49 daqiqada öqiladi

584 marta körilgan

Tugmaçagul

Tugmaçagul

(Novella)

Meni mast qiladi qirq yil naridan
Kitobing qatiga qistirilgan gul…

                              Muhammad Rahmon

Uni kördim. Bekatda, yöq, bekatning orqasidagi dökon oldida. Dökonning u yoğida AYOQŞ bölar edi, benzin olay deb töxtasam, buzilib ketibdi, maşinamga qaytib endi ötiraman deganimda u çiqib qoldi. Avvaliga nimasidir közimga issiq bosildi, nimasidir qadrdon, keyin menga bir qarab, qoşini sal çimirgan edi, şu zamoni tanidim. Ha, öşa eski qoşlardan ham nimadir qolgan. Aytgança, söğin bildim, suvoği marmar uvoq şu dökon ham öziniki ekan. Xaridor yöq, içkarida ziqlanib, havo olay deb çiqqanda men borib qolibman. Töğri kelganini! Bölmasa, kim biladi, yana qança körişmas edik. Körsam deb yurganimga köp yillar bölib ketgan.
Kuz. Xazonlar yakkam-dukkam erinçoq tökilyapti, yerda yotganlari ötgan katta yuk maşinalari epkiniga tös-töpolon kötarib ergaşadi. Havo burqib turibdi-yu, unça sovuq emas, izğirini yöq, ammo dökon içi izğorroq şekilli, u katta-katta angor gulli, qalin jun kamzul kiyib, ustidan beliga tivit römol ham boylab, hurpayib olgan. Xuddi polvonlarga öxşab. Özi ham polvondek xotin bölib ketibdi. Ha endi, şunça yil qizligiça turmaydi-ku. Lekin uning oldida yoşligimni tuydim: yelkam hali çökmagan, egnimda şinam kostyum, maşinada şunça yöl bosib kelayotganimga qaramay, dazmoli ölmagan, hozirgina dökondan olib kiyilgandek, albatta, çiroyli galstuk. Sal oliftaligim ham bor, tanlab kiyaman. Örtasidan katta yöl kesgan bir qişloq, hurpayib turgan bu ayol oldida yoşimga nisbatan ança yoş körinaman. Uning qizligidan öşa eski qoşi, ha, keyin, odamga qaramay kuydiradigan közi qolibdi. Tavba, ka-atta xotin-ey, öziga sal-pal qaramagan ekan-da, a?
Ilgari qanday yoş edi, qanday edi-ya Habiba! Özining asli qandayligi xotiramda unça emas, lekin öylarim, surgan xayollarimda juda nozik, yöq-yöq, ozğin emas, nafis-nozik, sal qattiq gapga ham egilib ketadigan xiviçga öxşar edi. Keyin, qarğaşoyi köylak, zangori kamzulçada, yuzini tirsagi bilan yopib yiğlab qolgani haligaça köz oldimda: birinçi sinfda, nimadir darsmi, badantarbiyamidi, işqilib, qöl uşlaşib davra qurib turgan edik, bir vaqti qarasak, yiğlayapti. Qöl kötarib javob söray desa, ikki qölidan ham Mahkam bilan Avaz qattiq uşlab, bilmagan-da, qöyvormagan. Tovuş çiqarib söraşga iymangan, oxiri, noiloj, uyatdan izillab yiğlaşga tuşgan. Nafisa muallim – boşlanğiç sinf öqituvçimiz, juda mehribon tatar kampir, uning boşini silab ovutdi, öpib qöydi, keyin Bahorni ham qöşib, uyiga javob berib yubordi. Mahkam bilan Avazni esa: “Unga emas, sizlarga ayb. Qiz beçorani qiynab qöyibsizlar”, deb koyidi. Öşanda bolalarga qöşilib kulmagan bölsam kerak, çunki juda içim açigan.
Habiba öşandan beri köz oldimda yomğir tagida qolgan tugmaçagul bölib körinadi. Asli özi tugmaçagul nimaligini bilmayman, körmaganman ham, lekin Habiba desam, köz oldimga tugmaçagul bölib kelaveradi. Yomğir tagida qolgan. Albatta, öşa yiğlagani ham qöşilib.
Unda Habiba bilan gaplaşar edik.
Keyin… töqqiz yil gapirişmadik. Ikkinçi sinfdan, har kuni birga dars öqib, bir-birimizni körib, bari bir, mutloq gaplaşmay ketganmiz. Avvaliga, bolalik, urişli edik, kattarib, sinfdan sinfga köçgan sa-yin urişligimiz past sinflarning hammasiga afsona bölib, endi yaraşsak, bu ham yangi bir gapga aylanar edi. Lekin u, qasam içgandek, qattiq turib oldi. Men, eh-he, bola boşimda nima jabrlar tortmadim! Qanday axir, mendan boşqa hamma bilan inoq, salom-alik qiladi, söraşadi, lekin göyo meni tanimaydi, meni körmaydi, unga yöqman. Qançalar urinmadim, nima yöllar axtarmadim, bahonalar öylab topdim – barçasi befoyda. Tilimizga muhr bosilgan-qolgan.
Maktabni şunday bitirdik, birga universitetga ham kirdik. Şanba kuni tuşdan keyin qişloqqa, yakşanba kuni şu vaqtlari yana şaharga qaytişda bekatlarda duç bölib, boşni irğab qöyadigandek böldik. Nihoyat! Balki, bilmadim, endi bola bölmadik, har hafta köz-közga tuşadi, yana ham urişli yuriş eriş tuyulgandir, sal yumşaganga öxşar edi. Şunda ham faqat men luqma taşlayman, u bir-ikki oğiz söz qotsa-qotadi, bu ham zörğa huşiga kelsa: “Ha, qalay, öqişlar?” – “Ha, endi, matematika-da”. – “Bizda ham boş qaşlaşga qöl tegmayapti”. Birdan gap tugab qoladi, uning qoşiga tugunça tuşadi, meni birov kökragimdan kuç bilan itarib taşlaydi. Buni ham aniq eslolmayman, balki şunday gaplaşamiz deb tasavvur qilgandirman. Uni şu qadar köp öylar edimki, hozir xotiramda rost bilan xayol aralaşib ketgan. Keyin, töqqiz yil gaplaşmagandan keyin nima gap ham qoladi özi?
U matfakka kirgan, men esa – filfakka. Ular boş korpusda öqiydi, biz xiyobonning bu çekkasi, bir çaqirimça berida. Oldiga borib yurdim. Öylasam böldi, oyoğim öz-özidan öşa yoqqa tortadi. Darsi boşqa auditoriyaga köçsa, dolonda, tugasa, yölkada turib kutaman, u menga uzoqdan bir çimiriladiyu keyin körmaslikka olib, boşini egib yonimdan ötib ketaveradi. Közimni uzmayman, yuzi injilib, yonidagi kursdoş dugonasiga tez-tez gapirganidan, qaramasa ham körib kelayotganini, oldiga borsam, atay indamay ötib ketişini bilib, içim tutab qaytaveraman. Baʼzan şuursiz bir ilinj bilan ergaşaman. U boş korpusdan çiqib, törtinçi trolleybusni kutadi. Men ham şu bekatda, oramiz bir qadam, ammo ikkita begonamiz, göyo u meni tanimaydi, men uni. Bölmasa, keça qişloqda bekatga çiqqanda salom bersam, boşini qimirlatgandek böluvdi. Şunga umid bilan kelgan edim. Ikki oğiz gaplaşsa nima qiladi, a? Özi qiynalmaydimi, a, bitta odamni şunça azobga qöyganidan? Heç bölmasa, nimaga orqamdan ergaşasan, tinç qöyasanmi-yöqmi, deb jerkib taşla. Yö-öq, jim. Ipsiz boğlab qöygan. Turaveramiz. Nihoyat, trolleybus körinadi, uniki, faqat unga keladi, içi töla odam, lekin çiqişga mening haqqim yöq!
Şunça yigitu qiz bemalol gaplaşib yuribdi, avtobusu trolleybuslarda birga ötiradi, gurung quradi, hazillaşadi, şaraqlab kulişadi; birov birovni yeb qöygani yo opqoçib ketayotgani yöq-ku! Özim ham kursdoşlarim orasida şundayman, qizlar men bilan oçilib-soçiladi. Bir-ikkita şaddodlari bor, ötkizib ham qöyadi. “Universitetni bitirsangiz, meni olasiz-a?”, deydi, masalan, Saodat; “Menga yetib oling, “uç”ingiz bor”, deyman; “Voy, noz qilişlarini! Avval toş-poş kötarib, sal çiniqing, şu holingizda kim ham tegar edi”, deydi qiz tuşmagur. “Men, men tegaman”, deb hazilga qöşiladi Gulandom. Saodat darrov uning gapini qaytaradi: “Bu sizdan ikki yoş kiçkina, töğri kelmaydi. Meni oladi”, deydi. “Özim kötarib katta qilib olaman”, deydi Gulandom. “Çimildiqda kuçi yetmay, dumalab tuşadi”, deb yana tegişadi Saodat, xuddi meni unga bergisi yöqdek. Qizarib qolaman, “Böyim hali ham ösib qoldi-ku”, deyman boşqa gap topa olmay. Saodat sakrab turib, meni ham ötirgani qöymaydi. Böyini böyimga ölçab, keyin boşini yelkamga qöyadi-da: “Töğri-ey, uylanadigan böpqopti”, deydi. Bunaqa gaplarni jiddiy olmayman-u, lekin qizlarga yaqinlaşib borayotganimni bilaman.
Domla kirgunça beş-olti daqiqani kulişib ötkazamiz. Bular qanday ajoyib, zerikmaymiz. Birga dars qilamiz, şahar aylangani çiqamiz, kinoga tuşamiz, muzqaymoq yeymiz, xullas, öyin-kulgi, hazil-huzul. Bir-ikkitasi bilan maʼruzalarda köz uriştirib ötiraman. Bu ham qiziq: hozirgina tanaffusda gaplaşib turgan edik, endi nimaga hali tanişmagandek köz ostidan qarayman, yana könglimda bir nimalar uyğonadi – özim hayron. Boya töğri köngilda gap taşlagan ular ham şirin suziladi. Köngil sirlarini menga oçadigan qizlar ham bor. Ha, maktabdan sevişib keladi, oşiği boşqa fakultetda. Öğiloy deganimizning yigiti esa Toşkentda. U paytlari qöl telefoni degan narsalar yöq, boşqa şahar bilan faqat “peregovorniy punkt” orqali gaplaşiladi. Öğiloy yarim keçalari Sobiti bilan gaplaşgani meni qöriqçi qilib olib ketadi. Yölda körganlar yigiti deb öylasin deb, qöltiğimdan qöyib yubormaydi, borgunimizça ham, kelgunimizça ham Sobitining gapi, köngli ranjisa, közyoşini menga tökadi. Begona yigitning dardi yuki yelkamga tuşgani ança malol keladi, lekin şunday qizlar menga suyangani, ularning köngil döstiga aylanganim yoqadi ham. Qizlarimiz bilan şundayman. Lekin nimaga Habiba bunaqa aks? Xuddi yovvoyidek. Muomalasi nimaga faqat menga şunday? Biron joyim aybmi? Şunça tegişganimiz bilan Saodat tegadiganu men oladigan bölib, şappa yopişmayapman-ku. Şundayman-u, özim unça betaʼsir emasman: Saodat çiroyli, kökraklari töla, beli esa ingiçka, odamning quçoqlagisi keladi, lekin Habiba qöymaydi, örtada turib oladi. Öğiloy Sobitidan xafa bölib yiğlaganida içim açib, közyoşini artib, yuzini silab qöyişni istayman juda, ammo yana Habiba, yonimdan ketmaydi, özi tomonga tortaveradi. Habibaning özi oldida ham kökragimni tö-öldirib, bemalol nafas olgim keladi, axir. Gapimga javob bersin, yöq, desin mayli, roziman. Axir, ön yil birga öqidik. Dim-dim öynaşimizni naridan körib turganlar meni nima deb öylaydi? Keyin şunçaki undan-bundan, boğdan-toğdan gaplaşib yuraversin, menga yetadi şu. Lekin şu ham yöq! Sitam, sitam! Böğilib, uh-uh, böğriqib ketaman.
Şanba kunlari darsdan çiqa avtobus bekatiga çopamiz. Oxirgi reysi soat uç-törtlarga qöyilgan öttiz oltinçi avtobus. Qişloqdan öqiydiganning hammasi qaytadi. Yana ertalab kelib, bozorini qilib, endi uyiga oşiqayotganlar ham tumonat. Hafta böyi zoriqib kutganman: Habiba ham albatta keladi.
Lekin odam! Böl-ha-böl, itar-itar! Qolib ketmasam deb yurak taka-puka. Şunça olomon “Pazik” degan çoqqina avtobusga qanday siğadi deysizmi? Lekin siğadi-yey, bitta ham odam qolmaydi, “bezrazmerniy”. Ammo içida qiyomat – ayolu erkak, yigitu qiz bir-biriga qapişib ketgan, qaynagan, qiy-çuv: “Beting qursin, nariroq tur!” – “Atay qilyapmanmi? Orqamdan itarişyapti-da.” – “Hay, insof bormi, insof?!” – “Uyga ham şunaqa bigiz ökça kiyib boradimi? Oyoqni teşib yubordingiz-ku!” – “Hay-hay, bir kunga hökiz ölmas, ikki kunga egasi bermas. Köngil keng bölsi-in.” – “Diplomni hökiz deb bermaydi.” – “E-e, haydang! Rezinka emas, avtobus-ku bu.” – “Voy, çakkimni ezding.” – “Sotolmaganingizni taşlab kelmaysizmi, xola? Nima qilasiz suvini şörğalatib?” – “E, ertaga nimani sotaman? Men ham pulga olganman buni.” – “Açib qolmaydimi? Nimaga yelkam höl desam, çakkingizdan ekan-da.” – “Şanba kuni ham çakki sotadi-yey!” – “Bosma-ey! Bolalarimni sen boqib berasanmi?”. Bor alam çakkidan olinadi, bir muddat çakkifuruş Anzirat xola yanilib, nihoyat avtobus biqinini dömpaytirib joyidan jiladi, yana töxtaydi, haydovçining özi tuşib, osilib qolganlarni içkariga itaradi, suril-surildan keyin eşikning buklamasi çala rostlanib, avtobus yana yuradi, şu bilan çuvvos bosiladi. Bir oz havo kiradi, avtobusning içi ham sal kengaygandek. Baqir-çaqirni şu odamlar qildimi-yey, deb ajablanasan. Hali sur-ho-surilda zörligini körsatgan şovvozlar endi yuzini burib oladi. Bir xil yigitlarning esa közi çiroyli-çiroyli qizlarning çehrasiga yopişib qolgan. Gapirmaydi ham, nigohini ham uzmaydi. Boya çiqolmay qoliş vahimasi qizlarga qaraşga qöymagan. Qizlar ham buni tuşunadi, şuning uçun heç biri hamqişloq yo oşiq yigitiga, menga qaraşmading-ku, deb taʼna qilmaydi. Habiba albatta boşqa eşikdan çiqqan, u men bor eşikka yölamaydi. Bemalol turib oldimi ekan deb izlanaman.
Avtobus oxirgi manziligaça yölovçilarni gala-gala tökib boradi. Yakşanba kuni xuddi şu tartibda terib keladi. Oltita qişloqdan odam olib, içi töla, bizning bekatda töxtaşi muammo, lekin keyin boşqa ulov yöq, qoidasi ham şunaqa, töxtaydi. Hozirgina hazil-huzul qilib turganlar birdan begonalaşib, avtobusga taşlanadi. Yana itar-itar, “Ozgina suriling!” – “E-e, munça! Qayoqqa tiqilasizlar?” – “Ha, tomiga çiqaylikmi? Sal siljinglar!” – “Odamlar faqat özini öylaydi-ey. Nimaga bunaqa, a?” – “Özi joylaşib olgan-da, gapini qarang: çiqma, emiş!” – “E-e, çakki sotgani emas, öqişga boryapmiz-ku”. – “Munça joniqasizlar? Boşqasi kelib qolar”. Agar oldin çiqib, ötirib olgan bölsangiz, tomoşasi zör.
Şunaqa. Avtobusga taşlangan açavotda, – özing uçun öl, yetim, – men ham Habibani körmay qöyaman. Qölidagi yuki kiçkina, özi amallab ilinadi. Bu ham oxirgi reys. Aytdim-ku, qizu yigit – heç birovi dar qolmaydi. Yana yöl böyi qarasam ham, qaramasam ham köngil közim unda. U boşini burib oladi, men tomonga köz ham taşlamaydi. Şu avtobusda, özi bilan birga ketayotganimni sezib turganini körib, boşqa qizlarni körmayman, tirişaman, menga havo yetmaydi.
Boşqa çoram yöq, uning diydori faqat şu vağir-vuğur, tiqilinç öttiz oltinçida! Qişloq bilan şahar oraliği esa atigi bir soatça yöl. Örtamizni boşqa odamlar tösib olgan.
Şahardan kelişda öntadan oşiqroq talaba tuşamiz. Hamma uy-uyiga tarqaladi. Şunçaning orasida unga qanday gapiraman? Bahona qilay desam, kötarişadigan narsasi yöq. Bitta qişloqda bir-birimizdan şunçalar uzoqmizki! Tovuşimni çiqarmay dodlab yuraman.
Bu yiliga çidamadim. “Qor yoğar pağa-pağa” – oçiq yoqamdan kökragimga muzdek tegib erigani esimda. Qizib, yonib ketgan ekanman. Yö-öq, egnim qalin emas, aksinça, nimdoşgina. Bilasiz, u paytlari biz qalin içkiyim nimaligini bilmas, tizza böyi qorda ham bitta köylakning ustidan kostyum-şim, yupqa qatirloq yomğirpöşda hu-hulab yuraverar edik. Boşda heç narsa yöq, dökonlarda, topilsa, faqat oddiy askar kiyadigan qösqi telpak, uni kiygani uyalamiz, şaharda körgazma oynasiga gardişi qozondek kepka osib qöyiladigan tikiş ustaxonalari ança, lekin bunaqasini faqat armani bilan juhud, keyin bezorilar kiyadi deb, biz olmaymiz. Zamharirda soçimiz tikrayib, burun kökarib, sörrayadi. Darsga kirayotganda soçning qorini silkib tuşiriş ham bir martaba. Qiziq, sovuq ötmaydi, şamollaş yo bizni, yo biz uni pisandga ilmaymiz. Yotoqxona faqat boşqa viloyatlik talabalarga beriladi, tumanlardan kelganlar, qizlar sal istisno, hammasi körpakötardi ijarador. E-e tavba, peçkada gazeta yoqsa ham uy isiydimi? Lekin misoli isigandek, qölni kuhlab, junjib dars qilib ötiraveramiz, faqat oyoq muzlaydi. Yotişda körpaning içiga kirib olsak, marra bizniki – bari bir, tong otadi!
Şunday kunlarning birida, havodan ham yuragim siqilgan, juda bölmay ketdi, şaşt bilan Habibaning oldiga jönadim. Boş korpusning oldida darsdan çiqişini besabr poylaganda aylanib qor yoğayotganini sezmabman ham. Törtinçi trolleybusni hamişagidek indamay birga kutdik. Oldiga borib, turib oldim, qaraşga yuragim dov bermaydi. Undan sado yöq. Xuddi köngli-pöngli yöq jonsiz bir narsa, qaqqayib turibman. “Ey, xira, munça ilakişding, yöqol nari!” desa ham görga edi, işqilib, tovuşini eşitsam.
Yöq, bu yuriş bölmaydi, odamman-ku men ham, axir! Aytaman, aynan şu trolleybusida aytaman! Hamma çiqadi, menga ham mumkin, direktor otasining moli emas bu. Bola boşimdan hasrat, röşnolik körmayman! Kunduzi içimga yutgan dardlarim keçalar qoronğusida xayol bölib otilib çiqadi: Habiba bilan gaplaşaman! – Habiba ham oçilib söz oçadi, şungaça özi qiynalib yurgan! – Taraşa qotgan könglimning tirişlari yoyiladi, tortgan azob-larimning bahridan ötib, uni keçiraman! – Ikkalamiz qöl uşlaşib, şirin suhbatlar quramiz, keyin qahraton qiş ekaniga qaramay, qişloğimizning qiyğoç gullagan boğlarida quvlaşmaçoq öynaymiz, yetib olib, uni tutaman, nima qilişni bilmay, yana qöyib yuboraman, alla-pallagaça quvlayman, şu quvlab-quvlab uyquga ketib qolaman. Ertalab darsga borsam, yarim oqşomgaça men bilan suhbatlaşgan Habiba yana talqon yutgan böladi, unga qarab özim ham gung, lekin içim töla ingroq. Ingroq kökragimga qamalib qolgan.
Onda-sonda ha-hu deb qöyganimizni aytmasa, talabaligimizda ham ahvol öşanday. Odamlar orasida sal-pal ğudinglaşgandek bölamiz, ikkalamiz baqamti qolsak, qoşini bir çimiradi, dunyoni qoronği bosadi jimligidan.
Mayli, maktab, kiçkina ekanmiz, endi qişloqdan çiqib, ulğayganimizdan keyin ham nimasi bu? Or qiladigan joyim qolmadi şekilli. Xö-öp, maktabda böyim uçun safning oxirroğidan joy tegardi, öninçi sinfgaça ham ösmadim, yuzlarim ajin, ha, körimsizroq, undan ham töğrisi, körimsiz edim. Lekin nimaga? Kasal emas, işlab çarçamas, yeb töymas edim, nimaga turşakdek mujmayib yurganman? Dardim içimga urib ketgan, ha, kiçkina boşimga katta yuk tuşgan. Mudom musibat ostida qolib ketganman.
Ön yil, yöq, jami tarix ön bir yil ekan. Bulunğurda çömilib, keyin arava ğildiragi iylagan tizza böyi bilq-bilq tuproqqa kömilib yotganimizda kim kimni olişidan boşlangan. Unça eslolmayman, şu yoşda tursi kiyarmidik yo töyib çömilib çiqib oftobga toblanganda, uyat joylarimizga tuproq tortib olar edikmi, işqilib, öşa kiçkinaligimda Habibani deganman. Bu gap, albatta, yotmagan, unga ham yetgan.
