538 marta körilgan

Közda neki, yurakdan xabar

Abdunabi Boyqöziyev

U közlarda
Bir köngil yiğlar,
Holin sörab kipriklar halak.
Jovdiraydi munghazin unlar.
Tilga kirar xunolud yurak:

Abgor qildi, uni şu közi,
Açinmoqdan özga çora yöq!
Balki şundan soriğdir yuzi,
Gunohkoru sazoyi, siniq!..

Yöq-yöq…
Uni harob qildik, biz,
Közlaridan gina yöq zinhor.
Közda neki, yurakdan xabar,
Közda neki, yurakdan ğubor.

U közlardan uzrlarim bor,
U közlarda qarodir yuzim!..

Vaqt – ğanimat.

Omonat bil,
Har dam ğanimat,
Kunda uç-tört soat uxlasang böldi.
Tejalgan yigirma soatda endi
Özingni ayamay, ayamay… öldir.

Ayab ötirma heç,
Jigarni,
Xunni,
Neki daʼvoing bor vujudingdan, ol.
Bağringni doğ qilib ötgan şu kunning
Şukrini keltir-u, Biru Borga sol.

Iqtisod qil,
Orzularni ham,
Huzur-halovat deb içikavurma.
Armon-la bezangan har daming bayram,
Har oning hayitdir,
Har manzil zurva.

Yoz –
Oni ğanimat, kuzga dargumon,
Neça qorböron bor köklam taʼmiga.
Diydor-ku qiyomat qadarlik hijron,
Şu azob lazzati tortar domiga…

Men,
Iqtisod qildim,
Har tansiq damni…
Kunda uç-tört soat uxladim, böldi.
Tejalgan yigirma soatda endi,
Bilmadim, bilmadim, qançalik öldim!

Ariston  ölmaydi

1937-yil mahbuslari monologi

Ariston ölmaydi,
Ölmaydi, sabab –
Olis kulbasida bir ayol… kutar.
Ariston ölmaydi, çunki ölolmas,
Bir ayol gohi-goh uni… unutar.

Agar u ölsa, ölsa u agar,
Yillar armonini kimlar söylaydi.
Zinhor ölolmaydi, ölolmas, sabab –
Bir ayol soçini ğanim silaydi.

Ariston kulmaydi.
Kulmaydi, çunki
Zuryodi içketar bölgan içikib.
Ariston yiğlamas, yiğlamas, çunki
Uning…çun qaydadir yiğlar onasi!

Ariston ölmaydi.
Ariston – metin,
Nozir onasidan kelsa… çidaydi.
Ariston yiğlamas, ingraydi, lekin
Nozirning kaltagi sinar… Sinmaydi.
Kun ham sanamaydi.
Sanamay qöygan,
He, kun ham ötmasa ötmasin, mayli,
Bir ayol u haqda öylamay qöygan…
Bu ham bir jarohat… Öşa tufayli…

Oy ham sanamaydi.
Yillar çikora,
Ertasi biyobon – qovjiroq kuydir.
Endi u bu dunyo husnida “yara”,
Yuragi egasiz qolgan bir uydir.

Xayriyatki, iş bor.
Yağir yumuş bor,
Ohu-nolalarin olar suğurib.
Xayriyatki, bahor, yozu kuz, qiş bor –
Baraklar kutadir sillasi qurib.

Yöq, yöq,
Ozodlikda…
Bir ayol kutar.
Xiyonat qilsa-da, hamon kutadi.
Qolgani… barçasi, barçasi  xayol –
Nima böpti, uç yil – bu ham ötadi,
Nima böpti, tört yil – bu ham ötadi,
Nima böpti, beş yil – bu ham ötadi,
Nima böpti, ön yil… Ötar, ötadi…

Qaydadir, ozodlik kutar, kutadi…
Ariston ölmaydi, ariston – metin!..

* * *
Vaqt,
Bunça
Sirpançiqsan?
Tutib qololmasman
Biror lahzangni!
U yondan
Bu yonga uyrilgunimça
Sen yöqsan,
      sen yöqsan,
         sen yöqsan!

* * *
Qaçon
Qaramay,
Çorlaganing çorlagan,
Men esa
Intilganim intilgan, senga.
Biror kun, biror dafʼa
Tinçlik bormi özi, sendan,
Hay qurmağur, Deraza?

Xotira

…mendan qança yiroqqa ketsang,
Şunça yaqin keldi surating.

            Salim Aşur

Bizni, alhol,
Topib kepsan-da,
Yillar oşa uniqqan surat.
Munglar tölgan qoraçiqlardan
Boqar yillar, turfa xotirat…
Ay, suratjon –
Ay, uniqqan tot,
Izladingmi, bizni şunça yil.
Qaydin senda bunçalar sabot,
Qoyil, sening sidqingga qoyil!

Esladim, ha,
Uni… Otini!
Bormi edi şuning keragi?
U jimgina boqib tursayam,
Qonayverar endi yuragim!..

    * * *
Tomirlarim –
Oğrir –
Armon izlari…
Yurak sançiqlarin tutmaydi dariğ.
Ötdi köklam, yozim, dala tuzlarim.
Kuzim qariyotir. Ranglari sariğ.

Ay,
Mening menligim,
Qaylarda sölding?
Ovoz ber, men sendan bunça yiroqman?
Huv olqor damlarim kimlarda öldi?
Bugun na Muqanna va na Şiroqman!

Fitratni tanimas boliğ fitratim.
Çölpon, şunçaki bir şoirning oti!
Mendan yuz ögirdi Furqatning yodi,
Hamzani unutdik! Kim edi Botu?!

Şunça mörtsözmidi xobi siyratim,
Suratda qoldimmi, men zot ölaroq?!
Bunça hurkinlaşding, aytgil, ay botin,
Ismatim aslimdan bunçalar yiroq!

Tong otar…
Oqşomlar ufqlarim qonar…
Qöllarim çözaman – orğin muztariğ.
Ertamga bitaman yoruğ mujdalar,
Unga yetadigan toza konvert yöq!

Unga eltadigan toza konvert yöq!

* * *
Kaptar…
Mendan hurkmadi,
Hurkimay rizq terdi yölimda.
Sepgani heç narsam yöq edi,
Heç vaqo yöq edi qölimda.

Kaptar hurkimadi,
Hurkimay yayradi yölimda.
Demak,
U meni qavmim deb biladi,
Demak, mendan kutmas ölimdi…

Kaptar
Hurkmay
Rizq terdi yölimda.
Demak…
Bir quş meni döst deb biladi,
Hayiqmay çiqadi yölimdan.

Kaptar hurkimaydi,
Mana u, parvona poyimda.
Donlaydi, öylamay ölimdi,
Afsuski,  
Qölimda uvoğim yöq edi,
Uvoqni …yeb qöygan edim-da!

Keçir, kaptar,
Keçir, mendek oçofat zotni!..

Abdunabi BOYQÖZIYEV

1954-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan. “Ğuboringni yozgayman”, “Seni izlab keldim”,
“Judoliğ daşti”, “Közlari daryoyim!..”, “Dilxiroj tuyğular”,
“Beş navo”, “Çöli iroğim” kabi kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.