14 daqiqada öqiladi

342 marta körilgan

Adabiyot qalblarni birlaştiradi…

Adabiyot qalblarni birlaştiradi...

Yozuvçi Isajon Sulton va adabiyotşunos Gulnoz Sattorova suhbati

– Avvalo, ijod hodisasiga taʼrif berib ötsak. Ijod mohiyati haqida turli talqinlar bor. Bu borada bir-birini töldiradigan, şuningdek, rad etadigan mulohazalar ham talaygina. Şaxsan siz bu sirli hodisaga qanday izoh berasiz? 

– Menimça, bu savolning javobi ğoyalar turli-tumanligiga qarab böladi. Kimdir uni köngilxuşlik yoki kişilar köngliga yoqadigan tomoşa hodisasi deydi. Yana kimdir esa yaratuvçilik deb taʼrif beradi. Menimça, ijod sanʼatgagina xos atama emas. Yaratilgan har qanday yangilik tafakkur mevasi bölişi bilan birga, ijod mahsuli hamdir. Mavzuga şu tarz yondaşsak, mohiyatga yaqinlaşib borgan bölamiz. Yangi kaşflar asosida yaratilgan texnologiyalardan tortib to iqtisodning yangi, samarali modellarigaça – bari birday ijod emasmi? Aytaylik, kimdir şu mahalgaça fanga maʼlum qonuniyatlarni sinçiklab örgangaç, qay bir hodisada yetişmayotgan bir halqa mavjudligini payqab qolgan onidan boşlab ijodkorga aylanaveradi. Misol uçun, bobomiz Abu Rayhon Beruniy sayyoramizning oğirligini aniqlar ekan, hisoblarning tugal çiqişi uçun ummon ortida yana quruqlik bölişi kerak, degan mahalidan ijodkorga aylangan bölsa, fransuz olimi Leverye Uran sayyorasining aylaniş çiziğini kuzatib, maʼlum nuqtada oğiş borligini payqagan onidan boşlab ijodkor edi.

Moddiy mahsullar ham sanʼatdir, faqat hissiy taʼsiri oz bölgani uçun ularni sanʼat demaymiz, bu örinda yana xato qilamiz, nazarimda. Masalan, bir kişi geometriya, fizika, kimyo yutuqlaridan foydalanib, muhandislik ijodi ölaroq ajoyib bir köprik quradi, u minglab kişilar muşkulini oson qilişidan taşqari, vaqt-soati kelib sanʼat asariga ham aylanib ketadi. Aytmoqçimanki, sanʼat birlamçi, yaʼni ibtidodagi körinişida har yerda mavjud. Faqat, uni ilğay oliş qobiliyatini rivojlantiriş kerak, menimça. Umuman olganda, xalqimiz ardoqlaydigan sanʼat – insonni insoniylikka, mehru muhabbatga undaydigan sanʼatdir.

– U holda, adabiyot haqida ham şunday deya olamiz, şundaymi? Negaki, azal-azaldan bizda adabiyot inson kamolotiga, uni ruhan, maʼnan yuksaltirişga xizmat qilib kelgan. Bugun dunyo adabiyotida turli evrilişlar yuz berayotgan çoğda ham, nazarimda, biz öşa ezgu ğoyadan aslo çekinmasligimiz kerak, deb öylayman…

– Albatta. Bizga köra, adabiyot xalqning orzu-umidlarini, armonlarini, maʼlum davr aro yaşab ötgan umrini, şu umrni inson ölaroq yaşab ötişi uçun nimalar qilişi kerakligini aks ettiradi. Qolaversa, xalqimiz adabiyotdan juda muhim vazifani talab qiladi: yaʼni, yoş avlodni tarbiyalaşga xizmat qilsin, deydi. Bu xuddi “Ilm örgatib bering”, deb bolasini ustozga topşirgan kişiga öxşaydi. Şuning uçun unga katta qiymat beramiz, maʼlum bir kişining hoyu havaslari tasvirlangan asarlardan köra poklikka, insoniylikka çorlaydigan, yetişimiz şart bölgan nurli manzillarni körsatib beradigan yoruğ asarlarni sevamiz.

Misol uçun, Navoiy bobomizning maşhur misralarini keltirsam:

Tuxm yerga kirib çeçak böldi,

Qurt jondan keçib ipak böldi.

Lola tuxmiça ğayrating yöqmi,

Ipak qurtiça himmating yöqmi?

Ibtidodagi sanʼatdan xulosa çiqarib, teran tafakkur hosil qilgan fikr bolini ona tilning betakror jilvalari aro taqdim etişning ajoyib misoli emasmi bu?

Mana şu sababdan ham adabiyot Şarqda benihoya qiymatli xazinadir. Qaylardadir tomoşa yoki inson tuğyonlarini izhor etiş vositasi, qaydadir esa tafakkur öyinidir.

– Bugun insoniyat ong-şuurida olamşumul özgarişlar sodir bölmoqda. Ming yillik qadriyatlar, anʼanalarga qaytadan baho berilmoqda. Ayrim tuşunçalar öz qadrini yöqotib, boşqa qadriyatlar şakllanmoqda. Qiziği, bitta hodisaga dunyoning u çetidagi odam boşqaça, bu çetidagi odam boşqaça munosabat bildirmoqda. Şunday vaziyatda badiiy mezonlar ham özgarmadimi, umuman, badiiyatga eʼtibor susaymadimi?

– Yöq. Qaylardadir susaygan bölsa bordir, lekin bizda emas. Xalqning qadriyatlari özgarmas ekan, u talab qiladigan mezonlar ham, uni yaratuvçilarning layoqati ham özgarmaydi. Şu sababli ham biz şoirga şeʼr yozadigan şaxs emas, mutafakkir deb qiymat beraveramiz. Bunga eng yorqin misol – Alişer Navoiy bobomizdir. Bugun zamonaviy dunyoning yangi atamalari orasida “madaniyat taşuvçisi” degan söz paydo böldi. Maʼlum elning urf-odatlarini, anʼanalarini, tarixini va bugunini özida jo aylagan kişi şunday deb ataladi. Lekin tayoqning ikkinçi uçi ham bor: demak, madaniyat taşimaydiganlar ham bor ekanki, “taşuvçi” deya tasnif qilinmoqda. Biz esa uning örniga “maʼnaviyati yuksak” degan iborani qöllaymiz. Farqni köryapsizmi?! Yuksak maʼnaviyatning qançalar qudratli kuç ekanini bilamiz. Şu sababdan ham turli-tuman hayotiy misollarni kişi ongiga röpara qiladigan, tafakkur yöllarini körsatadigan, inson zahmatlarini, sevinçlarini, orzu va umidlarini aks ettiradigan asarlarni izlayveramiz.

– Demak, bugun özgarayotgan dunyoda öz qiyofamizni, özligimizni saqlab qolişga intilar ekanmiz, xalqimizning badiiyatga munosabati ham betakror, heç kimga öxşamaydigan bölib qolişini taʼminlar ekanmiz-da?

– Albatta. Misol uçun, “ona yurt” degan tuşunçaga diqqat qarataylik. Baʼzi xalqlarda u “uyim-makonim” degan maʼnodan, boşqalarida esa “avlod” va “tuğilmoq” degan maʼnolardan turlanadi. Bizda yurt deyilgani zahoti köz öngingizga bepoyon makonlar, uylar, daraxtlar, tabiat, voqea-hodisalar va, albatta, insonlar keladi. U birdaniga juda keng maʼnolarni qamrab olganini köramiz. Yaʼni, yurt bizlar uçun – bir insonning tuğilib ösgan, köz qoraçiğiday asragan, jonini fido qiladigan boyligi, bir ulusning ozod va mustaqil ölaroq yaşaydigan tuproği, havosi, suvidir. Xalq deganimiz faqat vatan deyilgan tuproq parçasi ustidagina mavjud böla oladi. Şu sabab yurtdoş, vatandoş deymiz. Biz tilga olgan betakror tafakkur tarzi bois jonsiz narsalar ham timsolga aylanib ketadi. Masalan, onasini soğingan bir öğil marhum onasi ekib ketgan rayhonlar oldida uzoq ötiradi… Bor-yöği bir yil yaşaydigan şu efemer ösimlik uning uçun muqaddas vatanning bir bölagiga aylanadi. Yerga tuşgan non uvoğini olib, köziga surgan odamga kimdir “beçora” deb açinişi mumkin. Biz esa “Xudo bergan neʼmat isrof bölmasin, rizqimiz-ku”, deya közimizga suramiz. Bular – özligimiz binosining muhtaşam ustunlaridir.

