(Hikoya)
Oilada farzand dunyoga kelişi bu katta quvonç va çeksiz baxtdir. Bölajak otaning tuğruqxona eşigi oldida xuşxabar kutayotgan paytdagi hayajonlari esa bu baxtning qadrini yana bir karra oşirişi ayni haqiqat…
Bilişimça, otam meni tuğilganimda atigi bir marta körgan. Öşa paytlarda erkaklarni tuğruqxona eşigiga yaqinlaştirişmas ekan. Ayollarning baqiriqlari va endigina tuğilgan çaqaloqlarning yiğisiga tölgan kasalxonada otalar farzandlarini faqat alohida xonaga olingandan sönggina körişlari mumkin bölgan. Men va oyimni ham alohida xonaga joylaştirişgaç, otam yuragida qançalar hayajon bilan meni körişga oşiqqan bölsa, uning eşik tomon yaqinlaşayotgan oyoq tovuşlarini eşitgan onamning qörquvi şunçalar oşganini tasavvur etiş muşkul emas. Barça erkaklar orzu qilgan kabi u eriga öğil tuğib berdi. Ammo rahmat va minnatdorlik örniga umr yöldoşidan:
– Bir parça göştning özginasi… Lekin buni uyga olib boriş haqida öylab ham ötirma! – degan gaplarni eşitganida beçora onaizorim özini xörlik va tahqir botqoğiga botgandek his etganini qalban sezib turaman. Öz zurriyodiga jirkaniş nigohi bilan qarayotgan otani körişga uning bardoşi qanday yetdi ekan-a?
Yuzimning bir tomoni barça bolalarniki kabi. Böyim ham, oğirligim ham soğlom çaqaloqligimni isbot etib turgan. Xullas, oq-sariqdan kelgan, döndiqqina gödak bölganman.
Bolalik inson umrining toğ çöqqisidagi qorlar kabi beğubor, gul yaproği ustidagi şabnamday toza damlari bölib, uni hayot yölingizning har bir bekatida qömsaysiz… soğinasiz… yana bir lahzaga bölsa-da unga qaytgingiz keladi. Ammo mening bu yoruğ kunlarim hasratning qora kalxatlariga ölja bölgani uçun, bahorni körmay kuzning sovuq yellarida uçib ketgan bolalik orzularim uçun taqdirimdan xafaman… noroziman… şu tufayli baʼzan dunyoi-dunga öt qöygim keladi. Bularning bariga: otamning nafratiga, hayotdan sovişimga sabab bölgan çap yuzimdagi tuğma doğni körmaslik uçun hatto oynaga yaqinlaşmagan kunlarimning adoği yöq. Körgan kişining közlariga hayratni oşno qiluvçi bu doğ yuzimga ataylabdan sepilgan uzum şarbatini eslatadi. Göyo kimdir bir piyola şarbatni çap yuzimga sepgan-u, uning tomçilari to böynimga qadar sizib tuşgandek edi. Burnimning atrofi va közimning ostigaça yoyilgan bu çandiq hayotimni alamga töldirgani har közguga boqqanimda yodimga tuşib, yuragimni bir çetdan kemirardi. Öz-özimdan nafratlanişimni istamagan onam esa könglimni kötariş bilan ovora edi.
– Bu közingni yana ham maʼnodor qilib körsatadi, – deya meni tinçlantirar, mening bola könglim esa bunga işonar va şu iliq sözlar taftida isinardi. Otam esa meni tan olmas, hatto uning zurriyodi ekanimdan ham tonişga tayyor edi. Ammo meni ranjitadigan narsa aslida bu emasdi. Mening tuğilişim, borligim ota-onam örtasida buzilmas devor bölganiga çidolmasdim, özimni keçirolmasdim. Ularning tuganmas tuşunmovçiliklari, adoqsiz dilxiraliklarining sababçisi bölganimga işonmasdim, işona olmasdim.
Otam kön zavodining egasi bölgan tadbirkor kişining farzandi edi. Buvam qurgan katta hovli va boğ hozir ham mavjud. Bu oilamizning mulki hisoblanadi. Otam kollejni tugatib, suğurta biznesi bilan şuğullangan. Şaharda uning öziga yaraşa obröyi bor edi. Aqlimni taniganimdan buyon otamning yuzida nafrat va hazardan boşqa ifodani körmaganman. Bu ikki söz otam bilan doimo birga, xuddi uning luğatida şundan boşqa söz yöqdek. U hatto onam tayyorlagan ovqatdan, musiqadan, radioeşittirişlardan, teleseriallardan, hatto ötayotgan har bir kunidan nafratlanib yaşayotgandek tuyulardi menga. Otam yolğiz özi nonuşta qilar, tuşlikda uyga kelmasdi. Onam har doim men bilan ovqatlanar, keçki ovqatda otamni kutardi. Keçki ovqat ham janjalsiz ötmasdi. Men esa baxtli turmuşga sabab bölolmagan norasida bölib ikki örtada qolib ketardim. Ammo hanuzgaça ularning qanday qilib birga yaşaşganiga aqlim yetmaydi.
Onam kollejda öqimagan, öqituvçilar tayyorlaydigan kurslarga birovlardan qarz kötarib qatnagan. Atrofdagilarning aytişiça, onam otamni hayratlantiradigan ayol bölmaganmiş. Çindan-da, uning lablari lab böyoği körmagan, yuzi upa-elikdan yiroq, keng peşonasiga bir tolasi ham tuşirilmay orqaga taralgan soçlari nursiz edi. Uning kiyimlariga moda degan tuşunça mutlaqo yot, vaholanki, uning tengqurlari moda, desa özini tomdan taşlaşga-da tayyor edi.
Otamning haddan taşqari köp içişi va çekişi oxir-oqibat öz taʼsirini körsatmay qolmadi, uni töşakka mixladi. Ellik yoşida otam ölim bilan yuzlaşdi. U bir neça oy kasalga çalinib yotdi. Onam esa uning atrofida girdikapalak bölib parvariş qildi. Volidamning şunçalar daryo köngli bor ediki, erining xörlaşlariga, holdan toygunça haqorat qilişlariga qaramay unga ğamxörlik qildi, buni özining vazifasi, deb bildi. Taʼziya kuni bir möysafid ayolning menga aytgan sözlari hamon esimda:
– Sening onang avliyo.
Ammo bu ayol menga yoqmagandi. Öşanda kollejning ikkinçi bosqiçida öqisam ham otamning jamoasiga qöşilmadim, birov taklif ham qilgani yöq. Xullas, uning işini davom ettirişni xohlamasdim. Döstlarimning biri aktyor, biri yozuvçi, biri yana kimdir bölişni orzu qilib yurardi. Onam meni heç narsaga, hatto kasal otamning oldiga kirib murosayu-madora qilişga ham majburlamasdi. U butun borliğini menga bağişlagandi. Avval boşda uyda savodimni çiqarib, söng maktabga jönatdi. Böyim baland va baquvvat bola bölganim uçun özimni eplaşimga işonardi. Ammo katta boşim va murğak qalbim bilan uyimizdagi yovuzlik va nafratning sababçisi otam ekanini, u tufayli uyimizda baxtsizlik hukmronligini anglay olardim. Beğubor nigohlarimga otam yirtqiç maxluq, onam esa xaloskor va himoyaçi bölib körinardi. Ammo hikoyamning yagona sababçilari bular emas. Hayotimdagi katta dramaning sababi boşqa. Ana şu sabab meni yozişga undadi.
