(Hikoya)
Falakning gardişi bilan, bu gözal va maftunkor qiz Matilda Luizel xizmatkorlar oilasida tuğilgan. U şunday qaşşoq oilada tuğilgani bilan ança-munça zeb-ziynatga öç qizlardan biri edi. Ammo yoşi ötib qolgan bu qizga heç bir yigit sevgi izhor qilmay qöygandi. Şunday bölgan taqdirda ham unda baribir sep-sidirğa yiğişga oilaviy şaroiti yöq edi. Uning özi ham na birovni tuşunişga uringan, na sevgan. Ilojsizlikdan kiçik kotibga turmuşga çiqişga rozi bölgan.
Qaşşoqlik uning joniga tekkan edi. Lekin eri ham oyligiga kun köradiganlar xilidan bölib, imkoniyati boriça Matildaning köngliga qaraşga harakat qilardi. U faqat gözallik, nazokat, jozibali köriniş dardida yurardi. Tabiiy nafislik, xuşbiçimlik, aql-idrokli böliş oliy tabaqa belgisi hisoblanib, aslzoda xonimlardek yurişni xayol qilişdan töxtamasdi.
U özi xohlaganidek yaşolmayotganidan tinmay azob çekar, buning ustiga uyining faqironaligi, devorlarning ğarib körinişi, eskirgan stullar, pardalarning aft-angori uning nafasini böğardi. Unga öxşagan boşqa bir ayol bu narsalarni hattoki aqliga ham siğdirolmasligini öylab qiynalar, asablarini tarang qilardi. Kiçkina Breton1 dehqoni kabi kundalik uy yumuşlari uni afsusnadomatlar domiga taşlab, çorasiz va uşalmas orzular girdobiga uloqtirardi.
Matilda şarqona naqşlar bilan bezatilgan devoriy gilamlar, bronza qandillar, nur taratib turgan sokin xonani, katta kresloda yonboşlab olgança etikşim kiygan baquvvat inson haqida öy surganiça oşxona plitasidan anqiyotgan issiq havodan oğirlaşib, lanj böldi. U ipaklar bilan bezatilgan uzun zallarni, közni quvontiradigan haşamdor mebellarni, muattar atirlarga burkangança keçki bazmlarda yaqin dugonalari bilan gurung quruvçi fransuz ayollari va taniqli odamlar bilan suhbatlaşişni, barça ayollarning hasadini qözğab, ularning diqqat markazida böliş xayolida suzib yurardi.
Juvon aylana stolga yozilgan dasturxon oldiga tuşlik qiliş uçun ötirdi. Şörva idişining qopqoğini oçib qöygan turmuş örtoği quvonç bilan xitob qildi:
– O, mazali rot-au-feu!2 Bundan ortiği bölmasa kerak!
Ayoli esa lazzatli tuşliklar, yaraqlayotgan kumuş idişlar, qadimiy odamlarning rasmi tuşirilgan devoriy gilamlar, ertaksimon örmon örtasida parvoz qilayotgan ğaroyib quşlarni xayol qilardi. Şuningdek, u jimjimador likopçalar, mazali taomlar, gulmohining qizğişrang göşti yoki bedana göştini yeyiş davomida quloqqa kulgi aralaş çalinadigan muloyim şivir-şivirlarni orzu qilardi.
Ming afsuski, bu uning xayoli edi. Matilda bazmlarga çiqişga xohişi boru, ammo imkoniyati bölmaganidan keyin uyda qamalib ötirişdan özga çorasi yöq edi. Uning köziga faqat rango-rang köylaklar, taqinçoqlardan boşqa narsa körinmas edi. Matilda şulardan boşqa narsani sevmasdi, özini şu matohlar uçun yaralgan deb bilardi. U köngilxuşlik qiliş, boşqalarning hasadini keltiriş, maftunkor böliş va hammani öziga qaratişni yoqtirardi.
Matildaning ayollar ibodatxonasida birga tahsil olgan sobiq sinfdoş dugonasi bölib, u juda boy edi. U uşbu dugonasinikiga borişni, körişni yoqtirmas, sababi, doim ortiga qaytganidan söng azob çekardi.
Bir kuni keçqurun turmuş örtoği xursand qiyofada uyga kirib keldi va qölidagi katta konvertni uzatdi.
– Bu yerda, – dedi u, – senga atalgan bir nima bor.
Ayol konvertni keskin tarzda yirtib taşladiyu quyidagi sözlar tuşirilgan tamğali taklifnomani suğurib oldi:
“Xalq taʼlimi vazirligi va madam Jorjes Ramponnau hurmatli mister va madam Luizellarni 18 yanvar, duşanba kungi bazm keçasi uçun Vazirlik saroyiga lutfan taklif qiladi”.
Ayol eri kutganidek quvoniş örniga, taklifnomani nafrat bilan stol ustiga irğitib, tönğilladi:
– Bu bilan nima qilişimni istagandingiz?
– Azizam, seni xursand qilmoqçi edim. Taşqariga heç çiqmaganing uçun yaxşi imkoniyat deb öylagandim. Buni qölga kiritiş oson keçmadi. Qança odam u yerga borişni orzu qiladi. U yerga saralab çaqirişgan. Ayniqsa, kotiblarni aytişlari ğoyat dargumon. Bazmga faqat zodagonlar yiğiladi.
Juvon eriga darğazab tikilib, betoqatlik bilan sözladi:
– Axir bazmga nima kiyib boraman?
Eri bu haqda öylab körmagandi.
– Nimaga, teatrga tuşganda kiygan köylaging-çi?! Öşa menga juda yoqqandi, – dedi u.
Söngra gapirişdan töxtab qoldi. Xotinining yiğlayotganini körib, yomon ahvolga tuşdi. Ayolning köz qirralaridan ikkita katta tomçi yoş sekingina lablari tomon yumaladi.
Kotib tutilib-tutilib xotiniga gapirdi:
– Nima böldi? Nima böldi?
Ayol jizzakilik bilan uning rahmini keltirgandi. Söng esa yonoqlarini artib, bosiq ovozda javob berdi.
– Heç narsa. Faqatgina u bazmga mos köylagim yöq, şuning uçun öşa keçaga borolmayman. Taklifnomani esa xotini mendan köra yaxşiroq kiyingan hamkasblaringizga olib borib bering.
Er ilojsiz dedi:
– Kel, Matilda, öylab köraylik, – davom etdi u. – Bejirim va boşqa tadbirlarga ham kiysa böladigan yaraşiqli köylak qança turadi?
Juvon bir neça daqiqa çuqur öyga toldi, hisob-kitob qildi, miqdordan taajjublanib, tejamkor kotibning gaplaridan çöçib, öziça nimalardandir voz keçdi.
Va nihoyat, ikkilana-ikkilana javob berdi:
– Aniğini bilmayman-u, öylaşimça, tört yuz frank bilan nimadir qilsa böladi.
Erning rangi oqarib ketdi. Çunki bu miqdordagi pul bilan u qurol sotib olişni va yakşanba kuni birga törğay ovlagan döstlari bilan kelasi yozda şahar çetidagi Nanterra3 yaylovlarida ov qilib, dam olişni möljallagan edi.
Ammo bu haqda indamadi.
– Yaxşi, senga tört yuz frank berganim bölsin. Çiroyli köylak sotib ol.
Bazm kuni tobora yaqinlaşar, köylagi tayyor bölganiga qaramay, madam Luizel ğamgin, behalovat va behuzur körinardi.
Bir kuni oqşom mahali turmuş örtoği undan sörab qoldi:
– Nima böldi? Keyingi uç kun içida ğalatiroq bölib qolgansan.
Ayoli javob berdi:
– Bir dona ham taqinçoğim, bir dona ham toşlarim, umuman taqişga heç narcam yöqligidan xörligim kelyapti. Nihoyatda baxtsizman. Yaxşisi, bormay qöya qolganim maʼqul.
– Tabiiy gullarni taqişing mumkin, – dalda berdi mister Luizel. – Hozirda bu uslub juda urfga kirgan. Ön frank evaziga ikki yoki uçta çiroyli atirgul sotib olasan.
Matilda işonqiramadi.
– Yöq, boyvaçça xonimlar orasida beçora qiyofada körinib, ğururim poymol bölişini xohlamayman.
Şu payt bir nima esiga tuşgandek birdan çinqirib yubordi:
– Qançalar ahmoqsan-a? Dugonang madam Forestiyerni yöqlab borib, taqinçoqlarini sörab tur. Axir u bilan juda ham qalin örtoqsizlar-ku.
Xotini xursandçilikdan qiyqirdi.
– Töppa-töğri! Bu xayolimga ham kelmagan ekan.
Ertasi kuni u dugonasinikiga kelib, dardini bayon qildi.
