Özbek
Özim, faqat özim bölay, degan boşqa,
Döstlar bilan bağrim tölsin, deydi özbek.
Qirq mayizni bitta özi yegan boşqa,
Bir mayizni qirqqa bölib yeydi özbek!
Olis joyda qayğu bölsa, ğamga botib
Yetti yotning taşvişin ham yutgan bu xalq.
Uruş degan balolarning jabrin totib,
Bu kun faqat Tinçlik yölin tutgan bu xalq!
Qor yoğsa gar biror ziyon yetmasin deb,
Avval qöşni eşik tagin kurar özbek.
Yomonga ham yomonlikni bilmaydi ep,
Yaxşi degan sözni yaxşi körar özbek!
Rizqim butun bölsin, deya buğdoy soçgan,
Dala-daştning tilin uqqan dehqon el bu.
Halol mehnat bilan baxtga quçoq oçgan,
Imoni soğ, ajab köngli sulton el bu.
Öz-özingdan köpaygin, deb tilar kamol,
Bir dasturxon atrofiga bölsalar jam.
Bola tuğiş onalarga kelmas malol,
Saodatdir özbek bölib tuğilmoq ham.
Men yolçitib maqtolmasman uni, afsus,
Balandparvoz taşbehlarga yöqligim bor.
Taʼrifiga izlamayman falakdan söz,
Axir, özbek zamin kabi mömin, xoksor…
U men uçun mehrob kabi pok-muqaddas,
Şaʼniga doğ tuşirmoqdan tilni tiying.
Özbek bölib tuğiliş-ku muşkul emas,
Lek çin özbek bölib yaşaş juda qiyin!
Öşal kunlar
Bir paytlar ul qizni sevar edim, bilaman,
Orzu bilan ruhimni bezar edim, bilaman,
Soylar oqdi soyiga, ayro tuşdi yölimiz,
Bugun öşal kunlarni eslaganda kulaman.
Qalbga tugib vafoni, işq sehridan kuylardim,
Tunlar bedor hislarim yulduzlarga söylardim,
Bola edim-da, ajab, sevgi bor deb öylardim,
Bugun öşal kunlarni eslaganda kulaman.
Közlarimga çöğ bölib körinardi yor uyi,
Suhbatlaşsak bir oğiz, şod yurardim kun böyi.
Buzaman, deb dod soldim… mensiz ötdi lek töyi,
Bugun öşal kunlarni eslaganda kulaman.
Oson tutmanglar, axir, huşim olgan öğriga,
Ota qoşin kerganda, işq siğarmi köngliga?!
Mayli, ismimni qöysa qöyibdi-da öğliga,
Bugun öşal kunlarni eslaganda kulaman.
Meni ham bedil demang jimgina yurişimdan,
Yor izlarin izlarman hamon yozu qişimdan.
Boşqa mahal xomuşman, yiğlarman iç-içimdan,
Faqat öşal kunlarni eslaganda kulaman.
Faqat öşal kunlarni eslaganda kulaman…
Yuragimda bir qiz yaşaydi
Işonmayman yeru kökka ham,
Çiroyidan könglim yaşnaydi.
Bunday gulni körmagan olam,
Yuragimda bir qiz yaşaydi.
Kulsam kular, kuyadi kuysam,
Könglim olar qovoğim uysam,
Unutilar armon, ğam-ğussam,
Yuragimda bir qiz yaşaydi.
Xato topmas inşolarimdan,
Tanir hatto imlolarimdan,
Tuşunadi imolarimdan,
Yuragimda bir qiz yaşaydi.
Işqin sotib, bor-budim talab,
Zebu zarlar qilmaydi talab,
Qalbga mehr çöğlarin qalab,
Yuragimda bir qiz yaşaydi.
Unda öyu xayolim doim,
Keça-kunduz tinmas nidoyim –
Yuragimni asra, xudoyim,
Yuragimda bir qiz yaşaydi.
Maʼsuma umid
Nigohlari yöllar bir sirli payğom,
Tilining uçidan tomar asali.
Bu közlar diydorga töymagan tamom,
Bu lablar bösa ne – tuymagan hali.
Bir maʼsuma umid möltirar mubham,
Billur kabi zilol nigohlarida.
Tonggi şabnam misol kulsa, kuysa ham,
Yoş silqib turadi qaroqlarida.
Tun yorişib ketar jilmaysa, ammo
Eriy boşlar hatto abadiy muzlar.
Uning tirnoğiça emasdur zebo
Dunyodagi barça çiroyli qizlar.
U öz husni bilan maqtanmas faqat,
Бор унда на кибор, на такаббурлик.
U Xudo yaratgan eng gözal xilqat,
Asl bahosini topmagan hurlik!
Muhabbatdan kuçli his yöq, inçunun,
Yöqdir muhabbatdan buyukroq qudrat.
U şunday nafiski, sevmoğim uçun
Kamlik qilar hatto öşa muhabbat.
Zohidjon OLOV
1986-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Olamvor orzular”, “Sevaman” nomli kitoblari çop etilgan.
Zomin seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida