2 daqiqada öqiladi

193 marta körilgan

Yaxşi gaplarni köpçilik gapirişi mumkin…

Yaxşi gaplarni köpçilik gapirişi mumkin...

Rabindranat Tagor hikmatlaridan

* * *
Agar sen barça iştibohlarga eşigingni berkitsang, haqiqat ham taşqarida qoladi.

* * *
Biz odamni nimani bilişiga qarab emas, nimadan quvonişiga qarab anglaymiz.

* * *
Er-xotinlik – sanʼat va uni har kuni yangilab turiş kerak.

* * *
Şunçaki qarab yoki turib dengizni kesib öta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.

* * *
Hatto qaroqçilar tödasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etişi kerak; ular butun dunyoni talaşlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.

* * *
Çeksiz umid va iştiyoq yoşlikning asosiy boyligidir.

* * *
Ruhingni tuşirma, niyatingdan qaytma. Döstim, sening yöling bitta: özingni takomillaştir va begonaga xizmat qilma. Muhokamalaru tösiqlardan çöçima.

* * *
Iztirob hayotdagi barça qadrli narsalar: kuç-quvvat, aql-farosat, muhabbat uçun tölovdir.

* * *
Mast özini qançalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Çunki uning bu baxti boşqalar uçun körgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.

* * *
Kuçini körsataveradigan odam kuçsizligini isbotlaydi, xolos.

* * *
Maqtov meni pastga uradi, çunki uni içimda özim sörab turaman.

* * *
Qurigan daryoga ötmişi sabab rahmat aytmaydilar.

* * *
Yaxşi gaplarni köpçilik gapirişi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi, u aqlning kuçini talab etadi.

* * *
Vijdonimizning ovozini eşitmaslik uçun şovqinli olomon içiga özimizni uramiz.

* * *
Yulduzlar özlarini tillaqönğiz deb öylaşlaridan qörqmaydi.

* * *
Muhabbatning haqiqiy gözalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.

* * *
Odam hayvonga aylanganda hayvondan yomondir.

* * *
Rohat-faroğatlarga kömilib, lazzat hissidan mosuvo bölamiz.

* * *
Baxt özini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oşişini istasang, ularni tiyib tura bil.

* * *
Hamma haqiqatni aytişga çoğlanmagan paytingda samimiy böliş oson.

* * *
Pessimizm qalb alkogolizmining bir körinişidir.

Orif Tolib tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)