Birinçi sinfda, yaxşi, qalin edik, hali öqişni unça yaxşi bilmasak-da, Habiba menga “Mening tört oyoqli döstlarim” degan rasmli kitobini bergan. Oramizni Razzoq buzmoqçi böldi. Bir kuni u bilan Habibaning ustida aytişib qoldim. U Habibani olişimni bilsa ham, “Habibani men olaman”, dedi. “Men oldin aytganman. Habiba meniki”, dedim. Razzoq meni urmoqçi bölgan edi, Vafoqul yonimni oldi, “Men ham sen bilan urişaman”, dedi. “E-e, jinni, hamsoyamiz-ku”, dedi Razzoq. “Hamsoyamiz, lekin bunga jöraman”, dedi Vafoqul. Razzoq mendan, Vafoqul Razzoqdan kuçliroq edi. Razzoq: “Körasan – bari bir, men olaman”, dedi, lekin özini sal nari tortdi. “Olmaysan. Habibani Akbar olaman, deb oldin aytgan”, dedi Vafoqul. “Otasi – amakim, buningga bermaydi, menga beradi”, deb turib oldi Razzoq. “Yöq! – dedi Vafoqul qatʼiy qilib. – Oldin aytgani uçun, bari bir, Akbar oladi. Nomardlik qilolmaysan”. Razzoq menga: “Hali qarab tur, közingga körsataman!” deb ketib qoldi.
Keyin ança öylab yurdim, Razzoq nimani körsatar ekan deb. Biron şumligi bor uning. Yo poylab yurib, ketimga bigiz tiqib olarmikan?
Muxlisa opaning töyida Samad aka kuyovning ketiga bigiz tiqib olgani rosa gap bölgan. Keyin biz kiçkinalarga döq uriş bölib ötgan. Urişib qolsak, “Qarab tur, ketingga bigiz tiqib olmasammi!” deb qörqitar edik. Avaz deganimiz hatto bozor kuni etikdözdan bigiz öğirlab olgan, uçini ninadek ötkirlagan, endi sal gapga öqtalaverib balo bölgan edi.
Samad aka labida mayizdek dona xoli bor Muxlisa opani olaman deb yurgan ekan, öziga aytmaganmi yo aytsa ham, Muxlisa opa unga tegmayman, deganmi, bizlar bilmaymiz, işqilib, Muxlisa opani Paxtazovut degan joyga uzatib yuborişdi. Kuyovjöralar kelinning uyiga kirayotganda, kuyov ostonaga töşalgan poyandozni endi bosaman deb, tegradagi yigitlar tort-a-tortga şay talotöpda zinkayib yaqin borgan Samad aka kuyovning dumbasiga ğirtillatib bigiz tiqqan. Kuyov vuy-vuylab özini içkariga urgan. Töy buzilişiga sal qolgan. Kuyov bir haftaça oqsab yurib, keyin tuzalgan, lekin töyning ertasi kuni ança mazasi qoçib, anavi işini qilolmagan deyişadi. Bu şumlik kimdan çiqqanini tös-töpolonda heç kim körmagan, körganlar aytmaydi ham, hu keyinroq, Muxlisa opaning qöldan ketgani alamiga Samad akaning özi: “Hammasidan ham xoli xor ketdi-da. Lekin men ham qarab turmadim, bopladim”, deb maqtangan. Muxlisa opaning xoli özi bilan ketgan-ku, nimaga xor böladi, bunga aqlimiz yetmaydi.
Habibaning xoli yöq, lekin böladigan töyimizda, töyimiz muqarrar, albatta, Razzoq menga bigiz tiqib olsa ham tovuşimni çiqarmayman. Ötkir bigizdan uçi kurt bigiz yirib-yirtib yomon kirişini köp gapiramiz, men bunisiga ham çidayman. Işqilib, Habiba menga tegsa bas! Faqat ketimga şimimning içidan tunukami, faner taxtami kesib qöyib olaman, Razzoqning bigizi ötmaydi. Lekin Razzoq bigizdan battar yomonlikni öylagan ekan. Tinçgina dars ötayotgan edik, heç bir aloqasi yöq joyda “Maylimi?”, deb qölini kötardi. Nafisa muallim gapidan töxtab: “Ha, taşqariga çiqasanmi? Mayli, lekin tez qayt”, deb ruxsat berdi. Razzoq esa törsayib turdi-da, keyin birdan, tomdan taraşa tuşgandek: “Akbar Habibani olaman, dedi”, desa! Ha, paq etib şu gapni qö-öyib yubordi xonasallot. Keyin yana bezrayib turaverdi. Hamma jim bölib qoldi. Men qörquvdan toş qotdim. Nafisa muallim esa Razzoqqa: “Ha, böpti, ötir”, dedi-da, darsni beparvo gapirib kelib, yonimda töxtadi, boşimga qölini qöydi, quloğimga egilib: “Jörayev senga qizi tugul, b…ni ham bermaydi”, deb şivirladi-da, heç gap bölmagandek ötib ketaverdi. Birdan böynimni qisib qolibman. Yomon uyaldim. Habiba tomonga qaraşga yurak ham yöq.
Bu darsda Razzoqqa: “Öl, şimpanze! Körasan hali!”, deb pöpisa qildim. “Ma-allim, qarang, nima deyapti”, deb zorlandi Razzoq. “Sen uni orangutang, de, – dedi Nafisa opa. – Şunda ikkoving ham maymun bölasan”. “Mayli – men orangutang, sen şimpanze – jazosiga orqang qizil”, deb Razzoqni mayna qildim. Habiba bergan kitobda şimpanzening rasmini körganman-da. Razzoq yana bezraydi, gap topolmadi, u şimpanze qanaqa maymunligini ham bilmaydi. Lekin özimning yuragim taka-puka. Endi darsdan keyin katta tanaffus. Habibaning otasi – direktorimiz Jörayevning kim qanaqa maymun ekani bilan işi yöq. Unga maymun – özim. Katta tanaffus kelsa, lineykani özi ötkazib, menga: “Qani, maymunboy. Oldinga bir qadam çiqing-çi”, deydi. Uv-v, ana, keyin boşlanadi: “Manavi bola, hali özi mişiğini artolmaydi, lekin Jörayeva Habibani olaman depti. Men qizimni şunaqa oğzi buzuq mişiqiga beramanmi? Aslo! Uyat, şarmandalik. Hayf bunga!” Direktorimiz şunaqa gaplarni köp gapiradi, bir narsani tutib olsa, qöymaydi. Bir marta Avaz bilan Razzoq yonğoq öynayotgan, men bir çekkada qiziqib qarab turgan edim, şuni körgan ekan, kolxoz radiouzelidan menga tönkab gapirgan, “Eşonning öğli qimor öynayapti-yey, qimorvoz bölib ketibdi!”, deb. Bunga eşonning öğli ekanimning nima aloqasi bor? Keyin Razzoq ham eşonbobolardan, nimaga uni aytmaydi? Yana bir marta ramazonga çiqişimizni poylagan ekan, “hofiz”imiz Vafoqul edi, men, Avaz, Mahkam, yana birov, jörlik qilganmiz. Ha, endi bu ham bir öyin edi-da, yo esa çolu kampir saksonga çiqqan Şodiqul bobo bilan yetmişdan oşgan Safiya momoning darvozasiga borib: “Xudoyim qöçqorday öğil bersin beşigingizga!” deb baqiramizmi? Momo ham zör ekan, “Ha, iloyo, aytganlaring kelsin! Faqat çuvur-çuvurni nariroqda qilinglar, bobongiz pinakka ketgan edi”, deb törtta beş tiyinlik tanga çiqarib bergan. Öşa kuni zavqimiz kelib yarim oqşomgaça ramazon aytganmiz. Lekin ertasi kuni Jörayev aşulaxonligimizni faqat mening burnimdan çiqargan. Lineyka ötkazib, “Qani Abdullayev, oldinga çiq”, dedi. Men çiqdim. Bitta men, boşqalarni tilga ham olmadi. “Mana, tanib olinglar – tilançi! Eşonning öğli eşikma-eşik gadoyçilik qilib yuribdi. Hammang kör gadoyni! Hayf şunça tarbiya! Uyat, şarmandalik! Yana “aʼlo”çi öquvçi emiş.” – Jörayevning husumati bor, bölmasa, nimaga faqat menga yopişib oladi? Haligi Habiba haqidagi gapimni eşitgan bölsa kerak deyman. Işqilib, topib olgani men-da.
Habibaning şunça azob bergani yetmaganday, otasining ham kun bermagani. Lekin bu gaplar keyin bölgan. Esimga tuşib qoldi-da, şunga aytyapman.
Hammasi Razzoqning sotqinligidan boşlandi-da özi. Öşanda direktorimiz albatta haydaydi deb işonganman. Lineykada oldinga çiqarib: “Oramizda bunaqa tarbiyasiz bolalarga örin yöq” deydi, vassalom! Şu yerning özida, maktab hovlisida jildimni qöltiğimga qistirişadi, boşim egik, közimda yoş, sinfimga qaytib kirmay, uyga ketaman. Sinfdoşlarimdan ayrilaman, Habibani endi körmayman, men – yomon bolani boşqa qişloqlardagi maktablarga ham olmaydilar, boşimni olib Mirzaçöl degan börilari köp, şoğollari ham bolalarga teginadigan, ajinalari tiqilib yotgan ovloq çöllarga uloqib ketaman. Keyin, albatta, Habiba meni söroqlaydi, izlattiradi, lekin keç, men qaytib kelmayman. Öşa yoqda maktab direktori, yöq, undan ham zör – kolxoz raisining juda çiroyli qizi, meni ol, meni ol, deb orqamdan ergaşib yuradi. Habibani deb kuyib-kuyib, oxiri, alamiga kolxoz raisining öşa juda çiroyli qizini olaman. E, ha, qişloqqa kelmasak bölmas ekan, kelamiz: öşa juda çiroyli qizni olganimni Habiba körsin-da. Birga kelamiz, “Pobeda”da, özim haydayman. Şaftoli rangida, yap-yangi. Yakşanba kuni bozorga tuşamiz. Qosim nalögçi ötiradigan darvozaning töğrisiga “Pobeda”ni qöyib qöyib, qöl uşlaşib bozor aylanamiz. Juda çiroyli qiz yelkamga suyangan, men, çap qölim uning belida, kinoda körganman-da şunaqa yurganlarni, öng qölim bilan çöntagimdan beli sinmagan yangi bir sömlikni çiqarib, Karomat xolaga uzataman. Karomat xola menda şunça pul borligiga esi oğib qaraydi. E-e, yöq, bir sömlikka qoyil qolişi unça töğri emas, uç sömlik, yaxşisi, beş sömlik bölsin. Ön sömlik yana ham zör-u, lekin özimniki ekaniga işonmaydi, otasining pulidan öğirlagan deb öylaydi. Men indamay ikkita barmoğimni ayri qilaman: ikki stakan, ön tiyinlik qilib! Karomat xola çöntagimizga tö-öldirib bir stakandan solib qöyadi. Lekin qaytimiga puli yetmaydi. Men, mayli, qöyavering, sizga sovğa, deb qöl siltayman. Karomat xola: “Iloyo, tuproq olsang, oltin bölsin!” deb duo qiladi. Öylab qolaman: beş sömning qaytimi köp, ha, nihoyatda köp qoladi, şunça pulni bitta kampirni hayron qilişga ketkizgandan köra, özimda turgani yaxşi, öşa beli sinmagan bir sömlikni çözganim maʼqul. Endi qaytimiga içim açiydi-yu, lekin, mayli, bu kelganimda pistasini tekinga berar. Butun bozor bizga mahliyo. Savdo töxtab qoladi. Men esa beparvo, heç kimni pisandga ilmayman, pista pöçoq labimdan pirillab uçaveradi, zör kolxoz raisining juda çiroyli qizi qölimni qöyib yubormaydi. Ana şunda Habiba meni körib, şu yerda anqayib turgan Razzoqning betiga tupuradi, “He, öl, tiling kesilsin, meni şunday Akbardan ayirding! Ana, qara, uni mendan ham çiroyli qiz öziniki qilib olibdi!”, deydi-da, yiğlab yuboradi.
