Assalomu alaykum, Bobur! Omonmisiz? Rözğorni ğor deydilar, şu ğorning keng yöllarida salomat odimlayapsizmi?
Yaqinda borganimiz – öşa şeʼrxonlik keçasida “Fotoapparat va men” degan şeʼringizni öqidingiz. Bundan beş-olti yil avval sizni aynan şu şeʼr orqali ğoyibdan taniganman. Keyin kitobingiz çiqdi, ança yutuqlarga erişdingiz. Lekin baribir sizni yaqindan bilmasdim – şeʼrlaringizni köp bor özingizdan eşitgan esam-da, kitob holida tölaligiça öqib çiqmagandim. Şu bois hozirgaça yozilgan barça maşqlaringizni öqiş istagi tuğildi…
Sizga bir sirni aytsam: tabiatan kamgapman. Baʼzi hollarda aytilişi kerak bölgan gapni aytişga nimadir xalaqit berganday özimni ğalati his qilaman. Buni özimça andişaga yöyaman. Baʼzan Söz, Adabiyot, xususan, tengdoşlar ijodi haqida nimalarnidir aytgim keladi-yu, andişa qurğur tağin şaştni qaytaradi (hatto bular bora-bora anglab bölmas oğriqlarga evrildi; yozganlaringiz haqida gapirib, ora-sirada oğriqlarimdan-da söz oçsam, aybga buyurmang). Şunday bölsa-da, baʼzi mulohazalarni aytişga jazm etdim. Aytajaklarimni faqatgina oddiy kitobxon va ijodingizni doimiy kuzatib boruvçi döstingizning fikrlari, deb qabul qilgaysiz.
…Kitobingizga kirgan avvalgi hamda sönggi bir-ikki yil içida internet saytlari va gazeta-jurnallarda eʼlon qilingan şeʼrlaringizni diqqat bilan öqidim. Beş yil avval “Birinçi kitobim” loyihasida naşr qilingan “Közlarimdagi dunyo” töplamingizdagi şeʼrlar bilan keyingi yozilgan maşqlaringizni taqqoslab kördim: xöş, şoir ösibdimi? Şeʼrdan-şeʼrga ösganingiz yaqqol sezilmasa-da, lekin söz tanlaş, ifoda usulingizda yaxşigina sayqallaniş bor. Özingizni qiynamasdan yozasiz, aql va tuyğuning omuxtaligi sezilib turadi.
Yozganlaringizda közga taşlanib turadigan birlamçi jihat bu – falsafiy muşohada yuritişga uriniş. Deyarli har bir şeʼringiz şunday muşohadalar zamiriga qurilgan. Haqiqatan, ayrim şeʼrlaringizda tasvirlanayotgan voqelikdan yaxşigina falsafiy xulosalar çiqarasiz. Holat tasvirini çizişda ham originallikka intilişingizni taʼkidlaş kerak. Tuyğulari harorati köngilga iliqlik olib kiradigan “Olapar”, “Fotoapparat va men”, “Yuborilmagan suratlar” kabi quyma satrli şeʼrlaringiz borligini-da köpçilik yaxşi biladi.
“Bir köngil östirsang içingda…”, “Bir kun yiğlamasa ahli bolalar…” deb boşlanadigan şeʼrlaringiz pafosi bilan boşqa bitiklaringizdan ajralib turadi. Bir qaraşda ularda öyçanlik va hazinlik borday tuyulsa-da, lekin mohiyatan lirik qahramonning ertangi kunga, yoruğ kelajakka işonçu etimodi seziladi. “Bir kun yiğlamasa ahli bolalar…” deb butun dunyoda boşlanuvçi şeʼrda maqsad-muddao har bandda takrorlanib keladigan “Bir kun” birikmasi zamiriga qurilgan: bir kun bölsa ham öq otilmasa, bolalar uyi böşab qolsa, qaniydi motam bölmasa, köngli borlar bir-biriga yetişsa, dunyo özini sal kengroq sezsa, deb yoruğ kunlar kelişiga umid qilinadi. Bu işonç har band oxirida takrorlangan “Öşa kun kelarmi, öşa kun bormi?” ritorik söroğida yanada reallaşadi.
Lirik qahramoningiz ötmişni muşohada qilarkan, kelajakka umid bilan qaraydi. U eʼtiqodda (keng maʼnoda) sobit, zamondoşlarini maʼnan komil INSON sifatida körişni orzu qiladi. Asosiysi, u fikrlaşdan, öz qalbini örtaşdan töxtamaydigan şaxs.
…Bilasiz, durustgina şeʼrlari bilan uç-tört marta matbuotda körinib, ustozlar nazariga tuşgan tengqurlar orasidagi bir-ikki yilni hisobga olmasak, salkam öttizga yaqinlaşib qoldik. Ayrimlari ikki-uç töplam eʼlon qilişga ulgurdi. Ammo… hali heç birimiz öz yölimizni topolmayapmiz – ijod qolib, hissiyotlarimizni söldiradigan, könglimizni xiralaştiradigan mayda yumuşlarga öralaşib yuribmiz. Buni baʼzan tan olgimiz keladi-yu, lekin qaysidir vajlar sabab özimizni oqlaşga urinamiz: tirikçilik, yaşaş ham kerak-da, deb qöyamiz… Taassufki, şoir aytganidek, bizni mayda taşvişlar yengyapti. Endi ayting: buyuk orzular, uluğ niyatlar qölimizga qalam tutqazmaganmidi?!
Esingizda bölsa (beş-olti yil avval), öziga xos ohang va ruh bilan şeʼrlar yoza oladigan bir neçta tengdoş yigit-qizlar adabiy tögaraklarda qizğin muşoira qilişardi. Köpçiligimiz ularning gözal şeʼrlariga muxlis edik. Baʼzilari ustozlar mehrini qozonib ulgurgan edi. Lekin… Gohida özimga savol beraman: yoniq şeʼrlari bilan katta umid uyğotgan öşa yoşlar hozir qayerda? Öşa paytda özlari kuylagan Söz va Adabiyotga sodiqlik tuyğulari muvaqqatmidi?..
Savollar iskanjasidan qutulib, özimça javob izlayman: nazdimda, ularning köpçiligi öz isteʼdodlarini asraşga ojizlik qilişdi. Baʼzilari ustoz şoirlarning maqtovidan taltayişdi, bora-bora özlaridan boşqani tan olmay qöyişdi. Rauf Parfi aytganiday, ularni maqtov – şirin oğu şirin öldirdi. Ayrimlari minbar şoiri böliş hadisini yaxşi özlaştirişdi: balandparvoz şeʼrlar aytişni urfga aylantirdilar. Kimningdir bir neça ming nusxada kitobi çiqqaç, qalam haqining sururidan havolanib yurdi, yana kimdir turli tanlovlarda ğolib bölib, diplomu yorliqlar olgaç, ularning orqasidan keladigan imtiyozlarga uçib, turli maqomlarga yörğalab ketdi.
Katta va butun adabiyotni katta va butun avlod yaratadi. Buni ötgan asrning yetmişinçi yillari avlodi misolida körişimiz mumkin. Endi savol: biz butun avlod bölişga intilyapmizmi? Afsuski, yöq! Çunki boya aytganimday, köpçiligimiz özimizdan boşqani tan olişni istamay qöydik. Soçilib ketgan mağlub laşkarning askarlariday tarqoq holda foydasiz tizmalar tiziş bilan bandmiz. Ijtimoiy hayotga, adabiy jarayonga şaxdam qadam bilan kirmaymiz, özimizni şoir sanaymiz-u, ammo millat, xalq, vatan oldida nainki şoir, oddiy bir yurt farzandi sifatida arzirli iş qilganimiz yöq. Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kimdir maqtab qöysa, şu bilan özimizni katta şoir hisoblab, tağin havolangiz. Birov aytmaydiki, ö, birodar, haqiqiy ijod yerdagilarga kerak, pastga tuşib yoz, deb… Birinçi navbatda, özimiz şaxs sifatida butun bölişga intilmoğimiz kerak, deb öylayman. Şundan söng özimizni millat taqdiriga daxldor sezgan holda, bir maqsad yölida birlaşmoğimiz lozim. Butun avlod bölmasak, millatni, adabiyotni yoruğ kelajak sari qanday yetaklaymiz!?
Uzr, mavzudan biroz çiqib ketdim. Bu mulohazalar sizni ham öylantirişiga işonganim uçun arzihol qildim şekilli. Tağin ijodingizga qaytsam. Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan “Muddao” badiangizni öqigandim. Iqtibos keltiraman: “Yaxşi şeʼr qaçon esda qoladi? Menimça, unda yarq etgan voqea bölsagina. Öşa voqelik, öz navbatida, çuqur maʼno taşimoği ham lozim. Baland terakning ildizini qurt-qumursqalar yeb bitirsa-yu, “qars” etib yerga qulasa – bizga nima, deymiz. Biroq öşa terak bir inson siymosi bölsa-yu, öz xatolari tufayli yengilib, hammamizga ibrat bölolsa – bu boşqa gap. Aslida şeʼr birgina misra bölib dunyoga keladi. Qolgan satrlar öşa misraning kuçayişiga, mavzu mohiyatini çuqurroq oçib berişga xizmat qilişi kerak”. Fikrlaringizga qöşilaman. Bularni köp bor davralarda ham aytganingizni eşitganman. Bu mulohazalar öz ijodingizga-da töla mos keladi: yozganlaringizni öqigan kişi şeʼrlaringiz haqiqatan bitta misra zamiriga qurilganini sezadi (hatto “Kuraş” şeʼringizda insonning jisman va maʼnan yiqilişini daraxtning qulaşiga mengzagansiz).
