14 daqiqada öqiladi

415 marta körilgan

Tolköprik

Muhammad Şarif

Tolköprikdan ötayotgan bu odamlar qayerga şoşmoqda? Qay manzil, qay maqsadni közlagan? Bahaybat kallasining qoq örtasidagi öpqondek qop-qora kovagi tobora kengayib, çirindiga tölib, munğayib qolgan tol odamlarning oğirligini kötarib örgangan. Lekin yillar davomida uni tepkilab ötgan, yöğon şoxlari uçiga çiqib suvga sakragan, tanasini piçoq bilan öyib turli yozuvlar qoldirgan, bir paytlar şoxdan şoxga maymundek sakraşib, endilikda şu şoxlardan yasalgan hassalarga tayanib munkayib qolgan bu odamlarning dardu alami gavdalaridan köra oğir bölişini keksa tol bilmagan ekan.
Tol anhorning naqd yarmigaça bir tekis egilib borib, keyin xuddi yonboşlab yotgan joyidan turmoqçi bölgan odamdek qaddini rostlaşga urinib kökka örlagan. Anhorning yarmigaça tolning yöğon tanasi ustidan yurib boriladi. Qolgan yarmidan tolning şoxlaridan yasalgan ensizgina yoğoç köprikdan ötiladi. Yoğoç köprikning bir tomoni tolning tanasiga mustahkam mixlangan. Tolköprik şu tariqa  bunyod bölgan va u allaqaysi zamonlardan buyon odamlarga xizmat qiladi. Tolni kim ekkani, qanday qilib u anhorga köprik bölgani köpçilikning yodida yöq. Baʼzi birovlar anhor yoqalab ötgan bir çol ketmon sopidek kesilgan tol şoxini yerga suqib ketganini aytadi. Tanasi namga tekkan yoğoç gurillab ösa boşlagan, navqiron tolga aylangan. Bahorgi toşqin payti qirğoq  öpirilib, tol anhorga qulaganda baquvvat şoxlardan biri narigi qirğoqqa tiralib uni batamom qulaşdan asrab qolgan. Tol yana ham çuqurroq ildiz otib, qaddini tiklaş uçun qaytadan kökka qarab ösa boşlagan. Endilikda ikki kişining quloçi yetmaydigan yöğon tanasining tepa tomonini yuriş oson bölsin uçun kimdir poyteşada çopib tekislab qöygan. Uzala yotgan tananing yonboşidan çiqqan bir-ikki baçki şoxlari köprikning tabiiy tösiqlari kabi xizmat qiladi.
Keksa tolning kallasi juda katta. Tananing örtasidagi ulkan ğovak bois ikki kallali devga öxşab körinadi, har yili bu kallalardan önlab ziç va baquvvat şoxlar ösib çiqadi. Odamlar ipak qurti boqiş mavsumi oldidan tolning şoxlarini sökiçak yasaş uçun kesib ketadi. Kallaklangan tol keçalari odamlarni qörqitguvçi   xunuk va vahimali şakl-şamoyilga kiradi, biroq oradan heç qança vaqt ötmay navnihol şoxlar yana gurillab ösib çiqib, tolköprikning ustini çodirdek yopadi. Anhorning şu qismi eng sersoya joy. Har ikki qirğoqda azim qayrağoç va baqateraklar ösgan, ular kuçli şamolda boş çayqab guvillaydi, yengil epkinda çapak çalgandek yaproqlarini şitirlatib qöyadi. Ayniqsa, baqaterakning usti töq zangor, osti oç yaşil yaproqlari şabboda kelganda yaltir-yultir qilib közni oladi. Ulkan daraxtlar ostida dölana, ora-sira naʼmataklar közga taşlanadi, ulardan ham pastda maymunjonlar yer bağirlab, qirğoqni yaşil körpadek qoplab ğujğon ösgan, sertuk novda va barglari suvda sollanib turadi.
Avval bahorda anhorning suvi bötana keladi. Kulolçilar pişitadigan loy rangida böladi. Tölib-toshib, tölğonib-tölğonib, qirğoqlarini yamlab, daraxtlarning ildizlarini yulqilab, yangi kamarlar bunyod qilib oqadi. Bu paytda odamlar tolköprikdan hadik bilan ötadi. Bora-bora suvning rangi biroz özgaradi, sarğiş bötanadan kökiş loyqaga ötadi. Ninaçilar, kapalaklar suv betida öynaydi, maymunjonlar gullaydi, yalpiz, çittakari gulning xuşböy, bangidevonaning ötkir, açimsiq hidi olamni tutib ketadi. Anhorning dov-daraxtlardan sayhon joylarida in quriş ğamiga tuşgan qaldirğoçlar oppoq töşini suvga urib uçadi. Yal-yal yonib turgan köylaklarda şöx-şodon qizlar tolbargak taqiş uçun keladi. Ularning orasida labining çap ustida kiçik xol qönib turgan abjir qizgina bor, u tolning ustiga çiqib, gullab turgan surx novdalarni qalamtaroşi bilan kesib tuşadi. Qizlar qirğoqda ötirib olib, novdalarning namçil pöstloğini sidirib oladi, pöstloq tolning sabzarang gulpopuklari bilan birga ajraydi. Qizlar tolbargaklarni soçlariga ulab, tovoni qadar tuşirib, tolköprik ustida mastona-mastona, sollona-sollona yuriş qilib, söng yana şöx-şodon qaytib ketişadi.    
Suv tiniqlaşadi, sersoya göşaning tinçligi buziladi, anhor labida uçib yurgan ninaçi va kapalaklar, serşox daraxtlarda polaponlarini yoniga olib mizğib ötirgan quşlar birdan çöçib ketadi: qiy-çuv bilan kelgan son-sanoqsiz bolalar suvga özlarini “gup-gup” taşlaydi. Botirlari tolning eng baland şoxlariga çiqib suvga kalla qiladi. Ularning orasida norğil bir öspirin bor, yelkador, qoşlari tim qora, jağ suyaklari börtib turadi. U hammani quvlamaçoq öynaşga çorlaydi. Quvlamaçoq öyinida suvda baliqdek suzadigan bu norğil öspiringa heç kim yetolmaydi, lekin u quvlaganda tengqurlariga bir zumda yetib oladi. Yetib olganda ham boşqalarga öxşab qölga tuşgan raqibining yelkasiga qöl tegizib qöyiş bilan çeklanmaydi, boşidan suvga bosib rosa pişadi. Uning çangaliga tuşgan bola közlari ola-kula bölib, oğzi-burni suvga tölib, yalinib-yolvormagunça pişaveradi. Ajriqlarni tutamlagança sirpançiq qirğoqqa bir amallab çiqib olgan bolalarning ayrimlari bu tomoşani qörquv va zavq aralaş kuzatadi, boşqalari tuproqqa ağanab kuladi.
Har tuş şu ahvol, keçga yaqin esa yigit-yalang keladi, ular şovqin-suron kötarmaydi, baʼzi bir serhayajoni suvga kalla qilişdan avval ikki kaftini karnay qilib qiçqirib qöyadi, xolos. Ular tolköprikdan bir-ikki marta suvga sakrab, bilaklaridagi paylarini börttirib, boşlarini hali u yon, hali buyon siltab oqimga qarşi suzgandek böladi va keyin qirğoqdagi daraxtlarning ildizlariga osilib hordiq çiqaradi, maymunjonlarning sertikan şoxlarini ehtiyotkorlik ila titkilab, tim qora mevalarini terib yeydi.       
Bu ikki guruh çömilib ketadigan vaqt oraliğida baʼzan qizlar kelib turadi. Öşa, labining ustida xoli bor qizgina tolköprik ustidan suvga özini taşlay oladi, xolos. Boşqalari köylaklari badanlariga çippa yopişgan holda dir-dir qaltirab, tolköprik ustida qanotlari höl qaldirğoçlardek tizilib turişadi, lekin taşlaşga yuraklari dov bermaydi. Ular avvaliga begona közlardan hadiksirab kelsa, çömilib bölgandan söng uyida eşitadigan dakkilardan hadiksirab qaytib ketişadi.
Anhor suvi kamayib şişadek tiniq tortadi, bağrida suzib yurgan baliqlar, mayin qumloq ostidan ğimirlab çiqib, vaznsizlik holatidagi fazogirlarga monand oyoqlarini asta kötarib harakat qiluvçi suvçayonlar közga taşlanib qoladi. Qozonyuvğiçlar anhor yuzida tinimsiz sirpanib suv betiga oniy suratlar tortadi. Baʼzan olma, behi yoki nok lopillab oqib keladi. Tolköprikdan ötayotgan yoş-yalanglar endi na tolga, na suvga eʼtibor beradi. Keksalar bir zum töxtab, suvga tikilgança öyga çömib qoladi.
Tolköprik yillar davomida bir xilda takrorlanadigan bu holatga könikib qolgan. Suv ham aslida öşa, vaqt ötsa-da özgarmaydigan suvdek. Şunday damlarda labida xoli bor qiz dugonalari bilan ötib qoladi, ertalab kunçiqar tomonga, dalaga boradi, keçda kunbotiş tomondagi uyiga qaytadi. Bir gal tong pallasida öşa qiz eng yaqin dugonasi bilan baliqlarni tomoşa qiliş uçun bir tegirmongina suvi qolgan anhor özaniga tuşadi. Tolning beöxşov, tarvaqaylagan sarğiş ildizlarini uşlab pastga enadi. Balçiq, baliq va baqaşalning hidi kelib tursa-da, suv şişadek tiniq, unda köm-kök osmondagi oqiş parça bulutlar, töq zangordan sarğiş-qirmiziga ötayotgan dov-daraxtlar akslanib turadi. Suv yuziga çizilgan kuzning gözal manzarasini son-sanoqsiz qozonyuvğiçlar jimirlatib, jonlantirib turgandek. Qizlar qozonyuvğiçlar aslida suzadimi yoki uçadimi degan bahs tufayli uzoq vaqt bu mayda suv haşarotining betinim harakatlarini kuzatib qoladi. Qozonyuvğiç özidan ikki barobar uzun oyoqlarini suv yuziga tiragan holda pirillab uçayotganga öxşaydi, şu sabab baʼzilar uni uçadi, boşqalar esa suzadi, deydi. Öta tez harakatdagi qozonyuvğiçni yaxşilab kuzatgan kişi uning suv betida sirpanayotganini körişi mumkin.
“Suv betida parda böladi, bular öşa pardaning ustida sirpanadi, şunga suvga çökib ketmasa kerak,” deydi labida xoli bor qiz.
“Kel, suv betidagi pardani çöpak bilan yirtib köramiz, qani öşanda bular suvga botib qolarmikin,” deydi dugonasi.
“Qöysang-çi, buning örniga ular suv betiga nimalar çizayotganini körişga ulgurib qoliş kerak. Ehtimol sening kelajakdagi taqdiring haqida, balki seni çin dildan yaxşi köradigan bolaning ismini yozayotgandir.”
“Qöysang-çi, seni çin dildan yaxşi köradigan bolaning nomi hali qarab ulgurmasingdan öçib ketadigan suv pardasiga emas, yillar ötsa ham özgarmaydigan toşlarga yoziladi,” deydi dugonasi kulib.
“Bir kitobda öqigan edim, tabiatdagi har bir çiziq, har bir harakatda bir hikmat bor deb. Agar sen aytgandek, odamlarning taqdiri toşlarga öçmaydigan qilib yozilganda hamma özining kelajagini osongina bilib olgan bölardi-ku. Kim kimni yaxşi körişiniyam. Heç kimning siri qolmaydi-ku unda. Katta bölganingda seni nimalar kutayotganini biliş uçun şunaqangi, köriş, ilğaş qiyin bölgan işoralarga eʼtibor beriş kerakdir,” labida xoli bor qiz bunday ravon    gapirganidan özi xijolat tortib ketdi.
“Voy-böy! Kitob qahramonlariga öxşab sözlaşingda bir gap borga öxşaydi! Toşkentda öqiydigan anovi, tepa mahalladagi yigit… sen haqingda bekorga suriştirib yurmagan ekan-da!? Qizlar bir narsani bilmasa gapirmasa kerak.”
“Qayerdan topdilaring bu gapni. Özlaringça birovni birovga tenglayverasizlarmi?” – qiz duv qizargan yuzini yerga qaratdi. Dugonasi böş kelmadi:
“Yaqinda özing ham Toşkentga qarab öqişga jönavormasang böldi!”
“Otamni bilasan-ku, ikki dunyoda ham ruxsat bermas-ov?” – labida xoli bor qiz xomuş tortib, suvga termulgança qoldi. Dugonasi buni payqadi.    
