(Hikoya)
Oq tulporim bor edi,
Beklar unga zor edi.
Tulpor emas, u menga,
Ham döstu ham yor edi.
Muhammad Yusuf
Osmonning tiniq yuzini bir zumda qora doğ qoplay boşladi. Çang-tözon kökka kötarilib, uvillayotgan şamol yölida uçragan jamiki narsani öz qaʼriga tortadi. Şu vajohati bilan qum yerlarga ham yetib keldi. Yantoqlar şamol zarbidan yerga engaşadi-da, yana qaddini rostlaydi, şoxlarini çangak qilib kökka qöl çözadi, ilojini topib, şu qora osmondan bir parça uzib olguday… Şamol yantoqlarni qumga kömadi, yantoqlar bor kuçlari bilan qad bukmaslikka intiladi…
Tözon içra bir yölovçi qum zarralaridan yuzlarini tösganiça, tebranib-tebranib qadam taşlaydi. Uning maqsadi bitta. Qanday bölsa-da, Qoraqaşqa samanni topiş. Yigitlik umrining yagona ovunçoği, ğururi mana şu samantoy. Oğzi oşga yetganda undan ajraliş qançalik oğir. Qolaversa, bu Qora daraxt hududida bölib ötgan uloq va poygalarda heç bir otga böyin bermagan oq samanning yagona nasli mana şu Qoraqaşqa edi. Ot örnini toy bosar deganlaridek, Qoraqaşqa ham körsa körgudek, havas qilgulik ot böldi. Uning şamol kabi yelişi har qanday ot galalari içida ajralib turadi. Samanga ne-ne çavandozlar, uloqçilar oğiz solmadi, vaʼdalar bermadi. Yetim bolani aldab, qörqitib ham körişdi. Ammo Komil böş kelmadi. Toyni rahmatli otasi örgatgan usullar, ögitlar bilan özi parvariş qildi. Endi uning kuçli bilaklari, burgut çangalidek mustahkam panjalari, keng yelkalari uloq çopişga undaydi.
Uloqning öz qonun-qoidalari bor. Çavandoz kuçli, oti nobop bölsa, undan uloqçi çiqmaydi. Yoş Komilda esa hamma narsa mujassam. Butun ayğirlar içida öziga xosligi bilan ajralib turgan Qoraqaşqa yoş çavandozning buyruqlariga itoat etadi. Ot tizginini xiyol tortib, uzangisiga oyoq tirasang bas, saman çök tuşgandek pastga egiladi-da, bir niqtov bilan şamoldek yeladi. Bu sirni otasidan bir-ikki eşitgani, köz bilan körganida ança yoş bölsa-da, uqib qolgani uçun Qoraqaşqani ana şunga örgatib parvariş qildi. Amirobodning tomoşapoyasida u birinçi marta katta davraga çiqdi. Mana men degan çavandoz, uloqçi otlar içida hali durustroq kökrak yozib ulgurmagan kiçik samanga yöl bölsin. Hamqişloqlari esa unga umid közi bilan qaraydi. Ayniqsa qişloqning eng keksa kişisi bölgan Ibrohim otaning aytganlari hamon yodida.
– Otangni ruhi qöllasin, pirlar madadkor bölsin. Uloqdan quruq qöl bilan çiqma, – deya fotiha qilganida qançalik hayajon bilan töpga qöşilib ketganini aslo unutgani yöq.
…Uloq zabtiga oldi, kuyib-pişib yelayotgan otlarni jon-jahdlari bilan niqtayotgan, ayovsiz kaltaklayotgan, bolaxonador sökingan, qoş-qovoqlari, yuzlari qamçi zarbidan yorilgan, qöllari tirnalib, qonga belangan uloqçi-çavandozlar şafqat bilmay oldinga intiladi. Otlar vujudidan ter tökiladi, qamçi zarbi, azobiga çidolmay kökka sakrab kişnaydi. Ot tuyoqlari ostida uloq yotibdi, endi qöl yetay deganda kimdir otga qamçi uradi-yu, baquvvat oti kuçsiz otni surib taşlaydi. Komil payt poylab ot galalarini gir aylanmoqda. Qoraqaşqa bir niqtovga şay turibdi, iloji bölsa, uzangini çaynab uzsa-yu özini otlar töpiga ursa… Yoş çavandoz uçun har daqiqa ğanimat, ozgina imkon bölsa bas, qolgan işni Qoraqaşqasi eplaydi. Ana, töriqqa kimdir qamçi urdi şekilli, kaltak zarbiga çiday olmay oldidagi ikki otni turtib, özini çetga oldi. Çavandoz esa sökinganiça ot tizginini tortib ortga çorladi. Bu Komil çavandoz uçun qöl keldi, otiga izn berdi, saman otlar galasini yorib kirdi, çavandoz ot uzangisiga oyoq tirab yuganini tortdi. Qoraqaşqa xiyol egildi, uloqning bir tomonini uşlaşga uringan Qosim karvonning qöli havolab qoldi. Komil uloqqa qöli tegişi bilan otni niqtadi. Qoraqaşqa töqimlaridan öt çaqnadi, har çopganida uyum-uyum tuproqlarni osmonga saçratib, borliqni çang-tözonga burkab, yeldek uçib ketdi. Komil yilqi galalari, uloqçilar qurşovidan çiqqanidan xursand. Uloqni taqimiga bosib, ikki oyoğini ustiga taşlab, «Hayt, hayt» degança otni niqtaydi… Atrofni odamlar hayqiriği tutgan: «Yaşavor, aylantir, aylantir!» Amrobodliklar esa qişloğidan çiqqan yangi çavandoz va Qoraqaşqasi bilan maqtanganlariça davrada yastanib, ğururlanib ötiribdi.
Uloqçilar qanday bölsa-da, uning yölini tösiş payida, har tomondan ot soladi. Ana, jalayerlik Qosim karvon qorabayiri bilan unga köndalang çiqdi. Boşqa ot bölganida tösatdan qöyilgan bu tösiqqa doş berolmay töxtab qolişi kerak edi. Lekin Qoraqaşqa esankiramadi. Komil çavandoz ham pinak buzmadi. Ot qora bayir tumşuğiga özini urdi, qorabayir qörqqanidan kişnab ortga bir-ikki qadam çekindi. Agar Qosim karvon çapdastlik qilib qolmaganida, ot şu alfozda orqasiga yiqilişi heç gap emasdi. Bu holatdan söng qorabayirning orqa oyoği lat yedimi, oqsoqlanib qoldi. Bu uloqda Qoraqaşqaga teng keladigan ot topilmadi. U har uloqqa kirganda öljani oldi. Komil çavandoz olqiş, sovğa-salomlar içida qoldi…
Hali hamma narsa oldinda, u otasidek elga, yurtga maşhur çavandoz böladi. Baxtiga Qoraqaşqasi omon bölsa, bas. Uloqdan söng otning xaridori yanada köpaydi. Hatto, uçqur, uloqçi, zotdor otlarni parvarişlab nom qozongan Qosim polvon oğiz soldi. Bitta ot uçun ikki-uç ot sotib olgudek pul vaʼda qilsa-da, Komil könmadi. Ne-ne odamlar, taniş-bilişlarini örtaga solsa hamki, yigit aytgan sözidan qaytmadi. Xaridori köpaygani sari saman tölişib yanada körkam, çiroyli va baquvvat bölib borardi. Daştqişloqda Polvon rais öğlining xatnasida bölgan uloqda mana-man degan sara uloqçilar, çopqir tulporlar yiğilganda ham Qoraqaşqa va Komil çavandoz öz sözini aytdi. Sovrinning kattasi bir boş novvos unga nasib etdi. Katta yutuq ilinjida davraga ot solganlar qöliga tuflab, zimdan hasad bilan davrani tark etdilar…
– Ot işqibozlarining feʼli öjar böladi, qiziqib qolsa, unga yetişmasa, egar-jabduqqa minib, miriqib çopmasa, hojati çiqmaydi, – degandi otasi. Otning xaridori köpayganidan hadiksiragan Komil yotoğini otxona içiga köçirdi, har holda ehtiyot bölgani yaxşi.
…Tun sokinligini ahyon-ahyonda yer depsinib qöyayotgan Qoraqaşqaning pişqiriqlari buzadi. Komil çavandoz közini uyqu elitdi.
