Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali bilan suhbat
– Muqaddas narsalar hamişa muhofazaga, himoyaga muhtoj böladi. Çunki ezgulikning duşmani köp. Ğanimning köpligi, xavfning kölami esa EZGULIKning bahosini belgilaydi. Şu maʼnoda Vatan va uning hurriyati hamişa himoyaga muhtojdir.
Siz ijodingizda, xususan, tarixiy esselaringizda, şeʼriy roman va dostonlaringizda, tarixiy romanlaringizda Vatan tuşunçasining naqadar uluğligi, hurriyat esa inson uçun nafas yangliğ ehtiyoj ekani haqida yozgansiz. Ehtimol, sizni qalam olişga undagan ijtimoiy-tarixiy şart-şaroitlar bugun özgargandir, biroq bu tuşunçalarni şarh etmoq, yozmoq va yetkazmoq ehtiyoji hamon dolzarbligini yöqotgani yöq. Ayniqsa, bugungi tezkor, şu bilan birga ğarazli axborotlar oqimi tinim bilmayotgan zamonda millat oydinlari zimmasidagi yuk yanada vazminlaşmoqda. Sizningça, ziyolilarimiz bu masʼuliyatni qançalik his etayaptilar?
– Albatta, meni qalamga olişga undagan ijtimoiy-tarixiy şaroitlar bugun özgargan. Avval mustamlakada edik, bugun, Xudoga şukur, mustaqilmiz. Mazkur tuşunçalarni şarh etmoq dolzarbligi ham haqiqat. Lekin haqiqiy ijodkor qaysi zamonda va şaroitda bölmasin, uning Vatanga, xalqqa, zamonga, tarixga, ijodga öziga xos yondoşiş yöli böladi. Bu – özgarmaydigan mezon. Buni şarh etsam, misolni özimdan ola qolay. Biz mustamlaka zamonda yaşadik, könglimizdagi niyatlarni, orzularni, maqsadlarni oçiq-oşkora aytiş imkonlari bölmadi. Natijada fikr va ğoyalarni imo-işora vositalari, maʼnolarni satrlar orasiga joylaş, sözlar orqasiga yaşiriş yöllari bilan ijod qilib keldik. Öquvçilarimiz aqlli, öqib, mağzini çaqarlar, biz yaşirgan fikrlarni uqib olarlar degan umid könglimizni yoritib turgan. Ijod, xususan, adabiyotning ajoyib usullari köp, uquv bilan işlatilsa, qalovini topsa qor ham yonadi, deganlaridek, juda köp gaplarni ayta oliş, öquvçiga yetkazib beriş mumkin. Özim şunday bir mezonga amal qilişga va undan çekinmaslikka tirişib kelaman.
Mustamlaka Vatan – xalq, millat – uning tarixi – şu xalq farzandi bölgan, şunday şaroitga mute ijodkor… Şunday vaziyatda ijodkorning vazifasi qanday bölişi kerak? Oçiq kuraşiş xatarli. Ijodkor öz ijodida Vatan tarixini yoritişi, uluğ va fidoyi qahramonlar siymosini çizişga harakat qilişi, bu bilan öz öquvçilarini tarixga muhabbat ruhida tarbiyalaşi, ularni ruhan qöllab-quvvatlaşi, mustaqillik, hurriyat (şaxsan özim öşanda şörolar tomonidan böğma ilonday örab, böğib taşlangan, nafas olişga ham qiynalayotgan Vatanimning ozod bölişini köz oldimga keltirolmas edim) mavzularida qalam tebratişi lozim, deb hisobladim. Bunga imkonni tarixdan izladim. Şu sababli Spitamen, Muqanna, sarbadorlar, öşa paytlar bahsli bölgan Amir Temur, Boborahim Maşrab, Dukçi eşon kabi tarixiy siymolarimiz haqida qalam surdim. “Qadimgi qöşiqlar” şeʼriy turkumini yozdim…
