Esse
1
1986-yilning kuzi edi. Universitetni tugatganmiz. Öşa kezlarda matbuotda biror asaring çop etilsa tezda tilga tuşar eding. Kaminaning “Yoşlik” jurnalining 8-sonida biryöla ikki hikoyasi bosilib bosar-tusarimni bilmay ançayin havolanib yurgan kunlarim. Kursdoşim Nazar Eşonqulning 10-sonda “Uruş odamlari” degan qissasi çiqqan, yana bir qadrdonim Hoşimjon Mirzaahmedovning “Nevarakulça” rukni ostida ikkitagina bolalarbop şeʼri ham eʼlon qilingandiki, biz boşqalardan ham köra Toşkentda qolib işlaşga köproq haqdor sezardik özimizni. Borib öz viloyatlarimizdan “bizda iş örni yöq” mazmunida “otkaz” xat ham opkelib junalistika fakultetiga topşirganmiz. Dekanat bölsa, kunda-kunora suriştiradi. Aslini olganda buning ham sababi bor: bir guruh kursdoşlar fakultetimizdagi bilimi sayoz domlalar, xususan dekan ustidan şikoyat qilib unça-munçamas, Markazqömning ğoyaviy kotibi huzuriga-da kirib çiqqanmiz. Jangariligimiz samarasi ölaroq ikki karra dekan almaşgan. Uçinçisi – rus kişi ham azbaroyi özining bor-yöqligini sezdirmaygina pusib-qimtinib işlardi. Aks holda hujumlarimiz samarali ketayotganidan çandon ilhom olib yurgan edikkim, “özga millat vakilining özbek jurnalistikasi öquv dargohiga ne daxli bor” mazmunida navbatdagi hamlaga ötib qoliş şaşti ham mavjud edi. Şikoyatimiz röyxatlarida tilga olingan domlalarning bizda “tişi” bor edi, albatta. Şu bois biz boş suqqan tahririyat yoxud idoralarda avvaldan xabardor qilingan taʼrifu tavsiflarni eşitib “astağfurulloh” deya yoqa uşlab, söppayib çiqar edik.
Sirasini aytganda öşa şarttakilik, betgaçoparliklarimizning heç kimga foydasi bölmadi.
Öşa domlalardan kim bor, kim yöq, dunyo ötkinçi ekan, borlari haliyam öşa-öşa – fakultetni töldirib yangi talabalarga öşa ohangda saboq berib yotişibdi. Köz közga tuşganda bir oz qimtinasan. Kim bilsin, baʼzi birlari öşal davrlarni eslamaydiyam. Jurnalistika fakultetlari Respublikamiz Oliy öquv dargohlarida bir neça çandon oşib öqitguvçi kadrlarga tağin ham ehtiyoj oşdikim… bu yoğini qöyaberasiz endi.
Siz çöçimang, gap aylanib Abdusaid akaga ulanadi bari bir.
Ha, darvoqe, biz “poyezdga osilib kelgan” qişloqliklarga ertadir-keçdir, bari bir omad kulib boqdi. Keçagi talabalar uzun-qisqa bölib “Sovet Özbekistoni”, “Yoş leninçi”, “Lenin uçquni” gazetalari, “Guliston”, “Yoşlik” singari jurnallarning eşigidan böylaymiz. Bor tahririyatlar ham şular-da. Hozirgiday yomğirdan sönggi qöziqorin kabi gazetalar uyilib ketmagan-da. 60-70 sömlik maoşga qanoat qilib işlamoqçimiz. Lekin iş qayda?
Keç tuşyapti. Hozirgi ÖzA va jurnallar joylaşgan binoning 11-qavatida muharrirning sariq eşikli, sariq stol-stullar, buni qarangki, telefon apparati ham sap-sariq kabinetida tayoq yeb mulzam tortgan boladay tumşayib ötiribman. Katta oynadan birin-ketin yonayotgan şahar çiroqlari miltillab körinadi. Indamayman. Nima ham deyman? Aka bölsa, öziga bir piyola çoy quydi, grafinda qolgan suvni gullarga quydi, söng kissasidan “Rodopi” sigaretini çiqarib tutatdi. Çeka-çeka mendan nazarini uzib maşinkalangan, bir çekkasi böyalgan qölyozmani tahrir qila boşladi. Bu menga “battar böl” deganday tuyuldi. Lekin ikki közim muharrirning tahrir qilayotgan qölida. U bir hikoyani deyarli qaytadan yozib çiqayotgan edi. Tavba, birovning asarini qanday tuzatib tayyor holga keltirişar ekan? Özim ne ahvoldaman-u, xayolim şu yoqqa ketadi. Akaning xati ham juda çiroyli. Darvoqe, şu qöllar bilan kaminaning hikoyalarini ham çunon böyab-bejab taşlagan ediki, dabdurustdan qotib qolganman.
Yana bir xayol men bunaqa birovning asarini böyab taşlayolmayman-ku, deb öylayman. Aka bölsa, körinib turibdi, hikoyaning içiga kirib, balki şönğib ketgan, mening ötirganimniyam deyarli unutgan edi. Sigaretidan uçib tuşgan kukunlarni “puf” deb uçirib yuboradi-da, tağin işlaydi.
Çamasi osmonda yulduzlar ham paydo böldi.
Şu payt eşik şaxd oçilib, qoraçadan kelgan, şlyapali, uzun qora plaş kiygan, tikqomat bir kişi kirdi-da darhol kulib:
– E, ustozlar, sizlarda uy, vatan degan narsa yöqmi? Yo bugun işxonada qoladigan kuningizmi? E, qoyil-e, – deb yubordi.
Muharrir qölyozmani darhol çetga surib örnidan turdi. Yangi kişi bilan kulib sözlaşa ketdi. Çoy qöyişga tutindi. Men ularning hazil-huzuliga, birovlarni laqab bilan atab sirli gaplaşişlariga hayron bölib boqaman.