Men aktyor böldim. Qiziq-a? Kollejda teatrga yaqin kişilar orasida öralaşib yurardim va oxirgi kursda öqiyotganimda bir pyesani sahnalaştirdim. Öşa paytlarda radio orqali turli seriallar berib borilardi, ular orasida eng maşhuri har yakşanba kuni uzluksiz uzatiladigan Şekspir asarlari edi. Ovozim nihoyatda moslaşuvçan bölib, bir neça maşqdan keyin qolipga tuşib ketardi. Asta-sekin radioda ham öz tinglovçilarimga ega böldim. Iş faoliyatimning oxirgi yigirma yilini bir musiqali şouning boşlovçiligiga bağişladim. Dastur katta muvaffaqqiyat qozondi, maktublarning keti uzilmasdi. Qariyalar uyidan, közi ojizlardan, uylarida tozalaş, dazmollaş, pişir-kuydir bilan band bölgan uy bekalari, kun böyi rulda yuradigan haydovçilardan, xullas, barçadan maqtov eşitardik. Ammo mening isteʼfoga çiqişim muxlislarga biroz boşqaça taʼsir qildi. Ularning aytişiça, yaqin döstlaridan yoki oila aʼzolaridan ayrilib qolgandek his etişibdi özlarini. Onamning vafotidan söng qalbimda yana tuşkunlik paydo böldi. Bizga meros qolgan uyda yaşamaganim uçun uni ijaraga bergandim, keyin uni sotmoqçi böldim. Özimni ançagaça yolğiz his etgan bölsam ham, tanişlarim va döstlarimning davrasida bu bilinmay ketardi. Bir neçta ayol tanişlarim ham bölib, ular orasida men özimga yaqin oladiganim kotiba bölib işlardi. Men uçun juda ajoyib va mehribon bölgan bu ayol tört bolasi bilan yolğiz qolgan edi. Men isteʼfoga çiqib, eski uyimga qaytganimdan keyin u bilan telefonda köp suhbatlaşardim. Uni uyimga taklif qilişni rejalaştirib yurganimda uning turmuşga çiqayotganidan va töydan keyin Irlandiyada yaşaşidan xabar topdim…
Eski uyimning atrofidagi bobom qurgan boğ nihoyatda katta bölib, u yerda köp yillik daraxtlar, butalar ösib yotardi. Bolaligimda Pit ismli bir boğbon bölardi va u boğda kun böyi işlardi. Sababini bilmadim-u, negadir u bir oyoğini sudrab bosardi. Garçand Pit onamning gulzor jöyaklarini töğrilaş haqidagi takliflariga quloq tutmasa-da, onam unga muloyimlik bilan munosabatda bölardi. Pit meni yoqtirmasdi, çunki unga xalal berib, jiğiga tegardim va masxara qilib qoçardim. Ammo ikkimiz ham baxtsiz taqdirning qurbonlari edik. Avval buvamning xizmatkorlari yaşagan xonalarning birida Pit yaşardi. Bolaligimda bu yerda Şeron Satlis degan ayol Nensi ismli qizi bilan turardi. Uning eri doktor bölib, bir neça yil oldin olamdan ötgandi. Öşanda u pulsiz va boşpanasiz qolgandi. Keyin otamning suğurta ofisiga işga kirib uyimizda yaşaşgan. Birinçi marta Nensini körganimda, u uç yoki tört yoşli qizaloq edi. Men uning onasini missis Satlis deb çaqirardim, çunki uning ismi öşa paytlarda juda kamyob edi. U köpinça Nensini biz bilan sohil böyiga olib borardi va bizga suzişni örgatardi. Men Nensi bilan köp tortişardim, onam esa:
– Nensi hali kiçkina, sen unga akalik qilişing kerak, – derdi.
Keyinçalik biz yaxşi çiqişadigan böldik. Daraxtdan daraxtga sakrab öynab yurardik. Qişda esa qordan koptokçalar yasab, köçadan ötganlarni savalardik. Hovli örtasida katta qorbobo yasab, söng uni buzib taşlaşdan ikkimiz ham rohatlanardik. Hozir uning yuzini aniq eslay olmayman. Faqatgina çiroyli soçlari, rangli qalam bilan böyab qöyilgandek qip-qizil yanoqlari hamon köz oldimda. Biz u bilan rasm çizişni yaxşi körardik. Omborxona oldida rasm çizib, bir-birimizga körsatardik. Kunlarning biridan men çizgan rasmimni unga körsatmoqçi böldim, u esa:
– Men bandman. Biroz kutib tur, – dedi menga orqasini ögirgança va bir ozdan söng: – Senga öxşadimmi? – deya menga yuzlandi. U xuddi qoyilmaqom iş qilgandek zavqlanardi. Men esa uning yuziga qilt etmay qarab turardim. Uyda onamning iloji boriça meni közguga yaqinlaştirmasligining, barça közgular mening böyim yetmaydigan joyga ilib qöyilganining sababi şu ekaniga işona olmasdim. Nensini kuçim boriça qattiq itarib taşladim-da, yugurib ketdim. Çopib ketarkanman, buning qöpol hazil ekanini isbotlovçi biror oynani yoki kişini topişni xohlardim. Jahlim çiqqanidan tişimni-tişimga qöyib, faqat Nensidan öç oliş haqida öylardim. Hovlimiz tomon şahd bilan yugurib borib, hovli örtasida oyimga közim tuşdi-da, taqqa töxtadim. Könglim tölib ketganidan hiqillab yiğlay boşladim va oyimga ayta olgan yagona gapim “Yö….ö..q, mening yuzim qizil emas, yö…ö..q!” böldi. Menga közi tuşgan oyim qanday qilib oldimga kelganini na men, na özi anglay olgan bölsa kerak. Uning yuzidagi hayrat va tuşunmovçilik ortimdan çopib kelgan Nensini körişi bilan ğazabga aylandi. Lablari titrab ketdi-yu:
– Se..ye..yen yomon qiz e..ekansan, – deya yiğlab yubordi. – Bizga yaqinlaşa körma, aslo… Yomon qiz ekansan! Senga insoniy şafqatni örgatişmagan ekan!
Baqir-çaqirni eşitgan Nensining onasi yugurib keldi:
– Ha, nima gap, nega baqiryapsiz? – dedi oyimga tikilib.
Oyim çuqur nafas oldi va:
– Men hali baqirganim yöq. Qizingizga… şu şafqatsiz bolangizga uyimizga qayta qadam bosmasligini aytyapman. Birovning nuqsoni ustidan kulmaslik kerakligi örgatilmagan tarbiyasiz bolani ortiq körişni xohlamayman, uning tarbiyasizligiga siz aybdorsiz, – dedi göyo içidagi butun nafratini tökib-solayotgandek. Men esa uning etagiga osilgança:
– Böldi, oyijon, böldi!
Ammo uning ahvoli yomonlaşib közlarida yoş qalqir, tinmay titrardi. Nensining onasi esa:
– Eringizning sizga va bolangizga bölgan nafratiga biz aybdor emasmiz. Alamingizni bor gapni aytgan boladan olmang. Xohlasangiz yordan berişim mumkin…
– Ba…a…as! Böldi qiling! – deya boşini çangalladi oyim. Şu mahal qöşni ayol Nensining onasini çaqirib qoldi. – Keting, közimdan yöqoling, – deb baqirardi onam.
Hayotimda keskin buriliş yasagan köngilsizliklarning bari şanba kuni bölib ötgandi. Duşanba kuni ular uyimizni böşatişdi. Ammo öşa kuni Nensining onasida heç qanday afsusni ham, açiniş va asabiylaşişni ham seziş qiyin edi. Şundan söng men Nensini ançagaça körmadim. Töğriroği, undan şunçalar xafa edimki, hatto uni eslaşni ham istamasdim. Onam baʼzan u haqdagi savollarimga nari-beri, mujmal javob berib qöya qolar, özining ham, mening ham, hali bitmagan yaramizni qayta jarohatlaşni xohlamasdi. Uning bor fikri-xayoli meni qaysidir maktabga joylaştiriş bilan band bölib qoldi.
Otamning dafn marosimidan bir kun ötgaç, men oyimdan restoranga borişni söradim. Mening bu gapim uni rosa hayratlantirdi:
– Men şu laʼnat tekkan uyda bir umrga mixlanib qöyilganman, deb öylardim.
Öşanda onam birinçi marta men bilan vino içdi, öziga butunlay yot muhitda uning ruhi biroz yengil tortganini sezardim. Ammo öşa kuni aytgan bir gapim onamning yuragida bir umrlik dard bölib qolganini aslo unuta olmayman:
– Otam mening haqiqiy otam emasdi! Şundaymasmi?
– Esingni yiğ! Gapingni öylab gapir! – dedi onam köz ostidagi asab tolalarining titraganini körsatib.
