11 daqiqada öqiladi

367 marta körilgan

Oq ovulning ozodasi…

Sanjar Tursunov

(Hikoya)

Tahririyat eşigidan kirişim bilan kotiba oldimga yugurib keldi.
– Sizga xat bor. Bir yigit taşlab ketdi.
Qiziq, kim böldi ekan? Nega aynan xat? Telefon qilsa ham bölardi-ku. Yo biror döstim hazillaşdimi? Goho, hamsaboq döstlar bir-birimizning işxonamizga şu taxlit maktub yöllab hazillaşib turamiz. Hoynahoy, qölimdagi ham şunday şöxliklar mahsuli bölsa kerak.
Xatni olib xonamga kirdim. Şoşib kimdan kelganini öqidim. Konvert ustiga gazetamiz nomidan bölak heç narsa  yozilmagan. Oçdim. Birinçi navbatda imzoga qaradim. Qaradimu qotib qoldim: “Oq ovulning Ozodasi…” Hayotda şunday lahzalar böladiki, öşa lahza uçun butun hayotingni tiksang arziydi. Yana şunday lahzalar böladiki, butun hayoting öşa lahza sabab izidan çiqib ketadi.

* * *
Bolalik yakuni yöq tuşga öxşaydi. Bu oltin damlarda köngling tusaganini qilasan, xayollar qanotida bearmon uçasan. Birov seni ayblamaydi. Baʼzan yigirma kun oldin yuz bergan biror muhim voqeani tuzuk- quruq eslayolmaydi kişi. Ammo yigirma yil avval sodir bölgan ğira-şira hodisa  hamişa xotirasida turadi. Nega? Hoynahoy, biz bolalikdan ketsak-da, u bizdan ayrilişni istamay doimo taʼqib qilib yuradi. Goh quvonçli, goh ğussali nimasi bilandir özini eslataveradi. Hayotimizning har bölagida paydo bölaveradi. Mana, bugun mening yuragimning qay bir çetida berkinib yotgan bir ism tilimga qalqib çiqdi. Oq ovulning Ozodasi. U bizning bolalik osmonimizdagi yoruğ yulduz! Axir, u ilk sevgi, ilk talpiniş, ilk iztirob! Aynan şu qiz şarofatidan ilk bor ust-boşimizga eʼtibor beradigan, közguga qarab soç taraydigan bölganmiz. Eh, Ozoda!. Unutmabsan-da. Bu odamzor dunyoda odamlar orasida hamon meni eslab yurganing uçun rahmat. Şu kiçkinagina maktubing meni ovulga olib ketdi. Oq ovul…

* * *
Möylabi endigina sabza ura boşlagan öspirinlar edik.  Bahor adoqlagan kunlarning birida beş böyinsa toqqa ötinga çiqdik. Bahaybat arçalarning qurigan şox-şabbalarini yiğib-terib eşakka ortib kelamiz. Bu aslida tinka quritar yumuş. Lekin biz bolalar öyinqaroqlik bilan hamma maşaqqatlarni yengamiz. Yöl-yölakay hatto Oqovulga qönib ötişga ham ulguramiz Oq ovul biz ötinga boradigan toğning şundoqqina biqinida. Keng, köm-kök yaylov. Son-sanoqsiz sigirlar ötlab yuradi. Ozodalar har bahorning adoqlarida suruv-suruv sigirlarni haydab kelişadi. Kuz köz oçib möralay boşlagunga qadar şu yerlarda makon tutişadi. Ozoda qoramağizgina, istarasi issiq, biz tengi qiz. Quyoş baland toğ tepasiga qöngan payt ovul oldida paydo bölamiz. Xurjunimizda qişloq dökonidan olingan pomidoru bodring. Ozoda pomidorni şoşib tişlaydi. Qip-qizil suvi ust-boşiga saçraydi. Biz kulamiz. U ham jilmayadi. Ozodaning onasi çöntaklarimizni töldirib-töldirib qurut beradi. Bizning murodimiz hosil bölib, rahmat ayta-ayta toqqa çiqib ketamiz. Toğ boşidan ularning ötovi kaftdagidek körinadi. Tevarak yam-yaşil. Ön ikkita ola-quroq ötov. Ana, örtadagisi Ozodalarniki. Qiz qölida kattakon oyina. Biz tomonga tutadi. Ahyon-ahyon  közlarimiz ilkis yoğdudan qamaşib ketadi. Biz oyna aksi qayon tuşsa öşa tomonga yuguramiz. Ozoda buni sezadi çoği, oyina tutmay qöyadi. Endi bizlar xuddi kelişgandek boltani  jör bölib arçaga uramiz. Bir… Ikki… Uç. Zarblar aks- sadosi xuddi “O-zo-da” degandek böladi. Ozoza sezadi va yana oynani qöliga oladi. Şunday öyinlar bilan quyoş botganda pastga bir eşak ötinni ortib tuşamiz. Ozoda oldimizga yugurib çiqadi. Ovulda undan boşqa yana öndan ortiq, yoşlari bizdan katta qizlar bor edi. Ular bizni mensimas, “mittilar” deyişardi. Opalarining atamasidan uyalgandek,  Ozoda nigohlari bilan bizdan uzr sörardi. Yana çöntaklarimizni qurutga töldirib uyga qaytamiz. Yölda uruş-janjal boşlanadi: “Ozoda meni yaxşi köradi.” Şu söz barçamizni kuçli, ötda yonmas, suvda çökmas qilib qöyadi.
Oradan uç kun ötib yana ötinga çiqdik. Çunki maktabga borgandik. Öşa har doimgi vaqtda ovulda paydo böldik. Yoşi katta qizlar sigirlarni soğar, erkaklar buzoqlarning arqonidan tortqilab qizlarga nimalardir deb turardi. Bizni birinçi bölib ovul itlari payqadi. Daralarni boşiga kötarib hura ketişdi.
 Ozoda katta toşning ustida, bizdan yuzini ögirib ötirardi. Eşaklarimizni xalalab u tomon yurdik. U örnidan turib ötov içiga kirib ketdi. Biz nima qilarimizni bilmay qotib qolaverdik. Sut soğayotgan opalar xandon otib kulişdi. Yonidagi yigitlar ham jör bölişdi. Biz… karaxt edik. На кетамиз, на эшакдан тушамиз. Bir mahal ötovdan Ozodaning onasi çiqib keldi. Barçamiz salom berdik. U alik olib biz bilan söraşdi.
– Nega körinmay ketdinglar? Ozoda içikib qoldi-ku, – dedi jilmayganiça.
– Ena, unaqa demang – deb içkaridan Ozoda piqilab yiğlab çiqdi. – Men bularni yomon köraman. Ayting, endi heç qaçon kelişmasin.
– Hay-hay, uyat böladi-ya, qizim. Mehmonni ham quvadilarmi? – deb onasi Ozodani bağriga bosdi. Söng bizga yuzlanib kuldi. – Xafa bölmanglar, şörlik neça kundan beri, bir etak qurut olib sizlarni poylaydi. Kim ötsa, yugurib toş ustiga çiqadi. Şunga arazlagan. Qani bolalarim, içkariga kiringlar.
Şu payt bösağada bir qop-qora yigit paydo böldi. Uni birinçi körişimiz edi. U bizlarga yotsirab qarab turardi.
– Abror, akalaringning eşagini boğlasang-çi, – dedi Ozodaning onasi, söng yana bizga yuzlandi, – Abror keça keldi. Hali sizlarni tanimaydi. Şunga uyalib turibdi. Özi yaxşi bola. Sizlar kiraveringlar.
– Hozir, xolajon, bir jöramiz yetib kelsin. Uning eşagi çarçab qoldi. Ana, körindi, – dedi döstim  Olim.
Nogoh Ozoda yugurib toş ustiga çiqdi-da, ortda qolgan jöramiz tomon işoralar qildi, hoynahoy, tezroq kel, demoqçi böldi. Jöramiz eşagini öz holiça haydab, ortidan arang piyoda kelardi. Biz u yetib kelgunça kutib turdik. Söng hammamiz ötovga kirdik. Dasturxon yozilgan ekan. Bir kosadan issiqqina sut içdik. Keyin katta karsonda qaymoq keltirildi. Rosa maza qildik . Aytgança, biz ham quruq qöl bilan borganimiz yöq. Xurjunimizdagi meva-çeva, sabzavotlardan tortiq qildik. Xullas, Ozoda bilan yaraşdik. U bizni keçirdi. Taşqariga çiqqanimizda Ozoda dabdurustdan Qaynarga tanbeh berdi.
– Nega doim orqada qolib yurasan? Otangga ayt, senga boşqa zör eşak olib bersin.
Tabiatan kamgap bu örtoğimiz quloğigaça qizarib ketdi. Nima deyişini bilmay eşagini bir kaltak urdi. Onasi Ozodaga qarab “tilingni kesaman” deganday işora qildi. Ozoda hamon Qaynarning ortidan  allaneçuk qarab turardi. Biz ötovdan yiroqlaşdik. Haligi Abror bizni ança yergaça sovuqqon kuzatib qöydi. Biz öşa kuni öz aqlimizga yaraşa nimalarnidir tuşungandek böldik. Ozoda Qaynarni yomon köradi. Ha, bölmasa eşagining ustidan kularmidi? Demak, Qaynar öyindan çiqdi. Ha, biz şunday qarorga keldik, kimning eşagi zör bölsa Ozoda öşani yaxşi köradi. Ne baxtki mening eşagim barçasining eşagidan kuçli va çopqir edi. Demak, Ozoda meniki! Bolalar nima deyişlarini bilmay qoldi. Biz kelişib oldik.  Ozoda!  Sen menikisan! Faqat meniki…

* * *
Oradan bir oylar vaqt ötdi. Bu orada barça böyinsalarim özlari istamasa-da, Ozodadan umid uzgan bölişdi. Ovulga yaqinlaşgan paytimiz men mağrur tarzda oldga ötardim, ötovga ham birinçi kirardim. Sut ulaşiş ham mendan boşlanardi. Hatto, Ozoda tutgan oyna yoğdusi qayoqqa tuşsa, bolalar meni öşa tomonga yöllaşardi. Xullas, dorilomon kunlarimiz şunday ötardi. Bora-bora bolalar ikkilanib qolişdi: “Ozoda seni sevmaydi. Biror marta ovloqda gaplaşganlaringni körmadik.”
Albatta, bu eʼtirozda jon bor edi. Bu kamçilik meni ham ançadan beri qiynab kelardiki, buni birovga aytolmay örtanardim. Rost, u biror marta ham köngil moyilligi haqida menga işora bermagandi-da. Heç bölmasa, Qaynarga aytganidek, boşqa eşak ol, demagan. Yöq, u menga bir oğiz ham gapirgan emas. Buni özim ham sezardim. Baribir xudbinlikmi yoki manmanlikmi, şunga öxşaş bir tuyğu mening past kelişimga böyin bermasdi. U meniki. Tamom. Ha, u meni sevadi. Faqat aytişga uyaladi. Öz-özimni şunday işontirardim. Lekin jöralarimni quruq gap bilan işontiriş qiyin. Demak, qandaydir çora-tadbir qilişim kerak. Şundagina barçasining uni öçadi. Şu xayollar bilan yurgan kunlarimning birida Olim şundoğam yonib turgan olovga moy sepdi.
–  Qaçon isbotlaysan? Böl endi. Qani köraylik-çi?
– Şu bugun yarim keçasi ovulga ketamiz. Tun yarmidan ötganda men ötovga kiraman. Va Ozoda bilan çiqaman. Öşa katta toşning ustida ötiramiz. Şu yetadimi?
– Yetadi.
Olim hamma bolalarni keçasi ötinga ketişga köndirdi. Biz gapni bir joyga qöyib, keç soat önda qişloqdan çiqib ketdik. Ammo Qaynar negadir borişni istamadi. Eşagim tunda yurolmaydi, deb bahona qilganday böldi. Uni va albatta eşagini bearmon söka-söka yölga çiqdik. Ovuldan bir tepa berida töxtadik. Eşaklarni boğladik. Piyoda boramiz. Eşakni sezib qolişi mumkin. Men yölboşçi. Qançalik özimni şer bilmay baribir qaltirardim. Iç-içimdan bu işim yaxşi emasligini bilib tursam-da, baribir örtoqlarim oldida özimni oqlaşim, Ozoda meniki ekanligini isbotlaşim kerak edi. Ana, ovul. Ötovlar dengizda turgan kemalardek oqarib-bözarib közga taşlanadi. Bir zum barçamiz tikilib qoldik. Barça uyquda. Qiziq, hatto, itlarning sasi çiqmasdi. Ildamladik. Kiçkina jilğa yonida töxtadik. Daryodan ötsak böldi. Ovulga qadam bosamiz. Töxtadim. Olim, yurmaysanmi, degandek biqinimga turtdi. Tumşuğiga bir tuşirmoqçi, hammasiga qöl siltab ketmoqçi böldimu… lekin… Ozodaning qöldan ketişini öylab noiloj, tişimni tişimga bosib qadam bosdim. Yuragim qaltirab ketdi. Mana toş. Şuning ustiga Ozoda ötirardi. Biz toş ortiga berkindik. Panalab turibmiz. Tun osuda. Sukunat. Faqat haşoratlar çirillaşi  daşt böylab taraladi. Olim yana turtdi. Böynimga birov arqon solgandek oldinga intildim. Ikki qadam bosdim. Ortga qaradim. Jöralarim toşning panasida barçasining közi menga tikilgança, nafas olmay kuzatib turişardi. Yana ikki qadam bosdim. Mana, Ozodaning ötovi. Bir tomoni sal oçilgan. Şamol kirişi uçun şunday qilgan bölsa kerak. Möraladim. Heç kimni körib bölmaydi. Qarab turaverdim. Közim qoronğulikka örgandi. Bir mahal quloğim ostida kimningdir nafas olişi eşitildi. Yuragim tovonimga tuşib ketdi. Qaradim… it ekan. Meni iskab turardi. Közidan közimni uzmadim. Tanidi şekilli, nari ketdi. Özimni qölga olib yana içkariga qaradim. Asta-sekin qaysi biri Ozoda ekanligini bilib oldim. Içkariga kirdim. Endi… Butun vujudim muzlab qolgan, nima iş qilayotganimni idrok qila olmasdim. Miyamda faqat bir xayol örnaşib olgandi. Ozodani uyğotib, taşqariga olib çiqaman. Toş ustiga borsa böldi. Bir lahzagina… Men barçani yenggan bölardim. Ğolibga aylanardim. Qahramonga aylanardim… Ozodaning qoşiga bordim. U tuş körayotgan bölsa kerak, kulgiçlari öynab turardi. Tikilib qoldim. Qoragina, qoramağizgina qizaloq, juda- juda çiroyli! Yonboşiga ağdarildi. Baqirib yuborişimga sal qoldi. Qölimni soçiga olib bordim. Siladim. U heç narsani sezmadi. Yuziga qölimni tegizdim. U bir nimani sezgandek, qoşi çimirildi va baqirib yubordi. Xuddi şu lahzada men ham dod deb yubordim. Bilmadim, nima uçun. Qoçdim. Şoşganimdan kimnidir bosib ketdim. “Vah” etgan ovoz eşitildi. Ovulda şovqin boşlandi. It izimdan quvib ketdi. Qoçyapman. Osmonga öq uzildi. Butun ovul oyoqqa qalqqan edi. Ketyapman. Ortimdan odamlar yugurib kelyapti. Kuçuk… bunça quvmasa bu. Nimagadir qoqilib yiqildim. Qolgani esimda yöq…