Habibaning izillab yiğlayotgani köz oldimga kelib, özim ham ezilaman. Yöq, Mirzaçölga ketsam ham, Habibani olaman degan gapimdan qaytmayman, zör kolxoz raisining juda çiroyli qizi böladi, albatta, lekin men unga yöq deyman. Habiba emas, qaramaganimga endi şu juda çiroyli qiz izillab yiğlab qoladi. Qişloqqa “Pobeda”ni minib bitta özim kelgan bölaman. Bozorda pista çaqib yurganimda Habiba meni körib rosa quvonadi. Keyin: “Mayli edi Akbar meni olsa”, deb Razzoqning betiga tupuradi. Vafoqul jöram, hamsoyasi bölsa ham, Razzoqning kökragiga kalla qöyib ağnatadi. Men Vafoqulga xuddi kattalardek: “Boşqa urma. Betiga Habibaning tupurgani yetadi. Hali kiçkinamiz-ku, ertaga yaraşib, jöra bölib ketamiz”, deyman-da, mardlik qilib unga ham bir stakan pista olib beraman.
Razzoq bilan yana jöraçilik qilib ketaverdig-u, lekin qöl kötarib törsayib turgani köz oldimdan ketmaydi. Ha, yana, Nafisa muallim öşanda boşimga qölini qöyib, haligindek uyaltirgan bölsa-da, bu gapni direktorimizga aytmagan, şu ham esimda. Keyin, Razzoqning bu pastligi, – öğil bolaga juda pastlik-da bu, – Habibani butunlay meniki qilib ham qöydi. Hammaga eşittirib aytdi-da, yana dars payti.
Bu yili, paxtaga çiqqunça şunday yurdik. Yoz böyi Habibani körmasam ham, u meniki edi. Uç oy davomida, qizlar alohida, biz alohida öynaganimiz uçunmi yo Habibalarning moli boşqa podaga haydalganigami, qişloğimizda uçtami, törttami poda bor edi, bir-birimizga duç kelmaganmiz. Balki öyinu çömilişlarga çalğib, şu oylar esimga kelmagandir, bilmayman.
Işni Bahor buzdi. Sentyabrda haftami-ön kun öqimay, paxtaga çiqarişdi. Darsimizni öqigandan ke-yin, uyga borib non-pon yeb keldik-da, keyin yana tizilişib, dalaga yöl oldik. Fartuqçalarni taqib, egatlarni bölib olyapmiz. Albatta, Habibaning yonidaman, menga tuşgan egat Bahorning közini öynatib yubordi. “Oldin men oldim-ku”, desam ham, “Uzoqdan sendan oldin körib, olaman, deb kelayotgan edim”, deb qöymadi. Turgan gap, Habibaning yonidan ketgim yöq, “Uzoqdan körib ham aytmaganingdan keyin hisob emas. Endi, mayli, sen bu yoğimdan tuş”, deb murosaga çaqirdim. Bahor: “Ha-a, bilaman, Habibani deb bermayapsan”, dedi. Men, albatta, munkir keldim. “Heç ham-da. Qara, qanday yaxşi oçilgan”, dedim. Bermadim. Bahorning rosa alami keldi. Unça esimda yöq, Mahbuba xolaning özi kelib qoldimi yo terib borib, biz kattalarga qöşildikmi, işqilib, Mahbuba xolaga Bahor: “Akbar qizingiz Habibani onangni… deb sökdi”, dedi. Men sökmaganman, balki boya egat talaşganda, öğil bolalarga sökiniş unça ayb emas edi, oğzimdan çiqqandir, lekin Habibani emas, Bahorning özini. Mahbuba xola menga bir qaradi-da: “Ha, oğzi yomon bola, sökma bunaqa, uyat böladi”, dedi. “Sökkanim yöq. Bahor, egatni bermaganim alamiga, aldayapti”, dedim. Bahor: “Sökding! Sökding! Şunaqa yomon gap bilan sökdi”, deb turib oldi. “Habiba, özing ayt, sökmadim, a?” deb yalindim. Habiba terimdan boşini kötarmadi. Bu orada Bahor: “Orqangdan sökdi, sen eşitmading”, deb gij-gijlaganmi, işqilib, bir oğiz ham yonimni olmadi. Şu-şu, yöq yerdagi tuhmat sabab, urişli bölib, Habiba mendan yuz burib ketdi. Töqqiz yil, töqqiz yil-a!
U paytlari urişib-yaraşişimiz juda oson, sababi ham arzimas edi. Ğijillaşib qolganda yoqalaşib yo muştlaşib yurmaymiz, “Sen bilan urişdim!” deymiz, u tomon ham “Urişsang urişaver, men ham sen bilan urişdim”, deydi – tamom, gaplaşiş töxtaydi. Kim birinçi oğiz oçsa, şu yutqizadi. Lekin birga öynaymiz, ötga çiqamiz, butkul gaplaşmay ketişning iloji yöq, örtada birov turadi. Masalan, deylik, Avaz bilan urişliman, unga biron gapni aytişim şart bölsa, Vafoqulga: “Anovi manovi işni qilsin”, deyman, Avaz ham Vafoqul orqali: “Ha, böpti, qiladi”, deydi. Agar şu payti örtada birov topilmasa, şu birov Avazning özi böladi. Avazga: “Anovi manovini qilsin”, deyman, Avaz ham özim orqali menga: “Böpti, eşitdi, qiladi”, deb javob beradi. Uriş ham köpga bormaydi. Yo çuli-çuli örtaga tuşadi, yo özimiz gaplaşib ketamiz. Bu ham qiziq. “E-e, böldi, yaraşamiz”, deymiz. Birovimiz: “Böpti, unda sen gapir”, deymiz, unimiz: “Yöq, men emas, özing boşla. Uriş özingdan böldi-ku”, deydi. Xullas, kelişiladi, yaraşib ketaveramiz. Baʼzan öynab yurganda urişli ekanimizning özi ham esdan çiqib qoladi.
Lekin Habiba akslik qilib turib oldi. Albatta kimlardir örtaga tuşgan, busiz bölmaydi-ku, lekin Bahorga işondimi yo olaman deganimni juda qattiq oldimi, şu-şu, gaplaşmay qöydi. Olaman deganim ham borib-borib, har kuni, har soat körsam ham, körmasam ham uni öylab yurişga aylandi. Lekin u orani tamom uzdi. Öz oğzi bilan: “Akbar, mendan umidingni uz”, desa ham, aytdim-ku, mayli, rozi edim.
Hozir aytişga kulgili, hatto zavqi ham bor, lekin u paytlari, eh-he, kimlar bilan talaşmadim, kimlardan qizğanmadim. Razzoq, oçiq aytmagani bilan, ziyonçiligini qöygani yöq. Menga qiziqib, Avaz ham uni bir olmoqçi böldi. U bilan ham urişdim. Yana boşqalar çiqdi. Hozir hammasi esimda yöq, bittalab sanaş ham qiziq emas. Lekin “S.Jörayev” degan bir şoir paydo bölib, ança kuydirganini unutolmayman. Boşlanğiçni boşqa qişloqda öqib, keyin bizga kelgan. Mendan bir sinf yuqori. Şeʼr-lari hatto “Jomboy tongi”da ham bosildi. Vatan, atirgul, örkaç-toğlarni yozar edi-yu, lekin şeʼrlari, meningça, maktabimizda Habibadan boşqa qiz yöq, albatta, unga atalgan. Şoirdan ötaman deb, özim ham yozadigan böldim. Keçalari uxlamay şeʼr töqiyman, ajoyib hayajonga çömaman: “Boğda gullar özgaça, Suvda kumuş kulgular. Yuragim bir közguça, Jöş uradi tuyğular”. Şunday çiroyli yozganimga keyin özim ham hayron. Albatta, boğda Habiba yurgani uçun gullar özgaça, suvning özi kulmaydi-ku, Habibaning qotib-qotib kulayotgani köz oldimga kelib, kulgisi eşitilib turadi, kulgining kumuşligi nima ekanini tuşunmasam ham, jöşib ketaman. ”Jomboy tongi”ga ham yubordim, lekin “obzor”da “urildim”. Juda alam qildi. Tağin şu “obzor”da “S.Jörayev” maqtalib, misol uçun tört qator şeʼri keltirilgan! Samandarning familiyasi ham Habibaniki bilan bitta ekanini aytmaysizmi! Keyin men şeʼrlarimni heç kimga öqitmadim, Habibaga, albatta, yetmagan, hayajonlarimni esa şundoq “qalbimga kömib” qöya qoldim.
Maʼmur degan bir uzoqroq toğasi bor edi, bizdan uç yoş katta, miqti, toş kötarib çiniqqan, polvon yigit, tağin deng, nay yasab, puflaşni ham örganib olgan. Nayni-ku yasaş oson: quruq karrakni kesib, çöğ sim bilan bu uçidan bitta, u yoğidan oltita teşik oçasiz – tayyor, lekin menikidan qança puflamay, kuy çiqmaydi, faqat huştak çiyillaydi, karrakning kuyugi oğzimdan ketmaydi. Maʼmur polvonniki, uyimiz yaqin, keçqurunlari sadolanib keladi, Habiba ham eşitib turibdi deb, bağrim tilimlanadi.
Muştday boşimga toğday bu yuk raşk juda oğir; uni öylaşlarim bir zindon, şu zindon içiga sira çiqolmaydigan bölib tuşib ketgan edim. Bolalik-ku, quvonçli kunlar keçgandir, bayram, köpkari, töy, sayil, har turli öyinlar, işqilib, nimadir şodliklar bölgan, lekin u qaramagani uçun heç biri tatimagan.
Birinçi kursni ham uni öylab, oldiga qatnab ötkazdim. Lekin bu orada öqişni ham taşlab qöyganim yöq. U paytlari berilib, basma-basiga, şavq bilan öqir, bahoga juda qiziqar edik. Kirişda “uç”larim bor uçun öqişni stipendiyasiz boşlagan bölsam-da, köp ötmay peşqadam talabalar safiga çiqib oldim. Birinçi semestrni “aʼlo”ga yakunladim. Albatta, kimligimni Habibaga ham körsatib qöyişim kerak edi. Lekin u körmaydi, qanday öqiyapsan deb bekatlarda bir oğiz sörab ham qöymaydi. Kurs böyiça röyxatning boşida turganim uçun imtihonlarga eng oldin kiraman. Domlaning kayfiyati birinçi kirganning topşirişiga juda boğliq degan işonç bor, yaxşi öqiydiganlarning köpçiligi, hatto boşqa guruhlardagi qizlar ham eşik oldida şivir-şivir, imtihondan çiqişimni poylaydi. Eşikni ilja-yib yopişim bilan olqiş, çapakka kömilaman. Qizlardan bir xillari endi özining ham “aʼlo” olişiga işonib, dik-dik sakraydi. Xullas, eʼtibor joyida, örnimni topib boryapman. Bular, ayniqsa, qizlarning ergaşişi, albatta, Habibaning ozoridan dardlangan könglimga malham. Yana bu orada böyim çözilyapti, et oldim, kökragimni keribroq yurişga ötdim, şaharning mayda-çuyda bezorivaççalari teginolmaydigan böldim. Ana şu paytlari uning qaramasligi bota boşladi. Maktabdagi hayotim hayot emas, zahar-zaqqum böldi, şundan ösmadim, bola boşimdan ezilib, tökilib yurdim, yuzlarimni ajin bosdi, e-e, xullas, har kuni uni körganimdan erkin nafas ololmadim, endi, mana, hozirlari uni haftada bir, yaʼni kam körganim uçun sal havo tegdi, yoruğlikka çiqdim, jonlanib boryapman, demak, yiğiştirişim kerak degan öylarga boradigan böldim. Baʼzan esa bundan ham ajabtovur fikrlar yuritaman: şu sevmasam-çi, deyman; mana, masalan, qiz çiroyli, çehrasi oçiq, muomalasi yaxşi bölsa, uni yaxşi körsang, u ham seni yaxşi körsa, örtada şu har xil maşaqqatu azoblar bölmasa, qanday yaxşi, uni sevasan, qiynalmay ham öqiyverasan. Misol uçun Saodatni olsam, juda kelişgan, uylansang, uyingni gullatadi, bemalol seviş mumkin. Lekin Habiba şunaqa xayol surgani ham qöymaydi, örtada turib olib, kunçilik qilib çimirilaveradi, qizlarimizdan birontasiga yaqinlaştirmaydi, birga kinoga tuşsak, örtaga ötirib oladi, qölini uşlaşga tösqinlik qiladi, unisi bilan köz uriştirsam, qoşining örtasiga kindor tugunça tuşadi, xullaski, kun bermaydi menga. Oldiga umid bilan otlanib boraman, it ğajigan suyakdek ezilib qaytaman. “Özi yemas, itga ham bermas”, deb aççiq ham qilaman içimda, juda ötib ketgan vaqtlari. Ha, darvoqe, tilim ham ança burro bölib qolgan.
Şu bilan yoz keldi. Hozirgi talabalarga qanday, unça bilmayman, lekin bizning paytlarda taʼtilning taʼtilligi yöq, talaba – universitetga tekin mardikor, u-bu işga albatta yuborar edi. Keyin öqiş boşlanadi, ön beş-yigirma kun ötmay esa – paxta. Birinçi kursni bitirganda SSO – studentlar quriliş otryadi degan narsa tuzilib, biz – er yigit ham uning safida Nukusga jönadik. Ha, er yetib borayotgan edim lekin. Ammo kambağalning oğzi oşga yetganda burni qonabdi, deganlari menga töğri böldi: bilmadim, ne yozuğim bor ediki, falokatga uçradim. Mana, nihoyat, ösib, tölişib, odam bölyapman deganimda, bu körgulik menga qarab turgan ekan, oyoğimdan çiqdi.
Köylakning faqat etagidan tugib, terlagan yağrinni issiq şabadaga lang oçib işlab yurganimda oyoğim kuyib qoldi. Kuyganning ham darajalari bölar ekan, meniki “4-A” darajasida pişdi. Ha, pişdi: bitum – qorasaqiç baqir-buqur qaynab-tutab quyilganda jon aççiğida “Voh!” deb çangallabman, oyoğimning terisi şundoq qölimga ajralib, tagidan oppoq göşti çiqib qoldi-da, birpasda yostiqday şişib berdi. Ikki oyoğimning ham döngsali yo gulgayi deydimi, işqilib, usti, butuniça nima bölsa – böldi. Qarang, qölda qalin qölqop-u, oyoğim yalang! Tovoni bosilgan latta boşmoqni ildirib yuraverganman; esingizdami, hu bölardi-ku, ikki sömu neççidir tiyinlik. Yonib öz alangasiga özi erib qaynagan qorasaqiç temir quvurdan vişillab kelganda kökragimni, qölimni tortibman, lekin oyoğim turgan joyida qolaveribdi. Ustiga vaqirlab quyildi-ketdi. “Voh!” dedim-u, boşqa tovuşim çiqmadi. Nuqul ihrayman. Men bilan navbat almaşib, endi soyalayman degan narpaylik Erkin inqillaşimni eşitib qolib, çopdi. Qurilişimizda işlayotgan bir yukmaşinada, Erkinning tizzasida, har silkinganda jonim çiqib, kasalxonaga yetdik. Şu yotişda baland isitma bilan tört kun alahlabman. Qanaqa muolajalar qilişdi, bilmayman. Közimga heç narsa köringani yöq, lekin tepamda çop-çop köp edi. Yaram alamga kirib, oğriqni sezganimdan keyin “perevyazka” degan dahşati boşlandi-ku! Ö-ö, buni qattol duşmaningga ham soğinmaysan! Oyoqlarimni sassiq bir malham surib, çaqaloqni yörgaklagandek, dokaga öraydilar, xona qaynoq, dim, doka tagidagi hamma narsani sörib, öziga tortib yopiştiradi. Keyin uni köçirib olişlarini körsangiz! Ha, xuddi terak pöstloğini şilgandek, qatir-qutur qilib arçadilar. Işoning, şunday, doka öramini oyoğimning tagidan, kaftdan uzunasiga qayçilab oçadilar-da, pöstloqni etdan ayirib olaveradilar. Kuyib, ölgan göşt. Ana şu ölgani dokaga yopişadi, şuni ajratib olişlari kerak. E-e, buning azobi! Hozir ham ingrab ketaman. Köz oldimda ikki yonimda turgan qoraqalpoq qizlarning juda açinib qarab turişlari. Erkak döxtir menga öxşaganlarni köraverib qotib ketgan, odamning oyoği demaydi, vahşiy, “Mana, mana, i-i, ana, böpqoldi”, deb işini qilaveradi. Qizlarning oldida dodlay olmayman, “Ha, yurakli yigit!”, deydi döxtir. Yurakli yigit esa faqat “Ih-ih-h” ihrayman, qattiq tişlanganimdan tişlarim sinib ketay deydi. Odam bolasi, boşiga tuşsa har qanday dardga könar, ölib qolmasa böldi ekan. Xudoga şukr, umrim bor ekan, ölmadim-u, lekin kasalxonada töqqizmi-ön kun yotib, naq ön beş kilo oriqlabman. Boldirimning suyaklari qiliçdek ötkirlanib, qirrasi çiqib qoldi. Yo tavba, deyman özimga qarab, odam ham şunça özgarar ekan-da, a? Bularning Qizketgan degan katta kanalining bu çekkasidan u çekkasiga suzib borib kelayotgan yigit edim-a. Endi qarang, hurpaygan soç tagida çökik közu muştdek turtib çiqqan yonoqlar. Rangim oppoq, jon yöq. Özimni tanimayman. Ey, bilasizmi, yotgan joyingizdan özingiz turib, öz oyoğingizda mana şu deraza oldiga boriş neçoğli baxt ekanini! Men şugina baxtni orzu qilardim.
Uyga xat yozmadim, kim topib keladi, deb öylabman, haligi kinolarda uruşdan yarador qaytganlarga öxşab, hassaga qiyşiq tayanib, kutilmaganda kirib boraman degan xayol ham bor, keyin rosa ginaga qoldim. Kasalxonadan ham heç kim xabar qilmagan. Bölmasa, nari borib, beri kelib yotganman. Hammamiz ham uydan ilk dafʼa uzoqqa ketganimiz uçunmi, kursdoşlarimning ham xayoliga kelmagan. Lekin har kuni uç-törttalaşib körgani keladilar. Forişlik Egamberdi “taxta piçini” deydigan ikkita vafli, bir şingil aççiq uzum bilan. Vafli tomoğimdan ötmaydi, köm-kök uzum esa çap içagimga yuq ham emas. Lekin heç kimda pul yöq, hamma çalaqursoq. Bir-ikkita daştligimizni aytmasa, qolganlarimiz meva-çevaning içida ösib, örgangan, bu yerda tuşimizda köryapmiz. Menga esa vitamin kerak, töyib-töyib yeng, deydi döxtir, kuyganga foyda ekan. Quriliş otryadi şu yili birinçi tuzilişi, hisob-kitobdan keyin tuğilganmi, işlaganimizga tiyin ham bermagan. Uydan olib borgan beş-tört sömimiz bir-ikki haftadayoq tugagan. Pulu yemak bölmagandan keyin işning ham tartibi ketgan. Kuyişimdan bir kun oldin Erkin ikkovimiz bir qoraqalpoq akamiznikiga mardikor tuşib, mingini sakkiz sömdan ön mingta quyib berişga kelişgan, şu kuni mingta ğişt taşlagan ham edik. Kasalxonaga tuşib qolganimdan keyin Erkin borib, akaga aytgan ekan, aka unga quygan ğiştimizning pulini beribdi. Kursdoşlarim meni körgani şu pulga “bozor qilişadi”. Xaridlari törtta “taxta piçini”, bir kiloça qanaqadir uzum. Boşqasiga yetmaydi. Bu ham menga yetib borgunça, “bir tatib köray, ma, sening oğzing tegsin” bilan, özlari ham oç, vaflidan ikki dona, uzumdan atigi bir şingili qoladi, xolos. “Keçirasiz, jöra, uzum körganimiz ham otam zamonida edi-da. Mana, şuni ham zörğa sizga asrab qoldik”, deb özlari yana suqlanib turadi. Aççiq uzumni yutoqib yeyman, qişloqda uyimizning oldi ham, orqasi ham tokzor, vaiş, olmayu şaftolilar tagiga tökilib yotgani köz oldimga kelib, nimaga vaqtida öşa mevalarga töyib olmaganman deb öksinaman. Vaflini jöralarimning öziga qaytaraman, şu zahoti çangi çiqib ketadi. Har kuni yarim soat açinib ötiradilar. “Yomon oriqlayapsiz-da, jöra. Bunaqada….”, deb u yoğini aytişga köngillari bormaydi. Bir kuni döxtirning oldiga kirib: “Jöramizni bering, özimiz qaraymiz”, deyişsa, albatta, döxtir könmagan, “Hali joyidan ham turolmaydi-ku, sizlarda şaroit yöq, qanday qaraysiz?”, depti. Keyin gapni bir joyga qöyib, menga aytişdi. “Jöra, bu yotişda sizni öldirib qöyişadi. Na ovqati bor, na qarovi. Obketamiz”, deb turib olişdi. Men – yotgan xalta suyak, töğri çözilsam bir navi, lekin karavotdan oyoğimni tuşirişim bilan ming bigiz sançiğiga uçraymanki, heç u yoq-bu yoği yöq – dözax! Yana bu yaralarni qayta boğlaş azobi. Bu yerdan ketsam, dokani özim avval ivitib, keyin yeçaman degan umidda rozi böldim. Boşqa iloj ham yöq. Rostdan ham, oynaga qarasam, qanday tez oriqlayotganim xuddi körinib turgandek bir vahima edi. Şom qorasi, keç tuşganda, hazili yöq, öğirlaş operatsiyasi boşlandi. Törtta kursdoşim körgani kelgan bölib, ikkitasi qölini zambar qilib, meni kötardi, ikkitasi oyoğimdan uşladi-yu, kasalxonaning pastak devori orqasida yana uçtasi turgan ekan, ularga oşirib, ömarib ketaverişdi. Navbat almaşib, özlari xursand, men ne azobda, “Ha, endi ölmaysiz, jöra, özimiz bor”, deb yotoqxonaga yetkazib kelişdi.
Ön sakkiz-yigirma yaşar pökonidan yel ötmagan bolalarmiz, köpning bunaqa fidoyi mehri, samimiy oqibatiga endi duç kelişim. Boladek opiçlab yuradilar, makaron şöltiqlaridan çiqib qolgan danakdek göştni menga ilinadilar. Bilmayman, qanday eplaşdi, kasalxonadan öşa sassiq malhamni bankasi bilan öğirlab çiqqanlar. Yaralarimni ham özlari boğlamoqçi edi, lekin heç birining yuragi çidamadi. Özim qilaman. Qotgan dokani ivitib kördim – bölmadi, suv ötmas ekan. Özim karavotda, oyoqlarim kursida, avval ha-hulab çoğlanaman. Keyin tovondan oyoq uçigaça qayçilayman-da, nafas rostlab, yana özimga dalda bilan bir dodlayman. Şu dodlagança voy-dodlab, çinqirib dokani arçib olaman. Oyoqlarimning usti butuniça qip-qizil göşt… E-e, mayli… batafsil aytavermay, könglingiz ayniydi. Xullas, jöralarim tepamda parvona, özimga özim qarayman. Haftadan keyin urgutlik Mavlonning qöliga ham qorasaqiç saçragan edi, “Tangadek joy menga şunça azob berdi, Akbar jöram nimalarni körmayapti ekan!”, deb boşqa işga çiqmadi. Yarasini bahona qilib, faqat menga qaradi. Haligi joylarga ham kötarib boradi, “Böldingizmi, qaçon bölasiz?” deb taxta eşik oldida oftobga pişib qarab turadi.
Pulsiz, oç-nahor yuravergandan keyin işga çiqmay qöydik, avgust oxirida bizni tantanali suratda SSOning şarafli safidan öçirişdi. Kuç bilan vagonga çiqib olib, pul bermay Samarqandga yetib keldik. Bu paytlari sal-pal oyoq bosişga ötgan edim. Avtobusga çiqişga yaramas edim, otryadimiz boşliği taksiga yölkira töğrilab berdi, uyga ham kelib oldim. Uyda… mayli, bu yoği xayriyatçilik.
Lekin kuyganimni nimaga bunça tafsiloti bilan aytyapman? Özingiz ham bilib turgandirsiz, şunça uzun azobning biron kunida Habibani unutganim yöq. Alahlaganimda otini aytib çaqirgandirman, lekin aldamay, öşa uç-tört kun es ham kirarli-çiqarli edi, lekin özimga kelganimdan keyin daqiqa ham köz oldimdan ketmagan. Boşimda termilib ötirgan. Şunça narsani köryapman, falokatning şarofati, maşaqqatlarni yengib borganimdan keyin endi menga qaraydi deb, umid qilganman. Qişloqda paytim uyimizga kelib körmagani tabiiy, turgan gap, lekin uç oy ötib, paxtadan qaytgandan keyin, dekabrda bekatda turganimda neçtasi hol-ahvol söraşdi, u esa oyoğimga bir köz taşlagan böldi, xolos. Nimalarni körib kelmabman-a qaysi yurtlardan. Şunda… nima, men odam emasmanmi, juda ötib ketdi!
Sentyabr, oktyabrda ham paxtaga çiqmadim. Şahar kasalxonasida yotib yana davolandim. Oyoğimning terisi, göştlari kuyib ketgani bilan, paylari omon ekan, ham haligi qoraqalpoq döxtirning azobiga çidab oyoğingni çözib keriştiraver, bölmasa tortişib bitadi, çöloq bölib qolasan deb örgatganini qilaverib, yana azot yurib ketdim. Yaralarning ustini yiltirab yupqa teri qoplab, tiriş-buriş çandiq bölib bita boşladi, faqat ikkita uç tiyinlik tangadek joyi qolganda, noyabr oxirida kursdoşlarimni soğinib paxtaga bordim. Şunaqa kutib olişdiki! Haqiqatan ham uruşdan butun çiqqan qahramondek. Kökragimda orden bilan, qölimda çiroyli hassa yöq, xolos. Gulandom: “Özim aylanay!” deb yuzimdan çölpillatib öpdi, keyin bilmayman, neçta qizning quçoğiga tuşdim. Saodat yiğlab ham yubordi, yiği ham yuqumli kasallik emasmi, örab turgan qizlardan yana bir-neçasining köziga yoş kelganini körib, zörğa uşladim özimni. Şunçasi örtaga olib, mehr körgazib tursa, taʼsirli bölar ekan. Namunça vahima desam, endi tamom, Akbarning ikki oyoği ham yaramaydi, beçoraning öqişi qoldi degan gaplar çiqib, bu xursandçiliklar şunga ekan.
Paxtadan qaytdik, öqişlar yana boşlandi, yana öttiz oltinçi avtobusning bağavoti. Ha, hali aytganim, Habibani kördim, u uzoqdan bir qaradi, oldiga borganimda bir çimirildi – böldi. Xolos, şu! Ana şunda ötib ketdi. Lekin tişimni tişimga bosdim, sirimni bermadim. Boşqalar bilan kulib söraşdim, unga miq etmadim. Uni körmayotgandek tutdim özimni. Uç-tört hafta indamadim, oldiga ham bormadim. Bayramga birga qişloqqa keldik. Yangi yilning intizorli kutiş kunlari ham ötdi, birga qaytdik. Tabrik gap nomiga ham bölgani yöq. Ke-yin, şu haftamidi, keyingisimi, qor aylanib yoğayotgan bir kuni, darsi tugaşini möljal olib, yölida kutdim. Törtinçi trolleybusga birga çiqdim. Ötirişga joy yöq ekan, u tutqiçga suyanib oldi. Men ham borib şu tutqiçni uşladim. Ança vaqtdan beri bekatda yonma-yon talqon yutgan bölsak-da, salom berdim. Alikka tili aylanmaganidan nima demoqçiligimni bilganini bildim – foydasi yöq. Gapni unday boşlayman, bunday deb söz oçaman degan tayyorgarliklarim havoga uçdi. Lekin orani biryoqli qilişim şart, aytaman degan fikrga yopişib olganman. Jim turiş duşvor, lekin içimga siğmayapman. Unga egildim, bir pas nigohini tutaman deb tikildim, keyin bor-e deb, şivirladim: “Habiba, men sizni sevaman!” Kinolardagidek bunaqa quruq izhori dil qilişimni özim kutmagan edim. U tutqiçni qattiqroq çangallab, ustiga döl yoğayotgandek ğujanak bölib oldi. “Habiba, javob bering!” – gapirdimmi, ingrandimmi, işqilib, şunaqa sözlar tökildi lablarimdan. U boşini kötarmadi. Turgan joyimda faqat unga termilgan közim qoldi, qöl, oyoq, gavdam özimniki emas, umidsiz, vidolaşuv alami bilan nurab ketdim, sitildim: “Habiba! Habiba! Indamay turmang, gapiring!” Tutqiçdagi qölidan uşlab olmoqni juda-juda istadim, lekin u şu yonimda boşini egib turgan köyi sovuq uzoqlarga ketib qoldi, özi yöqqa endi könglim yetmadi, unsiz çinqirib qolaverdi.
Sal yurgandan keyin, navbatdagi bekatda trolleybus töxtab, eşigi şaraqlab oçilgan edi, özimni taşqariga otdim. Kuyib ketgan edim: odam bolasini şunçalar xor qiliş mumkinmi! Yöq, odam bolasi özini şunçalar xor qiladimi!
Şitob bilan qayoqqa, qança yurdim – bilmayman. Qattiq şivirlab qilgan nolalarim esimda: “Eh, menga qaramadi-ya! Menga-ya! Şunça yil çin yurakdan sevdim-ku!.. Hali qarab tursin, şunaqa yigit bölayki!” Muhabbat degani şu bölsa, uni ham laʼnatladim: men odam edim-ku, inson farzandi, muhabbat omadu olam digar şud, şumi olamining digarligi, özgargani şu bölsa, uning ham bahridan ötdim! Agarda “Yöq!” degan javobga ham arzimasam. Endi heç kimga özimni oyoqosti qilib qöymayman. Kerak bölsa muhabbatisiz ham eng çiroyli qizni olaman! Endi u menday yigitni topib böpti! Ey, berahm toş, suv körmagan kesak, qurigan çöp, sendan ming, million marta yaxşi qizlar bor, şundaylari bilan yurayki! Oğzing oçilib qoladi! Yiğlaysan. Izillab yiğlaysan. Ha, ana şunday. Qarab tur! Men – javohirni tuproqqa tuşirding, lekin boşqa bir gözal yerdan puflab-tozalab olib köziga surtar hali. U senga öxşab gavhar bahosidan bexabar benavo emas…
Oğzimga nima kelsa, qaytarmadim, qanaqadir parça-purça şeʼrlarni, qaydadir öqigan nutqlarni aytib peşladim; tölib, tutab, fiğon qildim, javradim, yuragim ğijimlandi, könglim oğridi, dunyosiga siğmay ketdim, quyun yangliğ yelib, şamol bölib uçdimmi ham deyman, bir vaqti qarasam, qöltiğimda çarm jildim, istirohat boğidaman, bir köşkçada muzqaymoq sotilyapti! Şunça poyintar-soyintar alahlaşning içida şunday qişning kuni muzqaymoq sotilayotganidan özimga keldim çoği. Oçiq kökragimga tuşgan qor parçalari muzdek erib oqayotganini payqadim, qizib ketibman. Çanqabman ham. Muzqaymoqqa yopişdim. Şunday yoqdiki, yana bitta oldim. Bunisini yutoqib yutdim. Keyin yana bittasiga çözildim. Sotuvçi xotin: “Hay, hay, uka!” deganda törtinçisini ham yutgan edim. Kökragimning otaşi pasaydi. Şu bilan sovidi. Ança yillarga sovib ketdi.
Keyin yana ilidi, bu endi boşqa köngil, ham keyingi gaplar edi.

