3 daqiqada öqiladi

325 marta körilgan

Mehr gözallikdan ustundir

Mehr gözallikdan ustundir

Heynrix Heyne hikmatlaridan

* * *
Yozuvçi oxir-oqibat öz öquvçisiga örganadi.

* * *
Odam qança baland bölsa, kulgiga şunça oson nişon böladi; maydalarni möljalga oliş qiyin.

* * *
Nuqson katta bölsa, kamroq ğazablantiradi.

* * *
Olmon tili aslida boy, lekin sözlaşuv tilida ana şu boylikning öndan biridangina foydalanamiz. Fransuz tili esa aslida kambağal, lekin fransuzlar oğzaki nutqda uning bor imkoniyatidan foydalana oladi, şu bois ham amalda sözamollar.

* * *
Bahorning latofati köpinça qişda bilinadi – peçka yonida ötirib may haqida şeʼrlar yozasan.

* * *
Qahramonlar ketgan paytda maydonga masxarabozlar çiqadi.

* * *
Ayollarning nafrati ham muhabbat – faqat yönalişi özgargan.

* * *
Barça soğlom odamlar hayotni sevadi.

* * *
Biz xalqning insoniy huquqlari uçun emas, ilohiy huquqlari uçun kuraşamiz.

* * *
Muhabbat! U barça tuyğularning uluği va viqorlisidir. Lekin uning qudrati hadsiz himmat va ğayrişuuriy xolislik bilangina namoyon böladi.

* * *
Gözal qofiyalar köpinça oqsoq fikrlarning qöltiqtayoği böladi.

* * *
Auffenbergni öqimaganman. Menimça, u Arlenkurga öxşasa kerak. Uniyam öqimaganman.

* * *
Axloq – yurakning oqilligidir.

* * *
Har bir odam – bir olam. Bu olam u bilan tuğiladi va öladi. Har bir qabrda butun bir dunyo tarixi yotibdi.

* * *
Men biladigan yagona gözallik soğliqdir.

* * *
Butun boyligimni xotinimga vasiyat qilaman. Faqat bir şart bilan: u mendan keyin turmuşga çiqişi kerak. Şunda dunyoda bitta bölsa ham mening ölimimga yiğlaydigan erkak böladi.

* * *
Muhabbat qalbdagi tişoğriğidir.

* * *
Har kim ahmoq böliş huquqiga ega.

* * *
Aqlli kişilar içida fikrlaydi, ahmoqlar esa hammaga eʼlon qiladi.

* * *
Ayolni gulga ilk bor qiyoslagan kişi şoir edi, ikkinçi bor öxşatgan esa – merov.

* * *
Yoşlik fikr va öyda xolisdir, şu sababli haqiqatni çuqurroq anglaydi va his etadi.

* * *
Töy musiqalari menga doim uruş oldidan çalinadigan dovulni eslatadi.

* * *
Tumşuqboğ tutilgan it orqadan huradi.

* * *
Öşa kunlarda menga har kim döst edi: ular ovqatimni, sönggi tiyinimni men bilan birodarlarça bölişdilar.

* * *
Bekorçi odam tökis baxtni his qila olmaydi, uning yuzida hamişa norozilik va hafsalasizlik alomatlarini körasiz.

* * *
Talantni birgina belgisida aniqlaymiz-qöyamiz, lekin xarakterni biliş uçun uzoq vaqt va davomli muloqot zarur.

* * *
Bizni yiğlata olgan dramaturgni maqtaşga odatlanganmiz. Biroq bu işni har qanday piyoz uddalay oladi.

* * *
Tarjimon tuğma isteʼdod egasi bölişi kerak. U kitobdagi eng muhim va eng yaxşi jihatni körişi va körsata bilişi zarur.

* * *
Bizni yiğlata olgan dramaturgni maqtaşga odatlanganmiz. Biroq bu işni har qanday piyoz uddalay oladi.

* * *
Tanqidning közlari yoşdan xira tortgan paytda uning fikri ahamiyatga ega emas.

* * *
Keçmiş – inson qalbining vatanidir. Baʼzida oldin tuygan hislarimizni qömsab qayğuga botamiz. Baʼzan hatto ötgan dardlarimizni ham soğinamiz.

* * *
Iztiroblar – hatto tasavvurdagisi ham – menga oğriq beradi.

* * *
Mehr gözallikdan ustundir.

* * *
Yumorni aqlsizlar uyidan faqat panjara ajratib turadi.

* * *
Qiliç taqib yuriş urfdan qolgandan söng gapga ustalik qurolini olib yuriş zarur bölib qoldi.

* * *
Buyuk ehtiros bizni ikkinçi bor yöqlab kelişi mumkin, lekin uning boqiyligiga keyin ortiq işonmay qöyamiz.

* * *
Tugal nasriy asar yoziş uçun şeʼr ilmining ham bilimdoni böliş zarur.

* * *
Buyuk şoirlarning asarlarida ikkinçi darajali qahramonlar yöq. Barça iştirokçilar öz örnida boş qahramondir.

* * *
Har bir davrning öz masalalari böladi, ularni yeçib, insoniyat olğa qadam taşlaydi.

Orif Tolib
tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)