Talabalik yillari Ibrohim Ğafurovning «Gözallikning olmos qirralari» degan kitobini talaşib-tortişib öqigan edik. Bu kitob biz şu mahalgaça öqigan asarlarga mutlaqo öxşamas, butunlay bölakça, erkin, şoirona bir uslubda bitilgani bois diqqatimizni tortgan edi. Keyinçalik bilsak, Ibrohim aka universitetda öqib yurgan kezlaridayoq ustoz Umarali Normatov eʼtirof etganidek, talaba Ğafurovdan munaqqid Ğafurovga aylanib ulgurgan ekan. Muallimlarimiz öqib çiqişga topşirgan majburiy adabiyotlar röyxatidagi aksariyat kitoblar zerikarli tuyular, ularni majburiyat yuzasidan öqir, adabiyot ilmida uzoq hukm surgan quruq akademizm, iqtibosbozlik, yuzakilik illati jonimizga tekkan edi. Ibrohim akaning öşa kitobida böy körsatib, nişona bergan va bizga yangilikday tuyulgan fazilatlar asardan asarga mukammallaşib, yillar davomida sayqal topib, beqiyos va betakror bir uslub sifatida şakllandi. Tafakkur tarzidagi öziga xoslik, söz sanʼatini estetik hodisa sifatida his etiş va talqin etiş, badiiy asar mohiyatiga teranroq kirib boriş, tanqidni gözallikni kaşf etiş sanʼati deb hisoblaş uning ijodida ustuvor yönalişga aylandi.
«Adabiy tanqidni esse janriga yaqinlaştiriş, ikki janrni omuxta qiliş uçun köp yillardan beri urinaman», deydi muallif. Bu uriniş ajoyib samaralar bergani uçun ham asarlari xuddi badiiy asar kabi maroq bilan öqiladi. Bizda hali-hanuz asl namunasi yaratilmagan «Maşhur kişilar hayoti» turkumidagi asarlarni Ibrohim Ğafurovdek potensial yozuvçilik salohiyatiga ega bölgan qalamkaşlar yozsa maqsadga muvofiq bölardi, deb öylayman. Darvoqe, Ibrohim akaning nasriy asarlari ham bor, faqat ular esselari, badialari soyasida qolgani uçunmi, u qadar ommalaşmagan.
Sanʼat asari haqidagi asar ham sanʼatkorona yozilişi lozimligi köp taʼkidlanadi, ammo bunga amal qiliş oson emas. Nemis faylasuf yozuvçisi Lixtenberg «Ey Xudo, kitob haqida kitob yozişdan özing asra» degan edi. I. Ğafurov esa kitob haqida, yozuvçi haqida yozişni yaxşi körişligini özi oçiq eʼtirof etadi. Demak, hamma gap qalovini topişda. «Qalov»ning kaliti esa bitta – isteʼdod!..
Şaxsiy kutubxonamda vaqtim bölganda öqib qöyarman deya bir çetga taxlab qöygan kitoblar ança töplanib qolgan ekan, vaqt topib erinmay hammasini öqib çiqdim. Ayrimlarini şunçaki varaqlaş bilan kifoyalandim. Menda eng çuqur taassurot qoldirgan, eng köp zavqlantirgan, çeksiz hayratlantirgan kitob – Ibrohim Ğafurovning «Şarq» naşriyotida 2008-yili çop etilgan «Mangu latofat» asari ((2006-yili çop etilgan «Hayo – xaloskor»ning mantiqiy davomi) böldi. Şubhasiz, bu kitobni şunçaki varaqlab yoki tez öqib bölmasdi. Uni yutoqib, entikib,hayratlanib, zavqlanib öqidim.
«Mangu latofat»ning janri garçi badialar, risolalar deb belgilangan bölsa-da, kitobning mazmun va mundarijasi bu qolipga siğmaydi, qamrov şu qadar keng. Muallif kitobning millat haqidagi kuyunçak, nozik va teran fikr-mulohazalari, kuzatişlari jamlangan bobini «Millatning billurlanişi» deya öziga xos, şoirona nomlaydi. «Millat deganda biz nimani anglaymiz? Millat qaçon yuzaga keladi? Xalq deganda nimani tuşunamiz-u, millat deganda nimani tuşunamiz?» kabi köpçilikni qiziqtirgan, bir umr tölqinlantirib kelgan muammo-savollarga javob qidiradi.
«Xullas, til, tarbiya va maʼrifat bilan millat maydonga çiqadi. Millat xalqqa yoxud avomga xos tarqoqlikning tugaganligidir. Davlatçilikning mustahkam va tebranmas tarzda şakllanganligidir» degan xulosadan qoniqiş hosil qilasiz. Milliy ongning uyğonişida beqiyos xizmatlar qilgan, fidoyilik körsatgan jadidçilik harakatining yirik vakillari – Fitrat va Behbudiylarning faoliyati, qoldirgan boqiy merosi atrofliça tahlil qilinadi.
Kitobning ikkinçi, salmoqli qismi adabiyot, şoir va yozuvçilar haqida, şu bois u «Adiblar gulşani» deb nomlangan. Muallifning yoniq, ehtirosli sözi tufayli taniqli adiblarimiz haqidagi tuşunça va tasavvurlarimiz teranlaşadi, boyiydi, ularning nurli siymosi könglimizga yanada yaqin bölib qoladi.
I. Ğafurov atoqli adib Odil Yoqubov ijodi haqida töxtalarkan, şunday yozadi: «Menga Odil Yoqubovni yozuvçi darajasiga kötargan «Muqaddas»da ham, undan keyin yaratilgan «Larza», «Tilla uzuk», «Bir felyeton qissasi» kabi asarlarda ham şu «Ikki muhabbat»dan ergaşib kelayotgan bir ÖZAK NARSA (taʼkid bizniki – Ş. O.) borga öxşaydi. Buni, yanglişmasam, insonning öz-özini oçişga, öz maylini namoyiş qiliş, irodasini körsatiş va tasdiqlaşga bölgan intiliş deb ataş mumkin. Bular axir ijod va ijodkor uçun özak, asos narsalar emasmi?».
Ibrohim Ğafurov xuddi tabib bemorning tomirini uşlab, dardini bexato ayta olganidek, har bir adib ijodidagi öşa özak narsani töğri belgilaydi, şu bois aytgan sözlari jöyali, zalvorli, taʼsirli. Şu bois uning bitiklarida özi suygan, özi sevgan va ixlos qöygan adiblarning suvrati va siyrati yorqin oçiladi. Har bir aytgan kalomi, sözi, har bir fikr-mulohazasi adabiyot atalmiş möjizaga buyuk muhabbat va ehtiromdan, oşuftalikdan tuğiladi. Şu bois birgina jumla bilan Erkin Vohidov ijodining butun maʼno-mohiyatini juda teran va haqqoniy aks ettira oladi: «Uning barça yozgan asarlari zamiridagi samimiyat, mahramona insoniylik, mehr-oqibatni odamiylikning eng yuksak ideali darajasida tuşuniş va öz asarlarida şunday talqin etiş, yaʼni şeʼr-dostondagina emas, hayotda ham, hayotning har qanday holatlarida şunga rioya etiş, oğişmay amal qiliş, Vatanga xuddi otaga suyanganday suyaniş, xalqqa xuddi onaga topinganday talpiniş, yurtning, elning kamolini öylaş, orzu qiliş, uning uçun tinimsiz qayğuriş va yurt maʼnaviyati, tarixi va anʼanalaridan doim zavqlarga tölib yuriş, qadim mumtoz şoir, muarrix, donişmand adib ajdodlar kabi komillikka sajda qiliş, komillikni körgan, unga duç kelganda darhol ilhomga töliş, hayajonlaniş – Erkin Vohidovni inson, şaxs, katta sanʼatkor şoir sifatida öz davri, öz avlodining juda yorqin peşqadam vakili deb qaraşga imkon beradi».