Töğri, ilhom yolqinlari bilan alanga olgan oniy hissiyot – anglab bölmas ajib bir tuyğu (fikr) şoir xayoli (köngli)dan nur tezligida “yilt” etib ötadi. Şoir öşa keçinmani qoğozga tuşirmaguniça tinçimaydi. Darhaqiqat, şeʼrda poetik maqsad-muddao öşa bir fikr atrofida birlaşib, uning mohiyati qolgan misralar kömagida yanada tiniqlaşadi. “Kuraş”, “Kimyogar döstimning öylari”, “Tanga”, “Bitta çolni kördim sahroda…” kabi şeʼrlaringizda fikrlar banddan bandga kuçayib boradi. Körinadiki, ularni bir nafasda, köngil keçinmalarini aql çiğiriğidan ötkazib qoğozga tuşirgansiz. Heç qanday yasamalik, zöriqiş yöq.
Bitiklaringizni sinçkovlik bilan öqib amin böldimki, şeʼrlaringizdagi lirik qahramon şaxsiyatingizdan uzoq bölmagan odam. U ham xuddi sizday öyçan va oğir-bosiq inson; mulohazakor, har bir voqelikdan falsafiy xulosa çiqara oladigan tiyrak nazarli şaxs. Bu sizning yutuğingiz. (Umuman, ijodiy yutuqlaringiz haqida ustozlar, tengdoşlar tomonidan ança iliq fikrlar, maqtovlarni eşitgansiz. Ularni takrorlamoqçi emasman) Aslida, şoirlik ham şu-da: ijodida şaxsiyati, şaxsiyatida ijodi körinib turgan qalam ahligina asrlar oşa xalq qalbida saodatli yaşaydi. Tarixga boqing: hazrat Rumiy, hazrat Navoiy, Puşkin, Qodiriy, Tolstoy, Oybek, Şavkat Rahmon…
Öşa badiangizda şunday fikrlar ham bor edi: “Şeʼr yaxlit bir asar sifatida taassurot qoldirmas, uning ğoyasi avvalo inson qalbida aks sado bermas ekan, bunday töqimalarning bir satri ham yaşaşga loyiq emas, deb öylaysan kişi”. Siz haqsiz. Erkin Vohidovning “Majnuntol”, “Sevgi”, “Yurak va aql”, Abdulla Oripovning “Munojotni tinglab”, “Bahor kunlarida kuzning havosi…”, “Bahor”, Rauf Parfining “Yomğir yoğar, şiğalab yoğar…”, “Uyğon, ey malagim…”, “Ona Turkiston” kabi şeʼrlaridagi misralar şunday quyma va tabiiyki, ulardagi biror sözni boşqasiga özgartirsangiz butun boşli şeʼrning poetik ohoriga putur yetadi. Demak, ularda maqsad asosiy gapni bitta misrada aytib oliş emas, balki köngildan keçgan dardu hasratlarni har bir misra qatiga singdirişga uriniş bor (tasodifni qarangki, ustoz şoirlar uşbu gözal şeʼrlarni ayni bizning yoşimizda yozişgan. Qaysi birimizda şunday bitiklar bor?!).
Sizning “Fil falsafasi”, “Karkidon”, “Yuk” kabi şeʼrlaringiz kişida oxirgi banddagi fikrni aytiş uçungina yozilganday tasavvur uyğotadi. Ularda köproq bayonçilik böy körsatadi: faqat voqeani tasvirlaş birlamçi bölib qolgan. Mazkur şeʼrlarni öqiy boşlagan kişi yakunda boşqaçaroq xulosa kutadi (şaxsan menda şunday bölgan). Taassufki, sönggi banddagi xulosaviy fikrga çalğib, biroz sustkaşlikka yöl qöygansiz.
Ayrim şeʼrlaringiz balandroq bitiklaringiz soyasida qolib ketadi: mazmuni böşroq. Masalan, “Taqa” şeʼringizda terakdan darvoza yasalgani aytilib, uni kimdir tepib ötgani, yana kimdir tayoği bilan turtgani (?), boşqa birov esa tilib (?) körgani haqida gap boradi-da, oxiri:
U eng gözal darvoza edi,
Endigina yasalgan damlar.
Taqa uni çindan asradi,
Asrolmadi faqat odamlar, –
degan satrlar bilan tugaydi. Misralar oddiy gapligiça qolgan, ularda poetik ohor, badiiy-estetik yuqumlilik yetişmaydi. Töğri tuşunasiz degan umid bilan aytamanki, töplamingizdagi “Jaloliddin Manguberdi monologi” va “Qöllar” kabi şeʼrlarni ham jiddiy körib çiqib, qayta işlaş zarur, deb öylayman.
