Bittagina yozuvçi bor edi…
Tula guberniyasi Yozuvçilar uyuşmasining inqilobdan keyingi yiğilişida söz olgan notiq ğurur bilan bir maʼlumotga urğu beradi:
– Inqilobgaça bizda bittagina yozuvçi bor edi. Hozir ular mingdan ortiq!
Şu payt zaldagilardan biri luqma taşlaydi:
– Öşa bittagina yozuvçi kim edi?
Bu safar notiqning ovozidagi salobat birdaniga yöqoladi:
– Lev Tolstoy.
Yuksak ehtirom
Heynrix Heyne oğir xasta bölganida ham takalluf bilan sözlaşni tark etmagan. Bir gal qattiq oğrib, töşakka mixlanib qolganida eski tanişi şoirni yöqlab keladi. Bu paytda xizmatkor ayollar Heyneni çoyşabga solib, karovatga olib ötişayotgan edi. Döstiga bunday noqulay holatda köringan şoir vaziyatni şunday lutf bilan “qoğozga öraydi”:
– Köryapsizmi, oşna, ayollar meni haliyam qöllarida kötarib yurişadi.
Hammasi ayon bölib qoldi…
Detektiv asarlari bilan dunyoga maşhur Artur Konan Doyl bir kuni yirik bankirlarga telegramma jönatadi. Yozuvçining hazil xabarnomasi qisqagina edi: “Hammasi ayon bölib qoldi. Tezda yaşirining”. Ertasi kuni xabar jönatilgan 12 nafar bankirning barçasi Londondan juftakni rostlaydi…
Nega men tirikman?
Bir kuni tahririyatning Mark Tven işlaydigan bölimiga örtamiyona muallifning bir dasta bemaza şeʼri kelib tuşadi. Ularga “Nega men tirikman?” degan umumiy sarlavha qöyilgan edi. Yozuvçi qölyozmani egasiga qaytarar ekan, sarlavha ostiga şunday izoh yozib qöyadi: “Çunki siz tahririyatga şeʼrlaringizni özingiz olib kelmadingiz, poçta orqali yubordingiz”.
Şaxsiy kitoblarni asraş uçun
Taniqli fransuz yozuvçisi, adabiyot yönalişida Nobel mukofoti sovrindori Anatol Frans ötkir fikrlari, lutflari, kinoyali-kulgili sözlari bilan ham şuhrat qozongan. Jumladan, uning şaxsiy kitoblarni asraş haqidagi uşbu tavsiyasi eʼtiborga molik:
“Kitoblaringizni heç kimga bermang. Aks holda, ularni qaytib körmayciz. Masalan, mening kutubxonamda birovlardan öqib turiş uçun olingan kitoblargina qolgan, xolos”.
Orifjon MADVALIYEV
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


