Har bir odamning kaftidagi çiziqlar – öziga xos, betakror. Xuddi şunday har bir odamning yozuvi, dastxati ham boşqanikiga öxşamaydi. Töğri, umumiy jihatlar bölişi mumkin: muayyan tabiat egalari sal maydaroq, boşqalari yirikroq, kimlardir harflarni uzmasdan, boşqa toifa esa dona-dona qilib yozadi. Lekin sinçiklab qaralsa, bu umumiylik içida ham öziga xoslik mavjud. Negaki, har bir inson – Yaratganning alohida möjizasidir.
Uşbu sondan boşlab siz aziz jurnalxonlar eʼtiboriga taniqli şoir-yozuvçilarimizning qölyozmalaridan namunalar bermoqçimiz. Maqsadimiz – isteʼdodli şaxslarning köngil “kardiogramma”si, qölbitiklari orqali ularning yurak zarblarini aniqroq tuyuşingizga yordam beriş. Qolaversa, özi suygan ijodkorning dastxatiga ega bölişni kim istamaydi deysiz?!
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida