3 daqiqada öqiladi

662 marta körilgan

Agar örganişni istamasang…

Bernard Şou

Bernard Şou hikmatlaridan

* * *

Bolalarni töğri tarbiyalaş uçun ota-onalar farzandlariga aslidagiday körinişi kerak.

* * *

Agar sizda bitta olma, menda bitta olma bölsa va biz ularni alişsak, har ikkimizda bittadan olma qoladi. Agar menda bitta ğoya, sizda bitta ğoya bölsa va biz ularni alişsak, ikkovimizda ham ikkitadan ğoya böladi.

* * *

Dunyo işlamay pul topişni istaydigan bekorçilar, boyimasdan işlaşga tayyor nodonlarga tölib yotibdi.

* * *

Yoşligimda yozganlarim tökis emasligidan jahlim çiqardi. Özimning birinçi qadamlarimni boşqalarning sönggi qadamlari bilan soliştirar va, tabiiyki, katta farqni körib qayğuga tuşardim.

* * *

Baxt ortidan quvib, uni topgan odam burni ustida turgan közoynagini qidirib, söng topib sevingan kampirga öxşaydi.

* * *

Yolğonçiga berilgan jazo unga boşqalar işonmay qöygani emas, u boşqalarga ortiq işona olmasligidir.

* * *

Jamiyatga optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qöşadi. Optimist samolyotni öylab topgan bölsa, pessimist paraşyutni ixtiro qilgan.

* * *

Eng muhimi – qalbingda tartib örnatiş. Uçta narsaga amal qilamiz: nolimaymiz, ayblamaymiz, özimizni oqlaşga urinmaymiz.

* * *

Hamma narsaga ulguradigan odamlar heç qaçon dangasalik qilmaydilar, kerakli şart-şaroitni qidiradilar. Agar şaroit yöq bölsa, özlari yaratadilar.

* * *

Baxtni işlab çiqarmay turib isteʼmol qilişga haqqimiz yöq.

* * *

Zarbangga javob bermagan odamdan qörq: u seni heç qaçon keçirmaydi, keçiriş uçun öziga özi izn bermaydi.

* * *

Tasavvur ijodning boşlanişidir. Istaganingizni tasavvur qilasiz; tasavvur qilganingizni istaysiz; va nihoyat, istaganingizni yaratasiz.

* * *

Odamlarning

2 foizi – öylaydi,

3 foizi – öylayapman deb öylaydi, qolgan 95 foiz uçun esa öylagandan ölgan afzal.

* * *

Agar örganişni istamasang, hayot heç narsani örgatmaydi.

* * *

Erkaklarni seving. Sizning sevgingiz ular uçun juda zarur. Hatto ular buni heç qaçon tan olmasalar ham. Har qanday buyuk erkakning ortida unga işongan va çinakamiga sevgan ayol bor.

* * *

Ideal erkak öz ayolini ideal deb hisoblovçi erkakdir.

* * *

Unvonlar mamlakat uçun katta xizmat qilgan odamlar haqida xalqni xabardor qiliş uçun öylab topilgan.

* * *

Erkak yoki ayolning tarbiyalanganlik darajasi janjal paytida yaqqol namoyon böladi.

* * *

Odam mamlakat va insoniyat uçun qilişi mumkin bölgan eng katta xizmat – bolalarini tarbiyalaşidir.

* * *

Optimistlarning orzulari uşaladi. Pessimistlarning qörquvlari.

* * *

Erkak va ayolning döstligi bu – yo sobiq, yo bölajak xuştorlarning munosabatidir.

* * *

Soğlom odam umurtqasi borligini bilmaganidek, soğlom millat ham millatçilikni bilmaydi.

* * *

Imonsiz odamlar zamonaviy jamiyatda axloqsiz va pulga muhtoj ayoldan ham xavfliroqdir.

* * *

Ğazabga mingan har daqiqa­ngizda baxtning oltmiş soniyasini boy berasiz.

* * *

Hislar odamni fikrlaşga majbur qiladi, lekin fikrlar heç qaçon his qilişga majbur etolmaydi.

* * *

Faoliyat – bilimga yagona yöl.

* * *

Hayot özingni topişdan emas, özingni yaratişingdan iborat.

Omad VALIYEV

tarjimalari.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)