(Hikoya)
Buxgalter Kazanlikov xotiniga dedi:
– Unga şu qadar açinamanki… Doim yolğiz, u bilan deyarli heç kimsa qiziqmaydi, gap qöşmaydi… Lekin körinişidan tuppa-tuzuk, baodob kişi, axir u bizga xalal bermaydi-ku! U ham menga öxşagan bank xizmatçisi. Qarşi emasmisan, azizam? Bugungi ziyofatga uni taklif etdim.
– Bemalol! – javob berdi xotini piça ajablanib. – Xursand bölaman.
Mehmonlar soat önda jam bölişdi. Çoy içişdi, mezbonni ism kuni* bilan tabrik etişdi va yoş juftlik – buxgalter Kazanlikovning singlisi va uning qalliği, talaba Aniçkinga hazil-mutoyiba qilişdi.
Soat önda Kazanlikov va xotinining suhbatiga mavzu bölgan öşa odobli janob ham taşrif buyurdi… U baland böyli, gavdasi xuddi yaşinqaytargiçdek tippa-tik kişi bölib, soçlari pölat çötka kabi siyrak va qattiq, quyuq qora qoşlari ajablangandek kerilib turardi. Egnidagi qora syurtuk tugmalari oxirigaça qadalgan, bosiq va muloyim, lekin taʼsirli gapirar, özini eşitişga majbur etardi.
Çoyni rom bilan ichardi.
Ikki stakan çoy içgaç, uçinçisini rad etdi va mezbonga iltifot yuzasidan nigoh taşlagaç, söradi:
– Bolalaringiz bormi?
– Kutyapmiz! – jilmaydi Kazanlikov, dik etib örnidan turgan va semiz odamlar singari yaqqol turtib çiqqan qornini kiçraytirib körsatmoqçi bölgandek harakat qilgan xotiniga xijolatomuz işora qilib.
Yolğiz janob viqor bilan bekaning qorniga razm soldi.
– Kutyapmiz deng? Ha… Hm… Bola tuğilişi – xavfli narsa.
– Nega? – söradi Kazanlikov.
– Xavfli bölmay nima? Bunaqa işlar köpinça ölim bilan yakun topadi. Tuğruq vaqtida bezgak yoki boşqa biron dard tutsa bormi, tamom deyavering!
Kazanlikov ölganining kunidan jilmaydi.
– Naçora, hammasi xayrli tugaydi deb umid qilamiz. Pahlavondek, dömboqqina öğilçamiz böladi… He-he!
Yolğiz janob terlagan kafti bilan boşidagi siyrak qora soçlarni silarkan, öylanib qoldi.
– Öğilçamiş… Hm… Ha, öğilçalar ham, bilasizmi… Köpinça ölik tuğiladi.
Mezbon yelkasini qisdi.
– Kamdan-kam hollarda şunday böladi.
– Kamdan-kam? – eʼtiroz qildi mehmon. – Yöq, bunaqa hollar kam bölmaydi. Baʼzi ayollar mutlaqo farzand köra olmaydilar… Organizmlari yöl qöymaydi. Mana, siz, xonim… Bolangiz dunyoga kelişi – siz uçun oxiri qayğuli bölgan juda jiddiy xavf-xatar bilan tahdid soladimi deb qörqaman…
– Bu nimasi, boşqa gap qurib qolganmi, janoblar? – dedi amaldor Fitilevning xotini. – Heç qanaqa noxuşlik bölmaydi. Hali siz, – u yolğiz janobga murojaat qildi, – çaqaloqni çöqintiriş marosimida ham kayfu safo qilasiz!
Yolğiz janob hasrat bilan boşini çayqadi:
– Xudo nasib etsin. Ammo gohida şunday böladiki, bola duppa-durust voyaga yeta boşlaydi, söng birdan ölib qoladi. Bola organizmi juda mört, nozik… Şamol esib, çangmi yo boşqa narsani uçirib keladi va – tamom. Bolalar ölimi statistikasiga köra…
Kazanlikovning xotini mehmonning bosiq va nazokatli gaplarini bözdek oqarib, yuzlari qörquvdan burişib tinglab ötirardi.
– E, qöying öşa statistikani! Mening uç farzandim bor, bari soğ-salomat, – uning sözini böldi Fitilevning xotini.
Mehmon lutf bilan tabassum qildi.
– Bu vaqtinça, xonim, vaqtinça. Darvoqe, şaharda böğma tarqalganini eşitdingizmi? Bolakay bemalol öynab yuradi, şöxlik qiladi va birdan yötala boşlaydi… Tomoğida nöxatday qizillik paydo böladi… Bir qaraşda heç vahimali joyi yöqdek…
Fitilevning xotini titrab, közlarini katta-katta oçdi.
– Voy ölmasam! Keça oqşom mening Seryojkam rostdan ham bir-ikki marta yötalgandek böluvdi-ya…
– Ana, kördingizmi? – boş irğadi mehmon. – Erka öğilçangiz böğmaga çalingan bölsa sirayam ajab emas. Umuman, hozirça tinçlaning, çunki bu böğma bölmasligi ham mumkin. Balki u qizilça bilan oğrigandir. Keça yötaldi, dedingizmi? Hm… Agar u alohida ajratilgan bölmasa, boşqa bolalaringizga ham osongina yuqtirişi mumkin…
Bözdek oqarib ketgan Fitilevning xotini oğzini oçar va yumar, ammo loaqal bitta söz aytişga majoli qolmagandi.
– Siz köpam hayajonlanmang, – yupatdi uni mehmon. – Qizilça har doim ham ölim bilan tugayvermaydi. Baʼzida u şunçaki eşitiş aʼzolariga taʼsir etib kar qilib qöyadi yoki, bunisi, albatta, bir oz xavfli – öpkani işdan çiqaradi.
– Qayoqqa otlandingiz? – hadiksirab söradi Kazanlikovning xotini, Fitileva xonim qaltiroq qöllari bilan şlyapasini ğijimlayotgani va tişini-tişiga qöygança şlyapa töğnoğiçini barmoqlariga suqayotganini körib.
– Meni keçiring, jonginam, ammo… dahşatga tuşyapman. Ehtimol… Seryojka… rostdan ham betobdir.
Ayol mehmonlar bilan xayrlaşişni ham unutib, eşikni qattiq yopdi va ğoyib böldi.
Yolğiz mehmon rom qöşilgan çoyini mayda höplab içar va har zamonda qarşisida ötirgan talaba Aniçkin va uning qalliğiga qarab qöyardi.
– Qaysi fakultetda öqiysiz? – söradi u, çap közini odob bilan qisib.
– Huquqşunoslik fakultetida.
– Aha! Şunday deng… Özim ham bir mahallar universitetda öqiganman. Yoşlarni sevaman. Ammo, oçiq sözlaganim uçun maʼzur tuting: huquqşunoslik maʼlumotidan naf çiqişi gumon.
– Nega endi?
– Hozir tuşuntiraman. Mana siz, öqiyapsiz, rosa tört yil öqiysiz, töğrimi? Axiyri bir kun tamomlaysiz (agar orada biron köngilsizlik röy berib, haydalmasangiz!)… Xöş keyin-çi? Amaliyotingiz bölmagani holda yoqlovçi advokatga yordamçi bölasizmi, yoki qirq söm maoşlik joy böşaşini kutib temir yöl boşqarmasida tekinga işlab yurasizmi? Turgan gapki, bunaqa vaziyatda uylanişdek xatoga yöl qöymaysiz, ammo…
Talaba aybdorlardek yer suzdi va jilmaydi.
– Men aynan uylanmoqçiman. Mana – taniştirişga ruxsat eting – qalliğim.