1967-yilda (butun dunyoda Oktyabrning 50 yilligi, Leninning 100-yilligiga tayyorgarlik sanalari edi, har bir yozilgan asarda, har bosgan qadamda, nafasda bu sözlar jaranglab turardi) yozilgan “Gumbazdagi nur” dostonimda xalqimizning mehnatini, uning bunyodkor, quruvçi ekanini körsatmoqçi böldim. Vosita qilib Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi qurilişi tarixi olindi. Yoritiş asnosida dostonga Amir Temur obrazi ham tabiiy ravişda kirib keldi va tösiqqa uçramadi. Şu bilan qahramonimiz taqdirini ham körsatiş imkoni yaratildi. “Tarix tilga kiradi bir kun, Bugunça men aytay bilganim” satrlari köp takrorlangan edi dostonda. “Yana keldim, ey Tarix bobo, Yana senga daʼvo qilurman. Öz haqqimni qilmoqni daʼvo, Haqiqatning yöli bilurman!” satrlari dostonning leytmotivini yaqqol körsatib turardi. Lekin öz haqimizni daʼvo qilişga qöymasdilar. Bu paytlar tarixiy asar yozgan adib “ötmişni ideallaştiryapti” deb ayblanadigan, tarixni badiiy yoritiş oçiqdan-oçiq qoralanadigan zamonlar edi. Oybekning “Navoiy”, keyinroq Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” tarixiy romanlari taqdirlari bunga misoldir. Akademik Ibrohim Möminovning “Amir Temurning Örta Osiyo tarixida örni va roli” risolasini ham eslab ötiş joizdir.
Şunisi ğaroyibki, “Şarq Yulduzi” jurnalining 1968-yil 11-sonida eʼlon qilingan “Gumbazdagi nur” dostonida Oktyabrning “o”, Leninning “l” harfi ham yöq ekan! Menimça, dostonning mazmun-mohiyati, badiiy haqiqat buni talab etmagan, mezonga siğdirolmagan körinadi. Mustaqillikka erişganimizdan keyin doston heç bir özgarişsiz 7-sinf maktab darsligiga kiritildi.
Ana şu mezonga sodiqlikni mahkam tutişga harakat qilaman.
Hamma zamonlarda ham haqiqiy maʼrifatparvarlar hisoblanadigan millat ziyolilari zimmasidagi yuk yengil bölmagan. Lekin birov bu yukni butun vujudi bilan his qilgan, birov esa yelkasini mayiştirib öltirişni istamagan, birov esa Xudo bergan isteʼdodini – u xalq mulki! – qadriga yetmagan yoki anglab yeta olmagan. Hozir ham şunday. Abdulla Qahhor bir paytlar ikkita ana şunday talantning öz isteʼdodlarini içib sovurganidan yozğirib gapirganini eşitgandik. Ziyolilarimiz, – adiblar ular eng ilğor qismiga kiradi, deb hisoblayman, – zimmasida katta masʼuliyat bor. Bu – millat taqdiri. Millatning kelajagi, yoş avlod tarbiyasi hamişa yodimizda turmoği kerak. Jamiyatimizda bunga intiliş bor, lekin bu intilişlarda bizning iştirokimiz faqat kitob çiqariş – uni birov öqiydimi yöqmi, bu bilan qiziqişimiz kam, – va uni sotiş, goh-goh uçraşuvlarda qatnaşişdangina iborat bölib qolmoqda. Adabiyot insonni tarbiyalaydigan vosita, imkon, juda katta qurol. Mustaqillik şaroitida undan foydalaniş yöllarini hali bilmayapmiz şekilli. Yaqinda Istiqlol saroyida nazm va navo keçasini tomoşa qildim. Bölar ekan-ku! Keyingi paytlarda ovozi sustlaşgan şeʼriyatimiz yana millionlar sahnasiga qaytmoqda! Oynayi jahonda şeʼriyat keçalari, adabiy uçraşuvlar million-million tomoşabinlarga namoyiş etilmoği kerak. Maʼrifat yoyişning eng zör usullaridan biri bu.
Esimda bor, bir qişloqda mehmonda edik, keçqurun soat önlar çamasi edi. Uy egasiga, maktabda öqiydigan öğli köçada kim bilandir urişib-janjallaşgani, militsiyaning ham yetib kelgani haqida xabar qildilar. Hamma besaranjom böldi. Men, ota darhol örnidan turib, öğlini qutqargani öşa yoqqa otlansa kerak, agar taklif etsa, yöq demay borişim lozim, deb öyladim. Ammo loqayd ota mehmonlardan ham xijolat çekmadi, örnidan qözğalib ham qöymadi. Bamaylixotir ötirişda davom etarkan, gapirgan gapi hammasidan oşib tuşdi: “Kerak bölsa, özlari tarbiyalab olsin-da!..” Ota maktab öqituvçilarini, mahalla-köy, hukumat odamlarini nazarda tutmoqda edi şekilli. Asli kim tarbiyalaşi kerak özi?.. Maʼrifatparvarlar sanaladigan köpçilik adiblarimizda öşa masʼuliyatsiz ota kayfiyatiga moyillik, loqaydlik borligi açinarli.
– Tarix – vaqtning qölida sayqallangan surat. Bu “surat” şundoqki, undan ibrat oliş, örganiş, tinglaş va xulosa çiqariş mumkin. Tarixning qimmati ham ana şunda!
Asrlar keçmişida ajdodlarimiz qanday muvaffaqiyatlarga erişgan bölsalar, bir-biriga tayanç bölgan, hayotlariga ilmu maʼrifatni şior etgan zamonlarda böldi. Aksinça, köngillardan oqibatu ofiyat kötarilgan, maʼrifatdan uzoqlaşgan va eng asosiysi, milliy birdamlik yöqolgan vaqtlarda parişon holatga tuşib qoldilar. Dinu diyonatdan, ilmdan, milliy his-tuyğulardan uzoqlaşiş buyuk Amir Temurdek zot markazlaştirgan saltanatni ham asta-sekin yemira bordi. Yillar ötişi bilan taxt talaşişlar, fitnalar, özaro uruş-janjallar yurtni parokandalikka olib keldi. Johillik şu darajaga yetdiki, qarşisida beomon duşmanni körib ham ular bir-birlariga ters ögirilib turaverdilar. Bu holat ğanim uçun ayni muddao böldi. Parokandalik bizga sal kam 130-yillik qullikni taqdim etdi.
Endilikda bu mahzun tarixga – aççiq haqiqatga – tik boqib xulosa çiqarişimiz lozim böladi. Nazarimda tarixni örganişning eng yaxşi usullaridan biri badiiy adabiyotdir. Çunki tarixning badiiylaştirilişi yoxud adabiyotning tarixiylik kasb etişi har ikki sanʼatning ham taʼsirçanligini oşiradi. Şunday emasmi?
– Juda töğri, tarixni örganişning eng yaxşi usullaridan biri badiiy adabiyot. Badiiy adabiyot hamişa öquvçiga maktab vazifasini ötab kelgan. Ayniqsa, tarixiy mavzularda yozilgan asarlar hamişa öquvçilar tomonidan sevib öqilgan. Salohiyatli va insofli adib tarixni sinçiklab öqib-örganib, ötgan davr haqida asar yaratadi, bir kişi yozgan asarni öqib millionlarda ana şu tariximiz haqida yorqin tasavvur uyğonadi. Adabiyot insonni öziga tanitadi. Tarixiy badiiy adabiyot esa, insonga ham özini, ham özligini tanitadi. Olis tarix. Bobolar qismati. Vatan taqdiri. Millat iztirobi. Asrlar ötkinçiligi. Yillar bevafoligi. Zamonning beoqibatligi… Bari, bari – adabiyot nasibasi… Badiiy tarixiy kitoblarni öqiş insonda ğurur hissini uyğotadi, faxru iftixor tuyğularini tarbiyalaydi. Mustaqillik uçun kuraşgan bobolarimiz hayoti bizlarga yuksak ibratdir, yozuvçi ana şuni öz asarida körsatib bermoği lozim.
Bundan ança yillar muqaddam, 1970-yilda “Şarq Yulduzi” jurnali savoliga bergan javobimda, xalqimizning badiiy tarixini yaratişimiz kerak, degan edim. Hozir ham şu fikrdaman – xalqimizning badiiy tarixini yaratiş lozim! Bu yozuvçilarimiz zimmasidagi masʼuliyatli yuklardan biri. Tarix haqida hamma yozişi kerak, deb hisoblayman. Ammo bir şart bor: bilib, örganib yoziş kerak. Çunki tarixiy mavzuda yozayotgan adib, şuni unutmasinki, xalq içida, öquvçilar içida undan köra çandon-çandon bilimli insonlar bor, ularning oldida uyalib qolmaslik kerak. Ular rasmiy tarixni yaxşi örganişgan.
Tarixiy mavzuda qalam tebratmoq uçun ijodkor ikki karra yozuvçi bölmoği lozim! Yozuvçilikdan taşqari unga olimlik, ilmiy muşohada, tarixiy faktlarni topa biliş, ulardan asar boş ğoyasi talab etganlarini umumlaştirib xulosa çiqara oliş va barini badiiy haqiqatga böysundiriş qobiliyati zarur böladi. Notöğri bir tuşunça hukmronki, tarixiy asarda tarixiy voqealar yoritilişi kerak degan. Yöq, tarixiy asarda ham, haqiqiy romanlardagidek, Inson va uning qalbi oçib berilişi kerak. Soddaroq taʼriflasak, tibbiyot Inson soğligi-sihhati haqidagi fan, anatomiya-fiziologiya Inson vujudi töğrisidagi fan bölsa, adabiyot – Inson qalbi haqidagi fan, demak badiiy adabiyot – inson qalbining ifodasi bölişi lozim.
– Muhammad Ali aka, endi şeʼriyat haqida gaplaşsak. Zero, ötgan yillar davomida önlab şeʼriy kitoblaringiz naşr etildi. Şeʼr – behalovat keçinmalar tölqini. Töğriroği, haqiqiy şeʼr bedorlikka daʼvat, behalovat ruh inşosidir. Undagi “bedorlik” – inson qalbidagi keçinmalar pörtanasi, öz davri ruhidagi oğriqlar, aççiq haqiqatlar… Şeʼriyatning jozibasi – şu! Ana şu mezonlardan kelib çiqsak, bugungi zamonaviy özbek şeʼriyati haqida nimalar deyiş mumkin?
– Şeʼriyatimizda yaxşi izlanişlar jarayoni ketmoqda. Har bir şeʼr gözallikning namunasiga aylansa, uning zaminida albatta katta ijtimoiy, insoniy yuk yotgan böladi. “Modern” degan tuşunçalar kirib keldi, ham şeʼriyatda, ham nasrda ularning yaxşi namunalari yaratilmoqda. “Modern” kerakmi, yöqmi, degan bahslarni ortiqça hisoblagan holda, aytmoqçimanki, bizga izlanişlar kerak, modern esa izlanişlar mahsulidir. Öquvçi köpinça qofiyasi bölmaydigan, oq şeʼrda yozilgan modern şeʼrlarni öqib, zavqlanib, maqtanib birovga öqib beriş uçun kötarib yurmasa ham, harqalay, ulardagi ğalatilikka, ğayritabiiylikka, “şeʼriyat” deb örgangan tuşunçaga unça töğri kelmaydigan yondoşuvlarga, kutilmagan tasvirlarga, köz körmagan yangiça taşbehlarga boqib hayratlanadi. Baʼzan, şeʼr ayni öşa “ğalati” tuyuliş uçungina yozilganga öxşab ketadi. Ustiga ustak, ularni tuşuniş ham murakkabroq keçadi. Özimning ham bir-ikkita oq şeʼrdagi maşqlarimni eslayman. Umuman olganda, oq şeʼrning öziga xos ohanrabosi bor.
Ammo ayrim oq şeʼrlarni öqib, “oq” qilingan şeʼrlar, deging keladi. Ularda qofiya, musiqa, ritm yöqligidan taşqari fikr ham körinmaydi, qup-quruq söz tizmasi xolos. Asli oq şeʼr dramaturgiyada qöllangan, undan Vilyam Şekspir öz fojealarida maromiga yetkazib foydalangan. Çunki oq şeʼr sözlaşuv, sahna tiliga mos, dialoglarda qöl keladi. Rus şeʼriyatida M.Yu.Lermontovning “Podşo Ivan Vasilyeviç va navjuvon jasur savdogar Kalaşnikov haqida qissa” asari oq şeʼrning yuksak namunasi darajasiga kötarilgan. Özbek adabiyotida Maqsud Şayxzodaning “Mirzo Uluğbek” tragediyasi bunga misol böla oladi. Uolt Uitmenning şeʼrlari çinakam “modern” namunasi, ammo ularni tuşuniş qiyin emas. Ular ham qofiyasiz, biroq bunga ehtiyoj ham yöq, aksinça, qofiya xalal bergan bölardi. Uitmenda kuçli ehtiros, zavq, olmosday favqulodda fikrlar şeʼrni tutib turadi, şuurni nurlantiradi. Ayni paytda yigirmançi asrning eng modern şoirlaridan biri Vladimir Mayakovskiy öz ijodida qofiyaga alohida urğu berar, uning xilma-xil, murakkab (masalan, “do sta rasti, nam bez starosti”) şakllarini izlab topardi.
Şeʼriyat – nafosat, nafislik, musiqa, ravon ohanglar deganini unutmaslik kerak. Modern şeʼrlarni yoziş istagi şoirlarda, baʼzan Abdulhamid Çölpon aytmoqçi “bir xillik”dan qoçiş istagidan ham tuğiladi, deyiş mumkin. Lekin qanday bölganda ham, ijodkor öz asarini özi uçun emas, birinçi galda öquvçi uçun yozadi, sözi, fikri uning qalb-qalbiga yetib borişini istaydi. Qölga qalam olar ekan, asari öquvçiga yetib borsin, javonda qolib ketmasin.
Tabiiyki, şeʼr yozguvçilar köp, mustaqil zamonamiz barçaga ham qalam tutqazib, ilhomlar berib, öz köngil xohişu mayllarini qoğozga tuşiriş imkonlarini yaratdi. Lekin, hozir adabiyotimizda negadir ötgan asrning öttizinçi, oltmişinçi, yetmişinçi yillariga öxşagan kuçli talantlarning guldasta bölib otilib çiqişi kuzatilmaydi, yoşlarda dadillik yetişmayli. Nazarimda, ozodlikka erişgan yurtning ijodkorlari, bu bemisl neʼmatdan hayratga tuşdilar, heç qaçon amalga oşmaydigan bölib tuyulgan ozodlik naşidasi naşu namosi ularni lol qilib qöydi… Bu jaʼmi ijodkorlarni çuqur öylaşga daʼvat etmoqda. Ozodlik, hur mamlakat, buyuk tarix, qutluğ kelajak, millatimiz tarixida yuz berayotgan uçinçi renessans – bularning bari haqida adabiyotimizni boyitadigan ötli şeʼrlar, dostonlar, romanlar boşqa badiiy asarlar yozilişiga şubha yöq.
Bizlar, bizning avlodimiz qanday şaroitlarda ijod qilgan edi? Yuqorida aytib ötdim, bizlarga ozodlik, mustaqillik uzoq xayol bölib körinardi. Şu sababdan, öz asarlarimizda köngildagi pinhon qutluğ niyatlarni aks ettirişga tirişardik. Lekin bizlarda ham şeʼrni anglaşda murakkabliklar bor edi. Yana misolni özimdan olsam. “Bahor kelganda” nomli şeʼrim bor, 1968-yilda yozilgan. Şeʼr bir qaraşda, tabiat haqida. Bahor, toğlar, lolaga böyalgan dalalar, yuzlarni siypalab ötayotgan şamol va hokazo. Göyo şeʼr umumiy bahor manzarasi tasviriga bağişlangandek. Şeʼrda osmonni taʼriflagan şunday satrlar bor:
Men bahor kelganda
Osmonga boqaman.
Osmonning köksiga
Yulduzlar taqaman.
Garçi keng, garçi sof
Ul osmon, ul falak,
Lekin ul ostida
Yer yotar jonhalak.
Maysalar ösadir,
Suyumli maysalar,
Barglarin, böylarin
Olamga yoysalar…
Maysalar niyati
Uluğdir, ey Osmon!
Sen ular tuproğin
Hibs etding begumon!
Maysalar ösadir
Seni-da yiqay deb!
Moviy yuksaklarga
Men ham bir çiqay, deb!
Çölpon şeʼriyati ohanglari şundoqqina sezilib turibdi. Kursivga olingan sözlarni öqib mulohaza qilinsa, şunday manzara namoyon böladi (şoir nazarida): osmon singari bepoyon bölgan Rossiya iskanjasida Yer (Özbekiston) özini jonhalak his etadi. Bunda maysalar (yoş öğlonlar) ösayotir. Ularning niyati uluğ: sen ular tuproği(Vatani)ni bosib olding. Ular seni yiqitaman, deb voyaga yetmoqda, yuksaklarga çiqib, men ham ozodlik havosidan nafas olsam demoqda…
Şeʼriyatni nozik tuşunadigan döstim, zukko olim Begali Qosimov bu şeʼrni öqib, hazillaşib: “Agar boşqa tuzum bölganda, siz juda katta şoir bölar edingiz. Qanday fikrlar aytilgan! Buni oşkora şarhlaş qiyin-da!..” degandi.
– Sönggi yillarda adabiyotşunoslarimiz islohida “Mustaqillik davri özbek adabiyoti” degan atama tez-tez takrorlanadigan bölib qoldi. Ayting-çi, bu adabiyot prinsiplari qanday mezonlarga asoslanmoqda? Umuman, har qanday mafkuradan, taʼbir joiz bölsa, taʼmadan xoli mustaqil adabiyot yarata oldikmi yoki bu yöldagi urinişlarimizni qanday baholaş mumkin?
– Ehtimol adabiyotni örganiş uçun şunday atama kerak bölar. Ammo adabiyotni maʼlum bir davrga boğlab örganiş, sinfiylikka böliş, ijobiy-salbiy qahramonlar masalasi, konfliktsizlik nazariyasi va hokazolar barçasi şörolar mafkurasidan kelib çiqqan tuşunçalardir. Xudoga şukur, hozir bular yöq.
Adabiyot – uzluksiz jarayon. Yusuf Xos Hojib, undan oldinroq “Oltin yoruğ” yodgorligidan boşlab to bugungaça adabiyot insonni, ezgulik bilan yovuzlik, oq bilan qora örtasidagi ayovsiz mangulik kuraşini örganib, aks etdirib keldi, kelmoqda. Mezonlar ham öşa – çinakam adabiyot mezonlari. Agar mustaqil Vatan fuqarosining qalbini oçib beradigan, jahoniy andozalarga mos, mayli, anʼanaviy yoki modern usulida bölsin, yetuk badiiy asarlar yaratsak, mustaqil adabiyot degani şu böladi, menimça. Bu yölda katta intilişlar borligi quvonçlidir.
– Bir vaqtlar rus adabiyoti klassiklaridan biri F.M.Dostoyevskiy şoir Puşkin dahosiga baho berib: “Rus bölaturib, Puşkinni anglamagan odam rus atalişiga noloyiqdir”, degan ekan. Ehtimol, bu taʼrif Dostoyevskiyning Puşkinga bölgan muhabbati sifatida jaranglar, ammo haqiqati şuki, har bir millat milliy adabiyoti va sanʼatini örganişi, jillaqursa sevişi va hurmat qilişi lozimdir. Şu maʼnoda aytiş mumkinki, insoniyat badiiy tafakkurining eng yuksak çöqqilarini zabt etgan mumtoz adabiyotimiz vakillarining ijodini örganiş, tadqiq etiş va ulğayib kelayotgan avlodlarga yetkaziş zaruratini ham unutmasligimiz kerak. Biz bugun ana şu zaruratni qançalik his etyapmiz?
– Juda ham örinli savol berdingiz. Adabiyotni örganiş masalasini örtaga qöyayotirsiz. Yana ham aniqlaştirsak – mutolaa masalasi sizni bezovta qilmoqda. Uluğ ajdodlarimiz ijodlarini tadqiq-u tarğib etiş, avlodlarga yetkaziş haqida söz yuritmoqdasiz.
Ayrim qalamkaşlar, men öquvçimasman, yozuvçiman, degan çukça latifasi qahramoniga öxşab ketadilar. Ha, hamma yozmoqda, öquvçi yöq. Afsuski, yozuvçilarning köpi öqimaydi. Bu juda açinarli hol. Yozuvçi biron mavzuda qalam tebratar ekan, loaqal şu mavzuda bitilgan asarlarni öqib qöyişi joiz. Toki maʼlum narsalarni takrorlab ötirmasin. Hatto öqimaganlik oqibatida Yozuvçilar uyuşmasidagi muhokamalardan birida qaysidir bir asardagi töqima obraz ikkinçi bir asarga tarixiy şaxs(!) bölib kirib ketgani maʼlum böldi. Buni qanday izohlaşga ham hayronsan kişi.
Hali içimizda, kam öqiganimizdan albatta, özbek adabiyotining butun böy-basti bilan tasavvur eta olmaydiganlar ham bor. Bir payt Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida öttiz jilddan iborat “Özbek adabiyoti böstoni” seriyasi naşri boşlangan edi. Afsuski, obyektiv sabablarga köra naşr oxiriga yetkazilmadi. Hozir şunday naşrni amalga oşiriş fursati keldi. Özbekiston televideniyesi va radiosida doimiy ravişda mumtoz şoirlarimiz ijodiga bağişlab turkum körsatuvlar, eşittirişlar taşkil etiş joiz.
- Mutolaa haqida gapirganda, Lev Tolstoyni eslagim keladi. Dunyo adabiyotining buyuk zahmatkaşlaridan biri Lev Tolstoy vaqtdan unumli foydalangan, yozgan-çizgan, mutolaalar qilgan. Yetmiş beş yoşli adib 1903-yilda betob bölib yotib qoladi. Ijodiy iş qiliş imkoni bölmaganidan töşakda yotar ekan, har kuni uluğ mutafakkirlarning kitoblaridan öqib, erinmay taʼsirlangan fikrlarni yiğib boradi. Natijada “Donişmand kişilarning fikrlari” kitobi dunyoga keladi va u 1903-yilda bosilib çiqadi. Unda Diogen, Mark Avreliy, Suqrot, Konfutsiy, Budda, Aristotel, Russo, Kant, Shiller, Volter, Dostoyevskiy va boşqalarning dono fikrlari bor. Har kungi sahifada bir yo ikki şunday fikr berilgan. “Özimdan bilaman, – deb yozgan edi u xatlaridan birida, – Suqrot, Epiktet… lar kabi siymolar bilan hamsuhbat böliş kişiga qançalar kuç, osoyiştalik baxş etadi, bu tole siylovidir…” Lev Tolstoyday uluğ yozuvçi mutolaadan ana şunday rohatlanar edi.
- Mutolaa fikrni çarxlab, işlaşga majbur etadi. Ijodkorda fikr hamişa ösmoği, harakatda bölmoği kerak. Usmon Nosir bir şeʼrida: “Fikr – bola, bola ösuvçan” degan sözlarni bejiz işlatgan emas.
– Ötgan asr tongida buyuk Çölpon maqolalaridan birida zamon odamlariga xitob qilgan edi: “Ovröponing mödasi, şişasi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir, qul qiladur”. Ming vahki, bu “möda”dan qoçib qutulolmadik, “şişasi” ham qadahlari bilan jaranglab kirib keldi. “Buzuq axloqi” esa tungi oşxonalar, jin köçalaru sokin xiyobonlarni öziniki qilib oldi.
Darhaqiqat, yaltiroq şiorlar va öziga xos demokratiya niqobi bilan kirib kelyotgan bu “madaniyat”larga qarşi kuraşişning yagona yöli – ilm va maʼrifat. Menimça, kuraşiş, qarşi turiş zarurati bugun har qaçongidan ham dolzarb masalaga aylandi…
– Ilk marta bundan ön töqqiz yil avval Amerika Qöşma Ştatlariga borganimda, taajjublanadigan narsalar köp ekan, şulardan biri – qizlarning kökrakdan past – beli-qornini oçib yurganlarini körib hayron qolgandim. Içimda, xayriyat, bizda bunday emas, deb quvongandim. Afsuski, beş yildan keyin özimizning Toşkentda ham qizlarning öşandoq kiyinganlari guvohi böldim. Bu faqat birginasi. Qizlar orasida çekiş, içiş urf bölib boryapti, köplari “tungi kapalaklar”ga aylanib ketyapti. Juda xunuk narsalar…
Fikrimça, tungi oşxonalar, klublar faoliyatini yaxşi örganib çiqib, izga soliş zarur. Yaxşi söz bilan, qonun talabi bilan. Oliy Majlisning Qonunçilik palatasi munosib qonunlar işlab çiqişi kerak. Yurtimizda oçilayotgan xorijiy taşkilotlar bölimlari faoliyati ham nazardan çetda qolmasligi şart. Tan olişga majburmiz, xorijdan kelayotganlarning öndan töqqizi mutlaqo boşqa, millatimizga, bizning manfaatlarimizga zid niyatlar bilan keladi, deyiş mumkin. Bu – aksioma. Özlarida bölmagan demokratiyani bizlarga olib kelib tiqiştirişga uriniş hollari yuz bermoqda. Keyingi paytlarda huquq-tartibot organlarining huşyorligi natijasida ğarb mamlakatlariga tegişli har xil demokratik balandparvoz nomlar bidan ataladigan ança-munça idoralarning eşiklari yopilib ketgani buning isbotidir.
Ötgan asr boşlarida uluğ şoirimizning qilgan başorati neçoğlik haq bölib çiqmoqda. Bunga qarşi albatta kuraşiş kerak. Lekin bir kişi emas, butun jamoatçilik bel boğlaşi lozim. Kuraş davlat siyosati darajasida olib borilişi kerak.
– Sönggi yillarda matbuot sahifalarida kam körinayotgandaysiz. Bu “jimlik”ni qanday tuşunaylik? Ijodiy rejalar haqida sörasam maylimi?
– Töğri aytasiz, kam körinayapman. Balki bu “faqir kişi – panada” degan maqolni yaxşi körganimdan bölsa kerak. Tez-tez köriniş şart emas, deb hisoblayman. Amir Temur mavzuiga bağişlangan publitsistik maqolalar yozyapman, matbuotda çiqib turibdi.
Xabaringiz bor, “Uluğ saltanat” tetralogiyasi ustida iş davom etmoqda. Uçta kitob naşr qilinib, öquvçilar qöliga yetib bordi. Xudoga şukur, yaxşi kutib olişyapti, öqişyapti. Matbuotda taqrizlar eʼlon qilinyapti. Şu kunlarda törtinçi kitob – “Şohrux Mirzo” romanini qoğozga tuşiriş bilan qattiq bandman. “Jimlik” deganda siz albatta keyingi paytlarda şeʼrlar yozmayotganimni, aniqroği, şeʼrlar eʼlon qilmayotganimni nazarda tutdingiz şekilli. Albatta¸ şeʼrlar eʼlon qilib öquvçi bilan diydorlaşib turiş kerak. Uçraşuvlarda öquvçilardan ham şunday talablarni eşitaman. Bir dasta şeʼrlarimning çiqqaniga ham sal kam uç yil bölibdi. Bu – kamçiligim. Şunisi qiziqki, yozgan şeʼrlaring tobora özingga yoqmay borar ekan. Hatto birovga öqib berging ham kelmay qoladi. Taniqli şoirlarimizdan biri yaqinda bunday dedi: “Bizning vaqtimizda, ajabo, bir joyda şeʼr eʼlon qilinsa, falonçining şeʼri çiqibdi, zör yozibdi! – deb ovozalar tarqalardi. Öşani qidirib topgunça tinçimasdik. Hozir har qanday zör şeʼr yaratsang ham, birov öqib hayron qolmaydi…”
Ha, şeʼrlarni möjizaday fahmlab hayratlaniş davrlari ötdi şekilli.
Şeʼrlar yozişdan tinganim yöq. Yozmay böladimi? Izlanganim sari bir fikrga kelaman: “Şeʼr – bu aql emas, şeʼr hissiyot ham emas, şeʼr – bu, aql bilan his-tuyğuning birlaşuvidan iborat tafakkurdir.”
Köp işlaş, öqiş kerak.
Suhbatdoş: Alişer NAZAR
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 7-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


