1 daqiqada öqiladi

463 marta körilgan

Faqat foydasi tegadigan ilmni oliş kerak

Abdurahmon Jomiy

Abdurahmon Jomiy hikmatlaridan

* * *

Faqat foydasi tegadigan ilmni oliş kerak, foydasiz fazilatdan qoçmoq va faqat zarur narsaga quloq oçmoq lozim.

* * *

Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bölsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik bölgani taqdirda ham, u saxovat emas.

* * *

Kimning qölida quyidagi beş narsa jilovi bölsa, yaxşi hayotining garovi bölur: birinçisi – tansihatlik, ikkinçisi – omonlik, uçinçisi – rizqining mölligi, törtinçisi – sodiq döst va beşinçisi – faroğat. Kimki şu beş narsadan mahrum etilgan – xuş hayot eşigi uning oldida bekilgan.

* * *

Kiçiklarga hazilu istehzo öqin otmoq – uluğlik obrösin bekorga sotmoq va zillatu xorlik ğuboriga botmoqdir.

* * *

Agar oç bölsang, har qanday oş-non senda qattiq iştaha qözğatadi. Sen bilan ötirgan ulfatlaringda esa iştahang senga nisbatan nafrat uyğotadi.

* * *

Erta tongda oğzingga biror luqma ovqat tiqmay eşikdan çiqma, çunki töqlik xuşmuomala va çuqur mulohaza moyasi, oçlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir.

* * *

Sofdil oşiqlardan latifroq kişi olamda topilmas.

* * *

Agar mezbon dasturxon atrofida özini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan öz jigaring aʼlo va uning şarbatidan öz qoning bajo.

* * *

Bir şoir öqidi bemaza ğazal,

Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.

Dedimki, eng yuksak sanʼat bölurdi,

Şeʼring sözlari ham bölmasa aslo.

* * *

Tiş-tirnoq qolmagan keksa şerni kör, Çöloq tulki unga beradi ozor.

* * *

Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo.

Allomaning “Bahoriston” asari asosida tayyorlandi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)