“Men öqişga borsam, labingdagi xolingni berib turasanmi?” – dedi ovoziga quvnoq tus berib.
“Nega? Xolimni nima qilasan?” – qiz dugonasiga yalt etib qaradi.
“Senga xolning nima keragi bor? Sen şundoq ham köhliksan!” – dedi dugonasi unga zavq va havas bilan qarab.       
“Höv anqovlar, tuşlaringni suvga aytyapsizlarmi?! Dalaga keç qolasizlar-ku!” – tolköprik ustida turgan uçinçi dugonaning hayqiriği bularning suhbatini böldi.    
Oradan rosa bir yil ötib tolköprik ustida örta yoşdagi ikki hamqişloq uçraşib qoladi. Qirğoqdagi sarğaygan ajriq ustiga çökkalab, suhbatlaşadi. Ulardan biri, anhorning kunçiqiş tomonidan kelgani bu yil buğdoy möl hosil bergani, şu kunlarda piyozdan ham yaxşi daromad kutayotgani haqida oğzini töldirib gapiradi. Tez orada öğliga ot olib berişi, adirda birovning öttiz sotixli boğini köz ostiga olib qöygani, arzon-garovga narxlab, uni ham öğliga hadya qilib berişini aytadi.
Kunbotiş tomondan kelgan kişi uning gaplarini suqlik bilan tinglaydi. Yer tanqisligi, mol-qöyga xas-xaşakning kamligidan noliydi, bir tomonda qizlari ketma-ket böyi yetib kelayotganini aytadi. Biri goh tizzasiga şapatilab gapirsa, ikkinçisi goh tuproq çimdib, goh quruqşab sarğaygan ajriqlarni yumdalab uzoq suhbatlaşadilar. Suhbat sönggida ikki erkak quda-andaçilikka ahd qilişadi. Töyni qişga belgilaydilar.
“Sovçilarni ertaga kutavering, quda!” deydi kunçiqar tomondan kelgan kişi xayrlaşa turib.    
Labining ustida xoli bor qiz tolköprikka tez-tez keladigan bölib qoldi. Tolköprikdan suvga sakragan paytlari, tolpopukdan bargak taqqan damlari yodiga tuşadi, qozonyuvğiçlarning suv pardasiga çizgan oniy suratlaridan maʼno qidirgan paytlarini eslaydi, aççiq-aççiq yiğlaydi va heç kim körib qolmadimikin deya atrofga gir qarab, yana tezda ortiga qaytib ketadi.
Anhor suvi baʼzan qalin muzlaydi, gohida muz ostidan şarqirab oqayotgan bir bilak suv körinib turadi. Qiz endi bu gal anhorning kunçiqar tarafidan keladi. Yangi paltosining sunʼiy möynalari qişning izğirin şamolida qizargan yonoqlarini yoqimsiz qitiqlaydi. Palto ostidan kelinlik libosining zarhal naqşli yoqalari körinib turadi. U yolğiz emas, norğul, yelkalari keng, jağ suyaklari börtib turgan, tim qora qoşlari qalin, quyon terisidan tikilgan telpak kiygan yigitning ortidan qadam bosadi. Yigit tolköprikdan şahd bilan ötadi, tolköprikning narvon qismi ğirçillab ketadi. Ortidan xotini ötadi, töq yaşil rangli dasturxonlikka öralgan katta tugun kötarib olgan, nogoh sirpanib ketmaslik uçun oppoq va uzun böynini qölidagi tugun oşa çözib, oyoği ostiga tez-tez qarab oladi, bir-bir qadam taşlaydi. Qalampirmunçoq va hovuri ketmagan yoğli qatlamaning hidi taraladi.
Norğul yigit ötgan yili tolköprikka otasi bilan kelib tolni kallaklab ketgandi. Yangi qurilgan uyning tomiga loybosti qilayotgan edi ular öşanda. Yigit kuçli edi, eng yöğon şoxni ham dastkallaning bir zarbi bilan çört kesardi. Boşqa paytlarda keçalari mast-alast holda örtoqlari bilan kelardi. Bu yigit endi uylanib, kuyov çaqirdiga ketayotgan edi.
