6 daqiqada öqiladi

350 marta körilgan

Ijod ilohiy sadolarga javobdir

Omon Matjon

Men dunyoga kelgan yillarda dunyo xomtalaş bölayotgan rutubatli kunlar edi. Odamlar bir parça nonga zor bölgan qaro kunlar… Bu kunlarni vaqt hisobiga keltirsak, 1943-yilning 14 fevrali bölgan. U paytlarda Xorazmning bugungi Yangibozor tumani Gurlan deyilardi. Şu tuman hududida Boğolon deb nomlangan möjaz bir qişloq bor. Kamina ana şu qişloqda dunyo yuzini kördim. Uyimizning yonida Ordjonikidze nomli örta maktab bölardi. Şu maktabda öqidim. Garçi biz tengqur kişilarning bolaligi rangbarang, baxtiyor kunlar oğuşida keçmagan bölsa-da, u kunlarni soğinaman. Bolalikning beğubor va begidir davrlari olis-olislardan meni öziga çorlab turadi.
Men ilk şeʼrlarimni oltinçi-yettinçi sinflarda öqib yurgan kezlarim yozganman. Öqiş va yoziş iştiyoqi şu paytlarda paydo bölgan. Albatta, buning öziga xos sababi bor edi. Otam Matçon Jumaniyozov şu qişloqning poçta bölimi mudiri bölib işlardi. Bu degani, uyimizga deyarli har hafta yangi-yangi gazetalar kelib turardi. Jumladan, öşa paytlarda tumanda “Kommunizm uçun”, viloyatda “Xorazm haqiqati” gazetalari juda maşhur edi. “Pravda” gazetasiga deyarli hammaga xonadonlar obuna bölardi. Töğriroği, obuna bölişga majbur etilardi.
Xullas, mening ilk şeʼrim tumanimizning “Kommunizm uçun” gazetasida çop etildi. Öşa paytlarda gazetada bolalar şoiri Döstçon Matçon ham işladi.
Har bir insonning hayotida muhim örin tutadigan mötabar insonlar – ustozlar böladi. Menga örta maktabda taʼlim-tarbiya bergan Qöşmamat aka, Döstmat aka, Qodir aka va Qural aka singari uluğ zotlar yodi oldida har doim taʼzimdaman. Tatyana Ivanovna, Zinaida Semyonovna degan Rossiyadan kelib, rus tilidan dars bergan öqituvçilarimni ehtirom bilan eslayman. Bugun ularning aksariyati olamdan ötib ketdilar. Yaratgan zot rahmatiga olgan bölsin!
Maktabni tamomlab, 1961-yilda Samarqand dorilfununiga öqişga kirdim. Endi ikkinçi kursga ötgan kezlarim – 1962-yilda harbiy xizmatga çaqirib qolişdi. U paytlarda harbiy xizmatga eʼtibor juda kuçli edi. Xizmatdan böyin tovlaş xoinlik bilan barobar körilardi. Men ham çaqiriqqa “labbay” deb javob berdim-da, törxaltamni kötarib harbiyga jönadim. Uç yil davomida Germaniyaning Drezden, Maysen şaharlarida xizmatda böldim. Tasodifni qarangki, harbiy qismimiz oldida juda katta va boy kutubxona joylaşgan edi. Bu men uçun ayni muddao böldi. Böş vaqtlarimni mutolaaga bağişladim. Bu orada yangi şeʼrlar paydo böldi. Harbiyga kelganimning ikkinçi yili Isoqul Töraqulov degan leninobodlik bir aspirant döstim vatanga qaytadigan bölib qoldi. Paytdan foydalanib bir dasta şeʼrlarimni berib yubordim. U şeʼrlarimni Toşkentga kelib, “Şarq yulduzi” jurnaliga berib ketibdi. U paytlarda jurnalda Şuhrat domla, Husniddin Şaripovlar işlar edilar. Jurnalning 1965-yil 6-sonida bir turkum şeʼrlarim “Soldat öylari” nomi bilan çop etildi.
Armiyadan qaytgaç, dorilfununning filologiya fakultetida öqişni davom ettirdim. O, talabalik yillari! Bu haqda uzoq yoziş mumkin. Ayniqsa, bizga öz davrining allomalari hisoblanmiş ustozlar dars berganlar. Nuriddin Şukurov, Saydullo Mirzayev, Botir Valixöjayevdek zabardast domlalardan saboq oliş baxtiga muayassar böldik. Şu yillarda bu ustozlarimiz kömagida “Şalola” nomli şeʼriyat tögaragi taşkil qilgandik. Bilasizmi, keyinçalik uşbu tögarak qatnaşçilaridan köplab şoirlar, yozuvçilar yetişib çiqdi.
Talabalikning betakror yillari ortda qolgaç, meni Toşkentga, Ğafur Ğulom naşriyotiga işga yuborişdi. Bu mening hayotimda qutluğ hodisa böldi. Çunki aynan mana şu qutluğ dargohda buyuk ijodkorlar bilan yelkama-yelka turib işlaş, saboq oliş va ijod qiliş şarafiga noil böldim. Mirzakalon Ismoiliy, Mirtemir, Ramz Bobojon, Hamid Ğulom, Şayxzoda, Mavlon Ikrom… bu röyxatni yana davom ettirişim mumkin. Eng muhimi, özimning ham “Oçiq derazalar” nomli ilk kitobim 1970-yilda şu naşriyotda çop etildi.
Bilasizmi, har bir dildagi qutluğ sadolar ilohiyotdan keladi. Şoirning har bir şeʼri ana şu ilohiy sadolarga javobdir. Bu sadolar esa har qanday qalbga ham kelavermaydi. Nazarimda, buning muhim asoslari böladi. Şu maʼnoda aytişim mumkinki, Xorazmday – Özbekistonning ğoyat boy tarixiy-ijtimoiy göşasida tuğilib, yaşaş buyuk neʼmat. Qarang, bolalikdan qanday buyuk bobolarimizning ohanrabosi qolgan yodimizda! Yuragimizda doim Şayx Najmiddin Kubro, Xorazmiy, Beruniy, Yusuf Hamodoniy, Pahlavon Mahmud Boqirğoniy, Zamaxşariy, Hakim ota…
Köngil – doim ruhoniy madadga muhtoj. Sanab ötgan bu uluğlarimiz könglimizga, ruhimizga nur beradigan siymolardir. Bizni adabiyotga, sanʼatga oşno etgan kuç, şu bobolarimizning qutluğ yodi bölsa ajabmas.
Bizning adabiyotimiz – tarix va kelajakni boğlab turuvçi rang, sado, tuyğu, ilhomlar kamalagi. Buning mehrobi – xalqimizning noyob qalbi. Bunda olamni, osmonni kuzatuvçi usturlob namoyon! Özbek adabiyoti nafaqat bizning yurtimiz, balki butun jahon adabiyotiga qadimdan botaʼsir ekanligi – faxrimiz. Buyuk Alişer Navoiyning birgina baytini keltiray:
Jumlayi aşyoga böldim oşiğu oşufta hol,
Odamu olam yuzin çun qilmiş mirʼotul jamol.

Haq taolo tegrangga öz gözalliklarining nodir bir manzarasini yoyib qöygan. Qara, Uni tani, yaratgan egamning jamolidan ziyo olursan.
Istiqlolimiz tufayli adabiyotimiz oynasi yana toza, mukarram va baland böldi! Bu – Allohning hidoyati. Yozuvçilar uyuşmamizda muntazam  ötkazilayotgan ijodiy tadbirlar ham barça viloyatlarimizdagi katta ijodiy muhitning yanada quvvat olayotganidan darakdir!
Umrim adabiyot içida keçmoqda. Bu şarafli yölda menga önlab döstlarim, yaqinlarim, xususan, turmuş örtoğim Maʼsudaxon hamrohlik qilib kelyapti. Maʼsudaxon bilan naşriyotda işlab yurgan kezlarimda tanişib, turmuş qurganmiz. Allohga ming şukrki, turmuşimiz tinç va osuda keçdi. Rahmatli qaynotam Mahammadqul aka nihoyatda mehrli, huşyor, ehtiromli inson edilar. Qaynonam Xayriniso onajonimizni taʼriflaşga esa söz gavhari, dil sururi, dunyo ranglari kerak böladi. Ular meni öz farzandlaridek qabul qilişgan edi. Alloh ularni rahmatiga olsin!
Oiladagi xotirjamlik, yurtimizning tinçligi bois, mening yoşlikdagi “qani qirq yoşgaça dunyoning heç bölmasa yarmini körib kelsam” degan orzuim amalga oşgan. Şeʼrlarim rus va boşqa köp tillarda naşr etilib, Yevgeniy Yevtuşenko, A.Faynberg va boşqa köplab taniqli ijodkorlar tomonidan tarjima qilingan.
Xudo menga ikki öğil, ikki qiz berdi. Bugun ularning har biri oliy maʼlumotli, öz sohasining yetuk mutaxassisi.
Rayhona – Temir yöllar institutida muallima. Diyor – tadbirkor. Elyor – yapon tili mutaxassisi. U birinçi bölib Özbekistonda “Yapon-özbek tili luğati”ni tuzib, naşr ettirdi. Hozirda Şarqşunoslik institutida öqituvçi. Kiçik qizim Naziha – filolog–psixolog. Nevaralarim ham bobolariga öxşab ijodga qiziqadilar. Içida rassomlikka qiziqadiganlari, şeʼr yozadiganlari ham bor. Ulardan umidim katta.
Darhaqiqat, boşlangan 2014-yil hammamizga qutluğ yil bölsin! “Yoşlik” jurnalining barça muxlislari öqiş va izlanişdan çarçamasinlar!

Omon MATJON – 1943-yilda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tuğilgan. Özbekiston xalq şoiri (1993). Samarqand Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). «Karvon qönğiroği» (1973), «Quyoş soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador çaqmoq» (1977), «Seni yaxşi köraman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «Örtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoşga tuşdi» (1991), «Quş yöli» (1993), «Iymon yoğdusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror eiyoratlari» (2002) va boşqa şeʼriy asarlar muallifi. «Haqquş qiçqiriği» (40 afsona, 1979) şeʼrlar kitobi, «Gaplaşadigan vaqtlar» (1986) qissasi, şuningdek, Xorazmdan çiqqan buyuk siymolar haqida dramatik dostonlar («Pahlavon Mahmud”, 1975) ham yozgan. «Ming bir yoğdu» (1982) asari Alişer Navoiy «Xamsa»si taʼsirida yozilgan. F. Shiller, Ş. Bodler kabi şoirlarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
 

“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 1-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)