7 daqiqada öqiladi

220 marta körilgan

Mehnatning yonişi

Mehnatning yonişi

yoxud otamning armoni

Odamzot kişilik jamiyati tarixi mobaynida uruş, qirğinbarotdan taşqari oçarçilik, qahatçilik, kambağalçilik kabi balolarni ham boşidan ötkazgan. Luqmoni hakim öğliga nasihatlarida kambağalçilikni ofat deb atab, bunday holga tuşib qolmaslikka çaqiradi.
Muhtaram Prezidentimiz “Özbekiston XXI asr bösağasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik şartlari, taraqqiyot kafolatlari” asarida kambağalçilikni insoniyat hayotiga xavf soluvçi ommaviy balolardan biri sifatida alohida taʼkidlaydi.
Özi odamlar yalpi jamiyat bölib baxtli hayot keçirgan davrlar tarixda juda kam. Yuz yillik şöro tuzumi vaqtini ham hisob-kitob qilib körsangiz tinçlik-osoyiştalik, töqlik vaqti naqadar ozligiga guvoh bölasiz.
Sirasini aytganda, özbekning boşiga Mustaqillikda kun tegdi! Buni kamina baralla ovozda aytar edim!
Men-ku, şu yurtning ellik yoşga kirgan bir fuqarosi, oçlikni körmaganman, lekin kambağalçilik kişini kamsitib, yerga uradigan bir omil ekanini aniq bilaman.
Otam rahmatli qirq yildan ziyod vaqtini davlatning qöyini boqib çöponlikda ötkazdi. Öylaymanki, rahmatli ayni kuç-quvvatini çöponlikka sarflaganidan norozi bölib ötdi. Toki biz farzandlari er yigit bölib qabatiga kirgunimizça, öqib, işlab hayotdan örin topgunimizça vaqtida yetarli şart-şaroit yaratib berolmaganidan xafa bölib yurdi.
Soddaligidan taşqari töporiligi ham bor edi. Kattakonlarning aytganini qiliş kerak deb öylardi, tamom. Bu yoqda esa olti nafar yeyarman-içarman-kiyarmanlar böy körsatib kelayotir. Şaharga borib öqiyman desa yöl xarji, ovqat xarji, kiyim xarji kerakmi – kerak. Töy qilaman desa el qatori sarpo-suruq, dov-doska qiliş kerakmi – kerak. Uyni el qatori qilib quraman desa, quriliş materiali sotib oliş kerakmi – kerak!
Bularning hammasiga pul jonivor kerak-da!
Otam pulni yomon körganidan yoki eplab işlatolmaganidan emas, davlat maoş tölamagani uçun kambağal edi. Halol işlab, halol pul olmoqçi bölar, biroq buning epini qilolmasdi. Qöy jonivorga kasal tegadi, ayniqsa qişda öpkasi şamollasa kun isiganda tökilib tuşadi, yötalib, et olmay yuradi-da, yozga çiqib tek qotadi. Bu murda – çöponning gardaniga! Qişda yetarli yem-xaşak berilmaydi: kombikorm, şeluxa, mayda çigit, kepak – bularni kattaman deganlar ombordan sotib gumdon qilib yuboradi yoki çöponga juda kam miqdorda beradi. Jonivorlarning qorni töymaydi. Kuçsiz, darmonsiz sovliqlarning köklamda tuğolmay jon taslim qilganlari qança böladi. Tuqqanlari ölik qözilar böladi. Bu ham çöponning böyniga!
Yozda yaylov yetişmay otarni toqqa haydab çiqişadi. Toğdagi yirtqiçlar, yaʼni böriga qöy tayyor luqma! Beş yuz qöyning bir qismi u adirda, bir yoği soyda, bir tödasi bu qirda – hammasini uzzu kun-tun bir joyga töplab, qöriqlab ötirmaysan-ku. Ön beş-yigirma boş qöyga qiron kelişi odatiy hol. Lekin börisi tuşmagur ançayin johil hayvonlar sirasiga kiradiki, qöyning belgi yoki isirğa osilgan quloği, böyalgan junini ham qöymay paqqos tuşiradi nomard. Endi çöpon uni akt, yaʼni dalolatnoma qilolmay garang. Çunki aynan falon raqamli qöyni böri olganini isbotlay olmaysan. Quruq kalla suyagi inobatga olinmaydi. Demak, yöqolgan qöy ham yana çöponning gardaniga!