– Demak, uy-lan-yap-siz, – hasratli tovuşda maʼnodor çözib dedi yolğiz janob. – Ana xolos! Naçora, oyimqiz… Sizlarga baxt va poyonsiz farovon hayot tilayman. Harholda, oilali talabalar qanday yaşaşini körganman: oltinçi qavatda torgina xona, parda orqasida kasal çaqaloq (aynan kasal – diqqat eting!), nobop turmuş tufayli barvaqt qariyotgan, ozğin, qayğuli xotin, oçlik va omadsizlikdan sillasi qurigan er… Albatta, xayrli istisnolar ham bor: çaqaloq – ölib qolişi, xotin esa kelişgan qöşni erkak bilan qoçib ketişi mumkin, ammo bu taassufki, kamdan-kam hollarda yuz beradi… Kunlarning birida er paltosini garovga qöyişi uçun xotinini lombardga jönatadi, özi esa kamarini şipdagi ilgakdan ötkazadiyu, şu bilan…
Xonaga sukunat çökdi.
Talaba junjikkança nariroqdagi stulga borib ötirdi, quşçalar qafasiga qattiq tikilib ötirgan qalliğining esa közlarida yoş tomçilari yiltirar va bu tomçilar tölqinlanayotgan köksiga dumalab tuşişi bilan örnini yangilari egallardi…
– Qöying bunaqa gaplarni, – oğzini qiyşaytirib tirjaydi buxgalter Kazanlikov. – Kelinglar, yoqimli narsalar haqida sözlaşaylik.
– Siz hayotga juda maʼyus va biryoqlama qarar ekansiz, – dedi soliqçi amaldor Tyulyapin. – Mana, masalan, meni olaylik: yaxşi körib uylanganman va xotinim bilan baxtiyorman. Oilamiz tuzuk taʼminlangan, er-xotin juda inoqmiz… U menga heç ham ozor bermaydi… Mana bugun – uning boşi oğriyotgandi, hurmatli mezbonni tabriklagani kelolmadi – ammo “loaqal siz boring” deb qattiq turib oldi…
Yolğiz janob şubha bilan boş çayqadi:
– Ehtimol… ehtimol… Lekin men negadir baxtiyor oilalarni körmadim. Vafodor, erini sevadigan xotinlar – bu şunday nodir narsalarki, ularni muzeylarga qöyiş kerak… Hammadan dahşatlisi, – u qovoğini uygança baqrayib qarab turgan talabaga yuzlandi, – xotin qança muloyim, sertakalluf bölsa, bilingki, u zimdan eriga şunça katta kulfat keltirmoqda.
– Mening xotinim unday emas! – xafa bölib ğöldiradi soliqçi.
– Işonaman, – viqor bilan boş irğadi mehmon. – Men umuman aytdim. Öz umrimda xotinlari haqida tölqinlanib, közlari yoşlanib gapiradigan neça-neça odamlarni kördim, aksar hollarda bu gaplar bir neça soat burun öşa xotinning quçoğida yotgan begona erkak huzurida aytilardi…
– Jin ursin, nimalar deb aljirayapsiz! – birdan qiçqirib yubordi soliqçi Tyulyapin.
– Xoh işoning, xoh işonmang! Bir paytlar allaqanday advokatning uyida ijarada yaşardim. Uning xotini “tobim yöq, yotmoqçiman” degan bahonada har oqşom erini klubga borib könglini xuşlaşga qistardi. Göyo, işlab çarçagan eriga rahmi kelgandek. Erini silab-siypalar, hayotim çiroği deb atardi. Tentak er klubgami, boşqa görgami ketgani zahoti javondan jazman (xotinlarning öynaş yaşiradigan joylari köp) çiqib kelar va ikkovlari çinakamiga öpişa boşlaşardi. Men bularni devorning narigi yoğidan eşitardim.
Soliqçi oqarib-bözarib ötirar, zörğa nafas olardi… U, xuddi şu bugun xotini uni “hayotim çiroği” deb erkalagani, işga berilib dam olişni unutgani haqida açinib gapirganini esladi. Tyulyapin turasola uyiga yugurişni xohlar, ammo bunaqa qiliş önğaysiz edi.
Oşxonadan yiğidan közlari qizarib, kalovlanib Kazanlikovning xotini çiqdi va keçki ovqat tortilganini maʼlum qildi.