Esingizda bölsa, bir tanqidçi akamiz şeʼrlaringizni eşitgaç, ulardagi voqeabandlikni payqadi çoği, siz haqda “Kelajakda nasrga ötib ketişi mumkin” degan “başorat” qildi. Yana bir ustoz şoir siz haqingizda “Bu yigitning şeʼrlarini çet tillarga tarjima qiliş önğay ekan. Sababi tarjima jarayonida his-tuyğularni töla-tökis ifodalaş qiyin, tasvir, syujetni esa boşqa tilga ögiriş mumkin” degandi. Bu fikrlarda jon bor: haqiqatan, deyarli barça şeʼrlaringiz syujet asosiga quriladi. Sizda holatdan köra köproq harakatni tasvirlaşga uriniş bor. Buni nuqsonga yöymoqçi emasman, bunday usul adabiyotimiz tarixida köp uçraydi. Lekin şeʼrda faqat voqeabozlikka intiliş şeʼrxonni zeriktirişi mumkin. Şu örinda badiiy ijodning oltin qoidasini eslatgim keldi: nima bölganini emas, qanday bölganini tasvirlaş muhim-ku!
Voqeani keltirib, oxirida falsafiy fikr aytiladigan şeʼrlarda tuyğularga erk bermasdan, aqlga tayaniladi. Bunday şeʼr esa faqat intellektning mahsuli bölib qolişi mumkin. V. Belinskiy “M. Lermontov şeʼrlari” maqolasida poeziya haqida fikr yuritar ekan, ijodning asosi ilhomdir, aql va hisob-kitobning aralaşuvi esa ijodga duşmandir, deydi. Olim sof köngil keçinmalarining aql daxl qilmay turib qoğozga tuşişini ilhom deyayotgan bölsa ajabmas. Darhaqiqat, çin maʼnodagi şeʼr, avvalo, ruhiyat tasviri, his-tuyğu manzarasi bilan töyingan bölişi kerak. Şoir şeʼrda aqlning emas, köngilning ravişiga böysunmoği lozim, nazarimda…
Bobur, siz haqda yana bir muhim gapni alohida taʼkidlamoqçiman. Odatga köra, ijodkorning darajasi uning yozganlari, aniqroği, qalamga olgan mavzusining badiiy salmoğiga qarab belgilanadi. Lekin aksar hollarda şoirning pozitsiyasini, Sözga, Adabiyotga, qolaversa, başariyat uçun muqaddas va aziz bölgan oliy tuyğularga eʼtiqodi hamda ixlosini qaysidir mavzuda yozmaganligi (aslida, bunga özini maʼnaviy haqdor deb bilmasligi) bilan ham anglaş mumkinday göyo.
Aytmoqçimanki, sizning Vatan haqida “jöşib” yozilgan “jimjimador” şeʼringiz yöq. Nuqul öksinib, oğrinib, nimalardandir bezgan köyi onangizni savollarga tutadigan “nolişnoma”laringizni ham körmaganman. Xatni olmagani uçun özini haqoratlanganday sezib, qizdan arzu dod qilguvçi oşiq dardlari aks etgan misralaringizni-da bilmayman. Şu fazilatingiz bilan ham boşqa tengdoşlardan ajralib turasiz, desam mubolağa bölmas. Demak, siz bu mavzularga mos öz jozib sözingizni hali topa olmaganingizni anglagansiz. Şuning uçun “kindik qonim tökilgan zamin”, “jannatmakon yurt”, “seni yuksaklarga kötaraman” degan siyqa misralarni aytişdan özingizni tiyyapsiz. Ona haqida ham tomoq yirtib, har bandda “Ona-a” deb yasama soğinç bilan şeʼr yozişni ham ep körmayapsiz (demak, ona haqda eng gözal şeʼrlaringiz endi yaraladi). Sevgini qarama-qarşi jins vakillarining bir-biriga bölgan tabiiy mayli deb tuşunmasligingizni “Tanga”, “Ovozimni yozib oldi bir kişi…” kabi gözal şeʼrlaringiz isbotlab turibdi.
Yaxşi eslayman: 2012-yili “Yoşlik” jurnalida ustoz Abdulla Oripov sizga oq yöl tilab, işonç bildirgan edi. Taskin şuki, siz şu işonçni oqlaş yölida ildamlayapsiz.
Qalbingizni asrang. Yoruğ şeʼrlar yaralişida Yaratgan madadkor bölsin!
Husan MAQSUD
1991-yili tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining özbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. “Oşiq şarhi holi ifodasida badiiy sanʼatlarning örni (Alişer Navoiyning “Ğaroyib us-siğar” devoni misolida)” risolasi naşr qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