Madam Forestiyer oynali eşik bilan qoplangan kiyim javonidan katta taqinçoqlar qutisini olib keldi. Uni oçib, dugonasiga dedi:
– Azizim, tanlab ol!
U dastavval bilakuzuklarni, keyin marvarid marjon şodasini, söng Venetsiya xoçini, usta zargarning tilla va qimmatbaho toşlarini közdan keçirdi. U közgu oldida öziga oro berdi, ikkilandi, bulardan töla qoniqiş hosil qilmagaç, joyiga qaytarib qöydi.
– Hammasi şumi? – söradi u.
– Nega ekan, yana bor, albatta. Qarab kör. Nimani yoqtirişingni bilmayman-ku.
Birdaniga uning közlari qora duxoba qutidagi olmosli serhaşam marjon şodasiga tuşdi. Yuragi qinidan çiqayozdi. Uni uşlaganida köllari titrab ketdi. Taqinçoqni keng yoqali köylagiga moslab, böyni atrofiga ildi va tovlanişidan özini yöqotdi.
Keyin esa qörquv, iztirob aralaş söradi.
– Menga xuddi şuni berib tura olasanmi, faqat şuning özini?
– Ha, albatta.
U dugonasining bağriga özini otib, xursandligidan öpib qöydi. Söngra xazinasi bilan jönab ketdi.
Bazm kuni yetib keldi. Madam Luizel katta muvaffaqiyatga erişdi. U barçadan gözal, xuşbiçim, pörim, quvnoq va baxtiyor edi. Barça erkaklarning közi unda, uning ismini söraşar, tanişişga harakat qilişardi. Vazirlar Mahkamasining barça vakillari u bilan birga vals tuşişni istaşardi. Şaxsan uning özi vazirning nazariga tuşdi.
U sarxuşlik va ehtiros bilan raqsga tuşar, içimlik taʼsirida rohatlanib, gözalligi zafarida, muvaffaqiyat şohsupasida, baxt osmonida suzgança barçasini unutib, öziga bölgan izzat-ikrom, hayrat, yoniq istaklar va mutlaqo muzaffarlik hislari qalbini çulğab olgandi.
Tonggi soat törtga yaqin u ketiş taraddudiga tuşdi. Turmuş örtoği yarim tundan buyon qarovsiz xonada, xotinlari bayramni ajoyib nişonlayotgan uç erkak bilan uxlab yotardi.
U xotinining yelkasiga bazm köylagining husniga doğ tuşiradigan şarfni taşlab qöydi. Juvon buni sezgaç, qimmatbaho möynaga burkangan boşqa bir ayolning nazariga tuşib qolmaslik uçun uni yulqib oldi.
Luizel uni töxtatdi.
– Bir oz kutib tur, taşqarida şamollab qolasan. Men borib, arava uşlayman.
Lekin Matilda uni eşitmadi. Çaqqonlik bilan zinalardan pastladi. Köçaga çiqib, birorta ham fayton topişolmadi. Ular qidirişni boşlagaç, uzoqroqdan ötib ketgan taksiçiga közlari tuşib, baqirib qolaverişdi.
Çorasiz qolganiça sovuqdan qaltirab, Seine (Zayna)ga tomon yurişardi. Va nihoyat, kunduzlari umuman uçratib bölmaydigan, faqat yarim keçasi Parij atrofida paydo böladigan eski aravani (noktambulant) daryo böyida uçratişdi.
Ruye des Martirsdagi uyi eşigi oldida tuşib, ğamgin yurişda davom etişdi. Matilda uçun hammasi tamom bölgandi. Erining soat önda vazirlikda bölişi kerakligini xayolidan ötkazdi.
U yana bir marta şuhrat oğuşida közgu orqali öziga tikilib, yelkalarini yopib turgan şarfni oldi. Biroq kutilmaganda çinqirib yubordi. Böynidagi marjon şodasi yöq edi!
Eri yarim yeçingan ahvolda söz qotdi:
– Senga nima böldi?
U jinninamo ögirildi.
– Men… men… men madam Forestiyerning marjon şodasini yöqotib qöydim.
Luizel joyida qotib qoldi.
– Nima?!. Qanday qilib? Bölişi mumkinmas!
Ular köylakning qatlarini, plaşning taxlamlariniyu çöntagini, hamma joyni qarab çiqişdi. Ammo marjon topilmadi.
– Bazmdan çiqqaningda u aniq böyningda turganmidi? – söradi Luizel.
– Ha, saroy dahlizida turganimda u böynimda edi.
– Agar köçada tuşirganingda ovozini eşitgan bölardik. Balki aravada qolgandir.
– Ha, ehtimol. Raqamini olganmidingiz?
– Yöq, sen-çi, eslolmaysanmi?
– Yöq.
Ular hayratomuz tikilib turişardi. Oxiri, Luizel kiyimlarini kiydi.
– Men piyoda ortga qaytaman, – dedi u. – Bosib ötgan yönaliş böylab yurib, topişga urinib köraman.
U çiqib ketdi. Matilda bazm köylagida kresloda ötirib, köziga uyqu kelmay, olovni ham yoqmay, xayoliga bir fikr kelmay, uni kutardi. Soat yettilar atrofida izlaganini topolmay, eri quruq qaytib keldi.
Luizel politsiya boşqarmasiga, gazeta idoralariga borib, mukofotlar eʼlon qildi. U barça taksi kompaniyalarini umid ilinjida aylanib çiqdi.
Falokatga yöliqqan ayol kunböyi vahima içida kutdi. Tunda Luizel siniqqan, umidsiz yuz bilan qaytdi. Heç qanday yangilik yöq edi.
– Dugonangga, – dedi u, – taqinçoğining ilgagini buzib qöyganing, uni tuzatiş uçun bir oz vaqt kerakligini yozib yubor.
U birma-bir hammasini xatga tuşirdi.
Hafta oxirida ular umidini butunlay uzişdi.
Naq beş yoşga qarigan Luizel siniq ohangda sözladi.
– Endi taqinçoqni qanday qaytariş haqida boş qotirişimiz lozim.
Keyingi kun ular qutini olib, donği çiqqan zargarnikiga borişdi. Luizel uning kitobini qarab çiqdi.
– Madam, men marjon şodasi sotadigan sotuvçi emasman. Şunçaki, qutilarga bezak beraman, xolos.
Şundan söng ular zargarma-zargar yurib, öşa marjon şodasiga öxşaşini izlaşdi, ulardan maslahat olişdi. Ikkalovi ham alam va iztirobda qaytişdi.
Palais Royaldagi dökonda ular qidirayotgan taqinçoqqa juda öxşaş marjon şodasiga duç kelişdi. Narxi qirq ming frank turar ekan. Zargar öttiz olti ming frankka sotişga köndi. Er-xotin zargarga uç kungaça uni sotmasligini sörab yolvorişdi. Har ehtimolga qarşi, ular fevral oxirida yana boşqasini ham topib qöyişdi.
Luizelda otasi unga qoldirgan ön sakkiz ming frank bölib, qolganini qarz oldi.
Birovdan ming frank, boşqasidan beş yuz, beş luisni u yerdan, uç luisni bu yerdan sörab, qarz yiğdi. U barçasini qayd etib qöydi. Xonavayron qiladigan vaʼdalar berdi, sudxörlar va barça qarz beruvçi zoti bilan bitim tuzdi. U qolgan umrini xavf ostiga qöyib, hattoki xarajatlarni tölay oliş yoki olmasligini bilmay turib, tavakkal imzo qöydi. U hali boşidan ötkazmagan uqubatlar, uni yiqitişi mumkin bölgan öta qaşşoqlik, moddiy muhtojlikning kelajagi va unga azob beradigan ruhiy qiynoqlardan vahimada edi. U marjon şodasini oliş uçun keldi va savdogarning rastasiga öttiz olti ming frankni taşladi.
Madam Luizel marjon şodasini qaytariş uçun kelganida, madam Forestiyer unga sovuq ohangda gapirdi.
– Buni tezroq qaytarişing lozim edi. Özimga zarur bölib qoldi.
U qörqqanidek, dugonasi qutini oçmadi. Agar taqinçoq boşqa ekanini bilib qolganida nimani öylagan, nimalar degan bölardi? Madam Luizelni öğirlikda ayblarmidi?
Madam Luizel hozir yöqçilikda yaşaşni qörqinç bilan his qildi. Tasodifiy hodisada qahramonlarça iştirok etdi. Endi esa dahşatli qarzdorlikdan qutulmoq lozim. Ayol buni tölaydi. Ular xizmatkorini işdan böşatişdi; turar joyini özgartirişdi; tom ustidagi çerdakni ijaraga olişdi.
