(Hikoya)
Bu rastada dunyoning eng anvoyi gullari yiğilganmi, deysiz. Oppoq nilufarlardan tortib, turfa rangdagi atirgullargaça, çinnigullaru lolalar, barglariga barmoq tekkizsangiz yumilib oladigan uyatçanggullargaça barq urib turibdi. Eh-he, sanayman desansiz sanoqdan adaşasiz. Ahli rastaning özi ham nozik did, şirinsuxan. Kelgan xaridorni şundoq qöyib yubormaydi. Erinmay tuşuntirib, gullarining taʼrif-dostonini keltiradi. Xullas, şahri azimda bu rasta alohida bir olam.
Ammo rastaning maşhurligi bu bilan emas. Faqat şu yerda bir ajib gul sotiladi. Nomi – Qora afsun. Körinişi nozik, endigina oçilgan atirgul kabi. Qiziği, gul yaproqlariga tuşgan suv tomçilarini qöyib yubormaganidan quyoş nurlarida betakror tovlanayotgandek tuyuladi! Bu gulning yana bir narsasi bor – öta injiq, östiriş qiyin. Ekilgan yuzta qalamçadan bittasi gul oçarmiş.
Bugun azonda, hali rastada xaridor va gulsevarlar körinmasdan bir yigit paydo böldi. U gullarni tomoşa qilib, qora afsunlar terilgan peştaxta yoniga keldi. Sotuvçi, ellikdan hatlab ötgan, qora afsun yetiştiriş böyiça mutaxassis Qamar gulçi yigitni xuşhol qarşiladi.
– Salom, Qamar aka sizmisiz? – söradi yigit.
– Ha, menman.
Yigit qora afsunlarni uzoq közdan keçirib, Qamar gulçiga qaradi.
– Bu gulingizga taʼrif yöq, ammo mendagisini körganingizda hayratdan yoqangizni uşlardingiz.
Qamar gulçi jilmaydi.
– Qanday gul ekan? Körsak böladimi?
Yigit qölidagi yukxaltasini oçib, kimyogarlarning tajribaxonalaridagina böladigan uzun şişa idişni oldi. Uning içida qora afsunga öxşaş gul bor edi. Qamar gulçi yaxşilab razm solib, özining gulini taniganidan taajjubga botdi. – “Özimning gulim…”
– Gulni qaçon sotib olgandingiz? – Qamar aka bu yigitga qaçon gul sotganini eslolmadi.
Endi yigit jilmaydi.
– Buni sizdan sotib olmaganman, özim yetiştirganman.
Yigitning javobi Qamar gulçiga surbetlikdek körinib ketdi.
Bir vaqtlar olimlik zahmatini çekkan Qamar gulçi bundan yigirma yillar oldin özini gulçilikka urdiyu taqdirini şunga boğladi. Qora afsun uning köp yillik zahmatlari mevasi edi. Minglab gullarni çatiştirib, omadsiz, natijasiz tajribalardan söng şu gulni östirişga muvaffaq bölgan, gulning bor sir-sinoati bitta Yaratganu undan özgaga maʼlum emasdi. Şuning uçun nafaqat bu şahri azimda, balki kurrayi zaminda qora afsun Qamar gulçining issiqxonasida ösardi. Olimlar gulni köp örganişgan, DNKyu irsiyatini tit-pitini çiqarib taşlaşgan, ammo gul öz sirini xanuz oçmasdi.
– Balki dökoningizga kirarmiz, – taklif qildi yigit.
Ertalabdan taʼbi buzilayotganidan Qamar gulçi asabiylaşdi. Bu yigit uni mazax qilayotgan bölmasin. Körinişi ham ğalati. Özi anaqaroqmikin? Ammo, uning jiddiy tikilib turgan közlaridan böşaşib, Qamar gulçi uni dökoniga taklif qildi. Eşikdan kira solib, chiroqni yoqmoqçi bölganida yigit şoşib:
– Keragi yöq! Aslo keragi yöq!-dedi.
