20 daqiqada öqiladi

649 marta körilgan

Hayot – muallim

Ibrohim Ğafurov

* * *

 Gapni uzoqroqdan boşlasammikin deyman.
1945-1946-yillarning köklami, kunlar ilib, köksimiz uzoq qişdan söng yayrab qolgan. Toşkentning şimol tomonlarida çakalakzor, dölanazorlar oralab ajib boğlar bağrida qamiş tomli, yakkasinç, guvala uyli Teşik qopqa mahallasi joylaşgan. Poççam va otam uruşdan qaytişdi. Poççam temir yölda maşinist yordamçisi bölib işlaydi, yana poyezd haydovçi maşinist böliş uçun işdan keyin öqiydi. U rus örtoqlarining qalin daftarlar töldirib yozilgan leksiyalarini olib keladi. Men ularni boşqa daftarlarga köçirişga yordamlaşaman. Poççam uruş yillari qarovsiz tökilib qolgan paxsa-guvala uylarni buzib, hovlini kengaytirib, tartibli qilib uy soliş harakatiga tuşib ketgan. Öqiydi, işlaydi, ustalarga qaraşadi, uning vaqti yöqligini körib leksiyalarini köçirişga bajonidil yordam beraman. Poççamning ota-onasidan qolgan hovlisi bizning boğ hovlimizga tutaş. Ikki hovli örtasida boğ eşik doim oçiq. Poççam gaplaşib hovlimizga sim tortib radio tuşirdi. Radio degani qora lappak. Mahallamizning  çoyxona klubi tepasida esa katta radio karnay turadi. Undan uzun kun öktam, şijoatli sadolar yangraydi, boğlarga ğalaba marşlari taraladi. Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Uyğun, Hamid Ğulom kabi şoirlarning jöşqin, yoqimli ovozlari eşitilib turadi. “Sen yetim emassan, jigarim!” – degan jigarsöz ovoz quloqlarimizdan ketmasdi. Uşbu buzruk sas Teşik qopqaning tuproq köçasidan ötayotgan, boşlari taqir qirilgan va sariq allanima surtilgan bari biz tengi va bizdan yoşroq, uşoqdan uşoq bolakaylarning saflari ortidan ergaşardi. Biz qiş, bahor yoğinlarida qamiş tomlardan tinmay çakka ötadigan, beş-olti jon bir quloçgina tança atrofida kuymalanib jon saqlaydigan, bir çöntak turşak, jiyda va bir burda zoğora non bilan yaşasak-da va öz holimizni bilmasak-da, şu uzoqlardan ne azoblarni körib poyezdlarda Toşkentgaça yetib kelgan özimiz tengqur yetim bolalarga açinardik. Ularning qöllariga turşak-jiydalar tiqiştirardik. Ular saflanib borişarkan, heç qayoqqa qaramas, xuddi özlarini butunlay yöqotib qöygandek, sarosimalanib, javdirab qadam taşlaşardi. Ularning saflariga ergaşib to guvillab oqadigan Qiçqiriqning yolğizoyoq köprigigaça borardik. “Sen yetim emassan!” – deb qiçqirayotgan qora lappakning sözlariga tuşungandek bölardik, yuraklarimiz neçukdir orziqardi. Çamasi, biz ham yetim bölib qolib şunday ğaribuddiyor, sargardon yurişdan qörqardik. Öşa paytlar radiosining köp sözlari, kuylari, aşulalari, pyesalari, Abror Hidoyatov, Olim Xöjayev, Nabi Rahimov, Jöraxon Sultonovlarning ovozlari miyamizga örnaşib qolgan, heç nari ketmaydi. Biz tötilardek radioning sözlarini takrorlab yurardik. Hoynahoy şu tötidek sözlarni takrorlab yuriş bejiz emas ekan. Şoirlik sözdan uyğonsa kerak. “Tohir va Zuhra”, “Alişer Navoiy” pyesalarini radiodan takror-takror tinglab tamom yod olgan edik. Ularning sözlaridan yuragimiz moyday erirdi. “Şum bola”, “Yodgor”, “Temur Malik”, “Jaloliddin Manguberdi” kabi möjaz asarlarni xuddi şu paytlar, hali elliginçi yillar kirmayoq öqiganmiz. Mahallamizda köproq kosiblar, aravakaşlar, boğdorlar, tramvay haydovçilar, temir yöl işçilari, atrofimizga köçib kelgan zavodlarning xodimlari, farroşlari, oşpazlari, nonvoylari, muallimlar yaşaşardi. Hozir öylasam, öşa yillari mahallamiz çekkaroqda bölişiga qaramasdan, har önta xonadonga bitta muallim va har öttiz xonadonga bir vraç töğri