“Abu rayhon beruniy” filmi yaratilişi tarixini eslab
1972-yili edi. Şuhrat Abbosov menga örta asrlar Şarqining buyuk olimi, mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy haqida keng kölamli film suratga olinişi rejalaştirilayotganini aytib qoldi.
Film ssenariysini Şuhrat Abbosov bilan şarqşunos olim, Beruniy hayoti va faoliyatining bilimdoni Pavel Bulgakov hamkorlikda yozişgandi.
Pugaçenkovaning taklifiga köra Ş. Abbosov, E. Kalontarov uçalamiz olimaning mutaxassislar uyidagi xonadoniga bordik. Uçraşuvimiz işçan ruhda ötdi.
Rejissyorlik ssenariysi ustida işlaş uzoq davom etdi. Bu jarayonda Beruniy asarlarini öqişimizga, u bölgan mamlakatlarni, şuningdek, alloma yaşagan davrda qöllanilgan ayrim atamalarni örganişimizga töğri keldi.
Rejissyor, operator va rassomdan iborat ijodiy guruh naturani köriş uçun safarga çiqdi. Biz avval Samarqandda töxtadik. Afrosiyob, şaharning boşqa meʼmoriy obidalari, tarix muzeyi hamda şahar taşqarisini körib çiqdik.
Qadimiy tangalar va Somoniylar maqbarasini hisobga olmaganda, körganlarimizning hammasi Beruniydan keyingi davrlarga oid edi.
Suratga oliş uçun tabiiy joy va obyektlarni izlaşda davom etib Törtköl hamda Beruniy şaharlariga yöl oldik. Kemada Amudaryoning narigi qirğoğiga suzib ötib, Qoraqalpoğiston zaminiga qadam qöydik. Ammo bu yerda Beruniy tuğilib ösgan Köhna Qiyotdan (hozirgi Beruniy) heç narsa qolmagan edi.
Xiva könglimizga ança umid bağişladi. Şahar köçalari va maydonlari filmimizning bir neça obyektini suratga oliş uçun mos kelardi.
Xorazmdan keyin biz Turkmaniston hududiga ötdik. Kun yonayapti. “Qilt” etgan şabada yöq. Köpdan buyon taʼmirlanmagan asfalt yöllar önqir-çönqir bölib, erib yotardi.
Joy bizga yoqqani bilan, bu yerga köp sonli suratga oliş texnikasini olib keliş, yaşaş juda oğir va önğaysiz edi.
Biz afsuslangan holda Toşovuzga yöl oldik.
Toşovuzda köp uşlanib qolmadik, Aşxobodga qarab yölga tuşdik.
Bizni Içeri-Şahar hayratga soldi. Şaharning bu qismida toşdan qurilgan uylar va ğaroyib tor köçalar saqlanib qolgan edi. Ajoyib şaklli minora, karvonsaroy va boşqa obidalar bizning eʼtiborimizni tortdi.
Şoh saroyini körganimizda esa “xayriyat” deganday yengil nafas oldik. Biz bu yerda filmimizning bir neça obyektini xotirjam suratga olişimiz mumkin edi.
Bokudan biz Nizomiy Ganjaviy vatani bölgan Kirovobodga yöl oldik. Şaharda moziydan qolgan köp sonli tarixiy va meʼmoriy obidalar bölib, ular yaqqol ajralib turgan ozarbayjon milliy naqşlariga ega edi.
Yerevanga borib, teatrlar aktyorlari bilan uçraşdik. Ularning ayrimlari arman filmlari orqali tanilgan edilar. Aktyorlar bizning filmimizda suratga tuşişga bajonidil rozi bölişdi.
Bizning Kavkaz orti respublikalari böylab safarimiz tugadi. Barça körganlarimizdan Bokuning qadimiy obidalari köproq yoqdi. Biz bu şaharda suratga olişimiz mumkin bölgan obyektlarni özimizga belgilab oldik.
Toşkentga kelganimizdan söng studiya rahbariyatiga izlanişlarimiz yakunlari haqida hisobot berdik. Rahbariyat Bokudagi bir neçta obyektni suratga oliş uçun maʼqulladi. Biroq smeta tuzilayotganida pulimiz bunday safarlarga yetmasligi maʼlum böldi va biz studiya hovlisi va pavilyonlarida dekoratsiya qurişga qaror qildik.
* * *
Filmga tayyorgarlik jarayonida aktyorlar tanlaş işiga alohida eʼtibor qaratildi. Bizning filmimizda boş qahramonlar va ikkinçi darajali qahramonlar rollari möl edi. Biz aktyorlar tanlaşga kirişdik.
Studiya koridorlari Toşkentning turli teatrlaridan, viloyat teatrlaridan, şuningdek, mamlakatning boşqa respublikalaridan taklif etilgan aktyorlar bilan töldi. Ular foto va kinosinovlaridan ötişardi, ularga rassomlar eskizlari böyiça tikilgan liboslar kiydirib körilardi, turli grim va boşqa bezaklar tanlanardi.
Filmga taniqli özbek kino va teatr aktyorlari taklif etilgandi. Kinosinovlarga boşqa respublikalardan ham aktyorlar kelişdi. Turli rollarga Razzoq Hamroyev, Nabi Rahimov, Pölat Saidqosimov, Bibo Batayev, Baxtiyor Ixtiyorov, Vladimir Yakut, Tamara Şokirova, Dilorom Qambarova, Toşxöja Xöjayev, Yevgeniy Gurov, Bahodir Yöldoşev (keyinçalik u taniqli rejissyor bölib yetişdi), Töğon Rejametov va boşqa aktyorlarni sinab kördik.
Filmni suratga olişda operator aktyorlar bilan tez til topişişi, aktyor bilan operator bir-birini tuşinişi kerak. Aqlli, plastik aktyor operatorga tasvirning taʼsirçan ifodasini topişga kömaklaşadi.
Film uçun isteʼdodli aktyorlarni tanlab oldik. Guruhimiz uçun eng maşaqqatli sinov boş rol ijroçisini tanlaş edi. Bizga dovur Beruniyning taşqi qiyofasi qanday bölganligi haqida maʼlumotlar yetib kelmagandi, şuning uçun qahramonimizni hammamiz har xil tasavvur etardik.
Nihoyat “Özbekfilm”ning öşa paytdagi direktori Abdulahat Abdullayev bu masalaga nuqta qöydi. U Beruniy roliga aktyor Pölat Saidqosimovni tasdiqladi.
* * *
Filmni suratga oliş işlari 1973-yilning aprel oyi oxirlarida boşlandi. Hali ob-havo maromiga yetmagandi. Şu sababli tasvirga tuşirişni pavilyonlardagi obyektlardan boşlaşga qaror qildik.
Işning dastlabki kunlaridan biz rejadan orqada qola boşladik. Köp vaqtimiz aktyorlarning murakkab grimiga, liboslarni tayyorlaşga, çiroqlarni örnatişga ketardi. Guruhimiz sutkasiga ön ikki soatlab işlaşga majbur böldi.
Kinoda sahnalar tartib bilan tasvirga tuşirilmaydi. Bu aktyorlarning doimo ham böş bölmasligi, suratga oliş obyekti yoki dekoratsiya hali tayyor emasligi bilan boğliq.
Pavilyonda “Boğbonning boği va hujrasi” dekoratsiyasi qurilgan edi. Biz bu yerda Beruniyning suyuklisi Rayhona bilan uçraşuvini tasvirga tuşirişimiz kerak edi. Sahna tunda, şamlar yoruğida ötişi kerak edi.
Kunduz aktyorlar bilan repetitsiya qilişga va suratga oliş dekoratsiyalarini tayyorlaşga ketdi. Ertasiga ertalabdan suratga olişni boşlaşimiz kerak edi.
Biroq tongda biz Rayhona roli ijroçisi Dilorom Qambarovaning onasi vafot etganini eşitdik. Suratga oliş işlarini nomaʼlum muddatga keçiktirişga majbur böldik.
Iliq kunlar keldi. Guruh maʼmuriyati kartina direktori Yuriy Isakiyeviç Raşragoviç bilan naturada suratga olişga tayyorgarlikni boşlab yubordi.
Samarqandda direktorning maʼmuriy guruhi filmning ommaviy sahnasida suratga oliş uçun beş yuzdan ortiq otliqni yiğişi lozim edi. Bu öta murakkab vazifa edi. Otlar va ularning egalarini turli xöjaliklardan töplaş kerak edi.
Samarqand viloyatining turli tumanlaridan taklif etilgan çavandozlar erta tongda belgilangan joyga yiğilib kelmasdilar, bu esa suratga tuşirişni boşlaş vaqti çözilişiga olib kelardi.
Suratga oliş maydonidan unça uzoq bölmagan joyga palatkalar tikişga va tört yuzta ot uçun otxona qurişga qaror qilindi. Bu palatkalar va otxona to biz suratga olişni tugatgunga qadar saqlanib turdi.
Rejissyorlik ssenariysi yozilişi bosqiçida hamma narsani hisobga olib bölmaydi. Suratga oliş maydonçasida joyning öziga xosligi, iştirokçilar soni, dekoratsiyani quriş imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda ssenariy ayrim özgarişlarga, tuzatişlarga duçor bölişi mumkin.
Tomoşabin uçun tasvir taʼsiri kuçini oşiriş maqsadida ulkan maydonda dorlar yasab, ularga taşqi qiyofasi asir hindlarga öxşaş tulum-qöğirçoqlarni osib qöydik. Har bir ustun tagiga tez yonadigan, baland olov hosil etadigan materiallardan qöyib çiqdik.
Kadrda olovda jizğinak bölayotgan odamlar tanasini körsatiş uçun bir neçta ustunga kaskadyorlarni boğladik. Biron xavf tuğilgan taqdirda darhol kuçli suv oqimini yöllaş uçun ularga yonğin öçiruvçi maşinalarning branspoytlari töğrilandi.
Aktyorlar suratga oliş appparatiga yaqin joyda sahnani öynaşlari kerak edi. Ular atrofida ham olov yondirildi, lekin ularga olovdan xavfsiz masofa aniqlab berildi.
Gulxanlar yoqilib, olov ustunlarga boğlangan manekenlarni domiga ola boşladi, oldingi planda quturgan öt içida qolgan aktyorlar körindi, ana şunda kadrda haqiqiy dözax manzarasi namoyon böldi: odamlar yonardi, dorga osilgan tanalar yonardi, yer yonardi, osmon yonardi, koinot olov içida edi.
Filmda bu epizod juda kuçli hissiy taʼsir körsatadi.
Biz murakkab sahnalarni suratga oldik. Lekin quvonişga erta edi. Olingan material tasmalari “Özbekfilm” kinolaboratoriyasida işlovdan ötganidan söng bir murakkab kadr operatorlik guruhi aybi bilan brakka çiqqani maʼlum böldi.
Keyinroq bu sahnani qaytadan taşkil etişga va qaytadan tasvirga tuşirişga töğri keldi. Şu sababli operatorlik guruhi navbatdagi pul mukofotidan mahrum qilindi.
* * *
Toşkentda tasvirga tuşirişni boşlaganimizda çidab bölmas darajada issiq edi. Iyul oyi boşlanmoqda edi.
Suratga oliş uçun tuyalar, otlar, mollar, qöy-eçkilar keltirildi. Qadimiy liboslar kiygan köplab odamlar paydo bölişdi. Hammayoq şovqin-suron, qiy-çuv. Odamlar va hayvonlar issiqdan qaqrab ketgan yerdan ötganlarida quyuq çang kökka örlardi.
Nafaqat işlaş, balki nafas oliş ham oğir edi. Biz terga ğarq botgan köyi tinmay qaynoq çoy içardik.
Şunday lahzalar ham bölardiki, men deyarli huşimni yöqotardim. Aynan şu iş jarayonida men otaşin quyoş va qaynoq projektorlar harorati taʼsirida limfaleykoz xasataligiga çalinib qoldim va hozirgaça davolanib kelmoqdaman.
Öşa payti esa, işga jon-dilim bilan berilib ketganimdanmi, nima uçun tez-tez issiğim kötarilib ketayotganini, özimning esa quyoş nurida qolişdan çöçiyotganimni tuşunmasdim.
Filmda köp aktyorlar va ommaviy sahnalar iştirokçilari qatnaşayotgan bölsa biz köproq kadrni suratga olib qolişga ulguriş uçun dam olişsiz, kuniga ön ikki soatlab işlaşga harakat qilamiz. Odatda ommaviy sahnada iştirok etayotganlar tasvirga tuşiriş maydonçasida işning bu qadar sermaşaqqat, azobli ekanini körib, ertasi kuni kelmayoq qöya qoladilar.
Suratga oliş guruhi uçun sinovlar davom etaverdi: Suhrobning hovlisi va köçasi bilan boğliq epizodlar keçasi tasvirga tuşirilişi kerak edi. Bu dekoratsiyalarda Qiyot şahriga duşmanlar tösatdan hujum qilib, hamma narsani vayron qilişini, kulini kökka sovurişini körsatişimiz kerak edi. Kadrda aktyorlar bilan birga qariyalar, ayollar, bolalar, askarlar va otliqlar ham iştirok etişardi.
“Özbekfilm”ning yarim natura maydonini egallagan dekoratsiyalar tez yonuvçi materiallar bilan örab qöyilgandi. Pirotexnika vositalari ham katta miqdorda tayyorlab qöyilgandi.
Tasvirning taʼsir kuçini yanada oşiriş uçun biz köplab odamlar, otliqlar, yonayotgan obyektlarni umumiy planlarda oldik. Aktyorlar, ommaviy sahna iştirokçilari, suratga oliş guruhi tutun va issiqdan rosa azob çekardi.
Voqea kölamini körsatiş maqsadida men katta operatorlik krani yordamida suratga oliş kameram bilan eng baland nuqtaga kötarildim. Olovdan özimni himoya qiliş uçun yonğin öçiruvçilarning maxsus kostyumini kiyib olgandim. Biroq, şunga qaramasdan, lovullab yonayotgan olov tillari meni har tomondan qurşab oldi.
Bizni kuzatib turgan öt öçiruvçilar esa xavfni payqab qolişgan zahoti menga qarab branspoytlardan kuçli suv oqimini yöllaşdi. Hozirgina çidab bölmas darajadagi issiqda turgan odam birdan muzday suv tagida qoldi…
Suratga oliş işlari töxtatildi. Kran xartumi pastga tuşirildi, meni darhol quritişga ötişdi. Omadim kelgan ekan, olov menga zarar yetkazib ulgurmabdi.
Birozdan söng suratga oliş işlari davom ettirildi. Suhrob Beruniyni taʼqib etuvçilardan qutqarib qolişi sahnasi tasvirga tuşirilişi kerak edi. Bu kadr ham olov va tutun içida suratga olindi. Suhrob rolini aktyor Baxtiyor Ixtiyorov ijro etdi. Kamera bilan Suhrobning harakatini uzluksiz kuzatib borayotgandim, birdan u kadrda yöqolib qoldi. Jahlim çiqib ketdi. Axir bu kadrni uzoq vaqt repetitsiya qilgandik, har bitta iştirokçining harakati miridan-sirigaça körib çiqilgandi.
Maʼlum böldiki, olovning aççiq dudi sabab Baxtiyor huşdan ketgan ekan. Aktyor yana suratga tuşişga tayyor emasdi. Sahnani boşqa kunga köçirişga töğri keldi.
“Sahro”, “Xaroba quduq” obyektlari uçun natura Arnasoyda tanlandi. Kadrda personajlardan taşqari tuyalar karvoni ham qatnaşişi kerak edi. Guruh maʼmuriyatiga Arnasoyning qozoq ovullaridan yetarli darajada ot va tuya töplaş unçalik muşkullik tuğdirmasdi. Bu sahnada Xorazm şohining Beruniy boşçiligidagi vakillari Xalifaning elçilarini kutib olişlari kerak edi. Uçraşuv keçasi, Mahmud Ğaznaviyning ayğoqçilari közidan pana joyda keçişi kerak edi.
Tasviriy jihatdan esa odamlarning tungi sahrodagi qörquvini berişimiz lozim edi, çunki ular istagan soniyada Mahmud Ğaznaviy odamlari qöliga tuşib qolişlari mumkin. Beruniy elçilarni topib boriş uçun tungi osmonda yulduzlarga qarab yöl boşlardi, ekranda ana şu holatni beriş böyiça muammo paydo böldi.
Tunda köp miqdordagi odamlar va hayvonlarni suratga oliş öta murakkab iş edi. Bu katta obyektni suratga olişga bir haftaga yaqin vaqt möljallangandi. Bir neça tunni sahroda ötkazganimizdan keyin suratga olişni töxtatişga majbur böldik. Biz kadrda personajlarning harakatini yulduzli osmon fonida körsatişimiz kerak edi. Kinotasma sezgirligining kiçikligi tufayli kökdagi yulduzlar unda özining töla aksini topolmasdi. Busiz epizodning maʼno va mazmuni yöqolardi. Muammoni keyingi tasvirga olişlarni “Özbekfilm” kinostudiyasidagi pavilyonga köçiriş bilan hal qiladigan böldik.
Rassom E. Kalontarov pavilyonning bir qismida sahro va xaroba quduqni qurişni boşlab yubordi. Qoronğu tun manzarasini hosil qiliş uçun katta pavilyonning barça devorlariga qora qoğoz yopiştirib çiqdi. Kökdagi yulduzlarni esa turli kattalikdagi yaltiroq metall zöldirlarni ingiçka simlarga osib qöyiş bilan hosil etdik. Pastdan bu şariklarni kuçli projektorlar bilan yoritib turdik. Natijada “haqiqiy” yulduzlar çaraqlab turgan osmon paydo böldi.
Pavilyonda turli projektorlar yordamida tun manzarasini hosil qiliş ham osonlaşdi. Naturada olingan kadrlar pavilyondagidan farq qilmasligi uçun yoritiş tizimi bilan alohida işlaşga töğri keldi.
“Özbekfilm” tarixida birinçi marta katta pavilyon va kollektorni qamrab olgan ulkan dekoratsiya qurilgan edi.
“Mahmud Ğaznaviyning saroyi” obyekti katta hajmli bölganli sababli uni tasvirga tuşirişga ikki haftadan köproq vaqt ajratilgan edi. Bir smenaning öziga bir yarim ming kilovatt elektr energiyasi dekoratsiyani yoritiş uçun sarflanardi. Yuzdan ortiq projektor işlardi. Vaqtni iqtisod qiliş uçun oldindan, aktyorlar iştirokisiz dekoratsiyaga çiroqlar qöyib çiqilardi. Şuning öziga ham bir smena vaqt ketardi.
…Filmimizning birinçi namoyişi Çilonzor köçasidagi eski Kinoçilar uyi zalida bölib ötdi.
Zal tomoşabinga tölgan edi. Köplar joy yetmay qolganligi bois yölaklarda, ötiş joylarida tik turişardi.
Film ekranlarga çiqarilganidan keyin Aşxobod va Bokuda ham tomoşabin töla zallarda namoyiş qilindi. Kartinamiz haqida ijobiy munosabatlarni, hayajonli maqtovlarni eşitiş yoqimli edi.
Men iştirok etiş baxtiga muyassar bölgan Kişinyov kinofestivalida (1975-yil) filmimiz Boş sovrin bilan taqdirlandi.
Tehronda ötgan xalqaro kinofestivalda (1977-yil) ham filmimiz “Oltin delfin” Boş sovriniga munosib körildi.
Şu film uçun Şuhrat Abbosovga Hamza nomidagi Davlat mukofoti berildi.
Film muvaffaqiyati bizni qanotlantirdi. Biz yanada yaxşiroq, yanada sifatliroq film yaratişni istardik…
Hotam FAYZIYEV,
filmning sahnalaştiruvçi-operatori.
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 3-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


