11 daqiqada öqiladi

287 marta körilgan

Erini er qilgan ayol

(Hikoya)

Taʼtil payti qişloğimga borganimda adabiyotga qiziqib yuradigan bir neça hamqişloğim mendan: «Sadafiy degan şoirni taniysizmi?», – deb söraşdi.

– U haqda bir-ikki eşitganman, darviş şoir, deyişadi. Lekin özini körmaganman, kitobi ham menga uçramagan, – dedim.

– Nahotki?! U, axir, bizning viloyatdan, qöşni tumandan ekan. Şeʼrlari bilan aytiladigan qöşiqlarni artistlar «Ey, Sadafiy» deb tugatişadi-ku, – ajab–lanişdi hamqişloqlarim.

– Viloyat u yoqda tursin, tumanimizdan borib poytaxtda yaşayotganlarning köpçiligini ham tanimayman. Toşkent katta şahar, undagi şoirlar soni Alişer Navoiy davridagi Hirot şoirlari sonidan kam emas, – dedim men sal balanddan kelib.

Hamqişloqlarim bilan bölgan adabiy suhbat, bu sohada ularni qiziqtiradigan boşqa mavzu bölmagani uçun, şu tarzda yakunlandi. Biroq şu suhbat sabab bölib, men qöşiqçilik sanʼati va uning benazir imkoniyatlari haqida mulohazaga berildim.

Agar yetti yaşar talantli bolakay oynayi jahonda biron qöşiqni qoyillatib aytolsa, butun elga taniladi. Kamida bir neça kun barçaning oğzida gap böladi. Özinigina emas, qöşiği matnini yozgan şoirni ham elaro maşhur qiladi. Holbuki, bir neça kitobi çiqqan nosirni öz mahalladoşlarining köpçiligi tuzuk-quruq tanimasligi, taniganlar ham, bironta şeʼrini maşhur xonandalar qöşiq qilib kuylamagani uçun, katta ijodkor sifatida eʼtirof etmasligi mumkin. Mana, hamqişloqlarim ham mendan: «Biron yangi narsangiz çiqdimi?», – deb söraş örniga, Sadafiyni taniş-tanimasligim bilan qiziqişdi. «Taniyman, özimizning ukaxonlardan», – deb bir oz yolğonlaganimda, ular nazdida kaminaning maqomi bir poğona kötarilgan bölardi.

Töğri, şoir döstlarim taʼsirida şeʼrlar qoralaganman. Bir turkumi «Sohil ohanglari» töplamida çop ham etilgan. Biroq, afsuski, qöşiq bölarlik şeʼrim yöq. Boz ustiga, qöşiqbop şeʼr yozişning uddasidan çiqilganda ham, uni xonandalarga, ayniqsa, yiriklariga ijro ettiriş muşkulligini yaxşi bilardim.

Mahallamizning möjaz adabiy davrasi yoşullisi va adabiyotning tor köçalarida bizdan bir neça poyafzalni köproq tözitgan şoir akaxonimiz qöşiqbop şeʼrlar yoza olar, ular unda-bunda maydaroq xonandalar tomonidan kuylangan ham edi.

– Falonçini zör şoir deysizmi? Aslida unçalik emas, – derdi odatda akaxonimiz biron nomi çiqqan şoir haqida gap ketganda. – Gap şundaki, uning şeʼrlarini katta artistlar qöşiq qilib aytişgan. Bu jihatdan uning omadi çopgan. Lekin şeʼrlarini taqqoslasangiz, baribir, meniki kuçli! Faqat hozirça biron nomdor artist bilan tanişolmayapman-da.

Nihoyat, akaxon adabiyotning keng va yoruğ maydoniga çiqiş, yaʼni nomi va şeʼrini katta sahnalarda jaranglatiş uçun ğoyatda maşhur xonandaga möljallab, maxsus qöşiq matnini yozdi. Xonanda tilidan elga lirik murojaat tarzida yozilgan şeʼrga: «Men sening yulduz qizingman, xalqim», degan sarlavha qöyilgan edi. Uni dastavval bizga öqib berdi.

– E, qalamingizga tasanno, şedevr-ku bu! – dedi mahallamizning peşqadam şoiri Abduhamid Parda. – Xudo xohlasa, Yulduzning repertuaridan aslo tuşmaydigan qöşiq böladi.

Garçand, Pardaning mubolağaga moyilligi bizga sir bölmasa-da, eʼtirof etiş lozimki, şeʼr yurakdan yozilgan edi. Agar xonanda ham uni yurakdan qöşiq qilib kuylasa, xalq  qabul qilişi tayin edi. Bundan söng turnaqator bölib keladigan yutuqlarni tasavvur qilavering. Albatta, xonanda yangi şeʼrlarga buyurtma beriş asnosida bu şeʼrning qalam haqini jönatadi. Boşqa sanʼatkorlardan ham qöşiqbop şeʼrlarga buyurtmalar yoğiladi… Xullas, şoir akamiz naşriyotda uzoq yillardan beri navbatda turgan, hali yoruğlik körmasdanoq bir muçalini ötkazgan töplami naşr etilişi, şoirlik şuhrati mahallamizdan taşqariga ham yoyilişi, turğunlikka yuz tutgan moddiy ahvoli yaxşilanişi – barçasini şu qöşiq ijobiy tarzda hal qilişidan umidvor edi.

Şeʼrni xonandaga yetkazişning eng oson yöli topildi. Akamiz xonandaning konsertiga tuşib, şeʼr köçirilgan qoğozni guldasta orasiga joylab, öz qöli bilan taqdim etdi. Keyin sabr bilan kutdi. Xonandaning radiodagi çiqişlarini muntazam eşitar, lekin oylar ötsa-da, u intizor kutayotgan qöşiqdan darak yöq edi. Xonandaga qönğiroq qilib söraşga ğururi yöl bermasdi. Bizga noliganda qöldan kelgança tasalli berdik: «Şeʼringizni kelasi yil boşidagi yangi konserti uçun olib qöygan bölsa kerak. Har bir katta konsertida muxlislari uçun bir neça yangi qöşiq hadya etişi lozim-ku. Kelasi konserti boşida sizning şeʼringizni kuylasa ajab emas. Hatto yubiley konsertini boşlaş uçun ham bundan yaxşiroq qöşiq topiş amrimahol».

Zoriqib kutilgan konsertga akamiz oilasi bilan birinçi kuniyoq tuşdi. Çipta qimmatligi bois, biz şeʼr qöşiq qilinganiga işonç hosil qilgandan söng tuşadigan böldik. Biroq ertasiga akamizni tuşkun holatda kördik. Хонанда унинг шеърини на концерт бошида ва на охирида куйлабди. Biz ham taajjublandik. Çunki şeʼrda heç qanday nuqson yöq edi. Unda qayerda kamçilikka yöl qöyildi ekan?

– Ötgan yili şeʼrni xonandaning öz qöliga tutqazganmidingiz? – söradim men.

– Qöliga tutqazganim yöğ-u, guldasta orasiga solib, közga taşlanadigan qilib beruvdim, – dedi akamiz.

– Eh, işni xom qilibsiz-ku, – dedi jiğibiyron bölib Abduhamid Parda. – Axir, u «içiga nima solingan» deb barça guldastalarni birma-bir titib çiqarmidi?! Şeʼrni çiroyli xatjildga solib, guldastadan alohida qöliga berib: «Yulduzxon, şuni qöşiq qilsangiz, maxsus siz uçun yozilgan», – desangiz bölardi-ku!

– Ha, şunday qiliş kerak edi, – deya tasdiqladim men ham. – U şeʼringizni körmagan bölişi mumkin. Esiz, bir yil vaqt!

– Xayrli işning keçi yöq. Yulduzning konserti ön kun davom etadi. Yana bitta çiptaga va bir guldastaga tuşsangiz nima qipti?! – dedi Parda va öz tajribasi bilan örtoqlaşdi. – Men Norali Törayevga bağişlab yozgan dostonimni naq uning hovlisiga eltganman. Özi yöq ekan-u, lekin qorovulga: «Öz qöliga berasiz», – deb tayinladim. Bunga ham uç-tört oy böldi. Negadir, Norali hanuz qönğiroq qilmayapti. Nihoyatda band odam-da! Özim bir ötib xabar olişim kerak.

Şoir akamiz maslahatimizga amal qildi. «Yiqilgan kuraşga töymas» deganlaridek, qöşiq matni bilan xonandani öngu söldan qamal qilişni boşladi. Xonanda viloyatlarga gastrolga çiqqanda, akamiz qaysidir viloyatdagi qarindoşiga «konsertiga tuşib, qöliga bergin», deb sheʼridan nusxa jönatdi. Qönğiroq qilib natijani söraganida, «öz qölim bilan öz qöliga berdim», – degan ijobiy javobni eşitdi.

Şu orada qöşiq matnini xonandaga yana bir bor yetkaziş uçun zör imkoniyat paydo böldi. Radiodan muayyan kunda öşa xonanda bilan suhbat bölişi xabari berilib, savol va xatlaringizni kutamiz, deyişdi. Akamiz şeʼrga ajoyib bir xat ilova qilib, radioga özi eltib berdi. Eşittirişni butun vujudi quloqqa aylanib tingladi. Suxandon qizga rahmat! «Sizga xat yöllaganlar orasida taniqli ijodkorlar ham bor», – deb akamizning ismi şarifini aytibdi. Söngra: «U kişi siz qöşiq qilişingiz uçun bir şeʼr yozibdilar, bir bandini öqib beraman», – deb çiroyli ovozda öqibdi.

– Şeʼr yoqdimi, qöşiq qilasizmi? – deb xonandaga murojaat qilibdi.

– Juda yoqdi, şoir akamga rahmat! – degan javobni eşitganda akamizning közidan yoş çiqib ketibdi. Lekin xonandasi tuşmagur şeʼrni qöşiq qiliş yoki qilmasligi haqida tayinli gap aytmabdi.

Oradan yil ötib, navbatdagi konsertda ham biz kutgan möjiza röy bermagaç, qançalik noqulay bölmasin, «balki şeʼr matnini biroz özgartirib, boşqa biron xonandaga berib köriş kerakdir», – degan mulohaza ham aytildi. Biroq akamiz keskin rad qildi.

– Yöq, bu şeʼr atay uning özi uçun yozilgan. Boşqasiga bersam, uvol böladi. Heç kim buni uning öziçalik aytolmaydi! Men hali aytmasidan oldinoq bu qöşiqni uning ijrosida eşitdim. (Biz angrayib, akamizga tikildik). Bir kuni deng, ertalab hali örnimda yotganimda şu qöşiq tarala boşladi. Radiodanmi, televizordanmi – bilolmayman. Şunaqa mayin, dilrabo! Xotinim: «Turing, dadasi, işga keçikasiz», – deb beliga tepdi qöşiqning. Turiboq: «Nega radioni öçirding, yoq!» – deb baqiribman. Attang, tuşim ekan. Biroq şunçalik aniq-tiniq eşitdimki, bastakor bölganimda, darhol ohangini notaga tuşirardim. Hay mayli, u katta kompozitorlar bilan işlaydi-ku. Öşa ohangni albatta topişadi…

Qişloqdan Toşkentga qaytib kelgaç, yoz oqşomlaridan birida döstim – bolalar şoiri, şuningdek, kattalar uçun ham yozadigan Dilşod Rajab bilan Çilonzor xiyobonlaridan birida sayr qilayotib, kabobxörlik qiliş uçun oçiq havoda – favvora teg–rasida turgan stollardan biri atrofiga ötirdik. Nariroqdagi stoldan qözğalgan juftlik Dilşodga taniş ekan. U borib körişdi.

– Bu odamni taniysizmi? – söradi Dilşod qaytib kelib ötirgaç.

– Yöq, birinçi körişim, – dedim.

– Qöşiqçi şoir Sadafiy şu böladi. Yonidagi ayol xotini.