Oradan bir neça oy ötib labida xoli bor qiz, endi kelin, keçalari, bemahalda tolköprikka keladigan böldi. Lekin har gal köprikka qadam qöymay ortiga qaytib ketardi. Tolköprikdan keçasi ayol zoti yolğiz ötmagan, faqat erkaklar ötadi. Baʼzi erkaklar ham tunda undan yolğiz ötişga qörqadi, uzoqroq bölsa ham anhorning quyiroq qismidagi katta köprikdan aylanib keladi. Katta beton köprikda harakat tinmaydi, daladan qaytayotgan ulovlar tunu kun ğizillab ötib turadi.
Labida xoli bor kelin har gal yuzidagi muşt zarbidan kökargan joylarini siypalab, hiqillab yiğlab keladi, baʼzan uning yuzi momataloq bölib ketadi. Lekin köprikka qadam bosmaydi, anhorning kunbotiş tomoniga zor-zor tikilib, yana ortiga qaytib ketadi. Bir gal u tun yarmidan oqqanda bağriga olti oylik çaqaloğini bosgança keldi. Tolköprikka bir qadam qöydi-yu şu böyiça qotdi. Kökarib, şişib ketgan yuzlaridan duv-duv yoş oqizdi, xolos. Balki, ötsa bölarmidi, yolğiz emas, qölida öğli bor, erkak kişi edi-ku. Lekin ötmadi.    
Bir gal ötdi. Oy qörğonlagan tunda, osmonda yulduzlar miltillab turganda u heç narsani öylamay zinğillab ötdi, ortga minbaʼd qaytmaslik ahdi ila ötdi. Biroq tolköprikka tökilgan köz yoşlari hali qurib ulgurmasidan otasi uni ortiga qaytarib keldi. Ota qizini yetaklab tolköprikdan ötkazdi, aççiq-tiziq daşnom gaplar aytib, kelinlik uyiga haydadi. Qiz miq etmasdan öğlini bağriga bosgança kunçiqar tomon ketdi. Ota qöllarini ortiga qilib, biroz bukçaygança uyiga qaytdi.       
Kunlar tolköprik ostidan oqib ötgan suv kabi tez ötardi. Norğul yigit gapu gaştakdan mast-alast qaytişdan, labida xoli bor yoş juvon anhor böyiga yiğlab kelişdan tinmadi.
Oqşom tunga oğayotgan, qimirlagan jon közga şarpadek    ilinadigan palla edi. Labida xoli bor juvon qornida uç-tört oylik homilasi, qölida bir yoşdan ötib qolgan öğli bilan mast erning kaltagidan qoçib yana tolköprikdan kunbotiş tomon ötdi. Öşa kuni ona uyida yöq edi, uzoqdagi qarindoşinikida qönoqlab qolgandi. Ona uyida bölganda edi, otani yumşatgan bölarmidi… Lekin ota öz holiça yumşamadi, qizining erdan çiqib kelib uyda ötirib qolişiga çiday olmasligini öyladi. Qizini oşiğiç ortiga qaytariş uçun tolköprikka haydab keldi. Ota tolköprikka qadam qöyganda qiz qirğoqda taqqa töxtadi.
“Yur dedim senga”, ota öşqirdi ortiga ögirilib. Qiz indamay turaverdi.
“Yur dedim, hozir bir baloni boşlaysan,” ota qizining yoniga jahl bilan qaytdi.
Qiz birdan tiz çökdi, otasining tizzasiga yopişmoqçi edi, ota ortiga çekindi, qiz peşonasini yerga urdi:
“Jon ota, urib öldirib qöyadi meni, qaytarmang,” deb yiğladi. Qölidagi bolasi çinqirab yiğiga qöşildi.
“Yetti qişloqni çaqirib elga oşga berganman, yurt oldida boşimni qanday kötarib yuraman? Odam bolasi kaltakdan ölgan emas,    ering bir kun quyuladi, bugun bölmasa ertaga, erta bölmasa indinga, qayerga borardi quyulmay,” ota qizini qölidan jahl bilan tortib, tolköprikdan ötkazdi. Qiz yiğidan töxtab otaga ergaşdi.
“Bor uyingga, qiz bola otilgan toş, tuşgan joyida toşdek qotişi kerak,” ota şu gaplarni aytib ortiga qaytdi.    
