Singan çiziqlar
Ming bora tikilgin, ming bora qara,
Singan çiziqlarni köra olmassan.
Suvratiga emas, siyratga qara,
Şunda haqiqatni körib tolmassan.
Otam va onaizorim
Har gal igna sançilganda tanamga,
Göyo xanjar uriladi onamga.
Har gal darddan çekkanimda oh, fiğon,
Otam azob tortar mening örnimga.
Ular yuzlarida tabassum körsam,
Farzandlar qatori xizmatda tursam,
Qarzim uzilarmi yoruğ dunyoda,
Ota-onam izin közimga surtsam.
Yaxşiyamki bahor keldi
Bahor guli iforlari dimoğimni qitiqlar,
Közlarimning jilosini eslatadi şudringlar.
Sening bosgan izlaringdan undi tikan, çağirlar,
Sendan qolgan xotirani yuvib ketdi yomğirlar.
Bahor suvin simirib, yomğir kuyin çalaman,
Şamol bilan quvlaşib, yozni tutib olaman.
Kuzda mahzun barglarni köksim bilan tösaman,
Sovuq qişning qahrini mehrim bilan kesaman.
Yurakdagi böşliqlarga tölib ketdi lolalar,
Ötib ketgan qahratonda qolib ketdi nolalar,
Yaxşiyamki, bahor keldi, yangi böldi yaproqlar,
Sendan qolgan eski dardni kömdi saxiy tuproqlar.
Şahlo Qurbonova
(1977–2014)
Şahlo taqdir taqozosi bilan 11-12 yoşlarida qandli diabetning oğir turiga duçor böldi. U bedavo dardga çalinganiga qaramasdan maktabni aʼlo baholarga tugalladi. Ota kasbi musavvirlikka ixlos qöyib, dastlab sobiq Benkov nomidagi sanʼat kollejini, keyinçalik esa Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutini ham bitirdi. U ajoyib rasmlar çizdi, sanʼat kollejida yoşlarga saboq berdi. Aniqroq aytganda, ayrim tört muçasi soğ insonlardan köra samaraliroq mehnat qildi. Şahlo sanʼatning rassomçilik turi bilan kifoyalanib qolmay, bir qator gözal va dardli şeʼrlar yozdi. Men bu qizimizni ijodkor sifatida badiiy jihatdan puxta, zör şeʼrlar yozdi, deya olmayman. Muhimi, öz şeʼrlarida hissiyot va dardlarini öziga xos ifodalaşga harakat qildi.
Bu ibratli hayot yöli har birimizni mulohaza qilişga, umrimizning omonatligiyu şu berilgan fursatda yaxşi işlar qilişga, asosiysi, inson bölib yaşaşga daʼvat etişi bilan qimmatli, deb öylayman.
Abdumajid AZIM,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida