6 daqiqada öqiladi

329 marta körilgan

Anglamoq azobi

1. Özni anglaş degani nima?
2. Baxt deganda nimani tuşunasiz?
3. Isteʼdod va imkoniyat: qay biri muhim?
4. Ijodkorning jamiyatdagi örni qanday bölişi kerak deb öylaysiz?
5. Yozganlaringizning hammasi rostmi?

1. Dunyodagi odamlarning aksari (hazrat Navoiy aytganlariday) suvrat ahlidir. Bundan ranjimasligimiz kerak. Çunki dunyoning tamal toşi – ğaflatdir. Uni Haq taʼoloning Özi şunday yaratgan. Binobarin, hamma (ğofil emas) ogoh bölsa, bu dunyodan nomu nişon qolmaydi (Rumiy).
Faqat maʼrifat ahligina ogahiy zotlardir. Özidan, özligidan ogohlargina Haqdan, haqiqatdan ogohdirlar. Faqat aqliy ilmlar bilan özlikni anglab bölmaydi. Özlikni anglamoq uçun maʼrifat (xususan, ilohiy maʼrifat) kerak böladi. Inson özligini anglamoği uçun içidagi butlarni sindirmoği (hasad, adovat, kibru riyodan voz keçmoği) lozim böladi. Busiz özni, özlikni kaşf etiş mahol. Xususan, manmanlik va kibrdan – “men”likdan özini poklamay turib, inson özligini anglay olmaydi.
Özligini anglay boşlagaç, u har kuni bir ilohiy asrorni kaşf eta boradi. Va nihoyat, unda tahayyur (uluğ bir hayrat) hissi paydo böladi. Endi u dunyodagi barça narsada faqat sabablarni emas, balki şu sabablarni yaratgan Musabbibni köradi, muşohada qiladi. Agar bu muşohada töğri yönalişda (Iblisning qutqularidan xoli) bölsa, asta-asta insonni ilohiy işq sari eltadi. Aksinça bölsa, muşohada sarob bir taxayyul sifatida qolib ketadi. Özlik anglab yetilmaydi. Bu maʼnaviy falokatdir. (Faylasuflarning köpi, taassuflar bölsinkim, şu maqomda qolib ketişgan.) Çunki Iblis eng katta adaştirguvçidir. Buni aytişdan maqsad şuki, Özlikni anglaş uçun qilingan barça sayʼ-harakatlar zikr bilan barobar keçmoği kerak. Avliyolar adaşmadilar. Nega? Çunki ularning Özlikni anglaşdagi ijtihodlari faqat zikr bilan barobar, omuxta keçgan! Çunki Iblis zikrli qalbga qutqu sololmaydi…
Özlik anglab yetilgaç, tolib musaxxir (tasxir qiluvçi)ga aylanadi. U öz qalbini, jon (ruh)ning sirru asrorini tasxir qiladi. Bu tasxir unga ruhoniy lazzat bağişlaydi. Endi nafsi ammoradan (dunyoviy nafsdan) nafratlanadigan darajaga boradi. Avvalgi holatidan uyaladi. Har kun, har lahza vijdon bilan yuzma-yuz yaşaydi. Heç kimga, hatto duşmaniga ham yomonlikni ravo körmaydigan bir yaxşi Odamga aylanadi. Bu Yaxşi Odam özligini anglagan sayin unga bu inoyatni (ilohiy asrorni) ato qilgan Zotni soğinadi. Bu soğinç hissi uning zikr va boşqa ibodatlariga ruhiy lazzat bağişlaydi. U tobora hayratga çömadi. Bu hayrat endi uning qalbidagi majoziy sevgini orifona muhabbatga aylantiradi. Endi u ilohiy gözallik faqat ön sakkiz yoşli qizlarga emas, butun olamga soçilganini töliq his etadi. Quşlar, baliqlar, gulu giyohlar, hayvonot, haşarot olamida ham u ilohiy gözallik asarlarini tomoşa qiladi. Bu tomoşa adoqsiz muşohadaga, tafakkurga olib boradi. Ana şu nuqtada u “Bir soatlik tafakkur oltmiş kunlik ibodatdan afzaldir” hadisining mohiyatini çuqur anglaydi. Tafakkuri esa yana hayratga eltadi.
Axiyri bu tahayyur unda soğinç tuyğusini uyğotadi. Bu oddiy soğinç emas, balki ilohiy soğinç tuyğusi ekanligini u çuqur his etadi. U endi (kimnidir emas, balki) butun olamni şu qadar buyuk va inja bir intizom bilan, çeksiz gözalliklar mehvarida yaratib qöygan Jamil (eng gözal) zotni, barça sabablarning yaratguvçisi bölgan Musabbibni, barça mehribonlarning mehriboni bölgan Rahmonni, barça rahmlilarning rahmlisi bölgan Rahiymni, barça jonli-jonsiz maxluqotga suvrat va şakl bergan buyuk Musavvirni, barça tirik jonzotni rizqlantirib turgan Razzoqni… ön sakkiz ming olamni yaratgan Xoliqni soğinayotganini çuqur his etadi. Gözal bir ruhoniy olamga kiradi. Bu olamdagi nur dafʼatan tolibni öziga jalb qiladi…
Bu ruhoniy olam özining Köngli ekanini körib, u yana hayratlanadi. Hayrati soğinçga, soğinçi esa hayratga aylanadi. Yana öşa Jamil zotni körgisi keladi. Körolmaydi, soğinadi… soğinadi… Va yana öşa gözal olam – könglidagi nur bilan ovunadi. Taşqi olamga boqadi: endi hamma narsada Uni köradi. Gulu giyohlarda, quşu hayvonlarda, qurtu qumursqada Uning betakror, najib kaşfini körib, şavqu zavqqa töladi. Dafʼatan barça bu gözalliklar Undagi kulliy gözallikning zarralari ekanligini qalb-qalbidan his etadi. His etgani sayin uni yana soğinç örtaydi…
U endi zarradagi gözallikni emas, Kulldagi gözallikni körgisi keladi. Kullning Özini soğinadi. Buning imkonsiz ekanini his etib, eziladi. (Çunki, Muso alayhissalom va Tur toğini eslaydi) “Nabiyga ato qilinmagan oraz senga ato qilinarmidi, ey qul!” deya özini koyiydi.
Baribir, soğinç uning söngaklarini qaqşatadi, örtaydi. Şundagina tolib özidagi orifona muhabbat ilohiy işqqa aylanayotganini his etadi. Tölqinlanadi, şavq butun qalbini egallaydi. Xursandligidan (ha, azbaroyi xursandligidan!) köz yoşini heç kimga körsatmay yiğlaydi. Yiğlagani sayin rohatlanadi. Özini yana özga olamda köradi. Buning öz köngli ekanini his etadi. Uning yettinçi iqlimiga qadar sayr qiladi. Va öşa taniş nurga yöliqadi. Şu nur bilan ovunadi. (Umrining sönggi nafasigaça şu nur bilan yaşaganlar – qanday baxtli insonlar!)
Beixtiyor söragingiz kelyapti, buning tadriji yöqmi, deb. Tadriji bor. Bu boşqa mavzu… Qisqa tamsil keltiradigan bölsak, buning tadrijini ikki buyuk majzub – Mansuri Halloj va Şoh Maşrab hayotida körişimiz mumkin. Ular zarradagi gözallik bilan (yoxud köngil olamidagi nur quvonçi bilan) kifoyalanmadilar. Ular barça nurlar mazharini – kulliy Nurni körişni xohladilar. Bu yölda heç narsa va heç kimdan (dordan ham, fatvodan ham) qörqmadilar. Oxir-oqibat buyuk şahodat topdilar va Nur jamoliga erişdilar. Binobarin, ular fanofilloh edilar. Fanofişşayx, fanofirrasul va fanofilloh maqomlari… bu endi özga mavzu.

