5 daqiqada öqiladi

191 marta körilgan

“It” operatsiyasi”

Mahmuda darvozaning taqillaşidan eri yana içib kelganini sezdi. Uff, yana tomoşa körsatadiganga öxşaydilar.

Çindan ham u darvozani oçişi bilan Tolibjon kimnidir avra-astarini ağdarib söka boşladi.

– Voy, enangni, harom ölgur, bir tepib öldirmoqçi edim, qoçib qoldi, qölimga tuşganida tirik qöymasdim.

– Hoy, dadasi, kim qoçdi, nima böldi, bunday tuşuntirsangiz-çi?

– Yugur, dori-pori olib çiq, oyoğimni it tişlab oldi.

Erining avzoyidan Mahmudaning ötakasi yorildi.

– Kuppa-kunduz kuni, köça töla odam bölsa, nega aynan sizni tişlaydi? It içgan odamni yomon köradi deyişgani çin ekan-da.

Javray-javray uydan kökdori olib çiqdi.

– Qani şimingizni poyçasini kötaring.

It naq boldirdan uzib olgan, Tolibning oyoğiyu tuflisi qonga belangandi.

– E, köp javramay puflasang-çi, açib ketdi, – voy-voyladi eri.

– Dadasi, it kimniki ekan, soğmikan özi, tağin quturgan-puturgan bölmasin?

– Quturgan it şunça tez qoçadimi, yugurib yetolmadim-ku?

– Oyoqda zörga turibsiz-u, itga yetarmidingiz, kimning uyiga kirib ketgani körmadingizmi?

– Xuşvaqt akanikiga kirib ketdi, laʼnati, orqasidan borişga uyaldim, – peşonasini terini artdi Tolib.

– Sarvi opanikigami, ularning iti yöq edi-ku?!

– Bilmadim, öşalarning darvozasidan lip etib kirib ketdi, tutsam joyida öldirardim, – Tolib yana itni sökişga tuşib ketdi.

– Dadasi, it tişlagan yomon böladi, döxtirga körsatiş kerak.

– Ha, endi it tişladi deb döxtirga yotişim qoluvdi.

– Bormasangiz majburlab olib borişadi. Agar it quturgan bölsa kindik atrofidan qirqta ukol qilişarmiş.

Xotinining gapidan Tolibning kayfi tarqab ketdi.

– Borib it kimniki ekan bilib kel, yana eringdan ayrilib qolma, – dedi u tönğillab.

Mahmuda Sarvi xolanikiga bahona qilib kirsammikin deb öylab qoldi. Ha-ya, aytganday, biçiqqa usta-ku, körpa biçtirmoqçi edim, deyman. U topgan bahonasidan xursand bölib yölga tuşdi…

– Keling Mahmudaxon, bolalar yaxşimi, çiqing tepaga.

– Sarvi opa, bir-ikkita körpa biçiş kerak, vaqtingiz bormi, bilay deb çiquvdim, – şunday deb u yoq-bu yoqqa alanglab itni izlay boşladi Mahmuda.

– Bir-ikki kunlik işlarim bor, örgilay, zaril emasmi?

Hozir olib kel, desa nima qilaman deb ötirgan Mahmuda bu gapni eşitib suyunib ketdi.

– Böşaganingizdan keyin olib kelaman, mayli, opa, men boray. Ha, aytganday, opa, itingiz tişlamaydimi, boya hovlingizda közim tuşuvdi.

– Itim yöq, örgilay, boya kimnikidir adaşib kirgan ekan, haydab yubordim.

– Mayli, opa, men boray.

Mahmuda zipillab uyiga qaytdi.

– Ha, iti soğ ekanmi? – xotini uyga kirar-kirmas savolga tutdi Tolib.

– Dadasi, it Sarvi xolaniki emas ekan. Bolalaringiz maktabdan kelişsin, belgilarini aytsangiz bir pasda topib kelişadi.

Öğillari Şerzod bilan Behzod maktabdan kelişlari bilanoq “it operatsiyasi” boşlanib ketdi. Tolibning hovlisi katta-kiçik, qora-sariq turli-tuman itlarga tölib ketdi. Hali unisi, hali bunisi huraverib hovlini boşiga kötardi. Afsus, ularning birortasi ham Tolibni tişlagan it bölib çiqmadi.

Ertasi Mahmuda erini döxtirga borişga zörğa köndirdi. Tolib döxtirga jönab turuvdi hamki, qöşnisi Asqar çiqib qoldi.

– Suyunçi bering, Tolib aka, itingiz topilganga öxşaydi. Keça desangiz narigi mahalladan sinfdoşim Rahmat qönğiroq qilib qoldi, sizni aytuvdim, keça itimiz yeçilib ketgan ekan, bir kelib körib ketsinlar, deb qoldi.

– Rahmat, Asqarjon, hozir döxtirga borgunça kirib ötaman.

Tolib qörqa-pisa darvozani taqillatdi. Darvozani Rahmatning özi oçdi.

– Assalomu alaykum, men Asqarbekning qöşnisiman, itingizni köray deb keluvdim.

