Tokça çetida bir pilla qolib ketgan edi. Unda kiçkina tirqiş paydo böldi. Uy egasining közi tösatdan şu pillaga tuşib qoldi va kapalak uni qanday qilib yorib çiqişga urinayotganini kuzata boşladi. Oradan ança vaqt ötdi. Kapalak urinişdan töxtaganga öxşar, tirqişning kattaligi esa özgarmaganday edi. Göyo u qölidan kelgan hamma işni qilganu bu yoğiga madori umuman qolmaganday edi.
Odam unga yordam berişga qaror qildi. Qalamtaroşini oldi-da, pillani kesib, teşikni kattaytirdi. Kapalak şu zahoti taşqariga çiqdi. Lekin uning tanasi judayam kuçsiz va nimjon edi, nozik qanotlari zörğa qimirlardi.
Uy egasi kuzatişda davom etdi. Kapalak hozir qanotlarini yoyadi-da, uçib ketadi, deb öyladi u. Ammo heç bir özgariş bölmadi!
Kapalak umrining qolgan qismini ölimsangi tanasi va oçilmagan qanotlarini yerga sudrab ötkazdi. Uça olmadi.
Nega bunday böldi? Çunki unga yordam bermoqçi bölgan odam pillaning kiçkina tirqişidan çiqiş uçun kapalakka qöşimça vaqt va kuç kerakligini anglamadi. Tanasidan yetib kelgan suyuqlik kapalakning qanotlarini harakatga keltirar, u şundagina uça olardi. Hayot uning oldiga ana şu qobiqni yorib çiqiş maşaqqatini qöygan, evaziga esa ösiş-rivojlanişni vaʼda etgan edi.
Jismoniy-maʼnaviy jihatdan bir poğona yuqorilaş, tajriba orttirib, öz yölimizni topiş uçun baʼzida qiyinçiliklarga ehtiyoj sezamiz. Ularsiz biz ğör va mört bölib qolamiz. Agar ularni sabr-bardoş, matonat bilan yengmasak, öz kuçimizga, Xudo bergan qobiliyatimizga işonmasak, heç qaçon çiniqa olmaymiz. Imkoniyatlarimiz, iqtidorimiz kapalakning zaif qanotlari kabi foydasiz bölib qoladi.
Orif Tolib
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