2. Bu savol ham birinçi mavzuning davomiday tuyuldi menga. Binobarin, özlikni anglab yaşaş inson uçun asl baxtdir. Özligi anglanmagan şaxsning har qanday baxtu saodati bir kuni sarobga aylanadi…

3. Isteʼdod va imkoniyat… Muhimi isteʼdoddir. Imkoniyat qançalik darajada mavjud bölmasin, isteʼdodsiz yaxşi narsa yaratilmaydi. Imkoniyat qançalik darajada çeklangan bölsa-da, isteʼdod (xuddi boçka içiga kirib olgan donişmand kabi) öz javharini qoğozga töka oladi. Agar har ikkisi (isteʼdod ham, imkoniyat ham) töla-tökis ato qilingan bölsa, bunday imkoniyat içida isteʼdod dahoga aylanadi.
Hayotiy bir misol keltiray: adabiyotimizning betakror şoiri, rahmatlik Asqar Mahkam umrining sönggi yillarida vujudida bir neça xil kasallik xuruj qilgan bir holatda ham ijodiy iş bilan qattiq şuğullandi. Şoirning rafiqasi (Mahmuda kelin) aytişiça, Asqar Mahkam 550 sahifalik nasriy asarlari saylanmasi bölgan “Oq kitob”ga kiritiş uçun “Dor” romanining birinçi kitobini mutlaqo kasal holatida yetti kun içida yozib tugatgan. Öşa kunlarda u baʼzan ön sakkiz soatgaça yoziş bilan band bölgan. Ana şu damlarda imkonsizlikdan imkoniyat yarata olişi uçun şoirga isteʼdodi qöl kelganiga işonaman. Bunday holatlarni jahon adabiyotidagi boşqa ijodkorlar hayotidan ham misol keltiriş mumkin, albatta…

4. Bu savolga javob beriş men uçun oğir. Avvallari jamiyatda ijodkorning mavqei biroz baland edi. Esimda, men hali “yoş ijodkor” – bori-yöği ikki kitob muallifi bölsam-da, jamiyatda özimning muayyan mavqeimni har qadamda, har lahzada his etib yaşardim. Hozir esa nazarimda hamma narsa pul bilan ölçanadiganday tuyuladi.

5. Yozganlarimning hammasi rost desam, uyalmay yolğon gapirgan bölaman. Şunisi köngilga xuşki, ijodkorning yolğoni boşqalarga rost tuyuladi. “Taabbud” nomli kitobimdan bir şeʼrim şu savolga qisman javob bölarkan:

    ŞEʼRDAGI BAXT

Yangiliklar köp böldi bukun,
Yozildi xuş şeʼrlarim talay.
Ğamga botgan bitiklarimga
Öxşamaydi ular harqalay…

Bir şeʼrlarki, unda kular oy,
Dardlari yöq, alamlari yöq.
Endi mening dastimda tinmay
Dard tökkuvçi qalamlarim yöq.

Bir şeʼrlarki, maʼvosi buyuk,
Qasri – kumuş, tillodan taxti.
Garçi oğir bölsa-da bu yuk,
Kuylaydi u mangulik baxtni.

Faqat… uning közlari yöqdir,
Beçorani qiynaydi körlik.
Juda baland savtu sadoda
Yolğonini yaşirar şörlik!

Savolga yanada xususiyroq javob beradigan bölsam, yozganlarimning ön ikkitasi şeʼriy töplamlardir. Şulardan faqat ikkitasi (“Rumiyona” va “Tahayyur”da) men haqiqiy maʼnoda rost Söz bilan duç keldim…

Neʼmatullo IBROHIM – 1954-yilda tuğilgan. Xöjand Davlat universitetida tahsil olgan. “Rangontoğ qöşiği”, “Oq kaptar”, “Hijron çeçaklari”, “Darvişona”, “Yigirma uç hikmat”, “Halloj kipriklari”, “Taabbud”, “Tahayyur”, “Rangon tulporlari”, “Muborak avrod” singari şeʼriy töplamlar muallifi. Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Kamol Xöjandiy, Abdurahmon Jomiy, Urfiy Şeroziy, Mirzo Abdulqodir Bedil va Muhammad Iqbol asarlaridan namunalarni özbek tiliga ögirgan.

“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)