Qamar gulçi taajjubga botdi. Şunda uning közlari zaif yoruğlikni sezib qoldi. Xuddi dökonning olis bir burçida şam yoqib qoldirilgandek tuyulardi. Qamar gulçi hayron bölib, u yoq-bu yoqqa alangladi. Yöq, topolmadi. Kutilmaganda uning közlari yigitning qölidagi şişa idişga tuşdiyu hayratdan oğzi lang oçilib qoldi. Idiş içidagi gul zaif şuʼla tarayotgan, şişa esa uni xiyla yorqinlaştirib berayotgan edi! Qamar gulçi nafas olişni ham unutib, gulga baqrayib qoldi. Yo, alhazar! Tuşimi yoki öngi? Heç zamonda gul ham şuʼla taratadimi? Şunda Qamar gulçining kallasiga öy keldi: “Sunʼiy gul-ku!”.
U böşaşib, yengil nafas ola boşladi.
– Odamni rosa qörqitdingiz. Gulingizning sunʼiy ekani xayolimga ham kelmabdi.
– Aslo sunʼiy emas, tabiiy.
– Tabiiy?! Bölişi mumkin emas!
Notaniş kişi şişani kötarib, gulni Qamar gulçiga tutqizdi. U xuddi çöğ uşlayotgandek qörquv va hadik bilan gulbandidan asta tutdi. Bir muddat jurʼati yetmay turgaç, qörqa-pusa gul kosaçasini avval uşlab, söng ezib kördi. Ezilgan joydan suv çiqsa-da u işonar-işonmasligini bilolmay qoldi. Gul tabiiy, rostakam edi.
– Sizga bir taklifim bor, – deb qoldi dabdurustdan ğalati notaniş.
– Quloğim sizda, – hayajonini bazör bosişga urinardi Qamar gulçi.
– Gulçilikda benazirsiz, keyin, – garçi özlari bölsalar-da suhbatga maxfiylik tusini bergandek ovozini pasaytirdi, – siz ança işonçli odamsiz. Sizdaqalarni kunduzi çiroq yoqib topib bölmaydi.
Qamar gulçi yana hayajonlanayotgani, buning ustiga asabiylaşayotganini sezdi. Uning peşonasida yiriklaşayotgan ter tomçilari gulning endi xiyla kuçaygan yoğdusida yiltiray boşladi.
– Qanday taklif edi?
– Şu gullarni, – yigit qölidagi şişa idişga işora qildi, – özingiz ekib, köpaytirasiz…
– Özim?!
– Ha.
– Uyimda-ya?!
– Albatta.
Qamar gulçi yengining orti bilan peşonasidagi terni sidirib taşladi. Endi tekis nafas olib, özini ança bosib olganidan miyasi ravon işlardi. Gulni eksa bozori yanada çaqqon böladi. Xaridorlar faqat undan gul xarid qiladilar. Bu yoği endi oddiy arifmetika… U entikdi.
– Qanday kelişamiz? – söradi Qamar gulçi.
– Ellikka ellik! Maʼqulmi?
– Maʼqul! Haligi… sarf-harajati… – çaynaldi Qamar gulçi. – Qora afsunni yetiştirişning özi böladimi! Har xil dorilari, har soatda suv purkab turgani odam yollaş…
– Buyoğidan xotiringiz jam bölsin. Bu gulni yetiştiriş oson. Ajriqdan ham bardoşli, hamma yerda ösaveradi.
– Yöğ-e! – Qamar gulçi işonqiramagandek quyoş kötarilib qolganidan yoğdusi söngandek körinayotgan gulga qarab oldi. – Ja unaqamasdir…
– Avval ekib köring! Keyin gaplaşamiz. Kelişa olamizmi?
Xuddi ketib qolib, boşqa gulçilar bilan kelişib oladigandek Qamar gulçi şoşib qoldi.
– Mayli, mayli, men rozi! Kelişdik.