Men oyimga yuzimdagi va ovozimdagi mungni körsatmagan bölsam-da, yuragimni ezayotgan gaplarning köpini tökib solgandim. Onam ham menga Nensi haqidagi bir gapni aytdi. Aytişiça, Nensi onasi bilan bizning uydan ketib alohida yaşaşganida bir noxuş voqea sodir bölgan ekan. Kuz tonglarining birida onasi uni yuviniş xonasidan qonga belangan holda topib oladi. Kiçkina qizaloq bölgan Nensi yoşlik qilib ustara bilan yuzining terisini şilib olgan ekan. Öşa paytlarda biz tomonlarga tez yordam maşinasi kelmasdi, hisob. Onasi bir amallab uni kasalxonaga olib borgan.
– Endi uning yanoqlarida ham senikidek çandiq bor, – dedi oyim çuqur xörsiniş bilan. Men esa uning sözlarini göyo nafas olmay eşitardim.
– Öğil bola bölganda ham mayli edi. Lekin qiz bolaga bunday çandiq bilan yuriş azob, – qöşib qöydi onam.
– Hozir plastik operatsiyalar rivojlanib ketgan. Bir ilojini qilişgandir, – dedim özimni beparvo tutib.
Onam to öşa paytgaça menga bu haqda aytişdan yoki özim biror narsa sörab qolişimdan qörqib yurganini ham aytdi. Suhbatimiz oxirida Nensiga uylanişimni istaşini eşitib biroz ajablangandim…
Bir neça kun oldin boğimizdagi bir eski olma daraxtining atroflarini tozalayotganimda közimga nimadir kirib ketganini sezdim. Közim şunçalik açişib qiçişdiki, çiday olmadim. Qanday qilib kasalxonaga borganim hozir yodimda yöq. Özimga kelganimda esa közlarim boğlangan va şifokorlar bir kun kasalxonada qolişim kerakligini aytişdi. Köz töqimalarim jarohatlangani sabab ikki közimga ham dori boğlaşdi. Kasalxonadagi bir keça nihoyatda notinç ötdi. Közlarim boğlangani sababmi, bilmadim, xuddi butun vujudim quloqqa aylangandek va eng past tovuşni ham eşitayotgandek edim. Ayniqsa, xonam tomon yaqinlaşayotgan oyoq tovuşini. Bu ayol kişining qadam bosişi, lekin içimda nimadir bu hamşira emasligini bot-bot takrorlardi.
– Nimagadir uxlay olmayapsizmi? – degan savoldan ovoz kelayotgan tomonga ögirildim. – Men sizga suhbatdoş bölişim mumkin, – davom etdi u, men esa uning qayerdaligini biliş uçun qöllarimni havoda harakatlantirardim.
– Men şunçaki, siz bilan gaplaşib ötirmoqçiman, – dedi yoqimli ovoz sohibasi. – Agar siz xohlasangiz, albatta. Bu yerdagi köp odamlar közlari boğlangan holda yotişdan zerikişadi.
– Suhbat mavzusini özlari tanlaşadimi yoki siz? – söradim men.
– Albatta özingiz tanlaysiz.
– Men şeʼriyatni sevaman.
– Men unçalik ham mahorat bilan öqiy olmayman.
Buni men allaqaçon payqagandim, çunki bu borada radioda orttirgan tajribam bor.
– Biz bir öyinni ham öynasak böladi, – dedi u hamon kötarinki ovozda. – Men şeʼrning bir yoki ikki qatorini öqiyman, siz esa qolganini topişga urinib körasiz. Kelişdikmi?! Maʼqulmi sizga?
– Yaxşi.
– Qirol turar savlat tökib… – deya şeʼrning birinçi qatorini öqidi va mening javobimni kutardi.
– Qölda qadah, vino içib… – hozirjavobligim uni ruhlantirib yubordi va şeʼrning davomini öqişga tutindi. Uning quvnoq kayfiyati menga ham taʼsir qildi va şu tariqa ançagaça muşoira qildik.
– Juda ajoyib! Xuddi radiodagidek. Men sizni radio orqali tinimsiz eşitib borardim.
– Nahotki! Rostdanmi? – hayajonlanib ketdim tösatdan.
– Albatta. Bir men emas, köpçilik şunday qilardi.
U şeʼr öqişni töxtatdi va men tomonga yaqinlaşdi:
– Juda qisqa nafas olyapsiz, – dedi u va yumşoq qöllarini lablarim ustida sekin harakatlantirdi… Yuzimga urilayotgan issiq nafasidan uning menga qançalar yaqin turganini his etdim.
– Endi men borişim kerak. Ammo bir misrani aytmoqçiman. “Heç kim yiğlamaydi sening-çun uzoq, Seni soğinaman, qilaman duo. Yoding qolar qalbimda şundoq…”
– Men buni oldin eşitmagan ekanman, – dedim şeʼrning taʼsirida hislarimga kömilgança.
– Rostdanmi? – dedi u. Garçi uning yuzini körmayotgan bölsam-da, uning közlaridagi maʼnoni uqqandek böldim.
– Rostdan. Siz ğolibsiz…
Bu bizning birinçi va oxirgi suhbatimiz böldi. Men uning yuzini körmagan bölsam-da, hamon qönğiroqdek ovozi quloğim ostida jaranglab turadi.
Keç kuz edi… Uydagi eski kitoblarning bir qançasini xayr-ehson taşkilotiga beriş uçun saralayotgan edim. Tösatdan kitoblardan birining içidan sarğayib ketgan qoğozni topib oldim. Unda qalam bilan yozilgan bir şeʼr bor edi. Buni onam yozmaganini aniq bilaman, biroq otam yozganiga ham şubham bor. Unda kim? Bilmadim! Şeʼrning hatto sarlavhasi ham yöq edi. Faqat qoğozning oxirida muallifning nomi «Volter de la Mare» deya qayd qilingandi. Şeʼrga köz yugurtirarkanman, unda şunday satrlar bor edi.
Yöqdir heç qanday alam,
Ruhingga bölay malham….
Qara, quyoş çaraqlar,
Gullar yuzida xanda…
Ammo şeʼrning oxirgi satrlarini öqiganimda boşimdan sovuq ter quyilgandek, qalbimning bir çetini kemirib yotgan allaqanday nomsiz tuyğular ğalayon kötargandek böldi.
Heç kim yiğlamaydi sening-çun uzoq,
Seni soğinaman, qilaman duo.
Yoding qolar qalbimda şundoq,
Garçi sen bölasan mendan köp yiroq.
Ha, bu öşa men oxirini topolmagan törtlik… Ha, öşa… Bu şeʼrni öqiganimdan söng qattiq turib olgan qarorimni özgartirişni öylab qoldim. Uyni sotmayman, deb taʼkidladim öz-özimga…
Işonçim komilki, agar men Nensini biror yerda uçratib qolsam, köçadami, bekatdami, umuman qayerda bölsada, ikkalamiz ham yuzimizdagi doğdan uyalib, bir-birimizning közimizga qaray olmagan bölardik. Naridan beri söraşib, özimizni şoşayotgandek körsatib xayrlaşgan bölardik. Balki boşqaça ham bölişi mumkindir!
Bilasizmi, inson hayotida şunday voqealar böladiki, u butun hayotingizni özgartirib yuboradi. Bu şunçaki voqea emas, uning ahamiyatini siz bir umr yaşab ham bilmasligingiz mumkin…
Alis Munro – 1931-yilda tavallud topgan. Uning bolaligi ötgan Antario şahri asarlaridagi voqealar sodir böladigan asosiy makondir. Uning otasi – Robert Ledlov oddiygina ferma egasi, onasi Anna Ledlov esa maktab öqituvçisi bölgan.
1950-yilda Antario universitetining jurnalistika fakultetida öqib yurgan kezlarida bosilgan hikoyalari unga şuhrat olib kelgan.
Uning birinçi hikoyalar töplami 1968-yilda kitobxonlar hukmiga havola etilgan.
Nobel mukofoti sovrindori.
Ingliz tilidan
Mukarram OTAMURODOVA tarjimasi.
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 3-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


