249 marta körilgan

Yayrab öynang qöşiğimga, kuyimga

Ğayrat Majid

Söroq

Şu yöl azim toğlarga eltadimi, bilmayman,
Pokiza tuproqlarga eltadimi, bilmayman,
Yo mevazor boğlarga eltadimi, bilmayman,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Bu daryoning sollanib oqişini bir körgin,
Yerboboga oymomo boqişini bir körgin,
Yuragimni bir armon yoqişini bir körgin,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Sen tanhosan, dil içra manam yolğizman, toqman,
Bittagina xuşxabar, bir mujdaga muştoqman,
Eng sölim manzillarni orzulagan uçoqman,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Gul nafasin keltirgan şamolning habibiman,
Oyga saboq bergan oyjamolning habibiman,
Javobin izlaganim savolning habibiman,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Lola istab toğ borsam, toşlar yölimni tösdi,
Yana çimrilgan qaboq, qoşlar yölimni tösdi,
Yuragimda zör hadik loladek yaşnab ösdi,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Metin erur bardoşim singani yöq, sinmaydi,
Könglimning tuproğida umidsizlik unmaydi,
Maqsudga yetmagunça yurak urar, tinmaydi,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Şu yöl azim toğlarga eltadimi, bilmayman,
Pokiza tuproqlarga eltadimi, bilmayman,
Yo mevazor boğlarga eltadimi, bilmayman,
Umrim ötib boryapti,
Men senga boryapmanmi?!

Yayrab öynang

Şalolalar öynab oqar toğlardan,
Gullolalar öynab oqar toğlardan,
Sizga aytsam dilni örtar çoğlardan,
Parvo qilmang ğamlarimga, öyimga,
Yayrab öynang qöşiğimga, kuyimga.

Goho dilni ğanimlarim şonalar,
Toqat bilan tölmişdir dil – xonalar,
Tugamasa könglimdagi nolalar
Parvo qilmang ğamlarimga, öyimga,
Yayrab öynang qöşiğimga, kuyimga.

Qayda bölmay, yerdamanmi oydaman,
Könglim içra anduhlarga boy-da man.
Bilganim şu, işq birla bir joydaman,
Parvo qilmang ğamlarimga, öyimga,
Yayrab öynang qöşiğimga, kuyimga.

Maysa

Tongda ajib kuladi maysa,
Tovonimni tiladi maysa.
Qança azob bersa ham dunyo,
Meni yolğiz biladi maysa.

Şivirlaring ohingmi, maysa,
Sarğayibsan, doğingmi, maysa.
Hu, köklarga uzangan yaşil
Qöling – ilhaq şoxingmi, maysa.

Sadoqatli yorimsan, maysa,
Ham pokiza orimsan, maysa.
Senga juda öxşagim kelar,
Mening tanho zorimsan, maysa.

Yurakda bir öy sodir, maysa
Men ham adir, men ham qir, maysa.
Dunyosidan ketarman bir kun,
Ham bolişim, körpamdir maysa.

Törtliklar

Könglimga hamişa köz ber, Xudoyim,
Pok, halol nasiba, tuz ber, Xudoyim.
Dillarni ziyoga eltmoği uçun
Faqat dargohingdan söz ber, Xudoyim.

***
Dillar malhamidir pokiza bir un,
Unga ehtiyojing bormi, ayt, oçun?
Hazrat olisda deb çekma iztirob,
Navoiy ötmişmas, Navoiy – bugun.

***
Ey yor, manim sarvarim, habibimga salomlar,
Dardli dilimga malham, tabibimga salomlar.
Yuragimga muhabbat uruğlarini soçgan,
Közlarimning ziyosi – mahbubimga salomlar.

***
Poklar huzuriga  uçgil, deb aytdim,
Kökkamas, tuproqqa tuşgil, deb aytdim.
Rahmat nazari-la boqmasa Xoliq,
Ahvolimiz juda muşkul, deb aytdim.

***
Zamon ne, sen dilning zamonida böl,
Zabon ne, sen dilning zabonida böl.
Boşingga qismatning toşi yoğsa ham,
Hamişa yaxşilik tomonida böl.

***
Deysan, qaçon aqli raso topilgay,
Egilgan qad uçun aso topilgay.
Bir pok qudrat bilan yaralganki çarx,
Har bir Firʼavn uçun Muso topilgay.

***
Umring uzoq bölsin, ey opajonim,
Qalbing oppoq bölsin, ey opajonim.
Ğamu kulfatlari köp bu olamda
Baxting köproq bölsin, ey opajonim.

Ğayrat Majid

1976-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. “Gul sanam”, “Heç kimga öxşamaysan”, “Közlaringni soğinaman”, “Köksimdagi yulduzlar”, “Işqqa borar yöl” kabi kitoblari naşr etilgan.
Zomin seminari qatnaşçisi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.