Kişi menga eʼtibor bermadi. Bir fursatdan keyin muharrir mening munday ötirganimga közi tuşib, endi eslaganday:
– Bu yigit Qöşrabotdan. Nurotaning havosini simirib katta bölgan. Öqigan bölsangiz sakkizinçi sonda “Kunsuluvning sirli xatlari” degan hikoyasi bosiluvdi.
– E, ha, böldi-böldi, – dedi u odam eslab qolib.
– Ismi Sobir, – dedi muharrir, – tortsa odam böladi, qalami bor.
Söng menga yuzlanib:
– Abdusaid akani tanigandirsiz? – dedi.
– Ha, tanidim, – dedim. Özim ham Abdusaid Köçimov emasmikan, deya tusmol qila boşlagan edim. Yaqindagina u kişining “Yoşlik”da çiqqan “Öğil” degan hikoyasini öqigan edim. Hikoyaga “Besabab oyoqqa tikan kirmas” degan maqol epigraf qilib olingan edi.
Özi Urgutdan, ayni zamonda “Şarq yulduzi” jurnalining masʼul kotibi ekan. Darhol meni öziga yaqin oldi. Nimalar degani aniq esimda yöq, ammo köngling töq bölsin, bola, biz qarab turmaymiz, yordam beramiz, deganga öxşaş bir öktam yaqinlikni tuydim. Akam yana bittaga köpayganday edi.
Rosti ham keyin şunday bölib qoldi.
Aka gap orasida bu yigitning işini Omon akaga kirib hal qildim, lekin propiskasini eplayolmayapti, dedi.
– Iye, – dedi Abdusaid aka, – şundayçikinam bölamo? E ukkağar-e, buni qarang.
Keyin birdan sergak tortib, közini pirpiratgansimon bir jiddiy narsani eslaganday:
– Qayerga qöymoqçisiz? – deb söradi.
– Bir qöşrabotlik akamiz uyimga qöyib beraman deb, ön oy böldi, aldab yuribdi, uç yuz söm berganman, – dedim bu odamga kimning ustidan bölsayam şikoyat qilaversa böladigan kabi. Çindan ham yangi akaga bir xaloskorday qarab örnimdan turib qöl qovuştirib turdim.
Abdusaid aka muharrirning sariq telefonini oldiga surib oldi-da raqam terdi. Kim bilandir öşa baland pardada hazil-huzul aralaş gaplaşa ketdi. SUMning yonidagi uçastkovoy melisa, Baxtiyor aka degan odam Abdusaid akaning qöşnisi ekan. Ha yöq, be yöq, uçastkovoyning böyniga mening propiskamni yuklab qöydi.
Muammo bu qadar tez hal bölganidan şoşib qolgan edim. Qöşrabotlik oğamiz pasportni berdi-yu, pulni bermay yana bir muddat sarson qildi, yugura-yugura, yalina-yalina oxiri oldim. Söng Baxtiyor akaga çopdim. Borasola neça pulga qilib berasiz, deb ham söramasdan uç yuz sömni pasportga qistirib, Abdusaid aka jönatganini aytib uzatdim.
Mayor “ketdik” deya möjaz idorasining yonida turgan yaşil “Moskviç”ga ötirib öt oldirdi. Hozirgi “Mirobod” bozori tomondan ötib borib tört qavatli ğiştin yotoqxonalar atrofida töxtadik. Mayor bir örta yaşar rus ayoliga uçradi. Pasportni berdi. Çamasi pulni olib qoldi. Men u ayolning körtsatmasi bilan komendant nomiga ariza yozdim. Rus ayol Baxtiyor akadan tört-beş söm umidvor böldi. Nimalarnidir bahona qilgan böldi, biroq melisa örisçalab kulib ayolni közing yaxşi, qoboğing yaxşi deya alqadi, sening ustingdan ham iş qözğasam nima qilasan, deya yolğon pöpisa ham qildi. Şundan söng ayol ojizona rozi böldi-da pasportni olib qoldi. Aniq eslayolmayman, çamasi ertasi kuni propiskaga muhr urilgan pasportimni qölga oldim. Propiskaga qöyilganim haqida maʼlumotnoma ham berişdi.
2
Şuytib akang qarağay “Yoşlik” jurnali xodimi ham böldim.
1986-yilning 3 noyabri edi. Mehnat daftarçamga şu yil, şu sana, söngra “uçyotçik pisem” nomli iş turi yozilgan. Şu-şu “Yoşlik” jurnalining sodiq xodimiga aylandim.
Öşanda Abdusaid aka tez orada hozirgi bolalar gazetasi, u vaqtdagi “Lenin uçquni” gazetasiga boş muharrir böldi. Ustoz-ustozlab borib turaman. Buni qarangki, u kişiyam odamni “ustoz” deb uyaltiradi.
– Gazetamizning tiraji bir milliondan oşdi, ustoz. Maşhur bölaman desangiz bizga hikoyalar bering, “Yoşlik” öz yöliga, – dedi bir kuni.
Qoralab qöygan bir-ikkita hikoyalarimni olib bordim. Aka kiçikroq hajmdagi bir hikoyamni bosib yubordi. Tağin rasmim bilan. Keyingisi katta hikoya edi, mavzusi yoşlarga boğliq bölsayam yoziliş usuli kattalarga mos edi. Uç yo tört sonda bölinib bu hikoyam ham çiqdi. Juda xursand böldim. Qator-qator xatlar ham oldim. Bolalarning qaysi mazmun, qaysi yösinda bölmasin, har qalay munosabat bildirib atay xat yozişi bari bir yoqimli-da. Keyin yana bir hikoyamni eʼlon qilişdi. “Alla” degan hikoyam “Saodat” jurnalida çiqdi. Bu jurnalning ham adadi çandon katta ediki, odamlar bosib öqişardi. Mahmud Saʼdiydek tanqidçi “mana şu hikoyang bizga maʼqul, aslida haqiqiy asar şunday böladi: ham ruh, ham gap-söz öta milliy; koloritga yopişib ham olmagansan, orqada odam taqdiri bor, qöşiq ham bor, bu yölda ketsang baloday yozuvçi bölasan”, deganini eslayman.