Ğamgin kayfiyat bir oz arigandek böldi. Barça örnidan turdi, yuzlar yorişib, yengil şovqin-suron kötargança oşxonaga yöl oldilar.
Qadahlar töldirilganda yolğiz janob turdi va dedi:
– Muhtaram bazm sababçisini muborakbod etişga ijozat bersangiz. Xudo unga yana ön-ön ikki yillab umr va bir etak bola-çaqa hadya etsin!
Qadah sözi juda ham zör çiqmagan bölsa-da, hamma içdi.
– Ikkinçi qadahni, – tantanavor dedi yolğiz janob, – bölğusi tönğiç farzandingiz şarafiga kötaraman.
Bölajak ona gul-gul yaşnab ketdi va yolğiz janobga şunday nigoh taşladiki, undan mehmonning avval aytgan barça sovuq gaplarini keçirişga tayyorligini öqiş mumkin edi.
– Bölajak öğlingiz uçun içaman! Rost, bolalar har doim ham qobil bölaverişmaydi. Töqqiz yoşidan otasining puli va aroğini öğirlay boşlagan bir bolani bilardim, yana, öziga enagalik qilgan qari kampirning qornini yorib taşlagan ön tört yaşar öspirinni ham körsatişgan menga, keyin, uni qamoqqa olmoqçi bölişganida, ikki mirşabni revolverdan otib öldirgan edi… Lekin, harqalay…
– Qöying, yaxşisi tamaddi qiling, – maslahat berdi mezbon, xömrayib. – Manavi ajoyib syomga baliğidan oling, bodringdan tatib köring…
Mehmon odob bilan minnatdorçilik bildirdi va syomga baliğini talabaning qalliği tomonga surib, dedi:
– Kuni keça bir tanişim baliqdan zaharlanib öldi. Xuddi şunaqa syomga baliğidan yegan ekan…
– Syomga yegim kelmayapti, – dedi qiz. – Kolbasa tuzuk.
– Marhamat, – iltifot qilib kolbasa uzatdi mehmon. – Baliqdan köra trixindan zaharlaniş köproq uçraydi. Yaqinda gazetada öqib qoldim: bir kampirni kasalxonaga eltişibdi, sil bölgan deb öylaşibdi, yorib körişsa – çöçqa trixinlari urçib yotganmiş…
Soliqçi amaldor xayr-xöşlaşib, Kazanlikovlarnikidan çiqqan paytda yolğiz janob mezbonga taʼzim qilib, ajoyib mehmondorçilik uçun minnatdorçilik bildirib bölgan va qoronği, çiroq xiragina yoritib turgan zinapoyadan pastga tuşayotgan edi.
Soliqçi Tyulyapin ovqat ustida özini allaneçuk ğalati tutdi, köp içdi. U yolğiz janobga yetib oldi va yelkasidan tutib, çayqala-çayqala dedi:
– Siz, iblis tilka-pora qilgur, hali xotinlar haqida nimalar deb vaysadingiz… Hozir men manavi tayoq bilan kallangizga solaman – bunaqa gaplarning oxiri voy bölişini bilib olasiz.
Yolğiz janob unga ögirildi va sal-pal qunişdi, ammo pinagini ham buzmadi:
– Tayoğingiz yöğongina ekan, buning ustiga temirdan… U bilan boşimga ursangiz, öldirasiz. Menga-ku heç balo bölmaydi, çunki ölikman, lekin sizni qölga olib, Sibirga surgun qilişadi. Xotiningiz qaşşoqlikda qolib abgor böladi, siz esa surgun şaroitiga çiday olmay özingizga sil orttirasiz… Bolalaringiz har yoqqa daydib ketadi, kissovurlarga qöşiladi, onangiz esa jinoyat qilganingizdan xabar topganida yuragi yorilib öladi… Şunaqa!
1908-yil.
Rus tilidan Oybek MÖMINOV tarjimasi
Izoh
*ism kuni (den angela) – ayrim nasroniy xalqlarida ism qöyilgan kunni bayram sifatida nişonlaş odatga tusini olgan.
Arkadiy AVERÇENKO
“Yoşlik” 2013/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


