10 daqiqada öqiladi

614 marta körilgan

Zulmatdagi nur

Frans Kafka

XX asr ğarb modern yozuvçilari orasida Frans Kafka yetakçi örin egallaydi. Uning ijodini örganiş masalasi sönggi yillarda, jahon adabiyotşunosligi ilmida eng murakkab va şu bilan birga eng qiziqarli vazifalardan biri bölib kelmoqda. Kafka özi kim? Uni qaysi maktab yoki oqimga mansub deb hisoblaş mumkin? Uning adabiyotga qöşgan hissasi nimadan iborat böldi? Şu va şu kabi savollar öz yeçimini kutib turibdi. Hanuzgaça adabiy tanqiçilikda haqiqatga yaqin bölgan yakdil fikr yöq.

Ötgan asrning örtalarida çexiyalik faylasuf Karel Kozik özining “Gaşek va Kafka” nomli maqolasida uşbu vaziyatni xolisona taʼriflarkan: “Kafkani talqin qiliş maqsadida har xil metodlardan, psixoanalizdan tortib to strukturaviy tahlilgaça, sosiologik va antropologik tadqiqotlardan tortib badiiy asarni ilohiyot, din, falsafa nuqtayi nazaridan körib çiqişgaça, uning Kyerkegor va Dostoyevskiy bilan munosabatini aniqlaşgaça bölgan muammolar tahlil etilgan. Xullas, tadqiqotçilar jamiki mavjud imkoniyatlardan batamom foydalanib bölişgan”, degan fikrni bildirgan edi. Bu sözlar, nazarimizda,  adib ijodini kör-körona maqtab, köklarga kötargan tadqiqotçilarga qarata kinoya tarzda aytilgan bölsa ajabmas. Aslida, Kafka ijodini istalgan yönalişda talqin va tadqiq qiliş mumkin. Va bu özini töliq oqlaydi, negaki u yoki bu şoh asarni turli asnoda tahlil qilişga odatlangan adabiy tanqidçilik tutgan yölga mos tuşadi. Biz ham uşbu anʼanaga amal qilgan holda isteʼdodli adib yaratgan asarlarning ayrimlari haqida fikr yuritmoqçimiz.

Frans Kafka ijodi bilan çambarças boğliq modernizm adabiyot, sanʼat va estetika nazariyasida burjua jamiyatining ilğor tafakkur rivoji bilan çambarças boğlangan bölib, klassitsizm anʼanalarini tubdan özgartiriş orqali namoyon bölgan edi. Şu tariqa u burjua ijtimoiy munosabatlarini özida aks ettirgani holda klassik anʼanalarga molik bölgan realizm sanʼati aqidalariga röyi-rost qarşi çiqdi.

Bizningça, “Evriliş” novellasi adib ijodida muhim örin tutuvçi maşhur asarlaridan biri. Asarning ilk jumlasidayoq Kafka qiyofasi namoyon böladi: “Beorom uyqudan söng tong saharda uyğongan Gregor Zamza özi yotgan töşagida bahaybat haşarotga aylanganini sezdi”.

Bu jumla kitobxonni dovdiratib qöyişi turgan gap. Kafka yaratgan fantastik obraz özining namoyişkorona va çalğituvçi “xunuk nafosat”i, badburuş qiyofali bahaybat haşarot haqidagi taassurot evaziga kişining ğaşini keltiradi. Şunday evriliş yuz berdi deb tasavvur qilaylik-da, hikoyani öqiyotganimizda buning “haqiqat”ligiga könikaylik. Öşandagina Kafka tasvirlagani real mazmundagi hikoyaga aylanadi. Buni nima bilan izohlaşimiz mumkin? Avvalo şuni aytiş kerakki, novellada dastlabki voqea, yaʼni kişining haşarotga aylanişidan boşqa favqulodda heç qanday hodisa yuz bermaydi. Adib Gregor Zamza evrilişidan söng u va uning oilasida boşlangan tirikçilik taşvişlari, kelişmovçilik, noqulay holatlar haqida hikoya qilişga ötadi. Bu esa mutlaqo odatdan taşqari, muallifning jarangsiz, nursiz tili iştirokida davom etib, kitobxon novelladagi voqeaning haqiqatga töğri kelmasligi, aql bovar qilmasligini asta-sekin unuta boradi. Bu holatning Kafka hayotidagi baʼzi bir jihatlariga öxşaş tuyulişini sinçkov tanqidçi darhol anglab oladi.