– E, şunday deng! Nihoyat, hamqişloqlarimga şoir Sadafiyni körganman, deb baralla ayta olaman. Lekin uni darviş qiyofasida tasavvur qilardim. Bu esa pörim kiyingan viqorli bir odam. Özi, Sadafiy taxallusli şoir bittami?

– Ha, şoir Sadafiy şu. Çindanam bor-yöği bir neça yil oldin u haqiqiy darviş edi. Qöşiqçi şoir sifatida tanilgani bilan na tayinli işi, na uy-joyi bor va na kitoblari çiqqan edi. Xotini tufayli qaddini tiklab, darvişdan bekka aylandi.

– Demak, yaxşi ayolni topib uylanibdi.

– U ayolni emas, ayol uni topgan. Ularning romani menga yaxşi maʼlum.

– Unda hikoya qilib bering. Kabob yeb eşitadigan gözal qissaga öxşaydi-ku.

– Sadafiy ham bir neça şeʼri qöşiq qilinib, elga manzur bölgaç, poytaxtga omad izlab kelganlardan. Lekin uning isteʼdodiga gap yöq, – deya hikoyasini boşladi Dilşod. – Men uning bir turkum şeʼrlarini özim işlaydigan gazetada çop ettirganman va şu tufayli yaqin taniş bölib qolganmiz. Boşidan keçirganlarini ham özidan eşitganman. Toşkentga kelganida turadigan joyi bölmagan. Isteʼdodini qadrlaydigan baʼzi artistlar vaqtinçalik öz uylariga röyxatga qöyib, muvaqqat boşpanalar topib berişgan. Sadafiy qöşiq qilingan şeʼrlari evaziga berilgan qalam haqiga tirikçilik qilgan. Bilasiz, şoir xalqi injiq, öz homiylari bilan ham kelişib yaşaşi qiyin. Sadafiy ham maşhur bir xonanda bilan arazlaşib, eşikni qarsillatib yopib, köçaga çiqib ketgan. Orttirganini iça boşlagan. Köça-köyda mast-alast daydib yurgan. To taqdirida bugun körganingiz ayol paydo bölguniça, u nainki darviş, hatto daydi edi.

– Xotini ham öz tarafidanmi?

– Yöq, u farğonalik. Şuhrat borasida qöşiqçi şoirlar bilan bellaşib bölmasligini yaxşi bilasiz. Siz kabi kitobxonlikka mukkasidan ketganlar şoirlarni kitoblari orqali taniydi, asarlariga qarab baholaydi. Lekin hozir sizdaylar kamayib ketgan. El şoirlarni avvalo qöşiq qilingan şeʼr–lari orqali taniydi va şunga qarab ardoqlaydi. Şu sababli Sadafiyning taʼrifini bu ayol Farğonada turiboq eşitgan. Toşkentga kelib işlab ketgan biron qöşiqsevar mardikor aytganmi yoki boşqami, şoirning qay ahvolga tuşib qolganidan ham voqif bölgan.

Bu ayol adabiyotga, ijodkorlar hayotiga oldindan qiziqar ekan. «Toşkentga borib, uni izlab topaman, odam qilib yölga solaman, isteʼdodi xor bölişiga yöl qöymayman!» – deya ahd qilib, şu maqsadda poytaxtga yöl olgan.

– Alpomiş Barçinni izlab emas, Barçin çohda yotgan Alpomişni xalos qiliş uçun otlanibdi-da! Yölga solib, odam qilaman desa, vodiyda şunaqasi topilmabdimi? Nega endi dovon oşib, aynan Sadafiyni izlab kelibdi?

– Bu köngil işi-da, aka! Sizningça bölsa, Barçin ham qalmoqqa yoki Ultontozga tegib ketaversa bölardi-ku! Asli şeʼriyat şaydosi bölgan bu ayolni Sadafiyning şeʼrlari maftun etgan.