Yigit yukxaltasidan qoğoz quti olib, Qamar gulçiga uzatdi.
– Bunda gulning piyoz tugunaklari. Şulardan köpaytirasiz.
Qamar gulçi qutini qöşqöllab oldi. Yigit xayrlaşarkan:
– Özim sizdan xabar olib turaman, -dedi.
– Xöp böladi, – xuddi boşliği qarşisidagi laganbardor xodimdek tavozeʼlandi Qamar gulçi.
Qamar gulçi bugungi işlarini ham unutdi. Dökondagi şogirdlariga hamma yumuşlarni taşlab, qutini qöltiğiga qisganiça uyiga şoşdi.
Qamar gulçi uyiga kelasolib, issiqxonasiga kirib ketdi.
Issiqxonaning katta qismida qora afsun östirilganidan ertalab suv purkab çiqilgan gullar ança kötarilib qolgan kuz quyoşida olmosdek jilvalanib, közni quvnatadi. Osmon toqiga yetguniça neça-neça oğiş burçaklarini zabt etayotgan quyoş nurlarida gulyaproq ustidagi birgina tomçi turfa jilolanadi. Aql bovar qilmaydi!
Qamar gulçi, odatdagidek, gullari jozibasi va anvoyi husnidan zavq olişni unutib, qutidagi tugunaklarni ekişga joy qidira ketdi. Maʼqul yerni topgaç, hammasini tuproqqa kömdi. Sönggi tugunakni ekkaç, negadir qölsoatiga qaradi…
Ertasi ertalab, ne köz bilan körsinki, tugunaklarning bari niş urgan. Eng qiziği, ayrimlarida çinbarglari ham bor. Qamar gulçi közlariga işonolmasdi. Axir, bu gulning unib çiqişiga uç kun, nozikkina barg çiqarişi ikki haftalarsiz bölmasdi. Qiziq, ham ğalati… Lekin bu hali hammasi emasdi. Qora afsun bir oyda zörğa bir qariç bölsa, bunisi uç kunda şunça bölib turibdi. Bir hafta deganda rosmana gul butasini berdi. Qamar gulçi endi özgaça intiqlik bilan gulning oçilişini, uning şuʼlalanişini kutardi. U dökoniga bormay qöygan, uzzukun issiqxonasida edi.
Nihoyat, ön uç kun deganda gulning ğunçasi oçildi. Qiziği, gul kunduzi, quyoşni körganida emas, tunda, oy kökda suzib yurgan mahalda oçilgandi. Öşa tuni, negadir Qamar gulçining uyqusi kelavermadi. Taşqariga çiqqisi keldi. Çiqdiyu hayrat va qörquvdan taxta bölib qoldi. Issiqxona oynalaridan zaif yoruğlik taşqariga sizib turardi. Közlari baqrayib, ölik tusiga kirgan Qamar gulçining yarim oçiq qotgan lablaridan birgina, uzuq-yuluq söz çiqdi:
– G-g-gullabdi…
Ikki daqiqalar harakatsiz qotgan Qamar gulçining oyoqlariga jon qaytgandek, xasta odamdek issiqxona tomon asta qadamladi. Qörqa-pisa issiqxona eşigini oçib, içkariga kirdi.
Içkarida, bir neça qator paykallardagi gullar… “yonmoqda” edi! Xiyla öziga kelib qolgan Qamar gulçi asta yurib, yonidagi gulga hadik bilan qöl tekkizib kördi. Gul asta tebranib qöydi.
– Aldamabdi! – dedi u yengil söliş olib.
Qatorlaşib, jivir-jivir şuʼla taratayotgan gullarni nazaridan qayta-qayta ötkazarkan, u piçirladi: “Menga yetadigani yöq!..”.
Rastada yangi gul paydo böldi. Odamlar hayratda edi – yo alhazar, şunaqasi ham bölarkanmi?! Ğalati gulni körişga iştiyoqmandlar köp, Qamar gulçining dökonidan endi odamlarning oyoği uzilmay qolgandi.
Birinçi kungi daromaddan Qamar gulçi entikayozdi. Qança gul yetiştirayotganini anovi nusxa qayerdan ham bilardi! Özi gulning tugunaklarini köpaytiradi, östiradi. Issiqxonasidagi barça “qora afsun”larni suğurib, yangisini ekadi… Xullas, Qamar gulçi miyasida turfa öy-xayollar öynar, rejalar tuzilardi.
Issiqxonada ham işlar ança yurişib qoldi. Uç oy deganda gullaydigan qora afsunning örniga Qamar gulçi ön uç kunda yetiladigan “yonargul”ni ekib, yaxşigina daromad qila boşladi. “Qora afsun”lar tez-tez avlod almaşayotgan “yonargul”lar yonida ojiz, körimsiz körinardi.
Oradan bir oylar ötib, yigit gulrastasiga kelib, Qamar gulçining dökoniga kirdi. Qamar gulçi uni körib, noxuşlandi, ammo könglidagini sirtiga çiqarmaslik uçun zörma-zöraki, jilmaydi.
– Keling… keling…
– Keldim. Sizni bir körib ketay degandim.
– Juda yaxşi qilibsiz-da, – hojati bölmasa-da Qamar gulçi yelkasidagi oq soçiq bilan peşonasini artib oldi.
– Tirikçilik ötib turibdimi, aka?
– Ötib turibdi, – Qamar gulçining yuragiga negadir ğulğula tuşdi.
– Aka, kelişuvdik, esingizda bölsa…
– Esimda, esimda, hammasini taxt qilib qöyganman, – Qamar gulçi özi ötiradigan joydan yelim xaltaga öralgan narsani darrov topib, yigitga uzatdi.
– Mana, daromadning yarmi.
Yigit qölida yelim xaltadagi narsani salmoqlab kördi.
– Kam emasmi, aka? – kulimsiradi u.
Qamar gulçi rosmana terlab ketganidan peşonasini oğritgudek artdi.
– H-hammasi…
Yigit yana salmoqlab olgaç, yelim xaltani Qamar gulçining qöliga tutqizdi.
– Özingizga buyursin aka, hali meni köp eslaysiz! Yigit miyiğida kulib qöydi.
– Siz meni tuşunmadingiz, uka…
Yigit beeʼtibor ostona hatlab dökondan çiqib ketdi.
Negadir Qamar gulçining yuragi ğaşlandi. U dökonidagi hamma yumuşlarni taşlab, uyiga şoşdi. Kelib, issiqxonaga kirib ketdi. Oradan bir oy ötibdi, ammo “yonargul”lardan olgan birorta ham tugunak ösib çiqmadi. Axir, anavi yigit bergan tugunaklarning bari ungandi-ku. Nega uniki ösmaydi? Şunda yigitning dökonidan ketiş oldidan aytgan gaplari yodiga tuşdi: “Hali meni köp eslaysiz”.
Qamar gulçi seskanib ketdi. U bu ğalati başoratomuz sözlarda özi uçun noxuş narsalarni anglay boşlagandi.
Qamar gulçi bu tun juda ğalati tuş köribdi. Tuşida “yonargul”lar “qora afsun”larni şafqatsizlarça ğajib, yutib yuborayotganmiş. Keyin, “yonargul”lar kattalaşib, şunaqa şuʼla taratişni boşlaşibdiki, közlar körmay qolarmiş…
Qamar gulçi uyğonib ketganida aʼzoyi badani jiqqa terga botgandi. Notinç köngli uni negadir issiqxonaga boşlardi. U darrov örnidan turdiyu çala-çulpa kiyinib, issiqxonasiga şoşdi. Ketarkan, ğalati narsani sezib qoldi. Hovlisi ança yorişgandek edi. U osmonga qaradi. Oy yöq, zim-zimiston tun. Birdan Qamar gulçining yuragi orqaga tortib ketib, jonholatda issiqxona tomonga qaradiyu oyoqlari holsizlandi. Yoruğlik issiqxonadan kelardi. Qamar gulçi jonholatda issiqxona eşigini oçdiyu qörquv va hayratdan qotib qoldi. Bu safar yonargullar emas, ularning yonidagi ikki jöyakdagi qora afsunlar şuʼla taratardi! Qamar gulçi oğir yutinib, içkariga kirarkan, körayotganlari ruyo yohud çin ekanligini bilmasdi. Bu qanaqasi?! Özining gullariga nima jin urdi? Ular nega yoğdu taratayapti? Qamar gulçi şuʼlalanib turgan qora afsunlarning birini qörqa-pisa uşlab kördi. Gul tebrandi. Nazarida, issiqxona yanada yorişib ketgandek böldi.
