(Hikoya)
Onasi kunduzi Layloni qöşniga qoldirib, özi işga ketadi. U tikuvçilik sexida işlaydi. Laylo qöşnining qizi Maryam bilan öynaydi. Ona-bola Maryamlarning uyidagi bir xonada yaşaydi. Laylo beş yoşda, Maryam esa undan bir yoş katta.
Bir kuni Maryamning toğasi qöğirçoq olib keldi. Öşa kuni qizaloqlar qöğirçoq bilan rosa öynadi. Qöğirçoq Layloning yonida edi, u esa butunlay öziga qolişini xohlardi. Biroq Maryam:
– Istaganingça öyna. Faqat qöğirçoq meniki, – dedi.
Layloning köngli oğridi. Kunbotarda onasi kelgaç, yugurib yoniga bordi:
– Oyi, oyi, menga ham Maryamnikidek qöğirçoq olib berasizmi?
– Yöq, olib bermayman, – dedi onasi.
– Nega?
– Çunki sen yaxşi qiz emassan.
– Oyi… Men yaxşi qizman-ku!
– Yaxşi qiz bölsang, unda nega közlaring har narsaga qarayveradi? Hali uni, hali buni xohlayman, deysan.
– Agar gaplarimga quloq solsang, zör narsa olib beraman, degandingiz-ku? Ana, endi qöğirçoq olib bering, xuddi mana bunaqasidan.
– Men, qöğirçoq, demaganman.
– Nima unda?
– Ham kerakli, ham senga yoqadigan narsa olib beraman.
– Nima?
– Etik!
– Etik?
– Ha, etik. Qulay va çiroyli etik. Uni qişda – sovuqda, qor va yomğirli havoda kiyasan. Oyoqlaring issiqqina yuradi. Bemalol yugurişing, öynaşing mumkin. Maktabga borasan. Qöğirçoq faqat öyinçoq, heç qanday işingni qilib bermaydi.
Laylo bu gapga köndi, ammo sabr qilolmadi, onasining çodrasidan tortdi:
– Etik sotvolişga hozir boraylik!
– Çarçaganman. Dam oliş kunida birga borib, etik sotvolamiz, – dedi onasi.
Laylo yiğlaşga tuşdi. Hiqilladi.
Onasining jahli çiqdi:
– Agar gapimga kirmay meni xafa qilsang, heç qaçon etik olib bermayman!
Öşa kuni ona-bola uzoq gaplaşib ötirişdi. Axiyri etik sotvolgani ertasi kuni borişga kelişişdi.
Onasi işdan vaqtliroq qaytdi. Laylo yölakda ötirar, közi eşikda edi. Onasini körib, yoniga yugurdi, oyoqlarini quçoqladi:
– Ketdik, oyijon! Etik sotib olişga ketdik!
Onasi Layloning qölidan tutdi, köçaga çiqişdi. Bir neça poyabzal dökoni joylaşgan köçaga yetib kelgunga qadar köçama-köça uzoq yurişdi. Ular dökonlar oldida töxtab, oynadevor ortidagi poyabzallarni közdan keçirardilar. Kuz bölişiga qaramay oynavand peştaxtalarda yozgi oyoq kiyimlarni ham köriş mumkin edi. Qişki poyabzal va etik ham bor edi. Laylo ilk uçragan etikni sotib olişni istadi, unga barçasi yoqardi, boşqa joyda etik bölmasa-çi, degan xavotirda edi.
– Dökonlarda etik köp. Pişiq va çiroylisini topmagunimizça aylanişimiz kerak. Şoşilişdan foyda yöq, – dedi onasi.
Köçama-köça, dökonma-dökon uzoq yurdilar. Biroq onasiga poyabzallarning birortasi maʼqul kelmasdi. Laylo oçqadi, onasi ham. Yazdi pirogidan olib, bölişib yedilar. Laylo oldinlab ketdi, bir dökonning oynavand peştaxtasida etikça körib qoldi. Onasi yetib keldi. Poyabzal unga ham yoqdi. Olib berişga rozi böldi. Etik çiroyli nöxatrang edi. Laylo kiyib kördi, oyoqlariga loyiq keldi.
– Yurib kör-çi, – dedi onasi.
Laylo yurdi. Qörquv va quvonç bilan yurdi. Yangi etikçasi bilan yerni bosgisi kelmas edi. Onasi söradi:
– Loyiqmi?
– Ha.
– Qutluğ bölsin, – dedi sotuvçi.
– Faqat biroz kattaroq, oyoğimda liqillayapti, – dedi Laylo.
Sotuvçi kuldi. Onasi:
– Kattamas! Qişda qalin junpaypoq bilan kiyasan, ozroq böş joy qolişi kerak. Agar etik kiçkina bölsa, maktabga borganingda siğmay qoladi. Oyoğing tez ösadi.
Etikning pulini töladilar. Sotuvçi poyabzalni qutiçaga solmoqçi edi, Laylo uyga kiyib ketişni xohladi. Onasining havo sovisa kiyasan, deyişiga könmadi. Yiğlab yuborguday ahvolga tuşdi.
– Qöying, kiyib ketaversin, xursand bölsin. Qutiçaga esa şippagini solib beraman, – dedi sotuvçi.
Onasi rozi böldi. Laylo qutiçani quçoqlab oldi, ular yölga tuşişdi. Laylo baxtiyor edi, onasi ham. U ilgarilab-ilgarilab borardi. Yöl yurarkan, etik içida oyoqlari liq-liq qilib ovoz çiqarardi. Laylo bir neça qadam yurar, töxtar va etiklariga qarardi. Tezroq uyga borib, yangi poyabzalini Maryamga körsatgisi kelardi.
Qoronği tuşa boşladi. Onasi juda çarçagan, boşi oğrirdi.
– Avtobusda ketamiz, – dedi u.
Ular bekatda töxtadilar. Avtobus kelgaç, böş joylardan biriga ötirişdi. Köça gavjum edi. Oqşom çökdi. Yölning ikki tomonidagi dökonlarning çiroqlari yondi. Avtobus odamlarning nafasi bilan issiq edi. Laylo onasining köksiga boş qöygança közlarini etikçalaridan uzolmasdi. Avtobus beşikday ohista-ohista tebranib, maşinalar oralab ketib borardi. Layloning qovoqlari asta-sekin oğirlaşdi, közlari yumila boşladi va uxlab qoldi. Haydovçi şogirdining ovozi keldi:
– Köprik bekati!
Avtobus töxtadi. Ona-bolaning yonida semiz va gavdali ayol ötirgan edi. U kiyim töla savatlarini kötarib, şoşilgança örnidan turdi. Joy tor edi. Savat Layloning etikçasiga tegib ötdi. Bir poyi oyoğidan sirğalib, örindiqqa tuşib qoldi. Ayol ketdi. Yana bir neça yölovçi tuşdi. Avtobus qözğolib, yölida davom etdi. Ona mudrardi. Avtobus bir maydonni aylandi. Haydovçi şogirdi ovoz berdi:
– Ahmadi maydoni!
Avtobus töxtadi. Pinakka ketgan ona sakrab örnidan turdi. Layloni uyğota olmadi. Avtobus yurişga hozirlandi. Ona qizini quçoqlab, avtobusdan tuşdi. Piyodalar yölkasiga ötdi. Avtobus ketdi. Laylo hamon uyğonmagan, onasining quçoğida edi. Ular köçaga ötib olişdi. Yöl uzun va qinğir-qiyşiq edi. Onasi xalloslar, çarçagandi. Layloni uyğotmoqçi bölardi-yu, bunday qila olmasdi. Uyga yetib kelgunça bu holatga könikib qoldi. Uy yölagiga kirgaç, Layloning etigini yeçib qöymoqçi bölib, ne köz bilan körsinki, bir poyi yöq! Tezda Layloni xona burçagiga yotqizdi va iziga qaytdi. Birma-bir qarab çiqdi, piyodalar yölkasiga ötdi, bekatga bordi. Avtobus allaqaçon ketib bölgan, etik esa yöq edi. Ortga qaytdi.
Tun çözilgandan-çözildi. Ona örin soldi. Bir poy etik uy burçagida edi. Ona etikçaning yöqolgan poyini xayolidan çiqarolmadi: agar Laylo uyğonib, etigining yöqolganini bilsa, qanday holga tuşadi, deb öylardi u.