Xullas, ayol Toşkentga kelib, tahririyatu radiodagi ijodkorlardan şoirni sörab-suriştirgan. Bilganlar: «Sadafiyni katta bozorlardagi aravakaşlar yo mardikorlar orasidan topasiz», – deyişgan. Çunki sönggi paytlarda şoirning hayot tarzi şundoq bölgan: u biron aravakaşning ismini sörab, uning ismiga qofiya qilib baytlar aytgan. Ismi şeʼrga solinganidan xursand bölgan aravakaşlar köngildan çiqarib, bir oz pul berişgan. Kun davomida yiğilgan pulga şoir aroq içgan.

Ayol ham uni mardikorlarga şeʼrxonlik qilib turganida topib olgan va u bilan körişiş uçun olisdan kelganini röyi rost aytgan. Hayron qolgan Sadafiy, bafurja suhbatlaşaylik, deya qahvaxonaga taklif qilgan va şunday dilbar ayol atay uni deya uzoq yöl bosib kelganidan qattiq taʼsirlanib, aroq buyurgan. Ayolning ilk bor şoirni içkilikdan qaytariş uçun qilgan harakatlari natija bermagan. Bu ahvolda endi nozik mavzularda gaplaşiş imkonsizligi tufayli, ular ertalab soat sakkizda uçraşişga kelişişgan. Çunki Sadafiyning ertalab içiş odati yöq edi. Aksiga olib, ertalab mardikorlarni melisa bosib, ular yonida bölgan Sadafiyni ham «Men şoirman» deganiga qaramay, poytaxtda röyxatda turgan-turmaganliklarini tekşiriş uçun tayanç punktiga olib borişgan. Bu yerda ham u şoirlik daʼvosidan voz keçmagan va: «Falon xalq artis–tining uyida vaqtinçalik röyxatda turaman», – degan. Melisa boşliği öşa manzilga qönğiroq qilsa, göşakni xotini kötargan va: «Agar qölida M.S. degan yozuvi bölsa, öşa şoir biznikida turadi», – degan. Tatuirovkani körgan boşliq uzr sörab, uni ozod qilgan. Lekin Sadafiy: «Meni bu yerga majburan olib kelişdi. Soat sakkizda juda muhim uçraşuvim bor edi. Undan bir soat ötib ketdi. Meni maşinada olib borib qöyasizlar!» – deb xarxaşa qilgan. Melisa boşliği noiloj öz çöntagidan taksi puli bergan. Pul qölga tekkaç, Sadafiy köçaga çiqib, bu voqea alamidan aroq içib: «Baribir keçikdim, uçraşuv barbod böldi. Endi mendan arazlab, heç qaçon kelmaydi», – deb köz yoşi ham qilgan.

Ayol esa uni ertalabki sakkizdan keçki sakkizgaça kutgani yetmagandek, ertasiga ham izlagan. Qayta topgaç, özi turmuş qurişni taklif qilgan. Turmuş qurişgaç, Sadafiyni içkilikdan qaytarib, yölga sola boşlagan. Bu jonfidolikning qançaga tuşgani bir öziga, bir Xudoga ayon. Mana, endi ularning poytaxtda öz uylari bor. Sadafiyning töplamlari oldiniga yupqa, katta kitobi esa qalin muqovada naşr etildi. Kelasi hafta Sanʼat saroyida uning adabiy keçasi va kitobining taqdimoti bölar ekan.

– Ayol zotiga qoyil-a! – dedim eşitganlarimdan mutaassir bölib, – Xudo köngliga solgan ekan-da. Bölmasa, oldin körmagan-bilmagan odamini izlab uzoq yöl bosiş, topgan zahoti sinamasdan tegib oliş, söngra uni yölga solib, darvişlikdan beklikka kötariş – özi böladigan iş emas, albatta.

– Ayniqsa, Sadafiydek injiq şoirni er qiliş oson bölmasa kerak. Bu ayol esa uni ham er, ham şer qildi. Mana şu matonati evaziga özi ham maşhur şoirning xotini bölib, gul-gul oçilib yuribdi, – deya hikoyasini yakunladi Dilşod Rajab.

Ğulom KARIMIY

“Yoşlik”2010/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)