376 marta körilgan

Men yoşlikman, ulğaytirsin hali zamin

Mohigul Jabborova

Sovçi

Sovçi ikki bora qaytib, uç keladi.

Kuyov maqtab, tillariga kuç keladi.

Momom aytar: “Qizni hadeb saqlaybersang,

Uçdan keyin puç keladi, puç keladi”.

– Yanga, nega tuşunmaydi meni ular,

Men yiğlasam, “uyaldi” deb yangam kular.

– Egaçim-ey, qişloqlarda qiz degani

Ön sakkizga çimildiqqa kirib, kirar.

Belboği yöq, duldul mingan yigitçaning

Sovçisidan qirq toğora köç keladi.

Otam-onam bermoq bölgan javobiga

Içimdagi töfon tilga köçkiladi.

Ey sovçilar, omon böling, aslo ölmang,

Men yoşlikman, ulğaytirsin hali zamin.

Zominlik qiz köpdir, yuzi nurli-nurli,

Hali yoşman, orzuimga bölmang zomin.

Qarab turing, qadamimda gulxan yongay,

Qarab turing, çehram körib gul ham yongay.

Nigohlari behirs, haqqa öç keladi –

Yigitlarning eng yaxşisi duç keladi.

Alam

Dalada… Yangalar, qizlar kulgisi,

Qovunlarga töla qator egatlar.

Juvonlar içida soddagina bir

Paxmoq qizni ahmoq qilar yigitlar.

Mehnatga saylangan qovunçi qiz u,

Yaraşgan kulişi, kuldirişlari.

Ammo yoş boladek körsatar uni

Soddagina qovun tuşirişlari.

Uning dugonasi ketmoni edi,

Bardam edi, olmas edi sira dam.

Özi kabi oddiy, saranjom edi,

Esi töla qizning orzulari ham.

Qovunni törlatib törlagan qöli,

Xinolarga qondi, xinolar emdi.

Nima bölar endi, ne bölar endi?

Yigitlarning esa kulgisi söndi…

Nigohi tindi.

Boşqaça körardi qovunçi qizni…

Buğdoyrang tilaklar, bilaklar quçdi.

Yigit, yigitçalar yoqa yirtişdi,

Hammasin qölidan tarvuzi tuşdi…

Mohigul Jabborova

1998-yili tuğilgan. Guliston davlat universiteti qoşidagi Yangiyer akademik litseyi öquvçisi. Şeʼrlari “Navqiron ohanglar” (“Hilolnaşr”, 2013) bayoziga kiritilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.