Bizning sanʼat, bizning adabiyot mana şu muhitdagina ğoyatda rang-barang, sevimli va nihoyatda gözal. Masalan, çiğanoq parçasini özi bino bölgan suvga solsangiz, aql bovar qilmas tovlanişlarini körasiz.

– Milliy qiyofamizni, ming yillik qadriyatlardan kuç olgan adabiy eʼtiqodimizni saqlab qolişga urinişimiz tahsinga sazovor, lekin bu holatga begona köz bilan qaraydigan bölsak, bir savolga javob beriş kerak böladi: faqat milliy özandan suv içgan adabiyot öşa xalq uçungina qadrli bölib qolmaydimi?

– Aslo. Maʼnolar haqida söz yurityapmiz-ku? Bular – biz suygan, qalbimiz sevinib qabul qiladigan maʼnolardir. Şu mazmunni boşqalar tuşunolmasligi mumkinligi va buning tabiiy ekani haqida gapiryapmiz. Dunyo tan olgan baʼzi asarlarni begonasirab mutolaa qilişimizning, uzoqroqdan turib kuzatişimizning sababi şunda, çunki barçamiz mana şu mazmun bilan tölganmiz, unga boşqa mazmun xalal berişini istamaymiz.

Mazmun dedik. U nihoyatda qudratli bir unsur. Köklardan yerga tuşib, boğlarni yondiradigan çaqmoqdan ham kuçli. Inson içidagi öy-xulosalarini yondirib yuborişi mumkin. Şu sababli ham, içu taşi xalqona mazmun bilan töyingan kişi özga mazmunlarda xavf köradi. Insonni inson aylaguvçi uning fikrlari va his-tuyğulari emasmi? Ana şuni özgartirib yuboradigan unsurlardan xavotir olişi ham tabiiy hol.

Öz “mazmun”imiz avvalo, uni anglay oladiganlar uçun qadrli, albatta. Badiiy asarlarning boşqa ölkalarda eʼtirof qilinişi esa yoqimli holat, yaʼni özbekona tafakkur tarzining boşqa mazmun ila tölgan xalqlar uçun qiziqarli, jozibador bölib çiqişida.

– Lekin bugun – axborot asri, heç qaysi xalq özini ihotalab, taşqi taʼsirlardan butunlay himoya qila olmaydi. Xususan, adabiyot maydonida ham. Buning ijobiy jihati ham bor. Yangi, ilğor uslublar özlaştiriladi, milliy adabiyot imkoniyatlari kengayadi. Badiiyatimizga, adabiyotimizga sönggi yillarda kirib kelgan zamonaviy unsurlarni kuzatarkanmiz, şunday xulosaga kelamiz…

– Albatta, bu tabiiy hol. Tasviriy sanʼatga kubizm, syurrealizm, postmodernizm kirib kelganiga köp böldi. U usullar, aytaylik, Yamaykadagi oila hayotini tasvirlamaydi-ku? Yana özimizning insonimizni tasvirga muhrlaydi.

Usullar, şakllar özgarsa-da, adabiyot öz işida davom etaveradi – u solnomaçidir. Tarix kitoblari maʼlum davrda röy bergan voqealardan darak bersa, adabiyot öşa davr kişilarining keçinmalaridan söz yuritadi, ruhiyatiga nazar soladi.

Zamonaviy usullar kirib kelmay iloji yöq. Dunyo özgarmoqda, unga qöşilib biz ham özgaryapmiz. Hamma gap qalblarimizni töldirgan mana şu ajoyib mazmunni kelajak avlodlarga uzata olişimizda qolmoqda.

Dunyoda axloq qoidalari ustuvor mamlakatlar juda oz. Borlariyam maʼnaviyatsizlik girdobiga çömib bormoqda. Özbek axloqi esa ham diniy, ham milliy axloqning eng gözal qirralarini özida mujassam etgan betakror maʼnaviy xazinadir. Bunga misollar juda köp, ular qarşisida aqlingiz şoşadi. Masalan, diniy eʼtiqodlar ota-onani eʼzozlaş ulkan savob ekanini, isrofning gunohligini, kişi qalbiga ozor yetkaziş imondan emasligini va şunga öxşaş juda köp ögitlarni minglab yillar davomida kişilar ongiga uqtirib keladi. Bizda esa u allaqaçon xalqona qadriyatga aylanib bölgan. Halollik, poklik, kişi şaxsiga hurmat… Elimizda bular şu darajada maftunkorki, boşqa biror joyda bunday gözallikni uçratmaysiz. Şunça yillik mahdudlik orasidan öz qadriyatlarini yombi kabi eʼzozlab bus-butun saqlab kelgani esa, haqiqatan ham, möjiza.

Adabiyotimiz mana şu jihatidan ham qiymatli, betakrordir.

– Sönggi yillarda hayotimiz, tuşunçalarimiz qançalik özgargani özingizga ayon. Biz insonga bundan öttiz-qirq yil oldingi qoliplar asosida baho bera olmaymiz. Davrlar sinoviga doş beradigan asarlarda zamondoşimiz nafasini tuygimiz keladi. Xöş, ayting-çi, bugun yaratilayotgan asarlarda yangi davr odamlarining obrazi namoyon bölyaptimi?

– Ha, bugunning odami keçagi kişidan farq qiladi.  U özining keça kim edi-yu, bugun kim bölganini mulohaza qilayotgan şaxsdir. Uzoq yillar dunyodan ayri yaşagan zot hozir öz yurtida mustahkam turgani holda dunyodagi voqealarni sinçiklab kuzatib, xulosalarini çiqarmoqda. Şu sababli töla işonç bilan ayta olamanki, bugunning qahramoni – tafakkur qiladigan kişidir. Yetarli bilim va xulosaga töyingaç, albatta, özining sözini aytadi.

Bugun adabiyot uçun mavzu benihoya köp va xilma-xil. Yangi, ozod avlod yetişib keldi, ular aytaylik, qaçonlardir Sovet ittifoqi degan imperiya bölganini va öz el-yurti öşa imperiya zulmi ostida yaşaganini faqat darsliklardan biladi, inson qaddini bukçaytirib, ongini mayiştirib taşlagan bosimlardan bexabar. Bu avlodni olğa boşlayotgan maqsadlar, ğoyalar, niyatlar qanaqa? Ular qalbida insoniylik degan tuşunça qançalar boyidi? Muqaddas qadriyatlarimiz ularning yurak zaminida mustahkammi? Yer yuzida millatiyu xalqini bilmaydigan, tirikçilik köyida daydib yuradigan yangi olomon paydo bölmoqda, fan tilida u “biomassa” deb atalmoqda. Öz mazmunini, yaʼni özini inson aylab turgan maʼnaviy zaminni tark etib, özga har qanday mazmun bilan tölişga tayyor kişilar olomoni dunyo böylab baxt-saodat izlab izğimoqda. Mağiz faqat öz qobiği içidagina mavjud böla oladi. Yurtimiz içidagi betakror hayotni dunyoning köp ölkalaridan topa olmaysiz, men buni töla işonç bilan ayta olaman. Şu va şunga öxşaş talotöplar aro kişilarimiz qalbi aks etgan asarlar yozilişi kerak, deb öylayman.

Qarang, keçagi kunni aks ettirgan asarlar yillar ötib muhim etnografik manbaga aylandi, baʼzi anʼanalarimizdan, kişilarning qanday bölganidan hikoya, qissayu romanlar orqali xabar topamiz. Bugunning hayoti aks etgan hikoya, qissayu, romanlar ham yana allaqança yillar ötgaç, ana şunday manbaga aylansa, ajab emas.

– Endi butun dunyoda urf bölgan “yuksak sanʼat” degan atamaga izoh berib ötsak. Bunday “xos sanʼatlaşuv” badiiyatning xalqdan uzilib qolişiga olib kelmasmikan?

– Xiyla murakkab mavzu. Juda köpçilik sanʼat çöqqisi deb hisoblangan asarlarni öqigisi keladi. Şu jumladan men ham özim bilganlarimdan kuçliroq boşqa mazmunlarga intilaman. Bunday jarayon umr oxirigaça davom etsa kerak. Ardoqli asarlar umr pallalariga qarab özgaraverar ekan. Öquvçilik çoğlarimizda sevgan asarlarimiz bilan hozir yoqtiradiganlarimiz orasida yer bilan osmonça farq bor. Masalan, talabalik paytimda Mahmud Koşğariyning maşhur “Devonu luğotit-turk” asarini tuşunolmas edim. Hozir şu kitobni qölimga olsam, bepoyon yaylovlarda esgan yellar, yovvoyi iforlar, qöy-qözilar baʼraşi, qaddi tippa-tik, ozod erkak-ayollaru bolalar ovozini eşitganday bölaman, u mening ongimga ming yil olisdagi hayot tarzidan xabar beradi.

Aytmoqçimanki, bu örinda ham maʼnaviy yuksaliş masalasi turibdi. Muhtaram olimlarimiz, adiblarimiz insoniyat tafakkurining gultoji hisoblangan turli-tuman asarlarni öqib çiqişgaç, yaʼni ruhiyati inja bilimlar bilan töyingaç, yanada mukammalroq asar öqişni istaşadi, şu sababli adabiyot ilmida juda çuqur şönğişadi va fenomen asar talab qilişadi. Lekin ulğayib kelayotgan bolalar va elning bepoyon hududlarida yaşab umr keçirayotgan sodda kişilar ham bor, olim yetgan darajaga yetiş uçun ular yana ança-munça yölni bosib ötişlari kerak. Adabiyotning soddalaşuvi mana şu tarzda röy bersa-da, uni sirayam sodda adabiyot deb bölmaydi, u bor-yöği murakkab şakllardan xoli, mağizning özidangina iborat adabiyotdir. Ön olti yaşar bolakay Arastu asarlarini tuşunolmasligi tabiiy. U bola mohiyatni anglay oladigan bölgunça öşa darajaga yetib borişiga xizmat qiladigan asarlarni mutolaa qiladi, şu tariqa bosqiçma-bosqiç yuksalib boraveradi. Matematikani arifmetikadan boşlab, oliy trigonometriya bilan tugallaganimiz holda adabiyotimizda ham mana şunday izçil tadrij masalasi puxta işlab çiqilmoği zarur.

Kölamni kengroq olib qarayveriş kerak. Keçagina mahdudlik zamonida özligini bir amallab saqlab kelayotgan kişilar taqdiridan bahs etilardi. Adabiyot el orasida obrö-eʼtibor qozongan fazilatlar egasi sifatida ğoyat oddiy odamlar taqdirini qalamga olardi. U davrning kişilar ongida qoldirgan yara-çandiqlari nimalarda namoyon böladi? Qişli-qirovli dalalar, terib olingan hosilning qolgan-qutganini ham töplaşga undaydigan çorlovlar, bolam-çaqam deb zahmat çekayotgan el, farzandlarning noaniq kelajagi, taqiqlar, çeklovlar… Endi esa yuzlab turli-tuman falsafalar, qaraşlar, hiylalar va manfaatparastlik öyinlari davom etayotgan zamonaviy dunyodagi ozod özbek şaxsi talqini yaratilişi kerak. Davr kişisi obrazi yaratilsa, menimça, odamlar talaşib-tortişib öqiydi. Şunda boya aytib ötgan fikrimizning töğri ekaniga yana bir karra amin bölamiz: ijodkor nafaqat öz xalqining, balki dunyo xalqlarining tarixini, millatlarning qalqinişi va tanazzuli qonuniyatlarini, insoniyat boşidan keçirgan körgiliklarni, ozodlik uçun bergan qurbonlarini, yangi ilmiy kaşfiyotlarni, öz xalqining keçagi kunini, bugungi orzu-armonlarini va kelajagini ham isteʼdodi yoruğida köra olişi şart bölib qolmoqda.

– Çindan ham, çinakam isteʼdod, katta qalb egasi nafaqat öz xalqining, balki butun dunyoning qayğusini çekadi. U kurrayi zaminimizda tinçlik, adolat kabi ezgu tuşunçalar ustuvor bölişini istaydi. Millatidan, irqidan qatʼi nazar, barça asl ijodkorlar özaro maslakdoş sanaladi.

– Ha, aynan şunday. Sanʼat, adabiyot kişilarni, xalqlarni birlaştiradi. Juda uluğ bir vazifa mana şundan kelib çiqadi. U – ezgulik xizmatiga kamarbasta bölişdir. Adabiyot vositasida muayyan bir xalqqa xos fazilatlarni boşqalarga “yuqtiriş” ham şu xizmatning bir qismi hisoblanadi. Bugun milliy adabiyotimizda özbek kişisining fazilatlari, heç kimga öxşamaydigan qirralari, dunyodagi voqea-hodisalarga, oilaga, el-ulusga, zurriyodiga, ota-onaga munosabati badiiy akslanişi kerak. Xalqlar va madaniyatlar assimilyatsiyasi röy berayotgan, turli-tuman manfaatlar qurşovida tafakkurlar özgarib ketayotgan zamonaviy dunyoda özbek xalqi özligini bus-butun saqlab turibdi. Bu – haqiqatan ham, misli körilmagan hodisa. Haligaça minglab xonadonlarda farzand yuzini yuvgaç, ota-onasi oldiga kirib salom bermoqda, rözğori bölak öğil işdan qaytarkan, albatta uluğlari yoniga birrov kirib, hol-ahvol sörab çiqmoqda, onaxonlar haligaça bir qatra quruq yer körsa, rayhonu yalpiz qadab, böston barpo etişga urinmoqda, otaxonlar bolalarimga deya dov-daraxt ekib, boğ yaratmoqda. Xavotirga hojat yöq, bu – çindan ham, kuçli va nihoyatda qadim ildizlarga ega xalqdir. Boylik va mol-dunyo hirsidagi kişilarning hayoti doimo bir xil va bir-biriga juda öxşaş. El-ulus xizmatiga bel boğlagan, xalq ruhini, madaniyatini bus-butun öziga singdirgan kişilarning hayoti esa ardoqqa loyiqdir. Davlatimiz rahbarining mana bu sözlariga eʼtibor beraylik: “Barçamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va maʼnaviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar oçiş bilan birga, biz ilgari körmagan, duç kelmagan keskin muammolarni ham keltirib çiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvçining başariyatni ertangi kunini öylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bağrikenglikka daʼvat etişga qaratilgan haroratli sözi har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda”.

Adabiyotni ham, boşqa sohalarni ham mana şu elning taraqqiyoti uçun, kelajagi uçun xizmat qilişi kerak degan katta ğoya birlaştirib turadi. Bugun yaratuvçilik degan azim bir jarayon hukm surmoqda. Nafaqat sanʼatu adabiyotdan, balki boşqa barça sohalardan ham yaratuvçilik talab etilmoqda. Endilikda şaxsiyati yakson qilingan kişilarning kör-körona itoatli mehnati emas, ijodiy qobiliyati, yaratuvçilik isteʼdodi zarur deb bong urilmoqda.

– Bu talabni öz vaqtida, töğri tuşunganlar barça sohalarda muvaffaqiyatga erişayotganiga guvohmiz. Lekin ulkan evriliş jarayonida yuz beradigan katta hodisalarni hamma ham tezkorlik bilan idrok eta olmaydi, şekilli-da…

– Töğri. Lekin bu yölda aynan sanʼat turlari, xususan, adabiyot kömakka kelişi kerak, deb öylayman. Yöqsa, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan beri avaylab avlodlarga yetkazgan şu ruh, şu mazmunni zadalab qöyiş xavfi bor. U mazmun toza va pokiza holiça bolalar qalbini töldirişi kerak. Bugun adabiyot uçun juda köp va xilma-xil mavzu bor. Adabiyotimiz mana şu talotöplar orasida, boya taʼkidlaganimizday, qobiğini boşida kötarib ungan niholni payqaşi va parvariş qila olişi ham kerak. Yöqsa, turli tahlil usullariniyu har turli badiiy yönalişlarni sarhisob qilib ötirişdan nima naf?

Bugungi ilmga çanqoq bolalarimiz xuddi ön olti yaşar ibn Sino kabidirlar. Yaʼni, ular Arastuning “Metafizika”siga uluğ ustoz Abu Nasr Forobiy yozgan şarhni, albatta, öqişlari kerak. Bu – bir majoz, ammo bugunning hodisalariga u şarhni kim yozadi?

Gap mana şunda emasmi?

Isajon Sulton

1967-yili tuğilgan. ÖzMU jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Munojot”, “Oydinbuloq” kabi hikoya va qissalar töplami, “Boqiy darbadar”, “Ozod” romanlari muallifi.

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…