Qiz ketgandek böldi, tungi oy şuʼlasida otasining qorasi öçgaç, yana ortiga qaytdi. Tolköprikning örtasiga kelib, qari tolning tanasiga suyandi. Goh osmondagi barkaşdek oyga, goh oyoqlari ostidan kumuşdek tovlanib, tölğonib oqayotgan suvga tikildi. Dugonalari bilan kelib tolbargak taqqani, köylagi bilan suvga guppa taşlagani yodiga tuşdi. Dugonalarini bir-bir yodga oldi. Hammasi bola-çaqali, birining eri allaqaçon quyulgan, biriniki tabiatan bosiq. U esa qaçongaça kutadi mast erning quyulişini. U tolga boşini ohista qöyib, xayolga çömadi. Labining ustidagi xoli titraydi.     
Qurbaqalarning qurillagani, çigirtkalarning çirillaşi olamni tutgan. Suvning guvillaşi, har zamon qurbaqaning yoki baliqning “şalop” etib sakraşi eşitiladi. Faqat tol, qançadan qança quyulganu quyulmagan odamlarni körgan tolgina sukut saqlaydi. Son-sanoqsiz mayda, qop-qora qurtlar tolning ingiçka barglarini ilma-teşik qilib, tobora yeb bitiradi. Ipakdek yumşoq oy nurlari tolbarg teşiklari orasidan ötib kelib ayolning yuziga yoğiladi, qontalaş yaralariga malham qöyayotgandek böladi. Qurtlarning barg yeyişdagi tisir-tisir ovozini ilğaş mumkin böladi. Ularning tolbargga töyganlari semirib, novdalarning uç-uçida osilib qoladi, keyin “töp-töp” tökiladi. Ular tolning tim qora köz yoşlariga öxşaydi…
                
* * *
Tongga yaqin va ertasi kun böyi odamlar tolköprikdan töxtovsiz, xavotir va hadik ila öta boşlaydi. Tunda qizini köprikdan ötkazgan otada tinim yöq, içida ming bir alam, afsus-nadomat ila zor qaqşaydi. Oradan haftalar va oylar ötsa hamki, labida xoli bor öşa kelindan darak yöq. Kelinning yöqolgani yetti qişloqqa gap böladi. Qayğu qaddini dol qilgan otaning bormagan joyi, kulfatdan soçlari oqargan onaning bormagan folçisi qolmaydi. Folçilar “qizing tirik, bolasi ham tirik, katta bir şaharda yuripti” degan gapni qaytaradi, xolos.
Odamlar unutuvçan böladi. Tolköprik atrofidagi hayot, qizlarning tolbargak taqişi, tolning kallaklanişi, hayqiriqli çömilişlar, dölana va naʼmatak teriş paytidagi yoş yigit-qizlarning sirli uçraşuvlari yana bir zaylda davom etadi.
Öşa norğul, qoşlari tim qora, jağ suyaklari börtib turadigan kişi yana kuyovlik libosida tolköprikka qadam qöyadi. Ortidan yangi kelinlik kamzulini kiygan juvon keladi, boşida katta tugun, qalampirmunçoq va hovuri ketmagan yoğli qatlamaning hidi taraladi. Kuyov çaqirdiga ketilmoqda çoği.
    
* * *
Oradan yillar ötib qaddi bukik çol keladi, tol şoxlaridan birini kesib olib, hassa yasaydi. Pakkisi bilan hassaning dastasini erinmay silliqlaydi, öziça hafsala bilan naqş solgan böladi. Keyin tolning surx novdalaridan tolbargak yasayotgan qizaloqlardan bir juft tolbargak sörab oladi. Tolköprik ustiga çiqib sabzarang tolpopukni suvga oqizadi, ortidan uzoq termilib qoladi, söng oğir-oğir qadam olib uyiga qaytib ketadi. Çol har bahor, qaldirğoçlar oppoq töşini suvga urib uçganda, ninaçi va kapalaklar suv yuzida öynagan kezlarda kelişini kanda qilmaydi. Tolköprik, odamlarning yöliga özini köprik qilib töşagan tol ularning köngliga köprik sola olmaganidan bölsa kerak, tanasi tars-tars yoriladi…
                                    
Muhammad Şarif – (Muhammadşarif Mamatqulov) 1968-yilda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanining Görmiron qişloğida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Turli naşrlarda hikoyalari çop etilgan.                

“Yoşlik” jurnali 2014-yil, 7-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)