Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining 2010-yil 26 fevraldagi “Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzurida “Ijod” fondini taşkil etiş töğrisida”gi qarori hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5 iyuldagi “Yoşlarga oid davlat siyosati samaradorligini oşiriş va Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş böyiça Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan yurtimizning turli hududlarida yaşab ijod qilayotgan yoş isteʼdodlardan 21 nafarining 19 nomdagi ilk kitoblari naşr etildi. Yozuvçilar uyuşmasida ana şu birinçi kitoblarning taqdimoti bölib ötdi. Unda şoirlar, yozuvçilar, adabiyotşunos olimlar, Özbekiston Yoşlar ittifoqi vakillari va yoş ijodkorlar iştirok etdilar.

Tadbirni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq yozuvçisi Muhammad Ali oçib, mamlakatimizda yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida sözladi, yoş ijodkorlarning birinçi kitoblari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini naşr etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi Qarori qabul qilingan paytda naşr etilgani nur ustiga nur bölganini aytib ötdi.
Otabek Mangliyevning “Köngling mening Vatanim”, Gulruh Xudoyorovaning “Sen haqingda söz aytsam”, Mansur Jumayevning “Oq orzularim”, Allayar Darmenovning “Oy döst”, Dilmurod Döstbekovning “Köksimdagi quş” Şohsanam Nişonovaning “Iqror”, Abdubannob Mansurovning “Könglim xaritasi”, Xumoyun Quvondiqovning “Yulduzlar şiviri”, Elyor Murodovning “Tiriklik qöşiği”, Sayfiddin Okanovning “Eng çiroyli uy”, Şohista Ergaşevaning “Ön sakkizim”, Asliddin Sabriddinovning “Tong” nomli şeʼrlar töplamlari, Nodiraxon Ibragimovaning “Yoningdagi baxt”, Manzura Abdullayevaning “Qumğon”, Bayramali Qöldoşevning “Kuz yomğirlari” nomli hikoyalar töplamlari, Sirojiddin Rustamovning “Katta tanaffus”, Sardorbek Hamroyevning “Bahodir” nomli dramatik asarlar töplamlari, Zilola Namozovaning “Közguga aylangan köngil” nomli adabiy tanqidiy maqolalar töplami hamda Dilfuza Qurbonova, Munira Mengliyeva va Vazira Mirzayevaning özbek adabiyoti namunalarini ingliz tiliga va jahon adabiyotidan ona tilimizga ögirgan tarjimalari jamlangan “Parvoz” nomli kitob “Ijod” jamoat fondi homiyligida “Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi” tomonidan har biri ön ming nusxadan lotin va kirill alifbolarida naşr etildi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Ğayrat Majid, Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toir, Respublika Yoş ijodkorlar kengaşi raisi Mehrnoz Abbosova, Şarifa Salimova, Qozoqboy Yöldoşev, Saydi Umirov, Begoyim Xolbekova va boşqa ijodkorlar taqdimoti ötkazilayotgan birinçi kitoblardagi ijod namunalarining badiiy tasvir vositalari, betakror taşbehlari, tili, mazmun-mundarijasi va baland pafosi haqida gapirib, yoş mualliflarning şubhasiz isteʼdodli ekanini taʼkidladilar.
“Birinçi kitob”lar mualliflari nomidan Şohista Ergaşeva sözga çiqib, yoşlarga körsatilgan ğamxörlik uçun Prezidentga samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Axborot xizmati
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