Sababi, Kafka taʼbi nozik, ortiqça gapni kötarolmaydigan, salga xafa bölaveradigan odam bölgan, şuning uçun ham taşqi olam, aniqroq qilib aytganda, eşikdan boşlanadigan dunyo unga doimo begona va qörqinçli bölib köringan. Köçaga çiqiş, hatto biron-bir ehtiyoj yuzasidan eşikdan taşqariga çiqiş zarurati uni jilovlab bölmas darajada vahimaga solgan .

Biroq, nur bor joyda soya bor deganlaridek, har bir erkak hayotini ayol zoti nurga töldiradi. Kafka hayotida ham ayollar bölgan. Qiziği şundaki, ayollar uning maʼyusona çehrasiga, mungli ovoziga, ölimga mahkum his-tuyğulariga maftun bölişgan.

Kafka 1920-yil (ölimidan sal oldin) Milena Yesenskaya ismli ayol bilan tanişadi va uni sevib qoladi. Taniqli jurnalist bölgan Milena Yesenskaya ilk bor Kafka asarlarini çex tiliga tarjima qildi. U uç yil mobaynida adib hayotining mazmuniga aylandi. Kafka hayot paytida uning yuksak isteʼdodini tan olgan, yozuvçining yonida turgan kam sonli odamlardan biri edi. Öz navbatida Kafka ham Milenaning jurnalistlik faoliyatini munosib baholagan. Biroq hayotda Kafka öz taqdirini Yesenskaya bilan bir umr boğlaşga jurʼat topolmadi.

Milena Yesenskaya Maks Brodga yöllagan maktublaridan birida şunday yozadi: “Uning na tayinli turarjoyi, na boşpanasi bor. U xuddi kiyimda yurgan odamlar orasida göyo yalanğoçdek. Frans yolğiz yaşaşga ham qodir emas. Frans endi heç ham tuzalmaydi. U yaqin orada bu dunyoni tark etadi”.

Ha, hayotda Yesenskaya va Kafka boşqa-boşqa xarakterdagi odamlar edi. Xuşçaqçaq, serharakat, oçiq köngil Milena va xömraygan, hafahol qiyofali, heç kimga işonmaydigan Fransni birga körganlar hayron qolişardi. Şunga qaramasdan, Milena Frans injiqliklarini kötaroldi, qölidan kelguniça unga yordam berdi. Milenada hayotga bölgan işonç va şijoat şu qadar kuçli ediki, istar-istamas Frans ham unga ergaşardi, unga jör bölib hayot şodliklaridan qisman bahramand bölardi. Kafka butun qalbini Milenaga bağişladi, balki u faqat Milena bilan birga bölgan davrida dilidagi gaplarni aytişga jurʼat etolgandir. Bu bir faraz.

Darvoqe, Kafka Milena bilan birga bölgan onlarini hayotidagi eng yaxşi kunlar deb hisoblagan va Milenaga yozgan hatlarida bunga özi ham ikror böladi. Kafkaning Milena Yesenskaya bilan işqiy keçinmalari, alamli tasavvurlari uning öşa paytda yozilgan “Qasr” romani syujetida öz aksini topadi. Roman qahramonlaridan biri Frida obrazi aynan Milenaning prototipi, Klamm esa uning badavlat bankir erini eslatadi.

