7 daqiqada öqiladi

1 263 marta körilgan

Ölik jonlar orasidagi hayot

Ölik jonlar orasidagi hayot

Rus adabiyotida Nikolay Vasilyeviç Gogoldek sirli şaxs bölmasa kerak. Uning hayoti va ölimi haqida şunçalik köp afsona va uydirmalar mavjudki, hali biron rus yozuvçisi bunday şarafga erişmagan.

Buyuk Gogol tavalludining 200-yilligi munosabati bilan uning ijodi va hayotiga oid yangidan-yangi qiziqarli, şu paytgaça bizga nomaʼlum bölgan maʼlumotlar suv yuzasiga qalqib çiqdi. Köpgina olamşumul savollarga javob topilgandek böldi… Nima sababdan u qölyozma asarlarini yoqib yuborardi? Nimaga oila qurmadi? Nega uning öz uyi bölmagan?..

Nikolay Vasilyeviç Gogol ijodi mumtoz adabiyot durdonasi sanaladi. Uning özi esa rus adabiyoti dahosi deya eʼtirof etiladi. Ammo Gogolning insoniy fazilatlari haqida gap ketganida heç kim yakdillik bildirmaydi. Zamondoş va tarixçilarning xotiralarida buyuk adib sirli, damduz, ayyor, firibgarlik va aldovlarga moyil inson sifatida xarakterlanadi. Bunday taʼrifni nafaqat uning duşmanlari, balki adib ijodi ixlosmandlari ham, döstlari ham berişgan. Kunlardan bir kun Gogol qadrdon dösti Pletnyovdan unga inson sifatida baho berişini söraydi va quyidagi javobni oladi: «Sirini heç kimga aytmaydigan, xudbin, takabbur, badgumon, şuhrat uçun hamma narsadan voz keçadigan jonzot…»

Yozuvçilik mehnati va badiiy ilhomi bilangina yaşayotgan Gogol kambağallik va uy-joysizlikka mahkum qilingan edi. Uning butun boyligi bir jomadonga jo böladigan kiyim-keçak edi. U moddiy yordam söraşdan ham or qilmagan. Buyuk Gogolni bunday taʼriflarni eşitişga nima majbur qilgan ekan?

Uning bunday yöl tutişiga oldiga qöyilgan buyuk maqsad – «Ölik jonlar» romanini yozib tugatiş sabab bölgan edi. Hayotidagi eng katta, asosiy iş edi bu. U bu asariga Rossiya haqidagi butun haqiqatni, unga bölgan mehru muhabbati va qalbidagi boyligini tökib soldi.

– Mehnatim ulkan… – derdi u döstlariga, – mening qahramonligim xalos etuvçidir!

Ming bir hayratu şubha bilan adib ijodini tadqiq qilgan tadqiqotçilar Gogolning ölimidan bir neça kun oldin hayotining mazmuniga aylangan buyuk asarini yoqib yuborişiga nima turtki bölganligini hamon tuşuntirib berişolmaydi…

BOLALIKKA QAYTIB

Uzoq kutilgan farzandga ota-onasidan nima qoldi?

Nikolay Vasilyeviç Gogol 1809-yilda Bolşiye Soroçinsi qişloğida (Poltava guberniyasi) yirik pomeşçik Vasiliy Afanasyeviç oilasida dunyoga keldi. Uning ota-bobolari ukrain kazaklari bölişgan. Ketma-ket nobud bölgan ikki farzanddan keyin tuğilgan jajjigina öğil yurak oldirgan ota-ona uçun ovunçoq böldi. Nikolay 15 yoşga tölganida otasi vafot etadi. Sermulohaza, zehnli, idrokli, hayotni sevuvçi, hazilkaş Vasiliy Afanasyeviç adabiyot va teatrga qiziqardi.

Nikolay otasidan sanʼatga bölgan mehrni, hazil-mutoyibaga moyillikni meros qilib olgandi. Gogolning yumori sodda, sofdil, mazmun va sözlar uyğunligini öz içiga olgandi. Adibdagi taʼsirçanlik, hassoslik, dardçillik onasidan ötgan edi. Ota-onasining çeksiz mehri va ona tabiat Nikolayni bolaligidanoq ruhlantirardi. Bayram va sayllarda Dikanka yaqinida kuylangan qöşiqlar, otasi va qöşnisi – şoir Kapnistning şeʼrlari murğak Nikolay qalbida adabiyotga bölgan muhabbatni uyğotdi. Ösmirlik çoğida u hammadan yaşirinça «Gans Kyuxelgarten» nomli sodda şeʼriy asarini yozadi.

Ilk poemasini u gimnaziyada öqib yurgan çoğidayoq yozişni boşlagan edi. Peterburgga kelib, uning ustida biroz işlaydi va çop etiş uçun noşirga topşiradi. Asar kitob bölib çiqdi. Ösmirlikka xos şoşqaloqlik bilan u kitobni dösti Pletnyovga jönatadi. Kitob bir neça kun dökonda sotildi, ammo unga bildirilgan tanqid şafqatsiz edi. Şunda Nikolay butun adadni sotib olib, uni yoqib yuboradi.

Mana şu olov şoirning jasoratidan darak bölib, taqdirining bir belgisiga aylanib ulgurgandi. Nimaga u olovni öziga döst bildi?

Bolaligida davlat arbobi bölişni orzu qilgan Gogol adabiy qiziqişidan ham voz keçmadi. Öz asarlarini yoqib yuboriş uçun qançalik jasorat kerak. Ammo Gogol buning uçun özida kuç ham, qahramonlik ham topardi. U gimnaziyada öqib yurgan kezlaridayoq ilk asari – «Aka-uka Tverdoslaviçlar»ni bitta qoldirmay yoqib yuboradi. Peterburg gazetalarida «Gans Kyuxelgarten» haqidagi şafqatsiz tanqidiy maqolalarni öqib, mehmonxonadagi xonasiga qamalib olib, kitobni bitta qoldirmay yoqib yuboradi.

Yonayotgan qölyozmalarning olovi uning yuragida yana bir neça bor alanga oladi. Otasining ölimi Gogolni qattiq qayğuga soldi. Keyinroq Nikolay Vasilyeviç otasining ölimi sababini topganday böldi: uning fikriça, otasiga «ölim dahşati» xavf solgan.

Gogolning özi ham mana şu halokatli «ölim dahşati»ni özida olib yurardi. Bu vahima, qörqinç ham unga otameros qoldimi?

Nikolay Vasilyeviçning dardçilligi, tuşkun holati ruhiy xarakter kasb etardi. Şuni taʼkidlaş joizki, Gogolning ruhiy azob-uqubatlari uning ijodiy jarayoni bilan boğliq. U ijod qilgan paytda maʼnaviy, ruhiy kuç-quvvatga tölar, hamma işi yaxşi ketayotganligini anglardi. Ijoddagi sustkaşlik uning ruhiy qiynalişiga sabab bölardi. Ana şunda u yozilgan asarining nomukammalligini tuşunar, bundan qattiq ezilardi. Bunday paytlarda u derdi: «Yaşaşga ham, yozişga ham iştiyoqim yöq…» Dramaturg bölişdan avval Gogol gimnaziya havaskorlik teatri sahnasida muvaffaqiyatli çiqiş qilardi.

Sahnadagi muvaffaqiyat uning kelajakda aktyor bölib yetişişini belgilab berişi mumkin edi-ku…

Teatr Nikolay Vasilyeviçga katta lazzat, huzur-halovat bağişlardi. Peterburgda u Imperator teatrida öz baxtini sinab körmoqçi böldi. Ammo suhbat çoğida «yiqiladi». Imtihon oluvçilariga uning ijro usuli yoqmagan.

Gogol ajoyib söz ustasi, bilimdoni edi. Uning ijroçilik mahorati nozik taʼb tinglovçilarni ham doğda qoldirardi. Gogol bir umr şubha-gumonlar içida yaşadi. «Muallifning tavbasi» asarida şunday misralar keltirilgan: «Men maşhur bölişimga işonib yaşadim! Taniqli bölişimga heç qanday şubha yöq edi…» Xayol suriş Gogol uçun odatiy holga aylangandi. Aybdorlik, gunohkorlik hissi bir-biri bilan almaşinardi.

Gogol va ayollar

Gogolning qahramonlari yovuz kuçlar, afsungar va şaytonlardan madad oladi. Sevgi uçun hamma narsadan voz keçişadi, baʼzida xudosizga aylanişadi. Taqvodor, xudojöy muallifni bu holat dahşatga solmadimi?

Gogolning qahramonlari mana şuning uçun ham öz jazosini olgan, hatto ölim topişgan.

Puşkinning işqiy sarguzaştlari haqida eşitganmiz. Ammo Nikolay Gogolning muhabbati haqida biron maʼlumotga ega emasmiz. Ayrim tadqiqotçilar Gogol hayoti davomida biror marta sevmaganligini taʼkidlaşadi. U ayollar gözalligining şaydosi edi. Birinçi navbatda maʼnaviy gözallikni qadrlardi. Gogolning gözallar haqidagi taʼriflari bunga şubha qoldirmaydi. Sevgidan u qoçib qutulişga harakat qilardi. U nafaqat gözaldan, balki özidan, qalbidagi yaşirin xavflardan, halokatli kuçlardan ham qoçardi.

Taniqli tadqiqotçi Yuriy Mann kitobida Gogolning olijanob Anna Viyelgorskayaga bölgan sof muhabbati tasvirlangan. Aslida-çi?..

Gogol rad etilişini anglagaç, sevgisi uçun kuraşişni ham lozim topmadi. Sevgisi rad etilgan Nikolay Vasilyeviç neça yillar davomida ruhiy azoblarni boşidan keçirdi. Özining besönaqayligi, xayoliy badbaşaraligi va uyatçanligidan ezildi. Umidsiz sevgi uning qalbida bir umrlik tuzalmas jarohatni qoldirdi.

Annaning taqdiri qanday keçdi? U özini aybdor his qildimi? Gogolning ölimidan keyin Anna 30 yoşida knyaz Aleksandr Şaxovskiyga turmuşga çiqdi. Ular Moskva yaqinidagi Sennitsa usadbasiga köçib ötişadi. Bu joylarni Gogol yaxşi körardi. Annaga ham bir paytlar bu yerga kelib, yozgi taʼtilni ötkazişni taklif etgandi…

Gogolning heç qaçon öz uyi bölmagan. Badavlat oilaning arzanda farzandi nima uçun boşpanasiz edi?..

Darhaqiqat, u göyoki darveş darbadar edi. Uning heç qaçon öz uyi bölmagan. Yoşligida Nikolay Vasilyeviç butun mol-mulkini onasi va singillari nomiga ötkazgan edi. U ongli ravişda darveşlik hayotini tanlagandi. Gogolning döstlari uni mehmon qilişni şaraf deb bilişardi. Şunday kunlarning birida u Pogodin ismli döstining uyida mehmon edi. «Moskvityanin» jurnalining muharriri bölgan Pogodin döstining «Ölik jonlar» romani qölyozmasini unga birinçi bölib berişiga işonardi. Ammo Gogol iltimos, buyurtma bilan yozadigan yozuvçi emasdi. Şunday paytlarda u özini juda noqulay his qilardi. Ayniqsa, uning şarafiga katta mehmondoçiliklar qilişsa, qattiq xijolat çekardi. 1848-yildan umrining oxirigaça u graf A.P.Tolstoy uyida yaşaydi.

Gogol tiriklayin kömilganmi?

Ayrim tadqiqotçilar Gogol letargik uyquga ketiş oqibatida tiriklayin kömilgan degan taxminni ilgari surişadi. 1852-yilda Gogol vafot etgaç, u Moskvadagi Danilov monastiri qabristoniga dafn etilgan. 1930-yilda monastir yopilgaç, qabriston ham köçiriladi. 1931-yilning 31-may kuni Gogol qabri oçilib, jasadi Novodeviçye qabristoniga qöyiladi. Bu jarayonni tadqiq qilgan olimlar qabr içidagi jasadning siljib, qözğalganligini taʼkidlaşgan. Yana bir guruh olimlar Gogolning şifokorlar tomonidan zaharlanganligi taxmini mavjudligini ham aytişmoqda. Uning jasadi yorib körilganida simob miqdorining yuqoriligi aniqlangan. Uşbu taxminlar va farazlarning qaysi biri haqiqatga yaqinligi bizga qoronğu. Insonga xos qiziquvçanlik buyuk Gogolning ruhini qayta bezovta qilib, qabr toşlarini u yoqdan bu yoqqa köçirişga ehtiyoj tuğdiradi. Bu taxminlar öz yeçimini topadimi-yöqmi, buni faqat vaqt körsatadi. Ammo adibning jahon adabiyotiga qöşgan ulkan hissasini heç kim inkor eta olmaydi. Juda qisqa umri davomida şusiz ham ruhiy azob-uqubatlar iskanjasida yaşagan adib ruhini tinç qöyiş olijanoblik emasmi?

Dildora Töyçiyeva tayyorladi

“Yoşlik” 2010/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)