6 daqiqada öqiladi

213 marta körilgan

Xudbinlikka qurbim yetmaydi

Halima Ahmedova

Şu kunlarda bolalikka har kuni xayolan ön marta qaytaman desam, işonavering. Bu şaffof davrning öz ehsonlari bor. Men bolaligimdan şuning uçun ham minnatdormanki, u menga eng çiroyli xayollarni berdi, tabiatdan sir terişni örgatdi.
Bir paytlar katta bir şoira opamiz biznikiga borganda, “Kiçkina qişloqçada yaşar ekan”, degan ekan. Ammo mening közimga hanuz qişloğimiz juda bepoyon va katta körinadi. Ayniqsa, hovlimiz ortidagi boğ – mening eng katta darsxonam edi. Balki menga adabiyotni şu boğdagi daraxtlar örgatgandir, ajriqlaru peçakgullar örgatgandir. Har holda şunça yoşga kirib hali heç qayerdan öşa möjaz boğimizdan topgan tuyğular şuʼlasini topolganim yöq.
Köp şeʼrlarimda daraxt obrazi uçraşi ham şu boğ bilan boğliq menimça. Juda xayolparast bölganman, bu esa juda köp kitob öqiganimning taʼsiridan deb öylayman. Aslida barça ijodkorlarning adabiyotga kirib keliş yöli qaysi maʼnodadir bir-biriga öxşaydi. Aytaylik, bolaligida köp kitob öqiydi, jindak xayolparast va juda rahmdil böladi.
Xudo rahmatiga olgan bölsin, bobom nihoyatda savodli odam edi. Har kuni meni yonlariga çaqirib, Bedil, Maşrab, Yassaviy, Navoiy va mavlono Rumiyni öqib berardilar. Menga öşanda ğazallarning mazmunidan köra ohangi köproq yoqardi. Çunki, mazmuniga tişim ötmasdi.
Qaçonlardir kitob şaydosi bölganim rost. Dadam menga juda köp kitob olib kelardilar. Menga ajratilgan kiçkina xona kitobga töla bölardi. Negadir xonamga heç kimning kirişini istamas edim. Baʼzan ota-onamdan yoki ustozlarimdan dakki eşitgan vaqtlarim yaxşi körgan asarlarimning içiga kirib berkingim kelardi.
Bobom öqigan ğazallar ohangi meni nimadir yozişga undardi. Ilk şeʼrimni ön bir yoşimda yozganman. Va uni apil-tapil tuman gazetasiga jönatganman. Eng qiziği, maşqim öşa gazetada bosilgan. “Onajon” deb atalgan şu ilk şeʼrim bilan maktabda ança vaqt maşhur bölib yurganman…
Ilk kitobim “Tungi marvaridgullar” (nomini sevimli şoirim Şavkat Rahmon tanlagan) men Moskva şahridagi kasalxonada yotganimda çop etilgan. Öşanda hayot bilan ölimning orasida edim. Şuning uçunmi ilk kitob menga unça tatimagan. Keyinçalik, soğayib ketganimdan söng “Tungi marvaridgullar” haqida öquvçilardan iliq gaplar eşitib quvonganman.
Eng katta va uluğ ustozim – öqigan kitoblarim deb öylayman. Ular menga köp narsani örgatdi. Odamlarni yaxşi körişni, işonişni, heç kimga hasad qilmay yaşaşni ulardan örgandim.
Hayotim davomida işonuvçanligim ortidan köp xatolar qildim. Ammo hasad qilmay yaşaş, haqiqatni seviş oldida bu xatolar heç narsa emas.
Baʼzida manfaat topiş uçun xudbin va beşafqat bölgim keladi. Ammo qurbim yetmaydi. Zotan, kitoblar yuqtirgan mehribonlik, haqiqatparastlik bunga yöl qöymaydi…
Yaxşimi, yomonmi sakkizta kitobim çop etildi. Menda ğalati bir odat bor. Şeʼrni bir nafasda yozaman-da qaytib öqib köraman. Özimga yoqqanday böladi. Kitob bölib çiqqandan söng mutlaqo begonadek körinadi. Keyin yozgan şeʼrimning ustidan işlasam soxta çiqib qoladigandek tuyulaveradi. Köngil tölmasligi ham yaxşi narsa şekilli, bölmasa şunça dard yetmaganidek, (hozir urçib ketgan) özimga mahliyolik kasalini orttirib olarmidim…
Adabiyot olamiga kirgan inson borki, menimça bu dunyodan yaxşilik izlab yaşaydi. Aslida men barça ijodkorlarni (xom xayol deb öylamang) ezgulik elçilari deb bilaman. Ular qaysidir maʼnoda tili, millati, mansabidan qatʼi nazar bir-biriga qarindoşdek tuyuladi menga. Şuning uçunmi, ijodkorlar bilan öz oğaynimdek oçilib-soçilib gaplaşaman.
Ummonlarda suvni filtrlaydigan baliqlar yaşar ekan. Taʼbir joiz bölsa adabiyot ahlini men şu baliqlarga öxşatgan bölar edim. Zero, jamiyatdagi har qanday ezgulikda, qalb tozaligida, adabiyotning, çinakam ijodkorlarning mehnatini körganday bölaman.
Sözda Haqning jamoli bor, deyişadi. Şundanmi, söz işqiga tuşgan şoiru yozuvçini Yaratgan ayovsiz sinaydi. Goh dard beradi, goh qayğu beradi, goh hayotning köçalarida sarson tentiratadi. Şularning barçasiga çidasang, mana ol, deb mastona devonaligini beradi. Bu devonalikka “şukr” sözini oşiq eta olgan ijodkorgagina ijodning betimsol vasli nasib etadi.
Konfutsiyning: “Duşmaningni faqat maqtagin, toki u maqtovdan şişib yorilsin”, degan gapi bor. Qolaversa xalqimiz içida ham “Duşmanni şakarda öldir”, degan naql yuradi. Men buni bekorga keltirmadim. Zör şoir va yozuvçiga maqtovning keragi yöq. Şuningsiz ham qalb uning asarlarini yaxşi körib öqiydi.
Adabiyot maydoniga sof tuyğulariyu orzulari bilan kirgan, kirayotgan ijodkorlarning bitta kitobi çiqar-çiqmas uç-tört betlab maqtovnoma taqrizlarning çiqayotganini (ayniqsa çiroyli ijodkor qizlarga) qaysidir maʼnoda ularning ijodiga suiqasd deb öylayman. Adabiy tanqidçiligimiz bugun közini kattaroq oçsa yaxşi bölardi. Nazarimda öquvçilar ham, ijodkorlar ham, olovli, toza bahslarni, haqiqatdan suv içgan taqrizlarni juda soğinişgan…
Bilmadim, mavridimi yoki yöqmi, içimda neça yildan buyon maddalab yotgan bir gapni aytgim kelayapti. Ança yillar oldin murğak bolam bilan ijarama-ijara yurgan kezlarimda xuşxabar eşitdim. Yozuvçilar uyuşmasining uysiz-joysiz aʼzolariga uy ajratilibdi. Döppimni osmonga otib, xursand böldim: haqiqat bor ekan-ku! Darrov Yozuvçilar uyuşmasining öşa paytlardagi masʼullaridan birining qabuliga kirdim. U meni sovuq qarşi olib: “Hamma uyning öz egasi bor, sen esa bu yerda izğib yurmasdan qişloğingga ket, adabiyotga nima ham qilib berarding”, dedi. Karaxt tortdim. Ruhim yer bilan bitta böldi. Afsus, şunga öxşaş iddaolarni  yana köp eşitdim.
Öşa kunlar mening adabiyotdan topgan haqiqatim çil-çil singandek böldi. Qançadan-qança isteʼdodli yoşlar öşanday undovli gaplarni eşitib, öz qişloqlariga qaytişdi. Şu-şu heç qayerda körinmay ketişdi. Özingiz öylang, bu endigina porlayotgan isteʼdodning ustiga loqaydlik bilan tuproq tortiş degani emasmi?!
Hammasi ortda qoldi. Bugun Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining ijodkorlarga, ayniqsa yoş ijodkorlarga körsatayotgan muruvvatidan könglim yayraydi. Ana şu muruvvatni qadrlab zör asarlar yaratiş payti keldi nazarimda.
Adabiyotimiz dengiziga bugun yangi-yangi tölqinlar kirib kelayapti. Köngilga yangi havo olib kirayotgan yoşlarimizni qutlamoq va asramoq lozim, deb öylayman. Ijodkorlar bir-birining ijodiga hasad bilan emas, havas bilan qarasa bu qançadan-qança yuksalişga yöl oçgan bölardi. Özingiz öylang, qaçondir “xalq duşmani” deb otilgan, aslida esa xalqning çinakam döstlari bölgan Çölpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Fitratlarning umriga zavol bölgan hasad emasmidi! Yaratgan bir-birini qöllaganni qöllaydi… Dunyoga köz-köz qilsa arzigulik adabiyotimiz boru, ammo haligaça nimagadir şu yölda oqsayapmiz. Töğri, Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi tarjima markazi bu borada iş olib borayapti. Bu tarjima markaziga kuçli adabiy tarjimonlar kerak. Bir yiğilişda hurmatli şoirlarimizdan biri: “Yoşlarni ramkaga tortiş kerak” degan gapni aytdilar. Aksinça, yoşlarga ijodiy kenglik beriş kerak emasmi?!
Biz Hazrat Navoiy, Bobur Mirzolar ekib ketgan daraxtlarning mevasini yegan xalqmiz. Nasib bölsa, adabiyotimiz dunyoni zabt etişiga işonaman.
Özimga kelsak: “Adabiyot uçun nimadir qila oldimmi?” degan savolga haligaça javob topganim yöq. Bir paytlar könglimdagi tuyğular şavqidan mastu mağrur edim. Ammo yillar tuyğularingni beşafqat duradgordek randalab boraverar ekan. Kimningdir oldiga qarz sörab borganimda yoki öğlimning qilgan aybi uçun boş egib uzr sörayotganimda öşa randaning oğriqli azobidan qiynalgan ğururimning çinqiriğini eşitganday bölaman.
Ammo Yaratganning menga bergan tuyğulari uçun doimo şukr qilaman. Öjar va öz bilganidan qolmaydigan yolğiz öğlim bor. Qançalik şör bölmasin, tuz ovqatni totli qilganidek, öğlimning, şeʼrimning borligi hayotimni töldirib, huzur bağişlab turadi.
 

ADIB HAQIDA
Halima AHMEDOVA – 1960-yil 1-oktyabrda Buxoro viloyati (hozirgi Navoiy viloyati) Qiziltepa tumanidagi Pölot qiloğida tavallud topgan. 1983-yilda ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. Şoiraning ilk kitobi 1986-yili “Közimning tili” nomi bilan çop etilgan. Keyinçalik 1987-yili “Tungi marvaridgullar”, 1996-yili “Erk dariçasi”. 2005-yili “Tiyramoh”, 2007-yili “Afsun”, 2008-yili “Umid soyasi”, 2011-yili “Nigoh qiblasi”, 2012-yili “Şafaq ibodati” singari kitoblari naşr etilgan.    

“Yoşlik” jurnali 2012-yil, 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)