U uy yumuşlarining naqadar oğirligini, oşxona taşvişlarining yoqimsizligini anglab yetib, yoğli qozon va tovani yuviş uçun puşti tirnoqlarini işlatardi. U kir polotnoni, erining köylagini va idiş artadigan soçiqlarni yuvardi. Har kuni ertalab yuvindilarni köçaga olib çiqib, zinapoyalarda töxtab nafas rostlagança suv olib çiqardi. Odamlarning xotiniga öxşab kiyinar, qölida savat bilan meva, baqqollik, göşt dökoniga borar, savdolaşar, haqorat qilar, mayda pullarini tiyinigaça hisoblardi.
Har oy qarzning bir oz miqdorini uzişsa, qolganini uzaytirişardi.
Turmuş örtoği keçqurunlari savdogarning hisobkitoblaridan nusxa yozar, tunga borib, varaği uçun 5 luis evaziga qadimiy qölyozmalardan namuna köçirardi.
Bu turmuş tarzi ön yil davom etdi.
Ön yildan sönggina ular hamma narsani, hamma-hammasini – sudxörlarga nisbati va qöşma foizlari bilan tölab bölişdi.
Madam Luizel endilikda qarimsiq körinardi. Kambağallaşgan ayol kuçli, qattiqqöl va qörs bölib qolgandi. Soçlari tözğigan, afti bujmaygan, qizargan qöllari bilan polni artib, atrofdagilarga baqirib gapirardi. Baʼzan, eri idorada bölgan vaqtlarda, u derazaga yaqin ötirgança ön yillar oldingi farahbaxş keçani, u nihoyatda latofatli va gözal bölgan bal haqida xayol surardi.
Agar u marjon şodasini yöqotmaganida nima bölardi? Kim biladi deysiz? Hayot qançalar ğaroyib va özgaruvçan! Kiçkinagina voqea baʼzan yaşaş yoki hayotdan umid uzişga yetarli böladi!
Yakşanba kuni edi. Haftalik mehnatlarning hordiğini çiqariş maqsadida Çamps Elyseyesda sayr qilib yurib, tösatdan bola yetaklagan ayolga duç keldi. Hanuz yoş, hanuz gözal, hanuz maftunkor bölgan madam Forestiyer edi.
Madam Luizel hayajonlandi. U bilan gaplaşsinmi? Ha, albatta. Axir hammasini tölab bölgan, endi bor gapni aytaversa ham böladi.
U tepaga kötarildi.
– Xayrli kun, Tentak!
Unga tanişidek murojaat qilgan oddiy yoqimtoy juvondan taajjublandi-yu, ammo uni mutlaqo tanimadi.
– Lekin… madam! – tutilib gapirdi u. – Sizni tanimadim… Adaşgan bölsangiz kerak.
– Yöq. Men Matilda Luizelman.
Dugonasi qiçqirib yubordi:
– O, beçora Matilda! Qançalar özgarib ketibsan!
– Ha, seni oxirgi bor körganimdan buyon qança oğir kunlarni boşdan keçirdim… qança musibatli kunlarni… Hammasi sen tufayli böldi!
– Meni deb! Qanday qilib?
– Saroydagi bazmga taqib turiş uçun menga bergan marjon şodalarini eslaysanmi?
– Ha, xöş?
– Men uni yöqotib qöygandim.
– Nimani nazarda tutyapsan? Uni keltirib berganding-ku.
– Senga xuddi öxşaşini olib kelib bergandim.Söngra buning tölovini ön yil davomida uzdik. Tuşunyapsanmi, heç vaqosi yöq kimsa uçun bu qançalar muşkul edi. Va nihoyat, hammasi tugadi. Bundan juda xursandman.
Madam Forestiyer yurişdan töxtadi.
– Aytmoqçisanki, menikini örniga qaytariş uçun yangi marjon şodasini sotib olgansan?
– Ha! Sen buni sezmading ham! Ular juda öxşaş edi.
Matilda mamnun kuldi.
Madam Forestiyer qattiq titrab ketdi, uning qöllarini uşlab, dedi:
– O, beçoraginam Matilda! Nima uçun, mening taqinçoğim oddiy toşlardan yasalgan edi-ku!
1Breton – quyi Normondiyadagi ğarbiy Fransiyaning yarim oroli.
2 Pot-au-feu – qaynatma şörva.
3 Nanterra – Parijning ğarbiy çekkasi.
Ingliz tilidan
Gulnoza MAMARASULOVA tarjimasi,
“Yoşlik” jurnali, 2012-yil 2-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