1921-yil Kafka öz kundaliklari va ayrim romanlari (“Qasr” va “Amerika”) ning qölyozmalarini Milenaga topşiradi. Ular, ança vaqt ötib, Kafka vafotidan söng, dunyo yuzini kördi. Eng açinarlisi, muallif hatto 1918-yilda yozilgan “Jarayon” romanining ham naşrini körolmay olamdan ötib ketdi. Roman 1925-yilda çop etildi.

Taşqi olam qarşisida himoyasiz bölgan, hayotning zohiriy tomonlariga moslaşa olmagan Kafka qattiq azob çangalida yaşadi. Bu esa unda hayot oldida, odamlar oldida aybdorlik hissini uyğotardi. Kafka öz otasi orzu-havasini röyobga çiqara olmaganidan ham xijolatda yaşadi. Savdo firmasini boşqargan otasi German Kafka öğlining kelajakda taniqli huquqşunos yoki savdo işining davomçisi böladi, deb işongan edi. Ming afsus, bunday bölib çiqmadi. Qatʼiyatli ota oldidagi aybdorlik hissi Kafkani butun hayoti davomida taʼqibga oldi, qöyib yubormadi. Bundan iztirob çekkan adib 1919-yil “Otamga xat”ini yozadi, biroq uni otasiga yöllaşga özida kuç topa olmaydi. Bu xat 1966-yilga kelib Maks Brod tomonidan naşr qilindi. Taʼkidlaş lozimki, otasi bilan bölgan murakkab munosabatlari Kafka hayoti va ijodining yaşirin qirralarini oçib berdi.

Şu maʼnoda Kafkaning “Evriliş” novellasi köp jihatdan avtobiografik xarakterga egadir. Rus adabiyotşunosi A.Karelskiy uşbu novellani muallifning öz “otasi va oilasi oldidagi aybdorlik kompleksining ulkan metafora”si, deb atagan edi. Uning fikriga qöşilmasdan ilojimiz yöq.

Yuqorida taʼkidlaganimiz, novella boş qahramoni Gregor Zamza dastlab kitobxon köz öngida noçor (rödapo!) odamdek köriniş beradi. Oilani şarmanda qilgan Gregor ilojsiz holatga tuşib qoladi, ahvoli juda tang. Şu bois ham, u özining evrilişidan vahimaga tuşmaydi. Dastlabki talmovsiraşdan qutulib, Gregor özining yangi ahvoli, aniqroği qiyofasiga moslaşişga harakat qiladi. Oilasi ham sodir bölgan voqeadan ilk hayajonni bosib, qanday bölmasin bunga könikişga harakat qiladi. Bahaybat qönğizga aylangan öğilning ölimi esa oila aʼzolari tomonidan yengil nafas-la qabul qilinadi, ularning bir taşvişdan qutulgani oşkora namoyon etiladi.

Asarda aybdorlik hissi va jazo beriş ğoyasi ikkinçi planga, öziga xos tagmaʼnoga singdirib yuborilgan. Birinçi öringa esa ğam-hasratga töla allegoriya (majoz) çiqadi: uyqudan uyğongan odam özining tom maʼnoda hayotdagi yolğizligini his etadi. Bu ğariblik hatto taşqi tomondan, tong payti odamlarnikiga öxşamay qolgan qiyofada ham öz ifodasini topganini kuzatamiz. Şu tariqa öz qahramonining maʼnaviy, ruhiy, qolaversa aqliy yakkalanib qolganini muallif uning qiyofasini aql bovar qilmas darajadagi noxuş metamorfoza orqali tasvirlaydi.

Endi Kafka ijodining markaziy muammosi – insonning begonalaşib ketişi, öz qobiğiga öralaşib atrof muhitdan uzoqlaşişi masalasiga eʼtiborimizni qaratadigan bölsak, yozuvçi fikriça, odamoviga aylaniş, yovvoyilaşiş – bu inson borliğining bemaʼniligi va bemaqsadligining umumiy, qolaversa başariy muammosiga aylanib borayotganligidir.