Yotoqxonaning oldida Gulandom turgan ekan, ataylab meni poylagandek: “Kinoga boraylik”, deb qoldi. “Yaxşi”, deb kelgan joyimdan burildim. “Mast emasmisiz, işqilib? Bir xil yuribsiz?”, deb söradi Gulandom. “Sizni körib kayfim oşdi”, dedim. Şayton qiz bunaqa gaplarimga işonmaydi, lekin yoqimli jilmayib qöyadi. Sizga aytsam, Gulandom bilan kinoga boriş, ayniqsa köçada yonma-yon yuriş şu vaqti alamimga ança malham böldi. Çiroyli qiz! Qani edi şunday gözal yonimda ketayotganini u körsa!.. E-e, endi körganda nima! Men töydim.
Kinoda Gulandom, taʼsirlandimi, ikki-uç marta qölimdan uşlab oldi, mening ham yelkasidan quçoqlagim keldi, lekin örtamizda Azamat ötirib olgan edi, könglim bölmadi, tortdim özimni. Gulandom bir ğalati qarab qöydi, körmaganlikka oldim. Lekin-çi, xotinlarning xolasi, qizlarning dugonasi bölib yuriş ham menga endi ança malol edi. Ayniqsa bugun. Bu yoqdan esa Azamatning dardini bilaman. Yaxşi emas. Nukusda meni opiçlab yurganlardan biri şu, Azamat.
Kinodan keyin yana oçilib-soçilib gaplaşib keldik. Yotoqxonaning oldida Azamat yölimizni tösib çiqdi. Ha, töğri kelib oldimda turib oldi. Gulandom indamay aylanib ötib ketdi. Azamat hozir solib qoladigan ahvolda edi.
– Qaydan kelyapsizlar? – deb u aççiq iljaydi.
– Kinoga tuşuvdik, – dedim.
Azamatning yuzi özgarmadi. Şunça odamning içida qiz talaşib urişmasak edi hali.
– Bilaman, – dedi.
– Bilsangiz nimaga söraysiz?
Azamat meni eşitmagandek:
– Orqalaringda edim. Kinoni körmadim, ikkovingga qarab ötirdim, – dedi ezilib.
Rahmim keldi, lekin nima ham qilib bera olaman? Qiz bolaning köngliga men buyruq berolmasam. Özimning vijdonim toza. “Ayting, orqamdan yuravermasin”, degan Gulandom. Sal boşqaçaroq qilib aytdim ham. Bu sevişini qöymaydi.
– Borişda orqalaringdan bordim, kelişda ham. Qani, nima qilişar ekan, deb.
– Xöp, nima qilibmiz?
– Heç narsa. Rahmat! – deb u kökragini çangalladi. – Lekin alam qildi juda. Sizga işonaman, lekin ötib ketdi, jöra! Yuring, iltimos, biznikiga çiqaylik, iltimos! Yuzta-yuzta qilamiz.
Ana, özimning dardim bir yoqda qolib, Azamatning hasratini tinglaganimni körsangiz. Dardini menga köp yorgan, yana quloq berdim. Lekin munğayib ötirişida özimning ahvolimni ham oynadagidek kördim. Ha, odam özini oyoqosti qildirib qöymasligi kerak, qiz bola sevmaganini bildirdimi, bölmaganni böldirma-a, itdek ergaşib yurişdan bari bir naf yö-öq. E-e, bunga ham qoyil lekin, şundan şunça yölga poylab borib, kinoda orqamizdan joy olib ötirib, yana ergaşib qaytibdi. Çidaganini! Köngli qandaylar ezilgandir. Yana sevgan qizini kinoga olib tuşgan odamga işqini doston qilyapti. Muhabbat degani ğururni ham öldirib yuborar ekan.
Yöq, men endi bunday bölmayman!
Keyin… muomala ham qiz bolaga husn beradimi, bilmadim… Habiba nimaga bunday, sal buqinib yuradi-ya?
Kitoblarda tasvirlangan oltin kuz edi. Teraklar zaʼfar rangida çözilgan, tutlar sariqqa örangan, kuz nafasi hatto ğöza barglariga tegib, çetlariga qirmizi böyoq surtib çiqqan edi. Bizda asil tiyramoh sentyabrda emas, noyabr oxirida tuşadi. Endi uzilgan husaynilar şirasi zörligidan barmoqdek öynab ketadi, kelinbarmoğining esa beli torayib, özi tişga tegsa, kirsillab asal saçratadi. Ana şu mavsumda odam ham kuçga töladi, çopib çarçamaydi, toğni ursa talqon qilguligi bor.
Qizlarimiz yanada yetilib, çiroylari balqigan: Gulandom – suluv, Saodat – barno, Dilorom – zebo, Zumrad tovlanib turadi, Gulasal esa öz nomi bilan, u bilan öpişsang – asal, köp boşqalarining ham taʼrifi şunday, bu fasli xazon sevmaganingga qöymaydi, lekin endiga kelib, köpi egalik ham. Uç-törttasining töyi ham boşlandi. Barining uyga közi tört.
Bu yoqda esa paxta tugagan, lekin bir-ikki pişakizi qor ham tuşdiki, hali javob yöq, dekabrning örtalari, baʼzan yangi yilning tagigaça dalada uşlab turaverişadi. Birçigitu kör kösakdan boşqa narsa qolmagan, termasak ham, dalada sanğiymiz. Gulxan qilamiz, ğişşa qamişni yoqib, atrofida isinib ötiramiz. Qizlar buyragini oldirib qöymasa böldi. Sariq ham köp, undan Xudo asrasin. Lekin yoşlik – yoşlik, tarvuzlar uvatda tarsillab yorilib yotgan bir paytda odam salqinga qaraydimi!
Ötlagan qöydek yoyilganmiz. Narigi dalada ham şunday rang-barang suruv soçilgan ekan. Saodat yonimda, unaştirilgan yigitidan noliyotgan joyida boşini kötarib, uzoqqa tikilib qoldi. “Hu anavi yoqda bir qiz sizdan közini uzmayapti”, dedi. “Şunday gözalning yonida anavi taʼviyaga nima bor ekan deb hayrondir-da”, dedim. “Yöq, behazil. Közida alam bor”, dedi Saodat. “Közini kördingizmi-yey? Şunça uzoqdan?” dedim-u, könglim bir narsani sezdi. Balki rostdan ham qaragandir, unday bölsa… kimligi ham belgili: matfak Xatirçiga kelgan edi, dalamiz ikki tuman çegarasida, ular bilan yonma-yon tuşib qolganmiz şekilli. Saodat undayvergaç, qaradim: bizga öxşab dalada daydigan talabalar. Egilib paxta çimdilayotgan qizlar orasidan birontasi bu tomonga qarab turgani yöq. Habiba ajralib körinmaydi. Körganimda nima baraka topaman? Körib bölganman. Saodatning gapini uç yil oldin eşitganimda, işonmasam ham, yuragim hapriqar edi. Endi, nima, dunyoning dalasida gala-gala soçilgan qizning bittasi, xolos. Kökragimda har zamonda simillab qoladigan kuyuniq doğini aytmasa, endi kuymay qöyganman. U ham yurgandir öşanday tugmaçagulga öxşab. Ha, u unça özgarmadi, bekatlarda köz qirimni taşlab qöyaman, öşa-öşa nozikligi, hali ham öninçida öqiyotgandek, ösmir qiz. Qarğaşoyi köylak kiysa, hö öşa birinçi sinfda yiğlab turgandek tuyuladi. Öqişi oğirmi, zoti şunaqami, sal tölişmadi ham.
Men esa ösdim, kuç oldim, birinçi kurslarda ikkita Akbar bemalol siğadigan şimni ham zörğa topib, belni “garmoşka” qilib tortib yurişlarimiz, uyalişimiz bilan birga, qolib ketdi. Endi egnimizda andazasi xuşbiçim, yopişib turadigan kiyimlar. Sirib kiyamiz, özimizça olifta. Könglimda hali-hamon Habibaning doği onda-sonda belgi berib tursa-da, davolatmayman. Yotgan ilonning boşini qözğama, deyişadi, xolni bezovta qiliş ham yomon. Bu ham yuragimning bir xoli. Lekin endi hali köp narsani körmagan yangi oşiqlarga ança-munça tajriba örgatişim mumkin, lekin nima kerak, ötgan gaplar yopiğligiça qolsin – qizlarimiz menga odamni qadrlaşni örgatdi.
Diplom işi yozayotganimda vaqtim bemalol, uç-tört kun qaznoqqa bosilgan olmayu anor, şiftlarga osilgan uzumga töyib ketaman deb uyga kelgan edim, ertalab çoy içib ötirganimizda oyim muloyimgina gap boşlab qoldilar.
– Sen ham katta bölib qolding. Bugun-erta bitirasan, bu yoği endi rözğorning boşini…
Boşlandi! Şu yetmay turuvdi! Falonçining u qizi, pismadonçining bu qizi, unisi munday çiroyli, munisi undan ham; oy desa – oy, kun desa – kun… xullas, hammasi osmonni oyimning öğli deb yoritib turibdi, öğil özini bosib, hovliqmay, osmondan yerga tuşsa böldi. Onaga farzandi şunday balandda, lekin bilmaydiki, hamma yoği tikan bir tugmaçagulning orqasidan ön-ön bir yil behuda sudralib yurganimni. Aytdim-ku, tugmaçagul özi qanaqa gulligini bilmayman, deb, lekin tikanlari sançiği jarohatiga malham suraverib, çandiq-çandiq qotib ketganman.
– Xöp, pöskallasini ayting, soçini supurgi qilib meni kutib ötirgani kim ekan?
Hozir uylangim yöq, universitetda olib qolişmoqçi, aspiranturaga kiraman, keyin özimga mos qiz tanlayman.
Bu gaplarni aytolmadim hali. Oyim darrov hujumga ötdilar:
– Darrov tilingni qayramay, gapni eşit. Men ham bir narsani bilmasam, gapirmayman. Tuzukmi?
– Tuzuk. Xöp, eşitaman.
– Eşitamaning nimasi? Quloq sol…
Oyim meni biladilar, men esa oyimni: men unça-munça  gapga könmayman, oyim unça-munçaga töxtamaydilar, gaplarini oxirigaça aytmasalar – qutulmayman. Çidab eşitib, keyin men ham yotiği bilan, öqiganman-da, özim tomonga oğdirişga ötaman.
Özim bilan öqiyotgan qizlarning orasida ham zörlari köp, balki allaqaçon yöldan ham urgandir meni birontasi, lekin uning içini bilmas, çunki hali ğör ekanman. Tanlab-tanlab tozisiga uçrab qolmay tağin. Ota-onasini körib, tegi-tugini suriştirib, palagi tozasini tanlab olişim kerak. Mana, özimizda uning u qizi unday, buning bu qizi undan ham yaxşi ekan-u, lekin menga töğri keladigani, ha, agar taqdirim taqdiriga qöşilgan bölsa, farişta omin desa, xudoyim yölimni oçib bersa… Oğiz ham solib köribdilar, raʼyi bor ekan, qizining şu vaqtgaça inq etgan gapi çiqmagan, unaqa gap çiqadigan ham qiz emas, onasini körib, qizini ol, qizini körib onasini ol…
– Qizini-ku, xöp, tuşunarli, oliş kerak, – deb gapni kulgiga burmoqçi böldim. – Onasini nima qilaman?
– Tilimni qiçitmay ötir. Bu ham bir gapi-da. Onasi juda yaxşi, bilsang, erini şu odam qildi. Otasi xalq duşmani bölib qamalib, otilib ketganda oltita jöjabirday jon, kattasi özi, uyida yirtiq şolça ham qolmagan, yöqçilik, töyida dasturxonda faqat zoğora non bilan şu xotinni oldi, xotin uning yöq, buning yöq demay, hammasiga çidadi, erini Samarqandda öqitdi, faqat özi rözğor qilib. Bu yoqda önta bola yana. Mehnatga yomon çidamli! Mana, er ma-allim böldi, obrö topdi, hozir, kimsan? – elning oldi, direktor! Hammasi şu Mahbubaning tirişib-tarmaşişi bilan. Qizi ham şu palakdan-da, bolam, zoti – erga tegsa, eriga suyançiq. Ön yil birga öqib, özing ham körib bilib yurgan qiz…
Ana şu yerga kelganda meniki ham tutdi-ku!
– Ön yil birga öqib?! Şu ön yil, yöq, töqqiz yil içida menga salom berganmi yo salomimga alik olganmi ekan? Oyi, siz nimani ham bilasiz! Nukusda ölay deb yotdim, baland isitma bilan,.. alahlab! Bir marta kördimi, sörang!
– Hay, bizga ham aytmagansan-ku yotganingni. Özing çöloqlanib kirib kelganingda bilib ötiribmiz. Ke-yin, bolam, baqirma, nima, bilganida şundan şu yoqqa seni borib köradimi? Qiz bola-ya? Unaqalaridan Xudo saqlasin.
– Qanaqalaridan asrasin?
– Ha… öşanaqa oçilib ketganlaridan. Sening orqangdan çopib yursinmi edi? Men qizga emas, qiz menga qarasin desang, bilmadim, ertaga xotinni qanday eplar ekansan.
Töğri-ey, oyim gapni nişlab joyiga uradilar. Sal özimni tutdim-u, unça bosilolmadim.
– Oyi, bizlar maktabda şunça yil gaplaşmadik, bir oğiz ham. Odam örnida körmas edi… E-e, qöying, özi ham yöq deydi.
– Aytyapman-ku, bolam, bilmasam gapirmayman.
Oyim bilaman degandek mayin jilmaydilar. Yuragim ğalati bölib ketdi.
– Nimani bildingiz?
– Xay endi, hammasini aytiş kerakmi senga? Mahbuba bilan gaplaşdim, raʼyi bor, dedim-ku, böldi-da.
– Habibaning özi Akbarga tegaman deptimi?
– Töğri gapir. Munça, orqang tutib qoldimi? Qaysi özini bilgan qiz tegaman deydi darrov? Bu yoğiga bir boramiz, ikki… söraymiz.
Oyimning hujumlari usti yumşoq, botini qattiq zaminga köçdi. U emas, bu emas, men xöp desam, böldi ekan. Yöq deb turib oldim. “Maktabda uni olaman degan mendan boşqa ham oşiqlari bor edi, ana, öşalarga tegaversin”, dedim. Oyimning jahllari çiqdi, “Birovning bolasiga tuhmat qilma. Gap yerda yotmaydi, yomonliqqa çiqarib qöyasan”, deb jerkib berdilar. Bilar ekanlar, “Muştday boşingdan özing-ku gap bölgan, endi bunaqa deysanmi?” deb ham yubordilar. Men tuşuntirişga ötdim. Avval biroz aççiq qildim, “Tegadigan köngli bölsa, oldin öylasin edi. Ho, şunça yil azoblarga uni deb çidagan ekanman-da. Agar özimni bir narsa qilib qöyganimda yo Nukusda ölib ketganimda, bu bemalol yaşab yuraverar edi, heç narsa bölmaganday. Yöq, men özimni asradim”, deb ham yuboribman. Oyim gapimdan taajjubga tuşib, yoqalariga tuflab olganlaridan keyin, özimni tamom bosib, odamga öxşab jöyali gapirişga ötdim. Hali öqiyman, universitetda qoldirişyapti, aspiranturaga kiraman, Xudo xohlasa, olim bölaman, xotin olsam, oyoq-qölim rözğorga tuşovlanadi, dedim. Xullas, hozir Habiba tugul, boşqa malikasiga ham uylanmayman, deb ança maʼruza öqidim. Oyim könmadilar-u, katta bölib qolgan farzandning köngliga quloq solmasa ham qiyin, sal muddatga çekindilar. Bu muddatda esa hayotning özi Habiba ikkovimizni ikki tomonga uloqtirib yubordi.
Eʼtibor qilganmisiz, ayollarimizning köpi, ovrupo ayollariga soliştirganda, qomatini adil tutmaydi, öçoqqa bukçayib öt yoqib rözğor tutganigami yo bolaligidan boşi paxtadan çiqmaganigami, eriga muteligimi, tarbiyamiz şunday, xullas, sal egilib, yelka qisib yuradi, boşini azot kötarib yaşamaydi. Şundanmi, bilmadim, yoş ötgandan keyin ayniqsa tölişganlari girdiğum körinadi. Habibaning esa sakkizta farzandi bor ekan. Albatta, bunçani tuqqandan keyin qizligidagi nozikligi qoladimi? Kö-öp yil maktabda öqituvçi, zavuç bölib işlabdi, otasiga öxşab direktorlikka kötarilibdi, ha, bu ham oson iş emas. Bolalarning çağir-çuğuri ado qilavergandan keyin, bultur şu dökonni qurib olib, pensiyaga çiqibdi.
Men ham uning universitetni bitirgandan söng ikki-uç yil ötirib qolganini, keyin şu tomonlardagi uzoq bir qarindoşiga tuşganini eşitgan, lekin özini ham, erini ham körmay ketgan edim. Erini juda yaxşi odam deyişgan, Habibaning bolalarining otasidan köngli töq ekanini gaplaridan angladim. Közlarida mehrga öxşagan bir narsa yilt etdi-da. Lekin qoşining örtasida turtib çiqdi: rohatli biron kun yöq, hali u bolasinikida u taşviş, hali bunisinikida bu, bu yoqda nevaralar ham böy yetib, hammasi bir qişloq bölib borayotgan ekan.
Şu gaplarni eşitganda uyaldim-ey. Tengqur, bir vaqtlar sinfdoş bölgan ayolning oldida bolalik xotiralarimni eslab, özim ham bola körinayotgandek, önğaysizlanib qoldim. Kiyinib olganimga ham noqulay ahvolga tuşdim. Nimamga bunça kekkaydim? Ey, şu zamonda sakkiz bolani tuğib, katta qilib, östirişning özi böladimi! Eringni gapirganda, çimirma qoşingni, Habiba, u çarçamaydigan odamga haykal qöyiş kerak! Zör inson ekan, men ön yilga çidamadim, bu beçora bir umr doş berib kelyapti ekan-ku. Ha, darvoqe, sakkiz bolaning otasi nimaga beçora bölsin! Habibadek direktor xotin bilan yaşaş ham böyoqçining nilidek oson keçmagandir, axir. Keyin, kim biladi, meni ham xudo asrab, hayotning boşqa yöliga boşlab yuborgandir. Öziga ayon. Bölmasa men ham şunça bolaning taşvişida bir beçora bölib yurar edimmi…
Bir oz undan bundan gaplaşgan böldik. Habiba: “Kiring, bir piyola çoy qilib beray”, dedi. Nima ham deb kiraman? Bu katta xotinga: ”Esingizdami, sizni qançalar yaxşi körganim?” demayman-ku. Desam-da, u ham: “Ölmang-da siz. Tegaman desam, özingiz olişdan qoçdingiz-ku”, deb çandib olsa . Hazil qilib aytsa ham, tagida yillarning zili qolgan-da.
Ammo-lekin öziga qaramay qöyibdi. Bandayi ojiz xudbin-da – şu öziga qaramagani menga yoqibdi. Mengaki qaramagandan keyin, yonimda özining ahvolini ham bir körib qöysin, debman-da. Şundan könglimdagi öşa xol sal bezovtalandi. Lekin buning, bari bir, et olib, juda barvasta, baquvvat xotin bölib ketgani… bunça emas-da. Özi ham yaşaşi kerak-ku hali. Girdiğum pahlavon, hurpayib olgan polvon. Bir vaqtlardagi inja nozik Habiba – bu emas.
E-e, u Habiba qandoq edi-ya! Qandaylar edi!
Yöldan uçta qator treyler uçirib ötdi, Erondan yuk taşiyaptimi, yozuvlari arabça, balki afğondan. Epkini bizga ham urildi. Yerda yotgan xazonlar duv-v ergaşaman deb, atrofga tözon bölib soçilib qolaverdi.
Ha, yana bir gap, biz taraflarda qizlarning köp ismini buzib aytadilar: Şafoat – Şapaat, Mohira – Moyra, Faroğat – Paraxat, Rahmatoy esa Ramatoy. Quloq ham örganib ketgan.
Bu direktor xotinni ham, turgan gap, Habba ma-allim yoki Habba direktor deydilar. U Habibaga heç bir öxşaşi yöq. Agar şunça bolani deb qoşligi ham qolmagan qoşini sal-pal çimirib qöyişini aytmasa. Men ham uning xotirasidan öçib ketganman, hozir körib eslab qoldi. Öşa vaqtlari menga şunça sitam berganini anglamagandir ham. Bölmasa, nimaga beşinçi kursni bitirayotganda raʼy bildirgan? Gap köp-u, endi hozir qiziq emas, keragi ham yöq.
Albatta, bu öşa Habiba emas, bu polvon xotin – Habba. Ha endi, birovdan sakkiz bola tuqqan bu xotinni bolaligimda ölguday yaxşi körganman, deb aytiş ham juda önqovsiz. Eşitsa, bolalari közimga körsatar, erining ham hurmati bor. Men bu xotinni sevmaganman, birodarlar, umrim bahorida bir qizni yaxşi körgandirman, lekin buni emas, xayolimdagi istiğnoli Habibani.
Ha, u tugmaçagul edi. Hozir… e-e, gulxayrini bilasiz-a? Suvsiz uvat-adirlarda ösib yotadi. Çiroyli gullaydi, gulbarglarining tagida tugmaça-tugmaça qatlangan uruği yetiladi, olib qöylakka ham qadasa böladigandek. Albatta, tugmalikka yaramaydi, avaylab uşlamasangiz, kirt etib sinadi. Gulxayrining guli katta-katta oq, qirmizi, gulgun oçilib közni quvontiradi. Orasida doim zarğaldoq sayraydi, u ham şuning oşiği, töyini şunda qilsa çiqar, içi quşlar bozori-da. Lekin kesib dastalab, gultuvakka solib bölmaydi. Tanasi uzun, butuniça sertuk, tuki qölga kirib qiçitadi. Gulxayri erkin, xohlagan joyidan çiqib, öziça gullab turadigan yovvoyi dala guli-da. Lekin gullari nihoyatda körkli, ayniqsa uzoqroqdan qarasangiz.
Avzoidan bu havo bir yoğin olib keladi.
Ötgan ulovlarning epkinida xazon çinqiryapti.
Bu xotinni yana neça yillar körmay ketaman, xudo hammaning ham rahmimni yegan bölsin.
He-ye, bilmaysiz-da, u Habiba qanday bölgan!..

“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 5-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)