Bugungi kunda respublikamizdagi barça örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kitobxonlik tarğiboti, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarğib qilişga alohida eʼtibor berilmoqda.
2-Respublika tibbiyot kollejining öquvçi va öqituvçilari örtasida “Oliyjanob inson fazilatlari”, “Kaçestva blagorodnogo çeloveka” nomli mavzuda ötkazilgan öquv kurslarida ham yuksak axloqiy fazilatlar va ularning şakllanişida kitobning örni böyiça fikr almaşildi. Bu haqda tibbiyot kolleji direktori, tibbiyot fanlari nomzodi Mirjamol Adilov şunday deydi:
– Uşbu öquv kurslarini ötkazişdan közlangan maqsad kollejimiz öquvçilari orasida kitobxonlikni keng ommalaştiriş va ular orasida oliyjanoblikni tarğib qiladigan adabiyotlar, gazeta va jurnallar haqidagi maʼlumotlar bilan keng taniştirişdan iboratdir. Sohaning yetuk mutaxassislari, faxriylar, nuroniylar, taniqli şoir, yozuvçi, sanʼatkorlar, qolaversa, ota-onalarni jalb etgan holda tadbirni hayotiy va jonli ötkazişga alohida ahamiyat qaratganmiz. Öylaymanki, uşbu öquv kurslari yoşlarimizning maʼnaviy dunyosini yanada boyitişga xizmat qiladi.

Şuningdek, öquv kurslari bir qator maʼrifiy göşalar, jumladan, Alişer Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga ham sayohat uyuştiriş rejalaştirilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