Şunça jarimalardan söng u nimaga maoş olsin! Şunça kamomadning örnini qoplaş kerak-ku. Ularniki töğri-da. Esimda, tuman gazetasida bahor oylari har bir xöjalikning otarlari, boş çöponlarning röyxatlari eʼlon qilingan paytlari bölar, unda qözilatiş mavsumini çöpon qay darajada muvaffaqiyatli yoki sust ötkazayotgani haqida maʼlumot bayon qilinardi. Bir gal otamni röyxatning quyi qismida körganim uçun uyalganimdan bölsa kerak, nega bundayligidan yozğirgan edim. Şunda otam bir neça ilğor çöponlarning nega ilğorligi sababini tuşuntirgan. Aksariyatida yaylov keng, xaşak möl, bizga öxşab toşli qir-adirda yurmaydi. Köpçiligi kattalar bilan yaxşi muomala qiladi: ularning qöylarini qöşib boqadi, yem-xaşagini yetarli qilib beradi, falonçi “geroy” esa beş yuz otarga özining beş yuz qöyini qöşib boqadi. Özining qözilarining ham aksarini davlatga topşirib yuboradi. Bölmasa har bir sovliq yiliga 2-3tadan tirik qözi qoldirişi mumkin emas. Yana bir xillari… sonda bor-u, sanoqda yöq! Közböyamaçilik!
Yana semiz qöy-qözilar almaştiriladi. Kattalarga kerak bu. Keyin tirriqlari akt qilinadi. Qoramollar, otlar ham şu. Biznikiga öxşab şaroitsiz yaydoq yerlarda öt izlab yurgan tirriq sovliqlar ularga kerak emas. Sifati bölmasa ham soni tugal bölsa bas. Şuning uçun qarzdan boşimiz çiqmaydi, kosamiz ham oqarmaydi, ariza yozaman desang, munça kamomadni böyningga bosaman, qamalasan, deydi. Şuytib irğalib yuraberamiz-da.
Otamga açinar edim va şu bois çöponlikni yomon körib ösdim.
Otam 90-yilda pensiyaga çiqqanida juda xursand bölganman. Va, qiziği, bu pensiya miqdori onamning qarilik pensiyasidan ham kamroq edi…
Lekin endigi qarilik hayoti betaşviş va osoyişta edi. Farzandlar özlari ömganlarini kötarib uyli-joyli, işli bölganda, otam hov öşa, Prezidentimizning şaxsiy tomorqalar uçun yer beriş haqidagi farmonidan ruhlanib boğ qilgisi keldi. Qişloq çetidagi yerdan ikki gektar tokzor olib parvariş qilişga tuşib ketdi. Xöjalik idorasiga qatnab xatlab ham oldi. Bir tomoni daraxtzor, asosiy qismi kişmiş yetiladigan tokzor boğ böldi. Bu yerga şu darajada mehr berib, parvarişlay boşladiki, u insondagi bu şijoatni körib farzandlar ham qarab turmadik. Yon-atrofini tösiq bilan örab, mol-hol kirmaydigan qilib berdik. Endi şu yerdan uydagi sigir, qöy-eçkilar uçun qişlik xaşak ham çiqar, yozda qoramollarni podaga qöşmay, boğning ötoqdan çiqqan kökarçini bilan boqar edi. Ğayrati jöşib bir uyça-çayla ham qurib oldi. Uzun yoz kunlarida şu yerda bemalol yotib qoladigan böldi.
Otam Mustaqillikning ön birinçi yiligaça yaşadi. Ammo endi huzurlanib, hayot taʼmini boşqaça sezib, şukur bilan, toat bilan yaşadi. Avval yaşagan umrining naqadar halolligidan qatʼi nazar davlatning, rahbarlarning nomardlik qilganidan afsuslandi. Aka-ukalar pul yiğib ukamga “Damas” maşinasi olib berdik. Töy-tomoşalarga onam, nevaralari bilan qör tökib borib keladigan böldi.
Prezidentimiz 1993-yilda yoş ijodkorlarning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida uy-joy bilan taʼminlaş töğrisida farmon eʼlon qilgani esimda.
Öttiz yoşga kirib, ikki farzand bilan ijara uy, yotoqxonalarda sanqib yurgan biz kabi qalamkaşlarga ham uy nasib etadigan böldi. Bugun, oradan yigirma yillar ötib, ipoteka krediti beriş şakllangan bir paytda öşa, mustaqil davlatimiz hali özining qaddini tiklaş jarayonidayoq bunday imtiyoz va himmatga qöl urişi unça oson keçmaganini hozir yaxşiroq his qilaman.
Xullas, quling örgilsin, tört xonali ğiştin uyga bola-çaqa bilan kirib joylaşib oldik. Biz közi oçlik qilib uysizlikdan nolib yurarkanmiz-u, dabdurustdan kirib, uni töşamçi va körpa-töşak bilan töldirişning ham özi bölmas ekan. Bu, endi öz Vataning qölingda turgaç, aytişga arzigulik muammo emas-u, öşa vaqtdagi holatimizni aytaman-da.
Men öz Vatanim bilan maqtanişim uçun ota-onamni çorlaşim va uy töyi ötkazişim kerak edi. Şunda bildim: hayhotday köringan, bir tomoni yalanğoç bölib turgan boşpanamiz atigi ikki kişi bilan tölar va obod bölar ekan. Bular mening jondan azizlarim – otam va onam edi. Koşonamizga kirib oyoq uzatib kerilişga va oğizlarini töldirib söz aytmoqqa, çoy içib, ovqat tanovul qilib huzurlanişga dastavval ularning haqlari bor edi. Avval ham, hozir ham şunday öylayman. Sababi oddiy: oq sut berdi, oq yuvib oq taradi. Nimaiki zahmat çekkan bölsalar, biz farzandlar uçun çekildi. Va men ulğaygan sayin boşimda toj bölib turgan zotlar omonat ekanliklarini tobora çuqurroq his qilar, mana şu omonatdorlik yuz yillarga çözilib ketişini xohlardim. Endi bölsa östirayotgan, tarbiyalayotgan bolalaring nazdida özing ham şundaysan…
Otam boqqan qöy-eçkining junidan onam gilam töqiydi, olaça, taqirloq degan töşamçilar bilan uyimizni töldirib taşlaydi. Endi ana şu gilamlardan otam va onamning izlarini, hidlarini izlayman. Omonatini otam 73, onam bultur rözada 82 yoşda topşirdi. Ular uçun biz toju davlat ekanimizni köp aytişar, ortimizda qolinglar, saodatli umr keçiringlar, tolei baland bölinglar, deb köp duo qilişardi.
Otam kamroq, onajonim köproq Toşkentni kördi. Mustaqillik maydoniga, Prezident arçasiga olib bordim, teatr, sirk tomoşalarini körsatdim, ön yil uzun qiş keçalarini bizning, nevaralaringizning huzurida ötkazing deb olib qoldim. Uç kun ötmay qişloqdagi uyini, u yoqdagi nevara-farzandlarini, kengliklarni soğinib qolaverar edi. Biroq Navröz bayramigaça qöyib yubormas edik. Uyimizning fariştasi, duogöyi bölib ötirar edi.
Otaning, onaning ğanimat ekani endi yöqliklarida çuqurroq bilinadi. Köproq xizmatlarini qilsam edi, deb kuyinasan.
“Biz yaşagan hayot hayot emas ekan, ertadan keçgaça qilgan mehnating non topişdan boşqasiga arzimas edi, qadring yöq edi. Endi bölsa, xohlagança yering, moling, puling bölsin – qandingni ur, farovon yaşa! Qilgan mehnating yonadi. Karimovning otasiga rahmat! Peşonasida yulduzi bor şu odamning!”
Otam qariganda şunga iqror böldi.
Mustaqillikning şukuhli kunlarida yigit bölib, yeng şimarib işlab, qadr topib, söng qör tökib yurgisi keldi.
Bu – otamning armoni. Farzandlar, nevaralar hayotida esa masrurlik davom etmoqda.

Sobir Önar
“Yoşlik” jurnali 8-son, 2014-yil

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)