…U öz saman toyi ustida viqor bilan atrofga boqqan, özi va samaniga havas bilan boqayotgan döst-birodarlari qurşovida sarmast davra kezadi. Uzoq-uzoqlarda oq samanni turfa bezaklar bilan töldirgan otasi ot çoptirib kelmoqda. Közlaridan quvonç balqib turibdi. Bu yoqda esa çaqmoqdek qaşqa samanda yastanib ötirgan Komil ot tizginini böş qöydi, olam yoruğ nurlar bilan bezandi. Saman qanot çiqarib uçgandek yelib boryapti. Mana hozir ota va bola diydorlaşadi. Komilning otasiga aytgulik gaplari köp. Hammasini aytadi, kerakli ögitlar eşitadi. Yana uç-tört odim taşlasa bas, unga yetadi. Birdan atrof qoronğulaşib ketdi, oq saman közdan yöqoldi…
Komil qattiq muşt zarbidan ingrab, yerga yuztuban yiqildi. Köz oldi qoronğulaşib ketdi. Kim, qayerdan kelib boşiga zarba urganini bilmay qoldi. Ikki zabardast yigit ustiga minib boşiga qop kiygizdi-da, oyoq-qölini boğlab, oğziga latta tiqib kigiz tepgandek tepib taşladi. Qoraqaşqa böyin bermasdan yer depsinib kişnadi-da, şamoldek uçib ketdi… Komil qança çalajon yotganini bilmaydi. Birodari Ali kosib söroqlab kelmaganida, şu alfozda jon berardi…
Qoraqaşqaning öğirlab ketilgani atrof qişloqlargaça tarqaldi. Samanni qidirmagan, söroqlamagan odam qolmadi. Heç qayerdan jöyali xabar çiqmadi, yigitning qaddi kamondek egildi. Keçagina viqorli, baquvvatlikda tengqurlaridan ajralib turgan, közlarida öt çaqnagan er yigitning ikki-uç kunda qaddi bukildi, közlari nursiz bölib qoldi.
– Bitta otga şunçalikmi, mol topiladigan narsa, bu bölmasa boşqasini xarid qil, parvarişla, şunga ham ota göri, qozixonami?, – deguvçilar böldi. Lekin bu gaplar Komilning köngliga taskin-tasalli bermadi. Öz samanini topişiga imoni komil edi. Hali qançadan-qança uloq va poygalarda Qoraqaşqa tuyoqlari yer titratişiga işonadi…
Hafta deganda otning daragi çiqqandek böldi. Lekin bu ham şunçaki taxmin edi. Köpni körgan keksalar şoşilmasdan, obdon sörab-suriştirişni maslahat berişdi. «Birovni öğri deyiş qiyin. Közing bilan körib, qöling bilan uşlamadingmi, tuhmat qilolmaysan», deyişdi. Ammo Komil ötira olmay qoldi, uning köngli saman topilganini sezgandek hapqirardi, göyoki Qoraqaşqa öz çavandozini çorlayotgandek uning kişnaşi çavandoz quloqlari ostida jarangladi.
Komil heç kimga indamay yayov yölga çiqdi, bisotida bir meşça suv. Poyonsiz qumlik içra ketib bormoqda. Ustiga-ustak şamol tobora kuçayib, uvullaydi. Oçlik va suvsizlikdan sillasi qurib, tobora madorsizlanib borayotgan yölovçi közlariga şuʼla körindi. U sevinib ketdi. Sahro qöynida panoh topgan öğrilar çaylasiga yetib kelganidan xursand edi. Itlar bor ovozlarida akillardi, ikki otliq yölovçiga peşvoz çiqdi-da, atrofini bir aylanib, ot egasini tanişdi çoği, lom-mim demay otlariga qamçi urib, ovul tomon yelib ketişdi. Uni ötovning beş-olti navqiron yigiti qarşi oldi-da, qölini orqaga olib ötov sari yetaklaşdi. Ötov mustahkam tiklangan, hamma narsa muhayyo.
Törida egniga çakmon taşlagan keng yelkali, közlari xunuk çaqnab turuvçi, şop möylovli kimsa kerişib esnasa-da, boşi bilan imo qilgaç, bir kosa suv berişdi.
– Xuş kelibsan, çavandoz? Sening saman toying haqida ança-munça gaplar eşitgandik, mana özingni ham kördik. Xudoga şukr. Ötir, bir-ikki kun mehmonimiz böl.
Komilning quloqlariga gap kirmas, nigohlari, butun vujudi bilan öz samanini izlardi.
– Otimni qidirib keldim.
– Ot, qanaqa ot? Kim aytdi uni biz öğirladik deb. Öz közing bilan kördingmi? Kim nima desa kelaverasanmi, ammamning buzoğiga öxşab?
– Ot senda ekan. – Komil ança dadillaşib, qatʼiy ohangda söz aytdi.
– Özing kelib, öğilbolaçilik qilibsan, yigit. Gapning pöstkallasini aytganda otni biz öğirlamadik, faqat bir-ikki kun yörğalatib köriş uçun olgandik, xolos. Lekin oting zör ekan. Qaniydi bizda ham şunday ot bölsa.
Sardor örnidan turib Komilga yaqinlaşdi-da, yelkasiga şappat urdi.
– Endi çavandoz, ot menga yoqib qoldi, şu bois unga qança sörasang, beraman. Ayt, qança pul, beray?..
Komil öt bölib yondi, qöllari beixtiyor muşt bölib tugildi-da, quloçkaşlab bir muşt tuşirdi. Kutilmagan zarbadan Sardor yumalab ketdi. Şu topda ikki yigit Komilning ustiga taşlanib yerga yiqitdi.
– Seni durust bola desam, rasvo ekansan-ku, – deya oğzidan sizib çiqqan qonni tufladi-da, Komilga muşt soldi Sardor. Çavandoz yerga muk tuşdi. Uni sudraşib Qoraqaşqa boğlov turgan ötovga taşlaşdi. Ot çavandozni tanidi, unga erkalangandek pişqirib, boşlarini sarak-saraklab, yollarini öynatdi. Çavandoz unga talpindi, yollarini silay desa qöllari boğliq. Közlari yoşlandi, iloji bölsa kipriklari bilan otni erkalasa, unga orom bersa.
…Qoraqaşqa, jonivorim, bu ham bir qismat. Odamlar borni ham, yöqni ham körolmaydi. Lekin seni mendan heç kim ajrata olmaydi. Dov-daraxtlar, maysalar quyoş nuri bilan tirik, inson bolasi odam tafti bilan yaşasa, men sendan bahra olaman, sendan ayrilgandan köra…
Bir yigit qölida piçoq va arqon tutgança ötovga kirdi. Ortidan esa tört yigit va Sardor kirib keldi-da, bir-birlariga maʼnoli qarab olgaç, söz boşlaşdi.
– Yana öylab kör, otni sot. Agar sotmasang, böğizlab yeb bitiramiz. Senga ham, menga ham yöq.
Komilning miyasi ğuvillab ketdi. Nima deyapti bu ğalamis, jonidan-da aziz körgan otni böğizlab böladimi?
– Sotmayman, men uçun jonimdan-da aziz bu jonivor.
– Unda özingdan kör, – dedi-da, yigitlariga otni yiqitişni buyurdi. Qoraqaşqa yerda yotibdi. Qörquvdan eti titraydi, közlarini olazarak qilib boşini kötarişga, örnidan turişga unnaydi. Közlari bilan dam çavandozga, dam qölida piçoq tutgan kimsaga boqib yolvorgandek tipirçilaydi. Ana ötkir tiğli piçoq otning böyniga qadaldi, atrofdagilar «omin» deb qöllarini duoga oçdi.
Nogahon, qattiq, böğiq ovozdagi baqiriqdan hamma töxtadi!
– Söymanglar, söyma, it emgan, men rozi, – deya Komil boşini yerga egib, yelkalari siltanib yiğlab yubordi.
Sardor miyiğida kulib, qölidagi qamçini kaftlariga urib, çavandoz boşiga keldi-da, qamçi dastasi bilan Komilning iyagidan kötardi.
– Bitta ot joningdan ham ortiqmi? Galvars ekansan!
– Ot minmagan, otning qadrini qayerdan biladi, haromi. Bilib qöy, otni abgor qilsang, uvoliga qolasan.
Sardor boşqa gap qöşmadi, buyoğini menga qöyib ber degandek, gerdayib ot yollariga şappalatib urib taşqariga çiqib ketdi.
Samanning oyoqlari böşatildi. Komil çavandozning qöliga bir tugun pul tutqazişdi…
Komil tobora madorsizlanib, ohista qadam taşlab ortga qaramay ketib bormoqda. Ötovda esa Qora qaşqa yer tepinib kişnaydi. Ot minib örgangan er yigit qanday otsiz yuradi, el köziga qanday qaraydi? Qişloğiga quruq qöl, bir xalta pul kötarib qaytgani Qoraqaşqa örnini bosa olarmidi? Endi nima degan odam böldi. Döst-duşman holing şu ekan-ku, çiranganing nima, desa, ne deydi. Horğin, toliqqan, xörlangan çavandozga qaysi manzil sari boriş, yaşaşning ham qiziği yöqoldi. U kör-körona qadam taşlab, tebranib-tebranib ketmoqda. Çavandoz yana holdan toydi, qumga botgan oyoqlarini kötarişga-da majol qolmadi. Tomoğidan nam ötmadi, köz oçirgani şamol qöymadi. Bir-ikki odimlagaç, yuztuban yiqildi. Şamol tobora zabtiga olib, uvvos soladi, atrofda qum barxanlari köçib yuribdi. Tugunga solingan pullar şamol zabtida xazon kabi kökka kötarilib, közdan yöqoldi…
Rasuljon Kamolov 1965 yilda Farğona viloyatining Rişton tumanidagi Amirobod qişloğida tuğilgan. Toşkent Davlat universiteti (Özbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ayni kunda “Mahalla” gazetasining Farğona viloyati böyiça muxbiri.“Şuhrat” medali sohibi. Muallifning “Yigit ori” nomli hikoyalar töplami naşr etilgan.
“Yoşlik” 2013/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