Issiqxonasidagi sinoatga Qamar gulçining aqli yetmasdi. Qanday qilib qora afsunlari yoğdu taratadigan bölib qoldi?! Ularga nima jin urdi? Negadir Qamar gulçining köngli juda xira, notinç edi bu tun.
Joyiga ming maşaqqat va ming turlik öy-xayollar bilan qaytgan Qamar gulçining tonggaça uyqusi kelmadi. U yoqqa ağanardi – bölmasdi, bu yoqqa ağanardi, –foydasiz. Tongga yaqin, kutilmaganda uning kallasida lop etib bir öy yondi-öçdi: qora afsunlar yonargullardan çanglanib qolgan! Qamar gulçining vujudini muzdek ter qopladiyu eti jimirlab ketdi. Mulohazayu andak tafakkurdan söng qörquvi ikki qatla oşganidan yana issiqxonasiga qaytdiyu yonargullarni suğura ketdi. Uning avzoyi ğalati, xatti-harakatlari telbanamo edi. Nihoyat, hamma yonargullarni suğurib, bir uyum qilgaç, yengil tortgandek, böşaşib yerga ötirib qoldi. Issiqxona ham ança qoronğu torgandi. Buni Qamar gulçining özi ham sezdiyu qattiq va asabiy qimtilgan lablari böşaşib, yuzida tabassum zuhur qildi. Yonargullar uyumi ustida ançagaça huzurlanib ötirgan Qamar gulçi yelkasidan ulkan toğ ağdarilgandek yengil tortib, örnidan turdi. Qoronğu issiqxonadan öziga arang yöl topib, taşqariga çiqdi.
Qamar gulçi endi yonargul balosini unutgandek böldi. U odatdagidek dökoniga çiqar, qora afsunlariyu boşqa anvoyi gullarini sotişda davom etardi.
Ammo…
Kunlardan bir kun, aniqroği, yonargullar şafqatsizlarça uyum qilingan kundan bir haftalar ötgaç, Qamar gulçi ğalati tuşdan uyğonib ketdi. Tuşida yana öşa yonargullarni köribdi. “Yonargul”lar şunaqa şuʼla taratarkanlarki, közlar qamaşarmiş… U darrov örnidan turib, telbalarça issiqxonasiga çopibdi. Issiqxonasi odatdagidan-da yoruğ, hatto çaroğon körinibdi. Ançadan beri issiqxona tunlari qoronğu bölardi. Qamar gulçi eşikni oçdiyu hayratdan taxta bölib qoldi: issiqxonadagi hamma qora afsunlar şuʼla taratardi! Bamisli yonargullardek. Qamar gulçi böşaşib ötirib qoldi. U özini ilojsiz sezar, gullarning yoğdusi esa tobora kuçayib borayotgandek edi…
Baxtiyor ABDUĞAFUR 1980-yili Namangan viloyati, Uyçi tumani, Yorqörğon qişloğida tuğilgan.
ÖzR FA Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari nomzodi.
Isroilning Ben Gurion universiteti, Xitoy Fanlar Akademiyasining Şinjong fizika va kimyo institutlarida malaka oşirgan.
“Yoşlik”2013/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