Keçasi çiptaçi avtobusni tozalaşga kirişdi. Örindiqlar tagini supurar ekan, bir poy etik çiqib keldi. Ölçamiga qaradi. Afsuslandi. Etik bolalarniki ekan, kimdir yangi sotib olgan bölsa kerak, deb öyladi. Yap-yangi edi. Egasi topilsa, qaytarib berişni köngliga tugdi. Ammo bolani tanimaydi – kuniga ota-onasi bilan köplab bolalar avtobusga çiqib-tuşadi. Qaysi biriniki ekanini qayerdan biladi? Haydovçi şogirdi etikni çiptaçiga berdi. Çiptaçi yölovçilar bilet sotib oliş uçun kelganlarida körişi uçun xonasiga – oyna ortiga qöydi. Ehtimol, egasi topilib qolar?!
Ertasi kuni ona barvaqt uyğondi. Tahorat olib, namoz öqidi. Qöşniga yöqolgan etik haqida gapirib berdi. Qizini omonat qoldirib, uydan çiqdi. Asta-sekin tong yorişa boşladi. Yana köchani qarab ketdi, piyodalar yölkasini közdan keçirdi, etik körinmasdi. Bekatda töxtadi. Keç qolayotgan edi, avtobus kelgaç, işga jönadi.
Ertalab avval Maryam uyğondi. Layloni qidirib xonalariga kirdi. U hamon uxlab yotardi. Maryam xona burçagidagi etikni kördi. Uni qöliga olib, közdan keçirdi.
– Turaqol, tong otib ketdi! – deb dugonasini uyğotdi.
Laylo uyğonib, közlarini işqaladi.
– Qanday ajoyib etik! Çiroyli ekan, – dedi Maryam hayratlanib.
– Onam olib berdi, – dedi Laylo.
– Bir poyi qani?
– Bilmadim…
Qizlar etikning bir poyini izlab, butun uyni ostin-ustin qilib yuborişdi. Hovlidan Maryamning onasi baqirdi:
– Uyning tös-töpolonini çiqarmay, bu yoqqa kelinglar!
– Layloning etigini qidiryapmiz, – dedi Maryam.
– Behuda izlamanglar! Etik oqşom köçada yöqolibdi. Laylo uxlayotganida oyoğidan tuşib qolibdi.
Laylo yiğlaşga tuşdi. Bir poy etikni bağriga bosgança taşqariga çiqdi. U hovlining bir çetiga ötirib, hiqillab yiğlardi. Maryam Layloga sekin dedi:
– Yur, ketdik köçaga, etigingni topib kelamiz.
Ular taşqariga çiqişdi. Maryam qayerga ketayotganini onasiga aytmadi. Köçada uzoq yurişdi. Yölga çiqib olişdi.
– Balki, etiging yölda tuşib qolgandir?
Ular piyodalar yölkasining har qariçini diqqat bilan qarab, gaplaşib ketardilar.
Maryamning onasi qizlarning uyda yöqligini körgaç xavotirga tuşdi. Boşiga çodrasini taşladi-da, köçaga otildi. Kelayotgan har yölovçidan “Ikki qizni körmadingizmi?” deb sörardi. Ularning ayrimlari körmaganini aytsa, baʼzilari “Bu tomonga ketişdi”, deyişardi. Laylo va Maryam yölkani közdan keçirib ketaverdilar, ketaverdilar. Uylaridan juda uzoqlaşib ketdilar.
– Maryam, orqaga qaytaylik, – dedi Laylo.
Maryam quloq solmadi. Yurib-yurib bir çorrahaga kelib qolişdi. Ular qayerga borişni bilmasdilar. Uyga qaytmoqçi böldilar, biroq yölni yöqotib qöyişgandi. Laylo yiği boşladi. Maryam ham yiğlamoqdan beri turardi.
Yölkadan ötib borayotgan bir keksa ayol qizaloqlarni körib, adaşib qolganliklarini tuşundi.
– Uylaring qayerda? – söradi ayol.
Bolalar uylari qayerda ekanligini bilmasdi.
– Köçangizning nomini eslab köring-çi!
Maryam biroz öylanib turgaç:
– Köçamizning nomi… nomi Suruş, – dedi. – Ammo qanday borilişini bilmayman.
Ayol bolalarning qölidan uşlab, ötgan-ketgan yölovçilardan Suruş köçasini sörab ketaverdi. Bu paytda Maryamning onasi qörquv va xavotirda piyodalar yölkasida yugurar, hamma joyni birma-bir qarab çiqardi. Röparasida bolalarni yetaklab kelayotgan ayolni kördi-yu, quvonib ketdi. Ayolga rahmat aytdi. Laylo va Maryamni uydan beruxsat çiqib ketganliklari uçun koyib berdi.
Bir neça kun ötdi hamki, biror kimsa etik haqida sörab kelmadi. Çipta sotuvçi etikni nozimxona taşqarisiga, köproq köz tuşadigan röparadagi devorga suyab qöydi.
Odamlar kelardi, ketardi. Etikka közlari tuşib, “Qaysi bolaning etigi ekan, yöqotib qöyib, izlab yurgandir?” derdi bir-birlariga.
Laylo kunduzlari bir oyoğiga etik, ikkinçi oyoğiga şippak kiyib olardi, baʼzan bir poy etikni Maryam kiyardi.
Laylo onasi işdan qaytdi degunça uning yoniga yugurib borar va bir savolni takrorlardi:
– Oyijon, etigimni topmadingizmi?
– Yöq, ona qizim! Senga boşqa etik olib beraman!
– Qaçon?
– Qölimga pul tuşsin, biror dam oliş kunida!
Laylo bir poy etikni u yoqdan-bu yoqqa kötarib yurar, Maryam va qöşni bolalar quvlaşmaçoq öynardi.
Etikni bir neça bor taşlab yubormoqçi bölişdi, biroq bundan nima naf?
Çipta sotuvçi har vaqt yolğiz qolsa, etikka qarardi. Bir kuni egasi topilar, deb umid qilardi. Har oqşom xonasini yopib, uyiga ketmoqçi bölsa, içkariga olib kirib qöyardi. Bir gal yodidan kötarildi va etikça tuni bilan devor çetida qolib ketdi.
Erta tongda mahalla supuruvçisi piyodalar yölagini tozalayotganda etikni kördi. Köz yugurtirdi. Yana joyiga qöydi. Egasi bola ekanligini va uni yöqotib qöyganligini tuşundi. Etikning sohibi topilişi sörab duo qildi.
Bir öyinqaroq bola maktabdan qaytarkan, piyodalar yölagida koptok örniga hamma narsani tepib, irğitib borardi. Etikka yetib kelguniga qadar yölda körgan har narsani – karton quti, toş, meva pöçoğini etigi bilan bir neça qadamgaça tepib kelardi. Etikka qaradi, uni qattiq tepdi; öynadi va surib ketaverdi, ketaverdi. Ana şunday zarbalarning birida etik borib, çiqindili suvga tuşdi. Bola pastga qaradi va qöl siltab nari ketdi. Suv etikni oqizib ketdi. Etik axlatlarga aralaşdi.
Mahalla supuruvçisi ariq içidan axlatlarni olib taşlab, suv yölini oçdi. Etikça köziga issiq körindi. Elas-elas esladi: saharda köça boşidagi devor çetida turgandi. Supuruvçi etikni suv jömragi tagiga qöydi. Yuvdi. Egasi topilgunça tursin deb masjid devoriga suyab qöydi. Har ötganda uni körar, egasi topilsin-da, deb duo qilardi. Bir neça kun ötdi hamki, etik qarovsiz edi. Kuçli şamol va yomğir kelib, uçirib yubordi.
Etik loy va iflos böldi. Bolalar tepardilar va öynardilar. Egasiz etikni körgan bolalardan biri uni uyiga olib kelib, akasiga berdi. Akasi şippak işlab çiqariş korxonasida işlardi. U yerda eski şippak va çarm etiklarni tegirmonga solardilar. Maydalab, eritib, qolipga quyardilar, söng yangi şippak va etiklar yasardilar.
Layloning onasi har kuni bir oyoği yöq bolani körardi. Hamişa uylari oldida bizbizak sotar va öynayotgan bolalarni tomoşa qilib ötirardi.
Onasi uyga kelganda:
– Laylo, bu etik senga kerak emas. Yur, birga borib, uni köça boşidagi bir oyoqli bolaga beramiz, – dedi.
– Agar etigimni unga bersam, menga boşqa etik olib berasizmi? – deb söradi Laylo.
