar rejissyorlik guruhi kinosinov uçun bolalarni tanlab bölgandi.
Yaxşi, isteʼdodli bolalar saralab olinganligi körinib turardi. Kinosinovlarni kinostudiya pavilyonida ötkazdik. Sinov natijalariga köra bolalar içida Volodya Kudenkov ismlisi eng yaxşi deb topildi. Filmda u Mişa Dodonov bilan birga Toşkentga otlangan dösti Seryoja rolini ijro etdi.
Biz mahalliy aktyorlar bilan kinosinovlarni davom ettiriş uçun Toşkentga qaytib keldik.
Özbek aktyorlari bizga yaxşi taniş bölişsa-da, ular içidan eng yaxşilarini qunt bilan sinov ötkazibgina tanlab oldik.
Taniqli aktyorlardan Hikmat Latipov, Javlon Hamroyevlarni oldik. Özbek bolakayi Rahim rolini ijro etadigan aktyorni uzoq izladik. Rejissyorlik guruhi saʼy-harakatlari bilan nihoyatda qobiliyatli bola bölgan Baxtiyor Nabiyev topildi.
Aprel oyining boşlarida suratga olişni boşladik. Tasvirga tuşirişning birinçi obyekti sifatida biz Toşkent yaqinidagi kolxoz uzumzorini tanladik.
Bu obyektda Hikmat Latipov, Nurxon aka Eşmuhamedov, Javlon Hamroyev va Volodya Vorobey suratga tuşişlari kerak edi.
Aktyorlarga mos liboslar tanladik. Dodonov uçun ust-boş topiş ança qiyin keçdi. Qahramonimizning taşqi körinişi unçalik öxşamayotgan edi. Bolakayning xöb olis yöllardan, köp maşaqqatlar va azoblar tortib kelganini taʼkidlab körsatib turuvçi ğijim, kir-çir, yirtiq-yamoq kamzul kerak edi. Bizni kartinamizning ikkinçi rejissyori Eson Karimov qutqardi – u qaydandir aynan şunday kamzul topib keldi.
Birinçi kadrlarimizni tasvirga tuşiriş uçun butun guruhimiz bilan kolxoz uzumzoriga keldik. Biroq suratga oliş maydonçasida Volodya Vorobey ham, uning buvisi ham yöq edi. Ular tezlikda yetib kelişini aytib, bizni tinçlantirişdi.
Suratga oliş texnikasini joy-joyiga qöyib çiqdik, mizansahnani aniqladik va kadrni örnatdik. Odatda aktyorlarni çarçatib qöymaslik uçun ularning örniga dublyorlardan foydalanilardi. Dublyorlar bilan kadr va mizansahnalar aniqlanadi, çiroq örnatiladi, suratga oliş kamerasining harakat maromi soliştiriladi va hokazo.
Mana, suratga oliş uçun hammasi tayyor böldi. Hatto ob-havo ham bizga kömak berayotganday edi – quyoş çaraqlab turardi. Bor-yöği bolakayni kadrga olib kiriş va “Motor!” deya buyruq beriş qolgandi, xolos.
Biroq… Volodya Vorobeydan darak yöq edi. Uni heç kim olib kelolmadi. Öşa paytlari telefon aloqasi hali taraqqiy etmagan. Şu sababli zudlikda Toşkent bilan gaplaşişning ham heç qanday iloji yöq edi.
Guruhimiz aʼzolari asabiylaşa boşlaşdi. Boşqa lavhani ham suratga ololmasdik. Çunki barça kadrlarda Volodya Vorobey bölişi kerak edi-da.
Kun böyi besamara kutib ötirganimizdan keyin noiloj orqaga, Toşkentga qaytdik. Özimiz bölsa bolakayning soğliğidan xavotirda edik.
Şaharga kelgan zahoti Volodya ham, buvisi ham soğ-salomat ekanligidan xabar topdik. Bolakayning suratga oliş maydonçasiga bormaganligiga sabab esa – mehnatiga tölanadigan haq masalasi edi. Buvi bilan nabira smetadagiga qaraganda ança köp gonorar talab qilişdi.
Öşanda menga ularning bu qiliği yulğiçlik va ğayriaxloqiy harakat bölib körindi. Juda jahlim çiqib ketdi va Volodya Vorobey örniga Kudenkovni boş rolda suratga olişni taklif etdim. Yana bir neça kişi mening bu fikrimni maʼqulladi.
Lekin Şuhrat Abbosov bu haqda hattoki eşitişni ham istamadi. U boş rolda faqat Vorobeyni körardi. Boşqa bola uni mutlaqo qoniqtirmasdi.
U paytlari bozor munosabatlari haqida mamlakatimizda gap ham bölişi mumkin emas edi. Biz aniq belgilangan maoşga qanoat qilib işlardik va savdolaşişni, özimizga köproq pul talab qilişni tasavvur ham etolmasdik. Ehtimol öşa paytlari bolakay bilan uning buvisi kino sanʼatida hozirgi bozor munosabatlarining uruğlarini ekişgandir. Albatta, bu hazil.
Ammo öşanda ular yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, özlarining moddiy ahvollarini yaxşilaşga harakat qilgandilar.
Savdolaşiş davom etarkan, guruhimiz bir neça kun mobaynida suratga olişga çiqolmadi.
Vorobeylar oilasi va “Özbekfilm” örtasidagi savdolaşiş oila foydasiga hal böldi. Kayfiyati kötarilib ketgan bolakay suratga tuşişga roziligini bildirdi.
Guruh butun tarkibi bilan suratga oliş maydoniga yetib keldi. Ammo öşa kuni havo aynib qoldi. Kökda yengil bulutlar paydo böldi…
Kunning ikkinçi yarmida osmon bulutlardan xalos böladi, quyoş çiqadi degan umidda suratga oliş kunini bekor qilmagan holda kameralarni örnatib, aktyorlar bilan sahnalarni maşq qilişni boşlab yubordik.
Biz vaqti-vaqti bilan osmonga ilinj bilan termulib, bulutlarning tarqalib ketişini kutardik. Lekin umidlarimiz sira röyobga çiqay demasdi. Bulutlar tarqalmay turardi. Kun dim. “Qilt” etgan şabada yöq. Osmonning biz “sut” deb ataydigan körinişi esa guruhimizni qoniqtirmasdi.
Öşa kuni havo yaxşi tomonga özgarmadi. Keçgaça kutib ötirgaç, noiloj studiyaga qaytdik.
Bu hol bir haftadan köproq davom etdi. Guruhimiz oçiq kunni kutgan holda har kuni işonç bilan suratga oliş maydoniga çiqardi. Ammo…
Nihoyat bir haftadan söng osmon artilgan şişaday tiniqlaşdi, jilmayib quyoş çiqib keldi va biz işlaşni boşladik.
Kadrni tasvirga tuşirarkanmiz, rejissyorimiz Şuhrat Abbosov kartina qahramonini tanlaşda yanglişmaganiga işonç hosil qila bordik. Volodya Vorobey öz rolini öta işonçli tarzda talqin etardi. Biz yoş aktyorning har bir söziga, har bir xatti-harakatiga işonardik. Buni körib, kayfiyatimiz kötarilib ketdi. Film yaxşi çiqişiga işonç paydo böldi.
* * *
Penza oblastining Nijneye-Lomovo şaharçasida kartinamizning köplab obyektlari jamlangan edi. Biz qiş payti kelganimizda natura uçun tanlab olgan joylarimizga bordik.
Volgaböyi temir yöli rahbariyati tomonidan Nijneye-Lomovoga eski körinişdagi vagonlarni yuborişga buyruq berildi.
Mehmonxonaga joylaşganimizdan keyin Abbosov, Kalontarov, kartina direktori va men tasvirga tuşiriş uçun tanlab olingan qişloqqa yöl oldik.
Oldingi kartinalarimizda ham bolalar iştirok etganligi sababli, ular bilan işlaş borasida ançagina tajriba orttirib ulgurgandik.
Lekin “Dodonovlar hovlisi” obyektini suratga olarkanmiz, kutilmaganda yoş bolalarning favqulodda öjarligi va injiqligiga duç keldik.
Guruhimiz aʼzolaridan kimdir ularga toki öyinçoqlar berişmagunça rejissyor amakining aytganlarini qilmanglar deb şivirlab qöygan ekan. Fedka bilan Yaşka rolini ijro etayotgan bolakaylardan goh biri yiğlaydi, injiqlik qiladi, “kinoga tuşmayman” deydi, goh ikkinçisi. Rejissyorning har qança yalinib-yolvorişlari ham ularga kor qilmadi.
Bizning hovlilardan farqli ravişda, bu qişloqda hovlilar har kuni supurib-sidirilmaydi. Quyoş kökka kötarilganidan söng barg va öt-ölanlar bilan qoplangan hovlidan qölansa is tarala boşladi. Maʼlum bölişiça, yupqa öt-ölanlar qatlami tagiga çöçqa axlati taşlangan ekan. Odamning könglini aynitib yuboradigan darajada badböy hid şundan kelayotgan edi. Lekin har qanday şaroitda ham biz işlaşimiz kerak edi. Maʼmurlarimiz şaharga, bolalarga öyinçoq olib kelişga ketişdi. Bolalar esa hamon yiğlar va bizlarning iltimoslarimizga parvo ham qilişmasdi.
Tez orada öyinçoqlar keldi. Buni körgan bolakaylar birdan quvonib ketişdi va rejissyorning aytganlarini bajara boşlaşdi. Lavha katta qiyinçiliklar bilan suratga olinib bölindi.
Öşa yoz ob-havo tinmay özgarib turdi. Guruhimiz tez-tez birdan yoğib qoladigan yomğir tagida qolardi, şundan söng loyga aylangan yöllardan arang ötib, suratga oliş joyiga ming maşaqqatlar bilan yetib kelardik. Biz soatlab osmonga termulib, uning oçilib ketişini kutardik. Bu esa filmni suratga oliş muddatini çözardi.
Men har qanday ob-havoda suratga ololmasdim, bu kartina uslubini buzgan bölardi. Mening birinçi navbatdagi vazifam tabiiy fakturalarni, kayfiyatni, yoritişning öziga xosliklarini ekranda ifoda etib beriş edi.
Keyinçalik esa ne-ne maşaqqatlar, ne-ne azob-uqubatlar bilan olingan kadrlarning hammasi ham filmimizga kiritilmadi.
* * *
Temir yöl bilan boğliq epizodlarni suratga oliş juda katta muşkulliklar tuğdirardi. Zero unda 20-yillar kiyim-boşini kiyib olgan katta miqdordagi ommaviy sahna işitrokçilari hamda köhna vagon, parovoz iştirok etardi.
Kunlarning birida temir yöl bekatiga eski vagonlar tirkalgan sostavni olib kirişdi.
Köp sonli ommaviy sahna iştirokçilari töplanişdi. Ular kiyintirilgaç, vagonlar tomiga joylaştirildi. Vagonlar derazlari va zinalarida ham odamlar ötirişardi. Ularga turli-tuman qoplar, xaltalar, çamadonlar va boşqa rekvizitlarni tarqatişdi.
Ssenariy böyiça sostav rus dalasi içidan ketişi kerak edi. Şu sababli sostav bekatdan bir neça kilometr nariga olib çiqildi. Haqiqiy rus dalasi boşlandi.
Vagonlar tomlarida ötirgan odamlarni hamda yölovçilar bilan liq töla holda ketayotgan poyezdning umumiy körinişini suratga oldik. Tasvirga tuşiriş işlari ançayin silliq keçardi, sostav doimiy harakatda bölgani uçun yölovçilar ham heç qayoqqa ketib qolişmasdi. Quyoş yorqin nur soçib turardi. Qilayotgan işimizdan özimiz ham mamnun edik. Oxirgi kadr – parovoz quvurini suratga oliş qolgandi, xolos.
Men bilan assistentim parovozga çiqdik, kamerani örnatdik va qora tutun burqsib turgan quvurni tasvirga ola boşladik. Men maşinistdan qora tutunni köpaytirişni iltimos qildim. Kadrni suratga olarkanman, maşinistlarning birdan vahimaga tuşib baqir-çaqir qila boşlaşganini eşitdim. Men apparatdan nigohimni uzdim va ularga qaradim. Quyuq qora tutun ularni bizdan tösib turardi. Maşinistlar jon-jahdlari bilan qöllarini silkitganlariça oldinga işora qilişardi. Men şu tomonga qaradim va birdan dahşatga tuşdim. Temir izlarga köndalang tortilgan elektr simi şiddat bilan yaqinlaşib kelardi. Birdan ötirib qoldim va xuddi şu soniyada elektr simi xuddi ötkir piçoqday kinoaapparat örnatilgan ştativning yuqori qismini kesib ötdi va ularni dalaga uloqtirib yubordi.
Agar bir lahzaga uşlanib qolganimda edi, şubhasiz, mening boşim ham dalaga otilib tuşgan kinoapparat va ştativning yuqori qismi yonida bölardi.
Özimni yomon his qildim. Butun vujudim dir-dir titrardi.
Bir neça yuz metr yurgandan keyingina poyezd töxtadi. Tasvirga oliş apparatini kötarib kelişdi.
Tuşlik payti böldi. Sostav bekatga qaytib keldi. Hammani guruh maʼmuriyati taşkil etgan taomlar bilan mehmon qila boşlaşdi.
Mening esa heç narsa yegim kelmasdi. Suratga oliş payti bostirib kelgan ajal vahimasi hali butunlay ötib ketmagan edi.
Ommaviy sahna iştirokçilari iştaha bilan ovqatlanişardi. Guruh aʼzolarining taşvişlari yetarli edi, şuning uçun men bilan deyarli heç kimning işi yöq edi.
Men ovqatlanayotgan odamlarga qarardim va agar men bilan fojia röy berganda ham bular heç narsa bölmaganday xotirjam ötirib, bemalol ovqatni tanovul qilaverişarmidi, degan öylarga bordim.
Şu kuni men boşqa suratga ololmadim.
Ertasi kuni esa tasvirga tuşiriş işlari yana davom etdi.
* * *
Bir kuni keçqurun men temir yöl bekatiga borib, u keçasi qanday yoritilişini körmoqçi böldim.
Mehmonxonadan stansiyagaça bir neça kilometr kelardi. Keçqurunlari salqin edi, şu sababli ustimga tön kiyib oldim.
Bekatga torgina asfalt yöl olib çiqardi. Yöl örtasida ketib borardim. Atrof jim-jit. Yölda maşinalar ham, aravalar ham uçramadi. Biror tirik jon yöqday edi. Borliq ölik sukunat oğuşida. Stansiyaga qadar hali uzoq edi. Şoşilmasdan ketib borardim. Vaqtim bemalol edi.
Kutilmaganda şovqin-suron va jangovar hayqiriqlar bilan yölga uzun tayoq-töqmoqlar bilan qurollangan ikki guruh yigitlar otilib çiqişdi. Men qörqib ketdim. Yaşirinişning ham iloji yöq edi. Yigitlar “Ur ablahlarni!” deya baqir-çaqir qilganlariça devorday jipslaşib bir-birlariga taşlanişdi. Men ularning orasida qoldim. Endi tamom böldim, degan öyga bordim. Boşimga tuşadigan zarbani kuta boşladim. Jang esa avjiga çiqqan edi. Yigitlar bir-birlarini ayamay savalaşar, atrofni oh-voy, sökişlar, ingroqlar tutib ketgandi. Men qoçib qolib, qörqoq degan nom orttirişdan or qilgança hamon kaltaklaşayotganlar orasidan ötib borardim. Nimagadir u tomon ham, bu tomon ham menga teginmadi. Hatto mening ruslar uçun xos bölmagan çoponim ham ularning eʼtiborini tortmadi. Men urişayotganlarni xavfsirab aylanib ötgança oldinga yurişda davom etdim. Nogahon yengila boşlagan guruhdagi yigitlar qoçişga tuşişdi. Ğolib tomon esa ularni butunlay mağlub etiş uçun qoçayotganlarning ortidan çopdi.
Men bilan heç kimning işi bölmadi. Aftidan, har kimning öz duşmani bor edi.
