8 daqiqada öqiladi

3 680 marta körilgan

Hikoyaning sehrli dunyosi

Marhabo Qöçqorova

Men bolaligimda yozuvçi bölişni orzu qilardim. Mendan yozuvçi çiqmadi. Ammo tanlagan kasbimni sevaman. Badiiy matn ustida tadqiqotlar olib boraman. Ilmiy izlaniş olib borayotgan kişi badiiy matnni his qila olmasa, uni köngildagidek, aniq va atrofliça, tayinli tahlil eta olmaydi. Adabiyotşunosga badiiy matnni his eta biliş qobiliyatidan taşqari katta bilim, tezkorlik, öylaganlarini qoğozga tuşira biliş salohiyati, kuçli iroda ham kerak. Prozani öqiş, uni tahlil etiş jonu dilim. Zamonaviy özbek hikoyaçiligi yuz yildan ziyod umrini yaşab qöydi. Albatta, bu janrning şakllanişi, taraqqiyotida köpdan-köp adiblarimizning adabiy-ijodiy tajribaliri töplanib, bugungi qiyofaga ega böldi. Özbek hikoyaçilik maktabini yaratgan namoyandalardan Abdulla Qahhor, Ğafur Ğulom, Şukur Xolmirzayev, şuningdek, Ahmad Aʼzam, Normurod Norqobilov, Şoyim Bötayev, Sobir Önar, Isajon Sulton kabi yozuvçilarimizning öziga xos ijodiy tajribalari bugungi yoşlarga ham katta saboq böladi. Hikoya prozaning eng kiçik janri bölgani bilan uning bağrida juda katta badiiy dunyo yaşaydi. Hikoyaga har xil taʼrifu tavsiflar berilgan. Ammo har bir hikoyaning taʼrifi, Erkin Aʼzam taʼbiri bilan aytganda, özi bilan birga tuğiladi. Şu maʼnoda, men aziz muştariylarimizga quyidagi hikoyalarni mutolaa etişni tavsiya qilar ekanman, ularning har biri alohida adabiy hodisa, alohida dunyosiga, qahramon va xarakterlariga ega nodir asarlar deya olaman. Bu sehrli dunyodan bahramand böling!

Abdulla Qahhor.
“Töyda aza” hikoyasi

Özbek adabiyotida hikoyaçilik maktabini yaratgan Abdulla Qahhorning 1956-yili yozilgan “Töyda aza” asari oradan roppa-rosa oltmiş yil ötgan bölsa-da, hamon yangiligiça turibdi. Eskirmaydigan hikoya. Leonid Lenç: “Ölim töğrisida kulgili qilib yoziş juda qiyin gap, bu faqat Çexovning, fransuzlarning qöllaridan kelgan edi. Bizda buning uddasidan çiqadiganlar kam. Abdulla Qahhor esa, buning uddasidan çiqqan. Kiçik hikoyada siyqaday tuyulgan voqea uning qalami tufayli hayotning barça jonli ranglari bilan tovlanib körinadi”, degan edi. Bu hikoya haqida bundan ortiq baho, ajoyib taʼrif bölmasa kerak. Haqiqatan ham “Töyda aza” Leonid Lenç aytganidek, “dramaturgning dadil qöli bilan” yozilgan. Hikoya qahramoni yoşi ötib qolgan dotsent Muxtorxon Mansurov yoş “xörozqand”ga uylanib, hayotini kulgiga qöyadi. Domlaning butun umr töplagan obrö-eʼtibori bir kunda şamolga sovuriladi. Abdulla Qahhor uslubiga xos satira, karikatura tasvir, ötkir kinoya, tanqidiy ruh hikoyaning har bir satrida börtib turibdi. Yozuvçi qahramonining ayançli taqdiri orqali kitobxonga saboq beradi. Hurmatli kitobxon! Mohir hikoyanavis Abdulla Qahhorning “Töy”ida qanday aza röy berganini bilmoqçimisiz?! Unda erinmasdan hikoyani öqib, fikrlang…

Ğafur Ğulom.
“Hiylayi şarʼiy” hikoyasi

Ğafur Ğulom zamondoşi Abdulla Qahhordan farqli ravişda zaharxanda kulgi turidan foydalanmaydi. Uning asarlarida yengil, quvnoq, ayyorona kulgi közga taşlanadi. Adibning 20-30-yillarda yaratilgan qator hikoyalari: “Elatiyada bir ov”, “Farzandi solih” va “Hiylayi şarʼiy”da folklorga xos badiiy şartlilik vositalari börtib körinadi. Harholda, Ğ. Ğulomning şu yillarda yaratilgan hikoyalarida xalq oğzaki ijodining foş etiş, sarguzaştlilik, satirik sahnalarni uyuştiriş kabi şartlilik tabiati ustuvorlik qiladi. Qolaversa, adib ijodida xalq latifalari, askiya janrining maʼno nozikliklari zuhur topgan. Xususan, “Hiylayi şarʼiy”da 20-30-yillardagi baʼzi ilmsiz din peşvolari va ularning qora işlarini foş etiş uçun satira, xalqona nozik yumor, yengil, quvnoq kulgi ustunlik qiladi. Masalan, “Hiylayi şarʼiy”da Mulla Dilkaş va Mulla Abdulboqi Marğiloniy satirik kinoyaviy obraz, ular xotin ustiga yana xotin olişning yangi bir yölini öylab topişadi. Mulla Dilkaş xatti-harakatlari kitobxonda yengil kulgi hosil etadi. Bu kulgi, ayni paytda asosiy badiiy şartlilik vositasi ölaroq istifoda etilgan. Asar qahramonlari öz maqsadlarini amalga oşiriş uçun qanday hiylalar qilganini bilişni istasangiz, Ğafur Ğulomning “Hiylayi şarʼiy” hikoyasini öqing…

Şukur Xolmirzayev.
“Qariya” hikoyasi

Özbek hikoyaçilik maktabining darğalaridan yana biri Şukur Xolmirzayevning “Qariya” hikoyasi 1975-yili yozilgan. Vaqtning ötişini qarang. Bu hikoyaning yaratilganiga ham roppa-rossa 42 yil bölibdi. Ammo hikoya hamon yoş va yangiday turibdi. Şukur Xolmirzayevning qahramonlari köpinça oddiy odamlar böladi. Masalan, “Qariya”ning qahramoni Qöziboy çol singari. Qöziboy çolning kasbi-kori tayin emas, yolğiz va miskin odam. Ammo ölguday çayir, mehnatkaş, halol odam. Bilmadim, gapim biroz kulgili tuyular. Qöziboy çol ruhi mening ruhimga juda yaqin. Balki u – mendirman… Qiziq bir paradoks! Abdulla Qahhor qahramoni Muxtorxon domla ölimni öylamasdan, tösatdan ölib qolgan bölsa, Şukur Xolmirzayevning qahramoni ölimga tayyorgarlik köradi, lekin ölmaydi. Qöziboy çol ölimligi uçun yiqqan pulidan ayrilib qolsa-da, tuşkunlikka tuşmaydi. Betoblik va aldovdan söng, şahd bilan supurgisini kötarib, bozorga yöl oladi. Aynan şu nuqta kitobxonni ruhlantirib yuboradi. Jarçi, ravoç olib-sotar, çöğ tayyorlab beruvçi, farroş kabi xilma-xil yumuşlar bilan tirikçilik qilib yurgan miskin bir çolda bu qadar hayotsevarlik va kuraşçanlikni körib, har safar hayratlanaman! Şuning uçun ham “Qöziboy çol – menman!” deyişga jazm etdim. Adib ezgu niyat bilan ekkan nur qahramon tiynatida balqib turibdi. Odam qanday bölişi kerak? Qöziboy çoldek bölabiliş kerak, degan bölar edim! “Qariya” hikoyasini öqib, albatta, Qöziboy çoldan hayotiy dars olişni tavsiya etaman.