Kitobda adiblarning ijodi bilan tarjimayi holi, şaxsiyati bir butunlikda, yaxlit olib qaraladi. Yaqin ötmişda ötgan taniqli adiblar haqida gap ketganda, muallif ayrim olimlar kabi «Ha endi, ular öz davrining farzandi edi» kabi umumiy mulohazalar bilan çeklanmaydi. Ular sanʼatining betakror jihatlari nozik tahlil qilinadi, ayni çoğda dunyoqaraşlaridagi murakkabliklar, farqli tomonlar ham xolis körsatiladi. Bu örinda muallif qiyoslaş usulidan unumli foydalanadi. Fitratlar, Qodiriylar şörolar zamonida özlarini ozod his etmaganlari, Abdulla Qahhor kabi adiblar esa özlarini ozod inson deb his qilib, qizil mafkurani qabul qilganliklari töğri taʼkidlanadi. Ayni çoğda muallif öz fikrini yagona haqiqat tarzida taqdim etmaydi. Kelajakda Abdulla Qahhor ijodi boşqaça talqin qilinişi ham mumkinligiga işora qiladi.
Qiyoslaş orqali taniqli munaqqidlar – Ozod Şarafiddinov va Umarali Normatovlar ijodi, isteʼdodining öziga xos tomonlari xolis va teran yoritiladi.
Taniqli Hamzaşunos olim Laziz Qayumov haqidagi kuzatişlar ham betakror, diqqatga sazovor: «Hamza degan oğizga bol tutardi. Faqat mafkura çegaralari va meʼyorlariga sira siğmaydigan Hamzaday uluğ millatparvar va ozodlik jarçisini mafkura platformalariga va uning çegaralari içiga siğdiriş, tortib olib kirişga urinardi. Hamzaning serqirra ijodi va tarixiy faoliyati esa bunga siğmas va öz boşiga isyon qilardi».
Bu mulohazalarda I. Ğafurovning oçiq aytolmagan, aytişga istihola qilgan fikrlari ham böy körsatib turibdi. Andişali, madaniyatli olim şu tariqa töla-tökis aytolmagan gaplarini kitobxonning fahmu farosatiga havola etadi. Marifatli kitobxon uçun yozadi va şunday kitobxonni orzu qiladi.
«Mangu latofat» boşdan oyoq ozodlikka, ijod erkinligiga taşnalik, imperiyaçilik, istiloçilik, zöravonlik va qatağon siyosatiga, qizil mafkuraga qarşi çeksiz nafrat ruhi bilan suğorilgan. Usmon Nosir haqidagi «Qismatning ovozi» badiasida bu ğoya ayniqsa börtib körinadi. Uşbu alamli bitiklarni hotirjam, hayajonsiz öqiş mumkin emas:
«Dahşatli Sibir örmonlarida yalanğoç köksini öyib qonga botirgan Usmon Nosir!
Sening şeʼrlaringda qismating hayqiradi!
Gunohing nima edi, seni bunçalar şafqatsiz zabun qildilar?!»
Adabiy muhitda, turli davralarda «Şeʼriyatni heç kim Ibrohim akaçalik çuqur tuşunib, tahlil qilolmaydi!» degan gap yuradi. Bu eʼtirofda jon bor, albatta. «Şeʼrni tahlil qiliş juda ham gözal qizning kiprigini sanaş bilan baravar. Kiprik sanaşga berilib ketib, gözallikning asl mohiyatidan bexabar qolib ketasiz» deb yozadi munaqqid. Maʼlum muddat boşqa işlarga andarmon bölgan munaqqid şeʼriyat tahlilidan andak uzoqlaşgan va muxlislar uning asarlarini soğinib qolişgan edi. Kitobda muallifning Oybek, Zulfiya, Şayxzoda, Abdulla Oripov, Azim Suyun, Saʼdulla Hakim şeʼriyati haqidagi öziga xos, ohorli mulohazalari örin olgan. Ayniqsa, sönggi yillar şeʼriyati va adabiy jarayon haqidagi teran kuzatişlar, kutilmagan xulosalar nogoh öquvçini sergak torttiradi, uni fikrlaşga, muşohadaga çorlaydi.
«Hozir aksar istifoda qilinayotgan şakllar bir tusli va nomavzunki, ularni eslab qololmaysiz. Mingta şeʼr – bitta şeʼrga öxşaydi baʼzan. Yuzlab şeʼrlardan tuzilgan töplamlar baʼzan bitta şeʼrning turli variatsiyalariday tuyuladi. Bular adabiy öqişlar sustlaşgani va ularda izçil sistemaning yöqligi natijasidir» deb yozadi muallif.
Kitobning mavzu doirasi ança keng. Uçinçi – «Axloqni soğiniş. Hayo – xaloskor» deb nomlangan bobda muallif maʼnaviy, axloqiy, falsafiy masalalar haqida öta kuyunçaklik bilan, ayni çoğda jiddiy va teran mulohaza yuritadi. Olamning va odamning nomukammalligidan kuyinadi, qayğuradi, komil insonni orzu qiladi. Bu jihatdan u buyuk ötmişdoşlariga öxşab ketadi.
Dostoyevskiyning dunyoni gözallik qutqaradi degan maşhur hikmati bor. Ibrohim Ğafurov zamona zayli va globallaşuv şaroitidan kelib çiqib, masalaga sergakroq nazar taşlagan holda bölakça, hayotiyroq yondoşadi:
«Yer yuzida tugal oqillik, meʼyor va iroda bilan yaşamoqdan özga çora qolmadi.
Oqillik, meʼyor va iroda!
Odamzodni şu uç narsa qutqaradi. …Yaqin orada barça odamzod şu fikrga keladi».
Bu – butun sivilizatsiya taraqqiyotini sinçkov kuzatgan donişmandning xulosasi! Unga qöşilmoqdan boşqa iloj yöq!
Muallifning umidbaxş, nekbin başorati ijobat bölişiga işonging keladi.
Ibrohim akaning kitobga, mutolaaga oşuftaligi özi bir doston. Birinçi kitobning şukuhi, nashʼu namosi ( darhaqiqat, ilk kitobi çiqqan muallifning quvonçi beqiyos, betakrordir) haqida samimiy hayajon va lirizm bilan suğorilgan hikoyasining özi bir doston. Navoiyni qanday öqib örgangani özi bir doston, Navoiyni tuşuniş qiyin deya tanballigini, hafsalasizligini xaspöşlovçilarga zör ibrat! U bolaligidan kitobga astoydil mehr qöyadi, (bu ixlos bir umr davom etadi) boşqa tengdoşlari kabi hayitlikda öyinçoq yoki biron şirinlik emas, kitob undiradi. Kerakli kitoblarni ösmirlik va yoşlik yillaridayoq öqib çiqadi. Şu narsa uning hayot yölini, taqdirini belgilaydi. Bu – uning baxti va omadi edi.
Yaxşi kitobxon bilganlarini boşqalarga ham ilinadi, öqigan kitoblaridan boşqalarning ham bahramand bölişini istaydi. Muallif Abulfayz Bayhaqiyning «Tarixi Masʼudiy» kitobini öqib, qattiq taʼsirlangani, bu haqda Odil Yoqubovga gapirib bergani, adib ham bu asarga qiziqib, undan sörab olib öqigani va oqibat ijodiy ğoya tuğilib, «Köhna dunyo» romani yaratilganini maroq bilan hikoya qiladi.
Ibrohim Ğafurovning mumtoz adabiyotni ham, zamonaviy adabiyotni ham birday mahorat bilan mağzini çaqib, nozik tahlil qila olişi (bunday munaqqidlar bizda sanoqli) avvalo Olloh yuqtirgan isteʼdodga öşa mutolaa madaniyati eş bölib, yaxşi samara bergani natijasidir. Ayni çoğda qalamining qudrati va uslubining gözalligini ham şu ikki omil bilan izohlaş mumkin. Men aslida uşbu maqolani Ibrohim Ğafurov uslubiga bağişlamoqçi edim. Şunday qilsam hamma narsa joy-joyiga tuşadigandek tuyulardi. Men bu uslubni taʼriflaydigan söz, iborani köp qidirdim: gözal, betakror, jozibador, ğaroyib, ohorli, maftunkor… Kötarinki sözlarni qöllaşga iymandimmi, bunday taʼriflaşga jurʼat qilolmadim. Balki «Oddiy sözlarni ustalik bilan uyğunlaştiriş sanʼati» desam töğriroq bölarmikin? Balki bu uslubning sehru jodusi zaminida şunçaki ona tilni aʼlo darajada biliş va uni teran, nozik his eta biliş salohiyati yotar? Nima bölganda ham bu uslub betakror, beqiyos. Uni taʼriflaşga söz qidirib boş qotirgandan köra «Ibrohim Ğafurov uslubi» degan mavzuda dissertatsiya yozib qöya qolgan maʼquldek tuyuladi. Ijodi şunga arziydi, şunga imkon beradi. Tarjimonlik mahoratining özi önlab ilmiy işlarga mavzu böla oladi.
Darhaqiqat, söz tuyğusi ötkir, sözga, adabiyotga oşufta köngil I. Ğafurov uslubidan zavqlanmasligi, hayratlanmasligi mumkin emas. Bizda adabiyot haqida, ijod va ijodkor haqida şu mahalgaça heç kim bunday yozmagan edi. Tilning, sözning gözalligi va qudrati, çeksiz imkoniyatlarini faqat yozuvçi, şoir emas, olim, munaqqid ham namoyiş eta olişi mumkin ekan. I. Ğafurov gapga çeçanligini, sözamolligini körsatib qöyiş uçun şunday yozmaydi, gapni aylantirmaydi, bodilik qilmaydi, u borliqni, adabiyotni şunday anglaydi va şunday his etadi, hissiyotlarini sizga ham «yuqtiradi», uning fikrlaş tarzi, uslubi şunday, hammasi tabiiy! Özini majbur qilib yozmayotganiga, yozganlari faqat ilhom mahsuli ekaniga işonasiz. U söz ummonida baliqdek emin-erkin suzadi. Goho quyilib kelayotgan fikrlarini qoğozga tuşirişga ulgurolmayotgandek tuyuladi. Şunda unga ohang yordamga keladi. Musiqaçilarda söz tugagan joyda ohang, kuy boşlanadi degan gap bor. Uning matnidagi betakror ohang sizni asta-sekin allalab, öz oğuşiga oladi, sehrlaydi. Uslubdagi joziba, maʼnodagi uluğvorlik, ehtiros va kötarinkilik ham ana öşa ohang orqali zuhur bölayotgandek tuyuladi. Ana öşa ohang, uslub tufayli Oybek şunçaki Çölponni himoya qilib maqola yozmaydi, balki «faryod qiladi», Odil Yoqubovda yangi asar yaratiş ğoyasi tuğildi emas, «ğoyasi yondi» deyiladi…
Çuqur maʼrifiy bilim bilan omuxta bölgan bu noyob uslub gözallikning olmos qirralarini kaşf etişda qöl kelayotir. Ayni çoğda bu uslub ruhiyatimizda kötarinki, ezgu tuyğular uyğotadi, sözga, söz sanʼatiga mehru ixlos uyğotadi.
Ibrohim Ğafurov ijodi haqida zamondoşlari ança-munça iş qilişgan bölsa-da, uning fenomeni hali hazm qilinmagan, örganilmagan. Uni töla-tökis örganiş, his etiş işi avvalo uning uslubidan boşlanmoği lozim. Katta adabiyot ostonasida turgan yoşlar ayniqsa uning til mahoratini sinçiklab örganişlari kerak.
