Oq laylak
Oq laylagim, oq laylak,
Qanotingni qoq, laylak.
Şahrim kökida uçib,
Bizlar tomon boq, laylak.
Bu gumbazlar seniki,
Seniki bu minora.
Ular ustida qönib
Çalavergin nağora.
Oq laylagim, oq laylak
Qanotingni qoq, laylak.
Seni körib bizlarning
Dimoğimiz çoğ, laylak.
Çunki özing çiroyli,
Qanotlaring oppoq qor.
Eng muhimi, sen bizga
Olib kelasan bahor.
Oq laylagim, oq laylak,
Qanotingni qoq, laylak.
Oymomoning qöşiği
Oymomojon, oymomo –
Şuʼla, nurga boy momo.
Şarqdan çiqib kelasan,
Kökda yurib-yelasan.
Quçib olib osmonni,
Yoritasan jahonni.
Nur xaltangda nuring köp,
Javohiru during köp.
Undan bahramand bizlar –
Jamiki öğil-qizlar
Yoruğingda öynaymiz.
Qöşiq aytib kuylaymiz.
Biz bilan birga kuylar
Rang-barang xuşböy gullar.
Toğu toş, dala, qir ham
Biz bilan birga har dam.
Oymomojon, oy momo,
Şuʼla, nurga boy momo,
Nur xaltangni oçaver,
Mehr nuringdan soçaver!
Yulduzlar
Oftob öçib,
Ketdi kunduz.
Kökka köçib,
Çiqdi yulduz.
Nurin tarab
Keng osmonga.
Yulduz qarab
Men tomonga.
Jimir-jimir
Etib kular
Men-la suhbat
Qurmoq bölar.
– Kel, yulduzjon,
Gaplaşamiz,
Bölib şodon
Kuylaşamiz:
– Osmon bölsin
Töla yulduz,
Uni körib
Quvonsin köz.
Öxşaymiz, bil,
Biz özimiz.
Biz ham yerning
Yulduzimiz.
Onalar-çi
Bizni şundan,
Yulduzim, deb,
Sevar dildan.
Barça yulduz
Bölsin omon,
Bölsin zamin,
Bölsin osmon!
Isiriq
– Hoy isiriq,
Isiriq.
Turiş-turmuşing
Qiziq:
Özing ötda
Yonasan,
Çirs-çirslab
Quvonasan!?
– Isiriqman,
Isiriq.
Jussam kiçik,
Qiltiriq
Yupqa badanu
Pöstim
Lek, kuçdan yöq
Kam-köstim
Bu jismimga
Berib tob
Nurga töyğazgan
Oftob
Ösgan yerim –
Çöl, sahro
Tutunim –
Dardga daʼvo
Mikrob keltirsa
Kasal,
Men bölib unga
Ajal,
Çirs-çirs etib
Otaman.
Qiraman,
Yöqotaman!
Maktub
Maktub keldi
Maktub keldi
Akamdan,
Mazmunini
Bilib oldim
Dadamdan.
Akam debdi:
Salomatman
Soppa-soğ.
Yurt xizmatin
Ötayapman
Kayfim çoğ.
Yaqin kunda
Tugataman
Xizmatni.
Mening uçun
Öping ukam
Surʼatni.
– Urra, aka,
Kela qoling
Tez, qani.
Kiyar edim
Siz keltirgan
Şapkani.
Ğulom Şomurod 1937-yili Buxoro viloyatining Jondor tumanida tuğilgan. Bu yil qutluğ sakson yoşni qarşi olyapti. Tahririyatimizga bir turkum şeʼrlarini olib kelgan oqsoqol adibimiz bilan suhbatlaşarkanmiz, u kişining hamon jöşqin ijod zavqi bilan yaşayotganini his qildik. Havasimiz keldi.
Maʼlumot uçun aytaylik: şu paytgaça şoirning “Oydinda kezaman”, “Qalbim qatrasi”, “Zarrin yaproqlar”, “Bobo şahrim”, “Soğinç sohili”, “Navolarim”, “Mehr mehvari” singari yigirmaga yaqin kitoblari, şuningdek, “Jabay”, “Hurlik qasidasi”, “Suluv Bibişxon va meşkob”, “Luxsorlik izvoşçilar” kabi dostonlari çop etilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
Ğulom Şomurodning yoş avlodga, jajji öquvçilarimizga bağişlangan şeʼrlarini eʼlon qilarkanmiz, u kişiga: «Hormang, tolmang! Bundan keyin ham ijodingiz barakali bölsin!» deb qolamiz.
Tahririyat
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida