(Hikoya)
I
Özbekovullik Berkin nosfuruşning tönğiçi to “Elmurod domla” bölib tanilguniga qadar köp qiyinçiliklarni boşdan ötkazdi. Bolapaqir viloyat markazidagi özi tugallagan institutda iş boşlaganida, köpi bilan tört yilda nomzodligimni himoya qilib olaman, deb möljallagandi. Biroq bu muddat naq töqqiz yilga çözilib ketdi, orada Elmurod poytaxtdagi universitet aspiranturasida tahsil olib ham qaytdi. Bundan taşqari, iş endi bitay degan palla avval otasidan, söng onasidan ayrilib qoldi. Bu yoqda uç singil unga möltirab qarab turibdi; töğri, ota-ona hayotligida kattasi turmuşga çiqqan, ammo, uç qovun pişiği bölib qoldi, umurtqa poğonasidagi çurrani muvaffaqiyatsizroq oldirgan poçça töşakda mixlanib yotibdi, inçunun, jigarga kömaklaşib turmasa bölmaydi.
Ikki singilni el qatori töy qilib uzatgan, nomzodligini yoqlagan, axiyri ovulda “domla” deb atala boşlangan Elmurod bir kuni zingil solib qarab kördiki, otadan meros, bundan kamida oltmiş yil burun haşar yöli bilan qurilgan guvala uy ança çökib qolibdi; garçand tomiga şifer qoqilgan bölsa-da, qurt yeb ado qilganmi nima balo, ora-sira yupqa faner ortidagi bolorlar vahimali tarzda qisirlab qöyadi. Bu ketişda bir kun tom “tap” etib bosib qolişi heç gap emas. Buyam kamday, pastakkina çordoqqa yarim qop buğdoy olib çiqqan, emaklab borayotgan Elmurodning qöllari orasidan yöğonligi bilakday keladigan bir ola-çipor ilon şuvillab ötdi-ketdi; vahimaga tuşgan xotinining yiğlab-siqdab aytişiga qaraganda, beşikka örmalab çiqayotgan boş barmoqday kattalikdagi sariq çayonni körib qolgan-u, jon-jahdi bilan kalişida urgan, ammo jondor ölmagan, bir yumalab, öziga kelib olgaç, kigizning tagiga kirgan-ketgan. Şundan buyon dağ-dağ qaltiraydigan bölib qolgan juvon kun-tun zax xonadagi ikki yuzlik chiroqni öçirmasdan, beşikni quçoqlagança, közlarini katta-katta oçgan köyi tinmay atrofga alanglab ötiradi…
Ehtimol, bu galgi reja ham özga ming bir taşvişlar bilan band boşda bir muddab izğib yurgaç, nomaʼlum muddatga unutilib ketilardi, ammo boşbarmoqday sariq çayon körinişidagi sönggi dastak domlaning qatʼiy qaror qabul qilişiga sabab böldi.
Xullas, may oyining oxirlarida, taʼtil mahalini möljallab uy buzildi. Eski stol-stullar hovli örtasidagi daraxt tagiga köçirildi, taxtaga qora böyoq surtib tayyorlangan doska daraxtga qoqildi, işqilib, domla uyida dars ötadigan bolalar uçun oçiq havoda qölbola sinf tayyor böldi-qoldi. Şundan söng Elmurod ançadan buyon könglining tubida asrab yurgan orzusini amalga oşirib, şahar bozorida qaçon közi tuşsa yuragini bir jizillatib qöyadigan zangor rang darvozani sotib olib keldi. Darvozamisan darvoza edi-da öziyam. Ikki qavatli, köça tomonga qaragan sirtida körgan közning aqlini şoşiradigan allambalo naqşlar, möjaz tutqiçlari tillo rang, qöş tavaqali, ölçamiyam tört yarimga-tört yarim, demak, “KamAZ”dan tortib xaşak bosilgan telejkaçaga bemalol ötib ketaveradi. Quyoşda tovlanişini-ku, aytmasa ham böladi: tillo bölmasayam, kumuş deysiz, kumuş… Töğri, elçilik, bir-ikki qöni-qöşni, hamqişloqlar atay domlaga eşittirib eşak olmasidan burun hovlisiga qoziq qoqqan Afandi xususida qoçirimli payrovlar qilişdi, ammo Elmurod bunaqangi visir-visir gap-sözlarga parvo ham qilmadi; aksinça, “körolmasang kuyib öl” deganday, hozirça hovli adoğidagi molxona devoriga suyab qöyilgan mahobatli darvozani tong sahardan mehr bilan artib-surtaverdi…
Ertalabdan hovliga qadam ranjida qilgan Qarindoş domlani mana şu maşğulot ustida uçratdi.
Birodarlar, men ham şu ovulning farzandiman, şu elga mansubman. Qişloqni esa bilasiz, hamma baayni ajriq tomirlariday bir-birlari bilan qöşilib-çirmaşib, xeş-uruğ bölib ketgan. Inçunun, tilga olinayotgan Qarindoşning ham bizga ona tomondan andakkina yaqinligi borligi sababli ismini qoğozga tuşirişdan istihola qilib turibmiz: to erta-bir kun yurt oldida “Senmi hali meni yozadigan? Möltonidan odam çiqsa, çodiriga öt qöyarkan-da, a!” deya jovillab yoqamizga yopişib tursa, buning xijolati yomon keçadi; illo, ovuldoşlarimiz hodisotga dovur nima bölganligini emas, hodisotning özini uzoq yillar saqiç qilib çaynab yurişadi, deylik, oradan çorak asr ötib qişloqqa borsam ham, birinçi uçragan kişi “Ha, bu senmi, tanidim, jonday yaqining falonçini kitob qilgan yozğuvçisan-da!” deya iddao qilişi aniq. Şu bois, har galgidek, gap şakldami, mohiyatda-ku, deya özimizni özimiz çalğitamiz-u, voqea tafsilotiga ötamiz.
Özi asli qiziq odam edi-da bu Qarindoş deganlari. Öninçi sinfni yakunlaş arafasida birdan maktabni oltin medal bilan tugallaşi kutilayotgan sinfdoşi bilan yaqin jöra bölgisi kelib qoldi-ku. Şu maqsadda, qavm-qarindoşlarining “hay-hay”iga ham qaramasdan, ota-onasini köndirdi va heç narsadan bexabar sinfdoşini qönoqqa çaqirib, oyoği tagiga bir qöçqorni olib urdi, söng, bu bilan ham kifoyalanmasdan, udumga köra, tökin dasturxon ustida xijolatdan qip-qizarib ötirgan, tomoğidan ovqat ötmayotgan sinfdoşiga sarpo qöydi – kostyum-şim kiygazdi. Şu bilan ular jöra bölişdi.
Töğri, yana öşa urf-odatimizga köra, Jöra ham Qarindoşni çaqirib, ziyofat qilişi, söng kiyitlik qaytarişi – kostyum-şim, heç bölmaganda çopon hadya qilişi lozim edi. Ammo bu orada maktab tugab, öqişga kiriş ilinjidagi bitiruvçilar har tomonga uçib ketişdi-yu, şu bilan “qaytar tovoq” Jöraning böynida qarz bölib qolaverdi.
Kutilganidek, Jöra poytaxti azimdagi katta öqişga öz kuçi bilan kirdi-ketdi. Qarindoş esa “sayqali röyi zamin ast”dagi institutning birinçi imtihonidanoq guppa quladi.
Uç-tört hafta “Haqiqat yöq ekan! Bölmasa hamma savollarga yuz protsent javob bergandim! Mandatdan qaytarişdi! Savodi “nol”larni olişdi. Yozaman!” deb yurgan Qarindoş oxir-oqibat taqdirga tan berdi şekilli, zalvorli ketmonini yelkaga taşladi-yu, dalaga yöl oldi.
Şu bilan hammasi iziga tuşib ketgandek, Jöraning böynidagi qarz qiyomatga qadar unutilgandek edi. Buning ustiga, öqişda mahallari ora-sira qişloqqa kelib turadigan Jöra jonday jörasi Qarindoşdan xabar olavermasdi, hatto qaydadir amaliyotdaligi bois uning töyida ham qatnaşolmadi.
Biroq tez orada Qarindoşning arqonni juda-juda uzun taşlab qöygani, deylik, qiçiydigan joyini oldindan qaşlab qöygani, yiqiladigan joyiga esa gilam töşab qöygani ayon böldi…
Universitetni “qizil diplom” bilan tugallagan Jöra poytaxtda qoldi va asta-sekinlik bilan bölsa ham amal pillapoyalaridan yuqoriga kötarilaverdi. Tabiiyki, bunga mutanosib ravişda ovulda Jöraning uyida tutun çiqsa ham yetib borişga hoziru nozir qarindoş-uruğlari soni orta bordi. Dam şu damdir… Şundoq fursat kelişini sabr bilan kutgan Qarindoş ham miyiğida iljaygan köyi harakatni boşladi…
Şoir “Hargiz iltimosga kuning qolmasin”, deydi. Keling, jurʼat etib, şu hikmatga ozgina qöşimça qilaylik: “Hargiz huzuringga iltimosçilar saf-saf bölib kelişiga kuning qolmasin. Ayniqsa imkoniyatlaring çeklanganini özing bilib turganingda…” Illo, men öşa, iltimosçilar gurros-gurros kelayotgan talotöp kunlari alam-iztirobdan yuzi qorayib ketgan, nainki uyiga, işxonasiga borişdan ham yuragi bezillab qolgan, öziga quyuq salom bergan har bandaga hadiksirab qaraydigan şörlik Jörani körgandim…
Qarindoş “qondoş jöram-jondoş jöram”lab Jörani soğib içdi hisob… Qarindoş öğliga sunnat töyi qilganda Jöra töy egasiga, uning xotiniga, töy bolaga boşdan-oyoq allambalo sarpolar qilib keldi, lekin bu bilan qutulmadi. Mana şu bola kollejni bitirganida öqişga kirişiga kömaklaşdi, biroq bu bilan ham böynidagi qarz arqonidan xalos bölmadi. Oxiri bir amallab institutni bitirgan şu bolaning bojxonaga işga joylaşişiga ham qölidan kelgani yordamini ayamadi. Ammo sinov muddatida bölgan yoş mutaxassis bosar-tusarini bilmay qolganmi, işqilib, oradan uç oy ötar-ötmas pora olayotgan mahal qölga tuşganida Qarindoş ming tavallo qilib, yalinib-yolvorib kelmasin, Jöra işni “bosti-bosti” qilişga mutlaqo aralaşmadi…
“Toparmon-tutarmon bolamning davrida ketmon kötarib yursam yaraşmas”, degan mulohazalar ila allaqaçon daladan böşab olgan, katta-katta yeyişga örganib qolgan Qarindoşning Jöradan hafsalasi pir böldi, ammo buni el-yurtga sezdirmadi.
Yetti yilga hukm qilingan öğil uç yilda amnistiyaga ilinib qaytib keldi. Şu bilan u tinçgina yaşasa bölardi. Yöq, otasining qondoş-jondoş Jörasi kömagida yigitlarni Koreyaga kafolatli işga jönatiş qölidan kelişini bir-ikki joyda şipşib qöygan ekan, “kök”idan kötargan xohlovçilar uzun-qisqa bölib Qarindoşning uyiga kirib kelaverişdi.
Oradan bir yil ötdi-ötmadi, firibgar öğil böynida oltmiş ming dollar qarzi bilan qamaldi-ketdi. Puliga kuyib qolganlar Qarindoşning uyining turumini buzişdi.
Zördan zör kelsa, zör dumini qisadi. Qarindoş ham “Bor, kuçala yegan joyingga borib tiriş!.. Menga bir söm berib qöyganmisan?.. Men heç narsani bilmayman!..” va hattoki “Qaysi zamonda ota öğil uçun javob bergan?” qabilidagi dalil-dastaklarni qalaştirib taşlaşga, baqir-çaqir qilib turganlardan ham köra qattiqroq bökirişga urinib kördi; ammo köpçilik baribir köpçilik-da, buning ustiga, mol aççiği – jon aççiği: bunaqa mahal qöl öz-özidan ketmondastaga borib qolaveradi… U yoqda Jöra ham nomardlik qildi: boş egib kelgan Qarindoşga uyda borini qirib-qirtişlab, bor-yöği tört ming beş yuz ellik beş dollar çiqarib berdi. Ayniqsa oxirgi beş dollar Qarindoşning rosa asabini öynatdi: past-da, past; şuyam pulmi? Şuniyam uyalmay tutqazdi-ya! Nima, u sadaqa sörab kelgan gadomidiki?! Yana jöramiş… Biroq nima ham qila olardi? Pastkaş Jöraning dasta-dasta dollarlari turadigan seyfning kalitini yonidamidiki… Oxir-oqibat Qarindoş uyini sotişga va oilasi bilan qişloqqa tutaşib ketgan dala şiyponiga köçib ötişga majbur böldi.
Adaşgan öğil-ku, yana avfi umumiyga ilinib, qaytib keldi; puliga kuyib qolganlar insof qilişdi – qaytib uni bezovta etişmadi: axir, rang kör – hol sör… Faqat Qarindoşning alamzadaligi tarqamadi. Ustiga-ustak, bir emas, ikki emas, tört marta borib ham Jöradan belga tugib qaytarli dalda ololmadi, aksinça, bir-ikki oğiz nordonroq gap eşitdi. Qaysi jin urgan, tuşuniş qiyin, lekin Jöraning tönini teskari kiyib olgani ravşan edi: nima sörasa, nuqul “ilojim yöq”, deydi, qaysar eşakday oyoğini tirab turib oladi. “Öğilni heç bölmasa gazzapravkaga joylaştirib ber…ing”, degandi, özini eşitmaganga soldi, Qarindoş uning otasini urib öldirib kelganday ekrani bir yarim quloçlik “oynayi jahon”dan köz uzmagan köyi bez bölib ötiraverdi… E, sadqayi odam ket…
Albatta, Qarindoş qişloqqa, el köziga dimoği çoğ holda qaytdi va atay ovulning uç-tört xabarçisiga eşittirib aytdiki: “Bizning köçadayam bayram bölib qoladi… Jöram vaʼda berdi, heç öylanmang, özingizniyam, öğlingizniyam şaxsan özim borib, yoğliroq işga joylab kelaman, dedi…”
Şungayam biron beş yil bölib qoldi-yov. Na yoğli işdan darak bor, na yoğsizidan. Ota bekor, yöl qarayverib rangi siniqqan öğil bekor. Yana boş egib, biron fermerga ketmonçi bölib borişga Qarindoşning böyni yor bermadi. Yaxşiyam uy bekasi qişloq markazidagi şifoxonada hamşira bölib işlardi: topgan uç-tört sömi rözğorni amallab tebratib turişga yetardi.
Bu yillar içida… Qarindoş yozişning rosa hadisini oldi. Şaharga borişga yöl puli topilmay qolgaç, yordam sörab avval jondoş-qondoş Jörasiga yozdi, undan javob kelmagaç, tuzukroq işga joylaştirib qöyişlarini iltimos qilib hokimiyatga yozdi, prokurorga yozdi, sudga yozdi, ijtimoiy taʼminot bölimini ham esdan çiqarmadi. Biroq rasmiy idoralardan bir xil javob kelaverdi: “Bu masalada falon taşkilotga murojaat qilişingizni söraymiz”. Öşa taşkilot, yaʼni, bandlikka kömaklaşuvçi idora arizagöyni röyxatga olib olti oyga yaqin nafaqa berib turdi, bu vaqt içida uç-tört joyga yöllanma tutqazdi, biroq Qarindoşga bu işlarning birontasi yoqmadi: bergani nosvoy puliga yetmaydi-yu… Oqibatda idora pul tölab turişni bas qildi, Qarindoş esa “Mana senga!” deganday “yoza-yoz”ni avj oldirdi. Ayniqsa bu borada unga xotini işlaydigan şifoxonadagi kompyuter juda qöl keldi: bu sizga katak qoğozda ruçka tiqirlatib ötiriş emas, printerdan biri-ikkinçisidan silliq, çiroyli matnlar közingizni quvnatib çiqib kelaverardiki – Qarindoşning özi ham bu manzarani yoş boladay quvonib-hayajonlanib, yuragi “durs-durs” urgan holda, kaftlarini bir-biriga işqagan köyi kuzatib ötirardi, – ularga közingiz tuşsa bas, şu zahoti şikoyatçining barça muammosini hal qilib taşlasam derdingiz…
Qarindoş asta-sekin arizabozlik sarhadini kengaytirdi. Endi faqat şaxsiy dardlargina emas, ovulda sodir bölayotgan katta-kiçik voqea-hodisotlar, miş-mişlar, turli talqinlaru ajabtovur xulosalar ham Qarindoşni kompyuter klaviaturasi tomon yetaklaydigan böldi. Alal-oqibat, bir neça marta kalitni berdirtirmagan boş şifokor ustidan “Bemorlardan pora oladi… kasalxonani yeb yotibdi… menday beçora işsizdanam qörqmay pul söradi…” qabilida yoza-yoza oxiri uni qoniga taşna qilgan arizagöy xuddi yumuşga kelganday, roppa-rosa soat töqqizda kompyuter saqlanadigan xona eşigi yonida tik turadigan va ğalaba tovoni undirayotgan muzaffar tomon yangliğ masrurlik bilan navbatçidan kalitni oladigan böldi…
Ikki yilça bölib qoldi-yov, ovulning özlariga töq fermerlari kamxarjroq oilalarga soğin sigir beriş taşabbusi bilan çiqişdi. Olim ferma yaqin xeşim, tus jiyanim deya heç kim yöğida Qarindoşning şiyponiga ataganini taşlab ketibdi: savob pinhona qilinadi-da.
Şifoxonadagi kundalik “yumuşi”dan qaytgan Qarindoş köçib kelganlaridan buyon böm-böş yotgan bostirma tagidagi bolali sigirni köradi-yu… Xullas, Qarindoş hadyani oldiga solib haydab töğri Olim fermaning uyiga boradi, “Bersang tuzukroğidan, semizroğidan ber-da, jiyan, buning oriq-ku, qara, umurtqasi sanalib yotibdi, ertaga yiqilib qoladi-ku”, deb töpolon qiladi. Fermerning hozir köklam payti ekanligi, şunga yaraşa hamma sigirlarning ham oriqlaganligi, buyam oğzi kökka yetsa bas, töpposday semirib ketişi haqidagi izohlari öjar toğaga aslo taʼsir qilmaydi. Qarindoş: “Men toğaman, yetti pirdan azizman, şunga yaraşa sağrini yaltirab turganidan bersang ölasanmi?” deb turib oladi. Asli sirkasi suv kötarmaydigan, jahli burnining uçida turadiganlar toifasidan bölgan fermer jiyan qattiq asabiylaşadi, vujudi dir-dir titray boşlaydi. Söng, aytişlariça, bir emas, ikki marta “Olmaysizmi, toğa?” deb söragan. Qarindoş bunga javoban: “Buni özing pişirib ye, jiyan. Men olsam fermangga kirib, özim tanlab olaman”, degan. Darvoqe, Gollandiyadanmi, qaydandir ellik boş zotdor sigir olib kelib, uni alohida joyda parvariş qilayotgan Olim fermer, fermasiga toğasi u yoqda tursin, xotinini ham kiritmasdi. Şungami, toğaning bu talabi sabr kosasiga tomgan sönggi tomçi böladi-yu, portlab ketgan fermer “Olmasang olma! Senga bergandan köra baliqlarga yem qilaman bularni!” deya bolali sigirni katta kanal böyiga sudrab çiqadi va ikkalasini ham şiddat bilan oqayotgan bötana suvga otib yuboradi…
Oriq bölsayam, sigirdan, demakki sut-qatiqdan quruq qolgan toğa alam ustida sarkaş jiyani ustidan erinmay yozdi, qayta-qayta yozdi, foyda bölmadi. Kelgan komissiyalarga Olim fermer: “Mulk meniki! Agar ğing desalaring, qolgan sigirlarniyam kanalga otib yuboraman! Sizlarga şu kerakmi?” deya öşşayib turavergan. Qarindoş hayvonlarni himoya qiliş jamiyatidan ança umidvor bölib turgandi, biroq bu muassasaga yöllangan şikoyatlar suvga çökkan ona-bola sigir misoli izsiz yöqoldi…
II
Xullas, ertalabdan hovliga qadam ranjida qilgan Qarindoş Elmurod domlani hovli adoğidagi molxona devoriga suyab qöyilgan mahobatli darvozani mehr bilan artib-surtayotgan holida uçratdi.
Odatdagi salom-alik, qisqaça hol-ahvol söraşişlar, uyga (töğriroği, hovli çekkasidagi çorpoyaga) taklif qilişu, buni minnatdorçilik ila rad etişlardan söng Qarindoş çor-atrofga bir muddat diqqat bilan, aytiş mumkinki, tanqidiy köz taşlab çiqqaç, dabdurustdan:
– Domla, endi ustingizdan yozmasam bölmaydi, – deb qoldi.
Elmurod domla avvaliga ajablandi, söng “Notöğri eşitmadimmikan?” degan öyda çaqirilmagan mehmonning jiddiy yuziga tikildi. Yöq, qönoq hazillaşayotganga öxşamasdi.
Bu taxminni tasdiqlaganday, Qarindoş işonç bilan takrorladi:
– Domla, endi ustingizdan yozmasam bölmaydi.
Elmurod domla özini majburlab jilmaydi:
– Yozişga arziydigan nima gunoh qilibmiz?
Qarindoş hovliga işora qildi:
– Otangiz bir noskaş edi. Endi şunday odamning bolasi qanday qilib hovlini buzib, örniga qasr soladi, a?
Domla xotirjam gapirişga urindi:
– Qasr emas, tört xonali oddiygina uy, aka.
Qarindoş böş kelmadi, endi darvozaga işora qildi:
– Bizam suv körmasdan etik yeçmaydiganlardanmiz. Oddiy uyning darvozasi bunaqa bölmaydi, uka.
Domla sal asabiylaşdi:
– Qanaqa böladi?
Qarindoş savolga javob bermadi, buning örniga çöntagidan yondaftarça va ruçka oldi, nimanidir yozişga hozirlandi.
– Xöş, oyligingiz qança, uka?
– Nima edi? – xömrayib söradi Elmurod.
– Aytavering. Men oddiygina uy quriş uçun ham neça yillab yemay-içmay, bir söminiyam sarflamay yiğişingiz kerakligini birpasda hisoblab taşlayman. Siz bölsa, ikki yil burun singlingizni çiqardingiz, endi bölsa qasr qurayapsiz…
– Qasr emas, oddiy uy…
– Baribir. Hozirgi zamonda uy qurişning özi böladimi? Demak, bundan kelib çiqadigan xulosa şuki, siz noqonuniy daromad topayapsiz. Katta daromad…
Elmurod domla angrayib qoldi:
– Qanaqasiga?
Qarindoş öpkasini töldirib nafas oldi, pişillab nafas çiqardi:
– Şunaqasiga. Institutda studentlardan pora, öqişga kiritişga yana pora…
Domlaning jahli çiqdi:
– Oğzingizga qarab gapiring, aka!
Qarindoş domlaga tik qaradi:
– Oğzimga qarasam-qaramasam bor gap şu, uka.
– Tuhmat qilmang!
Qarindoş hovli örtasidagi daraxt tagida turgan eski stol-stullarga, daraxtga qoqilgan doskaga işora qildi:
– Balki hali repetitorlik qilayotganingizdan ham tonarsiz. Agar tonmasangiz, marhamat qilib lisenziyangizni körsatsangiz. “Fuqarolarning murojaatlari töğrisida”gi, “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunlarga köra, buni sizdan talab qilişga mening haqqim bor. Siz esa litsenziyani körsatişga majbursiz.
Elmurod domla angrayib qoldi. Zero, tört-beş yil bölib qoldi, çindan ham mart-iyun oylarida qişloq bolalarini öqitadi, ammo şu paytgaça biron marta biron kişi undan litsenziya söramagan.
Domlaning qanday ahvolga tuşganini körgan Qarindoş qoniqiş bilan, mamnun iljaydi:
– Şunaqa, Berkin akamning bolasi, şunaqa. Demak, noqonuniy faoliyat olib borganingizni özingiz ham tan olasiz, şundaymi? Şunday deb yozaveraymi?
Domla ilon sehriga tuşgan odamday Qarindoşning yondaftar sahifasi ustida yörğalayotgan qöliga angrayib qarab qoldi.
– Yozaveraymi? Qöl qöyib berasizmi?
Nihoyat Elmurod domla bir seskanib öziga keldi:
– Qanaqa qöl, aka? Qanaqa daromadni gapiryapsiz?
Qarindoş köp narsani biladigan odamday uy egasiga maʼnodor qaradi:
– Yaşiryapsiz-da, a? Mendan-ku, yaşirarsiz, lekin kelgan odamlar bor haqiqatni içingizdan suğurib olmay qöymaydi, uka. Ha…
Domla oçiq havodagi qölbola sinfga işora qildi:
– Aka, rostdanam ön bitta bolani öqitaman. Beştasi yaqin qarindoşlarimning bolalari, ulardan bir tiyin olmaymanam, ololmaymanam.
Daftarçasiga nimanidir yozişda davom etayotgan Qarindoş istehzoli iljayib qöydi, xolos. Elmurod domla izoh berişda davom etdi:
– Qolgan oltitasi ham begona emas. Bittasi Mannon fermerning qizi. U kişi qizimni öqitib ber, yil yaxşi kelsa uç qop ğalla beraman degan. Yana bittasi Qurol döxtirning bolasi. Vaqt-bemahal döxtirga işimiz tuşib turadi, şuning uçun u kişidanam pul olmayman. Yana ikkitasining otasi “Bolamiz öqişga kirsa bir narsa taşlab ketarmiz”, degan. Şunda pulga öqiydigan ikkitasi qoladi, xolos. Ularam…
Yozişni tugatgan Qarindoş yondaftarçani yopdi:
– Har qalay, butun boşli qasrni ikkita bolani öqitganim evaziga quryapman deb meni laqillatmassiz, uka? Aldagani bola yaxşi-ya?
Elmurod domlaning burun kataklari kerildi:
– Aka. Men sizga izoh berişga majbur emasman. Boring, köring, kerak bölsa tekşiring, institutda bir yarim stavka işlayman…
Qarindoş hi-hilab kuldi:
– Ikki yildan beri qabul komissiyasining aʼzosisiz…
Domlaning yuziga olov tepdi, şungami, tişlari ğijirlab ketib, asabiylaşayotganini sezdirib qöydi:
– Hozir test, aka, test…
– Bilamiz, bilamiz, buning ham yölini topib qöygansanlar… Testdan jaraq-jaraq pul işlamasangiz, bunaqangi qasrni tuşingizdayam körmasdingiz?
Elmurod guvala, eski-tuski quriliş materiallari soçilib yotgan hovliga işora qildi:
– Qani siz aytgan qasr?
Qarindoş pinagini buzmadi:
– Bugun bölmasa ertaga quriladi-da, uka. Harom pulning sassiğiga uxlay olmay çiqadigan boyvaççalar uçun bitta qasr nima degan gap? Şahardanam uç-törttasini olib qöygandirsiz? Birovlarning nomiga, a?
Böğriqib ketgan domlaning qöllari muşt bölib tugildi:
– Maqsad nima, aka?
– Maqsad sizni foş qiliş.
– Mening nimamni foş qilasiz?
– Sizda gap köp, uka, gap köp. Sezib turibman, yurişlaringiz bejo…
– Haqorat qilmang-da, aka, borib, bemalol xohlagan joyingizda xohlagança foş qilavering.
– Böpti. Avval institutingizga boraman. Rektoringizga uçraşaman. Önta studentni olib kelib, majburlab işlatganingizni aytaman. Guvohlarim bor. Suratgayam olib qöyganman.
Elmurod domla ingrab yubordi:
– Axir… axir ular haşarga kelişdi-ku. Uyni buzgani…
– Haşarga emiş? Odamning kulgisini qistatmang, uka. Kelmayam körişsin-çi. Institutdan haydattirib yuborardingiz. Undan keyin, iş mahali birontasini tom bosib qolsa nima qilardingiz?
– Bu nima deganingiz, aka?
– Siz ana öşandayam suvdan quruq çiqib ketardingiz, bular öz ixtiyorlari bilan kelişgan, deb. Lekin bilib qöying, endi bunday bölmaydi. Men bunga yöl qöymayman! Keyin rektor janoblari ham bilib qöysin uning oylikka yaşaydigan öqituvçilari qanday qasrlar qurayotganini!
Çarçab ketgan Elmurod domla oğir uf tortdi va bez bölib turgan qönoqqa horğin tikildi:
– Böldimi, aka?
– Yöq, bölmadi. Rektoringiz oldidan çiqib, nalogoviyga boraman. Neça yillardan beri litsenziya olmay, repetitorlik qilib kelayotganingizni aytaman. Heç bölmasa şuni tan olarsiz?
– Böldimi?
– Yöq. Bilasiz, heç bölmasa eşitgan çiqarsiz, Toşkentda, katta idorada mening jon Jöram işlaydi. Unga bir oğiz telefon qilib qöysam böldi, sizning avra-astaringizni ağdarib tekşirişadi, institutdan ham orqangizga tepib, boşqa joyga işga kirolmaydigan qilib haydaşadi. Şarmanda bölasiz.
Elmurod domla Qarindoşga baqrayib qarab qoldi, axiyri arang söray oldi:
– Men tuşunmayapman, maqsadingiz nima özi, nega meni qörqitmoqçi bölayapsiz? Yo mendan uç-tört söm undirmoqçimisiz?
Bu gaplarni eşitayotgan mahal mamnunlikdan oğzi quloğiga yetgan Qarindoş şoşa-pişa yondaftariga nimalarnidir qayd eta boşladi:
– Pora taklif qilyapsizmi, demak aybingiz men öylagandan ham köra katta. Juda katta! Buni ham tirkab qöyamiz. Mana, endi böldi!
Daftarçasini yopib, darvoza tomon yönalgan Qarindoş uç-tört qadam yurgaç, birdan töxtadi va ortiga ögirilib, uy egasiga qarata xitob qildi:
– Lekin bilib qöy, uka, hammani sotib olsang ham meni sotib ololmaysan!
Nimanidir mulohaza qildi şekilli, Qarindoş qaytib domlaning yoniga keldi, uning qölidan tutdi va bilagiga körsatkiç barmoğini nuqigan köyi ohista, sözlarni dona-dona qilib dedi:
– Men birdan öyib olmayman. Asta tirnayman, tirnayveraman. Tirnalgan joy yaraga aylanadi, keyin yiringlaydi, oxiri hammayoqni zaharlab taşlaydi.
Şu bilan Qarindoş hovlidan çiqdi-ketdi.
Elmurod domla uning ortidan angrayib qarab qolaverdi…
III
Boşlamasiga rektoratdan suhbatga çaqirişdi. Oddiy fan nomzodi qanday qilib qişloqda qasr qurayotgani, şaharning özida esa bir neçta hovlini birovlarning nomiga olib qöygani bilan qiziqişdi.
Elmurod domla izoh beraverib çarçadi.
Kelgan komissiya hovlini videoga olib qaytdi. Şu bilan hamma maşmaşa tugaganday edi. Ammo ertasi kuni keçga yaqin, dars ötilayotgan mahal soliqdan kelib bosişdi…
Bular izoh-pizoh eşitib ötirişmas ekan: xolislar iştirokida darhol dalolatnoma tuzişdi, öquvçilarga ham imzo qöydirib olişdi. Neça yillar davomida noqonuniy faoliyat olib borganligi uçun Elmurod domla ham otning kallasiday jarima, ham undanam kattaroq soliq tölaşga majbur böldi. Qonunbuzar bundan keyin mazkur körinişdagi faoliyatini davom ettirişi uçun maxsus ruxsatnoma olişi kerakligi haqida tegişli tartibda ogohlantirildi.
Soliqçilarni kuzatib, uyga asabiy ravişda qaytib kelgan Elmurod domla jahl ustida eski stol-stullarni yiğiştirib taşlayotgan mahal qölbola doska yonidan çiqib turgan mixga bilagini urib oldi. Domla zanglagan mix tilgan joyning sal qizarinqirab qolganini kördi-yu, bunga eʼtibor bermasdan, işida davom etdi…
Keyingi kuni mahalla profilaktika inspektori taşrif buyurdi. Haşarda qatnaşgan talabalar orasida bolalar, yaʼni ön sakkizga tölmaganlar bölmaganligini isbotlagunga qadar Elmurod domlaning ona suti oğzidan keldi: buning uçun har bir talaba pasportining nusxasi bilan birga “domlaning uyidagi haşarda öz ixtiyorim bilan qatnaşdim” mazmunidagi tuşuntiriş xati ham topşirişga majbur böldi.
Şu kuni Elmurod domla mix tilgan joyning qiçişayotganini, simillab oğrib-oğrib ham qöyayotganini sezdi, ammo ötib ketar degan öyda şu joyga loy bosib, ustidan römolçasini boğlab qöyiş bilan kifoyalandi.
Tuman elektr taʼminoti korxonasidan kelib, buzilgan uyda elektr simlari özboşimçalik bilan uzib taşlanganini aniqlaşdi, tegişli tartibda bayonnoma tuzişdi va simyoğoçdan uyga kelgan simni aşyoviy dalil sifatida qirqib olib ketişdi…
Elmurod domla bilagining mix tilgan örni lovullay boşlaganini sezdi va römolçani yeçib kördi. Yara örni maddalay boşlagandi. Domla döxtirga ötib kelmoqçi ham böldi, ammo avval jarimani tölab kelişga qaror qildi. Döxtir şu yerda, qişloqda. Omonat kassa esa tuman markazida. Ulguriş kerak. Döxtirga ertaga borsa ham böladi.
Ertasiga ertalabdan taşkilotiga tuşgan “signal” tufayli tekşirişga kelgan tuman meʼmori uyni buziş va örniga yangi uy quriş uçun ruxsatnoma olinmaganligini aniqladi. Eng asosiysi esa, yangi qurilajak uyning tegişli tartibda tasdiqlangan loyihasi yöq edi. Bu qanaqasi axir? Uy egasi bölmiş domlaning öquvçilar daftaridan yirtib olingan sahifasiga çizilgan qinğir-qiyşiq bir nimalari meʼmorlik loyihasi vazifasini ötay oladimi? Aslo va aslo yöq! Bu axir insonlar hayotini xavf ostiga qöyiş bilan barobar-ku! Jarima, darhol jarima!..
Bilagidagi yara örni lovullab oğriyvergaç, Elmurod yana daströmolni yeçib kördi. Yara yiringlab ketgandi… Buni körib, Elmurod ertaga ertalabdan, agar osmon uzilib yerga tuşsayam, döxtirxonaga borişga öziga özi vaʼda berdi. Axir odamga soğliq kerak-ku!
Biroq domla ulgurolmadi: ertasi ertalabdan tuman gazlaştiriş idorasidan kelgan mutaxassis-vakil gaz quvuri amaldagi tartib-qoidalarga zid ravişda kesib taşlanganligini foş etdi. Uy egasining “Axir olti oydan beri gazning özi tugul, hidiyam yöq-ku!” degan izohlari vakilga çivin çaqqançalik taʼsir qilmadi. Bilʼaks, közlari ola-kula bölib ketgan mutaxassis bir zumda vahimali manzarani çizib taşladi: tuyqusdan gaz kelib qoldi, quvur esa kesilgan. Xöş, nima böladi? Gaz yiğilib turadi-turadi-da, keyin birdan… port-lay-di! Tamom-vassalom! Butun qişloq osmonga uçadi! Elmurod domlaning “Axir, gaz qanday qilib oçiq havoda yiğiladi, bu yerda gaz yiğiladigan xonaning özi yöq-ku!” degan eʼtirozlari ham öşa körinmas gaz misoli havoga izsiz singdi-ketdi. Vakil esa şoşa-pişa tegişli tartibda bayonnoma tuzdi, kerakli odamlarga imzolatdi va bundoq jinoyatkorona masʼuliyatsizlikka, sovuqqonlikka, loqaydlikka yöl qöygan uy sohibi eng kam iş haqining falo-on barobari miqdorida jarima tölaşga mahkum etildi. Zudlikda…
Şu bilan kun keç böldi. Köngli hovlisiday zimiston Elmurod domla döxtirga ertasiga borişga qaror qildi. Aksiga olib domla yana ulgurolmadi: tong saharda qönğiroq qilişib, rahbariyat uni institutga çaqirayotganini maʼlum qilişdi.
Elmurod domla öpkasini qöltiqlagança hovliqib işxonasiga yetib keldi. Rektoratda unga bu yilgi qabul komissiyasi tarkibidan çiqarilganligini, şuningdek, dars soatlari ham qisqartilganligini aytişdi.
Yuragiga qil ham siğmayotgan bölsa-da, Elmurod domla institudan çiqib, töğri qişloq vraçlik punktiga bormoqçi böldi. Biroq yöl-yölakay tuman gaz idorasiga kirib ötişga qaror qildi: jarimani tölaş kerak edi. Aksiga olib, yagona badqovoq ayol işlayotgan kassada odam köp ekan, navbatda uzoq turişga töğri keldi. Böyinboğ taqib olgan Elmurod domla bunaqa masalalarda öta ziyoli edi: heç qaçon navbatsiz oldinga suqilmasdi, hatto institut oşxonasida ham talabalar bilan teng navbatda turardi.
Bilagi löqillab oğriyotgan, issiği çiqqan Elmurod domla uyiga qoronğu tuşganda bazör yetib keldi.
Ertasi kuni ertalabdan, domla bir amallab kiyinayotgan, ayoli esa sigir soğayotgan mahal darvoza tarafdan “Ilmurod…” degan taniş çaqiriq eşitildi. Domla yanglişmagandi: qişloqda faqat fuqarolar yiğini raisi Nahalboy akagina uni şunday deb çaqirardi.
Nahalboy aka sörida uzoq ötirdi, uç çoynak çoy, bir kosa sut içdi, bölgan voqealarni erinmay suriştirdi, Elmurodning gaplarini tomoğini taqillatgan köyi boşini çayqab-çayqab eşitdi, aloha, hammasining tagiga yetişga vaʼda berib örnidan qözğaldi.
Elmurod domla sal yengil tortdi. Ammo u hovlidan çiqişga ulgurolmadi: Mannon fermer kirib keldi. Fermer nega qizi öqişga kelmayotgani sababini söradi. Elmurod domladan öqiş vaqtinçalik yopilganini eşitib esa, öpkalaşga tuşdi: bunaqa emas-da, ukajon, ataganimiz kam bölsa, mayli, yana bir qop qöşay, faqat siz qizimni yaxşilab öqiting, domla, döst-duşmanning oldida öz kuçi bilan bir öqişga kirib ketsin…
Elmurod domla fermerni bir amallab kuzatganida vaqt çoşgohga yaqinlaşib qolgandi. Şundoq eski darvoza örnidan şoşib çiqqan domla kattagina sumkasini yelkasiga taşlab olgan örta yoşli bir ayolga urilib ketişiga sal qoldi.
Ayol özini “BTIdanman, tuman meʼmori topşiriği böyiça kelganman” deb taniştirdi. Söng sumkasidan yiğma ölçagiç çiqardi va buzilgan uyning poydevori örnini ölçaşga tuşib ketdi. Ayolning yakka özi qiynalayotganini körgan Elmurod domla noiloj unga kömaklaşib turdi.
Ölçaş işlari ança çözildi. Söng ayol yozib olganlarini kattagina qoğozga tuşira ketdi. Keyin domla çizgan yangi uy loyihasi bilan qiziqdi.
Xullas, ayol işini bitirgunga qadar soat beşdan oşdi. Endi QVPga borişdan foyda yöq edi.
Keçasi çorpoyada yotgan Elmurod domlaning issiği kötarilib, dağ-dağ qaltiray boşlaydi.
Buni körib vahimaga tuşgan domlaning rafiqasi Qurol döxtirning uyiga çopdi…
Şu oqşom “Tez yordam” butun badani ötday yonib, özi alahsiray boşlagan Elmurod domlani viloyat markazidagi şifoxonaga olib ketdi…
IV
Oradan ikki hafta ötdi.
Elmurod domla qişloqqa bir köylagining yengi böş holda qaytib keldi…
Kuzga borib Elmurod domla darvozani yarim puliga bir amallab sotdi va usta yollab, bir xonali hujra qurdirib oldi. Qiş ötib olsin-çi, keyin bir gap bölar…
Aytişlariça, şu kunlarda Elmurod domla dökondan yarim kilo mix xarid qilsayam çekini talab qilib olişni unutmas ekan: har ehtimolga qarşi-da, mabodo tekşirib kelib qolişsa, “mana, hammasi qonuniy” deb körsatiş uçun…
Abduqayum Yöldoşev – 1962-yilda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida tuğilgan. Toşkent Politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) bitirgan (1985). «Qaro közim. Şayx ur-rais» (1990), «Sunbulaning ilk şanbasi» (1998), «Timsohning köz yoşlari» (2003), «Parvoz» (2004), «Bir tun va bir umr» (2007), “Alvido, gözallik” (2011), “Katta öyin” (2013) kabi kitoblari naşr etilgan.
R. Bredberi, A. Kristi, F. Braun, E. Potter hikoyalarini, YE. Berezikovning «Buyuk Temur» romanini (H. Şayxov bilan hamkorlikda), P. Şermuhamedovning «Buyuk Xorazmiy» romanlarini özbekçaga tarjima qilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
«Şuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 1-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