Ibrohim aka sözlarning maʼno tovlanişlarini nihoyatda nozik ilğaydi va bundan unumli foydalanadi. Yangi söz va tuşunçalarni (masalan, tangdillik, neomumtoz, miqyosli tasvir usuli, muhabbat fani kabi) dadil istifodaga olib kiradi. Ayrim sözlarning etimologiyasini (masalan, fan sözini) tilşunos olimdan ham köra zukkoroq, çuqurroq tahlil qiladi.
Biz har kuni eşitib, öqib yuradigan sevgi, muhabbat degan sözlarni sinonim – maʼnodoş deb öylaymiz. Muallif bu sözlar orasidagi nozik farqni şunday şarhlaydi: «Muhabbat bir tomonlama bölmaydi. Lekin mana sevgi, yaxşi köriş esa tamomila bir tomonlama böliş ehtimolidan uzoq emas. Sevgi va yaxşi köriş bir tomonlama, yaʼni javobsiz bölişi mumkin. Uning ojizligi, ayançliligi şunda. Lekin muhabbat habiblikda va doimo ikki tomonlama, yaʼni anglangan hodisadir. »
I. Ğafurov kitobining «Noyob sözlar poeziyasi» bobida ayrim şoirlarning hozirgi kitobxonga tuşunarli bölmagan sözlarni (hatto luğatlardan ham maʼnosini topiş qiyin bölgan sözlarni) köp qöllagani uçun asosli ravişda tanqid qiladi. Ajabo, ustozning özi ham kitobida şunday sözlarni bemalol qöllaydi. Bunisi qandoq böldi deya avvaliga hayron böldim. Öşa sözlarni özim ham yaxşi tuşunmaganim uçun qalamda belgilab qöygan edim, erinmay luğatlarga qarab, aksariyatining maʼnosini bilib oldim. Şu bahonada söz boyligim ortdi va… ustozni tuşundim. Kitobxon şu bahonada luğat titkilab, söz boyligini orttirsa öziga foyda ekan!
«Mangu latofat»ning sönggi bobiga ustozning kundalik matbuot uçun yozgan oddiy, örtamiyona maqolalari ham kiritilganki, ular muallifning boşqa, barkamol asarlari soyasida qolib ketgandek tuyuladi. Şuningdek, Usmon Nosirning ismu şarifi ayrim örinlarda Nosiriy deb atalişi ham sal eriş tuyuladi. «Qutluğ qon»da Xolmatning öçi (?) haqida gapiriladi, aslida Yormat bölişi kerak. «Ufq» romanidagi ota Ikromjon öz öğli Tursunboyni otib öldirgani (?) (bunday voqea bölmaydi) aytiladi. Kitobning boşqa bir sahifasida esa bunga tamomila zid fikr aytiladi. Natijada öquvçi çalğib qolişi mumkin. Töğri, bunday juzʼiy nuqsonlar yuksak saviyada yozilgan kitobning ğoyaviy, badiiy, maʼrifiy ahamiyatini pasaytirolmaydi, albatta. Harqalay, bunday nuqsonlarning bölmagani maʼqul.
«Umrda şunday bir palla keladi: donişmandlik pallasi, – deb yozadi muallif öz kitobida. – Aql çiroği ravşan tortib, ravşan yonib, ravşan, işonçli ziyo taratadigan palla».
Bu sözlarni bemalol muallifning öziga nisbatan qöllaş ham mumkin. Ibrohim Ğafurov isteʼdodi jilolaridan, aql çiroğidan, tafakkuridan, ilhom buloğidan taralayotgan ziyo mudom bizni fikrlaşga, maʼnaviyatga, madaniyatga çorlab turadi. Tilagimiz – bu ziyo heç qaçon sönmasin.
Şodmon Otabek
“Yoşlik”2010/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


