“Drabbl” (inglizça “drabble” – parça, bölak) hikoyaning öziga xos kiçik janri bölib, unda asosan biror voqeaning qisqaça tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yeçim bilan yakun topuvçi eng qisqa va tugal hikoya deyiş mumkin. Ehtimol, bunga Anton Çexovning jimitdekkina hikoyalari yoki Abdulla Qahhorning özi bir betlig-u, ammo olam-olam maʼno-mazmunga ega hikoyalarini ham misol qilişi mumkin.
1980-yili Buyuk Britaniyada “drabbl” deb nomlangan hikoyanavislikning yangi janri vujudga keldi hamda bunday kiçik asar bor-yöği 100 ta sözdan iborat bölib, tugallangan pişiq ğoya va öziga xos şaklga ega bölişi lozim, degan talab yozuvçilar oldiga qöyildi. Drabbl öz vatani Birmingem universitetida ğaroyib söz öyini sifatida qabul qilindi. Keyin Yevropaning köpgina mamlakatlari yozuvçilari bu borada özlarini sinab körişdi. 1987-yilga kelib Stiv Moss “New Time” jurnali orqali maxsus tanlov ötkazib, iştirokçilar oldiga 55 ta sözdan iborat tugal hikoya yoziş vazifasini qöydi. Qarangki, yozuvçilar buning ham uddasidan çiqişdi.
Xullas, “drabbl” degan şu taxlit vujudga keldi va köpçilikni qiziqtirib qöydi. Şundan söng dunyoning köplab mamlakatlarida drabllar yozişga iştiyoq kuçaydi.
Bizda ham bunga qiziqiş asta-sekin ortmoqda. Jurnalimizning ötgan sonlarida ham yoş ijodkorlarning uşbu janrda yozilgan möjaz asarlarini çop etganmiz. Bugun esa Toşkent davlat sanʼat va madaniyat institutining dramaturgiya bölimida tahsil olayotgan talabalarning maşqlarini eʼtiboringizga havola etyapmiz.
Baxtli tasodif
Ular avtobusda yonma-yon ötirib qolişdi. Yigit telefon titkiladi, öyin öynadi, musiqa eşitdi, zerikdi. Qiz kitob öqidi, közlari tindi, biroz toliqdi. Derazaga boqdi. Avtobus manzilga yetib keldi. Qizning közoynagi yerga tuşib ketdi.
Yigit olib berdi:
– Siz ham şu atrofda turasizmi?
– Yöq, mehmonga kelgandim.
Köp ötmay bu mahallada yor-yor sadolari yangradi. Juda köp mehmonlar kelişdi.
Bahs
Yigit öşa gözal qizni “ilintiriş” uçun örtoqlari bilan bahs boyladi. Ozgina vaqt ötib “reja”si amalga oşdi. Ammo yigitning özi taqdir tuzoğiga ilinib, qizni çinakamiga sevib qoldi. Ular muhabbat gaştini surişardi. Ammo bir kuni…
– Döstim sizni sevmaydi, biz bahs boylaşgan edik.
– Nahotki?!
Munosabatlarga çek qöyildi. Örtadagi döstlikka putur yetdi. Aybsiz muhabbat esa yetim qoldi.
Sabab
Yoş er-xotin ajraşişmoqda. Sudya ularni söroqqa tutdi:
– Turmuş qurganingizga atigi ikki yil bölibdi. Ajraşiş uçun birorta jiddiy sababingiz bormi?
– Bir-birimizni ortiq sevmay qöydik!
– Biz bir-birimizdan zerikdik!
Sudya “Bu sabablardan qay biri jiddiy?” deya çuqur öyga toldi va ularni savolga tutdi:
– Zerikiş paydo bölmasdan oldin, özi, bir-biringizni sevganmidingiz?
Er-xotin bir-biriga qaradi.
Baxt ustunlari
Nimanidir izlab köçaga çiqdim-u… özimni uçratib qoldim.
– Qayerga ketayapsan?
– Baxtimni izlab yuribman.
– Uyga qayt, haqiqiy baxt oiladan boşlanadi.
Qaytdim. Ota-onam yaqingaça meni sabr bilan kutgan ekan.
Qalbim iztirobda, çunki baxtimning qöşaloq ustunlarini yöqotganimni anglab yetdim…
Öt öçiruvçi
Yarim tunda öt öçiruvçilar alanga domida qolgan uyga yetib kelişdi. Içkarida qizaloq çinqirib yiğlardi. Öt öçiruvçilardan biri özini eşikka urdi.
Qizaloq omon qoldi, ammo öt öçiruvçi halok böldi.
Qutqarilgan qizaloq marhumning öğilçasi bilan tengdoş ekan.
Yillar ötib, öt öçiruvçi begonani emas – öz kelinini qutqargani maʼlum böldi…
Qoidabuzarlar
Nigina quloğiga telefonni tutdi-yu, gapga berilib ketdi. Uç yoşli qizaloği koptok öynab darvozadan katta köçaga çiqdi. Koptogini qöldan tuşirib yuborgan qizça serqatnov yölga talpindi…
Maşina boşqarib kelayotgan haydovçi ham bamaylixotir telefonda gaplaşib kelayotgan edi…
Taajjub
Uni “qalami ötkir yozuvçi” deyişardi. Bir umr qalamhaqi evaziga kun kördi. Juma tongida vafot etdi.
Jurnalist marhum yozuvçi haqida körsatuv tayyorlaşga qaror qildi. Şu niyatda uning xonadoniga bordi. Ijodxonasini közdan keçira turib hayratini yaşira olmadi:
– Qiziq, yozuvçining hamma narsasi bor, ammo bir dona ham qalami yöq ekan!
Dostonbek RAHMATULLAYEV
1992-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi.
Yoş ijodkorlarning “Isteʼdod maktabi” VIII respublika seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