– Ha, olib beraman! Albatta, olib beraman! Vaqt topolmaganim bois şu paytgaça sotib ololmadim.
– Qaçon vaqtingiz böladi?
– Hafta oxirida. Dökonlarga şunday çiroyli etiklar kelibdiki, asti aytma!
– U bolaga etikni özim bermoqçiman!
– Mayli. Faqat, xafa qilib qöyma.
– Xöp!
Laylo va onasi bir poy etikni olib, bolaning yoniga ketişdi. Onasi beriroqda qoldi, Laylo bolaning röparasida töxtadi va dedi:
– Salom!
Bola jilmaydi:
– Salom! Bizbizak kerakmi? – dedi.
– Yöq, bu etik senga. Yap-yangi. Uning bir poyi yöqolgan. Har qança izlamaylik, topa olmadik. Buni taşlab yuboriş hayf.
Bola xafa böldi:
– Kerak emas! – dedi.
Onasi ularning yoniga keldi:
– Olaqol, öğlim. Biz qöşnilarmiz. Begona emasmiz. Ötgan yili qişda kerosinimiz tugab qoldi, kelib onangdan olgandik. Esingda yöqmi? Öylaymanki, bu bir poy etik bir kuningga yaraydi. Taşlab yuborsang, hayf böladi.
Bola ikkilanib rozi böldi.
– Xayr! – dedi qizça va onasiga ergaşdi. Onasi şivirladi:
– Xudo biladi, xafa bölmadimikan, işqilib?!
Bola etikni diqqat bilan közdan keçirdi. Oyoğiga loyiqmi yoki yöqmi – körmoqçi böldi. Etik öng poy ekan, uning esa şu oyoği yöq edi! Heç kerak emas.
Kulgisi qistadi.
Bola etikni nima qilişni öylardi. Bir kambağal tuzfuruş eski-tuski poyabzallarni yiğib yurar, örniga tuz berardi. Bola etikni unga uzatdi, tuzfuruş etikka qaradi:
– Yap-yangi ekan, boşqa poyi qani? – dedi.
– Yöqolgan. Qöşnimizning qiziniki. Har qança izlamasin, topilmadi.
Tuzfuruş etikni oldi va aravasidagi eski poyabzallar ustiga qöydi.
Şippak işlab çiqariş korxonasi ham şu mahallada edi. Tuzfuruş yirtilgan yoki eskirgan oyoq kiyimlarni olib kelib, şu korxonaga sotardi. Layloning etigi ham ularga aralaşib ketgandi.
Tuzfuruş qöli böşab, xaltasini yerga qöymoqçi bölgan paytda bir savatga közi tuşdi. U tegirmon labida turardi. Etikning boşqa poyi öşa yerda edi! Uni tegirmonda maydalaşga keltirib qöyişgandi. Tuzfuruş xaltasidagi etikni oldi, xuddi öşa etikning poyi ekan.
Etik poylariga razm soldi. Jilmaydi va öziga-özi dedi:
– Topildi! Endi juft böldi!
Korxona işçisi tuzfuruşga qaradi va dedi:
– Nima böldi?
– Etikning poyi topildi.
– Egasini taniysanmi?
– Ha, u bir bolaniki. Uylari yuqori köçada.
Tuzfuruş etikni bolaga keltirdi. Bola etikni olib, Layloning uyiga oşiqdi. Eşikni taqillatdi. Eşik yoniga Laylo keldi. Bola etiklarni unga berdi va dedi:
– Qara, etiging topildi!
Laylo xursand böldi, quvonganidan hatto qayerdan va qanday qilib topilganini söramabdi ham. Uyga yugurdi, “Maryam, Maryam! Etigim topildi, etigim topildi” deb qiçqirdi. Qaytib eşikka qaradi. Bola esa ketib bölgandi.
Huşang Murodiy Kermoniy
Eron bolalar yozuvçisi va dramaturgi. 1944-yili tuğilgan.
“Majidning hikoyalari”, “Gilamdözlik ustaxonasi bolalari”, “Palma”, “Tandir”, “Köza”, “Onamning mehmoni”, “Yaşirinça zarba”, “Siz begona emassiz” kabi asarlari maşhur.
Fors tilidan
Başorat Otajonova tarjimasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