Ahmad Aʼzam.
“Oyning gardişi” hikoyasi

Ahmad Aʼzam asarlari özining yoqimli badiiy uslubi, quyma, jonli tili, qişloq hayoti va odamlarinig işonarli tasvirlari bilan meni doim maftun etadi. Adib hikoyalari orasida “Oyning gardişi” kompozitsion qurilmasi, favqulodda badiiy topilmasi bilan ajralib turadi. Fikrimça, Ahmad Aʼzamning bu hikoyasi özbek hikoyaçiligining nodir namunasi. Hikoyani qayta-qayta öqiyman. Har safar hayratlanaveraman. Yozuvçining badiiy mahorati, sof realizm qöynida ramziylik naqadar ustalik bilan berilganini körib quvonib ketaman. “Şunday asar yaratiş mumkin ekan-ku!” – hayajon qalbimni çulğab oladi. Hikoyada biografik detallar, qişloq tasviri, qoronğida eşak minib ketayotgan bolaning oy bilan muloqoti, bola öylaridagi lirik kayfiyat, şuningdek, xalqona qaraşlar, hissiy keçinmali mulohazalar yurak-yuragingizning içiga çuqur örnaşadi. Nazarimda, eşak minib keta turib, bolaning oy bilan suhbati, uning içki monologlari, turli mavzular haqida surgan öy-xayollari hikoyaning badiiy kompozitsiyasini tamomila yangilagan. Hikoyani öqirkansiz, tun qoronğisida, eşak ustida, qabriston biqinidan öta turib, bolaning qörqinçlari-yu, oydek pokiza xayollari bilan baqamti yaşaysiz. Nihoyatda tiniq, tabiiy, jonli tasvirlarga töliq hikoya bu! “Qötonlangan oy” tasvrida badiiy şartli timsolni köraman. Muallif “qötonlangan oy” badiiy tasviri orqali aslida “qöton içiga qamalib qolgan özbek millati” haqida yozmayaptimikan, deb öylab qolasan kişi. Xullas, “Oyning gardişi” hikoyasi qayta-qayta öqişga, fikrlaşga, zavqlanişga imkon beradigan gözal asar!

Normurod Norqobilov. “Qöşnilar” hikoyasi

Zamondoş adiblarimiz orasida hayvonot olamini nihoyatda tiniq, jonli tasvirlayotgan yozuvçilardan biri – isteʼdodli adib Normurod Norqobilovdir. Binobarin, yozuvçining “Qöşnilar” hikoyasida ham odamlar va börilar haqida hikoya qilinadi. Hikoya qahramoni Kökan tabiatning haqiqiy himoyaçisi. Börilarni ovlaşni maqsad qilgan jiyani Soğintoyning qabih niyatidan qörqqan Kökan börilarni öz inidan köçişga majbur qiladi. Natijada, qöşniçilik buziladi. Ammo bu qöşniçilikning buzilişi börilarning hayotini saqlab qolişga qaratilgan. Umuman olganda, böridek yirtqiç, yovvoyi jonzot haqida hamma ham jurʼat qilib yoza olmaydi. Normurod Norqobilov börilar hayotini, xarakterini, yaşaş tarzini juda yaxşi biladi. Yozuvçi tabiat va hayvonlar hayotining teran kuzatuvçisi ekani “Qöşnilar”da juda tabiiy va işonarli köringan. Gözal tabiat, hayvonot olami, inson va tabiatning sir-sinoatlari haqida öqişni istaysizmi? Marhamat, unda, albatta, adibning “Qöşnilar” hikoyasini öqişni unutmang!

Sobir Önar.
“Farişta” hikoyasi

Sobir Önar öz dastxati va uslubiga ega yozuvçi. Adib bir qator qissa va hikoyalari bilan keng kitobxonlar mehrini qozongan. U asarlarida asosan qişloq odamlari va ularning xilma-xil xarakterini mahorat bilan çizadi. Xususan, yozuvçining “Farişta” hikoyasi nomaʼlum bölib qolgan badiiy yeçimi bilan diqqatimni öziga tortdi. Hikoyada Eşboy sariqning qizi Mağfirat yetim bola Tursunboyga turmuşga çiqadi. Uç yildan söng ğoyib böladi. “Farişta”dek gözal “Mağfirat qayga ketdi?”, “Nimaga ğoyib bölib qoldi?”, “Birontasi bilan qoçib ketdimi?”, “Yoki Tursunboy uni öldirib qöydimi?” (aslida bunday bölişi mumkin bölmagan gap! Çunki, Tursunboy yumşoq tabiatli, kitobsevar, mulla bir odam) kabi har xil gaplar fikru öyingizni çulğab oladi. Sobir Önar asarlarida öz juftidan ayrilgan qahramon ruhiyati, taqdiriga köp bora murojaat qilinadi. “Farişta” hikoyasi Şarq adabiyotiga xos rivoyaviy, sokin uslubi bilan kitobxon eʼtiborini öziga jalb etadi. Va yana öşa eski gapni eslaymiz: “Adabiy asar javob emas, muqarrar savoldir”. Buni bilişni istasangiz, albatta, “Farişta”ni öqing, javobdan oğir savolga JAVOB izlaysiz.

Şoyim Bötayev.
“Otam nega jim?” hikoyasi

Şoyim Bötayevning qator roman, qissa, hikoya va esselarida öziga xos badiiy mahorati közga taşlanib turadi. Jumladan, “Otam nega jim?” hikoyasi nimagadir qalbimga örnaşib qolgan asarlardan biri. Unça katta bölmagan hikoyada ortiqça tafsilot, illyustratsiya, keng voqelik ham yöq. Ikki xil xarakter juda tiniq va aniq yaratilgan. Xidir buva va Ota xarakteri. Tasvirda köproq ikki uruş iştirokçisining suhbati beriladi. Asosan Xidir buva gapiradi, muallif-hikoyaçining otasi esa eşitadi. Uzun qiş keçasidagi gurunglar bola nigohi, bola hissiyotlari bilan baholanadi, hikoya qilinadi. Xidir buva uruşda körgan-keçirganlarini mubolağa qilib oşirib-toşirib gapiradi. Hikoyaçi bolaning tasavvurida Xidir buva juda uluğlaşib ketadi, otasi esa uning “geroyliklari” oldida juda kiçrayib qoladi. Hikoyada uruşning ikki iştirokçisi Xidir buva bilan Ota qarşilantiriladi. Bolalikda uluğvor bölib köringan hissiyotlar vaqti kelib aldamçi hislar ekani hikoyaçi tomonidan aniq eʼtirof etilmagan bölsa-da, hikoyadagi badiiy özan öşa tarafga qarab burilib ketadi. Asl haqiqat oydinlaşadi. Şoyim Bötayev “Otam nega jim?” hikoyasida asl inson bilan soxta, iymonsiz odam obrazini juda mahorat bilan yaratgan. Yaxşisi, hikoyani özingiz öqib xulosa çiqaring!

Isajon Sulton.
“Şamolli keça” hikoyasi

Isajon Sulton asarlariga xos yoqimli lirizm, Şarq adabiyotiga xos sokin bayon, xalq ertaklarining rivoyaviy uslubi, baʼzan esa maşhur jahon adiblarining asarlariga ergaşiş kabi köpdan-köp xususiyatlar mening diqqatimni tortadi. Jumladan, yozuvçining “Şamolli keça” hikoyasini olaylik. Nazarimda, bu asarda xalq ertaklariga xos (ögay ona va ögay bolalar motivi) stilizatsiya közga taşlanadi. Hikoyani öqir ekansiz, şamolli keçada ögay onaning javraşlaridan qoçib, buvinikiga yöl olgan aka-singilning hissiyotlarini rosmana his etasiz. Ular bilan qadam-baqadam töqayzordan, qörqinçli tun qöynidan buvining uyigaça yetib borasiz. Yarim yölda orqada qolib ketgan singil uçun qayğurasiz. Buvi bilan qöşilişib, akani sökasiz. Odamzod doim ezgu niyat bilan yaşaydi. Hikoya garçand akaning singilni topgan-topmagani noaniq xulosa bilan yakunlagan bölsa-da, uning topilişini iç-içimizdan istaymiz.
Yozuvçi hikoyada Farğonaning qator qişloqlari nomlarini sanaydi. Nazarimizda, hikoyada istifoda etilgan kuçli şamol nafaqat tabiat hodisasi, balki ramziy maʼnoda jamiyatdagi turli talotöplar, ğalayonlar, ruhiy zöriqişlarning ham timsoli deyişimiz mumkin. “Şamolli keça”ni öqing-da, özingiz bir xulosaga keling!      

Marhabo QÖÇQOROVA,
filologiya fanlari nomzodi.

1976-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan. “Badiiy söz va ruhiyat manzaralari”, “Ötmişdan ertaklar” tadqiqi” ilmiy monografiyalari muallifi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)