Agar Gregor Zamza (“Evriliş”), “Akademiya uçun hisobot”dagi maymun va “Uya”dagi kemiruvçi hayvon taqdirlarini özaro qiyoslasak, uşbu asarlarning asosiy ğoyasi – inson hayotining bemaʼniligini tan oliş va odamning odam qiyofasidan çiqib ketişi, odamsimon mahluqqa aylanişi muqarrarligi ğoyasi ekanligini anglab yetamiz.

Kafkada begonalaşib ketiş, odam qiyofasini yöqotiş zamon va makonga taalluqsiz, öziga xos abstraksiyadir. Bu ğoya esa kişi va jamiyat örtasidagi munosabatlar tabiatidan mantiqiy ravişda kelib çiqadi.

Kapitalizmda ijtimoiy munosabatlar tizimini ham, şaxs ongining ahvolini ham kuzatgan Kafka uşbu tizimda odam va şaxs örtasidagi özaro munosabatlarni tuşuna olmadi. Milena Yesenskayaning yozişiça: “Uning uçun hayot boşqa odamlar tasavvurida nimani anglatayotganidan keskin farq qilardi, jumladan pul, birja, sarroflik dökoni, yozuv maşinkasi Kafkaga ğayritabiiy körinardi”.

Bu narsa balki Kafka tasavvurida kapitalistik munosabatlar asosida qurilgan jamiyatning tub mohiyati – moddiy dunyoga sajda qiliş, işlab çiqarişning kapitalistik usulidagi mehnat mahsuliga aylanayotgani ijtimoyi belgi (mol-dunyo) sirini topganini anglatganmikin? Aksinça, Kafka “dunyodagi vaziyat” va “ruhiy holat” örtasidagi ijtimoiy munosabatlarni mavhum tarzda tuşungan. Aynan “Jarayon” romanida uşbu munosabatlar haddan ortiq mavhumlaştirilganligini kuzatamiz. “Evriliş”, “Akademiya uçun hisobot” va “Uya” novellalarida Kafkaning “dunyodagi vaziyat” borasidagi tasavvurlari ham öta mavhum. Uşbu tasavvurlar aslida bitta qolipga joylaştirilgan: ğaribi benavo odam – adovatli dunyo körinişida talqin qilinadi. Begonalaşib ketiş, yovvoyi mahluqqa aylanişning mazmuni muallifning dunyoni his etişiga hamohang bölib, dunyo bilan “sulh tuziş” yoki “könikib ketiş”ga qobiliyati yöq, buning udasidan çiqa olmaydigan şaxsning abadiy yolğizligi, notavonligi, ojizligidandir. Bu aslida peşonaga bitilgan begonalik, yetti yot bölib ketişning mavhum ğoyasi. Yotsiraş, odamovilik, yakkalanib qoliş, tuşkunlikka tuşiş hollarini heç bir vaziyatda bartaraf qilib bölmaydi.

Şaxsning fojiali yolğizligi oldini olib bölmaslik Kafka ijodining asosiy mavzusiga aylandi, çunki u butun borliqni qurşab olgan tajovuzkorona muhitni, özini örab turgan oğir şaroitni çuqur his etgan, öziga juda yaqin olgan, behisob mol-dunyo töplaş va nafs balosiga yöliqiş insonga töğri kelmasligini teran anglagan.

Taqdir Kafkaga badxohlik qildi. Uning butun oilasi faşistlarning konsentratsion lagerlarida dom-daraksiz yöqolib ketdi, ijodi esa burjua jamiyatining tilsiz qurboniga aylandi. Kafka hayot bölganida bu oğir judolikka bardoş berolmagan, mudhiş muhitda yaşay olmagan bölarmidi. Adib vafotidan söng, adabiy tanqidçilik tahqirona tarzda uni köklarga kötardi, muqaddas but-sanamga aylantirdi. Rus munaqqidi Lev Kopelev taʼkidlaganidek: “Kafka ijodi zamonaviy subyektivizm taraqqiyotining oxirgi meʼyori, oxirgi çegarasining ifodasiga aylandi. Bu çegara ortida esa sanʼat yöq, umuman heç narsa yöq…”, edi.

Voqea-hodisalar, obrazlar, fikrlar, odamlarning xatti-harakatlari Kafka asarlarida aksariyat hollarda bir-biriga boğlanmagan, xuddi alahsiragan uyqudan keyin dahşatga tuşiş holatidek, ruhiy kasal kişi aloğ-çaloğ fikr va tasavvurlarining parçalaridek mantiqsiz körinadi.

Kafkaning “jaholatparast tarğibotçilari”, “nodon madhiyaçilari” uning ijodidagi tuşkunlik kayfiyatni, umidsiz ruhda yangraydigan ohanglarni, zaif jihatlarini börttirib körsatişga harakat qiladi. Obyektiv reallikka, inson ongiga, tafakkuriga işonmaslik, umuman Insonga bölgan işonçsizlik deb qabul qilinişi, talqin etilişi mumkin bölgan narsalarnigina taʼkidlaydilar. Kafka nafaqat ğayritabiiy hodisalarga moyillik, aqlga siğmaydigan voqealarni tasvirlaş, mantiqqa zid fikr-mulohazalar yuritiş bilan band böldi, balki ijtimoiy illatlarni ham ayovsiz tanqid ostiga oldi. Inson va insoniyat boşiga tuşgan kulfatlarga hamdard bölib, uşbu balo-ofatlarni haqqoniy tarzda, bir-birini taqozo etişda va özaro aloqada emas, balki çuqur uyqu, xayolda yoki alahlaganda köringan narsalar, sirli va ğalati sarob orqali tasvirlaşni afzal körgan edi. Aynan şundan Kafka yaratgan asarlarni tuşunişning murakkabligi, talqin qilişdagi ziddiyatlar kelib çiqadi. Bu esa, öz örnida, Kafkani modernist ijodkor deb ataşga izn beradi, uning tafakkuri. Uning xayoloti zulmatdagi nurdek yoruğ va teran edi.

Maʼlumki, hayoti poyoniga yetayotganini his qilgan Kafka barça qölyozmalarini yöq qilib taşlaşni vasiyat qilgan, naşr qilingan kam sonli hikoyalarini esa qayta naşr qilişlarini taqiqlab qöygan. Aslida bu ölim öz oğuşiga olgan adibning qörsligi yoki telbaligi degani emas. Maktub va kundaliklarida Kafka özi yozganidan qanoat hosil qilmaganligi, ijodidan qoniqmaganligi, öz ijodiga işonçsizlik hissiyoti kuçayib borganini tuşuniş mumkin. Kafka “özining maşaqqatli, dardga töla ijod mahsuli bölgan ğalati mevalarini uzarkan, har biridagi adabiyot ildizlarini yulib taşlaydi, poydevorini buzadi, yaqqol körinib turgan voqelikning badiiy inʼikosi, tasviriy va ifodaviy imkoniyatlarini barbod qilayotganini” özi ham teran his etgan, anglagan albatta. Kafka “yaxşi modernist bölişi mumkin, biroq asl modernizm bölolmaslik” ning yorqin namunasidir.

Xullas, realizmga qarşi çiqqan modernizm XX asr adabiyotida bir qolipda fikr yurgiziş, siyqasi çiqqan iboralarni qöllaş, eski anʼanalarga ergaşiş xislatlarini maydondan surib taşladi va u Kafka, Prust, Joys kabi yorqin qalamkaşlarni dunyoga tortiq qildi.

 

Muhammadjon XOLBEKOV,

filologiya fanlari doktori,

professor

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)