Abdusaid akaning odamşavandaligi, bağri kengligiga qarang: men hadeganda bostirib borib, falon örtoğim işsiz yuribdi, işga olmasangiz bölmaydi, deb tirğaladigan ham böldim. Dastlab xokisor şoir döstim, çustlik Hoşimjon Mirzaahmedovni işga oling, deb yetaklab bordim. Oldi. Korrekturaga. Hoşimjon mehnat taʼtiliga çiquvdi, örniga bir oy işlab tursin, deb yana bir kursdoşim Mamatqul Ismoilov (Muhammad Ismoil)ni oboruvdim, uniyam oldi. Keyin Navoiy viloyat gazetasida işlab yurgan döstim – kursdoşim Vafo Fayzulloh. Buniyam oldi. Bu orada M.Ismoil va V.Fayzulloh uylanib olgan, biri Xovosga, biri Navoiyga “xotinini körgani” ketib bir haftalab yöq bölib ketişadi. Abdusaid aka birovlar orqali bizdan söratdirib qoladi: şunaqa bir xodimimiz bölardi, sizgayam taniş, mabodo daragini bilmadingizmi?
Bularning içida, albatta, Hoşimjondan köra tartib-intizomlisi yöq edi.
U öta kamtar, kamsuqum, odobli ham könglimiz bir-biriga bop tuşgan edimi, birinçi kursdanoq inoqlaşib ketib, birinçi semestr tugaşi bilan qiyin-qistovi bilan Çust toğlarining qöynida joylaşgan Ğova qişloğiga borganmiz. Toğlarga çiqib binafşa, çuçmoma, nomini biz bilmaydigan sariq, siyohrang gullar terganmiz, zilol ariq suvlarida non böktirib yeganmiz. Hay-hay u kunlar! Sadağang ketay u kunlar!
3
Hoşimjonning katta akasi Muhiddinjon aka kolxozda şofyor, undan kiçigi – Bahromjon aka qişloq sartaroşi ekan. Kolxoz tomorqaga kiçikroq yer ajratarkanu akalari şu yerga kartoşka ekib oz-moz tirikçilik qilişarkan. Otasi Eşonjon amaki Hoşimjon öqişga kirar kezda vafot etgan ekan. Men onasi deb öylaganman, özi ham “oyi” deb atagan bir mehribon ayol asli opasi ekan, juda çuçuk tilli, Hoşimjonga qöşib bizniyam bolasidek alqagan. Keyin ham bir gal şu ayol Muhiddinjon aka bilan Toşkentga kelgan edi.
E-e, bu Hoşimjon deganingiz jussasi kiçik bölsa-da, dardga mustahkam ekan. Öşanda u onam ham yöq, ğirt yetimman, jöralar, deb yozğirişni ep körmagan ekan… Akalarini ham bunday kamtar bölganlari bilan kartoşkadan xöb daromad qiladigan boy odamlar qilib tuşuntirgan. Kördik: Ğovasoy böyidagi sinç-guvalali kiçik-kiçik pastqam uylar. Boy emas, kambağal edi ular. Lekin qanoatli, soğlom, kamtar: biz paqir mehmonlar uçun jonini ham berib yuboradigan odamlar edi.
Uçinçi kursda edi şekilli, Hoşimjon bir dardga çalindi. Qon quyiş instituti klinikasida oylab yotib davolanadigan böldi. Özi aytmagani uçun bu kasallikning maʼnosini tuşunmas edik. Bir gal uni körişga borsak (orada paxta terimiga ketib ança vaqt körişmagan edik) yigit çunonam semirib ketibdi, hadeganda taniyolmay qoldik, soçlari ham jingalak tortib, şokila-şokila bölib yelkasiga tuşibdi. (Özi u paytlar soç östiriş moda edi-ku). Biz uning guldirak kulgusidan taniy oldik, xolos. Xuddi ertakdagidek sehrgar kampir unga qölini bir sermab boşqa odamga aylantirib qöygandek göyo… Odatda u ğayir soçini kaltaroq oldirar, şunda ham orqaga tarab yurardi. To kasal bölguniça, albatta. Faqat közlari öşa-öşa. U bilan körişganda feʼlidan kelib çiqib odamni bir zum ham öylaşga qöymas edi: kuldiraverardi, kuldiraverardi. Qayoqdan qaynab çiqar ekan bu gaplar – hayron qolarding. Öşandayam bir guruh kursdoşlar uning huzuridan dumalab qolgunça qota-qota kulib çiqdik. Taşqariga çiqqanda negadir yiğlagim keldi. Buning dardi yomon, aytmayapti, deb öyladim. Kursdoşim Sanobarga şu gapni aytib yorilsam, uyam xörsinib qöydi. “Men tentak u tez orada soğayadi-ku, deb gul ovoppan, özi kursdoşlar pul yiğib dori olsak bölarmidi”, dedi. Ha-ya, şu narsa nega xayolimizga kelmapti-ya. Yöq, Hoşimjon bizning bundoq homiyligimizga yöl qöymadi. Negadir şunday qildi. “Hammasi yaxşi, yaqinda özim çiqib boraman, urinmanglar”, dedi.
Çiqdiyam. Lekin har olti oyda kamida bir oy yotib davolanadigan böldi. Kursimizdan qoldi. Quyi bosqiçdagi Mamadali Eronovlarning guruhida öqiy boşladi. Keyin piça ozdi. Soç esa jingalakligiça qoldi. Bilsak, bemorxonada qon quyiş asnosi garmon dorilar beraverarkan, u odamni şişirib yuborarkan.
Men ijara kvartirasidan quvilganman. Vafo Navoiyga ketib qolgan. Hoşimjon ikkov kvartira izlay-izlay Olimpiya şaharçasidan bir uy topdik. Abdurahmon aka degan kişi edi. Tölov muhlati kelsa, kirib olib ezmalanaverardi. Bir gapning tayini yöq, nuqul ezmalanadi. Qoronğu tuşadi, yotar böladi, ön-ön beş çoynak çoy ham içilib ketadi, akam ketmaydi – bir zaylda, biz takror-takror eşitgan sarguzaştlarni, mayişatlarini gapiraveradi, gapiraveradi – heç töxtamaydi. Har-har zamonda:
– Sizlarda ota-ona bormi? Pulni qattan olasanlar? Jurnalist bölsalaring köp tölaşadimi? – degan “maʼnodor” savollar ham berib qöyadiki, Hoşimjon bilan ikkimiz bir-birimizga qarab qolamiz-da, hamma gaplarning özak mağzini tuşunib olamiz: darvoqe, bugun birinçi çislo-ku!..
Özi yoşi borsa, ellikdadir – nega munça kalovlanadi?
Xotini, bir qizi bilan röparadagi eşikda turişadi.
– Voy adasi, şu bollardan kvartir haqi söraş munça qiyinmi: töla, bölmasa çiqib ket – tamom. Ezmalanişlarini-çi…
– Men bularga tuşuntirvomman-de. Yoş bollar, buning ustiga qişloqdan kelişgan. Ota-onalariyam bormi-yöqmi…
Şunday deya Abdurahmon akamiz qari odamlardek inqillay-sinqillay turadi va:
– Ertaga tağin bir xavar olarman, a, bollar… – deb qöyadi.
Ketgaç qotib-qotib kulamiz.
Bulturgi yili paxta mavsumida bölgan voqeaga xayolim ketadi. 7-noyabr edi. Bayram. Abduqayum Abdurahmonov degan domla bizga rahbar. Qayerdandir qöşni “Abay” sovxozidanmi, aroq opkelib içişimizgayam şaxsan ruxsat beradi. Kiçkina emasmiz, uçinçi bosqiçdamiz. Ammo meʼyoridan köproq otib qöyibmiz. Hoşimjon bilan paxtazor çetida qoronğulikda bu hayotni baland pardalarda tinimsiz sökib ketayotibmiz, yigit birdan şeʼriy yösinga ötib oldi-ku. Yesenin usulida, mayin, ammo dardçil şeʼrlar. Öziga xos bölmagan qöl silkişlar, oyoq tepkilari (ğözami, kesakmi – zarb bilan tepib yuboradi) sinfoniyasida öqiyverdi. Onasi haqidayam bir-ikki şeʼr öqidi. Birida mazmunan “bu gal borganimda qabringdan ösibdi qizğaldoqlar” degan maʼnoni uqib tek qotib qoldim. U esa endi yiğlab öqimoqqa tuşdi. Öqib bölib baralla höngrab yubordi. Men uni quçoqlab olganman, özimniyam töxtatolmayapman. Emranişib, bir-birimizni suyaşib tursak, qayerdandir tentiraklab Vafo kelib qoldi.
– Hoy, nima gap, jöralar? Nima böldi sizlarga özi?
Şunda hayron qoldim: Hoşimjon harbiylardek tez yiğiştirinib, özini tutib oldi. Kuldi. Ha, kuldi. Latifa ayta boşladi…
Men esa uning yetimligidan tamom voqif bölib, şoirligigayam tahsinlar ayta boşlagan, qöşilib höngray boşlagandim. Endi esa dabdurustdan uning latifalariga kulişni eplayolmay hiqiçoq tutgan odamday nuqul hiqillar edim.
Vafo bölsa Hoşimjonning navbatdagi latifalariga yovvoyilarday “vah-hay, vah-hay” deya qöllarini qöpoldan-qöpol kötarib portlab kulardi-yu:
– Lekin, jöralar, bir narsani aytmayapsizlar-da, – deb öpkalar edi…
4
Abdurahmon akamizning xotinini Hoşimjon “şustriy xonim” deb atardi. Albatta, orqadan. Özimiz uçun. Erining çaynalişiga qarama-qarşi ölaroq xonim tezda maqsadga köçib masalaga oydinlik kiritib qöyaqolardi.
Aka çiqib ketgaç, Hoşimjon:
– Odamga botadiyam demaydi, ikkalamizniyam yetimga çiqarib qöydimi bu singlingni… – dedi sökinib. Bundan: “men-ku ğirt yetimman, gaplari sizga botmadimi?” degan maʼnoni uqdim.
5
Hoşimjon “Lenin uçquni”ga, Abdusaid Köçimovning qöliga endi işga ötgan mahallar. Şu kunlarda biz azbaroyi qölimiz kaltaligidan, Abdurahmon akaday ezma-ziqnaning kvartirasiga ortiq pul yetkazolmay, döstimiz Muhammad Ismoilning undovi bilan Qoraqamişning bir çetidagi işçilar yotoqxonasiga köçib ötdik. Bitta seksiyada 5-6 kişi turamiz. Muhammad Ismoil bir xonani töliq egallagan. Keçasi bilan ğönğir-ğönğir gapirinib ijod qiladi. Biz işdan qaytgaç, A.Axmatova, M.Svetayeva, V.Xlebnikov, B.Pasternakdan qisqa-yuluq leksiyalar eşitamiz şoirdan, gapini asoslaş uçun bizga tuşuniksiz uzuq-uzuq rusça şeʼrlardan öqib qoladi. Men aytayotgan narsalar asli adabiyot böladi, demoqçi böladi. Özi yaqinda uylangan, xotini Xovosda, işlamaydiyam, bir oy-ikki oyda uyiga borib men falon joyda işlayapman, deydi. Bir gal bu “rost gap”ni tasdiqlatiş uçun meniyam opketgan, akasi Ahmad akaga, onasi – hoji onaga “şundoq, jigit “Lenin uçquni”da işlayotir” deb şubhalarini tarqatib kelganman. Ahmad aka işonqiramay:
– Hay bilmadim-da, Sobirboy, buning işlaşi… – deb yelka qisgan.
Köp ötmay işlagan va tez orada işlari yurişib hammamizni çangda qoldirib ketgan. Deganim, bungayam, yuqorida tilga olganim – Abdusaid aka sababçi.
6
Bularni Abdusaid aka işga oldi. Keyinçalik ham qanoti ostida himoya qildi. Qayerda bölsayam suyab yurdi, erkalik qilsa ayadi, gunoh qilsa – keçirdi. Aka şu darajada sinçilmi yo bağoyat köngli kengligidanmi, heçqursa menga: “Ey, Sobirboy, opkelgan odaming munday ekan-ku, avval aytmab eding” deb yuzimga solmagan. Çippa-çin işongan. Holbuki men akaning işonçini qozonib, bir narsani döndirib ham qöymaganman, aksinça özimni hamon qarzdor deb bilar edim.
Şunaqa qarzdorlik hissini Hoşimjon ham öylab yurar ekan, bir kuni yorildi:
– Ustoz, bir çoyxonaga çaqirib mehmon qilaylik akalarni. Nima deysiz?
Xöp dedim-u, öyladim: öşa mahallarda içimlik topiş muammoga aylanib qolgan edi. Hamxonamiz, Çilonzorda uçastkovoy bölib işlaydigan, yuridik institutning keçki bölimida öqiydigan olmaliqlik Erkindan bu masalani hal qilişni söradik. Şu yigit ham içimlik muammosini hal qilolmasa deng. Ikki kun orqasidan yurib, boşliğiga kirib, u kişi birovlarga telefon qilib, nihoyat, ikki dona aroq topdik. Nabiyev parkining orqasida, Ğani Aʼzamov yaşaydigan mahallada bir arzon çoyxona bor ekan. Gaplaşib kelib akalarni: Abdusaid aka bilan muharrirni çorladik. Oş qildik, haligilarni qöydik. Yetmay qoldi, albatta. Ğaribona dasturxon böldi-da. Abdusaid aka şundayam bekorga ovora bölganimizni, şusiz ham bizni yaxşi körişini aytdi. Oşdan çiqib bekatga borib keçki avtobusda özining Qöyliq tomondagi uyiga ketdi. Taksiga ötiring, ikki-uç söm tölab yuboramiz desak, unamadi. Ha, akaning Qöyliqdagi ikki xonali uyiga otasi Köçim bobo qazo qilganda fotihaga borgan edim. Öşa kungi ğarib bazmda M.Ismoil, Hoşimjon, Erkin, Komil Jumayevlar – hamxonalar jam edi. Tabiiyki, boyagi narsa tomoğimizga urvoq ham bölmay ötib ketgandi. Hurmatli mehmonlarni-ku kuzatdik, endi özimiz bir narsa taşkil qilişimiz zarur edi. Şunda Muhammadjondan taşabbus çiqdi. Yaqin oradagi Çiğatoydagi löli mahallada vino bölarmiş. Içkilikka qattiq turilgan davr ekanmi, löli xolalar ham u yoq bu yoqlarga qaranib, boloxonadagi piçanlar içidan vino opçiqib berişgani yodimda.
Beş norğul Nabiyev parkining qoronğu burçagida vinolarni “çerez gorlo” oşqozonga böşatdik. Keyin birdaniga oçilib, baxtli odamlarga aylandik. Vuzgorodokdagi yotoqxonalarga, taniş qizlar yoniga bormoqçi böldik: mardmiz. Ammo çöntak deganimiz qurib bölgan ekan, avtobusda ketişga ham çaqalarimiz qolmapti. Alkaşlarday ğinğir-ğönğir, kim aşula aytgan, kim şeʼr – bir-birimizga suykala-suykala Qoraqamişning narigi çeti, botqoq qamişzor yonidagi yotoqxonaga sudralib yetib bordik.
Botqoq suv yonidaligidanmi, aksar podvallari suvga tölib ketganidanmi, yotoqxonada paşşa köp edi, keçasi deyarli uxlatmas, uxlasak ham ertalab, kaltak yeganday yuzimiz momataloq kökarib uyğonardik.
Hoşimjon bilan ançagaça gurunglaşib yotdik. Uyam bir çeçildi. Soçning jingalaklaşgani mavzusiga kelganda bir rost gapni aytdi.
Ötgan gal biz borgan palatasida olti kişi yotganini, öşalardan bir oy içida faqat bir özi tirik qolganini sözladi. Şunda ham umidsizlikka tuşmay “çort” deb qöydi.
– Nahotki?! – deb yuboribman.
– Şundoq kulib gaplaşib ötiraveradi, kun böyi qarta öynaymiz, keçasi birdan oğirlaşib qoladiyu, qaytib kelmaydi: öşa yoqdan mörgga oborib taşlaşgan böladi. Açinamiz, ertasi kuni uning qiliqlarini eslaymiz. Özimizni ovutamiz. Biroq… bir kun ötib, tağin birimiz… Yaşaşning qiziği qolmadi, ustoz…
Men unga dalda bermoqçi bölaman-u, nima deyişni bilmayman. Qaytanga, aksinça, özi bizni ovutadi, bu qiyinçiliklar ötib, hali katta ijodkorlar bölişimizni başorat qiladi.
– Özi, ustoz, bu qanaqa kasallik?
– Oqqon.
– Oqqon?
– Ha, qon raki, ustoz…
Söng orqasidan bir latifa aytib yuboradi-da, avval özi portlab kulib yuboradi, ixtiyorsiz biz ham qöşilamiz.
7
Komil “Guliston” jurnaliga ötdi. Hoşimjon “Lenin uçquni”ga, Erkinimiz – melisa. Muhammadjonimiz keçasi bilan qönğizday ğöng-ğöng qilib, çoy içib, ijod qilib yuradi-yuradi-da, tongdan şomgaça pörillab uxlaydi. Yaşaş şaroitimiz talabalarnikidan tuzukmas. Boz ustiga, – bunday voqealar tez-tez bölib turadi, – mehmon kelib qolsa – urdi Xudo. Kimnidir yöqlab kelgan mehmonga ham boşqalarga nimadir yegizişing kerak. Qiyinligi şunda.
Hoşimjonning yöqlaydiganlari bor. Ular ham öziga öxşagan beozor odamlar. Uyidagilari uning kasalligini bilişmaydiyam. Şunçaki, özining tabiati va irodasidan kelib çiqib aytmagan, yaşirgan, xolos.
Dard ustiga çipqondek Qaşqadaryodan Norqobil Jalil kelib bizga qöşilib oldi. Çöntagida hemiri yöq, iş kerak, pul kerak, yana xotinidan ajraşgan – böydoq, uylanişi ham kerak, uy kerak: özimiz qatori. Körpa-töşagiyam yöq. Keçasi ölarday paşşaga talanamiz – uyqu yöq. Yotar vaqti yotoqxonadagilarning köpçiligi paşşadan qutuliş ilinjida körpa-töşagini kötarib tepa tuynuk orqali tomga, şiğirlagan şağal toşlar ustiga çiqib yotadigan böldi. Bu odat mengayam yuqdi. Tom usti salqin, körpaga öranib burkanasanu qotib uxlayverasan, paşşa kirolmaydi. Quyoş çiqib kun qiziganda tuynukdan körpangni kötarib pastga – öz kulbangga tuşib borasan. Hoşimjon bunaqa körpa kötarib yurişlarga hafsala qilmas edi. Şu boisdandir, u paşşaga köproq talandi va oqibat kasali qayta qözidi. Bu safar hozirgi Qatortol köçasidagi Qon quyiş instituti filialida yotdi. Idoramizga juda yaqin joyda bölgani uçun kuniga, kunora kiraman. Olim aka degan bir berahm davolovçi vraçi bor ekan, dori-ukollarni bermaydi. Bir jurnalist akamizning tanişi ekan, unga telefon qildirdik, bari bir foydasi bölmadi. Oxiri, Hoşimjon bexabar, men uyidagilarga xabar berdim. Muhiddinjon aka bilan opasi kuyib-pişib, yiğlab-siqtab kelib qolişdi. Döxtir bilan rasamadini keltirib gaplaşişibdi çoği, keyin davolaşni ham boşlab yuborişdi. Hoşimjonning opasi menga:
– Özingiz köz-quloq bölib turing, ukajon! – deb iltimos qildi.
Hoşimjon tağin şişib ketdi. Akalari tez-tez xabar oladigan bölişdi. Döxtir ularga “bu-tuzalmaydigan kasallik” debdi, xavotirga tuşib qolişdi. Muhiddinjon aka bir kuni Hoşimjonni kasalxonadan olib çiqib Çustga – özining qişloğiga olib ketdi. Bir oydan köproq u yoqda qolib ketdi. Örniga Muhammadjon korrektor bölib işlab turdi.
Hoşimjon keldi. Ança tetik, bardam. Sababini sörasam, akalari toğdagi qirğiz ovçilarga iltimos qilib suğur ottirib kelib Hoşimjonga yegizişibdi. Zör narsa ekan, foydasini aniq bildim, dedi döstim. Şu-şu kasalxonaga qaytib bormadi. Biroq öng oyoğini avaylab bosib bir yonga jijja engaşib qadam taşlaydigan bölib qoldi. Endi tağin Qoraqamişdagi yotoqxonada paşşaga yem bölib yaşamasligimiz kerak edi. Kvartira topiş payidan böldik. Bu safar ham Abdusaid aka jonimizga oro kirdi. Idorasidagi Raʼno degan ayolning Yunusobodda bir böş kvartirasi bor ekan, odam qöyiş niyatida emiş. Xullas, Abdusaid akaning daldasi bilan şu yoqqa uzun-qisqa bölib köçib keldik. M.Ismoil, K.Jumayev, N.Jalil, Hoşimjon, kamina.
Öşa – it yotiş mirza turişu, har qalay kosa-tovoğimiz joyida, issiq ovqat qilamiz, vaqtida yeb-içamiz, yuvinamiz. Eng muhimi – paşşadan qutulganmiz.
Öylab qarasam, har birimiz bu yerdan mustaqil bölib çiqib ketibmiz. Muhammadjon – keçgaça uyquni uradigan şoir birinçi bölib uy oldi. Xotini, bolasini köçirib kelib kirib yaşay boşladi. Komil uylandi. Keyin Hoşimjon. Undan keyin – Erkin. Ikki kun ötgaç men…
Bu şohona kulbamizga ham Abdusaid aka bir keldi. Hoşimjonga akalari oltita kaklik jönatişibdi. Akani çaqiramiz, bularni oşga bosamiz, dedik. Endi, Abdusaid aka bizni har kuni şunaqa kaklik-pakliklar yeb yotadi, deb öylamagan çiqar, har neçuk, maoş olib odamday yaşayotganimizni körib xursand böldi.
– Hoşimjon, bu “kakibak-kakibak” deb sayraydi-ya?
– Ha, ustoz, “kakibak” deydi.
– Hozir bu jonivor birdan qanot boğlab “kakibak” devorsa-ya!
Kulişamiz.
Işxonada körsak ham Abdusaid aka birdan şötanoqligi tutib, “qanotlarini” yoyadi-da:
– Kakibak-kakibak, – deb yuboradi birdan baland ovozda.
Begonalar körsa nima deb öylarkin, deya alang-jalang atrofga qarab qöyamiz.
Demoqçi bölganim – aka mudom şogirdlarini özidan uzoqlaştirib yubormaydi, yaxşilik qilib çarçamaydi. Bepisand bölişni xayoligayam keltirmaydi.
Yozuvçilar uyuşmasida, Vazirlar Mahkamasida, Radioda, Prezident devonida, söng Teleradiokompaniyada masʼul lavozimlarda işlab yurganida ham bunga qayta-qayta guvoh böldim.
8
Sakson töqqizinçi yilning iyuni edi. Hoşimjon uylandi. Qişloğidan – Raʼnoxon degan iboli, aqlli, odobli, köhlikkina qizga. Töyga biz bilan qöşilişib Abdusaid aka, Ğaffor akalar ham bordi. Çust tomonlarda bazm degani ixçamroq bölar ekan. Örtani örab turadigan bir qator stol, uning orqasidan bir qator stul qöyilarkanu yengil yeguliklar tortilib, asosan yoşlar öyin-kulgu qilişarkan. Şunda ham töy egalari Toşkentdan kelgan hurmatli mehmonlar uçun boşqaça ziyofat uyuştirişgan. Akalar sözga çiqib Hoşimjonning şaʼniga iliq tabriklar izhor etişgan.
Farğona voqealari yaqinda bölib ötgan edi. Abdusaid aka şeriklari bilan öşa yerlik tanişlari hamrohligida voqea joylarini köriş uçun jönab ketişgan.
9
Aka radioqömitada rahbar bölganida Hoşimjon va yana bir qança şogirdlari ustozning izidan borişgan. Teleradiokompaniya risligida esa yana öşalar gurillab televideniyega ötib olişgan.
Aytdim-ku, ustoz birovga mehri tuşib qolsa qanoti ostida tutib yurişni istar edi. Çamasi unga yordami tegayotganidan dastavval özi mamnun bölar edi.
Saidazim Mardiyev, Minhojiddin Mirzo, Hoşimjon Mirzaahmedov, Muhammad Ismoillar endi televideniyeda faoliyat yuritişdi. Aytiş joizki, murakkab, öziga xos muhitga ega, minglab işçi, texnik xodimu jurnalist, şoir-yozuvçiyu keksa-yoşni birlaştirgan ulkan idorada boş böliş oson emasdi. Çamasi bunday joyda rahbarni guruhbozlik, manfaatlar töqnaşuvi, har xil iğvo, kazo-kazolarning bosimi ham qiynab yuboradi. Bularning barisiga irodasini işga solib doş berişgina yetarli emas-ku. Taşabbus bilan körsatuvlarni yangilaş, har xil loyihalarni joriy etiş, islohotlar ötkaziş, muhimi körsatuvlar sifatini yaxşilaş, odamlar körib, zavqlanib “barakalla” deydigan darajaga olib çiqiş vazifasi turibdi. Yana eng muhimi – televideniye davlat siyosatining oynasi. Nojoiz, bölar-bölmas gaplar, saviyasi past körsatuvlar, siyosiy savodsizlik, noxolis tanqid, keraksiz maqtov, xonandalarning ekran talaşişlari… Bularning bari rahbardan nafaqat huşyorlik, kerak paytda çörtkesarlikni, masalani darhol bir tomonga, lekin xolisona, adolat yuzasidan hal qilişni talab etmaydimi?.. Şunday, akada favqulodda huşyorlik, favqulodda jasorat, ğayratni körar edim.
Akaning bir gal noliganini eşitganman:
– Bilasizmi, uka, men bunday idoradan yana ikki-uçtasini birlaştirib bersayam eplayman, kuç topaman. Çunki muhtaram Prezidentimiz bizga töğri yölni körsatib turibdi. Men bu borada heç qaçon ikkilanmayman. Biroq özing işongan odamlaring goh pulga sotilib, goh mansab bermaganing uçun tinimsiz iğvo uyuştirişi odamni ezadi. Ilgari hatto yuragim qayerda joylaşganini öylamas edim, endi bölsa şu qurğur sançadigan böldi…
Men buni oz bölsa-da his qilar edim. Jurnalni qöy, qaçongaça obuna, pul deb yugurasan, televideniyega kel, deya taklif qilganida ham oyoğim tortmagan. Qaydam, balki Xudo önglagandir…
A. Köçimov Prezident devonida masʼul lavozimda işlayotganida ham gazetalarga turli mavzularda maqolalar taşkil qilganini bilaman. Ijodkorlarning faoliyatini kuçaytiriş, kengaytirişni öylar edi. Yozuvçilarning publitsistik çiqişlariga köp eʼtibor berganini körganman. Şaxsan özimga ham maʼnaviyat mavzularida maqola yozişni tavsiya etgan, ayni mahalda yozilajak maqolaning ruhi, yönalişi, nimalarga urğu berişni ham tuşuntirgan edi. Öşa maqolalar markaziy gazetalarda çop etilgan, sir emaski, keyin özimning ham könglim tölgan edi.
10
Abdusaid aka hozir faoliyat yuritayotgan “Xabar” gazetasida ham ijodiy muhit hukmron. Özi erinmasdan materiallarni kompyuterga solib, öqib, tuzatib, ifoda – beriliş şakllarini xodimlarga batafsil uqtirib ötiradi. Muhimi – ijod qilyapti. Axir, ijodkordan nima qoladi – yaxşi söz, ezgu fikr, qaynoq dard – şular singdirilgan çin asarlar.
2003-yilmidi “Baland toğlar” degan saylanmasi çiqdi. Juda gözal qissa va hikoyalari bor. Qahramon holatlarini harakatlantiruvçi çiziq, gap-sözlar tabiiyligini topadi. Juda topadi. “Oq kaptarlar oroli”, “Baland toğlar ostida” qissalari, “Boyçeçak” hikoyasida bu fazilat yorqin namoyon bölgan.
Ikki-uç yil burun çiroyli bir şeʼriy töplamini çop ettirdi. Işq-muhabbatga töla haroratli şeʼrlar.
Töxtovsiz esselar yozyapti. P.Qodirov. O.Yoqubov, Q.Yöldoşev, A.Jumayevlar haqida ajoyib, kerak bölsa, badiiy qissadan kam bölmagan esselar yozdi. Ustoz Odil aka haqidagisini biz jurnalda berdik. Yozuvçining şu darajada tafakkuri uyğonganki, tavba, bu uzun lavha, uzun sözlar – suhbatlarni qanday esida saqlab qoldi ekan, deb hayratga tuşasan.
11
Çamamda 1988-yil edi, öşa vaqtdagi Ittifoqning markaziy naşri bölmiş “Pravda” gazetasida bir tanqidiy maqola çop etildi. Ayniqsa, yozuvçilar orasida tez şov-şuv bölib ketdi. Unda Özbekiston matbuotida bu Respublika Rossiya tarkibiga kuç bilan qöşib olingan mazmunidagi millatçilik ruhidagi maqolalar köpayib ketdi deyilib, nuqul bolalar gazetasi bölmiş “Lenin uçquni” gazetasidan misollar olingan. Esimda, uçta maqolani şarhlagan, biri tarixçi M.Hasanovning maqolasi, boşqa ikkoviyam şu gazetalardan olingan. Boş muharrir – A.Köçimov! Bu, birinçi navbatda muharrirga qaratilgan siyosiy zarba edi.
Holbuki, qaysi gazetani, jurnalni olib qaramang, bu xil mazmundagi jangovar ruhli maqolani topiş mumkin edi. Suriştirsak, maqola muallifi ukrainalik bir ğalamis jurnalist ekan. Boşqa matbuotda ham şu mazmundagi materiallar berilayotgan edi deyapmiz-u, aslini olganda bari bir vaziyat qaltis edi. Çunki şöro mafkurasining tişi har qanday odamning boşini “çirt” uzib taşlaşi, siyosiy bir böron qöpsa, unça-munçalarni osmonu falakka kötarib, söng yerga qapiştirib taşlaşi mumkin edi. “Paxta işi”ning qama-qamalari bunga misol. Hali bundoq xurujlarning hidi atrofimizda anqib turardi.
Şunda özbek ziyolilari, ayniqsa, yozuvçilar bir oyoqqa qalqqaniga guvoh bölganman.
Eslasang yuraging örtanadi!..
Odamlar naqadar mustaqil yaşaşga muhtoj ekan.
Biz ham qarab turmay SSSR davlat rahbari M.Gorbaçyovga, “Pravda”ning boş muharririga, yana allakimlarga bu maqola tuhmat, böhtonligi haqida bir talay nusxalarda şoşilinç telegrammalar yozib Moskvaga jönatganmiz.
Şunda körganman: Abdusaid akani yoqtirmay, ortidan zimdan ğalamislik qilib yuruvçi baʼzi ijodkorlar ham telegrammaga qöl qöygan. Balki uyalganidandir, balki bu zarba bugun Köçimovga tuşayapti, ertaga menga yoki boşqasiga ham tuşişi mumkin-ku. Tek qarab turiş kerakmi, deya insof nuqtayi nazaridan qaragani uçundir. Harqalay şunday bölgan edi. Adaşmasam yuz ellikdan ziyod şoir-yozuvçi qöl qöygan. Oqsoqollar özlari alohida telegramma jönatişgan. Özimizning hukumatga ham xat yozganlarini eslayapman…
Na bölğay, qöpgan böron ziyolilar, ijodkorlarning vijdonini qözğatgani uçundir balki, har neçuk katta talafot solmay, yaʼni Abdusaid akani “uçirmay” ötdi. Ammo öşanda akaning yuragidan nimalar ötganini, qaysi mahkamalarga çaqirişganiyu ne daşnomlar eşitgani menga qoronğu. Aka bunday nolişlarni yoqtirmaydigan, qiyin vaziyatlarda ham kulguga burib yuboradigan odam.
Muharrir işda qoldi.
Endi ehtiyotkor, huşyor bölgandir dersiz?
Qayda! Yana şunday maqolalar qator-qator ketaverdi. Aksinça, boşqa gazetalar bolalar gazetasidan ulgu ola boşlaşdi. Şunda köp yozuvçilar, şoirlar, ziyolilar misolida, davlatimiz, tilimiz, hududimiz mustaqilligini yoqlab çiqqan elning bir parçasini körgan bölsam, Abdusaid Köçimov timsolida egallab turgan vazifasidan bir lahzada uçib ketişdan çöçimay el dardini özidan baland qöya olgan mard muharrirni körganman.
Axir, vaqti kelib, bari bir haq qaror topar ekan-ku!
12
Ittifoqo bir gal tuşlikda çoy içib ötiribmiz. Aka Hoşimjonning vafot etganini eşitib juda afsuslandi. Eslab öylanib qoldi. Hoşimjonning oşqozonida yara bor ekan, şu oçilib, operatsiya qilişga töğri kepti. Keyin qon töxtamagan. Şu… 45 yoşga ham kirib-kirmay ke-yetdi çin dunyoga.
Aka farzandlarini söradi. Xabar olib turinglar dedi. Juda toza yigit edi-da, dedi tağin.
Yaqinda u haqda “Özbekiston ovozi” gazetasida maqola berganimni aytdim. Söng dastavval kaminani “propiska”ga qöyib berganini, hikoyalarimni çop etib meni maşhur qilgani, Hoşimjon, Muhammadjonlarni oborganimda işga olganini eslatmoqçi böldim.
– Şunaqa böluvdimi, – dedi u kişi xiyol oçilganday bölib. – Esimda yöq.
– Nahotki?
– Balki. Yaxşi odam yaxşi odamni opkeladi-ku deb öylagandirman-da. Töğrisi – esimda yöq.
Men u vaqtlar Abdusaid akaning xayolidan kötarilib ketganiga işonmayman. Şunçaki…
Şunçaki, qilgan yaxşiligini peş qilişni, birovlarga öxşab “men falonçiga munday yordam qilgan edim, endi nazarga ilmadi, yaxşilikka javob şu ekan-da”, deya yozğirişni yomon köradi, xolos.
Bu – baʼzi odamlarninggina qölidan keladi.
Rostini aytsam – ruhan, qalban kuçli odamlar şunday qila oladilar!..
Sobir Önar
“Yoşlik” jurnali 2010-yil, 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


