Bugun uşbu maqolada hayot taşvişlaridan yiroq, aybu gunohlarga begona, armon hidlab ulgurmagan köngli orzularga limmo-lim, birgina tabassumiga butun olam quvonçini siğdira olgan bolalar dunyosi va uşbu dunyoga kirib borişning uddasidan çiqa olgan ijodkorlar haqida söz yuritmoqçimiz. Bir qaraşda juda oddiy bölib körinadigan bu olam aslida, öziga eng murakkab, eng jiddiy yondoşuvni talab qiladi. Boşqaça aytganda bolalar qalbiga kirib borişimiz uçun, avvalo, ular kabi “bolaga” aylaniş kerak. Inson vaqt ötib, yoşi ulğaygan sayin, bolalik onda-sonda oçib öqiladigan qalb maktubiga aylanib qolar ekan. Bu maktubni öqişga turtki böladigan narsalar orasida eng samaralisi bu – Kitoblardir, yaʼni bolalar olamini tarannum etuvçi asarlardir. Sevimli taomni tanovul qilganda, farzandlar qölidan tutib rasm çizişni örgatganda, armon bölib qolgan öşa beğubor muhabbatni uçratganda, köçada onasiga xarxaşa qilib yiğlayotgan bolani körganda qançalik bolaligimizni soğinsak, asardagi boş qahramon – bolakayning sarguzaştlari-yu, xayollari bilan töqnaş kelganda, heç ikkilanişsiz öşa muhitda qayta yaralgandek bölamiz. Bu mavzuda yaratilgan asarlar heç qaçon eskirmaydi va isteʼmoldan çiqib ketmaydi. Sababi, bu asarlarda insonning vujudini junbuşga keltira oladigan, xayollarini taşvişlar bilan tözitgan hayotdan olislarga olib keta oladigan kuç – beğuborlik va soddalik bor. Uşbu olam ijodkorlari haqida söz yuritar ekanmiz, ular orasidan Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev hamda maşhur italyan adibi Janni Rodari ijodiga alohida töxtalib ötmoq joiz. Buni qarangki, ijod yöllari bir manzilga qaratilgan adiblarning hayot yöllari ham öxşaş ekan. Biz odatda yozuvçilarning asarlarini öqib-örganamiz-u, ularning hayotiga u qadar eʼtibor bermaymiz.
Xudoyberdi Töxtaboyev hamda Janni Rodarining asarlari allaqaçon bolajonlar kitob javonining töridan örin egallab ulgurgan. Özbek bolasining şöxligi, soddaligi, beğuborligi, diyonatli va mehmondöstligini özida mujassamlaştirgan Hoşimjon obrazi, italyan bolasining haqsevarligini, şijoatliligini körsatib turuvçi Çipollino obrazi bugungi kunda dunyo bolalarining sevimli qahramoniga aylanişgan. Dunyoning turli mamlakatlariga sayohat qilib, bir dunyo döstlar orttirgan sehrli qalpoqçali Hoşimjon obrazini mukammal qilib yarata olgan, el ardoğidagi adibimiz Xudoyberdi Töxtaboyev 1932-yilda Farğona viloyatining Katta Tagob qişloğida tavallud topgan. Otasidan erta yetim qolgan adib bobosi va buvisi tarbiyasida ösadi. Xuddi şunday 1920-yilning 23 oktabr kuni Italiyaning Omenya şahrida tuğilgan nonvoy Juzeppe Rodarining öğli Janni Rodari ham 10 yoşida otasidan ajraladi. Bunday yöqotişdan söng, onasi uç farzandini olib öz şahri Gaviratiga qaytadi. Bolakay Janni esa toğalari tarbiyasi ostida öqişni davom ettiradi. Maktab davrlarida özining iqtidorliligi va uddaburonligi bilan tengdoşlari orasida alohida ajralib turardi. 1939-yilda Milandagi diniy universitetning filologiya fakultetiga öqişga qabul qilinadi. Bolajon adibimiz Xudoyberdi Töxtaboyev hayotiga nazar soladigan bölsak, u kişi ham uruş davrining talay maşaqqatlarini boşidan keçirib maktabda öqiydi, söng 1955-yilda Toşkent Davlat universitetida tahsil oladi. Ilk ijodini turli taxalluslar ostida jamiyat illatlarini qoralovçi felyetonlar yozişdan boşlagan adib, 70-yillarga kelib ijodida keskin buriliş yasaydi. Yozuvçi tili bilan aytadigan bölsak, “ruhiy dunyosi pok” bölgan bolalar olamida ijod qilişni boşlaydi. Uruş ikkala adib ijodiga ham birdek taʼsir körsatdi. J.Rodari öz asarlarini öşa uruş muhitida yaratadi, X.Töxtaboyev esa öz asarlarini uruşdan qolgan, eslanganda vujudga va ruhiyatga oğir yuk taşlaydigan xotiralar asosida yaratadi. Keyinçalik badiiy ijodga ötgan Rodari “Unita” gazetasida uzoq muddat faoliyat yuritdi. Bolalar olamini tarannum etgan bir qança asarlar, yuzlab şeʼrlar, bir-biridan qiziqarli hikoyalar yozdi. “Bolalarga möljallangan şeʼrlar” töplami, “Çipollino” romani, “Jelsamino yolğonçilar mamlakatida”, “Televizorga kirib olgan Jip”, “Telefonda aytilgan ertaklar”, “Uçtadan oxiri bor ertaklar” kabi bir qator ijod mahsullari şular jumlasidandir. Bolalar adabiyotiga qöşgan beqiyos hissasining mukofoti sifatida adib 1970-yilda Andersen mukofoti bilan taqdirlanadi. 1971-yil Rim şahrida Janni Rodari tomonidan “Butun dunyo bolalar yozuvçilarining forumi” ötkaziladi. Şu forumga Moskvadagi “Detskaya literatura” naşriyotining bölim mudiri körgazmaga qöyiş uçun boşqa kitoblar qatorida bizning bolajon adibimizning “Sehrli qalpoqça”sini tavsiya etadi. Xalqimizning suyukli yozuvçilaridan biri bölgan P.Qodirov ikki adib munosabati haqida şunday yozadi: “Sehrli qalpoqça”, “Sariq devni minib” faqat mamlakatimizda emas, çet ellarda ham şuhrat qozongani, Italiyaning jahonga maşhur yozuvçisi J.Rodari X.Töxtaboyevning ijodiga yuksak baho bergani tasodif emas”. Begunoh bobosini yovuz Limonboşning zulmidan ozod qiliş uçun ulkan jasoratlarga qöl urgan Çipollino, jamiyatni orqaga tortayotgan, yolğonçi kimsalarning dodini bergan Hoşimjon adabiyot gulşanining tub-tubiga tomir otib ketgan, ildizi baquvvat daraxt bölib, köplab yangi nihollar paydo bölişi uçun asos vazifasini bajaradi. Heç kim qarşi çiqa olmagan, tik boqa olmagan janob Pomidorboşni mazax qilib, adabini bergan Çipollino, Sora folbinning kirdikorlarini foş qilgan Hoşimjon doimo bolalar qalbida yaşaydi. Ular ulğayganlaridan keyin ham bu ikki qahramonni köp eslaydilar. Çunki Çipollino ham, Hoşimjon ham dunyo bolalariga manzur böladigan qiyofada yaratilgan.
Bahora ERGAŞEVA – 1994-yilda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tuğilgan. Samarqand Davlat çet tillar instituti talabasi.
“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 7-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