Temir yöl bekatiga eson-omon yetib olgaç, tungi yoritiş qanday taşkil etilganligini öz közim bilan kördim. Suratga oliş uçun qulay nuqtalarni izlab körgaç, ortga tinçgina, heç bir sarguzaştsiz qaytdim.
“Bekat” obyekti juda katta edi va suratga oliş işlari kun-tun davom etişi kerak edi. Bu obyektda köplab aktyorlar, ommaviy sahnalar iştirokçilari bilan bir qatorda bir neçta poyezd sostavlari ham tasvirga tuşirilardi. Köplab kadrlar harakatda olinardi. Bularning barisi bizdan aniq öylangan, puxta rejalangan işni talab etardi.
Bu kadrlar aktyorlarning, ommaviy sahna iştirokçilarining, poyezdga xizmat körsatayotgan temiryölçilarning, suratga oliş kamerasi harakatining, yoruğlik va pirotexnikaning özaro mutanosiblikda işlaşini taqozo etardi. Suratga oliş işlari kuçli zöriqişda keçdi – bolalar ham, katta yoşli aktyorlar ham öz rollarini jon dillari bilan berilib ijro etişdi. Eng qiyin vazifa Kudenkov zimmasiga tuşdi. Uning ketayotgan poyezd orqasidan quvib yetişini bir neça dublda oldik.
Suratga oliş tugagandan keyin guruhimizni tanib bölmay qoldi – parovoz trubasidan çiqqan qurumdan ularning hammasi qop-qorayib ketgandi.
Köp obyektlarni suratga oldik, lekin hali suratga olinmagani köproq edi.
* * *
Oğir, asabiylaşiş va zöriqişlarga boy iş rejissyorimiz Şuhrat Abbosovning soğliğiga taʼsir etdi va u kasal bölib qoldi. Kinoekspeditsiyani zudlikda orqaga qaytariş va epizodlarning qolgan qismlarini Toşkentga köçiriş masalasi köndalang turib qoldi. Şuning uçun Toşkentda tasvirga tuşiriş imkoniyati bölmagan kadrlarni bu yerda oşiğiç tarzda suratga olib bölişimiz kerak edi.
Toşkent bizni çidab bölmas darajada issiq bilan qarşi oldi.
Kartinaning yarmidan köproğini tasvirga tuşirişimiz kerak edi. Biron joyga çiqib yoki pavilyonda suratga tuşirişni boşlagunimizga qadar Toşkentdagi natura obyektlarida işlab turişni rejalaştirdik.
Eski şahar sahnalari obyektlari Eski Jöva bozoridan unçalik uzoq bölmagan joydan topildi. Bu yerda toş töşalgan köça, eski özbek uylari hamda yarim vayrona holidagi maçit saqlanib qolgan edi.
Oçlik va çarçoqdan tinka-madori qurigan Mişka beixtiyor sotuvçi ayolning nonini olib qöyib, şoşa-pişa yeya boşlaşi sahnasini suratga oldik. Jahli çiqib ketgan ayol yordam sörab baqiradi va bolani kaltaklaydi. Bolalar qoçib qolişadi. Ularning ortidan olomon chopadi. Bolalarni militsioner tutib oladi.
Eski Toşkentni Mişa Dodonovning nigohida körsatişga qaror qildik. Tutun burqsib turgan kaboblar, savatlardagi qaynoq nonlar, paranji yopingan ayollar, uyum-uyum qovun-tarvuzlar, möl-köl meva va sabzavotlardan uning boşi aylanib ketişi kerak edi. Mişani favqulodda tor va qiyşiq köçalar, uzun çopon va döppi kiygan erkaklar, paranjili ayollar hayratga solişi aniq edi. Bu epizodni suratga olayotganimizda kadrning ötkir kompozitsion tuzilişiga, dinamikali harakatlarga va kontrast yoritilişga rioya etdik. Ğazabga mingan olomondan qoçib ketayotgan bolalarni tasvirga oliş uçun qöl kamerasini yelkamga qöygança bolalar ortidan çopişga majbur böldim.
* * *
Biz Toşkentda suratga oliş işlarini davom ettirayotgan paytimizda maʼmuriy guruh bizga temir yöl bilan boğliq katta obyektni tayyorlab qöygandi.
Temir yöl bilan boğliq epizodlarni suratga oliş katta tayyorgarlikni hamda bu jarayonga boğliq barça tarmoqlarning özaro mutanosib işlaşini taqozo etadi.
Qozoğiston temir yölining “Darvoza” bekatida bizga temir yölning poyezdlar juda kam ötadigan uçastkasini ajratib berişdi. Bu tarmoq qandaydir zavod bilan boğlangan bölib, kuniga ikki-uç marta yuk poyezdi ötib qolardi, xolos.
Guruhimiz bilan “Darvoza” bekatiga yetib keldik va bizga ajratilgan eski poyezd vagonlariga joylaşdik. “Darvoza”da boşqa biron mehmonxona, hattoki risoladagiday oşxona ham yöq edi.
Birinçi keça juda yomon ötdi. Tez-tez yonimizdan ötib turgan poyezdlar şovqinidan uxlayotganlar dahşat içida sakrab örinlaridan turib ketişardi. Göyo qarşi tarafdan kelayotgan poyezd relslardan çiqib ketib, bizning vagonlarga uriladigandek edi. Buning ustiga nimagadir bekatga yaqinlaşib kelayotgan poyezdlar albatta quloqni batang qilar darajada çinqirib gudok berardi.
Oradan bir neça kun ötgandan keyin ham baribir bu şaroitga könikolmadik va norozilik bildirib, özimizga boşqa joy talab qildik. Guruh maʼmuriyati vokzal binosidan bir neçta xona topdi. U yerga grimçilarni va Saule rolini ijro etayotgan yoş aktrisa Natalya Arinbosarovani joyladik.
Bizga esa bekat hovlisida palatka taklif etildi. Bu beş-olti örinlik palatkalarda kişi özini xotirjamroq sezardi. Lekin bu uzoqqa çözilmadi. Oqşomlarning birida qattiq şamol kötarildi va palatkalarimizni qulatib-yirtib taşladi. Bu hol bir neça marotaba takrorlandi.
Bunday maişiy muammolarga qaramasdan, suratga oliş işlari öz maromida davom etardi.
Yoz örtasi edi. Kunlar benihoya isib ketgan. Biz suratga olayotgan joyda quyoşning qaynoq nuridan yaşiriniş uçun loaqal bittagina daraxt ham yöq edi.
“Poyezd” obyektini suratga olardik.
Epizod kattagina edi. Uni suratga oliş murakkab va xavfli edi.
Quyoş otaşidan vagonlarning tunuka tomlari şu qadar qizib ketgandiki, istak tuğilgan taqdirda u yerda bemalol tuxum qovurib olsa bölardi.
Guruhimiz oğir kinoapparatlari bilan vagon tomiga joylaşdi. Harakatdagi poyezdda suratga oliş kerak edi. Heç qanday muhofaza vositalari yöq. Ayniqsa bolalarni suratga olayotganda biz özimizni ham, ularni ham xatarga qöyayotgandik. Bolalar vagonning qaynab turgan tomida yalang oyoqda çopişlari, tiz bukib turişlari, qöllarini tomga tekkizişlari lozim bölardi. Bolalar oğriqdan yiğlaşardi, ammo ularning bunday holati bizga kerak edi. Bu ularga öz rollarini haqqoniy va işonçli öynaşlariga yordam berardi. Biz töxtamasdan suratga olaverdik.
Epizod taʼsirçanligini kuçaytiriş maqsadida biz tez-tez suratga oliş nuqtalari va rakurslarini özgartirib turardik.
Harakatdagi poyezdning bir vagonidan boşqa vagoniga sakrab ötayotgan aktyorlarni suratga oliş texnik jihatdan juda qiyin edi. Quyi nuqtadan tasvirga tuşiriş uçun men poyezd vagonlari orasiga boğlangan osma kajavaga joylaşib oldim. Ozgina noaniqlik röy bergan taqdirda men kinokameram bilan birgalikda pastga, şiddat bilan ötib borayotgan relslar ustiga qulab tuşişim mumkin edi.
Ammo biz tavakkalsiz taʼsirçan kadrlarni suratga ololmasligimizni yaxşi bilardik, şu sababli bunday işlarga ongli ravişda öz ixtiyorimiz bilan qöl urardik.
* * *
Şunday kunlarning birida bizning oldimizga studiya direktori Abdulahad Abdullayev keldi.
“Qozoq çöli” epizodidan kadrni suratga olayotgandik. Bu lavhada Mişa Dodonov ketib borayotgan poyezdning oxirgi vagoniga bir amallab osilib olişi kerak edi. Poyezd ortidan yugurarkan, u yirtiq çiptakavuşlaridan ayrilar va eng sönggi lahzada vagon zinasining quyi pallasidan uşlab qolardi. Şunda Mişaning yalanğoç oyoqlari yerda sudralib, ötkir toşlarga urilardi.
Bu kadrni bir neça nuqtadan suratga oldik. Bolakayning oyoği ötkir toşlarga urilib qonab ketayotganini körgan direktor bir neça marotaba suratga olişni töxtatmoqçi böldi, lekin ulgurolmadi. Kadr tasvirga tuşirildi va hammasi yaxşi tugadi.
Biz tez-tez çiroyli kadrni suratga oliş uçun tavakkal qilib turardik. Şunday voqealar ham böldiki, qiyşiq relslar sababli parovoz izdan çiqib ketdi. Bir safar esa şunday parovoz bizning – tasvirga olib turganlarning ustimizga qulab ketişiga sal qoldi.
Toşkentdan “Darvoza”ga jönab ketişimiz oldidan juda çiroyli saksovul omborini topgandik. Unga dekoratsiya işlatib, ajoyib manzara paydo etsa bölardi.
Rassom omborni yoğoç tösiq va kuzatuv minorasi bilan örab, katta iş qildi. Saksovul taxlanib, katta-katta uyumlar hosil etilgandi. Yerga qora kömir çangi sepilgandi.
Bu sahnada Dunayev Mişa bilan Rahimni yoğoç omborga olib kelişi kerak edi. Bu yerda esa bir neça ayol va juldurvoqi bolalar istar-istamasdan ötinlarni bir joydan boşqa joyga taşirdilar. Vaziyatni baholagaç, Rahim askar bilan maşğul böldi. Uning qarşisida raqs tuşgança Rahim aldab-suldab askarning kartoşkasini olib qöydi. Mişka esa halol mehnatkaş sifatida ötin taşişga kirişdi.
Otaşin quyoş va kömir çangi aktyorlarga ham, guruhga ham işlaşga xalaqit berardi. Bolalar juda çarçaşdi. Nastenka rolini ijro etgan aktrisa jon dili bilan, juda işonçli öynadi. Unga qaraşning özi ham qörqinçli edi. Suratga olib bölganimizdan keyin uning öziga kelişiga, butun tanasini qoplab olgan qora kömir qurumidan tozalanib olişiga ança vaqt ketdi. Keyinçalik bu kadr naturalistik kadr sifatida filmdan olib taşlandi.
Tez va köp suratga olardik. Afsuski, suratga olingan kadrlarning bir qismi filmning yakunlovçi variantiga kirmay qoldi.
* * *
Biz ssenariy hajmi katta ekanligini, suratga olingan material bizga ruxsat etilgan tasma metrlaridan köproq bölişini bilardik. Lekin özimizni töxtatib qololmasdik. Özimiz işlayotgan materialga jon-jahdimiz bilan berilib ketgandik, uni yaxşi körib qolgandik. U öz jozibasi bilan bizni çarçoq bilmay işlaşga majbur etardi.
Turkistonda suratga olişni rejalaştirgan kattagina obyektimiz qolgandi. Tasvirga tuşiriş obyekti sifatida Turkiston şahridan unça uzoqda bölmagan qadimiy qalʼa xarobalarini tanlagandik. U yerda juda baland tuproq devorlar saqlanib qolgandi. Mahalliy hudud va qalʼaning landşafti özining ibtidoiyligi bilan katta taassurot qoldirardi.
Bizning qahramonlarimiz bu muhitga tabiiy ravişda singişib ketib, yaxlitlikni taşkil qilardilar.
Bu sahnada bir guruh odamlarning poyezdni kutib ötirmasdan, Toşkentga qarab piyoda yölga tuşişga qaror qilganliklari körsatiladi. Ularga Mişa Dodonov va Rahim ham qöşilişadi. Ular quyoş ayovsiz kuydirib taşlagan qozoq yerlaridan ötişadi. Keksa bobo Dodonovga buğdoyni qanday ekiş va möl hosil oliş yöllarini örgatadi. Ular Toşkent va Toşkent zamini haqida orzu qilişadi.
Qalʼaning quyoş nurlari ostida közni qamaştirguday çaqnab turgan qaynoq oq tomlari va köhna tuproq devorlar bağrida bu sözlar heç qaçon amalga oşmaydigan orzuday yangrardi. Butun atrof-muhit bor-yöq istaklari non şahri Toşkentga yetib oliş bölgan bir siqim odamlarni ğanimlarça ezib turardi.
Turkistonda oxirgi kadrlarni suratga olgandik, şu bilan tasvirga tuşiriş davri yakuniga yetdi. Guruhimiz Toşkentga qaytdi.
Keyingi bosqiç boşlandi – kartinani montaj qiliş va ovoz beriş. Bu işlar bir neça oy vaqtimizni oldi.
Öşa yillari rus tiliga eʼtibor kuçliroq edi, şu sababli bizning filmimizga ham rus tilida ovoz berildi.
* * *
Kinostudiya badiiy kengaşi va kinostudiyada işlaydigan köp sonli qiziquvçilar uçun film katta zalda namoyiş qilindi. Rejalaştirilgan bir yarim soat örniga film ikki soatu yigirma daqiqa davom etdi.
Film tugagandan keyin birdan zalga sukunat çökdi. Ilk tomoşabinlarimiz esankirab qolişgan edi.
“Özbekfilm” badiiy kengaşi faoliyatida ilgari uçramagan voqea röy berdi. Badiiy kengaş raisi film muhokamasini keyingi kunga qoldirişni taklif etdi. Zero filmda köp bahsli örinlar bölib, ularni yuqorida turuvçi rahbarlar bilan maslahatlaşib oliş kerak edi.
Keyinroq rejissyor Şuhrat Abbosovga bosim ötkaziş boşlandi. Moskvada filmni bir seriyaga qadar qisqartirişni talab qilişdi. Qarşilik körsatiş yordam bermadi. Bizni qöllab-quvvatlovçilar ham bölmadi. Kartinaning beş qismini qisqartirib taşlab, ön qismini qoldirişdi. Asablari qaqşab ketgan Ş. Abbosov kasal bölib qoldi va yurak xuruji bilan şifoxonaga tuşdi.
Kartinaning töliq variantli nusxasini zudlikda yöq qilişdi… Ammo hozirça negativ saqlanib turardi.
Men studiya direktori Abdulahad Abdullayev huzuriga kirib, kartinaning töliq körinişidan yana bir nusxa tayyorlab berişlarini iltimos qildim. Men uni kelajak uçun, tomoşabinlarning yangi avlodi uçun asrab qöymoqçi edim.
Abdullayev juda aqlli va jurʼatli rahbar edi. U darhol örinbosari Qayum Abdurahmonovni çaqirib, unga kartinaning töliq körinişdagi nusxasini tayyorlab beriş vazifasini topşirdi. Men buning uçun Abdulahad Abdullayevdan bir umr minnatdorman, u kişining yorqin xotirasi hamişa qalbimda.
“Toşkent – non şahri” filmi kinotetrlarga çiqarilib, katta muvaffaqiyat qozonganidan keyin Şuhrat Abbosov bilan meni Davlat mukofotiga tavsiya etişdi. Ammo mukofotni boşqalar olişdi.
Kartina öz hayoti bilan yaşab kelmoqda. Odamlar haligaça bu filmni eslaşadi.
Hotam FAYZIYEV,
“Toşkent – non şahri” filmining sahnalaştiruvçi operatori, Özbekistonda
xizmat körsatgan sanʼat arbobi
“Yoşlik”2010/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


