“Zeriktirib qöymadimmi?”
Maşhur faylasuf Arastuning oldiga bir dimoğdor boyvaçça keladi va jimjimador ohangda gapira boşlaydi. U özining ovozidan, aytayotgan sözlaridan zavqlanar, şu sababli hali-beri töxtaşni istamasdi.
Oradan ançagina vaqt ötgaç, dimoğdor notiq şunday lutf qiladi:
– Taqsir, sizni zeriktirib qöymadimmi?
– Yöq, bemalol, – deb javob beradi Arastu. – Axir, sizni eşitganim yöq-ku.
Qiyin joyi
Ajoyib kunlarning birida taniqli fransuz yozuvçisi Volterga örtamiyona adiblardan biri pyesasini beradi va öqib çiqib, fikrini aytişini söraydi. Volter asarni noiloj öqib çiqadi. Fikrini betoqat kutayotgan qalamkaşga esa mulohazasini şunday bayon etadi:
– Bunaqa tragediyani yoziş umuman qiyin emas. Asar muallifiga mulohaza aytiş qiyin, xolos.
Napoleon “lotereya”si
Napoleon Bonapart hukmronligi davrida 5 franklik tangalar ham muomalaga kiritiladi. Tanganing hajmi sezilarli darajada katta bölgani uçun odamlar undan foydalanmaslikni maʼqul köradi. Natijada uyum-uyum pullar banklar ğaznasida töplanib qoladi.
Vaziyatdan çiqiş uçun imperator 5 frankli tangalardan biriga şaxsan özining qöli bilan yozilgan 5 million frankli çek joylab qöyilgani, topgan kişi uni Fransiya davlat bankida istagan vaqtida naqdlaştirib olişi mumkinligi haqida eʼlon beradi. Köz oçib-yumgunça bankdagi 5 frankli tangalar muomalaga kirib ketadi. Biroq Napoleon qöli bilan yozilgan çekni topib, 5 million frankka ega böliş baxti bugungaça heç kimga nasib etgani yöq.
“Xotirjam bölişingiz uçun…”
Maşhur masalçi Ivan Krilov ijarada turgan uyning egasi bir şartnoma kötarib keladi. Şartnomada agar ijaraçining aybi bilan yonğin çiqadigan va uyga zarar yetadigan bölsa, u 60 000 rubl miqdoridagi mablağ bilan zararni qoplaşi körsatilgan edi. Krilov körsatilgan summaning ortiga yana ikkita nol qöşib qöyadi.
– Men hamma şartlarga roziman, – deydi masalçi qoğozni uy sohibiga qaytarar ekan. – Mutlaqo xotirjam bölişingiz uçun zarar qoplamasini 100 baravar köpaytirib qöydim. Mendan nima ketdi? Yonğin çiqadigan bölsa, birinçi summaniyam, ikkinçi summaniyam baribir tölay olmayman-ku!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