– E, keling, aka, it yeçilganini bolalar bilmay qolibdi-da, – dedi u gunohkorona.

– Uka, itingiz quturgan-puturganmasmi işqilib?

– Yöğ-ye, ana kirib köring aka, duppa-durust.

Tolib itni tanidi, öşa sariq junlari ösiq it. Ha, laʼnati, qölimga tuşsang özim bilardim. U ham Tolibni tanigandek termulib turardi

– Lekin, aka, baribir döxtirga borganingiz maʼqul, kuz havosi, yarangiz gazak-pazak olmasin tağin, – dedi Rahmat uni kuzataturib.

Döxtir Tolibning yarasini maxsus suyuqlik bilan yuvib dori qöydi.

– Endi, aka, infeksiyaga qarşi ukol qilamiz, sanepidstansiya itingizni tekşiruvdan ötkazib maʼlumotnoma beradi. It soğlom bölsa darhol uyga ruxsat beramiz.

– Uka, men uydagilarni ogohlantiray bölmasa.

– Yöq, özimiz ogohlantiramiz, siz bugun döxtirxonada qolasiz, bu juda jiddiy masala.

Tolibning ötakasi yorildi, işqilib it quturgan bölmasin-da.

Keçqurun xotini ovqat, kiyim-keçaklarini olib keldi.

– Xavotir olmang, dadasi, itni tekşirib, keyin sizga ruxsat berişarkan.

– Özing xabarlaşib tur, ertagayoq javobini yuborişsin, – tayinladi Tolib.

Ertasi tuşdan söng Mahmuda Şerzod bilan itni körgani Rahmatnikiga bordi.

– Opajon, keça it yeçilib yana qoçib ketibdi. Hozir sanepidstansiyadagilar kelib ketişdi, it topilişi bilan xabar qiling, deb tayinlaşdi. Bolalarim izlaşyapti, kiring uyga, çoy içib keting, – Rahmatning xotini Nozima Mahmudaxonni uyiga taklif qildi.

– Yöğ-ye, qöşni, döxtirga borayotib bir itdan xabar olay deb kiruvdim. Uf, dadasining rosa jahli çiqadigan böldi-da.

– It soğ ekanmi, – Tolib xotinini körişi bilan savolga tutdi.

– Dadasi, it yeçilib qoçib ketibdi, hozir izlaşyapti, keçgaça topilib qolar.

Tolib tutoqib ketdi:

– He, enasini öziniyam, itiniyam, eplagan it boqadi.

– Şu aroq ölgurni içmasangiz it ham tişlamas edi, ana, hamma qöşnilar it içgan odamni yomon köradi deyişyapti.

Mahmudaning gapidan eri tutab ketdi.

– Öçir ovozingni, şu tobda aql örgatişing yetmay turuvdi, – Tolib boğlangan oyoğiga qarab uf tortdi. – Itni tekşirişguniça har kuni kindik atrofidan ukol qilişarkan, tuşunyapsanmi?

Ertasi Mahmuda yana Nozimaxonlarnikiga bordi.

– Itingiz topildimi, qöşni?

– E, it boqmay ölay, qöşnijon, narigi mahalladagi Boqivoy aka tovuğini tutib yeyotganini körib urib öldirib qöyibdi. Bolalarim kömib kelişdi.

– Endi nima böladi, – Mahmuda yerga ötirib qoldi, – itning soğ yoki kasalligini qanday bilamiz?

Qöşnisining ahvolini körib Nizimaxon qörqib ketdi.

– Opa, kiring uyga, birpas dam oling.

– Mayli, men boray, – Mahmuda kalovlanganiça uyiga jönadi.

Mahmuda keçqurun kasalxonaga borib, eriga nima deyişini bilmay jim turaverdi.

– Ha, nega jinniga öxşab dovdirab turibsan, nima böldi, gapir?

– Dadasi, it ölibdi.

Tolibning rangi oqarib ketdi.

– Nima?! Quturgan ekanmi?

– Yöğ-ye, tovuğini yegani uçun qöşnisi urib öldirib qöyibdi.

– Şunday demaysanmi, naq yuragimni yoray deding-ku, – dedi Tolib öziga kelib.

– Endi nima qilamiz, dadasi?

– Sen uyga boraver, men döxtir bilan gaplaşay, keyin qönğiroq qilaman.

Ertasi Tolib xotiniga qönğiroq qilib öğillaring itni kovlab olib kelsin, uydagi qöyni ham yetaklab kelsin deb tayinladi.

– Qöyni nima qilasiz? – hayron böldi Mahmuda.

– Keyin aytaman, tezroq bolalaringni yubor.

Ertasi döxtir Tolibga ruxsat berayotib tayinladi.

– Ammo, aka, özingiz ehtiyot böling, mabodo hurgingiz, daraxt tagiga peşob qilgingiz kelib qolsa darhol buyoqqa yuguring.

Ayni paytda Tolibning çindan ham uvlab yuborgisi kelayotgandi. Çunki döxtirlar itning örniga  imi-jimida söyilgan qöyni tekşirişgan edi-da.

Nasiba ABDULLAYEVA

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)