* * *
Közimni oçganimda allaqaçon quyoş çiqib ketgandi. Ötovda yotibman. Boşim oq latta bilan tanğib boğlangan. Oyoq tomonimda Ozodaning otasi. Boş tomonimda jöralarim. Tamom. Endi hammamizni itday otib taşlaydi. Ozoda körinmasdi. Abrorga ham közim tuşmadi. Sezdim, keça meni aynan öşa tutib olgan. Onasi ötovning bir burçagida bir nuqtaga tikilganiça jim turibdi. Özimga kelganimni körgan otasi taşqariga çiqib ketdi. Heç qança vaqt ötmay qaytib keldi. Qölida kosa. Qatiq. Menga tutqazdi. Oldim. Şu payt kosa içiga bir siqim qorakuya soldi.
– Oppoq edi-ya. Ha, endi qora böldi. Senga topşiriq, qatiqni öz holiga keltir!
Qölimda kosa, nima qilarimni bilmay qotib turaverdim. Örnimdan turdim-u, taşqariga otildim. Yugurib ketdim. Boşim löqillardi. Qölimda qora qatiq töla kosa. Yugurib ketayapman. Nega? Qayoqqa ketyapman, buni özim ham bilmasdim. Lekin yugurayapman. Ketayapman…

* * *
Ozoda! Meni keçir. Mana, bugun xating qölimda turib şuni tuşundimki, öşanda dunyodagi eng razil odam bölgan ekanman. Seni unutganim yöq. Faqat eslaşdan qörqardim. Xayolimga kelsang, otang menga tutqazgan qop-qora qatiq közimga qadalib qolaveradi. Bildim, seni öşa tongda Abrorga qöşib şaharga jönatişgan ekan. Men seni boşqa körmadim. Seni izlaşni, topişni qança xohlagan bölsam, şunça qörqdim. Özing bilasan. Mening nima maqsadda kirganimni, keyin bölsa ham, harneçuk eşitgansan. Olim aytib bergan. Baribir… yaxşi iş bölmagandi. Töğri, bu voqeadan keyin sizlar öşa yaylovga boşqa köçib bormadingiz. U yerlar qaysidir fermerning mulkiga aylandi. Men ham öşa yili poytaxtdagi litseyga ketdim.

* * *
Xonamdan çiquvdim hamki, kotiba jilmaydi.
– Kim u Ozoda?
Indamadim. Taşqariga çiqdim. Tahririyat eşigi oldida bir yigit turgan ekan. Bu Abror. Öşa, bir körişdan tanidim. Nazarimda, Ozoda şunga tekkan. Ön qadamlar sözsiz ketdik.
– Ikki yil oldin ovulga borgandim. Tomoşa uçun. Ovulning fayzi qolmabdi, – u şunday deb biroz jimib qoldi.  – Ozoda menga ham tegmadi. Uni azaldan yaxşi körardim. U…  bilasizmi, kimni yaxşi körardi? Qaynarni!
 Ilkis boşimni kötardim. Hoziroq boşimga osmon qulaydigandek beixtiyor közlarimni yumib oldim.  Butun badanim böylab çaqmoq çaqildi.
– Ha, menga buni özi aytdi. Men şunça gapni bila turib, unga uylanişga harakat qildim. Bilasiz, bu paytda Qaynar oğir kasal edi. Lekin  to sönggi nafasigaça Ozoda undan köngil uzmadi. Uning Qaynarning qabri boşida yiğlaganini eslasam, hamon dunyo közimga tor körinadi.  Qaynar yaxşi yigit edi. Afsus, umri qisqa ekan… Ozoda bir çöpon yigitga tegib ketdi.
Abror qisqagina xayrlaşib, qölimni qattiq siqdi-da, mendan uzoqlaşdi. Men-çi?! Men yöl örtasida, çorrahada qaysi tomonga yurişni bilmay turaverdim. Turaverdim. Nega? Nega? Qaynar vafot etganida, onasi “beçoraginam” deb yiğlagandi. Yöq, Qaynar beçora emas ekan. Ha, u garçi juda erta vafot etgan bölsa-da, dunyodagi eng çiroyli qizning yuragida mangu yaşamoqda. Zero, sevilgan odam beçora bölmaydi… Ozoda hamişa eşagi ortda qoladigan Qaynarni sevar ekan! Nega biz şuni tuşunmadik? Axir u ham  qadrdon jöramiz edi-ku. Qaynar, eşityapsanmi? Ozoda seni yaxşi körarkan? Ha, seni…
Men… Böldi, boşqa gap yöq…

Sanjar TURSUNOV – 1986-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sangardak qişloğida tuğilgan. Özbekiston Davlat sanat va madaniyat institutining jurnalistika bölimini bitirgan. Ayni paytda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida xizmat qilmoqda.
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 3-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)