kelardi. Beş-olti qöşnilarimizning tikkaygan yoşlari naq ToşMIda öqişardi. Qaçon qarasak, ular boğlardagi daraxtzorlarda taglariga körpaça solib dars tayyorlaşar, kitob öqişardi. Keyin ular ajoyib, bilimdon, xalq içida obrö-eʼtibor qozongan vraç, harbiy unvonli vraçlar bölib yetişişdi, şarafli  umr keçirişdi. Ön-ön ikki yoşlarimda men ularga qattiq havas qilar, atroflarida aylanib yurardim. Mahallamizda galma-gal hovlilarda qissaxonlik qilişardi. Köproq jangnomalar, ora-oralarda Qodiriy romanlari öqilardi. Odamlar yum-yum yiğlaşardi. Akam şu qissaxonlik keçalarida qatnaşar, baʼzan iqi suyib qolsa, menga ham aytib berardi. Biz kabi bolalar keçalarga kiritilmasdi. Xolalarim, ammalarim nihoyatda xudojöy, eskiça savodli, mehribon, muşfiq ayollar edi. Ayyomlarda boğimizda yiğilişib katta uy töla davra solib ötirib kitobxonlik qilişar, Navoiy, Yassaviy, Boqirğoniy, Maşrab, Huvaydo öqilardi. Ğazallar, muxammaslarni kuylab öqişardi. Men bolalik muhitimni söylayotirman-da, qayerdan çiqqanim, qayerdan boşlanganimni andakkina bölsa-da, anglayotirman-da-ye… Mahalladoşlarim kamsuqum, juda sodda, kamtalab odamlar edi. Toğam Husanbek Ibodov uruşdan yaralanib qaytib, oqartuv texnikumida til va adabiyotdan dars berardilar. U kişini juda mohir pedagog deb eʼzozlaşardi. Toğamning katta sinçli uylarida beş tokça liq töla kitoblari bor edi. Tokçalar oynavand  javon qilib yasalgandi. Kitoblarning köpligi meni lol qilar, ularning hoşiyalaridagi nomlarini hijjalab öqib ötirardim. “Şu kitoblarning hammasini öqib çiqsa bölarmikin?” – deb öylardim. Elliginçi yillarning boşroğida toğam menga Puşkinning özbekçada çiqqan tört latta jildli juda çiroyli kitobini sovğa qildilar. Yuragim yomon jizilladi bu qissalar, şeʼru dostonlarni öqib. Bu jildlar hamon kitob javonimda saqlanadi. Endi uning qoğozlari yillarning zabtidan sarğayib, kepagi çiqib ketgan. Bu kitob “Şum bola”, “Temur Malik” kabi, “Kuntuğmiş” kabi va toğam kabi menga ustoz bölgan. Quş uyasida körganini qiladi: muallim toğamning kitobparvarligi menga ham meros bölib ötgan. Qayerda uçratmay kitob közimga olovday körinadi. “Kitobparvarlik” sözini men doim “insonparvarlik”day öqiyman, ularni teng köraman: biri biriga ötib turadigan, biri biridan quvvatlanadigan narsalar deb qarayman. Bu fetiş emas. Bor gap özi şu. Kitoblardan hayot uçun kerakli sözlarni qidiraman, axir kitob yurak qoni bilan yoziladi-da, unda bekorçi gap nima qilsin. Ammo bekorçi gaplar, bekorçilikdan yozilgan gaplar ham dunyoda istagança topiladi. Ammo ular belgilamaydi hayot maromini, ular belgilamaydi yaşaş zavqlarini, ular belgilamaydi insoniyat orzu-havaslarini. Fidokor odamlar igna bilan quduq qaziydi: insoniyatga xaloskorlik qiladi, insoniyat karvonining oğir yukini yengillaştiradi, kelajak yöllarini yoritadi. Bir qultum obi hayot uçun qançadan qança quduqlar qaziganlar bor. Kitobparvar uyqusiz kipriklari bilan minglab kitoblarni varaqlaydi. Men doim şularga havas qildim: ularni özimga döst tutdim, ularning çehralarini kitobday  yorişgan va yaxşilikka çeksiz daxldor kördim. Kitoblar ularda olijanob intilişlarni tarbiyalaganligini uqdim. Kitoblar intilişlarni hamma narsadan köproq tarbiyalaydi. Intilişlar  esa ongning eng qimmatli mahsuloti. Intilişlar olijanob ong uyğonganligini bildiradi. Bular biroz kötarinki sözlarga öxşaydi. Ammo psixikaga daxldor, ilmiy asosga ega. Kitob insoniyatga xaloskor bölmadimi? Xudo inson hayotini yengillaştiriş uçun kitobga murojaat etmadimi?

* * *
Muallim toğam mening kitob giriftori bölib qolganimni körib, onamning: “Voy, toğasi, buningizga qarang, kitob öqiyverib miyasi suyulib ketmasin”, deb ogohlantirişlariga qaramay, mening unça-munçaga miyam suyulmasligiga işonçi komil bölgan şekilli, universitetga orzulab öqişga kirgan yilim (1956) qutlab, alqab, menga “Özbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi” (1942-1945) degan nihoyatda noyob ikki jildlik kitobni sovğa qildi. Bu butun boşli xazina edi. Uni Oybek, Hamid Olimjon, Porso Şamsiyev, Olim Şarafiddinovlar tayyorlagan, köp zahmatlar çekib uruş yillari bosmadan çiqargandilar. U mening bir umrlik sadoqatli, suyukli kitobim bölib qoldi. Otam mening universitetga kiriboq eski arabça alifboni yaxşi örganib olganim va şu yozuvdagi kitoblarni öqiy boşlaganimni körib menga özlarining suyukli kitoblarini berdilar, u qizil saxtiyon muqovali katta salmoqli kitob bölib, “Ming bir hadis” deb atalardi. Şul tabarruk kitobga yozilgan  Abduraşid degan ulamoning deboçasida uşbu sözlarni öqigan edim: “Ming bir hadisi şarifni tartib va  usmonli tilina tarjima  qilğon kişi  Turkiya ulamosindan Muhammad Orifbekdur. Tabʼ etdirgan kişi-da öğli döqtur Najmiddinbekdur. Biz şul döqtur Najmiddinbek himmati-la  tabʼ ölunmuş  nusʼhaning muqaddimasinda har na vor esa tabrika öz iborasi birlan yozduq, heç tabdil va tağyir etmaduk. Abduraşid”. Undan ança tabarruk hadislarni hijjalab öqib maʼnolarini anglab yetişga urindim, qiynalgan paytlarimda otam va toğamdan söradim, miyamning nomaʼlum tarxlari oçilganday böldi. Ammo “Özbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi” meni öziga tamomila maşğul qilib oldi, uni şu qadar köp öqir edimki, köp şeʼrlar, nasriy, badiiy va tarixiy parçalar menga yod bölib ketgan edi. Tinmay özim ham tarixiy hikoyalar va ğazallar qoralardim, ularni jurʼat qilib Yozuvçilar uyuşmasi binosiga kiraverişda öng qölda uçinçi eşikda ötiradigan Vahob Rözimatovga va Vahob akaning tavsiyasi bilan şu bino içidagi yölakning çap tomonida, içkarida ötiradigan Jumaniyoz Jabborovga olib kirib öqitardim. Şu yerda deraza tagida Odil Yoqubov ham ötirardi, öşa paytlar “Tengdoşlar” va bir qança hikoyalari çiqqan, u kişi yoşlar örtasida maşhur edi, Jumaniyoz aka bilan suhbatimizni miyiğida kulib diqqat bilan tinglab ötirardi, ammo sira oraga gap qöşmasdi. Ğazallarni öqib öz mulohazalarini aytib bölgaç, Jumaniyoz aka oxirida: “Siz farğonalikmisiz?” deb söradi. “Yöq, toşkentlikman. – Nega unday deyapsiz?”, “Ğazalni köproq farğonaliklar yozişadi”, deb javob berdi Jumaniyoz aka va meni ranjitmaslik uçunmi: “Yozavering, köp maşq qilavering, lekin hozir ğazalni eski deb kam yozişadi, kam bosib çiqarişadi”, deb qöydi. Meni Vahob Rözimatovga duç qilgan zot jurnalist va şoir Neʼmat Toşpölat edi. Neʼmat aka juda yoqimtoy, şirin sözli, nazokatli odam edi. Özi Çorsu tomonlarda tursa ham, Teşik qopqadagi çorboği bizning tokzorimizga tutaş edi. Bahor oylaridan şu şinam çorboğiga çiqib turardi. Uning baland böyli, oppoq, çiroyli singlisi bor edi. Baʼzan böş vaqtlarida otamning nonvoylik ustaxonasida işlariga qaraşib turardi, çorsuliklar bir-birlarini juda izzat-hurmat qilişardi. 1959-yilda Neʼmat aka mening “Tanişuv” degan hikoyamni “Saodat” jurnalida bosib çiqargan, men şu hikoyaning puliga birinçi marta özimga yangi moviy kostyum-şim olib kiyganman, kursdoşlarim örtasida va hatto filologiya fakultetida ança obröyim oşganligini sezganman. Şu yili Furqatning ikki tomligi Xolid Rasul tahriri ostida çiqqan, men uni rosa hijjalab öqib katta maqola yozgan va domlam Ğulom Karimovga körsatgan, domla bir keçada öqib çiqib şogirdlari Şarif Yusupovning qöliga “Özbekiston madaniyati” gazetasida çiqariş uçun topşiribdilar. Köp ötmay maqola çiqdi, men özimni olim va yozuvçi bölayotganday sezdim, ammo katta hayotni körmagan, bilimlarim ham nazarimda yetarliça çuqur va keng emasdi. Men 58-yillarda fundamental kutubxonamizdan “Russkiye pisateli o literaturnom trude” degan tört tomlik uluğ bir kitobni olib, uni tinmay öqir va konspekt qilardim. Şu kitobni öqigaç, men kitob öqiş tartibli va maqsadga qaratilgan bölmagunça foydasi – amaliy-hayotiy foydasi kam bölişini anglab yetdim. Ammo bu töğri xulosaga kelgunimça ança vaqt ötib ketdi-da, mening “Qiliç qora” haqida yozgan hikoyalarim ham soçilib, tortmalarda ğuborga aylandi. Ularni Yanning romanlarini öqib unga taqlid qilib yozgandim. Yana yuqorida eslangan xrestomatiyaga qaytsam, u hamon mening sadoqatli hamrohim, axir unda ikki ming yillikning boşida vujudga kelgan badiiy-tarixiy adabiyotimizning to X1X asr oxirlari – Zavqiy, Vasliygaça bölgan uluğ tarixini tanidim. Turkiy-özbek sözi dunyo adabiyotlari tarixida qanday örin olganidan keng xabar topdim. Xrestomatiyada  juda qimmatli tarixiy asarlardan ham kenggina parçalar keltirilgan, ajdodlarning yöllari yoritilgandi. Tariximiz söngsiz fojiali karvon ekan. Otam 1950-yilda may bayramida qölimga biroz hayitlik berdi. Unga şu yili Oybek tahriri ostida çiqqan “Özbek şeʼriyati antologiyasi”ni sotib oldim. Oh, munaqa haşamatli, yarqiroq kitobni avval heç körmaganman. U nazarimda öşa elliginçi yillar mafkurasi, yiltiroqlik va öta maqtançoqlikning tökis bir ramzi edi. Öşa vaqtlar adabiyotda tuşkunlik, turğunlik, xavotir avjga mingan edi. Biz gödaklar yana bilmaymiz, ammo qama-qamalarning sovuq nafasi hatto bizning kosib, boğdor mahallamizgaça kelib turardi. Universitetga kirganim menga xöb koni foyda böldi. Bungaça rostini aytsam, qölimga nima kitob tuşsa qöymasdan öqib çiqardim. Universitet menga kitoblarni maʼlum bir maqsad bilan, tanlab öqişni örgatdi. Jahon milliy adabiyotlarini birma-bir, izçil intizom bilan öqişga kirişdim. Ongim, fikrim tölğin tortdi. Ustozlar haqida doim söraşadi: men universitet menga çin ustozlik qilganini aytaman. Keyin badiiy naşriyotga işga jönatişdi. Naşriyot ikkinçi uluğ ustozim böldi. Barça uluğ-kiçik adiblar şu yerga yangi asarlari qölyozmalarini kötarib kelişardi. Köplarning ijodlari bilan taniş edim. Erkin Vohidov ham, Abdulla Oripov ham, Odil Yoqubov ham, Mirtemir domla ham, Mirkarim Osim ham, Omon Matjon ham – hamma-hamma şu yerda edi. Ğoyatda qizğin edi bu yerda adabiy hayot! Muharrirlar, tarjimonlar, adiblar, yoşlar kitob dardi bilan yaşardi. Tortişuvlar, muhokamalar, taqrizlar bari kitob dardida! Men özim orzu qilgan dunyoga kirgan edim. Bu yerda oltmişinçi yillarning boşida birinçi adabiy-tanqidiy kitobim – “Gözallikning olmos qirralari” çiqdi. Jamoatçilik xayrixohlik bilan kutib oldi. Kitobning hatto nomi ham bahslar qözğadi: kimlardir “qatralar” bölsa aniqroq çiqardi dedi. Lekin öşa payt öquvçilariga “qirralar” maʼqul böldi. Men bu kamtarin kitob Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ötkir Hoşimov, Şukur Xolmirzayev kabi adabiy tengdoşlarimning ilk kitoblari bilan oldinma-keyin öquvçilar qöliga borib yetganiga quvonardim. Şu davrda – oltmişinçi yillar boşida qandaydir adabiy avlod öz ravişi, öz ovozi bilan özbek adabiyotiga kirib kelayotgan edi. Prozada yangilaniş şabadalari esa boşlagan, adabiy tanqidda ham şunday umid çeçaklari unayotgan edi. Ilk kitobimni hayotga Laziz Qayumov, Ozod Şarafiddinov, Matyoqub Qöşjonov yöllaşdi. Ular universitetda bizga dars ötganlaridayoq eʼtibor bilan ijodga rağbatlantirar va Yozuvçilar uyuşmasida böladigan muhokama, ijodiy yiğinlarga doim borib turişni maslahat berişardi. Domlalarimning şunday daldasi bilan uçinçi ustozim – Yozuvçilar uyuşmasida jonli adabiy jarayon içiga kirdim. Men bu hayotni sevardim. Doim yangi asarlarning muhokama va munozaralari içida edik. Yozuvçilar, tanqidçilar, tarjimonlar bilan muloqotlarda bizga kelajak jozibaliroq va maʼniliroq tuyulardi, yangi kitoblarning ğoyalari tuğilardi. Şunday ijodiy kötarinkilik muhitida oltmişinçi yillarda Usmon Nosir, Mirtemir, Maqsud Şayxzoda, Zulfiya, Said Ahmad, Ğafur Ğulom ijodiyoti haqida risolalar yozdim, ularni yangiça öqiganday, ijodiy usullarining ilgari oçilmagan yangi qirralarini topib oçganday böldim. Bu risolalar adiblar jamoatçiligi va öquvçilarning nazariga tuşdi. Yozganlarimda Töxtasin Jalolov, Ozod Şarafiddinov, öşa davrning ilğor rus adabiyotşunoslaridan ulgi olar, lekin öz mustaqil nuqtayi nazarim  ajralib turişiga intilardim. Mirtemir domla bir risolamni qölyozmada öqib, titul varağiga katta-katta harflar bilan “Barakalla!” – deb yozib meni qutlagan edilar. Şundan söng özimga işonç hosil qilgandim. “Qarqunoqdan çiqqan bulbul” bölib qolmaslikka jon-jahdim bilan kirişdim. Adabiyotga onadan tuğma muhabbatimni izhor qilişga qattiq bel boğladim. Nima muyassar böldi, nima bölmadi. Iqtidorimni tarbiyalaş, ilm-bilim bilan çiniqtirişga, qaraşlarim doirasini qadam-baqadam kengaytirişga intilardim. Tepada “intiliş” söziga nega alohida eʼtibor berganimni endi tuşungandirsiz. Adabiy-badiiy izhorlarim uçun goh adabiy-tanqidiy maqolalar, goh mansuralar, goh badiiy tarjimalar, goh badialar şakllarini tanladim. Yetmişinçi yillarda tabiatim, yuragimda ilmiy ijod bilan badiiy ijod uyğun tutaşganligini angladim. Tahlillarimda bu xususiyat börtib körindi. Şu asnoda Sveyg, Zoşçenko, Irving Stoun, Paustovskiy, Uspenskiy, Garşin, Grin, Korolenko, singari ilmiy ijod bilan badiiy ijodni birlaştirgan adiblarning uslublariga razm solib, bizning ayni şu davrimizga ilmiy-badiiy tahlil, tasvir uslubi va yönalişi hammadan ham yaqinligini angladim. Nitşe,  Joys, Bekket, Kamyu, Sartrni öqib fikrim yanada mustahkamlandi. Şunday qilib, mansuralarda ilmiy fikrlaş doim badiiy fikr tarziga oğuşta böldi. Men xuddi Amerika qitʼasini yangidan oçayotganday bölayotganim yöq. Navoiy hamda Boburda ham ilmiy tafakkur bilan badiiy tafakkur çambarças organik boğlanib ketgan, loaqal koinot va uning qurilişi, inson va uning vujudga kelişi, bulardan kuzatilgan maʼnolar, inson va tafakkur, inson va ruhoniyat, işq-muhabbat va olamni boşqariş, psixika falsafasi, axloq, din, maʼnaviyat singari juda köp ilmiy muammolar haqida daho şoir öz tafakkur törlarini keng yoyadi, bularni Aflotun, Suqrot, Arastu kabi emas, balki turkiylarning bedod şoiri kabi ado etadi, “Xamsa”day uluğ monumentni, “Çor devon”day şeʼr olami çöqqilarini yaratgan, ön ikki yoşlaridayoq  şeʼrlari butun Xurosonu Turonda keng xalq örtasida qöşiq, aşula qilib aytilgan, xalq uning şeʼrlarini qöynida, qönjida, yuragining törida asrab, yod olib yaşagan şoir uçun deylik, misol uçun, tarix, til, vazn, axloq risolalari yoziş şart emas edi. Ammo u Uyğoniş dahosi, xalqning işongan maʼnaviy rahnamosi sifatida ilmiy tafakkurdan özini çetga olişi mumkin bölmagan hol edi. Buning ustiga ilmiy tafakkur uning tabiatan berilgan iqtidoriga tabiiy ravişda xos  edi. Tabiiy xos narsalardan esa odam bolasi heç qaçon voz keçolmaydi. Tabiiy xos narsalar psixikaga, jumladan, ijod psixikasiga heç oğişmay umr böyi kuçli taʼsir ötkazadi. Fransuz ensiklopedistlaridan Volter, Russo, Didro, Monteskyolarni qarang: ularda ilmiy va badiiy tafakkur qançalar tarang va rang-barang harakatda bölgan, italyan, ingliz, nemis, ispan, hind mutafakkirlari ham şunday: ilm-ijodda naziri yöq. Mening ijodiy, ilmiy qiziqişlarim doim şu tomonda böldi. Barça tarjimalarimga ham ilmiy-ijodiy yondoşişga intildim. Sirli intuitsiyaga ham ilmiy tuşuntiriş topmoqçi böldim. Dars ötgan çoğlarimda ham talabalarimga: tarjima – bu avvalo grammatika, deb uqtirdim. Ikki til grammatikasi, stilistikasi, sintaksisini Ayub Ğulom darajasida bilmaydigan odam qanday qilib uyalmay tarjimonman deydi, qanday qilib köz yumuq holda tarjimaga qöl uradi, dedim. Özbek tili sodda bölib körinsa ham, ğoyatda nozik va gözal, rang-barang  gap, jumla tuzilişlariga ega, biz hali öz tilimizni butun universal boyligi, xazinalari darajasida kaşf qilgan emasmiz, hatto uzoq turğunlik zamonlarida mislsiz söz boyliklarini boy berib qöyganmiz, lahjalarimizdagi xazinalarning adabiy tilga kirib kelişi uçun jon keçmaganmiz, hatto bu lahja sözi deb köp gözal sözlarni matnlardan ixroj qilganmiz, quvganmiz.

* * *
Albatta, kitob degani yuz minglab nusxalarda tarqalsa, nur ustiga nur. Ammo endi kitoblar bunday keng yoyiladigan zamonlar allaqaçonlar ötgan. Balki buning endi keragi ham yöqdir. Men qoğoz isrofgarçiligidan saqlanişni juda muhim hisoblayman. Kitoblar endilikda Internet tarmoqlari orqali çeksiz tarqala oladi. Adabiy-tanqidiy, umuman ilmiy yönalişdagi kitoblarning nusxalari köp deganda uç ming nusxadan oşmaydi. Hozirgaça yigirmadan oşiq kitoblarim çiqqan. Umumiy tiraji öziga yaraşa.Ular mundarijasiga köra XX asrning ikkinçi yarmidagi adabiy jarayonlar, adabiy tajribalar, şu yarim asr mobaynida adabiy-badiiy olamga kirib kelib öz sözini aytganlar, men hayot va inson haqida nimalarnidir bilaman va aytolaman degan qalamkaşlarning izlanişlarini taassurotlar tiliga va şakliga tuşirilgan guvohliklari. Ularda davrning, avlodlarning öziga xos belgilari naqşlangan, umumiy badiiy jarayonga daxldor xususiyatlari aks etgan. Ularni adabiy jarayonlarning jismi holidan kuç bilan ham ajratib, uzib taşlab bölmaydi. Bu obyektiv hol. Ehtimol biz tayyor adabiy qoliplardan, infantilliklardan qutulolmagandirmiz, infantilizm bois gohi yuzakiçilik balosiga giriftor bölgandirmiz, ammo inson töğrisida dardli söz bor va bu obyektiv haqiqat.

* * *
Navoiydan beri davom etib kelayotgan ölmas va olijanob haqiqatimiz bor: adabiyot xalqni bahramand etiş uçun yaratiladi. Bahramandlik – badiiy va ilmiy adabiyotlarning ijtimoiy qimmati va ahamiyatini belgilaydi. Gogol dahosining butun qudrati bilan “Ölik jonlar”ni insonni qullik, krepostnoylik degan çeksiz zulmdan xalos qiliş uçun yaratdi. Haqiqatan, dunyo dunyo bölib bunçalar şafqatsiz, qudratli foş qiluvçi asarni körmagan edi. Asar zulm va mazlumlikni iç-içidan xuddi ilohiy qurol kabi  kun-bakun yemirib bordi va oradan ön yil ötmay krepostnoy zulm barham topdi. Gogol – xaloskorning özi u orzu qilgan kunlarni körmadi, ammo uning asari hamon zulmga, qullikka qarşi kuraşadi. Bundan adabiyotning, badiiy sözning ijtimoiy mohiyat va qudrati qay darajada mislsiz ekanligini anglaş mumkin. Gogol hatto “Ölik jonlar” turganda avvalgi asarlari va hatto “Revizor” haqida maqtab gapirişlarini yoqtirmas, örnidan turib ketar ekan, u adabiyot ijtimoiy özgartiriş quroli va vositasi bölişini hammadan ortiq istarkan.

* * *
Adabiyotning boş predmeti inson va hayot. U insonga adolatli tuzaliş va adolatli evriliş yölini körsatişi, uning rang-barang olijanob intilişlarini qöllab-quvvatlay olişi bilan qimmatli. U yana öz vazifasiga köra – yöl körsata oladi. Odamga yöl körsata oliş bebaho narsa emasmi? Adabiyotimizning uzoq tarixdan kelayotgan ölmas anʼanasi – biz adabiyotni  murabbiy deb tuşunamiz. Adabiyotning muallimligi uning eng qimmatli belgisidir. Şuning uçun adabiyot barça zamonlar uçun kerak va u heç qaçon ölmaydi. Tiraji öntaga tuşib qolganda ham, u ölmaydi. Murabbiylikdan ortiq nimasi bor adabiyotning! Biz suygan adiblar, sanʼatkorlarning barçalari murabbiy! Naqadar sevamiz biz ularni! Adabiyotda murabbiylik, muallimlik har qaçon töxtamay davom etişi va yuzakilik barham topişini hammamiz istaymiz. Xudo öldi, adabiyot öladi degan şakkoklar yuzakilik ölişini nazarda tutgan edilar. Ammo antipodlar asosiga qurilgan dunyoda ayovsiz suratda yuzakilik bor, çunki teranlik bor. Maʼnilik bor, çunki maʼnisizlik bor. Ahriman bor, çunki Axuramazda bor… antipodlar çeksiz. Şuning uçun ham insoniyat Homer, Suqrot, Aflotun, Injil, Tavrot, Ramayana va Mahabxaratadan söng yomonliklarini qöyib, batamom yaxşilik yöliga kirişi, batamom olijanob nur yölini tanlaşi va undan heç oğişmay borişi kerak edi. Ammo bu muyassar bölmadi. Olamning antipodlarga qurilişi qonuniyatini heç qaçon yengib bölmas ekan. Hukm absolyut kuçga ega ekan. Şuning uçun Odam Atoning öğillari bir-birini öldirgan ekan. Şuning uçun odamlar baʼzan xiyonatkorlarni olqişlar ekanlar va öz-özlariga ölim çohini hozirlar ekanlar.

* * *
Endigi adabiyot keçagi adabiyotlardan butunlay farq qiladi. Bu farqning sababi adabiyotning özida emas. Farq taşqarida. Odamlarning fikrlaş tarzi, munosabatlar tarzi global darajada özgarayotganida, qança tarğib qilinmasin, keçagi adabiyot öqilmayotganida, öquvçilar nazarida unga ehtiyoj butunlay yöqolib borayotganida. Bu davr – adabiyot uçun oğir kataklizm davri. Yangi dunyoga moslaşiş, yangi dunyoni özlaştiriş va olğa jildiriş kerak. Bu tuzumi özgargan davlatga ham, uning fuqarolariga ham oson keçmaydi. Asoratlar, könikmalar ongda uzoq yaşaydi, ong esa konservatizmga moyil böladi, iloji bölsa, meni issiq örnimdan qimirlatma, deydi. Oddiy odamlarga ongning mana şu eskilikka, konservatizmga moyilligini yengib ötiş qiyin keçadi. Ammo ong özgarmagunça aql özgarmaydi. Sezişlarimiz özgararkan, ongimiz va aqlimiz ham özgara boşlaydi va konservativlikka moyil ongimizni qattiq turib tarbiyalaşga kirişamiz. Mana, sizning adabiyotni rivojlantiriş haqidagi savolingizda ham özingiz hisob bermagan holda konservativlikka moyillik bor. Misol uçun, natijasini aniqroq aytiş mumkin bölgan, aytaylik, parrandaçilik, paxtaçilik, meva-sabzavotçilik sohalarida rivojlaniş haqida haqli suratda gap yuritiş, yaqin va uzoqqa möljallangan rejalar tuziş, jahon bozori talablarini hisobga oliş mumkin. Avstraliya tajribalaridan örnak oliş mumkin. Lekin adabiyot köp karrali nomaʼlum, ertasini biliş öta muşkul soha. “Adabiyotdagi rivojlaniş” zamirida yozuvçilik iqtidori mavjud odamning yuragidagi ötga boğliq. Agar bu öt qandaydir sabab bilan olib qöyilgan bölsa, yoki u umuman mavjud bölmasa “rivojlanişni” qaydan olamiz? Uni heç qaçon Avstraliyadan keltirib bölmaydi. Çunki milliy adabiyot öz yuragi va öz tarixidan, milliy ildizlaridan oziqlanadi. Boşqa bir tomondan, Qodiriy milliy adabiyotni çin maʼnoda rivojlantirdi, ötgan asrlardan köra uni tamomila yangi bosqiçga olib kirdi, yangi şakllar, yangi tasvirlar, inson va hayotga yangi  yondoşuvlar, yangi adabiy til hodisalari bilan boyitdi. Mahmudxöja Behbudiy ijtimoiy tafakkurni milliy ozodlik va milliy ravnaq bilan çambarças boğlab millatning kelajak ufqlarini oçdi, karvonning yölini jahon sari burdi. Bularni va bularga yondoş maʼrifatparvarlik hodisalarini tom maʼnodagi rivojlaniş va rivojlantiriş deyiş mumkin. Qodiriy va Çölpondan söng Oybek, Ğafur Ğulom, Abdulla Qahhorlar poeziya va prozaga yangi ufqlarni olib kirdilar. Milliy adabiyot kengaydi, boyidi, jamiyat va xalq hayotidagi mavqei qudratli tusga kirdi. Qahhordan keyin Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Hamid Ğulom, Mirmuhsin, Ötkir Hoşimov, Şukur Xolmirzayev, Toğay Murod, Ölmas Umarbekov va bulardan söng Erkin Aʼzam, Xayriddin Sulton,  Murod Muhammad Döst, Xurşid Döstmuhammad, Neʼmat Arslon, Nazar Eşonqul va bulardan söng Nodir Normat, Sobir Önar, Abduqayum Yöldoş, Luqmon Börixon va bular bilan birga yangilik izlayotgan  Isajon Sulton, Uluğbek Hamdam, Qöçqor Norqobil va yana talay qalamkaşlar qayerdan qayergaça keldilar? Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubovlarga nisbatan olganda  bular ijodidagi rivojlanişning körsatkiçlari, badiiy sifat va nihoyat yangilik darajalari qanday? Yöq, men “rivojlaniş” borasidagi savolingizga javob berolmayman. Uzrlar qöllayman. Rossiyaday uluğ mamlakatda Puşkin  va Gogoldan boşlab to Tolstoygaça mislsiz rivojlaniş haqida gapiriş mumkin edi. Ammo Çexovdan söng rivojlaniş Gorkiy va Zoşçenkogaça  tamomila Çexovning içida davom etdi. Yuksak salohiyatli adabiyot yaratildi, lekin heç kim Çexovdan özib ketolmadi.
Rivoj har qanday holda ham taşqi ehtiyojga qarab böladi. Internet zamonlarida, Mirrixdan xonadonlarimizga Mirrix landşaftidan suratlar hamda ilmiy maʼlumotlar yuborilayotgan aql bovar qilmaydigan davrda umuman adabiyotga ehtiyoj bormi? Olimpiada çempionlarining yutuqlari hammamizni batamom lol qilmoqda. Har biri sportni yangi rivoj  bosqiçiga kötarmoqda. Biz tasavvur qilolamiz bu yutuqlar qanday mislsiz mehnat va ilm-texnika evaziga yuzaga çiqayotganligini. Adabiyotda ana şunday darajadagi va miqyosdagi mehnat-maşaqqatga qodir öt yuraklar, yuksak parvozli aqllar bölsa, juda bölmaganda, u Çexovdan özib ketolsa, oh, unda albatta rivojlaniş böladi va rivojlaniş haqidagi gap ham qoğozga yaraşadi… Hozir bir qançalab kitoblar va hatto romanlar çiqarib ham, adabiyotning vazifasi nimaligini bilmaydigan va bilişni ham istamaydigan qalamkaşlar bor. Ularga rivojlanişdan gap qözğasangiz, darhol qöllarini bigiz qilib şörlik tanqidçilikni körsatadilar, tanqidçilik adabiyotning rivojlanişi ustida boş qotirmayapti, harakat qilmayapti deydilar, men ne deyman, qöbizim ne deydi… Holbuki jon koyitmay, yillab xalq içida yurmay yozuvçi böliş mumkin emas. Yana takrorlayman: adabiyotning rivoji tanqidga emas, yozuvçilik iqtidoriga ega zotning yuragidagi azm-jazm ötiga yuz foiz boğliq.

* * *
Darvoqe, farzandlar masalasiga kelsak, baraka topişsin, adabiyotdan boşqa sohalarni tanlaşdi va mutaxassis bölib yetişdi. Birlari falsafa, ikkinçilari tibbiyot, uçinçilari elektronika, törtinçilari şarqşunoslik sohalariga qiziqib, farzandlarini ham öz ortlaridan ergaştirib borişyapti. Bolalarim men bilmagan yoki men egallay olmagan rang-barang sohalarni egallaganlaridan xursand bölaman. Böl, yaxşi mutaxassis böl, aqling qotib qolmasin, yaxşi mutaxassisdan odamlar hamişa minnatdor böladilar, kişi oğirini yengillatganga nima yetsin, duoning koni-ku bu.

Ibrohim ĞAFUROV
1937-yili Toşkentda tuğilgan. “Gözallikning olmos qirralari”, “Unutilmas boğ”, “Joziba”, “Ona yurt kuyçisi”, “Yonar söz”, “Yam-yaşil daraxt”, “Örtoq şoir”, “Yurak – alanga”, “Prozaning şoiri”, “Lirikaning yuragi”, “Şeʼriyat – izlaniş demak”, “Iltijo”, “Öttiz yil izhori”, “Dil erkinligi”, “Hayo – xaloskor”, “Mangu latofat”, “Tarjima nazariyasi”, “Parivaşlar majlisi” singari adabiy-tanqidiy maqola, esse, mansura va hikoyalardan iborat kitoblari çop etilgan. Aytmatov, Doctoyevskiy, Joys, Konfutsiy, Markes, Mopassan, Nitşe, Rasputin, Sartr, Soljenitsin, Heminguey singari adib va mutafakkirlar asarlarini özbek tiliga mahorat bilan ögirgan.
“Yoşlik”, 2014-yil 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)