Dangasa
Maqsadiga erişgay
Intilsa kim, çopsa kim.
Hatto qorni yondirar,
Qalovini
Topsa kim.
Jon koyitmas dangasa,
Izlaş tugul qalovni –
Öçiradi, erinib,
Yonib turgan
Olovni!
Çaqaloq
Oilada eng kenja
Ukam hali çaqaloq.
Beşikda jim yotmaydi,
Tinçimaydi baqaloq.
U nimadan bezovta,
Nega hadeb yiğlaydi?
Tuşuniksiz holati
Bağrimizni tiğlaydi.
Bu serğalva dunyoda
Köpdir tösiq va ğovlar.
Çöçitarmi uni yo
Oldidagi sinovlar?
Dunyo va men
Qoldim ança ulğayib,
Töldim sakkiz yoşimga.
“Burningni art!” deb endi
Teginmaydi ğaşimga.
Qora nima? Oq nima?
Fahmiga tez yetaman.
Boqib rangin olamga
Sirlarin kaşf etaman.
Baʼzilar-çi, qöl siltar,
Dunyo juda qarimiş.
Uning yoşi million
Yillardan ham narimiş.
Közoynakli olimlar
Sözlaşadi lof bizga.
Dunyo – mening tengdoşim,
Endi kirdi sakkizga!
Tarbiya
Mening otam ajoyib,
Tarbiyasi qiziqdir.
Har tarafim – çegara,
Har tarafim çiziqdir.
Bundan xafa emasman,
Qilar aqlu huşim jam.
Ular borki, maqsaddan
Çalğimayman sira ham.
Otam belgi qöyişni
Etganmikin faromuş –
Uçrar oçiq manzillar,
Töxtarman jim va xomuş.
Hayotning zil yukini
Men yelkamga ortarman.
Çegara yöq yölimga,
Özim çiziq tortarman!
Buvamning naqli
Oşsa hamki yetmişdan,
Buvam çaqqon va tetik.
Işlar uzzukun boğda,
Oyoğida zil etik.
Mehr berib, yaşnatib,
Ardoqlar har daraxtni.
Jini suymas landovur,
Vujudi şol, karaxtni.
Baʼzan horib-çarçasa,
Yostiğini tuzatib –
Deymiz: “Endi yoting-da
Siz ham oyoq uzatib”.
Buvam kular: “Tirik jon
Lozim mehnat etmoği.
Özi qarib, zaminni
Yaşartirib ketmoği!..”
Varraklar
Parvoz etar varraklar
Osmon işqi bilan mast.
Qay birining avji zör,
Qay birining maşqi past.
Ey, öğlon! Sen havoyi
Orzulardan yonma heç.
Quvon yursang ham yerda,
Özligingdan tonma heç.
Varraklarning qismati
Erksizlikdan doğliqdir.
Parvoz umri ipidan
Tutganlarga boğliqdir.
Jasorat
Jasoratdan baʼzilar
Lof urişar valdirab.
Ammo xatar tuğilsa,
Zir qoçişar qaltirab.
Yölaşga ham çöçişar
Biror yirtqiç yoniga.
Qaysi ahmoq qasd etgay,
Axir, şirin joniga?
Alamzada muşt tugib,
Şum xayolga tolgaylar.
Yölbarslarning öçini
Muşuklardan olgaylar.
Keksa çavandoz
Unga harif yöq edi
Bir zamonlar uloqda.
Xaloyiqning olqişi
Yangrar hamon quloqda.
Qarilikka egdi boş,
Tanida yöq kuç, darmon.
Unga endi ot tugul,
Eşak miniş ham armon.
Bolaligin eslab goh,
Közida mung zorlanar.
Hassasini ot qilib,
Çopay desa… orlanar!
Şoir akam Rustam Nazar haqida öylaganimda boladek beğubor bir inson köz oldimga keladi. U kişini bir söz bilan “isteʼdodli odam edi” deb aytsa böladi. Isteʼdodli odam esa betakror böladi. Şu bois ham uning şeʼrlarida ruhan erkinligi, öziga xosligi sezilib turadi. Şoirdan farzandlarimiz uçun mağzi töq şeʼrlar qoldi. Heç ikkilanmay aytiş mumkin: şoirning şeʼrlari bolalarimiz yuragida yaşayveradi.
Dilşod RAJAB,
filologiya fanlari nomzodi
Rustam NAZAR
(1949 – 2012)
Respublika rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi ÖzDJTU)da
tahsil oldi.
“Yaşasin quyoşli kun”, “Rangli favvora”, “Möjiza” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida